NEOLIT DAVRI ARXEOLOGIYASI
REJA:
1. Neolit davri xususiyatlari va xronologiyasi.
2. Yevropa va Rossiya hududida neolit.
3. O’rta Osiyoning neolit davri madaniyatlari (Joytun, Kaltaminor, Sazag'on va
Hisor madaniyatlari).
1
TAYANCH SO'ZLAR
Neolit tushunchasi, neolit kashfiyotlari, tosh quollarning xususiyatlari, maishiy
munosabatlar, Hisor, Kaltaminor, Sazag’on va Jaytun madaniyatlari, Darvoza qir
makoni, Markaziy Farg’ona neolit makonlari, Uchtut shaxtasi.
Neolit davri uzoq davom etgan tosh asrining so’nggi va yakunlovchi bosqichi
hisoblanadi. Neolit yunoncha, «neos» - yangi, «litos» - tosh degan so’zlardan tarkib
topgan bo’lib, u «yangi tosh» davri degan ma’noni anglatadi. Arxeologiya faniga
neolit tushunchasini 1865-yilda ingliz arxeologi Lebbok olib kirgan1. Neolit davri
miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Arxeologlar neolit davrining
boshlanishini sopol idishlar yasashni kashf etilishi bilan belgilaydi.
Neolit davrining ob-havosi hozirgidek bo’lib, iqlim kishilarning keng
hududlarga tarqalishi va joylashishi uchun imkon bergan. Natijada keng hududlarga
o’rnashgan odamlar guruhi turli tabiiy sharoitga moslashgan va alohida madaniyat
yaratgan. Turli geografik muhit va sharoitdan kelib chiqib, ularning mehnat qurollari,
uy-ro’zg’or buyumlari turar joylari va xo‘jaliklari ham har xil shaklga ega bo’lgan.
Bu esa, xo‘jalikning notekis rivojlanishiga sabab bo’ladi. Janubiy o’lkalarning
serhosil yerlarida yashagan kishilar xo‘jalikning dehqonchilik, chorvachilik va
hunarmandchilik shakllarini rivojlantirgan. Bu davr ho’jaligi ishlab chiqaruvchi
xo‘jalik deb atalib, unda nafaqat tabiatdan tayyor mahsulotlar o’zlashtirilgan, balki
chorvachilik va ziroatchilik orqali ehtiyoj uchun qo’shimcha oziq-ovqatlar
yaratilgan. Masalan, hayvonlarni qo’lga o’rgatish orqali chorva mollariga ega
bo’linishi; yovvoyi o’simliklarni madaniylashtirish va boshoqli don ekinlari ekishga
o’tish va hakozo.
Neolit davrida qabilalarning ko’pchiligi o’troq hayot tarziga o’tadi, doimiy
yashash uchun manzillar qura boshlaydi. Manzil va makonlar guvaladan qurilgan
turar joylar shaklida bo’lib, deyarli barcha xalqlarda bu xususiyat ko’zga tashlanadi.
Avvalgidek daydib yurish, yangi-yangi ov makonlari qidirib ko’chib yurishga
1 N.A.Egamberdieva. Arxeologiya. –T.: “Fan va texnologiya”, 2011. –B. 52.
2
barham beriladi. Endi doimiy yerto’lalar, kulbalar yasash, loydan, guvaladan uy
qurish, neolit davri jamoasining asosiy odatiga, turmush tarziga aylanib boradi.
Shunday qilib, doimiy o’troqlik xo’jaligi paydo bo’ladi. Jamiyatda urug’ning
ahamiyati ortib, u o’ziga xos munosabatda namoyon bo’ladi. Neolit davrida urug’
jamoalarining qarorgohlari ham shakllanadi. O’troq hayot tarzi mehnat qurollarining
takomillashuvini tezlashtiradi. Neolit davri kishilari qayerda, qaysi sharoitda
yashamasin, ularning qurollari mezolit davri qurollariga nisbatan rivojlangan.
Kishilik tarixining neolit davri qurollarni ishlash silliqlash, pardozlash, arralash,
parmalash usullarining ixtiro etilishi, ibtidoiy ishlab chiqaruvchi kuchlarning oldingi
davrlarga nisbatan tezroq rivojlanishiga olib keldi. Neolit davrida tosh xom
ashyosining xususiyatlari yaxshi o’zlashtirilishi natijasida shakl va vazifa doirasi xar
xil bo’lgan yangidan yangi mehnat qurollari yaratiladi. Tosh qurollar orasida tosh
boltalar, ponalar, tosh teshalar, iskanalar paydo bo’ladi.
3
Neolit davrida tosh boltalar keng tarqalgan. Pardozlangan tosh boltalar o’rmon
kesishda, uy qurilish ishlarida, ovchilikda o’zining tengi yo’q jangovor qurol
ekanligini ko’rsatdi. Neolit davrida barcha og’ir yumushlar ana shu tosh boltalar
orqali bajarilar edi. Neolitda parrakchalar, qadamalar, nayza va kamon o’qlarining
uchlari, pichoq, teshgich, parmalar, yorma toshlar, o’roq-randalar va boshqa qurollar
takomillashgan2.
2 N.A.Egamberdieva. Arxeologiya. –T.: “Fan va texnologiya”, 2011. –B. 53.
4
Neolit davri so’nggi urug’chilik jamiyatiga xos bo’lib, bu davrda erkaklarning
o’rni tobora orta boshlaydi. Chunki xo’jalikning rivojlanishi erkaklar mehnati bilan
bog’liq bo’lgan, ya’ni kengayib borayotgan xo’jalik yumushlarini bajarishga ayollar
ulgura olmay qoladi; xo’jalikning unumdor shakllari (chorvachilik va dehqonchilik)
tobora ko’proq e’tibor va ish kuchini talab qilgan. Natijada urug’ ichida, xususan
oilada o’ziga xos mehnat taqsimoti shakllanadi. Demak, barcha yumushlar – moddiy
ehtiyojni qondirish, ortib borayotgan zarurat uchun oziq-ovqat zahiralari tayyorlash
ayollardan erkaklar qo’liga o’tadi. Ijtimoiy hayotda erkaklarning roli ortib borishi
oilada erkakning hukmronligiga olib keladi. Urug’ ichida ayollarning hukmron
5
mavqeiga barham beriladi. Endi matriatxat (ona urug’i) o’rnini patriarxat (ota urug’i)
egallay boshlaydi.
Neolit davrida o’troq turmush tarzi, o’troq xo‘jalik janubiy subtropik
rayonlarda dehqonchilikning kelib chiqishiga, cho’lli mintaqalarda, azim daryo va
ko’l bo’ylarida o’troq ovchilik ho’jaligining qaror topishiga olib keldi. O’troq
6
xo‘jalik yuritishning qaror topishi o’z navbatida chorvachilikning ham paydo
bo’lishiga olib keldi.
Neolit davri o’z tarkibiga uy sharoitiga moslashtirilgan ekinlar va uy
jihozlarini, kam harakatli qishloq hayotini, charxlangan tosh va sayqallangan tosh
boltalar kabi qishloq xo’jalik uskunalari hamda kulolchilikni qamrab oladi. Biroq, bu
faktlar aslida u qadar ham aniqlikka ega emas. Yaqin Sharqdagi hududlarda
xonakilashtirilgan hayvonlar mo’l-ko’l bo’lgan qishloq qoldiqlari topilgan, lekin u
yerda kulolchilik buyumlari mavjud emas edi. Daniyadagi qazilmalar Neolit davriga
oid badiiy buyumlarni o’zida aks ettiradi, lekin u uy hayvonlariga ega bo’lmagan
ozuqa izlovchilarni ko’rsatib berdi. Xonakilashtirish jarayoni hayvonlardan nima
maqsadda foydalanganliklarini ko’rsatib beradi. Ikkinchi darajadagi mahsulotlar
inqilobiy o’zgaruvi, birinchi navbatda, hayvonlarni iste’mol qilishdan ko’ra boshqa
maqsadlar yo’lida tarbiyalashni anglashda namoyon bo’ldi3.
Ozuqa izlovchi odamlar o’simliklarni kovlab olish uchun qanday tosh va
buyumlardan foydalanganliklari tadqiqotlar yordamida yuzaga chiqmoqda. Yerdagi
zaxni o’rganish bosqichlari taxminiy manbalarni asoslashda ishlatiladi. Bir qator
o’simliklarni ozuqaviy yegulik o’rnida ishlatilishi g’ayritabiiy saqlash yo’li bilan
3 Grant J., Gorin S., Fleming N. The Archaeology Coursebook 2nd Edition. – London - New-York: Routledge,
2010 - P. 207.
7
qo’lga kiritilgan. To’rlar, qayiqlar va kiyimlar tarixdan oldingi davrning so’nggi
bosqichi bilan dahldor deb hisoblanmoqda. Kulolchilikning rivoj topishi bilan
hamohang tarzda endi arqonlarning bezak sifatida ham qo’llanilishi o’sha davr
kishilarning arqon to’qish texnologiyasidan yaxshi xabardor bo’lganligini ko’rsatdi.
Tarixiy davrda, xalq xo’jaligi mahsulotlarining iqtisodiy ahamiyati texnik usullar,
tashkillashtirish va unumdorlik to’g’risidagi axborotlar bilan ta’minlovchi xilma xil
navlarning va badiiy buyumlarning ulkan tarixiy hujjatlarini bildirgan.
Ijtimoiy taraqqiyotga ta’sir ko’rsatganligi sababli, xalq xo’jaligiga o’tishga katta
e’tibor qaratilgan edi. Deyarli har bir sivilizatsiya bug’doy, arpa, tariq, guruch, jo’xori
yoki kartoshka kabi mahsulotlarga asoslangan bo’lgan.
Bundan ancha ilgari boshlangan dehqonchilikka asoslangan tadqiqotlar ilk uy
hayvonlari qayerda paydo bo’lganligini aniqlashga harakat qilgan. Odatda Yaqin
Sharq birinchi bo’lib bug’doy, arpa va qoramolga ega hudud sifatida ko’rsatiladi.
Biroq dunyoning bir qator joylaridan topilgan turli topilmalar o’zida Mezoamerika
va Yaqin Sharq mahsulotlarini ham qamrab olgan edi4. Bog’dorchilikda
unumdorlikni oshirish maqsadida o’simlik o’sish davriga ta’sir o’tkazuvchi
tehnologiyadan foydalanilgan. Yer haydash xo’jaligi oxirida dalalarni oz ichiga olgan
holda hosil yetishtirishning ixtisoslashtirilgan uslubiga yaqinlashildi. Biroq, qishloq
xo’jaligi o’ziing erta bosqichlarida topilishi murakkab bo’lgan so’nggi mezolit davri
odamlari asboblaridagi kichik o’zgarishlarni e’tiborga oladi. Dalillarning asosiy
qismi ma’lum miqdorda noto’gri mulohazalarga borish mumkin bo’lgan urug’
hosillaridan kelib chiqadi. Genetik yumshoq va uy sharoitidagi boshoqli ekin navlari,
nihoyat, yovvoyi navlardan farq qila boshladi. Masalan, uy sharoitidagi makkajo’xori
o’zining urug’larini mustaqil tarzda tarqatib yubora olmaydi. Dalillar shuni
ko’rsatadi-ki, karbonizatsiya orqali bosha ozuqa bo’luvchi o’simliklardan ko’ra
donni saqlab qolish ko’proq natija beradi. Bundan tashqari, loviya va no’xot kabi
dukkakli ekinlar boshqalariga nisbatan ilg’ab bo’lmas darajadagi sekinlik bilan
o’zgarishlarga yuz tutayatganga o’xshaydi. Yer haydashga oid fermerlik
4 Grant J., Gorin S., Fleming N. The Archaeology Coursebook 2nd Edition. – London - New-York: Routledge,
2010 - P. 207.
8
taqsimotining ilk bosqichida hayvon turlari mahalliy bo’lmagan hududlarda
xonakilashtirilgan.
Britaniya va Irlandiyadan topilgan ko’pgina dehqonchilikka doir dalillar yer
haydalishiga oid dalillarning yuz yillik kechikish davrida o’zining birinchi
nishonalarini namoyon etilganligini ko’rsatadi. Boshoqli ekinlar va qoramollarning
topilmalari iqtisodda ularning import mahsuloti bo’lganligini aniqlab berdi. O’sha
davrga oid qazilma ishlarida davr odamlarining chaqqon bo’lmagani va ular hayotida
hamon yovvoyi manbalaning o’rni muhim bo’lgan, deya fikr yuritishga sabab
bo’ladi5.
Yer haydashga asoslangan qishloq xo’jaligiga asos solinishi bilanoq, ularda
changlashish bilan bog’liq ketma-ketlik bo’lganini ko’rsatdi. Ekin ekish va sug’orish
ishlarinig oddiy anjomlardan o’roqlargacha bo’lgan tartibda rivojlanib borganligini
ko’rsatdi. Klassik sivilizatsiya san’atga oid yozma manbalar ekin turlari va iste’mol
tog’risidagi ma’lumotlarga asoslanadi. Boshqa yo’nalishlar uchun ham ilmiy
ahamiyatga ega arxeologiya topilmalari muhim hisoblanadi. Butser qadimiy firmasi
qadimiy ekinlar bilan bog’liq bo’lgan bo’lishi mumkin. Ularning o’sish sharoitiga
reaksiyalari atroflicha o’rganib chiqildi. Urug’ navlarini tahlil etish va g’alla va
5 Grant J., Gorin S., Fleming N. The Archaeology Coursebook 2nd Edition. – London - New-York: Routledge,
2010 - P. 208.
9
somonga bo’lgan mutanosiblikni o’rganish arxeologlarga ekinlar qayerda, qay usulda
va qanday dalalarda yetishtirilganligini aniqlash imkonini beradi.
1930-
yil Childi o’zining Neolit davriga oid inqilobiy yondashuvini e’lon qilgach, olimlar
70 yil davomida qishloq xo’jaligi rivojlanishini tadqiq qilish borasida
musobaqalashishni boshlab yuborishdi. Yondashuvlarning hammasi bir qarashda
haqiqatga yaqin ko’rinsa ham, aslida ularning barchasida ma’lum cheklov va
istisnolar mavjud. Qishloq xo’jaligining paydo bo’lishiga oid ko’plab nazariyalar,
kamroq harakatga asoslangan dehqonchilikning rivoji tog’risidagi taxminlarni
keltirib chiqarmoqda. Janubi – sharqiy va Markaziy Yevropa bo’ylab barqaror
10
sur’atda tarqalib borgan dehqonchilik to’lqini bu qarashni qo’llab – quvvatlayotganga
o’xshaydi. Ammo, ozuqa izlovchilar bu borada qarama-qarshi yondashuvni
izohlashga urunishadi. Shimoli G’arbiy Yevropada Mezolit davrida istiqomat qilgan
odamlar ming yilga qadar “Neolit to’xtalishi” atamasiga oid fermerlik uslubini qabul
qilmaganlar. Ular goh-gohida janublik dehqonlar bilan savdo aloqalarini olib
borganlar, shu bois ularda fikrlar va urug’lar yetarlicha bo’lgan6.
Neolit davri turli joylarda turlicha kechgan, ya‘ni yer yuzida neolit davri har
xil vaqtda paydo bo’lgan va tugagan.
Misr va Mesopotamiyani olib qaraydigan bo’lsak rivojlangan bronza davri
boshlangan bo’lib, quldorlik davlatlari tarkib topa boshlagan, Shimoliy Yevropada
qadimgi odamlar endigina neolit davriga o’ta boshlaganlar, chekka Shimol va
shimoli-sharqiy Osiyoda esa, paleolit davri davom etayotgan edi.
Umumiy hisobda olib qaraydigan bo’lsak, neolitning davriy chegarasi
Yevropa, Osiyo va Afrikada taxminan mil. avv. VI ming yillikdan boshlanib II ming
yilliklarni o’z ichiga oladi.
Neolit davrini ikki bosqichga: ilk va so’nggi neolit davri bosqichlariga bo’lish
mumkin.
6 Grant J., Gorin S., Fleming N. The Archaeology Coursebook 2nd Edition. – London - New-York: Routledge,
2010 - P. 208.
11
Yevropa hududidagi neolit davri yodgorliklariga tavsif berib o’tamiz. G’arbiy
Yevropadagi eng qadimgi manzilgohlardan biri Kampinidir. Kampini manzilgohi
Fransiyaning shimolidagi Quyi Sena departamentiga qarashli Bleni-syur-Brel
qishlog’i yaqinidan topilgan. Bu manzilgohdagi qazuv ishlari 1897 yildan P.Salmon
va G.d’O-dyu-Menil tomonidan boshlangan. Izlanishlar jarayonida yarim yerto’la
ko’rinishidagi
uy
qoldig’i
ochilgan,
unda
o’choq
qoldiqlari,
minglab
chaqmoqtoshdan qilingan tosh qurollari, ko’mir, kul, bug’u, ot va ho’kizning suyak
qoldiqlari topilgan. Topilmlar orasida eng diqqatga sazovori sopol parchasida
saqlanib qolgan arpa donidir. Olimlar izlanishlar natijasini xulosasi sifatida bu yerda
yashagan qadimgi odamlar dehqonchilik bilan ham shug’ullana boshlaganliklarini
ko’rsatib berishgan.
Ma‘lumki, arpaning ilk vatani Old Osiyo va Shimoli-Sharqiy Afrika
hisoblanadi. Yevropaga u Falastin orqali tabiiy yo’l bilan madaniylashtirilgan va
maxsus ekib yetishtirish uchun o’stirilgan.
Odatda Yaqin Sharq birinchi bo’lib bug’doy, arpa va qoramolga ega hudud
sifatida ko’rsatiladi. Biroq dunyodan bir qator joylaridan topilgan turli topilmalar
o’zida Mazoamerika va Yaqin Sharq mahsulotlarini ham qamrab olgan edi.
12
Bog’dorchilikda unumdorlikni oshirish maqsadida o’simlik o’sish davriga ta’sir
o’tkazuvchi tehnologiyadan foydalanilgan. Yer haydash xo’jaligi oxirida dalalarni
o‘z ichiga olgan holda hosil yetishtirishning ixtisoslashtirilgan uslubiga
yaqinlashildi7.
Yevropaning boshqa joylarida olib borilgan qazuv ishlari jarayonida yuqorida
sanab o’tilgan topilmalar bilan birga yorg’uchoq va uning siniqlari topilgan.
Izlanishlar vaqtida neolit davrining Yevropadagi eng yirik chaqmoqtosh koni
(shaxtasi) topilgan (Belgiya yaqinidagi Spenna shaxtasi). Uning chuqurligi 15 m. ni
tashkil etgan.
Rossiya hududidagi neolit davri manzilgohlari XX asrning 20-yillaridan
o’rganila boshlangan. Moskvadan 40 km shimolda, Klyazma daryosi qirg’og’i
bo’yida joylashgan Lyalovo qishlog’idan topilgan manzilgoh 1922-1923 yillarda rus
arxeologlari B.S. Jukova B.A. Kuftinlar tomonidan o’rganilgan. Bu yerdan topilgan
sopol buyumlar o’sha vaqtda sobiq Ittifoq hududidagi eng qadimiy va ilk topilma
hisoblangan.
7 Grant J., Gorin S., Fleming N. The Archaeology Coursebook 2nd Edition. – London - New-York: Routledge, 2010
- P. 209.
13
Markaziy Osiyo hududida neolit davri odamlari ovchilik dehqonchilik va
chorvachilik bilan qisman esa, hunarmandchilik bilan shug’ullangan. Markaziy
Osiyo janubiy hududlarida, Kopetdog’ (Turkmaniston) etaklarida dehqonchilik va ilk
chorvachilik qaror topadi. Katta-kichik daryolar va ko’llar sohilida ovchilik va
chorvachilik, dehqonchilik qaror topishi insoniyat tarixida buyuk burilish yasadi va
ko’plab kashfiyotlarga turtki bo’ldi.
Neolit davri jamoalari hayotida o’troq xo‘jalikning yorqin belgisi sifatida yana
bir xo‘jalik yangiligi ixtiro qilindi. Bu bo’lajak hunarmandchilik xo’jaligining muhim
tarmog’i hisoblangan sopol buyumlar ishlab chiqarishning paydo bo’lishi edi.
Kulolchilik buyumlarining paydo bo’lishiga unumdor xo‘jalik shakllari ta’sir etadi.
Ya’ni, sut quyish uchun idishlar, donlar saqlash uchun kulolchilik buyumlariga
bo’lgan zarurat va ehtiyoj.
To’qimachilikning kashf etilishi ham neolitning katta yutug’i hisoblanadi.
Endi ibtidoiy jamoa a’zolari faqat hayvon terilaridan yasalgan kiyim-kechak emas,
balki, uning yungidan hamda, o’simliklar tolasidan to’qilgan matolardan ham
14
kiyimlar to’qib kiyadigan bo’ladilar. Zig’ir poyalari va jun iplardan to’qilgan
mahsulotlarning neolit makonlarida keng tarqalishi yuqoridagi fikrlarning isbotidir.
Neolitda ip yigirish kashf etiladi. Ip yigirishning kashf etilishi o’z navbatida boshqa
xil xo‘jalik mashg’ulotlarining rivojlanishiga turtki beradi. Masalan, to’rlarning
paydo bo’lishi baliqchilikni keskin darajada rivojlanishiga, o’z navbatida moddiy
ehtiyojlarni yanada kengroq qondirish imkoniyatiga olib keldi8.
Neolit davrida turli xo’jalik shakllarining qaror topishi hududlar o’rtasidagi
o’zaro buyum almashuvining rivojlanishiga sabab bo’ladi. Masalan, chorvachilik
mahsulotlarining dehqonchilik mahsulotlariga almashinuvi yoki aksincha.
Neolitda suvda suzish moslamalari dastlabki qayiqlar, shimoliy o’lkalarda esa,
chenalar paydo bo’ldi. Hatto sharning yaratilishi neolit davrining yutug’idir.
Umuman, odamlar faoliyatida bunyodkorlik va yaratuvchanlik ko’nikma sifatida
neolit davrida chuqur egallagan. Shuningdek, neolit davrida – jamoa bo’lib ishlab
chiqarish mehnatning umumiyligi urug’ mulkchiligi, asosiy xususiyatlardan
hisoblangan.
Neolitda maishiy munosabatlar ham o’z navbatida tartibga solina boshlanadi.
Guruhli nikoh hukmronligi mavjud bo’lsada, ammo nikoh tub mohiyati bilan
o’zining dastlabki bosqichlardagi holatidan farq qiladi. Endilikda matriarxat urug’
8 N.A.Egamberdieva. Arxeologiya. –T.: “Fan va texnologiya”, 2011. –B. 53-54.
15
jamoasining guruhli nikoh doirasida juft oilalar vujudga keladi. Ayollar endi
tug’ilgan farzandlarining otalaridan o’z urug’lari manfaatlari uchun ishlab berishini
talab qiladigan bo’ladilar. Ichkuyovlik mazmunidagi juft oilaning dastlabki
ko’rinishlari shakllana boradi. Ayollar o’zlariga aniq sherik tanlab, oilaviy
munosabatlar aynan aniq sheriklar bilan bo’ladigan bo’ldi. Ona urug’iga qatnovchi
erlar o’z urug’i uchun ishlab berishdan tashqari xotinlar urug’i uchun ham ishlab
berishga majbur bo’ladi. Maishiy munosabatlarda yangi ko’rinish – jinsiy
sherikchilik shakllanadi. Urug’ ichidagi nikoh elementlari paydo bo’ladi. Juft,
monogom oila sari qadamlar qo’yiladi.
Neolit davri yer kurrasining barcha mintaqalarida har xil vaqtda sodir bo’ldi.
Masalan, bir qit’a aholisi jamiyat taraqqiyotining quldorlik davriga to’g’ri kelgan
bo’lsa, ikkinchi mintaqada endigina dehqonchilik va chorvachilik xo’jaliklari kashf
etilib, ibtidoiy jamoalar tabiatning tayyor mahsulotlari hisobiga yashash qulligidan
ozod edilar. Boshqa bir mintaqalarda esa, hali neolit jamoalari ovchilik va terimchilik
bilan shug’ullanar edilar. O’rta Osiyoda ham ibtidoiy jamoa rivojining keyingi ikki
ko’rinishi mavjud. Masalan, uning janubi-g’arbiy rayonlarida, hozirgi Turkmaniston
16
Respublikasining Kopetdog’ tog’i oldi hududlarida neolit davri odamlari miloddan
avvalgi VI ming yillikning oxirlari va V ming yillikkning boshlaridayoq ilk
dehqonchilik madaniyati bilan band bo’lgan bo’lsalar, markaziy va shimoliy
viloyatlarda bu vaqtda odamlar ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanar edilar.
Neolit davri jamoasining bunday mintaqalararo rivojlanishi har bir viloyatning
mavjud tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqar edi9. O’rta Osiyoda neolit davri
yodgorliklari juda keng tarqalgan. Ular tekisliklardagina emas, balki O’rta Osiyo
tog’lik rayonlarida ham ko’p uchraydi. O’lkaning neolit yodgorliklarini uchta yirik –
hududiy-madaniy xo‘jalik shakllariga ajratish mumkin. Fanda ular Kaltaminor,
Hisor va Joytun madaniyati nomi bilan mashhurdir. Ularning har biri alohida
geografik muhitga ega bo’lgan yerlarga joylashgan.
9 N.A.Egamberdieva. Arxeologiya. –T.: “Fan va texnologiya”, 2011. –B. 54.