Namlik ekologik omil sifatida

Yuklangan vaqt

2024-03-08

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

3,1 MB


 
 
Dars ishlanma  
Mavzu: Namlik ekologik omil sifatida 
Darsning maqsadi:   
Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga DTS asosida bilim berish, namlik Yerdagi 
hayotning asosiy abiotik omili ekanligi to‘g‘risida ilmiy bilimlar berish. O’simlik va 
hayvonlarning namlikka nisbatan talabiga ko’ra guruxlarini o’rgatish, ularning 
moslanish ko‘nikmalarini rivojlantirish.   
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarga aqliy – axloqiy, ekologik tarbiya berish. 
Suv bebaxo ne’mat ekanligini tushuntirish. O‘quvchilarning dunyoviy biPlimlarini 
oshirish, organik olam vakillarini muhofaza qilish to‘g‘risida ekologik tarbiya 
berish, ekologik madaniyatni shakllantirish .   
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning tushuncha va tasavvurlarini 
kengaytirish, dunyoqarashini o‘stirish. Erkin va mustaqil fikrlash qobilyatini 
rivojlantirish, o‘quvchilarni hamkorlikda guruhlarga bo‘lib ishlash usullarini 
o‘rgatib, o‘rganilayotgan material to‘g‘risida hulosa chiqarishga o‘rgatish.  
Kompetensiyaviy maqsad: O’z o’zini rivojlantirish, milliy va umummadaniy 
qadriyatlarni asrash. Sog’lom turmush tarzini rivojlantirish.   
Dars turi: An’anaviy(amaliy), yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, 
o‘quvchilarning bilim, ko nikma va malakalarini rivojlantiruvchi.  
  
Darsda foydalaniladigan metodlar: bayon, namoyish, guruhlar bilan ishlash, 
test, savol-javob.   
  
Dars jihozi: sxema, jadval, rasm, slayd, AKT, tarqatma, xona o‘simliklari.   
  
Tayanch so‘zlar: namlik, gigrofitlar, kserofitlar, mezifitlar, sukkulentlar, 
sklerofitlar, fiziologik moslanish, morfologik moslanish, etologik moslanishlar.   
 
Dars ishlanma Mavzu: Namlik ekologik omil sifatida Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga DTS asosida bilim berish, namlik Yerdagi hayotning asosiy abiotik omili ekanligi to‘g‘risida ilmiy bilimlar berish. O’simlik va hayvonlarning namlikka nisbatan talabiga ko’ra guruxlarini o’rgatish, ularning moslanish ko‘nikmalarini rivojlantirish. Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarga aqliy – axloqiy, ekologik tarbiya berish. Suv bebaxo ne’mat ekanligini tushuntirish. O‘quvchilarning dunyoviy biPlimlarini oshirish, organik olam vakillarini muhofaza qilish to‘g‘risida ekologik tarbiya berish, ekologik madaniyatni shakllantirish . Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning tushuncha va tasavvurlarini kengaytirish, dunyoqarashini o‘stirish. Erkin va mustaqil fikrlash qobilyatini rivojlantirish, o‘quvchilarni hamkorlikda guruhlarga bo‘lib ishlash usullarini o‘rgatib, o‘rganilayotgan material to‘g‘risida hulosa chiqarishga o‘rgatish. Kompetensiyaviy maqsad: O’z o’zini rivojlantirish, milliy va umummadaniy qadriyatlarni asrash. Sog’lom turmush tarzini rivojlantirish. Dars turi: An’anaviy(amaliy), yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o‘quvchilarning bilim, ko nikma va malakalarini rivojlantiruvchi. Darsda foydalaniladigan metodlar: bayon, namoyish, guruhlar bilan ishlash, test, savol-javob. Dars jihozi: sxema, jadval, rasm, slayd, AKT, tarqatma, xona o‘simliklari. Tayanch so‘zlar: namlik, gigrofitlar, kserofitlar, mezifitlar, sukkulentlar, sklerofitlar, fiziologik moslanish, morfologik moslanish, etologik moslanishlar.
 
 
  
Dars tafsiloti va texnologik xarita  
 I. Tashkiliy qism  
2  
II.Uyga vazifani baholash  
13  
III.Yangi mavzu bayoni  
15  
IV.Mustahkamlash  
10  
V.Baholash  
3  
VI. Uyga vazifani tushuntirish  
2  
Darsning borishi.  
  
I. Tashkiliy qism   
Salomlashish, navbatchi, davomotni aniqlash, axborot olish, guruhlarga bo‘lish 
va nomlash.   
   
II. O‘tilgan mavzuni takrorlash.   
1-topshiriq. 
 O‘quvchilarni guruxlarga bo’lib  o‘tilgan mavzularga oid  savollar beriladi.   
I-guruh. GIGROFITLAR. 
1. Biologiya qanday fan?   
2. Ekologiya nimani o‘rganadi?   
3. Ekologik madaniyat nima?   
4. Ekologiyaning qanday bo‘limlari bor?  
II-guruh. KSEROFITLAR  
5. Ekologiyani o‘rganish metodlari nima?   
6. Ekosistemaning tarkibiy qismlari qanday?   
7. Organizmlarning qanday yashash muhitlari bor?   
8. Ekologik omil nima?   
III-guruh. MEZOFITLAR. 
9. Ekologik omillarning qanday xillari bor?   
10. Libixning minimum qoidasi mohiyatini tushuntirib bering.   
11. Ekologik nisha nima?   
Dars tafsiloti va texnologik xarita I. Tashkiliy qism 2 II.Uyga vazifani baholash 13 III.Yangi mavzu bayoni 15 IV.Mustahkamlash 10 V.Baholash 3 VI. Uyga vazifani tushuntirish 2 Darsning borishi. I. Tashkiliy qism Salomlashish, navbatchi, davomotni aniqlash, axborot olish, guruhlarga bo‘lish va nomlash. II. O‘tilgan mavzuni takrorlash. 1-topshiriq. O‘quvchilarni guruxlarga bo’lib o‘tilgan mavzularga oid savollar beriladi. I-guruh. GIGROFITLAR. 1. Biologiya qanday fan? 2. Ekologiya nimani o‘rganadi? 3. Ekologik madaniyat nima? 4. Ekologiyaning qanday bo‘limlari bor? II-guruh. KSEROFITLAR 5. Ekologiyani o‘rganish metodlari nima? 6. Ekosistemaning tarkibiy qismlari qanday? 7. Organizmlarning qanday yashash muhitlari bor? 8. Ekologik omil nima? III-guruh. MEZOFITLAR. 9. Ekologik omillarning qanday xillari bor? 10. Libixning minimum qoidasi mohiyatini tushuntirib bering. 11. Ekologik nisha nima?
12. Biologik optimum deganda nimani tushunasiz?   
 
2-topshiriq. 
 
O’quvchilar doskada  Ekologik guruxlarga mansub o’simliklarni jadvalga 
yozadilar.  
O’simliklarni ekologik guruhlari 
I-guruh 
Yorug’sevar 
o’simliklar 
II-guruh 
Soyaga 
chidamli o’simliklar 
III-gurh 
Soyasevar 
o’simlilar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
III. Yangi mavzu bayoni.  
Namlik. Tirik organizmlar tanasining 2/3 qismi suvdan iborat, shu sababli namlik 
ularning hayotini belgilovchi muhim omil sanaladi. Suv barcha tirik organizmlar 
uchun universal eritma, hujayradagi biokimyoviy jarayonlar uchun sharoit, ko‘pchilik 
tirik organizmlar uchun yashash muhiti hisoblanadi. Suv tirik organizmlarda 
boradigan moddalar almashinuvida faol ishtirok etadi va muhim o‘rin tutadi. Tirik 
organizmlar yashaydigan muhitda suv yetishmasligi organizmlarda hayotiy 
jarayonlarning sekinlashishiga sabab bo‘ladi. 
Tirik organizmlarda suv gidroliz va fotosintez reaksiyalarida bevosita ishtirok etadi. 
Ba’zi tirik organizmlar, masalan, to‘garak va halqasimon chuvalchanglar uchun suv 
gidrostatik skelet sanaladi va oziq moddalarni tashish vazifasini bajaradi, ya’ni 
moddaning organizm bo‘ylab harakatlanishida ishtirok etadi. Solishtirma issiqlik 
sig‘imi, issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgani tufayli suv organizmdagi issiqlik 
muvozanatini ushlab  turadi, hujayra  va to‘qimalarning qizib ketishining oldini oladi. 
Suv yuksak sporali o‘simliklarning urug‘lanishi, spora va urug‘lar unib chiqishi 
uchun o‘ta zarur.  
Quruqlikda yashash  joylarining  namligi  yillik  yog‘ingarchilik  miqdoriga bog‘liq, 
shuning uchun turli geografik zonalar o‘zaro farqlanadi. Namlikning yetishmasligi 
yoki haddan tashqari ortib ketishi quruqlikda yashovchi tirik organizmlar uchun 
cheklovchi omil hisoblanadi. 
O‘simliklarning 
namlikka 
nisbatan 
ekologik 
guruhlari 
va 
ularning 
moslanishlari. O‘simliklarning quruqlikka chiqishi, namlik yetishmasligiga 
moslanishi muhim evolutsion o‘zgarish sanaladi. Namlikka bo‘lgan talabiga ko‘ra 
barcha quruqlik o‘simliklari uchta ekologik guruhga bo‘linadi: kserofitlar, gigrofitlar, 
mezofitlar. Evolutsiya jarayonida har bir guruhda muhitning suv rejimida o‘ziga xos 
moslashish vujudga kelgan. 
12. Biologik optimum deganda nimani tushunasiz? 2-topshiriq. O’quvchilar doskada Ekologik guruxlarga mansub o’simliklarni jadvalga yozadilar. O’simliklarni ekologik guruhlari I-guruh Yorug’sevar o’simliklar II-guruh Soyaga chidamli o’simliklar III-gurh Soyasevar o’simlilar III. Yangi mavzu bayoni. Namlik. Tirik organizmlar tanasining 2/3 qismi suvdan iborat, shu sababli namlik ularning hayotini belgilovchi muhim omil sanaladi. Suv barcha tirik organizmlar uchun universal eritma, hujayradagi biokimyoviy jarayonlar uchun sharoit, ko‘pchilik tirik organizmlar uchun yashash muhiti hisoblanadi. Suv tirik organizmlarda boradigan moddalar almashinuvida faol ishtirok etadi va muhim o‘rin tutadi. Tirik organizmlar yashaydigan muhitda suv yetishmasligi organizmlarda hayotiy jarayonlarning sekinlashishiga sabab bo‘ladi. Tirik organizmlarda suv gidroliz va fotosintez reaksiyalarida bevosita ishtirok etadi. Ba’zi tirik organizmlar, masalan, to‘garak va halqasimon chuvalchanglar uchun suv gidrostatik skelet sanaladi va oziq moddalarni tashish vazifasini bajaradi, ya’ni moddaning organizm bo‘ylab harakatlanishida ishtirok etadi. Solishtirma issiqlik sig‘imi, issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgani tufayli suv organizmdagi issiqlik muvozanatini ushlab turadi, hujayra va to‘qimalarning qizib ketishining oldini oladi. Suv yuksak sporali o‘simliklarning urug‘lanishi, spora va urug‘lar unib chiqishi uchun o‘ta zarur. Quruqlikda yashash joylarining namligi yillik yog‘ingarchilik miqdoriga bog‘liq, shuning uchun turli geografik zonalar o‘zaro farqlanadi. Namlikning yetishmasligi yoki haddan tashqari ortib ketishi quruqlikda yashovchi tirik organizmlar uchun cheklovchi omil hisoblanadi. O‘simliklarning namlikka nisbatan ekologik guruhlari va ularning moslanishlari. O‘simliklarning quruqlikka chiqishi, namlik yetishmasligiga moslanishi muhim evolutsion o‘zgarish sanaladi. Namlikka bo‘lgan talabiga ko‘ra barcha quruqlik o‘simliklari uchta ekologik guruhga bo‘linadi: kserofitlar, gigrofitlar, mezofitlar. Evolutsiya jarayonida har bir guruhda muhitning suv rejimida o‘ziga xos moslashish vujudga kelgan.
Kserofitlar (yunoncha «xerox» – quruq, «phyton» – o‘simlik) – namlik  kam bo‘lgan 
muhitda o‘sishga moslashgan o‘simliklar sanaladi. Bularga dasht, cho‘l, yarim cho‘l, 
savanna, baland tog‘ o‘simliklari kiradi. Kserofitlar uzoq vaqt namlik yetishmasligiga 
chidamli o‘simliklar hisoblanadi. Ularda nam tanqis muhitda yashashga bir qator: 
transpiratsiyaning kamayishi, tuproqdan suv so‘rilishining kuchayishi, to‘qima va 
organlarda suvni zaxiralash kabi moslanishlar mavjud. 
Moslanish turlariga ko‘ra kserofitlar ikki guruhga ajratiladi: sukkulentlar va 
sklerofitlar. 
Sukkulentlar (lotincha «succulentus» – sersuv) – ularda o‘z to‘qimalari va 
organlarida  suvni  zaxirada  saqlash  va  so‘ngra  tejab  sarflash  kuzatiladi. 
Agava, aloy, molodilo (barg sukkulentlar) kabi o‘simliklar suvni qalin barglarida 
saqlaydi, sutlamalar, kaktuslar (poya sukkulentlar)ning poyasida suvni zaxirada 
saqlovchi to‘qimalar mavjud. Sukkulentlarning epidermis to‘qimasi qalin mum qavat 
yoki mayda tuklar bilan qoplangan bo‘ladi. Barglardagi barg og‘izchalari kam va 
kunduzi yopiq bo‘ladi. Poya sukkulentlarda barglar mayda yoki tikanga aylangan 
(kaktuslar). Fotosintez jarayoni yashil poyalarda amalga oshadi (15- rasm ). 
Sklerofitlar (yunoncha «scleros» – qattiq, «phyton» – o‘simlik) – tuproqda namlik 
yetarli bo‘lmagan sharoitda ham o‘sadi. Ular suvni zaxirada saqlab turolmaydi, lekin 
sklerofitlar sitoplazmasi yuqori yopishqoqlikka ega bo‘lgani uchun suvni ushlab tura 
oladi. Bu hujayra shirasining yuqori osmotik bosimini yaratadi. Shu bosim tufayli 
sklerofitlar tuproqdan suvni shimadi. Shuning uchun ularni «nasos o‘simliklar» deb 
ham atashadi. Sklerofitlar ildizi yerga chuqur kirib boradi (saksovul, yantoq). 
Sklerofit o‘simliklarda transpiratsiyani  
 
 Sukkulent o‘simliklar. 
sathli qattiq barglar (yantoq); mayda bo‘laklarga qirqilgan barglar (shuvoq), tangacha 
shaklidagi barglar (saksovul, archa); barglarning mum yoki tuklar bilan qoplanishi; 
barg og‘izchalarining chuqur joylashuvi kabilar paydo bo‘lgan. 
kamaytirish hisobiga suvni tejaydigan bir qator morfologik moslanishlar 
:  kichik  
Agava 
Molodilo  
Sutlama 
Kaktus  
Kserofitlar (yunoncha «xerox» – quruq, «phyton» – o‘simlik) – namlik kam bo‘lgan muhitda o‘sishga moslashgan o‘simliklar sanaladi. Bularga dasht, cho‘l, yarim cho‘l, savanna, baland tog‘ o‘simliklari kiradi. Kserofitlar uzoq vaqt namlik yetishmasligiga chidamli o‘simliklar hisoblanadi. Ularda nam tanqis muhitda yashashga bir qator: transpiratsiyaning kamayishi, tuproqdan suv so‘rilishining kuchayishi, to‘qima va organlarda suvni zaxiralash kabi moslanishlar mavjud. Moslanish turlariga ko‘ra kserofitlar ikki guruhga ajratiladi: sukkulentlar va sklerofitlar. Sukkulentlar (lotincha «succulentus» – sersuv) – ularda o‘z to‘qimalari va organlarida suvni zaxirada saqlash va so‘ngra tejab sarflash kuzatiladi. Agava, aloy, molodilo (barg sukkulentlar) kabi o‘simliklar suvni qalin barglarida saqlaydi, sutlamalar, kaktuslar (poya sukkulentlar)ning poyasida suvni zaxirada saqlovchi to‘qimalar mavjud. Sukkulentlarning epidermis to‘qimasi qalin mum qavat yoki mayda tuklar bilan qoplangan bo‘ladi. Barglardagi barg og‘izchalari kam va kunduzi yopiq bo‘ladi. Poya sukkulentlarda barglar mayda yoki tikanga aylangan (kaktuslar). Fotosintez jarayoni yashil poyalarda amalga oshadi (15- rasm ). Sklerofitlar (yunoncha «scleros» – qattiq, «phyton» – o‘simlik) – tuproqda namlik yetarli bo‘lmagan sharoitda ham o‘sadi. Ular suvni zaxirada saqlab turolmaydi, lekin sklerofitlar sitoplazmasi yuqori yopishqoqlikka ega bo‘lgani uchun suvni ushlab tura oladi. Bu hujayra shirasining yuqori osmotik bosimini yaratadi. Shu bosim tufayli sklerofitlar tuproqdan suvni shimadi. Shuning uchun ularni «nasos o‘simliklar» deb ham atashadi. Sklerofitlar ildizi yerga chuqur kirib boradi (saksovul, yantoq). Sklerofit o‘simliklarda transpiratsiyani Sukkulent o‘simliklar. sathli qattiq barglar (yantoq); mayda bo‘laklarga qirqilgan barglar (shuvoq), tangacha shaklidagi barglar (saksovul, archa); barglarning mum yoki tuklar bilan qoplanishi; barg og‘izchalarining chuqur joylashuvi kabilar paydo bo‘lgan. kamaytirish hisobiga suvni tejaydigan bir qator morfologik moslanishlar : kichik Agava Molodilo Sutlama Kaktus
Gigrofitlar (yunoncha «hygros» – nam, «phyton» – o‘simlik) – nam tuproq va yuqori 
namlikka ega joyda o‘sadigan o‘simliklar. Gigrofit o‘simliklarga sholi, shakarqamish 
va boshqalar misol bo‘ladi. Gigrofitlar tuproqda namlik kamaygan holda tez so‘lib 
qoladi. Ularning ayrim turlari (botqoq gigrofitlari)ning ildizi  va poyalarida  
aerenximiya  (yunoncha  «aeg»  – havo, «enchyma» – hujayra) –  zaxirada havo 
saqlovchi hujayralar bo‘ladi. Gigrofitlarda ildiz tizimi kuchsiz, ildiz tukchalari 
rivojlanmagan, transpiratsiya kuchli bo‘ladi. Barg plastinkalari yupqa va undagi 
og‘izchalar doim ochiq bo‘ladi. 
Mezofit (yunoncha «mesos» – o‘rtacha, «phyton» – o‘simlik) – mo‘tadil nam 
sharoitda 
o‘sadigan 
o‘simliklar 
sanaladi. 
Ular 
qisqa 
muddat 
namlik 
yetishmovchiligiga chiday oladi. Ildiz tizimi o‘rtacha rivojlangan bo‘lib, ildiz 
tukchalariga ega, barglarida barg og‘izchalari mavjud. O‘simlik tanasidagi namlik 
miqdoriga qarab og‘izchalar ochilishi yoki yopilishi mumkin. Adir, o‘tloq 
o‘simliklari, shuningdek, mo‘tadil zonadagi deyarli barcha madaniy o‘simliklar 
mezofit bo‘lib, ular o‘simliklarning boshqa ekologik guruhlariga nisbatan keng 
tarqalgan. 
Hayvonlarning namlikka moslanishiga ko‘ra ekologik guruhlari.  
Namlik hayvonlar uchun ham muhim ekologik omil sanaladi. Namlik darajasiga 
ko‘ra hayvonlarni quyidagi ekologik guruhlarga ajratish mumkin: suv muhitida 
yashaydigan (korallar, meduzalar, baliqlar, kitlar, delfinlar), suv va quruqlik muhitida 
yashaydigan (qurbaqalar, timsohlar, pingvinlar), quruqlik muhitida yashaydigan 
hayvonlar (bo‘g‘imoyoqlilarning vakillari, sudralib yuruvchilar, qushlar va 
sutemizuvchilar). Quruqlikda yashovchi hayvonlar ham tanasidan ajralib chiqadigan 
namlik miqdorini qayta to‘ldirish uchun vaqti-vaqti bilan suvga  ehtiyoj  sezadi.  
Hayvonlarda suv rejimiga bog‘liq holda moslanish turlari: fiziologik, morfologik va 
etologik moslanishlar mavjud. 
Fiziologik moslanishlar organizmda namlikka bo‘lgan ehtiyojni qondiruvchi hayotiy 
jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Qushlar, sutemizuvchilar suv 
ichadi, suvda hamda quruqlikda yashovchi  hayvonlar esa terisi orqali shimadi. Cho‘l 
hayvonlari uchun esa iste’mol  qiladigan oziq-ovqat tarkibidagi suv yetarli 
hisoblanadi. Organizm tarkibidagi yog‘ zaxirasining oksidlanishi jarayonida hosil 
bo‘ladigan metabolitik suv hisobiga yashaydigan hayvonlar ham ko‘p. Nam tanqis 
bo‘lgan joylarda yashovchi organizmlar uchun xos metabolit, ya’ni moddalar 
almashinuvining oxirgi  mahsuloti siydik kislota hisoblanadi. Siydik kislota suvda 
yomon eriganligi tufayli uni organizmdan chiqarib yuborish uchun suv deyarli talab 
etilmaydi. 
Morfologik 
moslanishlar 
hayvon 
organizmida 
suvni 
saqlashga 
qaratilgan 
moslanishlar hisoblanadi. Qushlar tanasi pat bilan, sutemizuvchilar tanasi jun bilan, 
sudralib yuruvchilar tanasi muguz tangachalar bilan qoplangan. Hasharotlar va 
o‘rgimchaksimonlar qalin xitindan iborat tana qoplamiga ega, quruqlikda yashovchi 
molluskalarda chig‘anoq bo‘ladi. 
Etologik moslanishlar – hayvonlar tomonidan suvni qidirib topishga yo‘naltirilgan  
moslanish.  Ko‘pgina  hayvonlar  vaqti-vaqti  bilan   suv ichgani suv manbalariga 
boradi. Hayvonlarning suvga bo‘lgan ehtiyoji qurg‘oqchilik davrida ularning suv 
Gigrofitlar (yunoncha «hygros» – nam, «phyton» – o‘simlik) – nam tuproq va yuqori namlikka ega joyda o‘sadigan o‘simliklar. Gigrofit o‘simliklarga sholi, shakarqamish va boshqalar misol bo‘ladi. Gigrofitlar tuproqda namlik kamaygan holda tez so‘lib qoladi. Ularning ayrim turlari (botqoq gigrofitlari)ning ildizi va poyalarida aerenximiya (yunoncha «aeg» – havo, «enchyma» – hujayra) – zaxirada havo saqlovchi hujayralar bo‘ladi. Gigrofitlarda ildiz tizimi kuchsiz, ildiz tukchalari rivojlanmagan, transpiratsiya kuchli bo‘ladi. Barg plastinkalari yupqa va undagi og‘izchalar doim ochiq bo‘ladi. Mezofit (yunoncha «mesos» – o‘rtacha, «phyton» – o‘simlik) – mo‘tadil nam sharoitda o‘sadigan o‘simliklar sanaladi. Ular qisqa muddat namlik yetishmovchiligiga chiday oladi. Ildiz tizimi o‘rtacha rivojlangan bo‘lib, ildiz tukchalariga ega, barglarida barg og‘izchalari mavjud. O‘simlik tanasidagi namlik miqdoriga qarab og‘izchalar ochilishi yoki yopilishi mumkin. Adir, o‘tloq o‘simliklari, shuningdek, mo‘tadil zonadagi deyarli barcha madaniy o‘simliklar mezofit bo‘lib, ular o‘simliklarning boshqa ekologik guruhlariga nisbatan keng tarqalgan. Hayvonlarning namlikka moslanishiga ko‘ra ekologik guruhlari. Namlik hayvonlar uchun ham muhim ekologik omil sanaladi. Namlik darajasiga ko‘ra hayvonlarni quyidagi ekologik guruhlarga ajratish mumkin: suv muhitida yashaydigan (korallar, meduzalar, baliqlar, kitlar, delfinlar), suv va quruqlik muhitida yashaydigan (qurbaqalar, timsohlar, pingvinlar), quruqlik muhitida yashaydigan hayvonlar (bo‘g‘imoyoqlilarning vakillari, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar). Quruqlikda yashovchi hayvonlar ham tanasidan ajralib chiqadigan namlik miqdorini qayta to‘ldirish uchun vaqti-vaqti bilan suvga ehtiyoj sezadi. Hayvonlarda suv rejimiga bog‘liq holda moslanish turlari: fiziologik, morfologik va etologik moslanishlar mavjud. Fiziologik moslanishlar organizmda namlikka bo‘lgan ehtiyojni qondiruvchi hayotiy jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Qushlar, sutemizuvchilar suv ichadi, suvda hamda quruqlikda yashovchi hayvonlar esa terisi orqali shimadi. Cho‘l hayvonlari uchun esa iste’mol qiladigan oziq-ovqat tarkibidagi suv yetarli hisoblanadi. Organizm tarkibidagi yog‘ zaxirasining oksidlanishi jarayonida hosil bo‘ladigan metabolitik suv hisobiga yashaydigan hayvonlar ham ko‘p. Nam tanqis bo‘lgan joylarda yashovchi organizmlar uchun xos metabolit, ya’ni moddalar almashinuvining oxirgi mahsuloti siydik kislota hisoblanadi. Siydik kislota suvda yomon eriganligi tufayli uni organizmdan chiqarib yuborish uchun suv deyarli talab etilmaydi. Morfologik moslanishlar hayvon organizmida suvni saqlashga qaratilgan moslanishlar hisoblanadi. Qushlar tanasi pat bilan, sutemizuvchilar tanasi jun bilan, sudralib yuruvchilar tanasi muguz tangachalar bilan qoplangan. Hasharotlar va o‘rgimchaksimonlar qalin xitindan iborat tana qoplamiga ega, quruqlikda yashovchi molluskalarda chig‘anoq bo‘ladi. Etologik moslanishlar – hayvonlar tomonidan suvni qidirib topishga yo‘naltirilgan moslanish. Ko‘pgina hayvonlar vaqti-vaqti bilan suv ichgani suv manbalariga boradi. Hayvonlarning suvga bo‘lgan ehtiyoji qurg‘oqchilik davrida ularning suv