NARXNING MOHIYATI VA SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI.
Narxning mazmuni, vazifalari va turlari.
Narx-real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy
qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.
Narxda alohida olingan ishlab chiqaruvchilarning individual sarflari emas
yoki alohida olingan individual shaxslarning psixologik jihatdan naflilikka bergan
bahosi ham emas, balki jamiyat tomonidan tan olingan ijtimoiy sarflar va jamiyat
uchun zarur bo‘lgan miqdorda va sifatda yaratilgan va tan olingan ijtimoiy naflilik,
ya’ni iste’mol qiymati o‘z ifodasini topadi. Tovarlar va xizmatlar uchun qilingan
ijtimoiy sarflarning asosli ravishda o‘sishi yoki tovar va xizmatdagi sifat
ko‘rsatkichlarining o‘sishi ushbu tovar narxining oshishiga olib keladi.
Shuning uchun real hayotda turli tovarlar va xizmatlardagi ikki xil xususiyat
o‘zgarishlari ularning hajmini hisoblashda ikki xil narxda hisobga olinadi (9.1-
rasm).
1-rasm. Tovardagi ikki xil xususiyatni ifodalovchi narxlarning mahsulot
hajmini
hisoblashda qo‘llanishi.
Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi.
1. Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi. Bunda narx bozorda talab va
taklifning hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi.
2. Qiymat va naflilikni o‘lchash vazifasi. Narx qiymat va naflilikning puldagi
ifodasi deb aytamiz, chunki qilingan sarf-xarajatlar va olingan natijalar, ya’ni
foyda yoki zarar narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning
natijalarining natural ko‘rsatkichlari ham mavjud (tonna, kg, m2, m3,kvt-soat va
hokazo). Bu ko‘rsatkichlarni shu holicha taqqoslab umumiy ko‘rsatkichga keltirib
bo‘lmaydi. Barcha natural ko‘rsatkichlarning umumiy o‘lchovi ularning pulda
ifodalangan narxidir. Hisob-kitob uchun joriy va qiyosiy narxlar qo‘llaniladi. Joriy
narxlar amaldagi narxlar bo‘lib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish
natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda ma’lum yil asos qilib olinib, ya’ni bazis
yil ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan
taqqoslanadi.
3. Tartibga solish vazifasi. Bozor holati talab va taklif hamda ularning
nisbatiga bog‘liq. Talabning ortishi muayyan tovarni ishlab chiqarishni
kengaytirishi, askincha hol esa tovar ortiqchaligini, uni ishlab chiqarishni
qisqsartirrish zarurligini bildiradi. Narx tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga
ularning daromadlari orqali ta’sir ko‘rsatadi. Muayyan ishlab chiqarish harajatlari
saqlangan holda narx yuqori bo‘lsa, foyda miqdori ortadi, narx tushsa, foyda
kamayadi va hatto ishlab chiqaruvchilar zarar ko‘rishi ham mumkin. Bu ishlab
chiqaruvchilar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Narx oshsa ishlab chiqarish kengayadi.
Boshqa kapitallar ham foyda yuqori bo‘lgan soha va tarmoqlarga oqib kela
boshlaydi. Xullas, narx ishlab chiqarishni tartibga solib, uni o‘zgartirib turadi va
rivojini ta’minlaydi.
4. Raqobat vositasi vazifasi. Narx raqobat kurashining eng muhim vositasi
hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘z raqiblarini yengish uchun narxni pasaytirish
usulidan foydalanishlari mumkin. Demak, narxni o‘zgartirib turish usuli raqobatda
keng qo‘llaniladi.
5. Ijtimoiy himoya vazifasi. Narx aholining kam daromad oluvchi ayrim
qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Narxning bu vazifasi
tovar va xizmatlar ijtimoiy dotatsiyalashgan narxlar bo‘yicha sotilganda bajariladi.
Bunda ular davlat byudjeti va turli hayriya mablag‘lari hisobiga moliyaviy
ta’minlanadi.
Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish
sharoitlarining
xilma-xilligi
hamda
bozor
munosabatlarining
rivojlanishi
darajasidagi farqlar narx turlarini farqlash zaruriyatini tug‘diradi. Iqtisodiyotda
amal qilib turgan barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi. Narxlar tizimida
ularning ayrim turlarining iqtisodiy mazmunini qisqacha qarab chiqamiz.
Ulgurji narxlar. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta miqdordagi tovarlar
bir yo‘la ko‘tarasiga sotilganda ulgurji narxlardan foydalaniladi. Ulgurji narxlar
ishlab chiqaruvchilar va ta’minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda
ularning ma’lum miqdorda foyda ko‘rishini ta’minlashi zarur. Ulgurji narxlar tovar
birjalari va savdo uylarida ham qo‘llaniladi.
Shartnoma narxlar. Bu sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan,
ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narxlardir. Shartnoma narxlar
odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o‘zgarmaydi. Mazkur narxlar
milliy va xalqaro bozorda qo‘llaniladi. U xalqaro bozorda qo‘llanilganda tovar va
xizmatlarning jahon narxlariga yaqin turadi.
Chakana narxlar. Bu narxlarda tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladi.
Chakana narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari
va ularning oladigan foydasi kiradi. Chakana narx tovarlarga bo‘lgan talab va
taklifni bog‘lovchi ro‘lini o‘ynaydi hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki
past bo‘lishi mumkin.
Davlatning narxlarni tartibga solish faoliyati chegaralangan va dotatsiyali
narxlarni vujudga keltiradi. Chegaralangan narxlarda davlat narxlarning yuqori va
quyi chegarasini belgilaydi, ular shu doirada o‘zgarishi mumkin. Bunday narxlar
yordamida davlat inflyatsiyani jilovlaydi, narxlarni nazorat qiladi. Dotatsiyalangan
narx-bu davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxlardir. Bunday
narxlardan kam daromadli oilalar, beva-bechoralar, ishsiz va nogironlarni hayotiy
zarur ne’matlar bilan eng kam darajada ta’minlab turishda foydalaniladi.
Demping narx. Bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib
chiqarish uchun firmalar maxsus narxdan foydalanadiki, ular demping narx yoki
bozorga kirib olish narxi deb ataladi. Demping narxda rasmiy narxning bir
qismidan kechib yuboriladi.
Sotish hajmini o‘zgartirmasdan yuqori foyda olishga erishish uchun
korxonalar nufuzli narxdan foydalanadi. Bu narxni qo‘llash uchun bozorda raqobat
cheklangan bo‘lib, monopol vaziyat mavjud bo‘lishi zarur. Mazkur vaziyatda talab
narxga bog‘liq bo‘lmaydi, shu sababli narxning ko‘tarilishi tovar sotilishini keskin
kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid
qiladigan nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli narxlarda sotiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromad oluvchi aholi qatlami uchun dala
hovliga ega bo‘lish, mashhur kurortlarda dam olish, oxirgi nusxadagi kiyimlar
kiyish, yangi modeldagi avtomashinada yurish - martabali yoki obro‘talab iste’mol
hisoblanadi. Martabali iste’mol nufuzli narxlarni yuzaga keltiradi. Ular odatdagi
narxlardan ancha yuqori bo‘ladi. Nufuzli narxlarni qo‘llashda tovarlarni ishlab
chiqarish xarajatlari va rentabellik darajasi, bozordagi talab, uning o‘zgarishi va
bozordagi raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. Shunga qarab, ma’lum
davrgacha o‘zgarmaydigan qat’iy narxlar va o‘zgaruvchan narxlar qo‘llaniladi.
Shunday tovarlar borki, iste’molchilar ularning narxi o‘zgarmasligini afzal ko‘radi.
Masalan, kommunal xizmat, transport xizmati ta’riflari shunday narxlar jumlasiga
kiradi.
Erkin bozor narxlari-bu talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor
narxlaridir. Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga keltirishda erkin narxlar
jamiyat va bozor munosabatlari barcha sub’yektlari manfaatlarini eng maqbul
tarzda uyg‘unlashtirishga imkon beradi.
Narx diapazoni narxlar oralig‘ining puldagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi,
o‘rta va yuqori narxlarni o‘z ichiga oladi. Narx diapazoni qanchalik katta bo‘lsa,
tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, chunki talab bilan narx o‘zaro
bog‘lanadi.
Bozor ko‘lami hisobga olinganda hududiy, milliy va xalqaro narxlar mavjud
bo‘ladi. Hududiy narx faqat ma’lum hududiy bozorga xos bo‘lib, u shu hudud
doirasidagi omillar ta’siridan hosil bo‘ladi. Milliy bozor narxi bir mamlakat
doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi narxlardir. Milliy
narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf- harajatlarni, milliy bozordagi talab va
taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga oladi. Jahon bozori
narxi muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning jahon standarti
talabiga mos kelish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga
oladi.
Narx xilma-xil turlardan iborat bo‘lsada, ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan,
chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi o‘z ifodasini
topadi. Iqtisodiyot nazariyasida narx nisbati degan tushuncha bor, u narx pariteti
deb ham yuritiladi. Iqtisodiyot va undagi jarayonlar bir-biriga bog‘liq bo‘lganidan
narxlar bir-birini yuzaga chiqaradi.
Narx tashkil topishining bozor mexanizmi, narxga ta’sir etuvchi
omillar.
Narxning shakllanishiga bozorning holati bevosita ta’sir ko‘rsatadi, chunki
narxning shakllanishida bozordagi talab va taklif nisbati asosiy omillardan biri
hisoblanadi.
Mukammal raqobat sharoitida narxning shakllanishi. Erkin raqobat kurashi
sharoitida narxning tashkil topish xususiyatlarini tadqiq etgan dastlabki
iqtisodchilardan biri A.Marshall hisoblanadi. Uning fikricha, tovarning oldi-sotdi
jarayoniga qadar ikki xil, ya’ni sotuvchi va xaridor narxlari mavjud bo‘ladi.
Nazariy jihatdan har ikki narxning yuqori va quyi darajalari mavjud. Sotuvchi o‘z
tovari narxining imkon qadar yuqori bo‘lishidan manfaatdor, chunki bunday narx
uning foydasi hajmini oshiradi. Biroq, erkin raqobat sharoitida narxni boshqalardan
yuqori darajada belgilashga intilish mazkur sotuvchining bozordan siqib
chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Sotuvchi narxining eng past darajasi shu
tovarni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarni qoplashi kerak. Xaridor tovarni
eng past narxda sotib olishdan manfaatdor, biroq erkin raqobatli bozor sharoitida
uning ham tovar sotib ololmay qolish xavfi mavjud bo‘ladi.
Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Monopoliya sharoitida narx
shakllanishining o‘ziga xos jihati shundaki, agar mayda tovar ishlab chiqaruvchilar
faqat o‘zlarining individual narxlarini o‘zgartira olsalar, ulardan farqli o‘laroq
bozor ishtirokchilari sifatidagi monopoliyalar bozor narxlarini o‘zlari belgilay
oladilar. Bunda monopoliyalar ommaviy talabning oshishi bilan narxning oshishi
hamda ommaviy taklifning oshishi bilan narxning pasayib borishidan o‘ziga xos
tarzda foydalanadilar.
Ommaviy tartibda tovarlarni sotuvchi monopoliyalar o‘z manfaatlari yo‘lida
taklif kam bo‘lganda narxning oshishi tendensiyasidan foydalanadilar.
Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi. Monopsoniya mayda tovar
ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab bo‘yicha narx
qonunidan o‘ziga xos tarzda foydalanadi.
Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Oligopoliya sharoitida narxning
shakllanishi tarmoqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llaniluvchi
«ergashish» hamda «inkor etish» hatti-harakatlari orqali izohlanadi.
«Ergashish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo‘yicha qilingan
o‘zgarish narxning pasayishi yoki oshirilishiga qolgan oligopolistlar tomonidan
ham ergashish, ya’ni shunday o‘zgarishlar qilish kuzatiladi. Odatda, bozorda o‘z
tovarlariga narxni pasaytirish orqali iste’molchilari soni hamda sotish hajmini
oshirishga qaror qilgan oligopolist hatti-harkatiga javoban qolgan oligopolistlar
ham narxlarni pasaytiradilar.
«Inkor etish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo‘yicha qilingan
o‘zgarish narxning pasayishi yoki oshirilishiga qolgan oligopolistlar tomonidan
inkor etish, ya’ni hech qanday javob o‘zgarishlari qilmaslik kuzatiladi. Ko‘pincha
bunday holat oligopolist tomonidan o‘z tovariga narxni oshirgan chog‘ida ro‘y
beradi, ya’ni qolgan oligopolistlar tovarlari narxlarini oshirmaydilar. Natijada,
narxni oshirgan oligopolist o‘z iste’molchilarini yo‘qotib, bozordan siqib
chiqariladi.
Narx belgilash strategiyasi. Narx strategiyasi, bu bozor ishtirokchilarining
narx xususidagi yo‘l-yo‘riq va say-xarakatlari bo‘ladi. Korxonaning ish natijasi
tovarlarning sotilish narxiga bog‘liq bo‘lganidan narxni to‘g‘ri tanlash o‘ta muhim
hisoblanadi. Korxonalarning narx strategiyasi uch maqsadni ko‘zlaydi-tovar
sotishni ko‘paytirish, foydani ko‘proq olish, o‘zining bozordagi muayyan
mavqeyini saqlab qolish.
Narx belgilash strategiyasini yaratish va tadbiq etish quyidagi bosqichlarni
o‘z ichiga oladi:
- narx belgilash maqsadini qo‘yish;
- narx siyosatini yaratish;
- narx strategiyasini tanlash va tadbiq etish;
- narxlarni to‘g‘rilash mexanizmini yaratish.
Narx begilash maqsadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko‘rsatuvchi har
qanday tashkilotning narx belgilash maqsadi asosan quyidagilarga qaratilgan:
- savdo hajmini oshirish;
- joriy foydani oshirish;
- raqobat sharoitida yashab qolishni ta’minlash.
- uzoq muddatli foydani maksimallashtirish
- bozorni barqarorlashtirish;
- mo‘ljalni o‘rta haridorga qaratish;
- narxlarni o‘ta oshishidan raqobatchilarni to‘xtatib turish va boshqalar.
Savdo hajmini oshirishga qaratilgan narxlar bozor vaziyati, talab va taklif
holati yoki sotuvni istalgan o‘sishiga muvofiq belgilanish mumkin.
Savdo hajmi tovarga bo‘lgan talabga to‘g‘ri bog‘liqdir. Talab va narx oddiy
vaziyatda teskari proportsional bog‘liqlikda bo‘ladi, ya’ni talab qonuni. Narxga
talabning sezgirlik darajasi narx ravonligi koeffitsienti bilan aniqlanadi. Narx
belgilashning ushbu maqsadi tanlanganda texnika vositalariga ravon talab bor-
yo‘qligini hisobga olish lozim.
Talab ravonligini baholash uchun uni turli narxlarda o‘lchanadi yoki
haridorlarning maxsus so‘rovi o‘tkaziladi.
Agar texnika vositalari talab kam ravon bo‘lsa ([ED]<1), unda bu quyidagi
sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:
- tovarga o‘rinbosar yo‘q;
- haridorlar narxlar oshishini darhol payqamaydilar;
- haridorlar o‘zlarining harid qilish odatlarini asta-sekin o‘zgartiradilar;
- haridorlar narxning oshishi texnika vositasining yuqori sifati bilan oqlanadi
deb hisoblaydilar.
Kam ravon talabda narxning pasayishi savdo hajmini kam rag‘batlantiradi.
Shuning uchun agar tashkilot o‘zining sotuvini oshirishga harakat qilsa, unda
ushbu
sharoitda
talabning
narxsiz
determinantlariga
yo‘naltirilishi,
iste’molchilarning talablarini o‘rganish va ularni qondirishga harakat qilishi kerak.
Agar texnika vositalariga talab ravon bo‘lsa ([ED]>1) sotuvni oshirish uchun
narxni pasaytirish haqida o‘ylash lozim. Pasaytirilgan narx sotuvdan katta hajmda
umumiy daromad olib keladi. Lekin bunday usul ishlab chiqarish bo‘yicha
harajatlar va tovar sotuvining proporsional o‘sishi yuz berishiga qadar ma’no kasb
etadi.
Foydaga yo‘naltirilgan narxlar odatda talabni baholash va investitsiyalar yoki
tovarni ishlab chiqarish va tarqatishga ketgan harajatlarning o‘rnini qoplash bilan
belgilanadi. Maksimal foydani ta’minlaydigan va harajatlarni to‘la qoplaydigan
narx tanlanadi. Talab maksimal narxni belgilaydi, minimal narx esa ishlab
chiqarish va muomala harajatlari bilan belgilanadi. Narx ishlab chiqarish, tarqatish
va sotish, hamda qilingan harajat va savdo uchun foydaning adolatli me’yorini
qoplashi kerak.
Raqobat sharoitida yashab qolish uchun yo‘naltirilgan narxlar. Narx
belgilashning bunday maqsadini tanlaganda raqobatchilarning tovarlari narxi va
sifatini bilish zarur. Korxona ushbu ma’lumotdan o‘zining narxini belgilash
ehtiyoji uchun asosiy nuqta sifatida foydalanishi mumkin. Bunday strategiya
narxning raqobatchilardagi kabi bo‘lsa va u texnika vositalari tashkilotining
harajatlarini qoplagan holdagina ishonchlidir.
Korxona, bozor sub’yektida bittadan ko‘p narx belgilash maqsadlari bo‘lishi
mumkin. Masalan, maksimal foyda olish va o‘rta haridoriga mo‘ljallash. Uzoq
muddatli va qisqa muddatli narx belgilash maqsadlariga ega bo‘lishi mumkin.
Asosiysi, ular korxonaning strategik va joriy rejalari bilan bog‘langan bo‘lishi
kerak. Masalan, agar korxonaning stratagik rejalashtirishlari harajatlarning
nazoratiga asoslangan bo‘lsa, unda narx belgilash maqsadi qisqa muddatli davrda
joriy foydani ko‘paytirishdan, uzoq muddatlida esa o‘rta haridorga mo‘ljallashdan
iborat bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, narx belgilash maqsadini tanlaganda
talabning strukturasi va kattaligi, raqobatchilarning harajatlari va narxlari asosiy
omillar hisoblanadi.
Narx siyosatini yaratish. Narx siyosati odatda quyidagi savollarga javob
beradigan hujjat tarzida yoritiladi:
- yangi tovarlarga, bozorda o‘z o‘rnini topgan tovarlarga narxni hisoblashda
narx belgilashning qaysi usuli tanlanadi;
- raqobatchilar narxlarining o‘zaro munosabati;
- narxlar o‘zgarishi tezligi;
- narxning tovarning hayotiy davri (sikli)ga bog‘liq ravishda o‘zgarishi;
- narxdan arzonlashtirishlarni ishlatilishi.
Tovarlarga narx belgilash usulini tanlash narx siyosatining eng muhim nuqtai
nazaridan biri hisoblanadi. Narx belgilash usuli tovarning yangi yoki bozorda
avvaldan mavjudligiga bog‘liqdir.
Yangi tovarlarga narx belgilash. Kirish narxining belgilanishi yoki bozorga
mustahkam tadbiq etish strategiyasi savdo hajmining oshishiga asoslangan
maqsadlarga erishish uchun ishlatiladi. Ushbu usul juda ko‘p haridorlarni jalb
qilish va bozorning katta qismiga egalik qilish uchun, bozorga boshlang‘ich past
narxdagi tovarlarning chiqishiga asoslangan. Bunday narx belgilashni agar yangi
tovar talabning yuqori narx ravonligiga ega bo‘lsa, hamda raqobatchilarning
chiqishini ushlab turish uchun qo‘llash mumkin.
Firmaning nufuzi asosida narx belgilash. Nufuzli narx nufuzli tovar, ajoyib va
nafis buyumlarga, taniqli kompaniyalarning alohida sifatga ega bo‘lgan tovarlariga
belgilanadi.
Masalan,
«Tissot»
kompaniyasining
soatlari
boshqa
kompaniyalarnikiga nisbatan 5 marta va mahalliyga nisbatan 20 marta qimmat
turadi. Bunday narxlarni qo‘yish uchun korxona, ushbu tovarlarning obro‘siga
ishonishi va bozorda mavjud bo‘lgan o‘xshashlari, iste’molchilarni ko‘proq
to‘plashga tayyor bo‘lgan bunday sifatga ega emasliklarini aniq bilishi kerak.
«Harajatlar - plyus» yoki o‘rtacha harajatlar + foyda; cost - plus. Ushbu usul
tovarning tannarxiga oldindan ma’lum bir foydani qo‘shishdan iborat. Bu eng
sodda narx belgilash usulidir: «harajatlar - plyus» narxini belgilash formulasi
mavjud:
Narx - Umumiy doimiy harajatlar + umumiy o' zgaruvchanharajatlar + foyda
Ishlab chiqarilgan tovarning miqdori
Ushbu usul sodda bo‘lsa ham, u bir qator kamchiliklarga ega, masalan, narx
talabga bog‘lanmagan, foyda harajatdan foiz hisobida ifodalanadi va firmada
harajatlarni past darajada ushlab turish uchun qiziqish sust bo‘ladi. Ushbu usul
yuqori darajadagi izlanishlar va yaratishlar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaga
to‘g‘ri kelmaydi.
«Qaymog‘ini olish» usuli (Skimming pricing-S.p.) - ushbu usul qaymog‘ini
olish uchun tovarga yuqori boshlang‘ich narxni belgilanishi bilan bog‘liq bo‘lib, u
talab egriligining yuqori qismiga mos keladi. Ushbu usul foydaga asoslangan
maqsadlarga erishish uchun yo‘nalgan. S.p. kompaniya mahsulotni yaratish
bo‘yicha izlanishlarga katta pul mablag‘larini ajratgan, tovarning siljishi, ya’ni
reklamaga yuqori sarf-harajatlarga ega, yaqin vaqt oralig‘ida raqobatchida
o‘xshash tovar chiqishi kutilayotgan, tovar yangi va bozor sekin qondirilsa, nihoyat
talab mohiyati aniqlanmagan bo‘lsa tavsiya etilishi mumkin.
S.p. naqadar yuqoriligi haqidagi xulosa ikki omilga bog‘liq:
- bozorga raqobatchilarni chiqishi imkoniyatlaridan;
- talab egriligining yuqori qismidagi narxlar ravonligidan.
Agar raqobatchilar o‘zlarining aynan o‘xshash tovarlarini bozorga tez kunda
olib chiqishi kutilayotgan bo‘lsa, bozor baland, agar raqobatchilar yillar mobaynida
aynan o‘xshash tovar yaratganliklari ma’lum bo‘lsa, S.p. narxlar juda yuqori
bo‘lmasligi kerak. Talab egriligining yuqori qismida narx ravonligi past, bundan
tashqari aynan o‘xshashlari yoki yaqin o‘rinbosarlari mavjud bo‘lmaganda qarama-
qarshi ravonlik ham past bo‘ladi. Shuning uchun tovarning yangiligi va talabning
narx noravonligini hisobga olib, yuqori S.p. narxlarni belgilab tez samara olish
mumkin. Agar talab egriligi shaklida gumon bo‘lib, boshlang‘ich narx juda ham
yuqori bo‘lsa, u pasaytirilishi mumkin. U past narx belgilab keyin ko‘targandan
ko‘ra birmuncha yaxshidir. Agar narx ravonligi kutilayotganga qaraganda yuqori
bo‘lsa, unda nisbatan past narx ko‘proq foydali bo‘ladi va ko‘proq daromad olib
keladi.
Bozordagi liderning o‘xshash tovariga nisbatan narx siyosatini hisobga olgan
holda narx belgilash. Bozor yoki tarmoqdagi lider narxlari bozorga yangi tovar
kiritilayotganda, bozordagi liderning o‘xshash tovariga nisbatan siyosatini hisobga
olish zarur bo‘lgandagina belgilanadi. Yangi tovarning narxi liderning narxidan
faqat u nisbatan yuqori sifatli tovar bilan bog‘liq bo‘lgan holdagina oshish tarafiga
siljishi mumkin.
Raqobat asosida narx belgilash. Asosiy nuqta sifatida talab yoki harajatlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar emas, balki raqobatchilar narxlari qo‘llaniladi. Bunday
usul bir necha sabablarga ko‘ra mashhurdir. Birinchidan, u oddiy bo‘lib, mahsulot
birligiga talab egriligi, narx ravonligi yoki harajatlarni hisoblab chiqarishni talab
etmaydi, ikkinchidan, narxlarning mazkur darajasi haridorlar bilan bir qatorda
kompaniyalarni ham qoniqtiradi deb taxmin qilinadi.
Tovarlarga narx belgilash usulini tanlaganda 3 xil usulni qo‘llash mumkin.
1. Narxni saqlash. Agar sotuvning katta qismini shakllantiruvchi bozor
segmenti raqobat va boshqa omillar ta’siriga uchramagan, hamda narx belgilash
maqsadlariga erishilgan bo‘lsa, bunday usulni tovarning butun hayotiy davri
mobaynida qo‘llash mumkin. Ushbu usulda narxlarning quyidagi turlari