Ilmiybaza.uz
NEMIS BOLALAR ADABIYOTI. RUS BOLALAR ADADBIYOTI
Reja:
1. Nemis bolalar adabiyoti. Aka-uka Grimmlar yaratgan ertaklarda ilgari surilgan
g‘oyalar.
2. Aleksandr Sergeyevich Pushkin yaratgan ertak-dostonlarda ilgari surilgan
g‘oyalar.
3. Nikolay Alekseyevich Nekrasovning bolalarga atab yaratgan asarlarining o‘ziga
xos xususiyatlari.
4. Lev Nikolayeyevich Tolstoy tomonidan yaratilgan "Yangi alifbo" asari haqida.
5. Korney Ivanovich Chukovskiy ertak-dostonlarida ilgari surilgan g‘oyalar.
6. Samuil Marshak she’riy ertaklari tahlili.
Ilmiybaza.uz
MAVZUGA DOIR TAYANCH TUSHUNCHALAR: seminariya, qirollik,
kosmiksvilizatsiya, novella, sarchashma, arxaik, antik, slavyan, vizantiya, grek,
monolog, dialog, alifbo-kitob, alifbo-yozuv, sentimentalizm, lubochnaya, lubka,
gravyura, taxtakach, masal, grammatika, miniatura, ertakonasujet, mozaika,
badiiysayqal, ertakshunos, germanistika, naturmort, illyustratsiya, mifologiya.
Aka-uka Yakob (1785-1863),Vilgelm (1786-1859) Grimmlar ikki yuz
yildan ko‘proq vaqt ilgari Xanau shaharchasida, hurmatli byurgaerlar oilasida (bu
nasldan ko‘pgina taniqli huquqshunoslar va ruhoniylar yetishib chiqqan) Filipp
Vilgelm Grimm va uning ayoli Doroteyalar nikohidan dunyoga keldi. Tez orada
butun oila-o‘rmonli tog‘lar bilan o‘ralgan, tinch osuda shaharcha –Shtaynauga
ko‘chib o‘tishdi.
Oila kattagina edi: besh bola va Lotti ismli kichik qizaloq. Bu oilada barcha
g‘ayritabiiy ravishda mehnatsevar edi.Va barcha bir-birini sevar, hurmat qilardi.
Lekin ular orasida bir yosh farq bilan Yakob va Vilgelm o‘zgacha mehr bilan bir-
biriga bog‘langan edilar. Yoshlik chog‘laridanoq – aka-uka Grimmlar juftligi
tug‘ilgan edi. Taqdir ularga uzoq hayotni o‘lchab bergan edi. Va ular o‘zlarining
keksalik chog‘larigacha bu mustahkam bog‘liqlik hamda mehr-oqibatni tark
etishmadi.
Yakob 11 yoshga to‘lganda ular otalaridan ajrab qolishdi. Bola oila boshlig‘i
bo‘lib qoldi. U otasi tobuti oldida bolalarcha to‘xtamay yig‘lar, ammo umuman
kattalarcha hamda qat’iylik va iroda bilan endi kichik ukalarining, mitti qizaloq
Lottining, g‘amdan gavdasi bukilgan bechora onasining eng katta g‘amxo‘ri,
tayanchi o‘zi ekanligini anglagan edi.
Keyin Kasselda gimnaziyada o‘qidi. Belgilangan sakkiz yil o‘rniga –
tig‘izlashtirilgan to‘rt yil ichida aka-ukalar o‘qishni bitirib, Marburg universitetiga
o‘qishga kirishadi.Universitetda ular qadimgi olmon she’riyati, runalari bilan
qiziqib, shu qiziqishlarini umrlarining oxirigacha olib borishdi.
Ilmiybaza.uz
Universitetni tugatgach, Grimmlar Kasselga qaytishadi.Va shu yerda katta bo‘ron
boshlandi: Napoleon armiyasi Olmoniyaga bostirib kirdi. Fransuz hukmronligi –
begona odamlar, begona urf-odatlar, shaharning harbir burchagidan eshitilib turgan
begona so‘zlashuv Olmoniyaga, uning tiliga, urf-odatlariga, tabiatiga, adabiyotiga
mehr qo‘ygan o‘spirinlarni qattiq iztirobga solardi. O‘z xalqining tushgan ruhiyatini
ko‘tarish, yurakni ezadigan sukunatga chek qo‘yish ilinji yosh olimlarni nemis xalqi
tarixi va adabiyotiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirdi. Aka-uka Grimmlar
vaqtlarini kutubxonalarda noyob qadimgi olmon manuskriptlarini (qo‘lyozmalarni),
masalan, nemis adabiyotining birinchi yodgorligi “Xildebran haqida qo‘shiq” asarini
o‘rganib, qadimgi nemis she’riyati to‘plamlarini chop etishdi. Bu bilan ular xalq
yuragining tubida mudrab yotgan qadimgi hikmatlarni qayta tiklash maqsadlarini
amalga oshirishdi. Ammo bular faqat yozma manbalar bilan bog‘liq edi. Ularni esa
yana yiroqroq manzillar – xalq qalbining tubi, zamonlarning eng qadimi
qiziqtirayotgan edi. Va ular shu niyat bilan folklorga murojaat qilishdi. Aka-uka
Grimmlar o‘zlarining harakatdagi faoliyatlari – ertaklar to‘plash bilan mashg‘ul
bo‘ldilar.
Birinchi mustaqil topilmalar 1807-yilga taalluqli bo‘lib, ular Kasseldagi ikki
oila: Vildlar va Xassenpfluglar bilan bog‘liq. “Boshmaldoq – bola”, “Aqlli Gretel”,
“Navqiron Pahlavon”, “Oq kabutar”, “Mushuk va sichqonning do‘stligi”, “It va
chumchuq” kabi ertaklar Vildlar va Xassenpfluglar oilasi a’zolaridan yozib olingan
to‘plamlar sirasiga kiradi. To‘plamlarning jamlanishida o‘zining katta hissasini
qo‘shgan dorifurush Vildning beshinchi qizi Ganriett Doroteya Vild, keyinchalik
Vilgelmning turmush o‘rtog‘i (Yakob umrining oxirigacha ham uylanmagan) haqida
albatta aytib o‘tish joiz. Doroteya aka-uka Grimmlarga “Ganzel va Gritel”, “Yerto‘la
bekasi”, “Kuylaydigan danakcha” kabi ertaklarni taqdim etdi. Askarlarning
achinarli, nochor-kambag‘allikdagi hayotlari, kamsitilgan shaxsiyatlari haqida
so‘zlab beruvchi Grimmlarning qayg‘uli ertaklari qariya Krauze bayonidan yozib
olingan.
“Bolalar va oilaviy ertaklar” kitobiga Grimmlar ukasi Lyudovik tomonidan
illyustratsiyalar chizilgan. U 20-dekabrda – Rojdestvo bayrami arafasida kitobxonlar
Ilmiybaza.uz
qo‘liga tegdi va eng katta sovg‘a bo‘ldi. To‘plamning shon-shuhratiaka-uka
Grimmlargauning ikkinchi qismini ham to‘plab, chop ettirishga ruhlantirdi. Ikkinchi
kitob nashrdan chiqqach, Grimmlar qo‘lida yana anchagina ertaklar yig‘ilib qoldi va
ular uchinchi kitobni bosmadan chiqarishni taxmin qilishdi, ammo keyinchalik
o‘zlarining fikrlaridan qaytib, ikkinchi qismning keyingi nashrida yig‘ilib qolgan
ertaklarni qo‘shib chop etishni ma’qul topadilar. Nihoyat, 1812- yilda Grimmlar
tomonidan yaratilgan ertaklarning birinchi jildi, 1815-yilda ikkinchi jildi, 1822-yilda
esa har ikkala jildni umumlashtiruvchi uchinchi jildi e’lon qilingan. Grimmlar
bisotida jami 200 dan ortiq ertak mavjud edi. Shu o‘rinda savol tug‘ilishi tabiiy:
xo‘sh, aka-uka Grimmlarning ertaklari – bu haqiqiy ijodiy asarlarmi yoki xalq
og‘zaki ijodining shunchaki bayoni – yozma ko‘chirmasimi? Darhaqiqat, aka-
ukalar, ayniqsa, Yakob ertaklarni o‘z aslicha, xalqchil bo‘lib qolishining tarafdori
bo‘lgan; shunga ko‘ra, ularni qayta bayon etilishida tuzatish kiritmaslik, zamonaviy
ko‘rinishda tabdil etmaslik, yoki ijodkor didi bilan yo‘g‘rilmagan bo‘lsin, degan
fikrida qat’iy turgan. Vilgelm esa olimdan ko‘ra, ko‘proq shoir tabiatligi uchun
ertaklarga badiiy sayqal berish tarafdori bo‘lgan. Shubhasiz, bunday ikki xilda fikr
yuritish foydadan xoli bo‘lmagan. Natijada, Grimmlar ertaklari o‘zlarining
xalqchilligini yo‘qotmagan holda muallif she’riy uslubining birligini saqlab qolgan.
Shu tariqa, aka-uka Grimmlar ertaklari hali-hanuz dunyo kezmoqda va jahon
bolalarining maroq bilan o‘qiydigan asarlari turkumiga kiradi. Jumladan,
Grimmlarni dunyoga mashhur bo‘lgan “Zolushka”, “Qor qiz” ertaklarining
qahramonlari hammadan turtki yeydigan, so‘kish eshitadigan va eng past holda qiyin
yumushlarni bajaradigan qizlar bo‘lib, ertak davomida o‘zlarining halol mehnatlari,
oqko‘ngilliklari tufayli baxtli bo‘ladilar. Xususan, “Yalqov Geys”, “Gansning
baxti”, “Botir tikuvchi”, “Yosh pahlavon”, “Bremen musiqachilari” kabi ertaklari
o‘zbek bolalar kitobxonlarining mulkiga ham aylana oldi. Grimmlar ertagining
umumahamiyati shundaki, ularning qahramonlari har qanday og‘ir, qaltis
vaziyatlarda ham o‘zlariga chora topa oladi, tadbir izlaydi. “Tulki bilan g‘ozlar”
ertagi shu jihatdan ahamiyatli. Unda hiyla va makr ishlatishga usta tulki obraziga
tadbirkor g‘ozlar timsoli qarshi qo‘yiladi.
Ilmiybaza.uz
Tulki o‘tloqda yurgan g‘ozlarni yemoqchi bo‘ladi. Ular o‘limlari oldidan bitta
qo‘shiq aytib, so‘ngra tulkiga yem bo‘lishlarini so‘raydi. Ammo uzundan uzoq “g‘a-
g‘a”lari tulkini zeriktiradi, uning tinka-madorini quritadi, axiyri g‘oz-o‘ljadan voz
kechishga majbur bo‘ladi.
Bundan tashqari, aka-ukalar “Nemis grammatikasi”ni, keyinchalik nemis
mifologiyasi maktabiga asos bo‘lgan – “Nemis mifologiyasi”ni chop etishadi.
Umrlarining so‘nggida aka-uka Grimmlar Berlin universitetida ma’ruzalar
o‘qiydilar hamda nemis tili lug‘atini tuzish ustida ishlaydilar. Ikki buyuk olim,
tilshunos, adabiyotshunos, buyuk ertakchilar yashab o‘tgan Kassel shahrida muzey
tashkil qilinib, ularning shaxsiy buyumlari, dunyoda yuzdan ortiq tillarga tarjima
qilingan kitoblarining nusxalari, ukalari Lyudvigning san’at asarlari ehtiyotkorona
saqlanib kelinmoqda.
Aleksandr Sergeevich Pushkin (1799-1837) ta’lim-tarbiyasida Yevropa
madaniyati, fransuz Uyg‘onish davri adabiyoti ta’siri katta. U bolaligidan fransuz va
rus tillarida erkin so‘zlasha olgan. Bo‘lajak shoir litseydagi talabalik davridayoq
antik adabiyotning mumtoz hamda Yevropa yozuvchilarining asarlarini sevib o‘qish
bilan birga, rus klassiklarining kitoblarini ham sevib mutolaa qilgan. Qadimgi rus
adabiyoti unga kam tanish bo‘lsa-da, ammo uning estetik jihatdan shakllanishida
xalq folklori eng katta ta’sir ko‘rsatgan. Pushkin davrida, hatto dvoryanlar oilalarida
ham, ertaklar aytish urf bo‘lgan. Shoir bolaligida ertaklarni o‘z enagasi Arina
Rodionovna Matveevadan, buvisi Mariya Alekseevna Gannibaldan, uy xizmatchisi
Nikita Kazlovdan hamda Moskva yaqinidagi Zaxarova qishlog‘ining dehqonlaridan
eshitganligini ko‘p ta’kidlaydi. U Ukrainada janubda, Nijegorod shahridagi
Boldinoda, Janubiy Ural va Orenburg tomonlarda bo‘lib ertaklar, maqollar, matallar,
qo‘shiqlar eshitgan va yozib olgan. Pushkin ijodida bolalar mavzusi kam uchraydi.
Faqatgina uncha katta bo‘lmagan “Go‘dakka” (1824), “Go‘dakka epitafiya” (1828)
(epitafiya – qabr toshi ustidagi bitik) she’rlari bevosita bag‘ishlovdir. Ammo uning
ko‘pgina lirik she’rlari, doston va adabiy ertaklari bolalar kitobxonligida mashhur.
Shu sababli Tvardovskiy haqli ravishda, u bizning hayotimizga bolaligimizning ilk
davrlaridan boshlab kirib keladi va umrimizning oxirigcha bizni hech qachon tark
Ilmiybaza.uz
etmaydi, degan edi.Muhimi, Pushkin yangi rus adabiyotini realistik va xalqona
tamoyillar bilan boyitdi. U“Ruslan va Ludmila” dostonini yozishni o‘n yetti yoshida
boshlab, yigirma yoshida tugatadi. Shoirning ana shu ilk ijod namunasidayoq ertak
ajoyibotlari olami mavjud. Bu bir necha yuz yillardan buyon o‘quvchilarni doimo
o‘ziga rom etib kelayotir. “Ruslan va Ludmila” dostonining mashhur muqaddimasi
kitobning ikkinchi nashri (1828-yilda) bilan paydo bo‘ldi va u mustaqil asar deb
talqin qilinadi.
Muqaddimaning asosiy qahramoni qo‘shiqchi hamda ertakchi bo‘lgan
“Bilimdon Mushuk” (“Kot uchyoniy”). Muallifning ertakona sujet mozaikasini
oldindan berishi bejiz emas, bunda qo‘shiqlar hamda ertaklar qanday dunyoga
kelishi, inson tomonidan o‘ylab, to‘qib bo‘lmaydigan g‘ayritabiiy xalq g‘oyalari sirli
rishtalar bilan bog‘langani anglashiladi. Shu sabablishoiro‘sha sirli manzil (Yashil
eman daraxti o‘sayotgan Dengiz bo‘yi)da ertaklar eshitganini, shu jumladan “Ruslan
va Ludmila” ertagini ham tinglaganini muqaddimada ta’kidlaydi. Ajoyibotlarning
tasviri go‘zal suv parisi va suv alvastisi, yovuzkuchlar(demonologiyadan),ya’ni xalq
ishonadigan qahramonlar talqinidan boshlanadi. Keyin misli ko‘rilmagan olam
tasvirlanadiki, buni to‘qima yo haqiqiyligi anglash qiyin. “Ko‘z ko‘rib, quloq
eshitmagan yo‘lakchalarda misli ko‘rilmagan hayvonlarning oyoq izlari...” Va shu
zahotiyoq, notanish manzarani haqiqiy rus ertagi sujeti egallaydi: “U yerda, eshiksiz,
derazasiz tovuq oyoqli kulbacha...” xalq ijodida o‘tloq va o‘rmon orasidagi chegara
ma’nosini anglatuvchi, ya’ni ikki qirollik orasidagi chegara – qahramon oilasi
yashaydigan odamlar qirolligi hamda yovuzlik hukmronlik qiladigan “boshqa”
O‘lmas Kashshey istiqomat qiladigan personajlar tasviri. “U yerda o‘rmon va
mo’jizalar to‘la maydoncha...” - shoir sirli tabiat bilansehrli g‘oyalarning
bog‘liqligini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi, so‘ngra esa dengizdan ajoyibotlarni paydo
bo‘lishini “ko‘rsatadi”: “U yoqda tongdan to‘lqinlar xabar berar, Va o‘ttiz uchta
pahlavon o‘zlarining dengiz bobolari bilan birin-ketin suvdan chiqib, kimsasiz va
qumloq sohilda saf tortib turar”...O‘quvchi endi haqiqatdan shahzodani ham,
maftunkor shohni ham, pahlavon bilan uchib yurgan jodugarni ham, yovuz bo‘ri
bilan malikani ham ko‘rishga tayyor. Va nihoyat, xalqning oddiy taxayyulidan
Ilmiybaza.uz
paydo bo‘lgan eng buyuk qahramonlar – Yalmog‘iz kampir (Baba Yaga) hamda
o‘lmas podshoh Kashshey (Tsar Kashey) paydo bo‘lishadi. “U yerda rus ruhiyati....
U yerda Rus ufurib turibdi!” - shu tariqa, shoir tomonidan olib chiqilganrus xalq
ertagiga oliy baho beriladi. “Men ham u yerda bo‘ldim, bol ham tatidim...”Shoir xalq
folklori xotimasini so‘zma-so‘z bayon qilib,o‘zining ijodining sarchashmasi xalq
she’riyatidan olinganligini barchaga ayon qiladi. Shu tariqa, Pushkin ertaklarni
yuqori adabiy janrlar bilan bir qatorga qo‘yadi. Shoir nigohida ularning har biri
butun birdoston. Binobarin, bolalar kitobxonligi doirasiga kiruvchi “Pop va uning
xizmatkori Balda haqida ertak” (1831), “Shoh Saltan, uning shavkatli va pahlavon
bahodir o‘g‘li knyaz Gvidon”, “Oqqush malika haqida ertak”, “Baliqchi va baliq
haqida ertak” (1831) kabi o‘nlab ertaklar shoir ijodining eng gullab yashnagan,
mashhur asarlari yaratilgan vaqtda yozilgan. Bularning barchasi Pushkinning xalq
og‘zaki ijodiga yuksak munosabatini ko‘rsatadi. Shunisi e’tiborliki, Pushkinning
ko‘pgina ertaklari jahon xalq ertaklari sujeti asosida yozilgan. Jumladan, uning
“Baliqchi va baliq haqida ertak”i nemis ertakshunoslari aka-uka Grimmlarning
“Baliqchi va uning xotini” ertagi sujetiga monand. Yakob va Vilgelm Grimmlar
ertagi 1815-yilda nashr qilingan “Bolalar va oilaviy ertaklar” to‘plamida chop
etilgan. Grimmlarning ertagi V.A.Jukovskiy tomonidan 1826-yilda rus tiliga tarjima
qilingan va “Detskiy sobesednik” jurnalida chop etilgan. Aytish mumkinki,
Pushkinijodida ularning alohida ta’siri bo‘lgàn. Natijada, bir xil sujet asosida
yozilgan ertaklarlarning o‘ziga xos mushtarak va farqli xususiyatlarini kuzatish
mumkin. Aka-uka Grimmlar ertagining G.Petnikova tomonidan rus tiligaqilingan
tarjimasi
nasriy
bayonga
ega
va
unda
baliqchichol
kambala-
baliqlarningshahzodasini tutadi; undan avval yangi uy, qasr so‘raydi. So‘ngra
kampir malika, imperator, rim papasi bo‘lishni orzu qiladi. Barcha tilaklari amalga
oshgan kampir endi quyoshva oyning chiqishi-yu botishini o‘zi belgilamoqchi, xudo
darajasiga ko‘tarilishni istaganda, eski uyiga qaytib qoladi. Pushkin esa
ertaknixalqona uslub, qofiyasiz she’r shaklida yozadi. Bu vazn ertak hikoyasiga
musiqiylik baxsh etgan. Vaznga mos tarzda unda ma’naviy-falsafiy mazmun ham
mavjud. Chol oltin baliqdan avval yangi tog‘ora, so‘ngra uy, keyin qasr so‘raydi.
Ilmiybaza.uz
Malikaga aylangan kampiri dengiz hukmroni bo‘lishni xohlab, cholni haydaganda
eski uycha va teshik tog‘ora qaytib oldida paydo bo‘ladi. Demak, Grimmlar ertagida
bitta istak ziyod bo‘lishdan tashqari, siyosiy hayot va davlat boshqaruviga daxldor
shartlar qo‘yilgan. Chol ham o‘z kampirining har bir xohishiga qarshi borib, uni
insofga chaqirishga harakat qiladi,baliqni boshqa bezovta qilmaslikni so‘rab,
yalinib-yolvoradi. Shunga o‘xshash, chol-kampir munosabatida muloyimlik, har bir
orzu ro‘yobga chiqqach, kampirning cholga nisbatan mehri iyib, “Ko‘ryapsanmi,
qanday yaxshi?”, “Ha, nima axir, bu ajoyib-ku?”, – degan iqrorlari ko‘zga
tashlanadi. Ya’ni, ertak qahr-g‘azabdan xoliroq va xalqning shunchaki
xayolparastlik tuyg‘usiga monand. Kampir boy-badavlat, hatto, “imperator” va
“Rim papasi” bo‘lganda ham o‘z choliga munosabati o‘zgarmagan. U bilan
odatdagidek muomala qiladi, yashaydi...
Pushkin ertagi variantida esa real hayot manzaralari ustuvor. Kampir har safar
cholni “Eh, sen ahmoq, sodda chol, qani, jo‘na dengizga!”, – deb so‘kadi.Va har gal
orzusi ro‘yobga chiqqach, tag‘in-da darg‘azab bo‘lib, cholni haqoratlaydi hamda
unga xizmatkoridek munosabat ko‘rsatib, haydab soladi. Chol ham “la’nati
kampir”ga qanday chora ko‘rishni bilmaydi. Aslidau oltin baliqchani hech ta’masiz
qo‘yib yuborgan edi(“Tangri yoring bo‘lsin, baliqcha”). Shu sababli baliq ham
cholga har gal minnatdorlik yordamini ado etadi: “Qayg‘urmagil, tangri yor
bo‘lsin!”. Kampir esa oltin baliqchagao‘zining ushalmas orzularini ro‘yobga
chiqarish vositasi sifatida qaraydi. U dastlab o‘zini zarur narsalarnigina
istayotgandek tutadi, keyin esa ko‘proq va yana mo‘lroq narsalar xohlaydi.Zero,
kampirga hokimyatning tashqi ko‘rinishi kifoya qiladi, u zodagonlik va qirollik
xizmatining ichki mazmun-mohiyatini tushunmaydiva istamaydi ham. Bu oddiy
xalq nazdidagi “hokimiyat ahlining boy, farovon hayot kechirishi”ga oid sodda
fikrlashining ifodasidir. Ertakning asosiy g‘oyalaridan biri – “buyuk” vazifalarni
bajarishni da’vo qilishdan ko‘ra, har kim o‘z kuchi etadigan ishni (masalan, kampir
ipini yigirishi, chol to‘rida baliq ovlashi) bajarishi yaxshiroq ekanligidir.
Dengiz Pushkin uchun doimo erkin odatlar, ya’ni o‘ziga xos olam, har xil
chegaralardan xoli o‘zgacha dunyo sifatida qarab kelingani e’tiborga olinsa, ertakda
Ilmiybaza.uz
insoniyatning boylik va mansabcho‘qqilari sari intilish kuchi yoki uni o‘ziga maftun
qilib, domiga tortayotgan orzu-istaklar ko‘proq yerga xosligi anglashiladi. Insonning
ochko‘zligi va ahmoqligi tufayli tabiatdagi mutanosiblik buzilishini shoir teran his
qiladi. Shu sababli, ertak oxirida barcha narsalarning tartibi o‘z o‘rnini topadi: chol
o‘z kampirini o‘sha yerto‘la va teshik tog‘ora oldida ko‘radi. Muammo yechimi –
aqlsizlikning mag‘lub bo‘lishi. Bu jihatlar har ikkala ertak varianti uchun daxldor
bo‘lsa-da, Pushkino‘z ertagida keskinlikni oshiradi. Bunda kampir shafqatsiz, qahrli
va xudbin tasvirlangan. Cholning g‘azabi, kinoya va pichinglari ham shunga yarasha
dag‘al. Demak, bir xil sujetga ega ertaklarning talqinida har bir xalqning qarashlari,
ijtimoiy turmush tarzi, voqelikka munosabati turlicha aks etadi. Aytish mumkinki,
A. S.Pushkin ertagida ijodiy g‘oya, badiiy sayqal va real davr voqeligi yorqinroq
ko‘rinadi. Va bu shoir asarlarining sarchashmasi xalq ijodiyoti ekanidan dalolat
berish bilan birga, unga ijodiy yondashganligini e’tirof etadi. Zero, uning yosh
yozuvchilarga ko‘proq ertaklar o‘qishni maslahat berishibejiz emas.
Tolstoy Lev Nikolayevich (1828-1910) rus yozuvchisi. Rossiyadagi qadimiy
dvoryanlar sulolasidan, Qozon universitetining arab-turk va huquqshunoslik
fakultetlarida o‘qigan. 1851-53-yillarda Kavkazda bo‘lib, janglarda ishtirok etgan.
1855-yilda Peterburgga borib, N. A. Nekrasovnnng “Sovremennik” (“Zamondosh”)
jurnali va jurnal atrofidagi yozuvchilar (I. S. Turgenev, I. A. Goncharov, N. G.
Chernishevskiy va b.) bilan hamkorlik qilgan. Bolalik kezlarida rus va arab xalq
ertaklari, A.S.Pushkin she’rlari, shuningdek, Yusuf haqidagi Injil rivoyati ta’sirida
she’rlar yozgan. Birinchi yirik asari – “Inson kamolotining to‘rt davri" avtobiografik
asari (“Bolalik”, 1852; “O‘smirlik”, 1852-54; “Yoshlik”, 1855-57; “Yigitlik”,
yozilmay qolgan). Urush lavhalari va askarlarning maishiy turmushi Tolstoyning
“Sevastopol hikoyalari” (1855) to‘plamiga kirgan hikoya va ocherklarida o‘z
ifodasini topgan.
50-yillar Tolstoy ruhiy hayot lavhalari va maishiy turmush tafsillarini tarixiy
voqealarning keng manzarasi, hayotning axloqiy-falsafiy asoslari tasviri bilan
uyg‘unlashtirishga harakat qiladi.
Ilmiybaza.uz
Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rinolgan “Urush va
tinchlik” (1863-69) epopeyasi Tolstoyning 60-yillarda ijodiy kamolotga
erishganidan shahodat beradi. Ayrim adabiyotshunoslar garchand bu asarni
Tolstoyning o‘z davri muammolaridan qochishi, deb baholagan bo‘lsalarda,
yozuvchi “Urush va tinchlik” romani bilan o‘z davrida ro‘y bergan va o‘zi shaxsan
guvoh bo‘lgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u Napoleonning
1805-07 va 1812-14 yillardagi harbiy yurishlari mavzuiga murojaat etib, ko‘plab
qahramonlar ishtirok etgan epik voqealar bilan birga qahramonlarning ruhiy
tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uyg‘unlashgan tarixiy roman janrini yaratdi.
Holbuki, 19-asr o‘rtalarida epik asarlar davri o‘tdi, degan fikrlar keng tarqalgan, 60-
yillarda rus jamiyatida kuch ola boshlagan sinfiy ziddiyat va kurashlar esa “Urush
va tinchlik”dek epopeyaning maydonga kelishi uchun unumli zamin bo‘la olmas edi.
1812- yildada Rossiyaning Napoleon qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi
mumkinligi bir-biri bilan kelisha olmagan turli tabaqa va sinflarni dushmanga qarshi
kurashshiori ostida birlashtirdiki, Tolstoyning rus xalqi ongidagi ana shu
uyg‘onishga murojaat etishi “Urush va tinchlik” romanining yuzaga kelishi uchun
hayotbaxsh zamin vazifasini o‘tadi.
Tolstoyning 70-yillar ijodida “Anna Karenina” romani alohida mavqega ega.
“Urush va tinchlik”dan bu romanni yozguniga qadar bo‘lgan davrda Tolstoyning rus
jamiyatidagi ijtimoiy tenglik va adolat to‘g‘risidagi orzu umidlari ro‘yobga
chiqmadi. 60-yillardagi islohot yozuvchi kutgan natijani bermadi. Mazkur romanda
Tolstoyning jamiyat hayotida kechayotgan noxush jarayonlar haqidagi iztirobli
o‘ylari aks etdi. Romanda Kareninlar, Oblonskiylar va Levinlardan iborat 3 oilaning
bir-biri bilan chatishgan, ammo mustaqil sujet chizig‘iga ega bo‘lgan tarixi tasvir
etilgan. Tolstoy aksar rus yozuvchilaridek, nasroniy diniga katta e’tiqod qo‘ygan,
hayotda ro‘y berayotgan voqealarga va kishilarning xatti-harakatlariga ham shu din
nuqtayi nazaridan yondashgan. Uning diniy qarashlari jamiyat va shu jamiyatda
yashovchi kishilarga, binobarin, u yoki bu qahramoniga bo‘lgan munosabatiga,
shak-shubhasiz, ta’sir o‘tkazgan. Tolstoyning oila masalasiga, chunonchi,
Kareninlar oilasida sodir bo‘layotgan voqealarga yondashuvida ham diniy qarashlari
Ilmiybaza.uz
seziladi.U jamiyat a’zolarida qanday chirkin xislatlar mavjud bo’lmasin, kishilar
diniy qonun-qoidalar doirasida harakat qilishlari lozim, aks holda jamiyat halokat
sari boradi, degan fikrdan kelib chiqib, qahramonlar obrazini yaratadi.
70-yillarda ruhiy iztirob iqlimida yashagan Tolstoy o‘z hayot yo‘lini qayta
nazardan o‘tkazdi va shu jarayonda ijtimoiy kelib chiqishi, tarbiyasi va hayot yo‘li
bilan bog‘liq jamiyat qatlamining ma‘naviy asoslari yolg‘onga asoslangan, degan
xulosaga keldi. Uning bunday qarashlari “Iqrornoma” (1880) va “E’tiqodim
nimada?” (1884) asarlarida o‘z ifodasini topdi.
Tolstoyning bolalar uchun yozgan qator hikoyalari Saidrasul Aziziy (“Ustodi
avval”, 1902), Aliasqar Kalinin (“Muallimi soniy”, 1903), Abdulla Avloniy
(“Birinchi
muallim”,
1909;
“Ikkinchi
muallim”,
1912)
singari
jadid
ma’rifatparvarlarining o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarida e’lon qilingan hamda
usuli savtiya maktablarida o‘qitilgan.
Korney
Chukovskiy
(1882-1969)XX
asr
bolalar
adabiyotining
asoschilaridan biri, 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar psixologiyasining
tadqiqotchisi. Bundan tashqari u ajoyib adabiy tanqidchi, tarjimon, adabiyotshunos
olim ham bo‘lgan. “Men bolalarni o‘rganishga ahd qildim… Bir vaqtlar xalqqa
qaytganlaridek men ham “bolalikka qaytishga” qaror qilib, kattalar jamiyati bilan
munosabatimni deyarli uzdim va uch yoshli bolalar bilangina muloqotga kirishdim”,
– deb yozgan edi Chukovskiy o‘zining kundaliklarida. Rus bolalar adabiyotining
ulkan daholaridan biri Korney Chukovskiy yirik yozuvchi, shoir, taniqli olim, mohir
tarjimon sifatida tanilgan so‘z ustasi edi. U o‘z asarlarida bolalarga xos ajoyib
xislatlarni – rahmdillik va insoniylik, do‘stlik va birodarlik, yovuzlikka nisbatan
shafqatsizlik, vatanparvarlik kabi fazilatlarni targ‘ib etadi. K.Chukovskiy bolalar
uchun asarlar yaratish, ijod qilishni o‘zi uchun katta baxt deb biladi.
Chukovskiyning dastlabki “San’at nima?” maqolasi 1901-yilda “Odisseykie
novosti” gazetasida bosilib chiqqan. 1903-yilda u gazeta muxbiri sifatida Angliyaga
boradi. Londonda xizmat qila boshlaydi. Lekin bu yerdagi faoliyati uzoq davom
etmaydi. Gazeta unga maosh to‘lamay qo‘yadi. U Britaniya muzeyiga ishga kirib,
tirikchilik o‘tkazishga majbur bo‘ladi.
Ilmiybaza.uz
1905-yilda K.Chukovskiy Odessaga qaytib keladi va bu yerda “Signal” degan
jurnal chiqara boshlaydi. Jurnal sahifalarida chor hukumati siyosatiga qarshi
materiallar bosilganligi uchun uni sud qilishadi.
Keyingi yillarda u bolalar adabiyoti bilan mashg‘ul bo‘ladi, bolalar adabiyoti
to‘grisidagi ko‘plab maqolalar yozadi, 1907-yilda “Bolalar tili” asari maydonga
keladi. Adib tanqidchi sifatida o‘sha davrda mashhur bo‘lgan ba’zi yozuvchilarning
soxta iste’dodlarini tanqid ostiga ola turib: “qaysi bir bola shu narsani tushunishi
mumkin, bu yerda zarracha ham qalb, ruhiyat ifodasi ko‘zga tashlanmaydi, faqatgina
vintchalar, prujinkachalar, g‘ildirakchalar…” deb yozadi Charskaya haqida.
Muallifning 1911-yilda “Onalarga bolalar jurnallari haqida” deb nomlangan kitobi
nashrdan chiqadi. Unda “Zadushevnaya slovo” jurnalini qattiq tanqid ostiga olib, uni
bolalarning yosh xususiyatlarini bilmasdan turib, kichik kitobxonlarga muhrlangan
dahshatlarni, o‘zini yo‘qotishlarni, behushliklarni, vasvasa, yomonliklar bilan
bog‘liq bo‘lgan “qahramonlik”larni targ‘ib qilishni fosh etadi. Tanqidchi
“Zadushevnaya
slovo”
jurnaliga“
Yunaya
(Navqiron)Rossiya”,“Rodnik”
(“Chashma”),“Semya i shkola” (“Oila va maktab”), “Yuniy chitatel” (“Yosh
kitobxon”) jurnallarini qarama-qarshi qo‘yib, “Bu yerda bola bilan ohista va
tetikso‘zlasha turib, uni sevishadi va hurmat qilishadi, aldashmaydi va uning oldida
tovlanishmaydi, deb yozadi, ammo ular ham bolani bilishmaydi hamda
tushunishmaydi”.
Chukovskiyning ta’kidlashicha, bola o‘zining dunyosini, o‘zining mantiqini,
o‘zining astronomiyasini yaratadi, agar kim u bilan muloqotga kirmoqchi bo‘lsa,
uning olamiga kirishi hamda u yerda yashashi lozim. Bolalar – o‘ziga xos devonalar,
chunki aniq va mustahkam voqea-hodisalar ular uchun sho‘x quvnoq va o‘tuvchan.
Yo‘q, bolalar jurnalining vazifasi umuman bunda emas, ya’ni bolalarni bolalar
aqlsizligidan davolashda emas, ular o‘z vaqtida bizning yordamimizsiz ham
o‘zlarini davolab oladi, gap shundaki, bu aqlsizlikning ichiga kirib olishda. Bu
antiqa, hayratlanarli, go‘zal, umuman boshqa dunyoga kirib yashashda hamda
bolalar bilan ularning tilida, o‘sha boshqa olam tilida so‘zlashishda, ularning
Ilmiybaza.uz
qiyofalarini o‘zida qabul qilishda hamda o‘ziga xos mantiqini tushunishda (chunki
bu olamning mantiqi o‘zgacha)”.
Ko‘pincha bolalar poeziyasiga she’rni tushunmaydiganlar, yoki bolalarni
tushunmaydiganlar, ba’zida esa unisini ham, bunisini ham-na she’rni, na bolalarni
tushunmaydiganlar kirib kelishadi. Menga bu narsa jinoyatdek tuyuladi. Kattalar
yozuvchisi iste’dodsiz bo‘lsa, bo‘lishi mumkin, ammo lekin bolalar yozuvchisi
iste’dodli, mahoratli bo‘lishi shart. Chukovskiy bolani imkon qadar tezroq katta
qilishga va uni tezroq jiddiylashtirishga harakat qilgan mualliflardan nafratlanardi.
Shuning uchun ham jahon bolalar adabiyotida haliga qadar birorta quvnoq bolalar
kitobi yo‘q. Bola bilan bolalarcha kulish naqadar muhimligini u qayta-qayta
ta’kidlaydi. Chukovskiy bolalarni faqatgina bema’ni narsalar bilan tarbiyalash kerak
degan fikrdan yiroq bo‘lib, “shu bema’ni narsalar olib tashlangan bolalar adabiyoti,
3 va 4 yoshli bolalarning sermahsul instinklari talablariga javob bera olmaydi va ular
foydaliroq bo‘lgan aqliy ozuqadan mahrum qiladi”, – degan fikrni ilgari suradi.
Bolalarga bolalar kitoblari orqali ularning yosh xususiyatlariga to‘g‘ri kelmaydigan
yoki ularga tushunarsiz bo‘lgan narsalarni singdirish – bu ularning kitobxonlikka
bo‘lgan xoxish-istaklarini umuman yo‘q qilib yuboradi.Bu tanqidchining fikricha,
emizikli bolani ona suti o‘rnida majburlab bifshteks bilan boqishga o‘xshaydi.
Chukovskiy har qanday bola ulkan ijodiy imkoniyatlarga, hatto daholikka ega
bo‘lishi mumkin.
Bola ona tili daryosida buyuk zahmatkash kabidir. Chunki u grammatik
shakllar tartibotida hech narsa bo‘lmagandek mo‘ljal oladi, lug‘atni zehn bilan
o‘zlashtiradi, mustaqil o‘qishni o‘rganadi, degan fikrni isbotlab beradi. Kattalarga
esaayniqsa bolalar yozuvchilari va pedagoglariga bolaga ergashish emas, balki bola
bo‘lish kerakligini uqtiradi.
Adibning “Ikkidan beshgacha” kitobining “Bolalar nashrlariga nasihatlar” bobi ana
shunday mulohazalarga boy.Aslida bu kitobni Chukovskiy oltmish yildan ortiq vaqt
mobaynida yozgan. Uning yaratilishi bolalar nutqi haqidagi suhbatdan boshlanib,
vaqt o‘tgan sayin kitob bolaning o‘zi haqidagi, uning ruhiyati, atrof olamni
Ilmiybaza.uz
o‘zlashtirishi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar, uning ijodiy qobiliyatlari haqidagi
fundamental asarga aylandi.
Kitobning “Bolalar shoirlariga o‘gitlar” bobi shunisi bilan diqqatga sazovorki,
unda Chukovskiyning bolalar adabiyoti borasidagi shaxsiy tajribasi, uning
hamkasblari Marshak, Mixalkov, Barto, Xarms, Vedenskiy kabi boshqa ko‘plab
shoirlarning umumlashma qarashlarini o‘zida mujassamlantirgan. Bundan
K.Chukovskiy shunday xulosaga keladi: xalq poeziyasi va bolalarning so‘z
ijodkorligi bitta qonuniyat asosida yaratiladi. Bolalar yozuvchisi xalqdan o‘rganishi
kerak, chunki xalq ko‘p asrlar mobaynida ideal badiiy uslublarni hamda bolaga
to‘g‘ri pedagogik yondashish mahoratini o‘z qo‘shiq va ertaklarida mukammal
ishlab chiqqan. Bolalar shoirlarining ikkinchi o‘qituvchisi – bolaning o‘zi. Ular o‘z
she’rlari bilan bolaga murojaat qilishdan avval ularning didini va ehtiyojlarini
o‘rganib chiqish, unga to‘g‘ri psixologik ta’sir ko‘rsatish malakasini egallashi zarur.
Chukovskiy shoir asari matnining har bir bandida rassom uchun material
bo‘lishga katta ahamiyat bergan. Tasviriy obraz hamda ohang birikib bir butunni
tashkil qilishi, har ikki misradan bitta rasm paydo bo‘lishi kerak. Bunday sifatga ega
bo‘lgan she’rlarni Chukovskiy “grafikali” she’r deb ta’rif bergan bolalar shoirlariga
birinchi o‘git sifatida uqtirgan. Ikkinchi o‘git esa obrazlarning zudlik bilan
almashinishi. Bolalarning ko‘rish qobiliyati narsalarning sifatini emas, balki
ularning harakatiniqabul qiladi, shuning uchun she’r serharakat hamda turli-tuman
personajlarga boy bo‘lishi kerak.
Uchinchi o‘git: bu so‘z tasvirining lirikligiga daxldor. Qo‘shiq va raqs ham
she’r uchun zarurdir. Bolalar o‘zlarini shirin ohanglar bilan ovutishadi, she’rlar bilan
xuddi musiqadek sarmast bo‘lishadi.
Beshinchi o‘git: poetik nutqning yuqori darajada musiqiyligi.
Oltinchi o‘gitga ko‘ra bolalar uchun yozilgan she’rlarning qofiyasi bir-biri bilan juda
yaqin masofada qo‘yilishi kerak.
Yettinchi o‘gitda qofiyadosh so‘zlar she’rning asosiy ma’nosini anglatuvchi
bo‘lishi shart. Chunki aynan shu so‘zlar bolaning diqqat e’tiborini o‘ziga jiddiy jalb
etadi. “Bolalar she’rlarining har bir satri o‘zining shaxsiy hayoti bilan yashashi