Ilmiybaza.uz
NAFOSAT FALSAFASI (ESTETIKA)
Reja:
1. Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati.
2. Estetik did va olamni estetik idrok etishning shaxs kamolotiga ta’siri.
3. Estetikaning zamonaviy yondashuvlari. Estetika va san’at. San’atning
funksiyalari.
4. Estetika va dizayn.
Ilmiybaza.uz
Tayanch
tushunchalar:
estetika,
san’at,
nafosatshunoslik,estetika
kategoriyalari, estetik ong,estetik tuyg‘u, estetik did,estetik yondashuv, tabiat
estetikasi, tejnogen estetika,dizayn,shaharsozlik estetikasi.
Nafosat falsafasi yoxud Estetika eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki
yarim-uch ming yillik vaqtni o’z ichiga oladi. Biroq u o’zining hozirgi nomini XVIII
asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo’lmish go’zallik va san’at
haqidagi mulohazalar har xil san’at turlariga bag`ishlangan risolalarda, falsafa
hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o’z aksini topgan edi. «Estetika» atamasini
birinchi bo’lib olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714—1762) ilmiy
muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug` olmon faylasufi G. Leybnits (1646-
1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi.
Leybnits inson ma’naviy olamini uch sohaga: aql-idrok, iroda-ixtiyor, his-
tuyg`uga bo’ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o’rganish lozimligini
ta’kidlaydi. Baumgartengacha aql-idrokni o’rganadigan fan – mantiq, iroda-
ixtiyorni o’rganuvchi fan esa – axloqshunoslik (etika)ning falsafada ko’pdan buyon
o’z o’rni bor edi. Biroq his-tuyg`uni o’rganadigan fan falsafiy maqomda o’z nomiga
ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi xizmati shundaki, u «his qilish», «sezish»,
«his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos –
«oyestetikos» so’zidan «estetika» (olmoncha «estetik» – «eshtetik») iborasini olib,
ana shu bo’shliqni to’ldirdi.
Endi Nafosat falsafasi fanining mohiyatini anglatadigan «san’at falsafasi» va
«go’zallik falsafasi» iboralariga to’xtalamiz. Nafosat falsafasi tarixida birinchi ibora
tarafdorlari ko’pchilikni tashkil etadi. Lekin, yuqorida aytib o’tganimizdek, san’at
bu fanning yagona tadqiqot ob’ekti emas. Hozirgi paytda texnika estetikasi va uning
amaliyotdagi sohasi dizayn, atrof-muhitni go’zallashtirish, tabiatdagi nafosat
borasidagi muammolar bilan ham shu fan shug`ullanadi. Demak, uning qamrovini
Ilmiybaza.uz
san’atning o’zi bilangina chegaralab qo’yishga haqqimiz yo’q. Zero bugungi kunda
inson o’zini o’rab turgan barcha narsa-hodisalarning go’zal bo’lishini, har qadamda
nafosatni his etishni istaydi: biz taqib yurgan soat, biz kiygan kiyim, biz haydayotgan
mashina, biz uchadigan samolyot, biz yashayotgan uy, biz mehnat qiladigan
ishxona, biz yurgizayotgan dastgoh, biz yozayotgan qalam, biz dam oladigan
tomoshabog`lar – hammasidan nafis bir ruh ufurib turishi lozim.
Estetika bir tomondan, san’atning paydo bo’lishidan tortib, uning turlari-yu
janrlarigacha, san’at asarining ichki murvatlaridan tortib, san’atkorning ijodkorlik
tabiatigacha bo’lgan barcha jarayonlarni o’rganadi. Ikkinchi tomondan, san’at
uchun umumiy qonun-qoidalarni ishlab chiqadi va tadbiq etadi. Uchinchi tomondan
esa, san’at asarini idrok etayotgan kishi ruhidagi o’zgarishlarni nafosat nuqtai
nazaridan tadqiq qiladi.
Shunday qilib, nafosat san’atni to’la qamrab oladi va uning ich-ichiga kirib
boradi: badiiy asarning yaratilish arafasidagi shart-sharoitlardan tortib, to u
bunyodga kelib, asl egasi – idrok etuvchiga etib borgunigacha bo’lgan va undan
keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda ulardan nazariy xulosalar chiqaradi. Zero
«San’at falsafasi» iborasining siri ana shunda.
Estetika va ijtimoiy fanlarning o`zaro aloqadorligiNafosat falsafasining ijtimoiy
fanlar bilan aloqasi shaxs tarbiyasini kamolga etkazish bilan bog`liq masalalarda
uzviy birlikka ega. Zero, ijtimoiy fanlarning tarbiya jarayonidan ko’zlaydigan
maqsadi – muqaddas qadriyatlarimiz, yuksak ma’naviyatimiz, buyuk tariximiz va
umumbashariy taraqiyot yo’limizning asosi bo’lgan ma’naviy tarbiyani qaror
toptirishga bog`liqdir
Nafosat falsafasi va axloq falsafasi. Nafosat falsafasi qadim-qadimlardan
buyon ko’pgina fanlar bilan mustahkam aloqada rivojlanib kelgan. Shulardan biri
bo’lgan falsafa haqida, ular orasidagi bog`liqlik to’g`risida yuqorida aytib o’tdik.
Nafosat falsafasi uchun yana bir yaqin aloqador, «qadrdon» fan axloq falsafasidir.
Nafosat falsafasi va ruhshunoslik.Ma’lumki, insonning ruhiy hayotini
o’rganar ekan, ruhshunoslik hissiyotlar masalasiga katta o’rin beradi. Go’zallikni,
san’at asarini yaratish va idrok etish ham ma’lum ma’noda hissiyotlar bilan bog`liq.
Ilmiybaza.uz
Masalan, oddiy harsang tosh kishida alohida bir hissiy taassurot uyg`otmaydi. Lekin
toshga haykaltarosh qo’l urganidan so’ng, undan hayot nafasi, insoniy hissiyotlar
ufura boshlaydi. Gap bunda toshga odam qiyofasi berilganida emas, balki shu
qiyofaga bir lahzalik insoniy tuyg`ularning jamlanganidadir. Boshqacharoq qilib
aytganda, ijodkor toshga o’zi tomoshabinga etkazishni maqsad qilib qo’ygan
hissiyotlarning suratini chizadi va oddiy toshni haqiqiy san’at asariga aylantiradi.
Nafosat falsafasi va sotsiologiya.Bugungi kunda nafosat falsafasining
sostiologiya bilan aloqadorligi juda ham muhim. Ma’lumki, har bir san’at asari
alohida inson shaxsiga e’tibor qilgani holda, jamiyatni ijtimoiy munosabatlar tizimi
sifatida badiiy tadqiq etadi. Hatto inson va jamiyat bevosita aks etmagan manzara
janridagi asarda ham ijtimoiylik jamiyat a’zosi – muallif qarashlarining bilvosita
in’ikosi bo’lmish uslubda o’zini ko’rsatadi. Zero asar muallifi hech qachon o’zi
mansub jamiyatdan chetda «tomoshabin» bo’lib turolmaydi. Shuningdek, yirik
asarlar sostiologik tadqiqotlar uchun o’ziga xos material bo’lib xizmat qiladi.
Bundan tashqari, sostiologiya jamiyat bilan san’atning o’zaro aloqalarini, san’atning
ijtimoiy vazifalarini o’rganadi; san’atkorning jamiyatdagi o’rni, mavqei, o’quvchi
va tomoshabinlarning ijtimoiy-demografik holatlarini tadqiq etadi; shaxs
ijtimoiylashuvida san’atkor va san’at asarining ahamiyatini tahlil qiladi. Bu
muammolarni atroflicha o’rganish uchun maxsus san’at sostiologiyasi sohasi ham
mavjud.
Nafosat falsafasi va dinshunoslik. Nafosat falsafasining dinshunoslik bilan
aloqasi alohida diqqatga sazovor. Chunki din va san’at doimo bir-birini to’ldirib
keladi va ko’p hollarda biri boshqasi uchun yashash sharti bo’lib maydonga chiqadi.
Buning ustiga, har bir umumjahoniy dinning «o’z tasarrufidagi» san’at turlari bor:
buddhachilik uchun - haykaltaroshlik, nasroniylik uchun -tasviriy san’at,
musulmonchilik uchun - badiiy adabiyot. Shuningdek, barcha umumjahoniy dinlar
o’z ibodatxonalari bo’lishini taqozo etadi. Ibodatxonalarning esa me’morlik san’ati
bilan bog`liqligi hammamizga ma’lum.
Nafosat falsafasi va pedagogika. Estetikaning pedagogika bilan aloqasi tarbiya
muammolarini hal qilish borasida yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunki pedagogika
Ilmiybaza.uz
ham ma’lum ma’noda nafosat tarbiyasi bilan shug`ullanadi. Lekin bu tarbiya
alohida-alohida, muxtor qismlarga bo’lingan holda, turli yosh va sohalar uchun
maxsus belgilangan tarbiya tarzida, ya’ni muayyan, aniq chegaralarda olib boriladi.
Masalan, maktabgacha tarbiya, o’quvchilar tarbiyasi, sportchilar tarbiyasi v. h.
Pedagogika ana shu sohalar va yosh bo’yicha olib borilayotgan estetik tarbiya
muammolarini o’rganadi. Nafosat falsafasi esa nafosat tarbiyasining umumiy
qonun-qoidalarini ishlab chiqadi, ya’ni, inson tug`ilganidan boshlab to o’lgunigacha
bosib o’tadigan bosqichlar uchun umumiy bo’lgan tarbiya falsafasi sifatida ish
ko’radi. Demak, rus nafosatshunosi M. Kagan aytganidek, pedagogika tarbiya
borasida taktik tabiatga ega bo’lsa, nafosat falsafasi uning strategiyasidir.
Nafosat falsafasi va semiotika. Nafosat falsafasi semiotika–belgilar va belgilar
tizimi haqidagi fan bilan ham aloqador. Chunki san’at asari belgilar orqali namoyon
bo’ladi. Masalan, harflar, notalar v.h. Boshqacharoq qilib aytganda, bilish va
baholash faoliyati natijalarini, ya’ni semantik va pragmatik axborotni o’zida
mujassam qilgan san’at asari o’sha axborotni yetkazib berishga ham mo’ljallangan.
Ana shu san’atning belgi bilan bog`liq tomonini, kommunikativ-vositachilik jihatini
semiotika o’rganadi.
Dunyoni estetik his qilishga mifologik, diniy, ilmiy va falsafiy yondashuvlar
Inson tabiatan bo`sh vaqtga intilib yashaydi. Chunki bo`sh vaqt mobaynida u jisman
va ruhan dam olish, kundalik mehnat, qorin to`ydirish tashvishidan forig` bo`lish
imkoniga ega. Bo`sh vaqt insonda o`yin hissi uyg`onishining asosiy omilidir.
San`atning vujudga kelishida o`yinning ahamiyati katta ekanligi hammaga ma`lum.
Demak, estetik anglash va estetik faoliyatning tadrijiy rivojida mehnat bilan birga
bo`sh vaqt ham asosiy omil hisoblanadi. Ichki osoyishtalikni, mehnat va bo`sh
vaqtga asoslangan muayyan tartibni jamiyatda qonun darajasiga ko`tarish esa, davlat
paydo bo`lganda ro`y berishi mumkin. Davlatning o`z vazifasini qanchalik adolatli
va mukammal bajarishi, shunchalik jamiyat farovonligiga olib keladi. Farovon
jamiyat esa, o`z a`zolarining bo`sh vaqtini ta`minlay oladi va pirovard natijada,
estetik anglash hamda estetik faoliyat taraqqiyoti uchun yetarli imkoniyat yaratib
beradi. Shunday qilib, davlatchilik tizimi paydo bo`lishi bilan insonning badiiy-
Ilmiybaza.uz
estetik taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Ana shu davr ibtidosini biz
Mesopotamiya-Qo`sh daryo mintaqasida, xususan, Somir davlatida ko`rishimiz
mumkin.
Eng qadimgi diniy tasavvurlarning vujudga kelishida mifologiyaning be`qoyos
ahamiyatini kuzatishimiz mumkin. Bunday qarashlani bizgacha to`liq yoki qisman
yetib kelgan miflarda uchratishimiz mumkin. Jumladan eng qadimgi diniy tasavvur
shakllari bo`lmish qadimgi somir xalqlarida estetik tafakkurning kelib chiqishi
mifologiyaga borib taqaladi. Ma`lumki, qadimgi odam oldida turgan turli xil
masalalardan biri estetik tabiatga ega bo`lish muammosi edi. Bu muammoni o`ziga
xos tarzda hal etish uchun u dastlabki usul – mifologiyadan foydalandi. Shu bois
asotirlarni inson yaratgan ilk nafosat konsepsiyasi, falsafiy umumlashma deb atash
mumkin; faqat u nazariy emas, balki badiiy, timsoliy shaklda ifodalangan. Zotan,
asotirlardagi badiiy inglashda inson o`zi haqida, o`zining real borliq go`zalligi bilan
bog`liqligi haqida fikr yurtitishga ilk bor intilad. Bunga dunyoning harakatlanishi,
olamning asosini tashkil etuvchi substansiya, unda insonning o`rni, tabiat qonunlari
masalalari mifologik qarashlarning markazida turganligini ko`rishimiz mumkin.
Mifologik tasavvurlarning kengayib va rivojlanib borishi diniy tasavvur va
e`tiqodlarning shakllanishi uchun fundamental asos vazifasini bajarib bergan.
Ma`lumki, har bir diniy e`tiqod da`vatsiz, targ`ibot-tashviqotsiz keng omma orasiga
kirib bora olmaydi. Faqat muqaddas kitoblar va ibodatxonalar orqaligina ko`zlangan
maqsadga erishish qiyin. Shu bois da`vatning yanada kengroq ta`sir maydoniga ega
boshqa ma`naviy hodisalar ko`magida olib borilishi tabiiy zarurat sifatida yuzaga
chiqdi. Natijada asosiy vositalardan biri sifatida din san`atni tanladi. Zero, san`at
barcha ifoda shakllari ichida universalligi bilan ajralib turadi: u birvarakayiga rang-
baranglik, mukammallik va jonlilik xususiyatlariga ega.
Estetik anglash iborasini ajratib ko’rsatishimizning sababi shundaki, odatda
falsafiy fanlarga doir ilmiy adabiyotlarda «anglash» o’rniga «ong» istilohi qo’llab
kelinadi. Estetik ong, ilmiy ong, huquqiy ong v. h. Bizningcha, bu unchalik to’g`ri
emas: ruschadagi – «soznanie» so’zining yuzaki (kalka) tarjimasi. Ma’lumki,
«soznanie» so’zi ruschada ikki xil ma’noni: ong va anglash ma’nolarini bildiradi.
Ilmiybaza.uz
Miya muayyan fiziologik yaxlitlik bo’lgani kabi, uning asosiy faoliyati bo’lmagan
ong, shu jumladan ongsizlik ham, avvalambor insondagi hissiy-intelektual yaxlitlik,
uni maydalab, yuqoridagidek, «ongcha»larga bo’lish mantiqan o’rinsiz,
ikkinchidan, u narsa-hodisalardan muhtor tarzda mavjud, faqat zarur sharoitda
faoliyatga kirishgandagina narsa-hodisaga munosabatini, voqelikka aralashish
xususiyatini namoyon qiladi. Ana shu o’ziga xos tahliliy faoliyatni biz anglash deb
ataymiz va shu anglashning darajasiga qarab, kishilar ongining yuksakligi yoki
pastligi haqida fikr yuritamiz. Demak, ong insonning o’ziga o’xshash yakka
yaxlitlik, uning faoliyati – anglash esa har xil va ko’p qirralidir. Ongning anglashga
munosabati xuddi olmos bilan uning qirralari o’rtasidagi munosabatga o’xshaydi;
yaxlit olmos bo’lagining har bir qirrasini alohida olmos deb atashimiz qanchalik
mantiiqqa to’g`ri kelmasa, anglashni uzil-kesil ong tarzida taqdim etishimiz ham,
bizningcha, shunchalik noo’rin. Shunday qilib, inson o’ziga ato etilgan ongning turli
qirralari bilan olamning turli tomonlarini, har xil jihatlarini nurlantiradi, o’zida aks
ettirib, tahlil etadi, xulosalar chiqaradi. Natijada, bir inson bitta hodisani o’nlab,
balki yuzlab rakursda mushohada qilish va anglashi mumkin. Ongning ana shunday
faoliyat turlaridan biri estetik anglashdir.
Estetik ehtiyoj. Estetik anglash va shu asosdagi faoliyat jarayonining ibtidosi
estetik ehtiyojga borib taqaladi. Estetik ehtiyoj inson hayotida ro’y beradigan barcha
estetik hodisalarning asosi sifatida ham tabiiy-biologik, ham ijtimoiy-ma’naviy
mohiyatga ega; «go’zal nafs», nafosatga tashnalik, insonda estetik hissiyotni
qo’zg`atish xususiyatini saqlab qolgan holda, keyinchalik uning butun umri
mobaynida takomillashib boradi va estetik muhokama, estetik baho, estetik did va
estetik idealning shakllanishiga xizmat qiladi. Har bir shaxsdagi madaniyatlilik
darajasi, ma’naviy salohiyati uning estetik ehtiyoji doirasi bilan o’lchanadi. U
«go’zal nafs» sifatida boshqa ehtiyojdan talab etilayotgan ob’ektdan moddiy-
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa manfaatlar kutmasligi, beg`arazligi bilan
ajralib turadi.
Estetik hissiyot. Ko’pincha adabiyotlarda estetik hissiyot «estetik tuyg`u»
so’zida, birlik shaklida beriladi. Goh estetik kechinmaning, goh estetik hayajonning
Ilmiybaza.uz
sinonimi tarzida talqin qilinadi. Bizningcha, bu unchalik to’g`ri emas. Chunki
hayajon ham, kechinma ham bitta tuyg`udan emas, tuyg`ular silsilasidan iborat
bo’ladi, shu sababdan uni ko’plikda – hislar yoki hissiyot shaklida qo’llash
maqsadga muvofiq.
Endi estetik hissiyotni tashkil etadigan hislarning ba’zilarini qisqacha ko’rib
o’taylik.
Estetik hissiyotning ibtidosidagi tuyg`u estetik qiziqish. Ma’lumki, qiziqish
hissi, sog`inch va qo’msashdan farqli o’laroq, o’tmishda ro’y bergan hodisani emas,
balki ko’p hollarda kelajakda, tez muddat ichida ro’y berishi lozim bo’lgan voqelikni
nazarda tutadi, unga intiladi; intilish jarayoni esa –«uchrashuv»ga tayyorgarlik
degani. Estetik qiziqish sub’ektning ob’ekt haqida, hali u bilan yuzma-yuz
kelmasdan turib, muayyan bir umumiy tushunchaga ega bo’lishini, uni idrok etishga
o’zini hozirlashini taqozo etadi.
Estetik lazzatga kelsak, uning zavqdan yana bir farqi shuki, u san’atning
huzurbaxshlilik xususiyatidan kelib chiqadi. Shuning uchun uni estetik huzur deb
ham atash mumkin. Zero u estetik idrok etish jarayonining so’ngida ro’y beradi va
ma’lum ma’noda forig`lanish holati bilan uyg`unlashib ketadi.
Estetik mushohada.Odatda biz «mushohada» deganimizda «kuzatish»
so’zining sinonimini tushunamiz. Aslida esa bunday emas: kuzatish, falsafiy qilib
aytganda, bilish munosabatining tajribaviy asosi, u ob’ektga yo’naltirilgan bo’lib,
qo’yilgan maqsad va ilmiy bilim mantiqi tomonidan boshqarib, tuzatilib boriladi,
unga o’zgartirishlar kiritib turiladi, ya’ni u maqsad asosida ish ko’radigan fikriy
faoliyat. Kuzatishda inson o’z diqqatini ob’ektga yo’naltirar ekan, uning qiziqishi
hodisadan mohiyatga qarab boradi; unda bor narsaning borligini yoki yo’q narsaning
yo’qligini tasdiqlash muhim.
Estetikaning asosiy kategoriyalari bilishning muhim omili sifatida Har bir fan
o’z maqomiga ko’ra muayyan tadqiqotning faoliyat sohasi bo’lib, bu faoliyat tabiat,
jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilishga qonun va kategoriyalar
asosida olamni yangidan idrok etishga qaratilgan bo’ladi. Ma’lumki, dialektikaning
biror-bir kategoriyasini voqelikdan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki, bu
Ilmiybaza.uz
kategoriyalar (yaxlitlik, qism, zaruriyat, tasodif, mohiyat, sifat va h.k) insonni o’rab
turgan olamda sodir bo’ladigan voqea-hodisalar haqida aniq xulosalar chiqarishga,
ularni to’g`ri tahlil etishga ko’mak beradi. Nafosat falsafasi o’zining
kategoriyalariga ega. Bu kategoriyalar (go’zallik, hunuklik, ulug`vorlik, tubanlik,
fojiaviylik, kulgililik va h.k.) inson va tabiat, inson va jamiyat, inson va ijtimoiy
borliq bilan doimo hamkorlikda vujudga keladi.
Bugungi kun adabiyotlarida go’zallik – ulug`vorlik – fojiaviylik - kulgililik;
estetik ideal - estetik did - estetik tuyg`u; san’at - badiiy obraz - ijodkorlik
ko’rinishdagi
tizim
estetika
fanining
kategoriyalar
tasnifida
kengroq
qo’llanilmoqda. Mazkur kategoriyalar orasida go’zallik, ulug`vorlik, fojeaviylik,
kulgililik boshqa mezoniy tushunchalarga nisbatan ko’lami va mazmuni jihatidan
keng qamrovli ekanligi bilan ajralib turadi.
Quyida biz anashu kategoriyalarning falsafiy-estetik mohiyati haqida fikr
bildiramiz. Dastlab go’zallik to’g`risida.
«Go’zallik»ning tugal ilmiy ta’rifi haqida biror-bir qat’iy fikr mavjud emas. Biroq,
go’zallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon bo’lishi, san’atda aks etishi hamda
uning jamiyat rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan g`oyalar,
yaratilgan ta’limotlar o’zining salmog`i bilan ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy-
jismoniy, axloqiy-estetik faoliyati, tabiat va undagi hodisalar, jamiyat va unda ro’y
berayotgan
ijtimoiy-ma’naviy,
siyosiy-iqtisodiy
jarayonlar
go’zallikka
yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy obektlaridir.
Ulug`vorlik va tubanlik. Nafosat falsafasidagi yana bir muhim mezoniy
tushuncha – bu ulug`vorlik tushunchasi hisoblanadi. Bu tushuncha ham go’zallik
kategoriyasi kabi mutafakkirlar e’tiborini o’ziga jalb etib kelgan. Jumladan, ingliz
nafosatshunosi E.Byork go’zallikni ulug`vorlik bilan qiyosiy o’rganib, bu ikki
tushunchani bir-biriga qarama-qarshi tushunchalar sifatida tadqiq etadi. I.Kant esa
bu borada aksincha yo’l tutadi, ya’ni go’zallik va ulug`vorlikni uyg`unlikda
rivojlanuvchi tushunchalar deb hisoblaydi. Ulardan farqli o’laroq, Hegel,
ulug`vorlikni go’zallikning bir ko’rinishi, ulug`vorlik – zohiriy go’zallikning botiniy
go’zallikka aylanishi, deb tushuntiradi.
Ilmiybaza.uz
Ulug`vorlik - inson tafakkurida yuksak hayratlanish tuyg`ularini hosil qiluvchi
narsa-hodisalar majmuidir. Ulug`vorlikning ko’lami go’zallik ko’lami kabi cheksiz
bщlib, u o’zida hajm, miqdor, ko’lam va ko’lamni mujassam etadi. Olmon faylasufi
F. Shiller ulug`vorlik tushunchasini dramatiklashtiradi: u qayg`u va qo’rkuvni
engish insonni qanchalik ulug`lashi va chiroy baxsh etishini ko’rsatib beradi. U
ulug`vorlikni «axloqiy xavfsizlik» tushunchasi bilan qiyoslaydi va inson qo’rquv va
dahshatga qarshi borishi uchun ham xavfdan xoli bo’lishi kerakligini aytadi.
Jismoniy xavfsizlik bevosita shaxsning o’ziga tegishli bo’lib, insondagi qatiy
ishonch bois xotirjam va xavfsiz bo’ladi. Biroq, dahshatli yo’qotishlar va
yovuzliklar qarshisida insonning xotirjamligi yo’qoladi. Agar xavf insonning
o’zigagina yaqinlashsa-yu, u o’zini hotirjam xis qilsa, demakki, uning vijdoni
xavfdan xoli; unga hech qanday havf tahdid solmaydi. Shu bois Shiller axloqiy
havfsizlikni din, e’tiqod va abadiylik bilan bog`laydi. Axloqiy xavfsizlikning
zaminiy xususiyatini esa hayot va o’lim masalalari bilan izohlaydi, ulug`vorlik
muhokamasi yuksak darajada madaniyatni talab qiladiki, bu muhokama go’zallik
muhokamasidan ustuvorroqdir.
Tubanlik. Nafosat falsafasi kategoriyalari orasida xunuklik singari kishilarda
salbiy his-tuyg`u paydo qiladigan boshqa tushunchalar ham mavjud. Tubanlik ana
shunday tushuncha: uni xunuklik bilan aynanlashtirib bo’lmaydi. Chunki, xunuklik
kishilarda engil noxushlik tuyg`usini paydo qilsa, tubanlik esa kuchli nafratlanish
hissini uyg`otadi. Bir so’z bilan aytganda, tubanlik - insonda kuchli nafratlanish
tuyg`ularini hosil qiluvchi estetik kategoriyadir.
Mazkur kategoriya ham estetik ham axloqiylik tabiatiga ega. Uning estetik
tabiati san’atda in’ikos ettirishi va badiiy asar qahramonlarining dunyoqarashini aks
ettirish orqali namoyon bo’ladi. Tubanlikning axloqiylik tabiati esa shaxs va
jamiyatdagi axloqsiz qilmishlar hamda insoniylikka zid tamoyillarga asoslanadi.
Fojeaviylik va kulgililik. Fojiaviylik Nafosat falsafasi kategoriyalari orasida
ulug`vorlik bilan yaqin aloqador. Shu ma’noda lug`vorlikni fojiaviylikning davomi,
desak mubolag`a bo’lmaydi. Shu bois nafosat falsafasiga doir adabiyotlarda
fojiaviylik kategoriyasi ulug`vorlik kategoriyasi bilan qiyosiy o’rganiladi. Bundan
Ilmiybaza.uz
tashqari, ulug`vorlikdagi daxo, buyuk, yuksak, oliyjanoblik kabi sifatlari ayni paytda
fojiaviylik kategoriyasiga ham xos.
Fojiaviylik mezoniy tushunchasining estetikasidagi markaziy muammosi -
insonning imkoniyatlarini har tomonlama kengaytirish (san’at, badiiy adabiyot,
jamiyat va tabatga nisbatan munosabatda), qahramonlik, buyuklik tushunchalarining
qat’iy va o’zgarmas chegaralarini buzib, uning mohiyatini bir-biriga yanada
yaqinlashish, tashabbuskorlik va bunyodkorlikni rag`batlantirish, hayotda
umidvorlik va unga muhabbat tuyg`ularini rivojlantirishdan iboratdir.
Fojeaviylik muammosi har doim falsafiy-estetik tafakkur sohiblarining
e’tiborini jalb qilib kelgan. Deyarli barcha ulkan ijodkorlar yaratgan asarlarda fojeali
ohanglar mavjudligini ko’rishimiz mumkin. Masalan, M. Shayxzoda, Ozod
Sharofiddinov, Yahyo G`ulomov, G`aybulla Salomovning ilmiy, badiiy asarlarida
jasoart, mardlik, qahramonlik va ma’naviy yuksaklikning ohanglarni xis etish
mumkin.
Kulgililik. Estetik tafakkur tarixida kulgililik kategoriyasiga bo’lgan munosabat
ham o’ziga xos ahamiyatga ega. Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsizlarni kulgili
odamlar, deydi. Arastu fikriga ko’ra, kulgi kishilarga ozor etkazmaydigan
xunuklikni keltirib chiqaruvchi xolatdir. O’rta asrlarga kelib kulgililikka insonning
Xudoga bo’lgan e’tiqodini susaytiruvchi vosita sifatida qaraldi.
Kulgililik boshqa nafosatli hodisalar singari faqat ob’ektiv xususiyatga ega
bo’lmay, uning sub’ektiv tomonlarni ham mavjud. Uning sub’ektiv tomoni - keng
ma’nodagi hazil (yumor) tuyg`usidir. (Moler hazil tuyg`usini insonni hayvondan
ajratib turadigan xususiyati deb atagan edi.) Shu ma’noda hazil - insonlararo
munosabatlarni tabiiy va erkin idrok etishi, turli beo’xshov ziddiyatlarni anglagan
xolda ularga nisbatan oqilona kulgi bilan javob berish qobiliyatidir.
Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi
Tabiat haqida gap ketganda, “tabiatni asrash”, hatto “tabiatni qutqarish” degan
so’zlarni tez-tez eshitamiz. Xo’sh, tabiatni kimdan asrash va qutqarish kerak?
Odamdan, jamiyatdan. Demak, odam, markschilar ta’riflaganidek, tabiatning bir
qismi emas, uni odam bir-birini bo’ysundirganidek bo’ysundirishi, “olamni
Ilmiybaza.uz
o’zgartirishi” mumkin emas. Aks holda oxir-oqibat insoniyat, hayvonot va nabotot
dunyosi halokatga mahkum etilishi muqarrar.
Keyingi bir asr mobaynida inson tafakkurining qudrati, fan-texnika taraqqiyoti
jahonning deyarli barcha stivilizastiyalashgan mamlakatlarida landshaftning (er yuzi
manzarasining) o’zgarishiga, buzilishiga olib keldi. Masalan, birgina suv
omborlarini olib ko’raylik. Hozirgi paytda minglab kvadrat kilometr takrorlanmas
landshaft suv ostida qolib ketdi. Vaholanki, landshaft hayvonlar, qushlar,
o’simliklar, suv, tuproq kabi qit’aviy xazinalarning uyg`unligidir. Biz esa tabiatga
bo’lgan xudbinlarcha munosabatimiz, unga qornimizni to’ydiradigan, hayotimizni
farovon qiladigan vosita deb qarashimiz tufayli ana shu uyg`unlikni muntazam
ravishda buzib kelmoqdamiz.
Biz tabiatni nutqlarimizda, she’rlarimizda, maqolalarimizda “Ona-tabiat” deb
ataymiz. Darhaqiqat, tobimiz qochsa, shifokorlar bizga bahavo, shaffof suvli tabiat
qo’ynida joylashgan oromgohlarga borishni, kimsasiz daryo bo’ylaridagi butazorlar
orasida chodir qurib, bir muddat tashvishlardan forig` yashashni tavsiya etadilar.
Shahar shovqinlaridan, mehnatdan, axborotlar siquvidan charchaganimizda, jamoa
bilan yoki oilaviy tarzda tabiat qo’yniga chiqib dam olamiz. Toliqsak, doim
“onamiz” qo’yniga intilamiz, ona-tabiat bizni davolaydi, go’zalligi bilan
hayratlantiradi, ruhlantiradi. Lekin bir-ikki kundan so’ng yana hammasini unutamiz,
tag`in tabiatga bir xizmatkordek qaraymiz. Nega shunday? Chunki biz uni
tushunmaymiz, uni bilmaymiz. Shu sababli biror bir odamning yaxshi yoki
yomonligiga
asl
sabablar
nimaligini,
uning
mohiyatini
bilmaganimiz,
tushunmaganimiz uchun “falonchining tabiati o’zi shunaqa”, yoki muayyan hayvon
yoxud o’simlikning sir-sanoatidan bexabarligimiz tufayli uni “tabiatan o’zi
shunday” deyish bilan muammoga nuqta qo’yamiz. Zero tabiat olamiy kubromi
(katta olammi), olami sug`romi (kichik olammi), ya’ni odammi, u – sirli, uni lozim
darajada tushunmaymiz va bilmaymiz. Har qancha ekologiyaga e’tibor qilmaylik,
uni fan sifatida zo’r berib o’qitmaylik, baribir tabiatni tushunishimiz qiyin, zotan
ekologiya tabiatni asrashni, qutqarishni, boyitishni targ`ib qiladi. Biroq ularning
hammasiga faqat estetika yordamida, uning ekologiya bilan hamkorligida erishish
Ilmiybaza.uz
mumkin. Chunki estetika insonga tabiatni sevishni, uning go’zalligiga beg`araz
munosabatda bo’lishni o’rgatadi, ya’ni tabiatni faqat odamlar uchun yaratilgan deb
emas, uni jamiyatdan tashqaridagi umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok
etishni taqozo qiladi. Ha, tabiat go’zallik va ulug`vorlik manbai, lekin faqat inson
uchungina shunday emas. Masalan, bulbul tunda, odamlar uxlaganda sayraydi,
namozshomgul va ba’zi boshqa gullar faqat qorong`u tushayotgan paytdan boshlab
ochiladi. Demak, hayvonlarni, o’tloqlarni, daraxtlarni, daryolarni, tog`larni faqat
“biz uchun” deb emas, “biz uchun ham” deb tushunishimiz lozim.
Texnikaning inson estetik manfaatlari va faoliyati bilan bog`liqligi. Dizayn
estetikasi. Ko’rib o’tganimiz – tabiat estetikasi bizni hozir avvalgiga qaraganda
olisdan o’rab turgan biologik muhitning hayotimizni go’zallashtirishdagi, umuman,
estetiklashtirishdagi ahamiyatini tadqiq etsa, uni insonni “tabiiylashtirish” vositasi
sifatida olib qarasa, texnika estetikasi, aksincha, bugungi kunda bizga eng yaqin
bo’lgan noosferani – texnikaviy muhitni muntazam “insoniylashtirib” borish
muammolarini o’rganadi.
Inson doimiy ravishda ravnaq topib boradigan mavjudot, uzoq davom etgan
insoniy taraqqiyotning mahsuli, ya’ni tosh asridagi va hozirgi odam, garchand
ikkalasi ham odam deb atasakda, bir-biridan farq qiladi. Zamonaviy odam aqlan,
axloqan nisbatan yuksak darajaga ko’tarilgan, jismonan esa – go’zallashgan.
Texnikani ana shu go’zallashgan inson yaratgan. Shu o’rinda imom G`azzoliyning
inson va uning ijodiga nisbatan aytgan: “Yaratilgan yaratganiga o’xshaydi”, degan
so’zlarini yana bir bor eslaylik. Alloh insonni yaratib, uni o’ziga o’xshashini istasa,
inson ham o’z ijodi mahsulining o’ziga o’xshash bo’lishini xohlaydi. Texnika inson
ijodining mahsuli sifatida inson qanchalik nozik, qanchalik aqlli, qanchalik go’zal
bo’lsa, shunga qarab o’zgarib boradi.
Estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko’mak beruvchi
muhim unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu
orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir.
Hozirda estetik tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda. Shunga ko’ra, u o’z
oldiga talaygina muhim vazifalarni qo’ygan. Bular:-kishilarda san’at asarlari, badiiy
Ilmiybaza.uz
ijod namunalarini nafaqat faol o’zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini
anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;
-jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan
foydalana bilishga ishonch tuyg’usini uyg’otish;
- tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg’u bilan munosabatda
bo’lishga va ularni ravnaq toptirish yo’lida astoydil faoliyat olib borish
ko’nikmalarini hosil qilish;
- o’tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg’otish, milliy g’urur, milliy
iftixor tuyg’ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;
- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat
manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ’ib qilishga undashdir.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga- san’at, information texnologiyalar,
tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin.
San’at- estetik tarbiyaning muhim vositasi. Bugungi kunda jamiyatimizda inson
faoliyatini boshqarib borishdan ko’ra, ushbu jarayonni insonning o’zi tashkil etishi
kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda san’at mohiyatan shaxsning his-
tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan muhim vosita sifatida insonni doimo
o’ziga jalb etib kelgan. San’at insonning ehtiroslar va tuyg’ular olamiga singib borib
ularni yig’latadi, kuldiradi, o’ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak
san’at barcha davrlarda insonga hamroh bo’lib kelgan.
San’at o’zining estetik bisotini to’laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya
jarayoni
bilan
chambarchas
bog’lanadi.
Chunonchi,
inson
tafakkurini
go’zallashtirish estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning
predmeti esa ma’naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi.
Informatsion texnologiyalar-estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar
tabiiy va texnika bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari
talabalariga “ Sizning idealingiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga
ularning ko’pchiligi san’at, adabiyot va ma’rifat sohasida ko’proq aks etadi, degan
javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi.
Ilmiybaza.uz
Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda
insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida
odamlarning turmush tarzini, o’zaro aloqasini hatto tashqi ko’rinishi ham tubdan
o’zgarishiga olib keldi.
Mahalla-estetik tarbiyaning muhim vositasi. Mahallaning shaxs estetik tarbiyasi
ta’siri nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo’lib,
u bugun shaxsning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy- huquqiy
madaniyatini shakllantirishga ko’mak beruvchi makon sifatida ham yuksak
ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta’sir
ko’rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Shu jihatdan mahalla o’z
navbatida o’z oldiga qo’ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni
nafosatli jihatdan tarbiyalaydi.
Tabiat- estetik tarbiyaning zaruriy vositasi. Shuni maxsus ta’kidlash kerakki,
zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik
ustuvor omil bo’lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb
etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan
mukammal bo’lib yetishishiga monelik ko’rsatadi. Shuning uchun inson va tabiat
o’rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu
muammoni chetlab o’tish maqsadga muvofiq bo’lmaydi.
Mehnatning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati. Mehnat ham moddiy,
hamda ma’naviy go’zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasiga
aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy- foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida
vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga
keltiradigan zararini kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat
ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.
San’atning vujudga kelishi va uning estetik mohiyati
San’at – estetik faoliyatning o’ziga xos turi, sehrli ma’naviy ko’zgu. Sehri shundaki,
san’at asarini idrok etayotgan odam unda ham shu asarni yaratgan inson dunyosini,
ham o’z dunyosini qadriyatlar prizmasi orqali ko’radi; o’zining qandayligini va
qayerdaligini, yutuqlarini va nuqsonlarini, aqlni va hissiyotlarni aniqlashtirib oladi.
Ilmiybaza.uz
Uning estetik mohiyati makon va zamondagi voqelik vositasida go’zallik,
ulug’vorlik, fojiaviylik, kulgilik, xunuklik, tubanlik va boshqa estetik xususiyatlarni
in’ikos ettirishi hamda ularni baholashi bilan belgilanadi. San’at qadriyatlarning
qadrlanishini va qadrsizlangan qadriyatlarni ko’rsatib beradi, bir odam yoki bir
nechaodam timsolida odam bilan olamning yaxlit, umumlashgan qiyofasini yaratadi,
ularning uyg’unligini ta’minlaydi. U kishini yashashga o’rgatadi, go’zallikka da’vat
etadi, ma’naviy yuksaltiradi. Shu sababli insoniyat tarixida san’atsiz yashab o’tilgan
birorta ham davr yo’q.
San’at va axloq. Bu ikki ma’naviy hodisa shu qadar mustahkam aloqadaki, biri
ikkinchisining ishtirokisiz to’laqonli mavjud bo’lolmaydi. Har ikkalasini ham
insonshunoslik deb atash mumkin, faqat ular anatomiya kabi odam a’zolarini emas,
inson axloqiy-estetik-ruhiy muruxxatlarini, ya’ni uning ezgulik va go’zallikka,
yozuvlik va xunuklikka munosabatini aks ettiradi, o’rganadi. Shu sababli axloqdan
tashqari san’atning mavjudligi mumkin emas, ayni paytda san’atsiz axloq
targ’ibotdan mahrum bo’lib qoladi va faollik xususiyatini yo’qotadi. Zero,
san’atning azaliy va abadiy bosh mavzusi ezgulik bilan yovuzlik o’rtasidagi
kurashdir, boshqa barcha insoniy muammolarning o’rtaga tashlanishi va hal etilishi
badiiy asarda ana shu mavzuning ochib berilishi uchun yordamchi vazifasini o’taydi.
San’at va din. San’at, avvalo, axloqiylikni targ’ib etish nuqtayi nazaridan din
bilan bog’liq. Buni barcha umujahoniy dinlar uchun so’ng maqsad-yuksak axloq
egasi bo’lmish komil insonni, solih bandani tarbiyalash ekanida ko’rsa bo’ladi. Zero,
juda ko’p diniy tushunchalar axloqiy ma’noga, axloqiy tushunchalar esa diniy
ma’noga ega. M., imon, diyonat, halollik, poklik, muhabbat, vijdon kabi
tushunchalar har ikki ma’naviy hodisaga ham tegishlidir. Ayni paytda din ezgulik,
muruvvat, shafqat, jo’mardlik, rostgo’ylik vatanparvarlik kabi axloqiy fazilatlarni
targ’ib qiladi va qotillik, o’g’rilik, poraxo’rlik, xiyonat, yolg’onchilik singari
illatlarni taqiqlaydi. Bularning hammasi asarda o’z ifodasini topar ekan, birvarakay
uch yoqlama-din, axloq va san’at aloqadorligi vujudga keladi.
San’at va texnika. So’ngi paytlarda san’at bilan texnikaning o’zaro aloqalari
tobora mustahkamlanib, kengayib bormoqda. U deyarli hamma san’at turlariga “
Ilmiybaza.uz
kerak bo’lyapti”. Teatrdagi aylanadigan sahna, musiqadagi kliplar, fonogrammalar,
elektron cholg’u-asboblar, kitob nashridagi texnik quvvatlar, yozuvchilarning
komputer vositasida ishlashlari, audio va video yozuvlar va hokozo bunga misol
bo’la oladi. Bularning hammasi badiiy asarni idrok etuvchiga qulayroq shaklda
yetkazib berish orqali texnika san’at targ’iboti va rivojiga katta xissa
qo’shayotganini ko’rsatadi. Demak, texnikaviy ravnaq tufayli san’at turlari
takomillashib bormoqda. Bundan tashqari, yana eng muhimi shundaki, bu ravnaq
yangi- “ texnikaviy” san’at turlarining paydo bo’lishiga olib kelmoqda. Badiiy
su’ratkashlik, kino va televideniye ana shunday san’at turlaridir. Bir so’z bilan
aytganda, texnika san’at uchun beminnat xizmatkor vazifasini o’tamoqda va o’zi
ham asta- sekin san’atning “parda ortidagi” uzviy qismiga aylanib bormoqda.
San’atda mazmun va shakl. San’at turlari
San’at- estetik tadqiqot obyektining umumiy nomi, mushtarak tushuncha.
Xususiy tushuncha sifatida u voqelikni go’zallik va xunuklik, ulug’vorlik va
tubanlik kabi qadriyatlar va aksilqadriyatlar orqali muayyan xil, tur hamda janrlar
doirasida in’ikos ettiradigan badiiy ijod mahsulini anglatadi. Shu bois san’atni xil,
tur va janrlarga bo’lib, estetik tadqiq etish odat tusiga aylangan. Biroq ana shu “
bo’lib o’rganish”, ya’ni tasniflashtirish, turkumlashtirish bir qarashda osondek
ko’rinsa-da, aslida estetikadagi murakkab va chalkashliklarga to’la muammo
sanaladi. Bu borada o’nlab nuqtayi nazarlar bor.
Me’morlik. Bu san’at turining paydo bo’lishi insonning turar joyga bo’lgan
ehtiyojidan kelib chiqqan va odamning estetik tabiati uni tobora go’zallashtirib
borishni talab etgan. Keyinchalik bu talab o’limdan keyingi “ turar joyga”
maqbaralarga tatbiq etilgan. Undan so’ng hukmdorlar saroylari, devonxonalar turli
rasmiy va norasmiy xizmat binolari, ibodatxonalar ham ana shu go’zallik qonuniga
binoan qurilgan. Ispaniyadagi Al-Humro masjidi, Olmoniyadagi Kyoln jomesi,
Xivadagi Nurillavoy sariyi va boshqalar shular jumlasidan.
Me’morchilik- mavjudligi makon bilan shartlangan san’at turi. Unda hajm,
makonni egallash xususiyati birinchi o’rinda turadi, deyishadi, aslida “ hajm” emas,
mahobat atamasini qo’llash maqsadga muvofiq, zero mahobat ulug’vorlik ifoda
Ilmiybaza.uz
topgan hajmdir. Me’morlikning san’at sifatidagi estetik mohiyati uning kulgililik
xususiyatini inkor qilishi va ulug’vorlik xususiyatini barqaror etishi bilan bog’liq,
hech bir san’at turida ulug’vorlik bu qadar o’zini yaqqol namoyon qilmaydi. Ayni
paytda unda tasviriylik, noziklik, injalik kabi go’zallik unsurlari katta ahamiyatga
ega, ular mahobatning tarkibiy qismini tashkil etgani holda, xandasviy yoki
bargsimon naqshlarda, sirkor narsalarda, devoriy yozuvlarda, peshtoqiy tasvirlarda
o’z aksini topadi. Masalan, Samarqanddagi Registon majmuiga kiruvchi “ Sherdor
madrasasi”ni olib ko’raylik. Madrasa peshtoqidagi koshinkorli bezak orasida qora
zamini koshinga oq harflar bilan me’mor Abdujabbor nomi bitilgan. Peshtoq
ravog’ining tepasida qizg’ish zarhal tusli sher oq kiyikni quvib bormoqda. Quyosh
bodonqovoq, qiyiq ko’zli tarzda tasvirlanib, yuzi zarhal yog’duga yo’g’rilgan.
Binoga sinchikovlik bilan qarar ekanmiz, uning bir paytlar mullavachchalar
(talabalar) o’qiydigan oliy o’quv yurtlaridagi madrasa bo’lganiga hatto ishongingiz
kelmaydi..
Ko’rgazmali- amaliy san’at. Ko’rgazmali- amaliy san’at qadimdan, mehnat
qurollari, hunarmandchlikning rivojlanib borishi bilan kundalik turmush ehtiyoji
uchun qo’llaniladigan ashyolarni bezash, me’morlik inshootlarini turli naqshlar va
koshinlar vositasida go’zallshtirish orqali estetik talablarga javob berib keladi.
Aynan ana shu san’at turida hunarmandchilikning san’atga aylanishi ro’y beradi. M
., aytib o’tganimizdek, XVIII- XIX asrlardagi Buxoro- Qo’qon uslubida
naqshlangan go’zal mis qumg’onlar dastlab faqat o’zining muayyan maqsadga
xizmat qilishi bilan diqqatga sazovor edi. Lekin hozirgi paytda ular har biri betakror
san’at namunasi, misgar ustaning san’atkorlik mahorati tajassum topgan ma’naviy
qadriyat tarzida idrok etiladi. Yoki mahsuli tarzida qabul qilamiz.
Haykaltaroshlik- monumental san’at. Eng qadimgi, ibtidoiy davrlardan
boshlab hozirgacha haykaltaroshlik o’z mavqei yo’qotmay kelayotgan san’at
turlaridan biri. Bu san’atning asosida faqat oniy, bir lahzalik san’at tasviri yotadi.
Haykaltarosh tomonida ana shu eng muhim harakatini topish hamda unga mos nur
va soyani tanlash yuksak iate’dodni talab qiladi. Haykaltaroshlik monumental san’at
deyiladi. Chunki ko’pincha u katta hajmli haykallar yoki majmualarni o’z ichiga
Ilmiybaza.uz
oladi. Ayni paytda uning kichik hajmdagi va har biri o’ziga xos bo’lgan holda
muayyan yuzalikda shakllar uyg’unligini tashkil etadigan ko’rinishlari ham mavjud.
Haykaltaroshlikning birinchi hiliga alohida makonni egallagan va har xil resursda
tomosha qilish mumkin bo’lgan asarlar kiradi.
Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; A5; A6;; Q1 Q2; Q3; Q8;;. Q9; Q12. Q13. Q14.
Q16.
Mavzuni mustahkamlovchi savollar:
1. “Estetika” deganda nimani tushunasiz?
2. Nafosatshunoslik fani taraqqiyot davomida qanday bosqichlarni bosib o`tgan?
3. Qachondan boshlab nafosatshunoslik to`g`risidagi nazariyalar vujudga kela
boshladi?
4. Nafosatshunoslikning ruhshunoslik bilan qanday aloqasi mavjud?
5. Estetik faoliyat deganda nimani tushunasiz?
6. Estetik ideal nima? Sizda ham estetik ideal bormi?
7. Estetik didda fahm-farosatning o`rni qay darajada?
8. Ulug’vorlik tabiatda qanday xususiyatlarga ko’ra namoyon bo’ladi?
9. Fojiaviylikning falsafiy mohiyatini tushuntirib bering
10. Kulgililikning shakllarini izohlang?