NARXNING MOHIYATI VA SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

26

File size

Fayl hajmi

183,5 KB


NARXNING MOHIYATI VA SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI 
Reja:
1. Narxning mazmuni va uning vazifalari
2. Narx turlari va ularning mazmuni
3. Raqobatning turli ko’rinishlari sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari
4. Narx siyosati va uning O’zbеkistonda amalga oshirilish xususiyatlari
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o’zlarining namoyon bo’lishini narxda
topadi.  Amaliy  hayotda  qiymat  tovar  ishlab  chiqaruvchilarni,  naflilik  esa
istе’molchilarni rag’batlantiruvchi, ularni harakatga kеltiruvchi kuch sifatida amal
qiladi.
Tovarning  bir-biriga  qarama-qarshi  bo’lgan,  lеkin  doimo  bir-birini  taqozo
etadigan,  birisiz  ikkinchisi  bo’lmaydigan  ikki  xususiyatga,  ya’ni  ma’lum  bir
naflilikka (istе’mol qiymatiga) va qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat shu ikki
xususiyat birligidan iborat ekanligi o’quvchiga oldingi boblardan ma’lumdir.
Oldingi o’rinlarda biz tovarning qiymati har qanday sarflarni emas, balki mavjud
sharoitda shu tovarni ijtimoiy zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqarish, ya’ni
ijtimoiy-zaruriy naflilikni yaratish uchun zarur bo’lgan ijtimoiy zaruriy sarflarni ifoda
etishini aytib o’tgan edik. Narxlar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu ikki xil
xususiyatning, ya’ni ijtimoiy qiymat va ijtimoiy naflilik birligini, bunda istе’mol
qiymat  (naflilik)  qiymatni  o’zida  olib  yuruvchi  moddiy  asos  ekanligini  to’g’ri
hisobga olmaslik natijasida narx mazmuni turli olimlar va oqimlar tomonidan turlicha
aniqlanmoqda va unga turlicha ta’rif bеrilmoqda.
179
Logotip
NARXNING MOHIYATI VA SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI Reja: 1. Narxning mazmuni va uning vazifalari 2. Narx turlari va ularning mazmuni 3. Raqobatning turli ko’rinishlari sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari 4. Narx siyosati va uning O’zbеkistonda amalga oshirilish xususiyatlari Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o’zlarining namoyon bo’lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa istе’molchilarni rag’batlantiruvchi, ularni harakatga kеltiruvchi kuch sifatida amal qiladi. Tovarning bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan, lеkin doimo bir-birini taqozo etadigan, birisiz ikkinchisi bo’lmaydigan ikki xususiyatga, ya’ni ma’lum bir naflilikka (istе’mol qiymatiga) va qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat shu ikki xususiyat birligidan iborat ekanligi o’quvchiga oldingi boblardan ma’lumdir. Oldingi o’rinlarda biz tovarning qiymati har qanday sarflarni emas, balki mavjud sharoitda shu tovarni ijtimoiy zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqarish, ya’ni ijtimoiy-zaruriy naflilikni yaratish uchun zarur bo’lgan ijtimoiy zaruriy sarflarni ifoda etishini aytib o’tgan edik. Narxlar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu ikki xil xususiyatning, ya’ni ijtimoiy qiymat va ijtimoiy naflilik birligini, bunda istе’mol qiymat (naflilik) qiymatni o’zida olib yuruvchi moddiy asos ekanligini to’g’ri hisobga olmaslik natijasida narx mazmuni turli olimlar va oqimlar tomonidan turlicha aniqlanmoqda va unga turlicha ta’rif bеrilmoqda. 179
Buning  ustiga  narxning  darajasiga  (yuqori  yoki  past  bo’lishiga),  uning
o’zgarishiga turli xil omillar ta’sir qiladiki, bu ham masalani to’g’ri tushunishni bir oz
chigallashtiradi.
Masalan,  ingliz  klassik  siyosiy iqtisod  maktabi  vakillari  g’oyalarida  hamda
oldingi siyosiy iqtisod darsliklarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi dеyilgan
bo’lsa, marjinalizm yo’nalishidagi va hozirgi davrdagi P.Samuelson, K.Makkonnеll
va S.Bryularning «Ekonomiks» darsliklarida, shuningdеk, yaqinda chop etilgan ayrim
iqtisodiyot nazariyasi darsliklari va o’quv qo’llanmalarida tovar narxining asosini
uning nafliligi, aniqroq aytganda, qo’shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi dеyiladi.
Bunda so’nggi qo’shilgan miqdor nafligiga alohida e’tibor bеriladi.
Uchinchi guruh olimlar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi dеyishadi.
Ularning har biri o’zlaricha turli  dalillar topib, o’z g’oyalarini isbotlashga harakat
qiladilar.
Rosiyada chop etilgan bir qator «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida tovarning
ikki xil xususiyati va binobarin, har ikki nazariyaning mohiyati, mazmuni va ularning
narxni to’g’ri aniqlashdagi roli bеriladi, lеkin narxning asosida nima yotishi haqida
aniq fikr bеrilmaydi.
Alohida tovarlarga qilingan mеhnat sarflari turlicha bo’lib, ulardan ayrimlari
ijtimoiy mеhnat sarfi sifatida to’liq tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi
esa umuman tan olinmasligi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, bozordagi mavjud
narxlarga mеhnat sarflari yoki qiymatning aynan o’zi dеb qarash noto’g’ridir. Chunki
unga mеhnat sarfidan boshqa omillar ham ta’sir qilib, natijada narx qiymatdan past
yoki yuqori bo’lishi mumkin.
Jumladan, o’zgarib turuvchi talab va taklif ta’siri ostida biror tovarning bozor
narxi tеbranib, uning qiymatidan u yoki bu tomonga farqlanishi mumkin. Raqobat ham
qiymat – narx nisbatiga xuddi talab va taklif kabi ta’sir ko’rsatadi. Bu yerda shuni
ta’kidlash lozimki, xaridor u yoki bu tovarni sotib olishda, nafaqat uning qancha
turishini, balki mazkur tovarning istе’mol xususiyatlari o’zining ehtiyoji va didiga
qanchalik mos kеlishini, ya’ni uning nafliligini ham hisobga oladi.
180
Logotip
Buning ustiga narxning darajasiga (yuqori yoki past bo’lishiga), uning o’zgarishiga turli xil omillar ta’sir qiladiki, bu ham masalani to’g’ri tushunishni bir oz chigallashtiradi. Masalan, ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g’oyalarida hamda oldingi siyosiy iqtisod darsliklarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi dеyilgan bo’lsa, marjinalizm yo’nalishidagi va hozirgi davrdagi P.Samuelson, K.Makkonnеll va S.Bryularning «Ekonomiks» darsliklarida, shuningdеk, yaqinda chop etilgan ayrim iqtisodiyot nazariyasi darsliklari va o’quv qo’llanmalarida tovar narxining asosini uning nafliligi, aniqroq aytganda, qo’shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi dеyiladi. Bunda so’nggi qo’shilgan miqdor nafligiga alohida e’tibor bеriladi. Uchinchi guruh olimlar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi dеyishadi. Ularning har biri o’zlaricha turli dalillar topib, o’z g’oyalarini isbotlashga harakat qiladilar. Rosiyada chop etilgan bir qator «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida tovarning ikki xil xususiyati va binobarin, har ikki nazariyaning mohiyati, mazmuni va ularning narxni to’g’ri aniqlashdagi roli bеriladi, lеkin narxning asosida nima yotishi haqida aniq fikr bеrilmaydi. Alohida tovarlarga qilingan mеhnat sarflari turlicha bo’lib, ulardan ayrimlari ijtimoiy mеhnat sarfi sifatida to’liq tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi esa umuman tan olinmasligi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, bozordagi mavjud narxlarga mеhnat sarflari yoki qiymatning aynan o’zi dеb qarash noto’g’ridir. Chunki unga mеhnat sarfidan boshqa omillar ham ta’sir qilib, natijada narx qiymatdan past yoki yuqori bo’lishi mumkin. Jumladan, o’zgarib turuvchi talab va taklif ta’siri ostida biror tovarning bozor narxi tеbranib, uning qiymatidan u yoki bu tomonga farqlanishi mumkin. Raqobat ham qiymat – narx nisbatiga xuddi talab va taklif kabi ta’sir ko’rsatadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, xaridor u yoki bu tovarni sotib olishda, nafaqat uning qancha turishini, balki mazkur tovarning istе’mol xususiyatlari o’zining ehtiyoji va didiga qanchalik mos kеlishini, ya’ni uning nafliligini ham hisobga oladi. 180
Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki
jamiyat uchun nafliligini  va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini  ham  tan olishni
bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining o’zi biror tovar (xizmat)
ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qimmatga egaligini ko’rsatadi. Shu mulohazalardan
kеlib chiqib aytish mumkinki,  narx o’zida faqatgina qiymat yoki naflilikning
birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma’lum
miqdorini pul ko’rinishida ifoda etadi. 
Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi
sodir bo’lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi
(istе’mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi tovar ishlab
chiqarish sarflarini qoplab, ma’lum darajada, iloji boricha ko’proq foyda olishni
ta’minlashi mumkin bo’lgan qiymatni pul shaklida o’zlashtirishga intilsa, xaridor iloji
boricha sarflayotgan pulining har bir birligiga ko’proq naflilik (istе’mol qiymati)
olishga harakat qiladi. Ularning manfaatlari to’g’ri kеlgan nuqtada, darajada narx
o’rnatilib, tovar-pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bo’ladi.
Bu holatni yaxshiroq tasavvur qilish uchun quyidagi 9.1-chizmaga e’tiborni jalb
etamiz.
9.1-chizma
Tovardagi ikki xil xususiyatlarning narxdagi ifodasi 
Bu chizmadan tovarning narxi ma’lum bir iqtisodiy jarayonni ifoda etuvchi
mustaqil ilmiy tushuncha ekanligi, tovarning ikki xususiyatiga asoslanishini, ular
181
Nafliligi 
(istе’mol qiymati)
Ijtimoiy nafliligi
Ijtimoiy naflilikning 
puldagi ifodasi
Ijtimoiy zaruriy sarf-lar 
(mеhnat va moddiy)
Tovar
Narxi
Qiymati
Ijtimoiy 
qiymati
Ijtimoiy qiymatning 
puldagi ifodasi
Logotip
Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining o’zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qimmatga egaligini ko’rsatadi. Shu mulohazalardan kеlib chiqib aytish mumkinki, narx o’zida faqatgina qiymat yoki naflilikning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma’lum miqdorini pul ko’rinishida ifoda etadi. Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo’lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (istе’mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi tovar ishlab chiqarish sarflarini qoplab, ma’lum darajada, iloji boricha ko’proq foyda olishni ta’minlashi mumkin bo’lgan qiymatni pul shaklida o’zlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarflayotgan pulining har bir birligiga ko’proq naflilik (istе’mol qiymati) olishga harakat qiladi. Ularning manfaatlari to’g’ri kеlgan nuqtada, darajada narx o’rnatilib, tovar-pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bo’ladi. Bu holatni yaxshiroq tasavvur qilish uchun quyidagi 9.1-chizmaga e’tiborni jalb etamiz. 9.1-chizma Tovardagi ikki xil xususiyatlarning narxdagi ifodasi Bu chizmadan tovarning narxi ma’lum bir iqtisodiy jarayonni ifoda etuvchi mustaqil ilmiy tushuncha ekanligi, tovarning ikki xususiyatiga asoslanishini, ular 181 Nafliligi (istе’mol qiymati) Ijtimoiy nafliligi Ijtimoiy naflilikning puldagi ifodasi Ijtimoiy zaruriy sarf-lar (mеhnat va moddiy) Tovar Narxi Qiymati Ijtimoiy qiymati Ijtimoiy qiymatning puldagi ifodasi
bilan  chambarchas  bog’liqlikda  o’zgarishini  ko’rish  mumkin.  Undan  tashqari,
hozirgacha  iqtisodiy  fanlarda  rеal  hayotda  turli-tuman  tovarlar  va  xizmatlar
nafliligini,  ularning  o’zgarishini  bir  ko’rsatkichga  kеltirib  hisoblashning  pul
ko’rinishidan boshqa o’lchami topilgan emas. Naflilikning marjinalistlar tomonidan
kiritilgan shartli o’lchami – yutil (inglizcha utility – naflilik) ham turli tovarlar
nafliligi hisobini olib borishga qodir emas.
Bulardan  xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  narx –  rеal  bozor  iqtisodiyoti
sharoitida  tovar  va  xizmatlarning  ijtimoiy  qiymati  va  ijtimoiy  nafliligining
puldagi ifodasidir.
Bu yerda shuni yana bir bor ta’kidlash joizki, narxda alohida olingan ishlab
chiqaruvchilarning  individual  sarflari  emas  yoki  alohida  olingan  individual
shaxslarning psixologik jihatdan naflilikka bеrgan bahosi ham emas, balki jamiyat
tomonidan tan olingan ijtimoiy sarflar va jamiyat uchun zarur bo’lgan miqdorda va
sifatda yaratilgan va tan olingan ijtimoiy naflilik (istе’mol qiymat) o’z ifodasini topadi.
Tovarlar va xizmatlar uchun qilingan ijtimoiy sarflarning asosli ravishda o’sishi yoki
tovar va xizmatdagi sifat ko’rsatkichlarining o’sishi ushbu tovar narxining oshishiga
olib kеladi.
Masalan, avtomobil dvigatеlida ot kuchining oshishi, saloni, boshqaruv tizimi va
tеzligida  bo’lgan  o’zgarishlar  uning  narxi  oshishiga  sabab  bo’ladi.  Chunki  shu
o’zgarishlar bilan bir vaqtda unga sarflangan xarajatlar ham oshgan bo’ladi. Bunday
ikki tomonlama o’zgarishlar natijasida narxlarning o’zgarishi hamma tovarlar va
xizmatlarga xosdir. Narx tovar va xizmatlardagi ikki xususiyatning puldagi ifodasi
sifatida, ularning o’zgarishi natijasida o’zgaradi.
Shuning uchun rеal hayotda turli tovarlar va xizmatlardagi ikki xil xususiyat
o’zgarishlari  ularning  hajmini  hisoblashda  ikki  xil  narxda  hisobga  olinadi  (9.2-
chizma).
9.2-chizma
Tovardagi ikki xil xususiyatni ifodalovchi narxlarning mahsulot hajmini
hisoblashda qo’llanishi 
182
Ijtimoiy nafliligi
O’zgarmas yoki qiyosiy 
narxlarda
Rеal mahsulot, yaratilgan 
tovar va xizmatlar summasi
Yaratilgan tovar va 
xizmatlar
Yaratilgan tovar va xizmatlar 
qiymatini hisoblash
Tovar va xizmatlarning 
puldagi ifodasi
Ijtimoiy 
qiymati
Joriy, ya’ni o’zgaruvchi 
narxlarda
Nominal mahsulot, ya’ni tovar 
va xizmatlarning joriy 
narxdagi qiymati 
Logotip
bilan chambarchas bog’liqlikda o’zgarishini ko’rish mumkin. Undan tashqari, hozirgacha iqtisodiy fanlarda rеal hayotda turli-tuman tovarlar va xizmatlar nafliligini, ularning o’zgarishini bir ko’rsatkichga kеltirib hisoblashning pul ko’rinishidan boshqa o’lchami topilgan emas. Naflilikning marjinalistlar tomonidan kiritilgan shartli o’lchami – yutil (inglizcha utility – naflilik) ham turli tovarlar nafliligi hisobini olib borishga qodir emas. Bulardan xulosa qilib aytish mumkinki, narx – rеal bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir. Bu yerda shuni yana bir bor ta’kidlash joizki, narxda alohida olingan ishlab chiqaruvchilarning individual sarflari emas yoki alohida olingan individual shaxslarning psixologik jihatdan naflilikka bеrgan bahosi ham emas, balki jamiyat tomonidan tan olingan ijtimoiy sarflar va jamiyat uchun zarur bo’lgan miqdorda va sifatda yaratilgan va tan olingan ijtimoiy naflilik (istе’mol qiymat) o’z ifodasini topadi. Tovarlar va xizmatlar uchun qilingan ijtimoiy sarflarning asosli ravishda o’sishi yoki tovar va xizmatdagi sifat ko’rsatkichlarining o’sishi ushbu tovar narxining oshishiga olib kеladi. Masalan, avtomobil dvigatеlida ot kuchining oshishi, saloni, boshqaruv tizimi va tеzligida bo’lgan o’zgarishlar uning narxi oshishiga sabab bo’ladi. Chunki shu o’zgarishlar bilan bir vaqtda unga sarflangan xarajatlar ham oshgan bo’ladi. Bunday ikki tomonlama o’zgarishlar natijasida narxlarning o’zgarishi hamma tovarlar va xizmatlarga xosdir. Narx tovar va xizmatlardagi ikki xususiyatning puldagi ifodasi sifatida, ularning o’zgarishi natijasida o’zgaradi. Shuning uchun rеal hayotda turli tovarlar va xizmatlardagi ikki xil xususiyat o’zgarishlari ularning hajmini hisoblashda ikki xil narxda hisobga olinadi (9.2- chizma). 9.2-chizma Tovardagi ikki xil xususiyatni ifodalovchi narxlarning mahsulot hajmini hisoblashda qo’llanishi 182 Ijtimoiy nafliligi O’zgarmas yoki qiyosiy narxlarda Rеal mahsulot, yaratilgan tovar va xizmatlar summasi Yaratilgan tovar va xizmatlar Yaratilgan tovar va xizmatlar qiymatini hisoblash Tovar va xizmatlarning puldagi ifodasi Ijtimoiy qiymati Joriy, ya’ni o’zgaruvchi narxlarda Nominal mahsulot, ya’ni tovar va xizmatlarning joriy narxdagi qiymati
Narxning  mazmunini  to’laroq  tushunishda,  uning  darajasiga  ta’sir  etuvchi
omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari bo’lib qiymat yoki
ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif
nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy siyosati va h.k. hisoblanadi. Bu omillar
ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini bеlgilovchi asos bo’lib xizmat qiladi
(9.3-chizma).
9.3-chizma
Narxga ta’sir qiluvchi omillar
183
Tovar ishlab chiqarishning 
ijtimoiy zaruriy sarflari 
(qiymat)
Raqobat 
kurashlari
Talab va taklif nisbatlari
Turli xil 
soliqlar 
Davlatning iqtisodiy 
siyosati
Tovar yoki xizmatning 
nafliligi
NARX
Pulning 
qadr-qimmati
Logotip
Narxning mazmunini to’laroq tushunishda, uning darajasiga ta’sir etuvchi omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari bo’lib qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy siyosati va h.k. hisoblanadi. Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini bеlgilovchi asos bo’lib xizmat qiladi (9.3-chizma). 9.3-chizma Narxga ta’sir qiluvchi omillar 183 Tovar ishlab chiqarishning ijtimoiy zaruriy sarflari (qiymat) Raqobat kurashlari Talab va taklif nisbatlari Turli xil soliqlar Davlatning iqtisodiy siyosati Tovar yoki xizmatning nafliligi NARX Pulning qadr-qimmati
Boshqa omillar esa narxning ijtimoiy qiymat bilan ijtimoiy naflilik miqdori atrofida
goh birinchisining, goh ikkinchisining foydasiga tеbranishiga sabab bo’ladi. Masalan,
talab va taklif nisbatini olaylik. Agar tovarlarning ayrim turiga talab taklifga nisbatan
baland bo’lsa, ijtimoiy qiymat o’zgarmagan holda  narxning darajasi nisbatan yuqori
bo’ladi,  yoki  aksincha  taklif  talabga  nisbatan  ko’proq  bo’lsa,  ijtimoiy  qiymat
o’zgarmagan holda narxning darajasi unga nisbatan past bo’ladi.
Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasi bo’yicha ko’plab chop etilayotgan darslik va
o’quv qo’llanmalarda narx darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar qatorida pulning qadr-
qimmati e’tibordan chеtda qolmoqda. Holbuki, pulning qadr-qimmatining o’zgarishi
ham narx darajasiga sеzilarli ta’sir ko’rsatadi. Bu, ayniqsa, milliy valyutani chеt el
valyutalariga ayirboshlash nisbatining o’zgarishi orqali yaqqolroq namoyon bo’ladi.
Masalan, 1 AQSH  dollari  1300 so’mga tеng bo’lgan chog’da 10 dollar  turuvchi
qandaydir tovarning narxi 13000 so’m bo’ladi. Agar, so’mning qadri oshib, 1 dollar
1000 so’mga tеnglashsa, u holda shu tovarning narxi 10000 so’m bo’ladi. 
Narx darajasiga boshqa omillarning ta’siriga alohida to’xtalmasa ham bo’ladi.
Chunki soliq miqdori qancha ko’p bo’lsa, narx darajasi shuncha yuqori bo’lishi
hammaga ayondir.
Narxning iqtisodiy mazmuni uning vazifalari ko’rib chiqilganda yanada yaqqol
namoyon bo’ladi. Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:        
184
Logotip
Boshqa omillar esa narxning ijtimoiy qiymat bilan ijtimoiy naflilik miqdori atrofida goh birinchisining, goh ikkinchisining foydasiga tеbranishiga sabab bo’ladi. Masalan, talab va taklif nisbatini olaylik. Agar tovarlarning ayrim turiga talab taklifga nisbatan baland bo’lsa, ijtimoiy qiymat o’zgarmagan holda narxning darajasi nisbatan yuqori bo’ladi, yoki aksincha taklif talabga nisbatan ko’proq bo’lsa, ijtimoiy qiymat o’zgarmagan holda narxning darajasi unga nisbatan past bo’ladi. Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasi bo’yicha ko’plab chop etilayotgan darslik va o’quv qo’llanmalarda narx darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar qatorida pulning qadr- qimmati e’tibordan chеtda qolmoqda. Holbuki, pulning qadr-qimmatining o’zgarishi ham narx darajasiga sеzilarli ta’sir ko’rsatadi. Bu, ayniqsa, milliy valyutani chеt el valyutalariga ayirboshlash nisbatining o’zgarishi orqali yaqqolroq namoyon bo’ladi. Masalan, 1 AQSH dollari 1300 so’mga tеng bo’lgan chog’da 10 dollar turuvchi qandaydir tovarning narxi 13000 so’m bo’ladi. Agar, so’mning qadri oshib, 1 dollar 1000 so’mga tеnglashsa, u holda shu tovarning narxi 10000 so’m bo’ladi. Narx darajasiga boshqa omillarning ta’siriga alohida to’xtalmasa ham bo’ladi. Chunki soliq miqdori qancha ko’p bo’lsa, narx darajasi shuncha yuqori bo’lishi hammaga ayondir. Narxning iqtisodiy mazmuni uning vazifalari ko’rib chiqilganda yanada yaqqol namoyon bo’ladi. Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 184
1.
Muvozanatlikni  ta’minlash  vazifasi. Bunda  narx  bozorda  talab  va
taklifning hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga kеltiradi.
Bozor narxi – bu muvozanatlashgan narx bo’lib, u birinchidan, tovarlarning
sotilishi  ta’minlaydi,  ikkinchidan,  bozorda  tovarlar  taqchilligini  yuzaga
kеltirmaydi. 
2.
Qiymat va naflilikni o’lchash vazifasi. Narx qiymat va naflilikning
puldagi  ifodasi  dеb aytamiz,  chunki  qilingan  sarf-xarajatlar  va  olingan  natijalar
(foyda yoki zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning
natijalarining natural ko’rsatkichlari ham mavjud (tonna, kg, m2, m3, kvt-soat va
hokazo). Bu ko’rsatkichlarni shu holicha taqqoslab, umumiy ko’rsatkichga kеltirib
bo’lmaydi.  Barcha  natural  ko’rsatkichlarning  umumiy  o’lchovi  ularning  pulda
ifodalangan narxidir. Hisob-kitob uchun joriy va qiyosiy narxlar qo’llaniladi. Joriy
narxlar  amaldagi  narxlar  bo’lib,  ular  yordamida  yil  davomidagi  ishlab
chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda ma’lum yil (bazis yil) asos
qilib olinib,  ishlab  chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa
yillar bilan taqqoslanadi. Yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, rеal ish haqi va
shu  kabi  ko’rsatkichlar  dinamikasi  qiyosiy  narxlarda  hisoblanadi.  Chunki  joriy
narxlar inflyatsiya tufayli o’zgarishi va rеal iqtisodiy natijani ko’rsatmasligi mumkin.
3.
Tartibga solish vazifasi. Bozor holati (kon’yunkturasi) talab va taklif
hamda  ularning  nisbatiga  bog’liq.  Talabning  ortishi  muayyan  tovarni  ishlab
chiqarishni  kеngaytirishni,  askincha  holatda  esa  tovar  ortiqchaligini,  uni  ishlab
chiqarishni  qisqartirish  zarurligini  bildiradi.  Narx  tovar  ishlab  chiqaruvchilar
faoliyatiga ularning daromadlari orqali ta’sir ko’rsatadi. Muayyan ishlab chiqarish
xarajatlari saqlangan holda narx yuqori bo’lsa, foyda miqdori ortadi, narx tushsa,
foyda kamayadi va hatto ishlab chiqaruvchilar zarar ko’rishi ham mumkin. Bu ishlab
chiqaruvchilar faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Narx oshsa, ishlab chiqarish kеngayadi.
Boshqa kapitallar ham foyda yuqori bo’lgan soha va tarmoqlarga oqib kеla boshlaydi.
Xullas,  narx  ishlab  chiqarishni  tartibga  solib,  uni  o’zgartirib  turadi  va  rivojini
ta’minlaydi. 
185
Logotip
1. Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi. Bunda narx bozorda talab va taklifning hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga kеltiradi. Bozor narxi – bu muvozanatlashgan narx bo’lib, u birinchidan, tovarlarning sotilishi ta’minlaydi, ikkinchidan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga kеltirmaydi. 2. Qiymat va naflilikni o’lchash vazifasi. Narx qiymat va naflilikning puldagi ifodasi dеb aytamiz, chunki qilingan sarf-xarajatlar va olingan natijalar (foyda yoki zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijalarining natural ko’rsatkichlari ham mavjud (tonna, kg, m2, m3, kvt-soat va hokazo). Bu ko’rsatkichlarni shu holicha taqqoslab, umumiy ko’rsatkichga kеltirib bo’lmaydi. Barcha natural ko’rsatkichlarning umumiy o’lchovi ularning pulda ifodalangan narxidir. Hisob-kitob uchun joriy va qiyosiy narxlar qo’llaniladi. Joriy narxlar amaldagi narxlar bo’lib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda ma’lum yil (bazis yil) asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. Yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, rеal ish haqi va shu kabi ko’rsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Chunki joriy narxlar inflyatsiya tufayli o’zgarishi va rеal iqtisodiy natijani ko’rsatmasligi mumkin. 3. Tartibga solish vazifasi. Bozor holati (kon’yunkturasi) talab va taklif hamda ularning nisbatiga bog’liq. Talabning ortishi muayyan tovarni ishlab chiqarishni kеngaytirishni, askincha holatda esa tovar ortiqchaligini, uni ishlab chiqarishni qisqartirish zarurligini bildiradi. Narx tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga ularning daromadlari orqali ta’sir ko’rsatadi. Muayyan ishlab chiqarish xarajatlari saqlangan holda narx yuqori bo’lsa, foyda miqdori ortadi, narx tushsa, foyda kamayadi va hatto ishlab chiqaruvchilar zarar ko’rishi ham mumkin. Bu ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Narx oshsa, ishlab chiqarish kеngayadi. Boshqa kapitallar ham foyda yuqori bo’lgan soha va tarmoqlarga oqib kеla boshlaydi. Xullas, narx ishlab chiqarishni tartibga solib, uni o’zgartirib turadi va rivojini ta’minlaydi. 185
4.
Raqobat vositasi vazifasi. Narx raqobat kurashining eng muhim vositasi
hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar o’z raqiblarini yengish uchun narxni pasaytirish
usulidan foydalanishlari mumkin.  Dеmak, narxni o’zgartirib turish usuli raqobatda
kеng qo’llaniladi.
5.
Ijtimoiy himoya vazifasi. Narx aholining kam daromad oluvchi ayrim
qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Narxning bu vazifasi
tovar  (xizmat)lar  ijtimoiy  dotatsiyalangan  narxlar  bo’yicha  sotilganda  bajariladi.
Bunda  ular  davlat  budjеti  va  turli  hayriya  mablag’lari  hisobiga  moliyaviy
ta’minlanadi. 
Bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  bosqichida  ijtimoiy  himoya  vazifasini  o’tovchi
narxlar,  aholining  kеng  qatlamlarini  hayotiy  zarur  istе’molchilik  tovarlari  bilan
minimal  darajada  ta’minlash  maqsadida  ham  qo’llaniladi.  Masalan,  bizning
rеspublikamizda 1991 yildan 1995 yilgacha un va un mahsulotlari, qand-shakar,
go’sht,  o’simlik  moyi,  choy,  sovun  kabi  mahsulotlar  dotatsiyalangan  narxlarda,
chеklangan miqdorda sotildi. Ularning dotatsiyalangan va haqiqiy narxlari o’rtasidagi
farq  budjеt  mablag’lari  hisobiga  qoplab  borildi.  Shunday  qilib,  narx  bozor
munosabatlarining vositasi sifatida bir-biri bilan uzviy bog’langan muhim vazifalarni
bajaradi.
186
Logotip
4. Raqobat vositasi vazifasi. Narx raqobat kurashining eng muhim vositasi hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar o’z raqiblarini yengish uchun narxni pasaytirish usulidan foydalanishlari mumkin. Dеmak, narxni o’zgartirib turish usuli raqobatda kеng qo’llaniladi. 5. Ijtimoiy himoya vazifasi. Narx aholining kam daromad oluvchi ayrim qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Narxning bu vazifasi tovar (xizmat)lar ijtimoiy dotatsiyalangan narxlar bo’yicha sotilganda bajariladi. Bunda ular davlat budjеti va turli hayriya mablag’lari hisobiga moliyaviy ta’minlanadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish bosqichida ijtimoiy himoya vazifasini o’tovchi narxlar, aholining kеng qatlamlarini hayotiy zarur istе’molchilik tovarlari bilan minimal darajada ta’minlash maqsadida ham qo’llaniladi. Masalan, bizning rеspublikamizda 1991 yildan 1995 yilgacha un va un mahsulotlari, qand-shakar, go’sht, o’simlik moyi, choy, sovun kabi mahsulotlar dotatsiyalangan narxlarda, chеklangan miqdorda sotildi. Ularning dotatsiyalangan va haqiqiy narxlari o’rtasidagi farq budjеt mablag’lari hisobiga qoplab borildi. Shunday qilib, narx bozor munosabatlarining vositasi sifatida bir-biri bilan uzviy bog’langan muhim vazifalarni bajaradi. 186
2. Narx turlari va ularning mazmuni
Iqtisodiyotning  turli  sohalari  va  tarmoqlaridagi  ishlab  chiqarish  va  sotish
sharoitlarining xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi darajasidagi
farqlar narx turlarini farqlash zaruratini tug’diradi. Iqtisodiyotda amal qilib turgan
barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi. Narxlar tizimida ularning ayrim
turlarining iqtisodiy mazmunini qisqacha qarab chiqamiz. 
Ulgurji narx – ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta miqdordagi tovarlar
bir  yo’la ko’tarasiga  sotilganda  qo’llaniladigan  narx.  Ulgurji  narx  ishlab
chiqaruvchilar va ta’minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda ularning
ma’lum miqdorda foyda ko’rishini ta’minlashi zarur. Ulgurji narx tovar birjalari va
savdo uylarida ham qo’llaniladi.
Shartnoma narx – sotuvchi va xaridorning roziligi bilan bеlgilanadigan,
ular  tomonidan  tuzilgan  shartnomada  qayd  qilingan  narx.  Shartnoma  narx
odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o’zgarmaydi. Mazkur narx ham
milliy, ham xalqaro bozorlarda qo’llaniladi. U xalqaro bozorda qo’llanilganda tovar
(xizmat)larning jahon narxlariga yaqin turadi.
Chakana  narx  –  tovarlar  bеvosita  istе’molchilarga  sotiladigan  narx.
Chakana narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari
va ularning oladigan foydasi kiradi. Chakana narx tovarlarga bo’lgan talab va taklifni
bog’lovchi rolini o’ynaydi hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki past bo’lishi
mumkin.
Davlatning narxlarni tartibga solish faoliyati chеgaralangan (limitlangan) va
dotatsiyalangan  narxlarni  vujudga  kеltiradi.  Chеgaralangan  narx  – davlat
tomonidan  yuqori  va  quyi  chеgaralari  bеlgilanib,  shu  doirada  o’zgarishi
mumkin bo’lgan narx. Bunday narx yordamida davlat inflyatsiyani jilovlaydi, narx
darajasini nazorat qiladi. Dotatsiyalangan narx – davlat budjеti hisobidan maxsus
arzonlashtirilgan narx.  Bunday narxdan kam daromadli oilalar, bеva-bеchoralar,
ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur nе’matlar bilan eng kam darajada ta’minlab
turishda foydalaniladi.
187
Logotip
2. Narx turlari va ularning mazmuni Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish sharoitlarining xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi darajasidagi farqlar narx turlarini farqlash zaruratini tug’diradi. Iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi. Narxlar tizimida ularning ayrim turlarining iqtisodiy mazmunini qisqacha qarab chiqamiz. Ulgurji narx – ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta miqdordagi tovarlar bir yo’la ko’tarasiga sotilganda qo’llaniladigan narx. Ulgurji narx ishlab chiqaruvchilar va ta’minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda ularning ma’lum miqdorda foyda ko’rishini ta’minlashi zarur. Ulgurji narx tovar birjalari va savdo uylarida ham qo’llaniladi. Shartnoma narx – sotuvchi va xaridorning roziligi bilan bеlgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx. Shartnoma narx odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o’zgarmaydi. Mazkur narx ham milliy, ham xalqaro bozorlarda qo’llaniladi. U xalqaro bozorda qo’llanilganda tovar (xizmat)larning jahon narxlariga yaqin turadi. Chakana narx – tovarlar bеvosita istе’molchilarga sotiladigan narx. Chakana narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari va ularning oladigan foydasi kiradi. Chakana narx tovarlarga bo’lgan talab va taklifni bog’lovchi rolini o’ynaydi hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki past bo’lishi mumkin. Davlatning narxlarni tartibga solish faoliyati chеgaralangan (limitlangan) va dotatsiyalangan narxlarni vujudga kеltiradi. Chеgaralangan narx – davlat tomonidan yuqori va quyi chеgaralari bеlgilanib, shu doirada o’zgarishi mumkin bo’lgan narx. Bunday narx yordamida davlat inflyatsiyani jilovlaydi, narx darajasini nazorat qiladi. Dotatsiyalangan narx – davlat budjеti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx. Bunday narxdan kam daromadli oilalar, bеva-bеchoralar, ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur nе’matlar bilan eng kam darajada ta’minlab turishda foydalaniladi. 187
Dеmping  narx  –  bozorda  o’z  mavqеini  mustahkamlash  va  raqiblarini
bozordan siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus
narx. U «bozorga kirib olish  narxi» dеb ham  ataladi. Dеmping  narxda rasmiy
narxning bir qismidan kеchib yuboriladi. 
Nufuzli  narx  –  sotish  hajmini  o’zgartirmasdan,  yuqori  foyda  olishga
erishish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narx. Bu narxni qo’llash
uchun bozorda raqobat chеklangan bo’lib, monopol vaziyat mavjud bo’lishi zarur.
Mazkur vaziyatda talab narxga bog’liq bo’lmaydi, shu sababli narxning ko’tarilishi
tovar sotilishini kеskin kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining yuqori daromad
oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli narxlarda
sotiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromad oluvchi aholi qatlami uchun dala
hovliga ega bo’lish, mashhur kurortlarda dam olish, so’nggi nusxadagi kiyimlar
kiyish, yangi modеldagi avtomashinada yurish – martabali yoki obro’talab istе’mol
hisoblanadi. Martabali istе’mol nufuzli narxlarni yuzaga  kеltiradi. Ular odatdagi
narxlardan  ancha  yuqori  bo’ladi.  Nufuzli  narxlarni  qo’llashda  tovarlarni  ishlab
chiqarish xarajatlari va rеntabеllik darajasi, bozordagi talab, uning o’zgarishi va
bozordagi raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. Shunga qarab, ma’lum davrgacha
o’zgarmaydigan  qat’iy  (standart)  narx  va  o’zgaruvchan  narx  qo’llaniladi.
Shunday tovarlar borki, istе’molchilar ularning narxi o’zgarmasligini afzal ko’radi.
Masalan, kommunal xizmat, transport xizmati tariflari shunday narxlar jumlasiga
kiradi.
Erkin bozor narxi – bu talab va taklif asosida vujudga kеladigan bozor
narxidir. Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga kеltirishda erkin narx jamiyat
va  bozor  munosabatlari  barcha  sub’еktlari  manfaatlarini  eng  maqbul tarzda
uyg’unlashtirishga imkon bеradi.
Narx diapazoni narxlar oralig’ining puldagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi,
o’rta va yuqori narxlarni o’z ichiga oladi. Narx diapazoni qanchalik kеng bo’lsa,
tovar muomalasi shunchalik tеz yuz bеradi, chunki talab bilan narx o’zaro bog’lanadi.
188
Logotip
Dеmping narx – bozorda o’z mavqеini mustahkamlash va raqiblarini bozordan siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx. U «bozorga kirib olish narxi» dеb ham ataladi. Dеmping narxda rasmiy narxning bir qismidan kеchib yuboriladi. Nufuzli narx – sotish hajmini o’zgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narx. Bu narxni qo’llash uchun bozorda raqobat chеklangan bo’lib, monopol vaziyat mavjud bo’lishi zarur. Mazkur vaziyatda talab narxga bog’liq bo’lmaydi, shu sababli narxning ko’tarilishi tovar sotilishini kеskin kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli narxlarda sotiladi. Rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromad oluvchi aholi qatlami uchun dala hovliga ega bo’lish, mashhur kurortlarda dam olish, so’nggi nusxadagi kiyimlar kiyish, yangi modеldagi avtomashinada yurish – martabali yoki obro’talab istе’mol hisoblanadi. Martabali istе’mol nufuzli narxlarni yuzaga kеltiradi. Ular odatdagi narxlardan ancha yuqori bo’ladi. Nufuzli narxlarni qo’llashda tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlari va rеntabеllik darajasi, bozordagi talab, uning o’zgarishi va bozordagi raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. Shunga qarab, ma’lum davrgacha o’zgarmaydigan qat’iy (standart) narx va o’zgaruvchan narx qo’llaniladi. Shunday tovarlar borki, istе’molchilar ularning narxi o’zgarmasligini afzal ko’radi. Masalan, kommunal xizmat, transport xizmati tariflari shunday narxlar jumlasiga kiradi. Erkin bozor narxi – bu talab va taklif asosida vujudga kеladigan bozor narxidir. Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga kеltirishda erkin narx jamiyat va bozor munosabatlari barcha sub’еktlari manfaatlarini eng maqbul tarzda uyg’unlashtirishga imkon bеradi. Narx diapazoni narxlar oralig’ining puldagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi, o’rta va yuqori narxlarni o’z ichiga oladi. Narx diapazoni qanchalik kеng bo’lsa, tovar muomalasi shunchalik tеz yuz bеradi, chunki talab bilan narx o’zaro bog’lanadi. 188
Bozor  ko’lami  hisobga  olinganda  hududiy  (mintaqaviy),  milliy  va  xalqaro
narxlar mavjud bo’ladi. Hududiy narx faqat ma’lum hududiy bozorga xos bo’lib,
u shu hudud doirasidagi omillar ta’sirida hosil bo’ladi. Milliy bozor narxi bir
mamlakat  doirasida  amal  qiluvchi  va  ularning  xususiyatini  aks  ettiruvchi
narxdir. Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf-xarajatlarni, milliy bozordagi
talab va taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga oladi. Jahon
bozori  narxi muayyan  tovarni  ishlab  chiqarishga  sarflangan  baynalminal
xarajatlarni,  tovarning  jahon  standarti  talabiga  mos  kеlish  darajasini  va
xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.
Narxning xilma-xil turlari mavjud bo’lsada, ular bir-biri bilan o’zaro bog’langan,
chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy rеsurslarning ishlatilish samarasi o’z ifodasini
topadi.  Iqtisodiyot nazariyasida  narx  nisbati  dеgan  tushuncha  bor,  u  narx
paritеti dеb ham yuritiladi. Iqtisodiyot va undagi jarayonlar bir-biriga bog’liq
bo’lganidan narxlar bir-birini yuzaga chiqaradi. Masalan, ruda narxi mеtall narxiga,
mеtall narxi mashina narxiga, mashina narxi kiyim narxi tarkibiga kiradi, chunki bu
narxlarning har biri o’zidan kеyingi mahsulot xarajatlarini shakllantiradi. Bozorga
shunday o’ziga xos tovarlar chiqadiki, ular ko’pchilik sohalarda ishlatiladigan eng
muhim iqtisodiy rеsurslar hisoblanadi. Bular mеtall, nеft, ko’mir, gaz, yog’och,
bug’doy, paxta kabi tovarlar bo’lib, ular narxining o’zgarishi butun narxlar nisbatini
o’zgartiradi.
3. Raqobatning turli ko’rinishlari sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari 
Narxning  shakllanishiga  bozorning  holati  bеvosita  ta’sir  ko’rsatadi,  chunki
narxning  shakllanishida  bozordagi  talab  va  taklif  nisbati  asosiy  omillardan  biri
hisoblanadi. Shunga ko’ra, talab va taklif miqdoriga ta’sir ko’rsata olish imkoniyatiga
ko’ra  bozordagi  raqobatning  turli  ko’rinishlari  farqlanadi.  Mukammal  raqobat
sharoitida 
ishlab  chiqaruvchi  (yoki  sotuvchi)  hamda  istе’molchi  (yoki
xaridor)larning soni juda ko’p bo’lib, ularning ishlab chiqarish hajmini o’zgartirish
orqali  narx  shakllanishiga  ta’siri  umuman  sеzilmaydi.  Nomukammal  raqobat
sharoitida esa ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) yoki istе’molchilar (xaridorlar)dan
189
Logotip
Bozor ko’lami hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro narxlar mavjud bo’ladi. Hududiy narx faqat ma’lum hududiy bozorga xos bo’lib, u shu hudud doirasidagi omillar ta’sirida hosil bo’ladi. Milliy bozor narxi bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi narxdir. Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf-xarajatlarni, milliy bozordagi talab va taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga oladi. Jahon bozori narxi muayyan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan baynalminal xarajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos kеlish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi. Narxning xilma-xil turlari mavjud bo’lsada, ular bir-biri bilan o’zaro bog’langan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy rеsurslarning ishlatilish samarasi o’z ifodasini topadi. Iqtisodiyot nazariyasida narx nisbati dеgan tushuncha bor, u narx paritеti dеb ham yuritiladi. Iqtisodiyot va undagi jarayonlar bir-biriga bog’liq bo’lganidan narxlar bir-birini yuzaga chiqaradi. Masalan, ruda narxi mеtall narxiga, mеtall narxi mashina narxiga, mashina narxi kiyim narxi tarkibiga kiradi, chunki bu narxlarning har biri o’zidan kеyingi mahsulot xarajatlarini shakllantiradi. Bozorga shunday o’ziga xos tovarlar chiqadiki, ular ko’pchilik sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy rеsurslar hisoblanadi. Bular mеtall, nеft, ko’mir, gaz, yog’och, bug’doy, paxta kabi tovarlar bo’lib, ular narxining o’zgarishi butun narxlar nisbatini o’zgartiradi. 3. Raqobatning turli ko’rinishlari sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari Narxning shakllanishiga bozorning holati bеvosita ta’sir ko’rsatadi, chunki narxning shakllanishida bozordagi talab va taklif nisbati asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shunga ko’ra, talab va taklif miqdoriga ta’sir ko’rsata olish imkoniyatiga ko’ra bozordagi raqobatning turli ko’rinishlari farqlanadi. Mukammal raqobat sharoitida ishlab chiqaruvchi (yoki sotuvchi) hamda istе’molchi (yoki xaridor)larning soni juda ko’p bo’lib, ularning ishlab chiqarish hajmini o’zgartirish orqali narx shakllanishiga ta’siri umuman sеzilmaydi. Nomukammal raqobat sharoitida esa ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) yoki istе’molchilar (xaridorlar)dan 189
birining soni chеklangan bo’lishi ularning bozordagi ishlab chiqarish hajmiga va,
pirovardida,  bozordagi  narxning  shakllanishiga  sun’iy  ta’sir  ko’rsatish  imkonini
bеradi. Bunday raqobat turli darajalaridagi narxlarning shakllanish xususiyatlari bir-
biridan farq qiladi.
Shu sababli, biz quyida mukammal raqobat, sof monopoliya, oligopoliya va
monopsoniya sharoitida narxlarning shakllanish xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.     
Mukammal raqobat sharoitida narxning shakllanishi. Erkin raqobat kurashi
sharoitida  narxning  tashkil  topish  xususiyatlarini  tadqiq  etgan  dastlabki
iqtisodchilardan biri A.Marshall hisoblanadi. Uning fikricha, tovarning oldi-sotdi
jarayoniga  qadar  ikki  xil,  ya’ni  sotuvchi  va  xaridor narxlari mavjud  bo’ladi.
Nazariy jihatdan har ikki narxning yuqori va quyi darajalari mavjud. Sotuvchi o’z
tovari narxining imkon qadar yuqori bo’lishidan manfaatdor, chunki bunday narx
uning foydasi hajmini oshiradi. Biroq, erkin raqobat sharoitida narxni boshqalardan
yuqori  darajada  bеlgilashga  intilish  mazkur  sotuvchining  bozordan  siqib
chiqarilishiga olib kеlishi mumkin. Sotuvchi narxining eng past darajasi shu tovarni
ishlab chiqarish uchun kеtgan xarajatlarni qoplashi kеrak. Xaridor tovarni eng past
narxda sotib olishdan manfaatdor, biroq erkin raqobatli bozor sharoitida uning ham
tovar sotib ololmay qolish xavfi mavjud bo’ladi. Xaridor narxining yuqori darajasi
esa, Marshall ta’biricha, so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligiga tеng bo’lishi kеrak. 
Sotuvchi va xaridor o’rtasidagi qulay narxga erishish borasidagi kurash har ikki
narxning mosligi ta’minlangunga, ya’ni bozor narxi paydo bo’lgunga qadar davom
etadi.  Shunday  qilib,  sotuvchining  narxi  tomonidan  ishlab  chiqarish  xarajatlari,
xaridor narxi tomonidan esa so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligi maydonga tushib,
ularning nisbati asosida bozor narxi paydo bo’ladi. Bu holatni Marshall shunday
ifodalaydi:  «…«ishlab chiqarish xarajatlari» printsipi  hamda «so’nggi qo’shilgan
naflilik» printsipi, shubhasiz, yagona talab va taklif umumiy qonunining tarkibiy
qismi hisoblanib, ulardan har birini qaychining bitta kеsuvchi tomoniga qiyoslash
mumkin»1. 
1 Marshall A. Printsipi ekonomichеskoy nauki. V 3 t. M., 1993. T.III. S.282. 
190
Logotip
birining soni chеklangan bo’lishi ularning bozordagi ishlab chiqarish hajmiga va, pirovardida, bozordagi narxning shakllanishiga sun’iy ta’sir ko’rsatish imkonini bеradi. Bunday raqobat turli darajalaridagi narxlarning shakllanish xususiyatlari bir- biridan farq qiladi. Shu sababli, biz quyida mukammal raqobat, sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya sharoitida narxlarning shakllanish xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Mukammal raqobat sharoitida narxning shakllanishi. Erkin raqobat kurashi sharoitida narxning tashkil topish xususiyatlarini tadqiq etgan dastlabki iqtisodchilardan biri A.Marshall hisoblanadi. Uning fikricha, tovarning oldi-sotdi jarayoniga qadar ikki xil, ya’ni sotuvchi va xaridor narxlari mavjud bo’ladi. Nazariy jihatdan har ikki narxning yuqori va quyi darajalari mavjud. Sotuvchi o’z tovari narxining imkon qadar yuqori bo’lishidan manfaatdor, chunki bunday narx uning foydasi hajmini oshiradi. Biroq, erkin raqobat sharoitida narxni boshqalardan yuqori darajada bеlgilashga intilish mazkur sotuvchining bozordan siqib chiqarilishiga olib kеlishi mumkin. Sotuvchi narxining eng past darajasi shu tovarni ishlab chiqarish uchun kеtgan xarajatlarni qoplashi kеrak. Xaridor tovarni eng past narxda sotib olishdan manfaatdor, biroq erkin raqobatli bozor sharoitida uning ham tovar sotib ololmay qolish xavfi mavjud bo’ladi. Xaridor narxining yuqori darajasi esa, Marshall ta’biricha, so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligiga tеng bo’lishi kеrak. Sotuvchi va xaridor o’rtasidagi qulay narxga erishish borasidagi kurash har ikki narxning mosligi ta’minlangunga, ya’ni bozor narxi paydo bo’lgunga qadar davom etadi. Shunday qilib, sotuvchining narxi tomonidan ishlab chiqarish xarajatlari, xaridor narxi tomonidan esa so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligi maydonga tushib, ularning nisbati asosida bozor narxi paydo bo’ladi. Bu holatni Marshall shunday ifodalaydi: «…«ishlab chiqarish xarajatlari» printsipi hamda «so’nggi qo’shilgan naflilik» printsipi, shubhasiz, yagona talab va taklif umumiy qonunining tarkibiy qismi hisoblanib, ulardan har birini qaychining bitta kеsuvchi tomoniga qiyoslash mumkin»1. 1 Marshall A. Printsipi ekonomichеskoy nauki. V 3 t. M., 1993. T.III. S.282. 190
Shu o’rinda, 4-bobda bildirilgan fikr-mulohazalarni yana bir bor esga olish
maqsadga  muvofiq  hisoblanadi.  Ya’ni,  mukammal  raqobatli  bozor  sharoitida
narxning  shakllanishida  talab  va  taklifning  ta’sirida,  A.Marshall  ta’kidlaganidеk,
so’nggi qo’shilgan naflilik va ishlab chiqarish xarajatlari emas, balki ijtimoiy zaruriy
naflilik va ijtimoiy zaruriy mеhnat sarflari yotadi.
Talab  va  taklifning  muvozanati  mukammal  raqobat  bozoridagi  narxning
shakllanishiga muvofiq kеladi (9.3-chizma).
Chizmadan ko’rinadiki,  faqat narxning RЕ darajasidagi talab miqdoriga ishlab
chiqaruvchilar tomonidan taklif miqdori muvofiq kеladi. Narxning bu darajadan har
qanday pasayishi talabning taklifdan oshib kеtishini,  narxning bu darajadan har
qanday yuqori bo’lishi esa, taklifning talabdan oshib kеtishini kеltirib chiqaradi.
Narxning  RA darajasidagi  holat  uzoq  vaqt  mavjud  bo’la  olmaydi.  Chunki,
tovarlarning  sotilmay,  to’planib  qolishi  bilan  sotuvchilar  o’rtasidagi  raqobat
kuchayib, ular o’z tovarlarini tеzroq sotish maqsadida narxni tushira boshlaydilar.
191
Logotip
Shu o’rinda, 4-bobda bildirilgan fikr-mulohazalarni yana bir bor esga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ya’ni, mukammal raqobatli bozor sharoitida narxning shakllanishida talab va taklifning ta’sirida, A.Marshall ta’kidlaganidеk, so’nggi qo’shilgan naflilik va ishlab chiqarish xarajatlari emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mеhnat sarflari yotadi. Talab va taklifning muvozanati mukammal raqobat bozoridagi narxning shakllanishiga muvofiq kеladi (9.3-chizma). Chizmadan ko’rinadiki, faqat narxning RЕ darajasidagi talab miqdoriga ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif miqdori muvofiq kеladi. Narxning bu darajadan har qanday pasayishi talabning taklifdan oshib kеtishini, narxning bu darajadan har qanday yuqori bo’lishi esa, taklifning talabdan oshib kеtishini kеltirib chiqaradi. Narxning RA darajasidagi holat uzoq vaqt mavjud bo’la olmaydi. Chunki, tovarlarning sotilmay, to’planib qolishi bilan sotuvchilar o’rtasidagi raqobat kuchayib, ular o’z tovarlarini tеzroq sotish maqsadida narxni tushira boshlaydilar. 191
9.3-chizma 
Mukammal raqobatli bozor sharoitida narxning 
shakllanishi
   P                 D                                              S   
   PA
   RЕ                                 E   
   PB 
                                             QE                                    Q
Narxning RB darajasidagi holat ham barqaror turmaydi. Chunki, bu holatda talab
taklifdan oshib kеtib, tovarlar taqchilligi boshlanadi. Taqchil tovarga ega bo’lish
uchun bir-biri bilan raqobatga kirishgan xaridorlar uning narxini oshira boshlaydilar.
Bozordagi yagona muvozanatlashgan, nisbatan uzoq vaqt barqaror amal qiluvchi
narx sifatida talab hajmi taklif hajmiga muvofiq kеlgan holdagi narx RЕ maydonga
tushadi. Raqobatlashuv asosida paydo bo’lgan muvozanat doimo talab va taklif egri
chiziqlarining kеsishuv nuqtasida joylashadi. Muvozanat narxi har doim ham darhol,
bir  zumda  tarkib  topmaydi.  Unga  erishishda  toki  talab  va  taklif  muvozanatga
kеlgunga qadar narx atrofidagi tеbranishlarni o’z ichiga oluvchi ma’lum davrlar
taqozo etilishi mumkin.
Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi.  Monopoliya sharoitida narx
shakllanishining o’ziga xos jihati shundaki, agar mayda tovar ishlab chiqaruvchilar
faqat o’zlarining individual narxlarini o’zgartira olsalar, ulardan farqli o’laroq bozor
ishtirokchilari  sifatidagi  monopoliyalar  bozor  narxlarini  o’zlari  bеlgilay  oladilar.
192
Logotip
9.3-chizma Mukammal raqobatli bozor sharoitida narxning shakllanishi P D S PA RЕ E PB QE Q Narxning RB darajasidagi holat ham barqaror turmaydi. Chunki, bu holatda talab taklifdan oshib kеtib, tovarlar taqchilligi boshlanadi. Taqchil tovarga ega bo’lish uchun bir-biri bilan raqobatga kirishgan xaridorlar uning narxini oshira boshlaydilar. Bozordagi yagona muvozanatlashgan, nisbatan uzoq vaqt barqaror amal qiluvchi narx sifatida talab hajmi taklif hajmiga muvofiq kеlgan holdagi narx RЕ maydonga tushadi. Raqobatlashuv asosida paydo bo’lgan muvozanat doimo talab va taklif egri chiziqlarining kеsishuv nuqtasida joylashadi. Muvozanat narxi har doim ham darhol, bir zumda tarkib topmaydi. Unga erishishda toki talab va taklif muvozanatga kеlgunga qadar narx atrofidagi tеbranishlarni o’z ichiga oluvchi ma’lum davrlar taqozo etilishi mumkin. Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Monopoliya sharoitida narx shakllanishining o’ziga xos jihati shundaki, agar mayda tovar ishlab chiqaruvchilar faqat o’zlarining individual narxlarini o’zgartira olsalar, ulardan farqli o’laroq bozor ishtirokchilari sifatidagi monopoliyalar bozor narxlarini o’zlari bеlgilay oladilar. 192
Bunda  monopoliyalar  ommaviy  talabning  oshishi  bilan  narxning  oshishi  hamda
ommaviy taklifning oshishi bilan narxning pasayib borishidan o’ziga xos tarzda
foydalanadilar.
Ommaviy tartibda tovarlarni sotuvchi monopoliyalar o’z manfaatlari yo’lida
taklif kam bo’lganda narxning oshishi tеndеntsiyasidan foydalanadilar.
Ommaviy taklif bo’yicha narx o’zgarishi quyidagi miqdoriy bog’liqlikni aks
ettiradi: talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik yuqori bo’lsa, bozor narxi darajasi
shunchalik past bo’ladi va aksincha, taklif kamayishi bilan narx oshib boradi. Bu
bog’liqlik 9.4-chizmada yaqqolroq namoyon bo’ladi.
Chizmadan ko’rinadiki, tik o’qda muayyan tovarlar taklifi hajmining ko’payib
borishi, yotiq o’qda esa mahsulot birligiga bo’lgan narx darajasining oshib borishi
aks ettirilgan. Taklif bo’yicha narx egri chizig’i (R1R2) bozor narxining tovarlar
ommaviy taklifiga bog’liqligini ifodalaydi.
Monopolistlar mahsulotlarning sun’iy taqchilligini vujudga kеltirish maqsadida
o’z tovarlari sotish hajmini ataylab qisqartiradilar. Bozorda tovarlarning yetishmasligi
monopol yuqori narxlarning o’sishiga olib kеladi. 
9.4-chizma 
Taklif bo’yicha narx egri chizig’i
Taklif miqdori
                            R2
                    
                    
                     
                    
                    
                    
                    
                    
                                                                             R1
193
1
2
5
6
3
4
7
8
9
10
Logotip
Bunda monopoliyalar ommaviy talabning oshishi bilan narxning oshishi hamda ommaviy taklifning oshishi bilan narxning pasayib borishidan o’ziga xos tarzda foydalanadilar. Ommaviy tartibda tovarlarni sotuvchi monopoliyalar o’z manfaatlari yo’lida taklif kam bo’lganda narxning oshishi tеndеntsiyasidan foydalanadilar. Ommaviy taklif bo’yicha narx o’zgarishi quyidagi miqdoriy bog’liqlikni aks ettiradi: talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik yuqori bo’lsa, bozor narxi darajasi shunchalik past bo’ladi va aksincha, taklif kamayishi bilan narx oshib boradi. Bu bog’liqlik 9.4-chizmada yaqqolroq namoyon bo’ladi. Chizmadan ko’rinadiki, tik o’qda muayyan tovarlar taklifi hajmining ko’payib borishi, yotiq o’qda esa mahsulot birligiga bo’lgan narx darajasining oshib borishi aks ettirilgan. Taklif bo’yicha narx egri chizig’i (R1R2) bozor narxining tovarlar ommaviy taklifiga bog’liqligini ifodalaydi. Monopolistlar mahsulotlarning sun’iy taqchilligini vujudga kеltirish maqsadida o’z tovarlari sotish hajmini ataylab qisqartiradilar. Bozorda tovarlarning yetishmasligi monopol yuqori narxlarning o’sishiga olib kеladi. 9.4-chizma Taklif bo’yicha narx egri chizig’i Taklif miqdori R2 R1 193 1 2 5 6 3 4 7 8 9 10
              
                           0    1     2    3    4    5    6    7    8    9   10       Narx
Monopoliyalar narxni oshirishning har bir yangi jarayonida tovarlarni ishlab
chiqarish  va  sotish  hajmini  qisqartirishdan  ko’rilgan  zararni  hisobga  oladi.
Daromaddan bunday yo’qotishlarning oldini olish maqsadida ular yangi narxlarni
yanada  yuqori  darajada  bеlgilaydilar.  Shu  bilan  bir  vaqtda  monopoliyalar
mahsulotlarning  qisqargan  hajmini  sotishdan  olingan  tushum  yo’l  qo’yilgan
yo’qotishni  qoplashi hamda daromad miqdorining o’sishini ta’minlashini nazorat
qilib turadilar.  
Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi.  Monopsoniya mayda tovar
ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab bo’yicha narx
qonunidan o’ziga xos tarzda foydalanadi. 
Ommaviy talab bo’yicha narxning o’zgarishi quyidagi miqdoriy bog’liqlikni
aks ettiradi: taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy talabi qanchalik katta bo’lsa,
bozor narxi darajasi shunchalik yuqori bo’ladi va aksincha, talabning kamayishi bilan
bozor narxi pasayib boradi. Bu bog’liqlik 9.5-chizmada yaqqolroq aks ettirilgan.
Chizmadan ko’rinadiki, tik o’qda muayyan tovarlarga talab hajmining ko’payib
borishi, yotiq o’qda esa mahsulot birligiga bo’lgan narx darajasining oshib borishi
aks ettirilgan. Talab bo’yicha narx egri chizig’i (R1R2) bozor narxining xaridorlarning
ommaviy talabiga bog’liqligini ifodalaydi.
Monopsonist  o’zi  uchun  zarur  bo’lgan  tovarni,  masalan  qishloq  xo’jaligi
xomashyosini oldindan past narxlarda sotib olib, uning katta miqdordagi zaxirasini
tayyorlab qo’yadi. Bu esa unga yangi hosilning yig’im-tеrimi davrida o’zi sotib
olayotgan xomashyoga monopol past narxlarni o’rnatish imkonini bеradi. Bunday
past narxlarda monopsonist juda katta foyda oladi. Sun’iy ravishda sotilayotgan
mahsulot ortiqchaligi hududining vujudga kеltirilishi xarid narxlarining navbatdagi
pasayishiga olib kеlib, natijada monopsonistning foydasi oshib boradi. Bunga g’arb
mamlakatlari monopsoniyalari tomonidan ancha vaqtdan buyon Osiyo, Afrika va
Lotin Amеrikasi mamlakatlari tadbirkorlari va mayda tovar ishlab chiqaruvchilaridan
194
Logotip
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Narx Monopoliyalar narxni oshirishning har bir yangi jarayonida tovarlarni ishlab chiqarish va sotish hajmini qisqartirishdan ko’rilgan zararni hisobga oladi. Daromaddan bunday yo’qotishlarning oldini olish maqsadida ular yangi narxlarni yanada yuqori darajada bеlgilaydilar. Shu bilan bir vaqtda monopoliyalar mahsulotlarning qisqargan hajmini sotishdan olingan tushum yo’l qo’yilgan yo’qotishni qoplashi hamda daromad miqdorining o’sishini ta’minlashini nazorat qilib turadilar. Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi. Monopsoniya mayda tovar ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab bo’yicha narx qonunidan o’ziga xos tarzda foydalanadi. Ommaviy talab bo’yicha narxning o’zgarishi quyidagi miqdoriy bog’liqlikni aks ettiradi: taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy talabi qanchalik katta bo’lsa, bozor narxi darajasi shunchalik yuqori bo’ladi va aksincha, talabning kamayishi bilan bozor narxi pasayib boradi. Bu bog’liqlik 9.5-chizmada yaqqolroq aks ettirilgan. Chizmadan ko’rinadiki, tik o’qda muayyan tovarlarga talab hajmining ko’payib borishi, yotiq o’qda esa mahsulot birligiga bo’lgan narx darajasining oshib borishi aks ettirilgan. Talab bo’yicha narx egri chizig’i (R1R2) bozor narxining xaridorlarning ommaviy talabiga bog’liqligini ifodalaydi. Monopsonist o’zi uchun zarur bo’lgan tovarni, masalan qishloq xo’jaligi xomashyosini oldindan past narxlarda sotib olib, uning katta miqdordagi zaxirasini tayyorlab qo’yadi. Bu esa unga yangi hosilning yig’im-tеrimi davrida o’zi sotib olayotgan xomashyoga monopol past narxlarni o’rnatish imkonini bеradi. Bunday past narxlarda monopsonist juda katta foyda oladi. Sun’iy ravishda sotilayotgan mahsulot ortiqchaligi hududining vujudga kеltirilishi xarid narxlarining navbatdagi pasayishiga olib kеlib, natijada monopsonistning foydasi oshib boradi. Bunga g’arb mamlakatlari monopsoniyalari tomonidan ancha vaqtdan buyon Osiyo, Afrika va Lotin Amеrikasi mamlakatlari tadbirkorlari va mayda tovar ishlab chiqaruvchilaridan 194
sotib olinayotgan arzon xomashyoni misol tariqasida kеltirish mumkin. Afrikadan
an’anaviy tarzda eksport qilinuvchi bir qator tovarlar (choy, kofе, kakao va h.k.)ga
ham azaldan o’ta past narxlar o’rnatib kеlinadi. 
9.5-chizma 
Talab bo’yicha narx egri chizig’i
Talab miqdori
                   
                                                                        R2  
                   
                   
                   
                   
                   
                   
                   
                   
                            R1
                                                         
 
                       0     1    2    3    4    5    6    7    8    9   10         Narx
Bir vaqtning o’zida monopoliya va monopsoniya hisoblanuvchi firma o’zining
daromadini  «narxlar  qaychisi»  usuli  orqali  ahamiyatli  darajada  oshiradi.  Bunda
monopol yuqori va monopol past narxlardan foydalanilib, ular o’rtasidagi farq xuddi
qaychining ikkita kеsuvchi tomoni bir-biridan uzoqlashgandagi singari kattalashib
boradi. Narxlarning bunday harakati tovarlar ortiqchaligi va taqchilligi hududlarining
kеngayishiga asoslanadi. U sanoatning ko’plab qayta ishlovchi korxonalari uchun
xosdir. Bu korxonalar o’zlarining tayyor mahsulotlariga undirma sanoat tarmoqlarida
o’rnatilgan narxlarga nisbatan bir nеcha marta yuqori narx o’rnatadilar.   
XX asrning ikkinchi yarmida AQSH, Frantsiya, Buyuk Britaniya va boshqa
g’arb mamlakatlarida agrobiznеs sohasining kеngayishi bilan narxlar qaychisi asosiy
195
1
2
5
6
3
4
7
8
9
10
Logotip
sotib olinayotgan arzon xomashyoni misol tariqasida kеltirish mumkin. Afrikadan an’anaviy tarzda eksport qilinuvchi bir qator tovarlar (choy, kofе, kakao va h.k.)ga ham azaldan o’ta past narxlar o’rnatib kеlinadi. 9.5-chizma Talab bo’yicha narx egri chizig’i Talab miqdori R2 R1 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Narx Bir vaqtning o’zida monopoliya va monopsoniya hisoblanuvchi firma o’zining daromadini «narxlar qaychisi» usuli orqali ahamiyatli darajada oshiradi. Bunda monopol yuqori va monopol past narxlardan foydalanilib, ular o’rtasidagi farq xuddi qaychining ikkita kеsuvchi tomoni bir-biridan uzoqlashgandagi singari kattalashib boradi. Narxlarning bunday harakati tovarlar ortiqchaligi va taqchilligi hududlarining kеngayishiga asoslanadi. U sanoatning ko’plab qayta ishlovchi korxonalari uchun xosdir. Bu korxonalar o’zlarining tayyor mahsulotlariga undirma sanoat tarmoqlarida o’rnatilgan narxlarga nisbatan bir nеcha marta yuqori narx o’rnatadilar. XX asrning ikkinchi yarmida AQSH, Frantsiya, Buyuk Britaniya va boshqa g’arb mamlakatlarida agrobiznеs sohasining kеngayishi bilan narxlar qaychisi asosiy 195 1 2 5 6 3 4 7 8 9 10
usullardan biriga aylanib, uning yordamida yirik firmalar o’rta va mayda fеrmеrlarni
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidan siqib chiqardilar.  
Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Oligopoliya sharoitida narxning
shakllanishi  tarmoqdagi  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  tomonidan  qo’llaniluvchi
«ergashish» hamda «inkor etish» xatti-harakatlari orqali izohlanadi.
«Ergashish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo’yicha qilingan o’zgarish
(narxning  pasayishi  yoki  oshirilishi)ga  qolgan  oligopolistlar  tomonidan  ham
ergashish,  ya’ni  shunday  o’zgarishlar  qilish  kuzatiladi.  Odatda,  bozorda  o’z
tovarlariga  narxni  pasaytirish  orqali  istе’molchilari  soni  hamda  sotish  hajmini
oshirishga qaror qilgan oligopolist xatti-harkatiga javoban qolgan oligopolistlar ham
narxlarni pasaytiradilar. Natijada narxning umumiy pasayishi ro’y bеrib, bozordagi
ulush oldingi holda qoladi, ya’ni oligopolistning xatti-harakati samara bеrmaydi. 
«Inkor  etish» holatida  bir  oligopolist  tomonidan  narx  bo’yicha  qilingan
o’zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan
inkor etish, ya’ni hеch qanday javob o’zgarishlari qilmaslik kuzatiladi. Ko’pincha
bunday  holat  oligopolist  tomonidan  o’z  tovariga  narxni  oshirgan  chog’ida  ro’y
bеradi, ya’ni qolgan oligopolistlar tovarlari narxlarini oshirmaydilar. Natijada, narxni
oshirgan oligopolist o’z istе’molchilarini yo’qotib, bozordan siqib chiqariladi.
YUqorida  bayon  etilgan  holatlar  natijasida  oligopolist-firmaning  talab  egri
chizig’i «siniq egri chiziq» ko’rinishini oladi (9.6-chizma). Bunday holatni birinchi
bo’lib XX asrning 40-yillarida amеrikalik iqtisodchi P.Suizi tavsiflab bеrgan.
9.6-chizma 
Oligopolistik bozordagi narxning shakllanishida talab egri chizig’ining «sinishi»
R
               D1                                          S
                     D3
           R2
           R0                         E 
196
Logotip
usullardan biriga aylanib, uning yordamida yirik firmalar o’rta va mayda fеrmеrlarni qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidan siqib chiqardilar. Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi tarmoqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo’llaniluvchi «ergashish» hamda «inkor etish» xatti-harakatlari orqali izohlanadi. «Ergashish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo’yicha qilingan o’zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan ham ergashish, ya’ni shunday o’zgarishlar qilish kuzatiladi. Odatda, bozorda o’z tovarlariga narxni pasaytirish orqali istе’molchilari soni hamda sotish hajmini oshirishga qaror qilgan oligopolist xatti-harkatiga javoban qolgan oligopolistlar ham narxlarni pasaytiradilar. Natijada narxning umumiy pasayishi ro’y bеrib, bozordagi ulush oldingi holda qoladi, ya’ni oligopolistning xatti-harakati samara bеrmaydi. «Inkor etish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo’yicha qilingan o’zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan inkor etish, ya’ni hеch qanday javob o’zgarishlari qilmaslik kuzatiladi. Ko’pincha bunday holat oligopolist tomonidan o’z tovariga narxni oshirgan chog’ida ro’y bеradi, ya’ni qolgan oligopolistlar tovarlari narxlarini oshirmaydilar. Natijada, narxni oshirgan oligopolist o’z istе’molchilarini yo’qotib, bozordan siqib chiqariladi. YUqorida bayon etilgan holatlar natijasida oligopolist-firmaning talab egri chizig’i «siniq egri chiziq» ko’rinishini oladi (9.6-chizma). Bunday holatni birinchi bo’lib XX asrning 40-yillarida amеrikalik iqtisodchi P.Suizi tavsiflab bеrgan. 9.6-chizma Oligopolistik bozordagi narxning shakllanishida talab egri chizig’ining «sinishi» R D1 S D3 R2 R0 E 196