Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov ( 1844-1908)

Yuklangan vaqt

2024-09-03

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

24,1 KB


 
 
 
 
 
 
Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov ( 1844-1908) 
 
Reja: 
1. Ijod yo’li. 
2 . Ijodiga xarakteristika. 
3. Rimskiy-Korsakov estetikasi. 
4. Opera ijodiyoti. 
5. Simfonik ijodi. 
 
  1. Ijod yo’li. Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov kompozitor, pedagog, 
dirijer,jamoat arbobi. Dunyoqarashining taraqqiyoti, rus xalq madaniyati va san’ati 
bilan 
bo’lgan 
uzluksiz 
aloqasi,optimizm, 
adabiyotchilik,etik 
mazmunning 
chuqurliligi, realizm, vatanparvarlik, cholg’ulashtirish sohasidagi buyuk mahorat 
bularning barchasi rus klassik musiqasi ijodiy namoyondasi va jahon musiqa 
san’atining atoqli, mashhur ustasi Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov qiyofasida 
ko’rishimiz mumkin. 
  Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov 1844-yil mart oyida Novgorod 
guberniyasining Tixvin shaharchasida dvoryanlar (amaldorlar) oilasida dunyoga 
keldi. Musiqiy qobiliyat unda bolaligidan ko’rina boshladi. ; yoshligida murakkab 
bo’lmagan p’esalarni chalar va 9 yoshidan boshlab musiqa asarlarini yaratishni 
boshlagan edi. 
  1856-1862 yillar Peteburgdagi Dengiz kadet korpusida tahsil ola boshladi. Bu 
o’qish mobaynida, Kanille nomli pedagog sinfida musiqadan saboq ola boshlagan va 
keyinchalik Kanille uni M. Balakirev bilan tanishtirgan. M.Balakirev rahnamoligi 
ostida Rimskiy-Korsakov o’zining birinchi simfoniyasini yaratishni boshladi. 
Simfoniyani tugatmasidan “Almaz” kliperida ( tez yurar elkanli kema) dengiz 
Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov ( 1844-1908) Reja: 1. Ijod yo’li. 2 . Ijodiga xarakteristika. 3. Rimskiy-Korsakov estetikasi. 4. Opera ijodiyoti. 5. Simfonik ijodi. 1. Ijod yo’li. Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov kompozitor, pedagog, dirijer,jamoat arbobi. Dunyoqarashining taraqqiyoti, rus xalq madaniyati va san’ati bilan bo’lgan uzluksiz aloqasi,optimizm, adabiyotchilik,etik mazmunning chuqurliligi, realizm, vatanparvarlik, cholg’ulashtirish sohasidagi buyuk mahorat bularning barchasi rus klassik musiqasi ijodiy namoyondasi va jahon musiqa san’atining atoqli, mashhur ustasi Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov qiyofasida ko’rishimiz mumkin. Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov 1844-yil mart oyida Novgorod guberniyasining Tixvin shaharchasida dvoryanlar (amaldorlar) oilasida dunyoga keldi. Musiqiy qobiliyat unda bolaligidan ko’rina boshladi. ; yoshligida murakkab bo’lmagan p’esalarni chalar va 9 yoshidan boshlab musiqa asarlarini yaratishni boshlagan edi. 1856-1862 yillar Peteburgdagi Dengiz kadet korpusida tahsil ola boshladi. Bu o’qish mobaynida, Kanille nomli pedagog sinfida musiqadan saboq ola boshlagan va keyinchalik Kanille uni M. Balakirev bilan tanishtirgan. M.Balakirev rahnamoligi ostida Rimskiy-Korsakov o’zining birinchi simfoniyasini yaratishni boshladi. Simfoniyani tugatmasidan “Almaz” kliperida ( tez yurar elkanli kema) dengiz  
 
sayohatiga yo’l oldi. Dengiz safarining uch yillik mobaynida u ko’p vaqtini kitob 
mutolaasiga sarflab, ko’plab mamlakatlarni ko’rib, katta taassurotga ega bo’ldi. U 
dengizni juda ham sevganidan o’z asarlarida dengiz tasvirini aks ettirishni orzu qilar 
edi. 
  1865-yilda Peteburgga qaytib kelib birinchi simfoniyasini nihoyasiga etkazadi va 
bu simfoniya muvaffaqiyatli ijro etilgan. Shu davrdan boshlab ko’p yillik, 
mashshaqatli ijodiy faoliyati boshlandi.” Sadko” simfonik kartinasi, “Antar” simfonik 
syuitasi, L.Meyning syujetiga asoslangan “Pskovityanka” operasi asarlari ustida 
ishlay boshladi. 
  1871-yilda Rimskiy-Korsakov Peterburg konservatoriyasiga professor darajasi 
lavozimida ishga taklif qilinib, keyinchalik shu muassasada umrining so’nggi 
davrigacha ishlaydi. 
  1873-yilda iste’foga chiqib flotning harbiy orkestrlari inspektori etib tayinlanadi. 
1874-81 yilga qadar “Bepul musiqa maktabi”ning direktori va bosh dirijeri 
lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan. 1883-yildan 1884-yilga qadar Saroy xonandalik 
kapellasi boshqaruvchisining yordamchisi bo’lib ishlagan. 1880-yillarda simfonik 
orkestrga dirijerlik qilib, Belyaev to’garagini boshqara boshladi. Belyaev boy, 
badavlat o’rmon sanoatchisi bo’lib, iste’dodli musiqachilarga yordam berar, Rus 
simfonik kontsertlarini tashkillashtirar va musiqiy nashriyotlarga homiylik qilar edi. 
1889-yilda Rimskiy-Korsakov Parij butunjahon ko’rgazmasida ikkita orkestrga 
dirijerlik qilgan. Bryusselda ijro etilgan uning “ Ispan kaprichchiosi” pe’sasi 
muvaffaqiyatga uchragan. 1905-yilda talabalarning xaq xuquqini himoya qilgani 
uchun konservatoriyadan ishdan ozod etilgan. Birdamlik uchun A.Glazunov va A. 
Lyadov singari konservatoriyaning ba’zi o’qituvchilari ham ishdan ketishgan edi. 
1905-yil konservatoriyaning muxtor (avtonom) bo’lishi munosabati bilan va Badiiy 
kengash taklifi bilan Rimskiy-Korsakov konservatoriyaga qaytadi. U 200 dan ortiq 
musiqa arboblarini etishtirib chiqqan. Bular A.Arenskiy, M.Ippolitov-Ivanov, 
N.Lo’senko, 
N.Myaskovskiy 
,S.Prokofev, 
I.Stravinskiy, 
M.Shteynberg 
va 
boshqalardir. Rimskiy- Korsakovning Pushkin syujetiga yozgan so’nggi asari, satirik-
ertak “Zolotoy petushok”(Oltin xo’rozcha) operasidir. Bu opera postanovkasi 
sayohatiga yo’l oldi. Dengiz safarining uch yillik mobaynida u ko’p vaqtini kitob mutolaasiga sarflab, ko’plab mamlakatlarni ko’rib, katta taassurotga ega bo’ldi. U dengizni juda ham sevganidan o’z asarlarida dengiz tasvirini aks ettirishni orzu qilar edi. 1865-yilda Peteburgga qaytib kelib birinchi simfoniyasini nihoyasiga etkazadi va bu simfoniya muvaffaqiyatli ijro etilgan. Shu davrdan boshlab ko’p yillik, mashshaqatli ijodiy faoliyati boshlandi.” Sadko” simfonik kartinasi, “Antar” simfonik syuitasi, L.Meyning syujetiga asoslangan “Pskovityanka” operasi asarlari ustida ishlay boshladi. 1871-yilda Rimskiy-Korsakov Peterburg konservatoriyasiga professor darajasi lavozimida ishga taklif qilinib, keyinchalik shu muassasada umrining so’nggi davrigacha ishlaydi. 1873-yilda iste’foga chiqib flotning harbiy orkestrlari inspektori etib tayinlanadi. 1874-81 yilga qadar “Bepul musiqa maktabi”ning direktori va bosh dirijeri lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan. 1883-yildan 1884-yilga qadar Saroy xonandalik kapellasi boshqaruvchisining yordamchisi bo’lib ishlagan. 1880-yillarda simfonik orkestrga dirijerlik qilib, Belyaev to’garagini boshqara boshladi. Belyaev boy, badavlat o’rmon sanoatchisi bo’lib, iste’dodli musiqachilarga yordam berar, Rus simfonik kontsertlarini tashkillashtirar va musiqiy nashriyotlarga homiylik qilar edi. 1889-yilda Rimskiy-Korsakov Parij butunjahon ko’rgazmasida ikkita orkestrga dirijerlik qilgan. Bryusselda ijro etilgan uning “ Ispan kaprichchiosi” pe’sasi muvaffaqiyatga uchragan. 1905-yilda talabalarning xaq xuquqini himoya qilgani uchun konservatoriyadan ishdan ozod etilgan. Birdamlik uchun A.Glazunov va A. Lyadov singari konservatoriyaning ba’zi o’qituvchilari ham ishdan ketishgan edi. 1905-yil konservatoriyaning muxtor (avtonom) bo’lishi munosabati bilan va Badiiy kengash taklifi bilan Rimskiy-Korsakov konservatoriyaga qaytadi. U 200 dan ortiq musiqa arboblarini etishtirib chiqqan. Bular A.Arenskiy, M.Ippolitov-Ivanov, N.Lo’senko, N.Myaskovskiy ,S.Prokofev, I.Stravinskiy, M.Shteynberg va boshqalardir. Rimskiy- Korsakovning Pushkin syujetiga yozgan so’nggi asari, satirik- ertak “Zolotoy petushok”(Oltin xo’rozcha) operasidir. Bu opera postanovkasi  
 
qo’yilishiga ruxsat berilmagan edi. 1908-yilda kompozitor yurak xurujidan olamdan 
vafot etdi va unga , so’nggi asarining sahnadagi namoyishini ko’rish nasib etmadi.  
Nazorat savollari: 
1.1.1. Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov qachon va qaerda tug’ilgan? 
1.1.2. Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov yoshligida qaerda tahsil olgan? 
1.1.3. Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakovning 1905 yilda konservatoriyadan 
nima sababli ishdan ozod etilgan? 
1.1.4. Nikolay Rimskiy-Korsakov rahnamoligi ostida qaysi musiqa arboblari etishib 
chiqqan? 
 
2-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Nikolay Rimskiy-Korsakov 
ijodiga xarakteristika beradi. 
 
Identiv o’quv maqsadlari: 
 2.1. Nikolay Rimskiy-Korsakovning ijodiga xarakteristika beradi. 
  
2- masalaning asosiy bayoni:       
 
2 . Ijodiga xarakteristika. Rimskiy - Korsakov rus klassik operasida janr 
turlarini kengaytirib rus va jahon musiqasini ajoyib yorqin simfoniyalar bilan boyitgan 
kompozitordir. U bir talay klassik musiqa ishlarining muallifidir: “Prakticheskiy 
uchebnik garmonii” “Osnovo’ orkestrovki» «Letopis moey muzo’kalnoy jizni» 1909-
yil nashriyoti va maqolalar.  
Rimskiy-Korsakov rus xalq qo’shiqlaridan ikkita to’plam kitoblarini to’plagan. 
U havaskor xonanda T.Filippovdan 40 ta qo’shiqni yozib olib, ularni 
garmoniyalashtirgan. Bundang so’ng “ 100 russkix narodno’x pesen” to’plamiga 
kirgan qo’shiqlar orqali qadimiy udumlar va raqsbop qo’shiqlarga qiziqa boshlagan. 
Dargomijskiy, “Qudratli To’da” a’zolari Musorgskiy va Borodinning 
tugallanmagan asarlarini nihoyasiga etkazish va orkestrlash ishlari uning ancha 
vaqtini olib, holdan toydirib qo’ydi. Rimskiy-Korsakov xotirasi fenomental (noyob, 
qo’yilishiga ruxsat berilmagan edi. 1908-yilda kompozitor yurak xurujidan olamdan vafot etdi va unga , so’nggi asarining sahnadagi namoyishini ko’rish nasib etmadi. Nazorat savollari: 1.1.1. Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov qachon va qaerda tug’ilgan? 1.1.2. Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov yoshligida qaerda tahsil olgan? 1.1.3. Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakovning 1905 yilda konservatoriyadan nima sababli ishdan ozod etilgan? 1.1.4. Nikolay Rimskiy-Korsakov rahnamoligi ostida qaysi musiqa arboblari etishib chiqqan? 2-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Nikolay Rimskiy-Korsakov ijodiga xarakteristika beradi. Identiv o’quv maqsadlari: 2.1. Nikolay Rimskiy-Korsakovning ijodiga xarakteristika beradi. 2- masalaning asosiy bayoni: 2 . Ijodiga xarakteristika. Rimskiy - Korsakov rus klassik operasida janr turlarini kengaytirib rus va jahon musiqasini ajoyib yorqin simfoniyalar bilan boyitgan kompozitordir. U bir talay klassik musiqa ishlarining muallifidir: “Prakticheskiy uchebnik garmonii” “Osnovo’ orkestrovki» «Letopis moey muzo’kalnoy jizni» 1909- yil nashriyoti va maqolalar. Rimskiy-Korsakov rus xalq qo’shiqlaridan ikkita to’plam kitoblarini to’plagan. U havaskor xonanda T.Filippovdan 40 ta qo’shiqni yozib olib, ularni garmoniyalashtirgan. Bundang so’ng “ 100 russkix narodno’x pesen” to’plamiga kirgan qo’shiqlar orqali qadimiy udumlar va raqsbop qo’shiqlarga qiziqa boshlagan. Dargomijskiy, “Qudratli To’da” a’zolari Musorgskiy va Borodinning tugallanmagan asarlarini nihoyasiga etkazish va orkestrlash ishlari uning ancha vaqtini olib, holdan toydirib qo’ydi. Rimskiy-Korsakov xotirasi fenomental (noyob,  
 
kamdan kam uchraydigan) darajada, ya’ni bir marta eshitganini eslab qoladigan 
darajada edi.  
Rimskiy-Korsakoving ijodiy me’rosi juda ham kattadir: 15 ta opera 
(“Pskovityanka” musiqali dramasi, lirik-komik “Mayskaya noch”, sehrli opera-balet 
“Snegurochka”, afsonaviy-cho’pchak “Mlada”, opera-cho’pchak “Noch pered 
Rojdestvom”, opera-cho’pchak “Sadko”, kamerli “Motsart va Saleri”,”Kahey 
bessmertno’y”, tarixiy syujetga ega “ Tsarskaya nevesta”, “Skazka o tsare Saltane “, 
bir aktli operalar “Boyaro’nya Vera Sheloga», «Servilya», «Pan Voevoda», « 
Skazanie o nevidimom grade Kiteje i deve Fevronii», «Zolotoy petushok») , 3 ta 
simfonik syuitalar («Antar», «Shexerezada», «Ispanskoe kaprichchio») 3 ta simfonik 
kartina ( «Sadko», «Skazka», «Svetlo’y prazdnik») simfoniyalar, simfonik 
uvertyuralar, fortepiano va orkestr uchun kontsert, kamer -cholg’u ansambli uchun 
asarlar, 80 ta romanslar. Romanslari ichida mashhurlari «Zvonche javoronka pene», 
«Na 
xolmax 
Gruzii»,«To 
bo’lo 
ranneyu 
vesnoy»,«O 
chyom 
v 
tishi 
nochnoy»,»Oktava», «Anchar».  
Kompozitor o’z asarlarida go’zallikni, muxabbatni, xaqiqatga ishonchni, xalq 
donishmandligini, rus tabiati go’zalligini va shu bilan birga hayotning salbiy 
tomonlarini, nohaqlik, befarosatlik, bosqinchilik, rahm-shafqatsizlik,eb-to’ymaslik 
kabi xususiyatlarni mohirlik bilan ko’rsata olgan.  
Nazorat savollari: 
2.1.1. Rimskiy-Korsakov qaysi musiqiy nashriy ishlarining muallifidir? 
2.1.2. Rimskiy-Korsakov qaysi xonandadan 40 ta qo’shiq yozib olib ularni 
garmoniyalashtirgan? 
2.1.3. Rimskiy-Korsakov xotirasi qanday xususiyatga ega? 
2.1.4. Rimskiy-Korsakov ijodida nechta opera mavjud? 
 
3-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Nikolay Rimskiy-Korsakov 
musiqiy estetikasi xaqida ma’lumot beradi. 
 
Identiv o’quv maqsadlari: 
kamdan kam uchraydigan) darajada, ya’ni bir marta eshitganini eslab qoladigan darajada edi. Rimskiy-Korsakoving ijodiy me’rosi juda ham kattadir: 15 ta opera (“Pskovityanka” musiqali dramasi, lirik-komik “Mayskaya noch”, sehrli opera-balet “Snegurochka”, afsonaviy-cho’pchak “Mlada”, opera-cho’pchak “Noch pered Rojdestvom”, opera-cho’pchak “Sadko”, kamerli “Motsart va Saleri”,”Kahey bessmertno’y”, tarixiy syujetga ega “ Tsarskaya nevesta”, “Skazka o tsare Saltane “, bir aktli operalar “Boyaro’nya Vera Sheloga», «Servilya», «Pan Voevoda», « Skazanie o nevidimom grade Kiteje i deve Fevronii», «Zolotoy petushok») , 3 ta simfonik syuitalar («Antar», «Shexerezada», «Ispanskoe kaprichchio») 3 ta simfonik kartina ( «Sadko», «Skazka», «Svetlo’y prazdnik») simfoniyalar, simfonik uvertyuralar, fortepiano va orkestr uchun kontsert, kamer -cholg’u ansambli uchun asarlar, 80 ta romanslar. Romanslari ichida mashhurlari «Zvonche javoronka pene», «Na xolmax Gruzii»,«To bo’lo ranneyu vesnoy»,«O chyom v tishi nochnoy»,»Oktava», «Anchar». Kompozitor o’z asarlarida go’zallikni, muxabbatni, xaqiqatga ishonchni, xalq donishmandligini, rus tabiati go’zalligini va shu bilan birga hayotning salbiy tomonlarini, nohaqlik, befarosatlik, bosqinchilik, rahm-shafqatsizlik,eb-to’ymaslik kabi xususiyatlarni mohirlik bilan ko’rsata olgan. Nazorat savollari: 2.1.1. Rimskiy-Korsakov qaysi musiqiy nashriy ishlarining muallifidir? 2.1.2. Rimskiy-Korsakov qaysi xonandadan 40 ta qo’shiq yozib olib ularni garmoniyalashtirgan? 2.1.3. Rimskiy-Korsakov xotirasi qanday xususiyatga ega? 2.1.4. Rimskiy-Korsakov ijodida nechta opera mavjud? 3-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Nikolay Rimskiy-Korsakov musiqiy estetikasi xaqida ma’lumot beradi. Identiv o’quv maqsadlari:  
 
 3.1. Nikolay Rimskiy-Korsakovning musiqiy estetikasi bilan tanishadi? 
  
3- masalaning asosiy bayoni:       
 
3. Rimskiy-Korsakov estetikasi. Rimskiy-Korsakov 60-yillarda “Yangi rus 
musiqa maktablari” estetik printsiplari bosimi ta’siri ostida shakllangan muzikantdir. 
Bu printsiplar xalqchillikka intilishdan, mazmun mohiyatining yuqoriligidan, 
san’atning jamiyatdagi ahamiyatidan tuzilgan edi. Rimskiy-Korsakovning estetik 
boshlanishi har bir asar boshida go’zallikka va mukamallilikka intilishdan iborat 
Professionalizm va estetik mahorat rang-barangligining asosiy ahamiyati mana shu 
erdandir. Dunyoqarashning garmoniyasi, ichki bosiqlilik, nozik artistizm, bekamu 
ko’st didlik, hissiyot me’yori, musiqiy ifodaning yorqinligi Rimskiy-Korsakov 
musiqasi xususiyatiga xosdir. U har bir syujetning o’ziga mos dramaturgiyasini janrini 
topa olgan. “Dunyoda qancha mavzu bo’lsa, shuncha mustaqil opera shakllarini topish 
mumkin”, deb hisoblar edi Rimskiy-Korsakov. Operani musiqiy asar hisoblagan 
holda, uning adabiy ma’nosiga ham katta e’tibor qaratar edi. 
  Ertak, afsona, udum, an’ana uning tematikasini aniqlaydi. Shular orqali u xalqning 
dunyoqarashini: 
baxtli 
hayot 
xaqidagi 
orzusini 
(“Snegurochka”operasida 
berendeevlar qirolligi obrazlari timsolida, “Skazka o tsare Saltane”operasidagi 
Ledentsa shaharlari timsolida) aniqlab, ifodalay olgan. 
Nazorat savollari: 
3.1.1. Rimskiy-Korsakovning estetikasi nimadan iborat? 
3.1.2. Rimskiy-Korsakov asarlarida ko’proq qanday tematika egallagan? 
  
4-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Nikolay Rimskiy-
Korsakovning opera ijodiyoti xaqida ma’lumot beradi. 
 
Identiv o’quv maqsadlari: 
 
4.1. Nikolay Rimskiy-Korsakovning opera ijodiyoti xaqida ma’lumot oladi. 
 
4.2. “Snegurochka” (Qorqiz) operasining adabiy syujeti bilan tanishadi. 
3.1. Nikolay Rimskiy-Korsakovning musiqiy estetikasi bilan tanishadi? 3- masalaning asosiy bayoni: 3. Rimskiy-Korsakov estetikasi. Rimskiy-Korsakov 60-yillarda “Yangi rus musiqa maktablari” estetik printsiplari bosimi ta’siri ostida shakllangan muzikantdir. Bu printsiplar xalqchillikka intilishdan, mazmun mohiyatining yuqoriligidan, san’atning jamiyatdagi ahamiyatidan tuzilgan edi. Rimskiy-Korsakovning estetik boshlanishi har bir asar boshida go’zallikka va mukamallilikka intilishdan iborat Professionalizm va estetik mahorat rang-barangligining asosiy ahamiyati mana shu erdandir. Dunyoqarashning garmoniyasi, ichki bosiqlilik, nozik artistizm, bekamu ko’st didlik, hissiyot me’yori, musiqiy ifodaning yorqinligi Rimskiy-Korsakov musiqasi xususiyatiga xosdir. U har bir syujetning o’ziga mos dramaturgiyasini janrini topa olgan. “Dunyoda qancha mavzu bo’lsa, shuncha mustaqil opera shakllarini topish mumkin”, deb hisoblar edi Rimskiy-Korsakov. Operani musiqiy asar hisoblagan holda, uning adabiy ma’nosiga ham katta e’tibor qaratar edi. Ertak, afsona, udum, an’ana uning tematikasini aniqlaydi. Shular orqali u xalqning dunyoqarashini: baxtli hayot xaqidagi orzusini (“Snegurochka”operasida berendeevlar qirolligi obrazlari timsolida, “Skazka o tsare Saltane”operasidagi Ledentsa shaharlari timsolida) aniqlab, ifodalay olgan. Nazorat savollari: 3.1.1. Rimskiy-Korsakovning estetikasi nimadan iborat? 3.1.2. Rimskiy-Korsakov asarlarida ko’proq qanday tematika egallagan? 4-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Nikolay Rimskiy- Korsakovning opera ijodiyoti xaqida ma’lumot beradi. Identiv o’quv maqsadlari: 4.1. Nikolay Rimskiy-Korsakovning opera ijodiyoti xaqida ma’lumot oladi. 4.2. “Snegurochka” (Qorqiz) operasining adabiy syujeti bilan tanishadi.  
 
  
4- masalaning asosiy bayoni:       
4. Opera ijodiyoti. Rimskiy-Korsakov operalari mavzu jihatidan, badiiy 
qiyofa shakli va dramaturgiyasi jihatidan rang-barangdir. Ularda biz tarixiy-
ertaknamo, lirik-dramatik, lirik-komedik, satira asarlarini uchratamiz. Katta hajmdagi 
monumental (hashamatlilik) operalari bilan birga, qisqa bir aktli operalarni ham 
yaratgan. Operalarining ko’pchiligi rus klassik adabiyoti va xalq ijodiyotidagi rus 
syujetlariga yozilgan.  
Uning birinchi “Pskovityanka” operasi tipik, odatiy, “to’daviy” operadir. Opera 
tarkibi 
asosan 
uzluksiz 
rivojlanayotgan 
sahna 
musiqiy 
tuzilmalaridan 
iborat.”Pskovityanka”operasi musiqasi yakka solo, ansambl, xor epizodlari, ariozo, 
arietta, monolog, qo’shiq kabi qismlarni o’z ichiga oladi. Bu qismlarning qisqa 
o’lchovlari operada sahna harakatlarining o’zgarib turishida paydo bo’ladigan, bekat 
masofalarining cho’zilishiga yo’l qo’ymaydi. Musiqaning harakat orqasidan 
izlanishlari printsipi asosida, Rimskiy-Korsakov obrazlar hissiyoti rivojlanishini, 
qahramonlarning harakat va fikrlari almashinib turishini ko’rsatgan. Rechitativ--
operaning nafaqat alohida bo’lgan partiyalarida, balki xalq ko’rinishi musiqalarida 
ham ahamiyatli o’rinni egallagan. 
“Snegurochka” (Qorqiz). Bu operani Rimskiy-Korsakov eng mukammal deb 
hisoblab, unga katta mehr bergan. Bu opera uning ijodidagi eng sevimli operalardan 
hisoblangan. A.N. Ostrovskiyning p’esa-ertagi syujeti Rimskiy-Korsakovning 
o’zgacha iste’dodiga hayratlanarli tarzda mos keldi. “Qadimiy rus an’analariga va rus 
tiliga, qalbimdagi sekin-asta paydo bo’lgan intilish endilikda alanga bo’lib yonmoqda. 
Qorqiz, Lel va Bahor, Berendeev qirolligi va uning ajoyib qiroli va ularning Yarilo-
Quyoshga bo’lgan sig’inishlari kabi obrazlar syujetidan ajibroq syujet yo’q edi men 
uchun”, deb yozgan edi Rimskiy-Korsakov. Ostrovskiy p’esasi va Rimskiy-Korsakov 
operasidagi xalq hayoti go’zal, yorqin va nasriydir. Xalq ozodligini va farovonligini, 
go’zallikka intilishini hohlagan berendeevlar qirolligining maqsadi go’zaldir. 
Saxiylik, go’zallik, tabiiy tabiat qonunlariga bo’lgan ishonch, berendeevlarning 
yuksak maqsadidir. “Snegurochka”dagi optimistik mavjudlik, insoniyatning tabiat 
4- masalaning asosiy bayoni: 4. Opera ijodiyoti. Rimskiy-Korsakov operalari mavzu jihatidan, badiiy qiyofa shakli va dramaturgiyasi jihatidan rang-barangdir. Ularda biz tarixiy- ertaknamo, lirik-dramatik, lirik-komedik, satira asarlarini uchratamiz. Katta hajmdagi monumental (hashamatlilik) operalari bilan birga, qisqa bir aktli operalarni ham yaratgan. Operalarining ko’pchiligi rus klassik adabiyoti va xalq ijodiyotidagi rus syujetlariga yozilgan. Uning birinchi “Pskovityanka” operasi tipik, odatiy, “to’daviy” operadir. Opera tarkibi asosan uzluksiz rivojlanayotgan sahna musiqiy tuzilmalaridan iborat.”Pskovityanka”operasi musiqasi yakka solo, ansambl, xor epizodlari, ariozo, arietta, monolog, qo’shiq kabi qismlarni o’z ichiga oladi. Bu qismlarning qisqa o’lchovlari operada sahna harakatlarining o’zgarib turishida paydo bo’ladigan, bekat masofalarining cho’zilishiga yo’l qo’ymaydi. Musiqaning harakat orqasidan izlanishlari printsipi asosida, Rimskiy-Korsakov obrazlar hissiyoti rivojlanishini, qahramonlarning harakat va fikrlari almashinib turishini ko’rsatgan. Rechitativ-- operaning nafaqat alohida bo’lgan partiyalarida, balki xalq ko’rinishi musiqalarida ham ahamiyatli o’rinni egallagan. “Snegurochka” (Qorqiz). Bu operani Rimskiy-Korsakov eng mukammal deb hisoblab, unga katta mehr bergan. Bu opera uning ijodidagi eng sevimli operalardan hisoblangan. A.N. Ostrovskiyning p’esa-ertagi syujeti Rimskiy-Korsakovning o’zgacha iste’dodiga hayratlanarli tarzda mos keldi. “Qadimiy rus an’analariga va rus tiliga, qalbimdagi sekin-asta paydo bo’lgan intilish endilikda alanga bo’lib yonmoqda. Qorqiz, Lel va Bahor, Berendeev qirolligi va uning ajoyib qiroli va ularning Yarilo- Quyoshga bo’lgan sig’inishlari kabi obrazlar syujetidan ajibroq syujet yo’q edi men uchun”, deb yozgan edi Rimskiy-Korsakov. Ostrovskiy p’esasi va Rimskiy-Korsakov operasidagi xalq hayoti go’zal, yorqin va nasriydir. Xalq ozodligini va farovonligini, go’zallikka intilishini hohlagan berendeevlar qirolligining maqsadi go’zaldir. Saxiylik, go’zallik, tabiiy tabiat qonunlariga bo’lgan ishonch, berendeevlarning yuksak maqsadidir. “Snegurochka”dagi optimistik mavjudlik, insoniyatning tabiat  
 
qonuniga bo’ysunishdagi tantanasi bilan ifodalangan. Opera 1880-yil yozda, rus 
qishlog’ida yaratila boshlagan. “Hech qaysi operani men “Snegurochka” operasi kabi 
engillik bilan va tez muddatda yaratmaganman”,deb yozadi Rimskiy-Korsakov.1881-
yilda opera nihoyasiga etdi. Keyingi yilda, Mariinskiy teatr sahnasida namoyish 
etilgan “Snegurochka” muvaffaqiyatga uchradi. Opera namoyishidan ta’sirlangan 
A.N. Ostrovskiy “Mening Snegurochkamga bundanda ortiqroq va ajibroq musiqani 
kutmagan edim”, deb quvonchini ichiga sig’dira olmagan. 
  “Snegurochka”(Qorqiz) operasi mazmuni: Berendeev sehrli qirolligining qizil 
tepaligi. Oy balqib turgan tun. Qushlar atrofida o’rab olingan Qizil Bahoroy erga 
tushib kelmoqda.O’rmon qor ostida mudrayotgan va mamlakatda qahr sovuqchilik 
hukm surmoqda. 15 yil avval Ayoz bobo va Bahoroyning qizi Qor qiz tug’ilgan 
kunidan boshlab, g’azab o’tiga mingan Yarilo-Quyosh erga kam yorug’lik va iliqlik 
bermoqda; yoz fasli qisqa, qahraton qish fasli esa uzoq va sovuqdir. Ayoz bobo paydo 
bo’ldi. U Bahoroyga berendeevlar mamlakatini tark etishiga va’da bermoqda, lekin 
Qor qizni kim himoya qiladi? Chunki, Yarilo-Quyosh qiz qalbida uni o’limga olib 
keluvchi muhabbat alangasini yondirishga qulay fursat kutmoqda. Qor qizni ota onasi 
Berendeevlar xududida yashaydigan bolasi yo’q Bakula-Bobo’lya nazorati ostiga, 
uning uyiga jo’natishga ahd qilishadi. Snegurochka baxtli, chunki uni azaldan cho’pon 
Lelning ajoyib qo’shiqlariga va insonlar hayotiga bo’lgan qiziqishi uni er tomon 
chorlayverar edi .Leshiyga (o’rmon odamiga) qizni qo’riqlashni tayinlab, qizini erda 
qoldirganlaridan so’ng, Ayoz bobo va Bahoroy ortiga ketadilar. Quvnoq berendeylar 
to’dasi yaqinlashmoqda. Ular Maslenitsa udumini kuzatib, bahor kirib kelishini 
xursandchilik bilan qarshilamoqdalar. Bobo’l o’rmondan chiqib kelgan Qor qizni 
ko’rib xursand bo’ladi va Qorqiz esa unga qiz farzand bo’lishiga ijozat so’raydi. 
  Qorqiz iltimosi bilan cho’pon Lel unga kuylamoqda, lekin yaqinlashib kelayotgan 
quvnoq do’stlarining jarangdor ovozlarini eshitib Qorqiz tuhfa etgan gulchambarni 
tashlab, ular tomon yugurib ketadi. Xafa bo’lgan qiz oldiga badavlat oiladan bo’lgan 
Kupava kelib, “Savdogar Mizgir uni sevishini va yaqinda ularning to’yi bo’lishi 
xaqidagi yangilikni” intiqib, so’zlab, o’rtoqlashadi. Shu payt kuyov sovg’a salomlar 
bilan paydo bo’ladi. Eski udumlar bo’yicha kelinni dugonalaridan sotib olishi kerak, 
qonuniga bo’ysunishdagi tantanasi bilan ifodalangan. Opera 1880-yil yozda, rus qishlog’ida yaratila boshlagan. “Hech qaysi operani men “Snegurochka” operasi kabi engillik bilan va tez muddatda yaratmaganman”,deb yozadi Rimskiy-Korsakov.1881- yilda opera nihoyasiga etdi. Keyingi yilda, Mariinskiy teatr sahnasida namoyish etilgan “Snegurochka” muvaffaqiyatga uchradi. Opera namoyishidan ta’sirlangan A.N. Ostrovskiy “Mening Snegurochkamga bundanda ortiqroq va ajibroq musiqani kutmagan edim”, deb quvonchini ichiga sig’dira olmagan. “Snegurochka”(Qorqiz) operasi mazmuni: Berendeev sehrli qirolligining qizil tepaligi. Oy balqib turgan tun. Qushlar atrofida o’rab olingan Qizil Bahoroy erga tushib kelmoqda.O’rmon qor ostida mudrayotgan va mamlakatda qahr sovuqchilik hukm surmoqda. 15 yil avval Ayoz bobo va Bahoroyning qizi Qor qiz tug’ilgan kunidan boshlab, g’azab o’tiga mingan Yarilo-Quyosh erga kam yorug’lik va iliqlik bermoqda; yoz fasli qisqa, qahraton qish fasli esa uzoq va sovuqdir. Ayoz bobo paydo bo’ldi. U Bahoroyga berendeevlar mamlakatini tark etishiga va’da bermoqda, lekin Qor qizni kim himoya qiladi? Chunki, Yarilo-Quyosh qiz qalbida uni o’limga olib keluvchi muhabbat alangasini yondirishga qulay fursat kutmoqda. Qor qizni ota onasi Berendeevlar xududida yashaydigan bolasi yo’q Bakula-Bobo’lya nazorati ostiga, uning uyiga jo’natishga ahd qilishadi. Snegurochka baxtli, chunki uni azaldan cho’pon Lelning ajoyib qo’shiqlariga va insonlar hayotiga bo’lgan qiziqishi uni er tomon chorlayverar edi .Leshiyga (o’rmon odamiga) qizni qo’riqlashni tayinlab, qizini erda qoldirganlaridan so’ng, Ayoz bobo va Bahoroy ortiga ketadilar. Quvnoq berendeylar to’dasi yaqinlashmoqda. Ular Maslenitsa udumini kuzatib, bahor kirib kelishini xursandchilik bilan qarshilamoqdalar. Bobo’l o’rmondan chiqib kelgan Qor qizni ko’rib xursand bo’ladi va Qorqiz esa unga qiz farzand bo’lishiga ijozat so’raydi. Qorqiz iltimosi bilan cho’pon Lel unga kuylamoqda, lekin yaqinlashib kelayotgan quvnoq do’stlarining jarangdor ovozlarini eshitib Qorqiz tuhfa etgan gulchambarni tashlab, ular tomon yugurib ketadi. Xafa bo’lgan qiz oldiga badavlat oiladan bo’lgan Kupava kelib, “Savdogar Mizgir uni sevishini va yaqinda ularning to’yi bo’lishi xaqidagi yangilikni” intiqib, so’zlab, o’rtoqlashadi. Shu payt kuyov sovg’a salomlar bilan paydo bo’ladi. Eski udumlar bo’yicha kelinni dugonalaridan sotib olishi kerak,  
 
ammo go’zal Qorqizga mahliyo bo’lib qolgan Mizgir uni ko’rishi bilan Kupavani rad 
etadi. Aldangan Kupava, ko’z yoshlari ila qovoqari va asalarilarga uni xafa qilgan 
odamni ta’zirini berishlarini yolvorib so’raydi. Mizgir bevafoligidan ajablangan xalq, 
berendey xalqining mehribon va adolatli shohidan yordam so’rashni Kupavaga 
maslahat beradilar. 
 Shoh saroyi. Amirlar donishmand shohni sharaflamoqdalar, ammo shohning qalbi 
notinch, chunki Yarilo-Quyosh nimagadir berendeylardan g’azablanmoqda. Yarilo-
Quyosh rahmdilligiga erishish uchun shoh ertangi kunda barcha kuyov va kelinlarni 
nikohlashga ahd qiladi. Kupava yugurib kelib shohga o’z musibati xaqida arz 
qilganidan so’ng, shoh Mizgirni abadiy quvg’inlikka amr etadi.Mizgir esa 
berendeylarni Qorqizga bir marotaba boqishlarini so’raydi. Qorqiz go’zalligidan 
hayratlangan va uning muxabbat hissiga befarq ekanligin sezgan shoh, Yarilo-
Quyoshning g’azablanishi sababini tushunib etadi. Shoh farmoyish beradi:”Kimda 
kim Qorqizning yuragiga yo’l topa olsa, shu yigit Qorqizning kuyovi bo’ladi”.Mizgir 
shohdan yurtda qolish uchun va baxtini sinab ko’rish uchun bir kun muhlat so’raydi. 
  Kechki shafaq yonmoqda.Berendeylar kirib kelayotgan bahor tashrifiga 
tayyorgarchilik ko’rmoqdalar. Lelning qo’shiqlariga mukofot tarzda shoh uning 
o’ziga yoqqan qizni kelinlikka tanlashini taklif etadi. Lel Kupavani tanlaydi. Bu esa 
Qorqizni ranjitadi. Paydo bo’lgan Mizgir ehtiros ila sevgi izhor qila boshlaydi, lekin 
uning hissiyotini tushunmagan Qorqiz unga javob bera olmaydi. Mizgir yo’lini 
o’rmon odami Leshiy to’sadi va Mizgirni sehrlab uning ko’ziga Qor qiz ruhini 
ko’rsataverib, kalaka qiladi. Keng adir bo’yiga chiqqan Lel va Kupava bir biriga sevgi 
izhor qilmoqdalar. Kupava Leldan uni sharmadagarchilikdan qutqarib qolgani uchun 
minnatdorchiligi bildiradi. Qorqiz buni ko’rib ranjiganidan onasi Bahoroydan ozgina 
samimiy iliqlik berishini so’raydi. 
  Yarilo vodiysi. Kun yorishmoqda. Qizining iltimosiga ko’ra Bahoroy unga sehrli 
gulchambarni taqadi. Endilikda Qorqiz sevgi hissiyotini his qilmoqda va Mizgir bilan 
bo’lgan uchrashuvda uning muhabbatiga javob beradi. Yaqinda Quyosh chiqadi va 
ota onasining o’gitlarini esda tutgan holda o’limga olib keluvchi Yarilo-Quyoshning 
nurlaridan qochishi kerak ekanligini sevgilisi Mizgirga aytib, uni shoshiltirmoqda. 
ammo go’zal Qorqizga mahliyo bo’lib qolgan Mizgir uni ko’rishi bilan Kupavani rad etadi. Aldangan Kupava, ko’z yoshlari ila qovoqari va asalarilarga uni xafa qilgan odamni ta’zirini berishlarini yolvorib so’raydi. Mizgir bevafoligidan ajablangan xalq, berendey xalqining mehribon va adolatli shohidan yordam so’rashni Kupavaga maslahat beradilar. Shoh saroyi. Amirlar donishmand shohni sharaflamoqdalar, ammo shohning qalbi notinch, chunki Yarilo-Quyosh nimagadir berendeylardan g’azablanmoqda. Yarilo- Quyosh rahmdilligiga erishish uchun shoh ertangi kunda barcha kuyov va kelinlarni nikohlashga ahd qiladi. Kupava yugurib kelib shohga o’z musibati xaqida arz qilganidan so’ng, shoh Mizgirni abadiy quvg’inlikka amr etadi.Mizgir esa berendeylarni Qorqizga bir marotaba boqishlarini so’raydi. Qorqiz go’zalligidan hayratlangan va uning muxabbat hissiga befarq ekanligin sezgan shoh, Yarilo- Quyoshning g’azablanishi sababini tushunib etadi. Shoh farmoyish beradi:”Kimda kim Qorqizning yuragiga yo’l topa olsa, shu yigit Qorqizning kuyovi bo’ladi”.Mizgir shohdan yurtda qolish uchun va baxtini sinab ko’rish uchun bir kun muhlat so’raydi. Kechki shafaq yonmoqda.Berendeylar kirib kelayotgan bahor tashrifiga tayyorgarchilik ko’rmoqdalar. Lelning qo’shiqlariga mukofot tarzda shoh uning o’ziga yoqqan qizni kelinlikka tanlashini taklif etadi. Lel Kupavani tanlaydi. Bu esa Qorqizni ranjitadi. Paydo bo’lgan Mizgir ehtiros ila sevgi izhor qila boshlaydi, lekin uning hissiyotini tushunmagan Qorqiz unga javob bera olmaydi. Mizgir yo’lini o’rmon odami Leshiy to’sadi va Mizgirni sehrlab uning ko’ziga Qor qiz ruhini ko’rsataverib, kalaka qiladi. Keng adir bo’yiga chiqqan Lel va Kupava bir biriga sevgi izhor qilmoqdalar. Kupava Leldan uni sharmadagarchilikdan qutqarib qolgani uchun minnatdorchiligi bildiradi. Qorqiz buni ko’rib ranjiganidan onasi Bahoroydan ozgina samimiy iliqlik berishini so’raydi. Yarilo vodiysi. Kun yorishmoqda. Qizining iltimosiga ko’ra Bahoroy unga sehrli gulchambarni taqadi. Endilikda Qorqiz sevgi hissiyotini his qilmoqda va Mizgir bilan bo’lgan uchrashuvda uning muhabbatiga javob beradi. Yaqinda Quyosh chiqadi va ota onasining o’gitlarini esda tutgan holda o’limga olib keluvchi Yarilo-Quyoshning nurlaridan qochishi kerak ekanligini sevgilisi Mizgirga aytib, uni shoshiltirmoqda.  
 
Vodiyga berendey shohi tushib kelmoqda . Quyoshning ilk nurlari ostida kelin-
kuyovlarga fotiha berishi kerak. Qorqiz o’zining Mizgirga bo’lgan muxabbatini 
oshkor etadi, ammo Qorqizning baxti uzoqqa cho’zilmaydi. Insoniy muxabbatni his 
qila boshlagan Qorqiz Yarilo-Quyoshining qasosiga yaqin edi. Erta tongni kesib 
paydo bo’lgan Quyosh nurlari Qorqizga tushadi. O’z o’limi yaqinlashayotganini 
sezgan Qorqiz muxabbatning shirin tuhfasi uchun onasidan minnatdor bo’ladi. Mizgir 
afsus nadomatlar ila o’zini ko’lga tashlaydi. Xalq hayratda. Donishmand shoh 
Berendey vazmindir ,chunki Qorqizning mavjudligi tabiat qonunlarining buzilishi 
ekanligini u tushunar edi. Qorqizning o’limidan so’ng Yarilo-Quyoshning g’azabi 
yo’qolib, mamlakatda baxtli hayot davron sura boshladi. Lel va uning ortidan butun 
xalq Quyoshga maqtov madhiyasini kuylamoqda.  
Nazorat savollari: 
4.1.1. Rimskiy-Korsakovning birinchi “ Pskovityanka” operasiga ta’rif bering. 
4.1.2. Rimskiy-Korsakovning “ Snegurochka” operasi qaysi adibning ertak-syujeti 
asosida yaratilgan? 
4.2.1. Rimskiy-Korsakovning “ Snegurochka” operasi birinchi bor qachon va qaerda 
namoyish etilgan? 
4.2.2. “ Snegurochka” operasining adabiy syujeti xaqida so’zlab bering? 
 
5-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Nikolay Rimskiy-
Korsakovning simfonik ijodi xaqida ma’lumot beradi. 
 
Identiv o’quv maqsadlari: 
5.1.  Nikolay Rimskiy-Korsakovning simfonik ijodi bilan tanishadi. 
5.2.  Nikolay Rimskiy-Korsakovning “Shahrizoda” simfonik kartinasi xaqida 
ma’lumot oladi. 
  
5 - masalaning asosiy bayoni:       
 
Vodiyga berendey shohi tushib kelmoqda . Quyoshning ilk nurlari ostida kelin- kuyovlarga fotiha berishi kerak. Qorqiz o’zining Mizgirga bo’lgan muxabbatini oshkor etadi, ammo Qorqizning baxti uzoqqa cho’zilmaydi. Insoniy muxabbatni his qila boshlagan Qorqiz Yarilo-Quyoshining qasosiga yaqin edi. Erta tongni kesib paydo bo’lgan Quyosh nurlari Qorqizga tushadi. O’z o’limi yaqinlashayotganini sezgan Qorqiz muxabbatning shirin tuhfasi uchun onasidan minnatdor bo’ladi. Mizgir afsus nadomatlar ila o’zini ko’lga tashlaydi. Xalq hayratda. Donishmand shoh Berendey vazmindir ,chunki Qorqizning mavjudligi tabiat qonunlarining buzilishi ekanligini u tushunar edi. Qorqizning o’limidan so’ng Yarilo-Quyoshning g’azabi yo’qolib, mamlakatda baxtli hayot davron sura boshladi. Lel va uning ortidan butun xalq Quyoshga maqtov madhiyasini kuylamoqda. Nazorat savollari: 4.1.1. Rimskiy-Korsakovning birinchi “ Pskovityanka” operasiga ta’rif bering. 4.1.2. Rimskiy-Korsakovning “ Snegurochka” operasi qaysi adibning ertak-syujeti asosida yaratilgan? 4.2.1. Rimskiy-Korsakovning “ Snegurochka” operasi birinchi bor qachon va qaerda namoyish etilgan? 4.2.2. “ Snegurochka” operasining adabiy syujeti xaqida so’zlab bering? 5-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Nikolay Rimskiy- Korsakovning simfonik ijodi xaqida ma’lumot beradi. Identiv o’quv maqsadlari: 5.1. Nikolay Rimskiy-Korsakovning simfonik ijodi bilan tanishadi. 5.2. Nikolay Rimskiy-Korsakovning “Shahrizoda” simfonik kartinasi xaqida ma’lumot oladi. 5 - masalaning asosiy bayoni:  
 
5. Simfonik ijodi. Rimskiy-Korsakov ijodida simfonik asarlari ham katta 
ahamiyatga ega. Ularnning barchasi 90-yillarga qadar yaratilgan edi. Rimskiy-
Korsakov simfonik ijodi o’zining mazmun va uslubiga ko’ra opera ijodiyoti bilan 
birma birdir. Bu simfonik ijodda dasturli va dastursiz tsikllarning turli ko’rinishlari 
bor : ulardan simfoniya, simfonietta, syuita, bir qimsli p’esalar, turli xil cholg’u va 
orkestr uchun kontsertlar, “Pskovityanka” dramasiga musiqa va 3 ta kantatalaridir. 
Rimskiy-Korsakov simfonik uslubi Glinka uslubi ahamiyati ostida va Berlioz, List 
romantik maktabi ustalari uslubi ostida shakllangan. 
“Shahrizoda”. ”Shahrizodada” nafaqat bir nasriy g’oyadan, balki umumiy 
musiqiy mavzulari birlashmasidan iborat 4 qismli simfonik syuitadir.Shu bilan birga 
ikki asosiy mavzu, Shaxriyor va Shahrizoda mavzulari bilan birlashgan. Shaxrizoda 
mavzusi barcha qismlarda uchraydi. Syuita finalida, tugallanish qismida barcha 
qismlar mavzusi uchraydi. “Shahrizoda” simfonik syuitasida arabiy Sharq manzaralari 
va obrazlari, xalq maishiy-turmush tarzining go’zalligi, tabiati va san’ati aks ettirilgan. 
Epizod janrlarining fantastikaga aylanishi, tabiat manzaralari muxabbat sahnalari 
bilan boyitilganligi bu asarda aks ettirilgan. Bularning barchasi nasriy va nazmiy 
ohangda Sharq ertaklarining muattar, hushbo’y hidiga uyg’unlashgan. Rimskiy-
Korsakov bu asar mavzusini “1001 tun” arab ertagi motivlaridan olgan. 
Sulton Shaxriyor, o’zining haramidagi ayollarni makkorlik va bevafolikda 
gumonsirab, ularning barchasini har bir tun ertasiga boshidan judo qilishlariga 
farmoyish beradi. Faqatgina sultona Shahrizoda o’zining donoligi bilan ish tutib, 1001 
kecha oqshomi mobaynida sultonga har kechasi o’zining ertaklarini qiziqarli tarzda 
so’zlab berar, sulton esa uning ertaklariga qiziqib va ertangi tunda ertak davomini 
eshitish uchun Shahrizodaning boshini judo qilishni ertangi kunga qoldiraverar ekan 
.Shunday qilib xotinlarining boshini judo qilish fikridan qaytgan ekan. Shahrizoda 
ajoyib va g’aroyib voqealarni shoirlarning she’rlaridan va qo’shiqlarning she’rlaridan 
namunalar keltirib, ertakni ertakka, hikoyani hikoyaga, ulab haram ayollarini fojeadan 
qutqarib qolgan ekan. 
“Shahrizoda” simfonik syuitasida turli xarakterga ega obrazlar, epizodlar 
tasvirlangan. Syuita asosiy rejasida individual qiyofa, ya’ni ertakchi-obrazi turadi va 
5. Simfonik ijodi. Rimskiy-Korsakov ijodida simfonik asarlari ham katta ahamiyatga ega. Ularnning barchasi 90-yillarga qadar yaratilgan edi. Rimskiy- Korsakov simfonik ijodi o’zining mazmun va uslubiga ko’ra opera ijodiyoti bilan birma birdir. Bu simfonik ijodda dasturli va dastursiz tsikllarning turli ko’rinishlari bor : ulardan simfoniya, simfonietta, syuita, bir qimsli p’esalar, turli xil cholg’u va orkestr uchun kontsertlar, “Pskovityanka” dramasiga musiqa va 3 ta kantatalaridir. Rimskiy-Korsakov simfonik uslubi Glinka uslubi ahamiyati ostida va Berlioz, List romantik maktabi ustalari uslubi ostida shakllangan. “Shahrizoda”. ”Shahrizodada” nafaqat bir nasriy g’oyadan, balki umumiy musiqiy mavzulari birlashmasidan iborat 4 qismli simfonik syuitadir.Shu bilan birga ikki asosiy mavzu, Shaxriyor va Shahrizoda mavzulari bilan birlashgan. Shaxrizoda mavzusi barcha qismlarda uchraydi. Syuita finalida, tugallanish qismida barcha qismlar mavzusi uchraydi. “Shahrizoda” simfonik syuitasida arabiy Sharq manzaralari va obrazlari, xalq maishiy-turmush tarzining go’zalligi, tabiati va san’ati aks ettirilgan. Epizod janrlarining fantastikaga aylanishi, tabiat manzaralari muxabbat sahnalari bilan boyitilganligi bu asarda aks ettirilgan. Bularning barchasi nasriy va nazmiy ohangda Sharq ertaklarining muattar, hushbo’y hidiga uyg’unlashgan. Rimskiy- Korsakov bu asar mavzusini “1001 tun” arab ertagi motivlaridan olgan. Sulton Shaxriyor, o’zining haramidagi ayollarni makkorlik va bevafolikda gumonsirab, ularning barchasini har bir tun ertasiga boshidan judo qilishlariga farmoyish beradi. Faqatgina sultona Shahrizoda o’zining donoligi bilan ish tutib, 1001 kecha oqshomi mobaynida sultonga har kechasi o’zining ertaklarini qiziqarli tarzda so’zlab berar, sulton esa uning ertaklariga qiziqib va ertangi tunda ertak davomini eshitish uchun Shahrizodaning boshini judo qilishni ertangi kunga qoldiraverar ekan .Shunday qilib xotinlarining boshini judo qilish fikridan qaytgan ekan. Shahrizoda ajoyib va g’aroyib voqealarni shoirlarning she’rlaridan va qo’shiqlarning she’rlaridan namunalar keltirib, ertakni ertakka, hikoyani hikoyaga, ulab haram ayollarini fojeadan qutqarib qolgan ekan. “Shahrizoda” simfonik syuitasida turli xarakterga ega obrazlar, epizodlar tasvirlangan. Syuita asosiy rejasida individual qiyofa, ya’ni ertakchi-obrazi turadi va  
 
shuning bilan birga tinglovchiga bu bir shaxs tomonidan so’zlanayotgan ertak hissini 
eslataveradi. Sharq xaqidagi hikoyasida kompozitor aynan xaqiqiy sharq ohanglarini 
ishlatmagan, lekin “Shahrizoda”da Sharq yangramoqda. “Shahrizoda” go’zal 
simfonik syuitasi butun jahonda keng ijro etiladigan asarlardan biridir. 
Rimskiy-Korsakov ijodi XIX asr rus klassik musiqasi rivojlanishining 
tugallanishi bo’ldi. 1880-1900 yillardagi ilg’or kompozitorlarga Rimskiy-Korsakov 
ijodi ta’siri va ahamiyati katta bo’lgan. Moskva rus operalari sahnasida Rimskiy-
Korsakov operalariga badiiy ko’rgazmalar va sahna bezaklari ishlagan bir talay 
Vrubel, Vasnetsov, Korovin kabi rassomchilarni aytib o’tishimiz lozim. 
Rimskiy-Korsakov asarlari Milliy musiqiy me’rosining “Oltin fondi”ga 
kiritilgan.  
Nazorat savollari: 
5.1.1. Rimskiy-Korsakov o’z simfonik ijodida qanday asarlarni yaratgan? 
5.1.2. “ Shahrizoda” simfonik syuitasi nechchi qismdan iborat? 
5.2.1. “ Shahrizoda” simfonik syuitasi qaysi ertak motivlari asosida yaratilgan? 
5.2.2. Rimskiy-Korsakov asarlari qanday fondga kiritilgan? 
 
Umumiy nazorat savollari: 
1. Rimskiy-Korsakov ijod yo’lini kuzating. 
2. Rimskiy-Korsakov ijodiga xarakteristika bering. 
3. Rimskiy-Korsakov estetikasiga ta’rif bering. 
4. Rimskiy-Korsakov opera ijodiyoti xaqida ma’lumot bering. 
5. Rimskiy-Korsakov “Snegurochka”(Qorqiz) operasining adabiy syujetini 
so’zlab bering. 
6. Rimskiy-Korsakov simfonik ijodi xaqida ma’lumot bering. 
 
Tinglash uchun tavsiya etiladigan musiqiy asarlar: 
1. Simfoniya № 1 
2. «Na xolmax Gruzii» romansi 
3. « Shexerezada» simfonik syuitasi 
shuning bilan birga tinglovchiga bu bir shaxs tomonidan so’zlanayotgan ertak hissini eslataveradi. Sharq xaqidagi hikoyasida kompozitor aynan xaqiqiy sharq ohanglarini ishlatmagan, lekin “Shahrizoda”da Sharq yangramoqda. “Shahrizoda” go’zal simfonik syuitasi butun jahonda keng ijro etiladigan asarlardan biridir. Rimskiy-Korsakov ijodi XIX asr rus klassik musiqasi rivojlanishining tugallanishi bo’ldi. 1880-1900 yillardagi ilg’or kompozitorlarga Rimskiy-Korsakov ijodi ta’siri va ahamiyati katta bo’lgan. Moskva rus operalari sahnasida Rimskiy- Korsakov operalariga badiiy ko’rgazmalar va sahna bezaklari ishlagan bir talay Vrubel, Vasnetsov, Korovin kabi rassomchilarni aytib o’tishimiz lozim. Rimskiy-Korsakov asarlari Milliy musiqiy me’rosining “Oltin fondi”ga kiritilgan. Nazorat savollari: 5.1.1. Rimskiy-Korsakov o’z simfonik ijodida qanday asarlarni yaratgan? 5.1.2. “ Shahrizoda” simfonik syuitasi nechchi qismdan iborat? 5.2.1. “ Shahrizoda” simfonik syuitasi qaysi ertak motivlari asosida yaratilgan? 5.2.2. Rimskiy-Korsakov asarlari qanday fondga kiritilgan? Umumiy nazorat savollari: 1. Rimskiy-Korsakov ijod yo’lini kuzating. 2. Rimskiy-Korsakov ijodiga xarakteristika bering. 3. Rimskiy-Korsakov estetikasiga ta’rif bering. 4. Rimskiy-Korsakov opera ijodiyoti xaqida ma’lumot bering. 5. Rimskiy-Korsakov “Snegurochka”(Qorqiz) operasining adabiy syujetini so’zlab bering. 6. Rimskiy-Korsakov simfonik ijodi xaqida ma’lumot bering. Tinglash uchun tavsiya etiladigan musiqiy asarlar: 1. Simfoniya № 1 2. «Na xolmax Gruzii» romansi 3. « Shexerezada» simfonik syuitasi  
 
4. « Polyot shmelya» musiqiy parcha Kollektsiya№ 1 
5. “ Antar” simfonik syuitasi 
6. “ Svetlo’y prazdnik” uvertyurasi.  
Tayanch iboralar: 
1. Leytmotiv leytgarmoniya leyttembr leyttonalnost leytritm—opera, balet, 
operetta, programmali muzika p’esalarida xarakterli bir mavzu bo’lib, asar 
qahramonlari ma’lum bir qismida takrorlanishi mumkin. Alohida bo’lgan akkord va 
uning takrorlanishi, melodik aylanma, alohida bo’lgan tembr, tonallik, muayyan ritm 
bir necha marta takrorlanib tayinli personajga xarakteristika beradi. 
2. Ornamentika—tovushlar, qisqa o’lchovga ega bo’lgan tovushlar asosiy 
melodik suratini bezaydi.  
     Foydalaniladigan adabiyotlar: 
1. Rimskiy Korsakov N.”Letopis moey muzo’kalnoy jizni» M. 1980 
2. Solovtsov A. Jizn i tvorchestvo Rimskogo Korsakova .M. 1964. 
3. I.F. Kunin. Nikolay Andreevich Rimskiy Korsakov.M.1979. 
 4. Ts.Ratskaya «N.A. Rimskiy-Korsakov» Izdanie vtoroe pererabotannoe Moskva 
“ Muzo’ka” 1977 g. 
 5. « Skazka v tvorchestve N.A. Rimskogo-Korsakov» Moskva « Muzo’ka» 1987 
g. 
 
 
4. « Polyot shmelya» musiqiy parcha Kollektsiya№ 1 5. “ Antar” simfonik syuitasi 6. “ Svetlo’y prazdnik” uvertyurasi. Tayanch iboralar: 1. Leytmotiv leytgarmoniya leyttembr leyttonalnost leytritm—opera, balet, operetta, programmali muzika p’esalarida xarakterli bir mavzu bo’lib, asar qahramonlari ma’lum bir qismida takrorlanishi mumkin. Alohida bo’lgan akkord va uning takrorlanishi, melodik aylanma, alohida bo’lgan tembr, tonallik, muayyan ritm bir necha marta takrorlanib tayinli personajga xarakteristika beradi. 2. Ornamentika—tovushlar, qisqa o’lchovga ega bo’lgan tovushlar asosiy melodik suratini bezaydi. Foydalaniladigan adabiyotlar: 1. Rimskiy Korsakov N.”Letopis moey muzo’kalnoy jizni» M. 1980 2. Solovtsov A. Jizn i tvorchestvo Rimskogo Korsakova .M. 1964. 3. I.F. Kunin. Nikolay Andreevich Rimskiy Korsakov.M.1979. 4. Ts.Ratskaya «N.A. Rimskiy-Korsakov» Izdanie vtoroe pererabotannoe Moskva “ Muzo’ka” 1977 g. 5. « Skazka v tvorchestve N.A. Rimskogo-Korsakov» Moskva « Muzo’ka» 1987 g.