NERV TIZIMINING FIZIOLOGIYASI. OLIY NERV FAOLIYATINING YOSH XUSUSIYATLARI (Bosh miya. Reflekslar, Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha, Oliy nerv faoliyatining tipologik xususiyatlari)
Yuklangan vaqt
2024-04-20
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
21
Faytl hajmi
38,5 KB
Ilmiybaza.uz
NERV TIZIMINING FIZIOLOGIYASI. OLIY NERV FAOLIYATINING
YOSH XUSUSIYATLARI
Reja:
1.Nerv sistemasining umumiy tuzilishi
2.Bosh miya . Reflekslar.
3.Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha.
4.Birinchi va ikkinchi signal sistemasi haqida tushuncha.
5.Oliy nerv faoliyatining tipologik xususiyatlari.
Ilmiybaza.uz
Nerv tizimining funksiyasi ikki qismga bo‘lib o‘rganiladi. Nerv sistemasining
birinchi funksiyasi odam organizmining barcha, hujayra, to‘qima, organlari va
tizimlarining ishini boshqarish, tartibga solish, tashqi muhitdan, ichki organlardan
keladigan axborotlarni qabul qilish va ularni markaziy nerv sistemasiga yetkazib
berish, organizmdagi barcha organlarni bir-biri bilan bog‘lash va organizmning bir
- butunligini ta’minlash, ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqariladigan turli
gormonlarning qon orqali organizmga ko‘rsatadigan ta’sirini, moddalar
almashinuvini boshqarish, o‘sish va rivojlanishga ta’sir etishdan iborat. I.P.Pavlov
nerv tizimining bu vazifasini uning quyi funksiyasi deb atagan. Bu vazifani orqa va
bosh miyaning quyi qismlari (o‘zunchoq, o‘rta, oraliq. miya va miyachada
joylashgan nerv markazlari bajaradi.
Nerv tizimining ikkinchi vazifasi shundan iboratki, u odamning tashqi muhit
va atrofdagi boshqa odamlar bilan bog‘lanishini, muomalasini tashqi muhit
sharoitiga moslashuvini ta’minlaydi. tashqi muhit ta’sirida, atrofdagilar bilan
munosabati natijasida odamda paydo bo‘lgan fikrlash, bayon etish, bilim olish,
xunar o‘rganish, xotira kabi yuksak insoniy hususiyatlar ham nerv tizimining ana
shu ikkinchi vazifasiga kiradi. I.P. Pavlov nerv tizimining bu vazifasini oliy nerv
faoliyati deb atagan. Nerv tizimining bu vazifasini uning yuqori qismida joylashgan
(bosh miya yarim sharlari va uning po‘stloq. qismi) nerv markazlari bajaradi.
Nerv tizimi ikki qismdan iborat: markaziy va periferik nerv tizimi. Markaziy
nerv tizimiga bosh va orqa miya kiradi. Markaziy nerv tizimining segmentar, ya’ni
quyi qismiga orqa miya va bosh miyaning pastki qismlari, ya’ni uzunchoq miya,
Varoliy ko‘prigi, o‘rta va oraliq miya hamda miyacha kiradi. Markaziy nerv
tizimining yuqori, ya’ni segment ust qismiga bosh miya yarim sharlari va ularning
pustloq qismi kiradi. Markaziy nerv tizimida nerv hujayralari (neyron tanalarining)
markazlari bor. Periferik nerv tizimiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi,
harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar. Hamda
umurtqa pogonasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunchalari kiradi.
Ilmiybaza.uz
Nerv tizimining periferik qismi asosan nervlardan, ya’ni tolalar bog`lamidan iborat
.
Refleks deb, ichki va tashqi muhit ta'sirlariga markaziy nerv sistemasi orqali
qaytariladigan organizmning javob reaksiyasiga aytiladi.
Nerv sistemasi faoliyati reflektor tarzda amalga oshadi. Refleks terminini
chex olimi Proxaska kiritgan.
Refleks reseptor (periferik sezgi nerv uchlari) tufayli sodir bo'ladi. Impulsning
bosib o'tgan yo'li refleks yoyi hisoblanib, u reseptordan boshlanib, markazga
intiluvchi nerv, nerv markazi (orqa va bosh miya), markazdan qochuvchi nerv va ish
bajaruvchi organ (effektorda) yakunlanadi. Retseptorlar joylashishiga qarab tashqi -
ekstroretseptorlar va ichki – interoretseptorlarga bo’linadi.
1. Ekstroreseptorlar- teri, ko’z, hid bilish, quloq, ta'm bilish organlarida
joylashgan retseptorlar kiradi,ular turli xildagi tashqi tasirni qabul qiladi.
2. Interoreseptorlar-ichki organlarda joylashgan bo'lib, organizmning o'zida
hosil bo'lgan ta'sirni qabul qiladi. Proprioreseptorlar-muskul, pay va bo'g'imlarda
joylashgan retseptorlardir.
Refleks turlari javob reaksiyasiga ko'ra quyidagicha:
1. Harakat reflekslari (asosiy qismni tashkil etadi)
2. Sekretor reflekslar (shira ajralishini boshqaradi)
3. Trofik reflekslar.
Reflekslar ta'sirlovchisiga ko'ra:
1. Shartsiz reflekslar-tug'ma reflekslar bo'lib, bola tug'ilganda namoyon
bo'ladi.
2. Shartli reflekslar-bola hayoti davomida shartsiz reflekslar asosida paydo
bo'ladi. Bu reflekslar bola organizmning tashqi muhitga moslashuvida katta rol
o'ynaydi.
Markaziy nerv sistemasining xususiyatlari. Nerv sistemasi nerv tolalaridan
keladigan turli xildagi tashqi va ichki ta'sirni qabul qiladi. Reflekslarning nerv
markazlari nerv sistemasining turli joylarida o'rnashgan. Bitta neyron bir nechta
refleksda ishtirok etib, turli nerv markazlarida qatnashishi mumkin. Masalan, til
Ilmiybaza.uz
muskullarini ta'minlovchi neyronlar chaynash, yutish, nutq organlarining reflektor
harakatlarida ishtirok etadi.Ba'zi reflekslarni turli nerv markazlarining neyronlari
yuzaga chiqaradi. Masalan, nafas olish va nafas chiqarish reflekslarda uzunchoq
miyadagi, orqa miya va bosh miya katta yarim sharlarida markazlardagi neyronlar
ham ishtirok etadi.
Nerv markazlari qo'zg'alish, tormozlanish, yig'ilish, transformasiya, mayinlik,
kislorod tanqisligiga chidamsizlik, dominanta va boshqa fiziologik xususiyatlarga
ega. Nerv hujayralari tinch holatdan faol holatga ta'sirlovchilar ta'sirida o'tish
xususiyatiga ega. Nerv impulsi neyronning tabiiy ta'sirlovchisi hisoblanadi. Yana bir
xususiyati-qo'zg'alishdir, qo'zg'alish paytida ta'sirga javob reaksiyasi hosil
bo'ladi.Nerv markazi-bir guruh neyronlarning funksional birikmasi hisoblanadi.
Nutq, lablar, hiqildoq harakati muskullarining nerv markazlari uzunchoq, o'rta
miya, bosh miya katta yarim sharlari po'stlog'ida joylashgan. So'zlar ma'nosini
tushunishning nerv markazi bosh miya katta yarim sharlarining chakka qismida
joylashgan.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda nerv sistemasi qo'zg'aluvchanligi sust bo'lib, 12
kunlikda katta odamnikiga nisbatan kuchliroq bo'ladi. Ayniqsa bolada moddalar
almashinuvi jadal kechishi munosabati bilan kislorod tanqisligiga sezgirlik juda
kuchli bo'ladi.
Qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarining birligi.Nerv sistemasining har
bir sohasi har bir ta'sirga qo'zg'alish yoki tormozlanish bilan javob beradi. Markaziy
nerv sistemasidagi qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari o'zaro va makonda ta'sir
etadi, ya'ni markaziy nerv sistemasidagi turli markazlar o'zaro bog'lanadi.
Tormozlanish qo'zg'alishni susaytirish va to'xtatishga qaratilgan jarayondir.
Nerv sistemasida qo'zg'alish jarayoni tormozlanish jarayoni bilan almashinib turadi
yoki aksincha.
Markaziy nerv sistemasida bir guruh neyronlar qo’zg’alganda,ayrim guruhlar
to’rmozlanadi. Masalan, qo'lni musht qilganda yelka oldining oldingi muskullari
qisqaradi, ayni vaqtda yelka oldining orqadagi muskullari bo'shashadi, ya'ni
bukuvchi muskullar nerv markazlari qo'zg'alib, yozuvchi muskullarning nerv
Ilmiybaza.uz
markazlari tormozlanadi. Nerv sistemasining bu xildagi qo'zg'alish va tormozlanish
jarayonlarining o'zaro ta'siri uyg'unlik deyiladi.
Nerv tizimi turli bo`limlarining tuzilishi va rivojlanishi
Orqa miya. Orqa miya umurtqa pog`onasi kanalida birinchi bo`yin umurtqasi
bilan ikkinchi bel umurtqasi oralig`ida joylashgan bo`lib, uning vazni yangi
tug`ilgan bolada 3,2 g, 6-oylikda 6 g, 1 yoshda 10 g, 2-5 yoshda 12 g. 8-yoshda 19
g, kattalarda 30-40 g bo`ladi. Uzunligi bola tug`ilganida 13-15 sm, 2 yoshda 20 sm,
10 yoshda 28 sm, erkaklarda 45 sm, ayollarda 41-42 sm bo`ladi. Orqa miyada 13
miliondan ko`proq nerv hujayralari bor. Nerv hujayralari orqa miyaning kulrang,
nerv tolalari esa oq moddasini hosil qiladi. Orqa miyaning ko`ndalang kesigida
kulrang modda kapalak shaklida joylashadi, atrofida oq modda bo`ladi. Kulrang
moddaning oldingi, yon va orqa shoxlari bor. Oldingi shoxda harakat neyronlari
joylashgan, bu yerdan harakat nervlari chiqadi. Orqadagi shoxda sezuvchi neyronlar
bo`ladi, ularga sezuvchi, ya'ni markazga intiluvchi nervlar kiradi. Yon shohlari esa
vegetativ reflekslarni boshqaruvchi tolalarni chiqaradi. Orqa miya rivojlanishining
bosh miya rivojlanishidan farqi shuki, uning o`sishi harakat faoliyatining
murakkabligi bilan paralel boradi. 2 yoshli bolalar orqa miyasi morfologik tuzilishi
jihatdan katta odamlarnikiga juda yaqin bo`ladi. Yoshning oshib borishi orqa miya
oldingi shoxlaridagi harakat hujayralarining soni oshadi. Balog`atga yetish davriga
kelib orqa miya 4-5 marta kattalashadi. Orqa miya reflektor va o`tkazuvchi
vazifasini bajaradi. Orqa miya skelet muskullarining harakat refleksini amalga
oshiradi. Orqa miyaning harakat reflekslariga: tirsak, tizza, panja reflekslari misol
bo`ladi. Orqa miyaning o`tkazuvchanlik vazifasi undagi ko`tariluvchi va tushuvchi
o`tkazuvchi yo`llar orqali amalga oshadi.
Orqa miyaning turli qismlaridan 31 juft orqa miya nervlari chiqadi. 8 jufti
bo`yin qismidan, 12 jufti ko`krak qismdan, 5 jufti bel qismdan, 5 jufti dumg`aza
qismdan, 1-3 jufti dum qismdan chiqadi. Ular gavda, qo`l, oyoq. muskullari va terini
nerv bilan taminlaydi. Orqa miya uch qavat parda bilan qoplangan.
Orqa miyadagi ba'zi reflektor funksiyalar homilaning ona qornida
rivojlanayotganida yuzaga keladi. Homila 2 - 3 oylik bo`lganida harakatlana
Ilmiybaza.uz
boshlaydi. Yangi tugilgan bola oyoq panjasining tagi ta'sirlansa 2 - 3 minutdan so`ng
oyoq, panjasida bukish refleksi hosil bo`ladi. Bu refleks bola tugilgandan so`ng 6 oy
o`tgach yo`qolib ketadi.
Bola 10 -12 oyligida yura boshlaydi. Orqa miyadagi harakat markazlari ishi
ortadi, nervlar mienlashishi 3 yoshgacha davom etadi.
Bosh miya. Yangi tug`ilgan bola bosh miyasining vazni 370-400 g bo`lib tana
vaznining 1/8 – 1/9 qismini tashkil etadi. 1 yoshda bosh miya vazni 800 g, 7 yoshda
1250 g, 15 yoshda 1350 g, 18 yoshda 1380 g, katta odamlarda 1970 g gacha bo`lib,
tana vaznining 1/40 qismini tashkil etadi. Bolaning bosh miyasi 7 yoshgacha tez
o`sadi, 25-30 yoshlarga borib to`xtaydi. Bosh miya ham oq va kulrang moddalardan
tashkil topgan. Kulrang moddasi turli neyronlardan iborat. Bosh miyada 14 mlrd.
nerv hujayrasi bor. Bundan tashqari, bosh miyaning 60-90%ni neyrogliya
hujayralari tashkil etadi. Neyrogliya hujayralari himoya qiluvchi va tutib turuvchi
tayanch to`qima hisoblanadi. Bosh miya tuzilishiga ko`ra ikki qismga bosh miya
yarim sharlari po`stloq qismi va bosh miyaning quyi ya'ni so`p qismiga bo`linadi.
Quyi yoki so`p qismiga: uzunchoq, miya, Varoliyev ko`prigi, miyacha, o`rta miya,
oraliq miyadan iborat bo`lib bu qismlar bosh miya so`pi deb ataladi. Ularni bosh
miya katta yarim sharlari o`rab turadi.
Uzunchoq miya. Uzunchoq miya orqa miyaning davomi bo`lib, vazni 7 g,
uzunligi 3- 3,5 sm uzinchoq miya va Varoliyev ko`prigi yoki miya ko’prigi reflektor
va o`tkazish vazifasini amalga oshiradi. O`zunchoq miyada nafas olish, qon
tomirlari devori harakatining nerv markazi, qusish, yutish, ter ajratish, so`lak
ajratish, ko`z yoshi ajratish, qovoqlarni yumish, aksa urish, yo`talish nerv markazlari
bor. Homila 16-17 haftalik bo`lganda uzunchoq miyada nafas olish nerv markazi
shakllanadi. Yangi tugilgan bolada nafas, himoya reflekslari (aksa urish, yo`tal va
boshqalar) rivojlangan bo`ladi. Unda so`rish, yutish kabi ovqatlanishga bo`lgan
shartsiz reflekslar yaxshigina rivojlanadi.
Miyacha. Miyacha bolalarda biroz yuqoriroqda joylashgan bo`lib, bosh miya
qutisining ensa qismini to`ldirib turadi. Yangi tugilgan bola miyachasining vazni
20,5- 23 g bo`ladi. 9-oylikda 84-95 g, 15-yoshda 143 g, kattalarda 150 g, bo`ladi.
Ilmiybaza.uz
Miyacha ikkita yarim shardan iborat bo`lib, muskullarning uyg`un qisqarishida va
harakatlarida, bir guruh muskullarning tegishlicha tarang turishini saqlashda ishtirok
etadi. Miyachaning faoliyati izdan chiqsa odam uyg`un harakat qila olmay qoladi.
O`rta miya. Bola tug`ilganida vazni 2,5 g, O`rta miya 4 tepalik plastinkasi
va miya oyoqchalaridan tashkil topgan, Bundan tashqari qora modda, qizil yadro va
bosh miyadan chiqadigan 3-4 juft ko`z soqqasini harakatga keltiruvchi 4 juft
g`altaksimon nervning yadrolari bor. Qora modda chaynash va yutish reflekslar
markazi hisoblanadi. Qizil yadroda asosan tana muskullari tonusini ushlab turishda
ishtirok etadi. 4 tepalikning ikkitasi ko`rish ikkitasi eshitish markazi hisoblanadi.
O`rta miya yadrolari faoliyatiga qarab ikkiga sezuvchi va harakat funksiyalarini
bajaradi. Undan orqa miya va uzunchoq miyadan talamus miyacha va yarim sharlar
po`stlog`i va nerv tolalari o`tib turadi. O`rta miya ishtirokida hosil bo`ladigan
reflekslar ona qornida xomilada shaillana boshlaydi. Uzunchoq miya va o`rta miya
shakllanishi 5-6 yoshga kirgandan keyin katta odamlarnikidek shakllanadi.
Oraliq miya. Oraliq miya o`rta miyaning yuqorisida joylashgan. Oraliq,
miyaga ko`rish bo`rtiqlari, talomus va bo`rtik ostki qismlari gipotalomus va
tizzasimon tana kiradi. Bo`rtik osti qismi funksional jihatdan oqsil, yog``, tuz va suv
almashinuvi boshqarilishida ishtirok etadi. U yerdagi nerv markazlari ter ajralishi,
issiqlikni boshqarish va uglevodlar almashinuviga ta'sir etadi. Yangi tug`ilgan
bolada ta'm bilish, hid bilish, harorat va og`riq taasurotlariga, achchiq, nordon,
sho`r, shirinlikka reaksiyalar vujudga keladi. Ko`rish bo`rtiklari shikastlanganda,
ko`z butunlay yoki qisman ko`rmaydi, bosh og`riydi, falajlik sodir bo`ladi, uyqu
buziladi.
Vegetativ nerv sistemasi. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar (nafas
olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish va me`da hamda ichki sekretsiya
bezlari ishini boshqaradi .
Bu nerv sistemasi simpatik va parasimpatik qismlarga bo`linadi. Simpatik va
parasimpatik nerv sistemasi organlar faoliyatiga qarama-qarshi ta'sir ko`rsatadi.
Masalan, simpatik nerv sistemasi ta'sirlanganda yurakning qisqarishlari soni va
kuchi ortadi, qon tomirlari torayadi, me'da —ichak yo`lining harakat funktsiyalari
Ilmiybaza.uz
susayadi,
ko`z
qorachig`i
kengayadi,
moddalar
almashinuvi
tezlashadi.
Parasimpatik nerv sistemasi ta'sirlanganda esa yurakning faoliyati susayadi, ba'zi
qon tomirlari kengayadi, ma'da —ichak yo`lining harakat funktsiyalari ortadi, ko`z
qorachig`i torayadi . Vegetativ nerv sistemasi ishini bosh miyaning turli sohalari va
bosh miya katta yarim sharlari po`slog`i boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi
ishining rivojlanishi hara-katlarning rivojlanishiga bog`liq, chunki skelet
muskullarining qisqarishi reflektor ravishda yurak faollashiga, ovqat hazm qilishiga,
nafas olishga, siydik ajralishiga, qon bosimi ortishiga sabab bo`ladi. Favqulot
sharoitida vegetativ nerv sistemasi tashqi ta'sirlarga javob berib, ayniqsa turli
emotsional reaktsiyalarda qon aylanishi, nafas olish, hazm qilish, ayirish, ichki
sekretsiya organlarining funktsional xolatini o`zgartirish hususiyatiga ega,
Vegetativ nerv tizimining organizm ichki muhiti turg`unligini saqlashdagi ro`li juda
muhimdir. Simpatik nerv sistemasi markazlari orqa miyaning ko`krak va bel
bo`limlarida, parasimpatik nerv sistemasining markazlari o`rta miyada, bosh
miyaning uzunchoq bo`limlarida va orqa miyaning dumg`aza bo`limida bo`ladi.
Vegetativ nerv sistemasining rivojlanishi. Vegetativ nerv sistemasi hayotiy
zaruriy funksiyalarni amalga oshiradigan tizim sifatida bolaning ilk rivojlanish
bosqichlaridayoq shakllanadi. Ammo, tug'ilish vaqtida hali simpatik va parasimpatik
bo'limlar hali uncha uyg'unlashmagan bo'ladi (bunga yurak qisqarishlari misol
bo'ladi). Keyinchalik, bola rivojlana borgan sari markaziy nerv sistemasining oliy
bo'limlari ta'siri kuchaya boradi, shu bilan birga ichki organlar faoliyatining normal
ishlashini ta'minlaydigan funksiyasi ham takomillashib boradi.
Limb sistemasi. Limb sistemasi zimmasiga gipokamp, bel pushtasi,
gipotalamusning mamillyar tanasi, tonusi, bodomsimon yadrolar kiradi. Limb
tizimining bajaradigan vazifasi juda murakkab va turli - tumandir. U odamning
tashqi muhit o`zgarishlariga moslashuvini ta'minlashda, xulq - atvor, his - xayajon,
xotiraning shakillanishida, ovqat yeyish, suyuqlik ichish, avlodni davom ettirish, o`z
- o`zini ximoya qilish singari hayotiy muhim extiyojlarni qondirishga xos mayl -
istaklar shakllanadi. Limb sistemasi o`qitish jarayonida bevosita ishtiroq etadi,
chunki u idroq qilishni, xotira va diqqatni ta'minlaydi.
Ilmiybaza.uz
Retikulyar formatsiya va uning ahamiyati. Retikulyar formatsiya yirik nerv
hujayralari chigali va turidan iborat bo`lib, juda ko`p sinapslarga ega. Retikulyar
formatsiya hujayralari orqa miya bo`yin qismining yon va orqa shoxlari orasidan
boshlanib, uzunchoq miya va Varoliyev ko`prigida tugaydi. Retikulyar formatsiya
uxlash, uyg`onish va boshqa his —hayajonli jarayonlarda ishtirok etadi. Unda nafas
olish, yurak urishi, ovqat hazm qilish, yo`tal, aksa urish, vestibulyar va eshitish nerv
markazlari bo`lib, butun ichki organlar ishini boshqaradi.
Bosh miya katta yarim sharlari. Bosh miya katta yarim sharlari ikkita yarim
sharlardan iborat bo`lib, bosh miyaning eng rivojlangan qismidir. Ikkita yarim shar
o`zaro qadoqsimon tana yordamida birikadi. Yarim sharlarning yuzasida juda ko`p
pushtalar va egatchalar bor. Miya yarim sharlari katta egatchalarining peshona, tepa,
engsa va orolcha kabi bo`laqlari bor. Miya yarim sharlari muhim egatchalaridan biri
Sil'viev egatchasi, ikkinchisi Roland, ya'ni markaziy egatcha hisoblanadi. Miya
yarim sharlarida ko`rish, eshitish, teri, sezish, hid bilish va ta'm bilish, nutq harakati
va nutq-ko`rish analizatorlarining oxirgi nerv markazlari, markazga intiluvchi
harakat nervlari markazlari joylashgan. Bosh miyaning egat va pushtalari bir vaqtda
rivojlanmaydi. Bola tug`ilgandan keyin yarim sharlarning egat va pushtalari
kattalarnikiga o`xshasada, chuqur bo`lmaydi. Bola tug`ilgandan so`ng peshona
bo`lagi kattalashadi. Bola hayoti davomida miya yarim sharlarining massasi va satxi
bosh miyaga nisbatan o`zgarib boradi. Miya po'stlog'ida avval chuqur, so'ng yuza
qavatlar rivojlanadi.Bunday o’zgarishlar 5-6 yosh orasida eng ko’p bo’ladi va 15-16
yoshkarga kelib tugallanadi. Miya yarimsharlari po'stlog'idagi harakat zonasining
tabaqalanish 12 yoshda tugaydi. Ayrim piramidasimon hujayralar rivojlanishi 18
yoshgacha davom etadi. Harakat analizatorining rivojlanishi bolaning muskul
faoliyatiga bog'liq. Harakat analizatorining rivojlanishida bola tug'ilgandan so'ng
haftalik, 4 yoshlik, 7 yoshlik, 12 yoshlik bosqichlari mavjud. Teri analizatorining
miya po'stlog'idagi nerv markazlari bolaning 2 yoshida kattalarnikidek bo'ladi.
Bolaning hayoti davomida miya yarimsharlari turli qismlarining tuzilishi va
funksiyasi rivojlanib boradi. Bosh miya katta yarim sharlarining vazni odam bosh
miyasi vazning 78-80% ni tashkil qiladi. U ikki qavatdan iborat: 1) kulrang
Ilmiybaza.uz
moddadan tashkil topgan tashqi po`stloq qavat; 2) oq moddadan tashkil topgan
ichki qavat.
Bosh miya yarim sharlari po`stloq qavat qalinligi 2,5-3 mm, yuzasi 1700-
2200 sm2 tashkil qiladi. Bosh miya yarim sharlar po`stlog`i filogenezda eng
so`nggi, demak eng yosh miya bo`laklaridan hisoblanib sut emizuvchilarda,
ayniqsa odamlarda juda yaxshi rivojlangan bo`ladi. Miya po`slog`i mikroskopda
tekshirilganda undagi nerv hujayralari olti qavat bo`lib joylashganligi
aniqlangan:1 - qavatda nerv hujairalarining kalta o`simtalari; 2 - qavatda
donasimon nerv hujayralari joylashgan; 3 - qavatda piramidasimon hujayralar
bo`ladi; 4 - qavatda yulduzsimon tuzilgan nerv hujayralari; 5 - qavatda yirik
piramidasimon hujayralari; 6 - qavatda duksimon nerv hujayralari joylashgan.
Miya po`stlog`ining turli qismlarida joylashgan nerv hujairalarining funksiyasiga
ko`ra po`stloq satxi uchta zonaga bo`linadi: sezish, harakat va assotsiativ zonalar.
Sezish zonalarida joylashgan nerv hujayralari to`plami odam tanasining barcha
sezgi organlarining oliy markazi hisoblanib, bular teri, ko`rish, eshitish, hid va ta'm
bilish kabi sezish organlarining retseptorlaridan impul'slarni qabul qiladi. Miya
po`stlog`ining harakat zonalaridagi nerv hujayralari to`plami muskullar, paylar,
bo`g`imlar, suyaklarning retseptorlaridan impul's qabul qilib, harakatni
boshqaruvchi oliy nerv markazi vazifasini bajaradi . Assotsiativ zonalar sezish va
harakatlanish organlaridan kelgan ta'sirni analiz va sintez qiladi. Bosh miya yarim
sharlari po`stloq qismi odam oliy nerv faoliyatining fiziologik asosi, psixik
faoliyatimizning moddiy negizidir. Odamning fikrlash, ong, o`zlashtirish, eslab
qolish, muomula, madaniyati, bilim olish, hunar o`rganish, murakkab harakatlarni
bajarish qobiliyati miya po`slog`i faoliyatidir.
Miya po`slog`ining turli qismlarida har xil funksiyalarni boshqaruvchi nerv
markazlari joylashgan. Po`stloqning ensa qismida ko`rish, chakkada eshitish,
peshonaning, ichkari sohasida hid sezish, tepa qismida harakat markazlari
joylashgan. Ya'ni, shuni ta'kidlash kerakki, har bir organ ish faoliyatining
muhimligiga qarab uning markazining miya po`slog`ida egallagan o`rni har xil
bo`ladi. Masalan qo`l panjasi odamning kundalik hayotida juda ko`p vazifani
Ilmiybaza.uz
bajaradi, shuning uchun uning harakatini boshqaruvchi nerv markazi boshqa harakat
markazlarining miya po`slog`idagi egallagan o`rniga nisbatan kattadir. Bundan
tashqari, yarim sharlar po`slog`idagi nerv hujayralarini orqa miya bilan
tutashtiruvchi nerv yo`llari bosh miyaning quyi qismida kesishadi. Buning natijasida
chap yarim sharlardagi nerv markazlari odam tanasining o`ng tomonidagi, o`ng
yarim shardagi nerv markazlari tananing chap tomonidagi to`qima va organlar ishini
boshqaradi. Shunday qilib, bosh miya yarim sharlarining po`stloq qismida
joylashgan oliy nerv markazlari odam tanasining barcha to`qima va organlari ishini
boshqaradi.
Shartli va shartsiz reflekslar
Nerv tizimining faoliyati reflektor printsipida amalga oshadi. Refleks tashqi
va ichki muhit ta'siriga organizmning nerv sistemasi orqali yuzaga keladigan javob
reaktsiyasidir. Refleks terminini fiziologiya faniga chex olimi Proxaski kiritgan.
Reflekslar ikki xil bo`ladi: shartli va shartsiz.
Shartsiz reflekslar tugmadir, uning hosil bo`lishida markaziy nerv tizimining
pastki qismlari, ya'ni orqa, uzunchoq, o`rta, oraliq miyadagi nerv markazlari ishtirok
etadi. Bu reflekslar odam organizmidagi muhim hayotiy jarayonlarni ta'minlashga
qaratilgan. Masalan, ovqatni chaynash, emish, yutish, hazm qilish, siydik ajratish,
nafas olish, qon aylanishi va boshqalar. Shartsiz reflekslar doim, odam hayoti
davomida o`zgarmaydi. Bu reflekslar nasldan — naslga o`tadi.
Shartli reflekslar. Shartli reflekslar odam hayoti davomida hosil bo`lib, uning
markazi bosh miya katta yarim sharlari po`slog`ida joylashgan. Shartli
reflekslarning nerv yo`llari tarbiya, bilim olish, hunar o`rganish va boshqa hayotiy
tajribalar asosida hosil bo`ladi. Muayyan refleks uzoq vaqt takrorlanmasa bu shartli
refleks so`nadi. Shartli refleks shartsiz refleks asosida hosil bo`ladi. Shartli refleks
hosil bo`lishi uchun oldin shartli ta'sirlovchi ketidan shartsiz ta'sirlovchi ta'sir etishi
kerak. Shartli reflekslar hosil bo`lishi uchun quyidagilar zarur: 1) befarq shartli ta'sir
2) shartli ta'sir shartsiz ta'sirdan oldin kelishi va shartsiz ta'sir qila boshlagandan
keyin ham birmuncha vaqt ta'sir ko`rsatib turishi kerak 3) shartli va shartsiz ta'sirlar
shu tariqa birga qo`llanilishi kerak. Shartli ta'sir shartsiz ta'sir bilan quvvatlanib
Ilmiybaza.uz
turilmasa, shartli refleks hosil bo`lmasligi mumkin. Hayot mobaynida ba'zi shartli
reflekslar so`nib, yangilari paydo bo`lib turadi. Masalan bola tug`ilganda 7 — 8
marta emsa, katta odam 3 — 4 maxal ovqatlanadi. Refleks bosib o`tgan yo`lga
reflektor yoyi deyiladi u quyidagilardan tashkil topgan: retseptor (nerv uchi),
markazga intiluvchi nerv ya'ni afferent nerv; nerv markazi (orqa yoki bosh miya),
markazdan qochuvchi, ya'ni efferent nerv va ish bajaruvchi organ yoki effektordan
iborat. Retseptorlar joylashishiga qarab tashqi-eksteroretseptorlar va ichki —
interoretseptorlarga bo`linadi. Ekstroretseptorlarga teri, ko`z, quloq, hid bilish, ta'm
bilish organlarida joylashgan retseptorlar kiradi. Ular tashqi ta'sirni qabul qiladi.
Interoretseptorlar esa ichki organlarda joylashgan, ular organizmning o`zida hosil
bo`lgan ta'sirni qabul qiladi. Prodrioretseptorlar muskullar, paylar va bo`g`imlarda
joylashgan retseptorlardir. Shartli reflekslar hosil qilishda chamalash refleksining
ahamiyati juda katta, bu refleksii I.P. Pavlov "Nima degan?" deb atagan. Chamalash
refleksi turlicha namoyon bo`ladi. tashqi muhitning bir oz o`zgarishi bosh, ko`z,
quloq butun gavdani ta'sir berilgan ( tomonga qarab aylantiruvchi muskulllar
harakatini paydo qiladi. Chamalash refleksi murakkab reaktsiya hisoblanadi, u
komponentlarni yagona bir tizimga birlashtiruvchi omildir.
Shartli ta'sirlovchini shartsiz ta'sirlovchi bilan mustahkamlab, hosil qilingan
shartli refleks birinchi tartibli shartli refleks deyiladi. Ana shu shartli refleks asosida
yangi shartli refleks hosil qilish mumkin. Bu hosil qilingan shartli refleks ikkinchi
tartib" shartli refleks deyiladi. Masalan, itda lampochka yoqib, so`lak ajralishiga
shartli refleks hosil qilinsa, unga qo`shimcha ravishda qo`ng`iroq chalib, yangi
shartli refleks hosil qilish mumkin. Vaqtga, aloqador shartli reflekslar. Muayyan
oraliqda ham shartli ta'sir paydo bo`lib qolishi mumkin. Bolani har 3 — 4 soatda
ovqatlantirib turilsa, bir necha marta ovqatlanganidan so`ng unda shu vaqtda
ovqatlanish shartli refleksi paydo bo`ladi, Kun tartibi xususida ham shuni aytish
mumkin. Dars tugashiga 1—2 minut qolganda bolalarning diqqati bir oz susayadi.
Bunga vaqtga aloqador shartli refleks sababchidir. Maktab yoshidagi bolalarda
ularning ma'lum vaqtda uxlashi, uyg`onishi, dars tayyorlashi, ovqatlanishi kabi
vaqtga aloqador shartli reflekslarni qorish mumkin.
Ilmiybaza.uz
Iz qoldiruvchi shartli reflekslar. Iz qoldiruvchi shartli reflekslar shartli
ta'sirlovchilardan so`ng miya yarim sharlari po`slog`i hujayralarida qolgan iz
hisobiga vujudga keladi. O`quvchiga ma'lum vazifa topshirilganda u bu vazifani o`z
vaqtida olib kelib topshirishi mazkur refleksga misol bo`la oladi.
Shartli reflekslarning tormozlanishi.
Tormozlanish ikki xil: tashqi, ya'ni shartsiz tormozlanish va ichki, ya'ni shartli
tormozlanish bo`ladi.
Tashqi tormozlanish. Shartli refleks hosil bo`layotgan davrda tashqi muhit
sharoitining birdan o`zgarishi miya po`slog`ida yangi qo`zg`alish o`chogini hosil
qiladi va shartli refleks markazini tormozlaydi. Bunday tashqi ta'sirlovchilarga turli
tovushlar, xonadagi yorug`lik, shamol va boshqalar kiradi. Tashqi tormozlanishni
hosil qiladigan ta'sirlovchilar shartsiz ta'sirlovchi deb nomlanadi. Masalan dars
vaqtida ko`chadan avtomobil' ovozi eshitilganda o`quvchilarning diqqati chalg`iydi.
Miya po`slog`ida ikkilamchi qo`zg`alish markazi vujudga kelmasa ham
tormozlanish paydo bo`lishi mumkin.
Shartli tormozlanish. Shartli ya'ni ichki tormozlanish markaziy nerv
sistemasining yuqori bo`limlariga xos bo`lib, shartli ta'sirlovchi shartsiz
ta'sirlovchi bilan mustahkamlanmaganda, ikkita qo`zg`alish o`chog`i vaqtining bir-
biriga zid kelishi natijasida hosil bo`ladi. Shartli tormozlanish hayot davomida asta-
sekin paydo bo`ladi. Shartli tormozlanish so`nuvchi, qiyosiy va kechikuvchi turlarga
bo`linadi.
So`nuvchi tormozlanish. Agar odam egallagan bilim, hunar, kasbini uzoq,
vaqt davomida takrorlab turmasa, uning esidan chiqadi, hosil bo`lgan shartli refleks
so`nadi, ya'ni bu refleksning miyadagi markazida ichki so`nuvchi tormozlanish
holati yuzaga keladi. Natijada odamning o`rgangan bilimi, hunari esidan chiqadi.
Ammo bu bog`lanish yo`qolsa ham ma'lum vaqtgacha uning izi qoladi. Shuning
uchun odam unutgan narsalarini takrorlasa u tez esiga keladi. Odamning— kundalik
hayotida so`nuvchi tormozlanish muhim ahamiyatga ega. So`nuvchi shartli refleks
qaytadan tiklanishi mumkin, bu nerv sistemasining tipiga, sinish darajasiga,
bolaning yoshiga bog`lik bo`ladi.
Ilmiybaza.uz
Qiyosiy tormozlanish. Miya yarim sharlar po`slog`ida shartli refleks faqat
shartli ta'sirga nisbatan hosil bo`lmasdan, balki shu ta'sirga yaqin ta'sirlovchilarga
ham bog`liq bo`ladi. Shartli ta'sirlovchining rangi, shakli, tovush balandligi bir oz
o`zgartirilgundek bo`lsa, hosil qilingan shartli refleks tormozlanadi.
Kechikuvchi shartli refleks. Agar shartsiz ta'sirlovchi kechiktirilib ta'sir
qilinsa, shartli refleks ta'sir berilishi bilanoq emas, balki bir oz kechroq hosil bo`ladi.
Kechikuvchi shartli reflekslar bogcha, maktab yoshidagi bolalarda juda qiyinlik
bilan hosil bo`ladi. Bu bolalar oliy nerv faoliyatining tipiga bog`liq.
Birinchi va ikkinchi signal sistemasi. Odamda birinchi va ikkinchi signal
sistemasi, hayvonlarda esa faqat birinchi sistemasi bo'ladi.Odamning yuksak
xayvonlardan asosiy farqlaridan biri unda og’zaki va yozma nutqning
rivojlanganligidir.Nutq ta’sirlovchi sifatida sezgi organlari orqali qabul qilinib,shrtli
refleks hosil qiladi.
Odam oliy nerv faoliyati ham, hayvonlar oliy nerv faoliyati kabi, reflektor
tabiatga ega. Tashqi dunyodagi konkret signallarni analiz va sintez qilish odam va
hayvonlarga xos umumiy xususiyat hisoblanadi. Odamning oliy nerv faoliyati o'ziga
xos sifat belgilariga ega, bu uning barcha jonzotlardan yuqori pog'onada turishini
ko'rsatadi.
Faqat odam yuqori darajada anglash, abstrakt fikrlash, so'zlash qobiliyatiga
ega. Odam oliy nerv faoliyatining taraqqiyoti natijasida voqelikning ikkinchi signal
sistemasi vujudga kelgan. Ikkinchi signal sistemasi so'zlardan iborat bo'lib,
nihoyatda rivojlangan nutq signallari faqat bevosita signallar o'rnini bosmasdan,
balki predmetlarning ayrim belgilarini farq qilish va ularni umumlashtirish, ular
o'rtasidagi bog'lanishlarni vujudga keltirish xususiyatiga ega.
Odam so'z yordamida tabiatning ob'yektiv qonuniyatlarini, insonning tarixini
va jamiyat tajribasini aks ettiradi. So'zlar yordamida tushunchalar, qonunlar boshqa
kishilarga yetkaziladi. Tushuncha va qonunlar jamiyatning mehnat faoliyati
jarayonida taraqqiy etadi. So'z yordamida signal sifatida ta'sir etib, turli reaksiyalarni
keltirib chiqarishi mumkin. Ikkinchi signal sistemasining ro'yobga chiqishida nerv