NARX VA NARX SIYOSATI
Reja:
1. Narx tushunchasi va uning mohiyati.
2. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari.
3.Tovarlarning yashash davri mobaynida narxlarning o’zgaruvchanligi.
1. Narx tushunchasi va uning mohiyati
Narx bozor kategoriyasi bo’lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan
munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi
ifodasi, qiymatining bozordagi ko’rinishidir.
Narx nimaga tegishli bo’lishidan kat’iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy
funktsiyani bajaradi:
1. bozor muvozanatini ta’minlash funktsiyasi
2. hisob-kitob, ulchov funktsiyasi
3. iqtisodiy regulyator funktsiyasi
4. raqobat vositasi funktsiyasi
5. ijtimoiy ximoya funktsiyasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud:
1. demping narx
2. nufo’zli narx
3. milliy narx
4. arzonlashtirilgan narx
5. jahon narxi
6. yashirin narx
7. erkin narx
8. standart narx
9. kontrakt (ulgurji) narx
10. chakana narx
11. o’zgaruvchan narx
12. limit narx
13. muvozanat narx
Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o’zgarishlardan
ham darak beradi.
Narxlarning boshqa muhim vazifasi – ishlab chiqaruvchilar va
iste’molchilarni rag’batlantirishdir.
Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini
ko’paytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni
ham rag’batlantiradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog’liq. Bu
daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo’jalik faoliyati
ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o’z shaxsiy yoki ishlab chiqarish
iste’mollarini ko’plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning
narxlariga bevosita bog’liq bo’ladi.
Narxlarning to’rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo’jalik sohalariga
ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir.
10.2. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini
hisoblash uslublari
Narx bilan iste’molchilar o’rtasida juda chambarchas aloqadorlik mavjudki,
uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor
segmentatsiyasi bilan izohlash mumkin. Talab qonuni iste’molchilar odatda
qimmat narxlarga qaraganda arzon narxlarda ko’proq tovarlar sotib olishini
ifodalaydi. Ammo har qanday tovar ham «narx-miqdor» aloqadorligiga to’g’ri
kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda
yuqoriroq narxlar ko’proq tovar aylanmasi hajmini ta’minlaydi. Bunday tovarlar
bozorning ayrim segmentlariga mo’ljalalngan – bular qimmatbaho avtomobillar,
kemalar, zeb-ziynat buyumlari, muyna va boshqalar.
Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo’lib xizmat qiladi.
Korxonalarning narx siyosati narx belgilash maqsadlari va uslublariga bog’liq
bo’lgan to’rt bozor tipini ajratish mumkin: sof raqobat, monopolistik raqobat,
oligopolistik raqobat sof monopoliya.
Asosan narxni o’zgartirish yo’li bilan talabga ta’sir ko’rsatish raqobatning
narx bilan bog’liq usullarini yaratadi. Narx bilan bog’liq bo’lmagan raqobat
usullarida firmalar o’z mahsulotining o’ziga xos hislatlariga zo’r beradi, mahsulot
sotish, tovarlar harkati, reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing
qismlariga katta e’tibor beradi.
Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi:
1.Talab omillari (bozorda o’xshash tovarlar mavjudligi va ularga bo’lgan
narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga
yo’naltirilgan narx)
2.Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda).
3.Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o’xshash import
tovarlari,raqobatchilar tovarlariga bo’lgan narxni bilish.
Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat:
- narxlashtirish masalasi qo’yiladi,
- talabi aniqlanadi,
- xarajatlari baholanadi,
- raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi,
- narxni shakllantirish uslubi tanlanadi,
- oxirgi natijaviy narx o’rnatiladi.
«O’rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo’yicha narx belgilash tovarning
tannarxiga muayyan ustama qo’yishdan iborat bo’lib, narx belgilashning eng oddiy
usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda
tebranib turadi. SHuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan pirovard natijada
iste’molchiga yetib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo qo’yadigan
ustama narxlar yakunini ifodalaydi.
«Ko’zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash usulini
qo’llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan
qaytim foiz olishga intmiladilar. Bu usul o’rtacha solishtirma xarajatlarni
hisoblashga asoslanadi.
Narxni chegaraviy xarajatlar bo’yicha belgilash usulini qo’llash bilan firma
mahsulotning qo’shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning
alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi koplanadi, foyda
amalga oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni to’xtatish
xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni xohlagan
sharoitlarda naf keltirishi mumkin.
Savdoda do’konlarga xaridorlarning kelishini ko’paytirish uchun sotuvchilar
ayrim tovarlarni to’liq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb yetuvchi» narxlar
yaratadilar. Xaridorlar ko’payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga