Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov ( 1844-1908)
Rimskiy-Korsakov ijod yo’li.
1.
Rimskiy-Korsakov ijodiga xarakteristika.
2.
Rimskiy-Korsakov estetikasi.
3.
“Snegurochka” (Qor qiz) operasi.
5. Rimskiy-Korsakov simfonik ijodi “Shexerezada”.
1. Ijod yo’li. Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov kompozitor, pedagog,
dirijer,jamoat arbobi. Dunyoqarashining taraqqiyoti, rus xalq madaniyati va san’ati
bilan bo’lgan uzluksiz aloqasi,optimizm, adabiyotchilik,etik mazmunning
chuqurliligi, realizm, vatanparvarlik, cholg’ulashtirish sohasidagi buyuk mahorat
bularning barchasi rus klassik musiqasi ijodiy namoyondasi va jahon musiqa
san’atining atoqli, mashhur ustasi Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov qiyofasida
ko’rishimiz mumkin.
Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov 1844-yil mart oyida Novgorod
guberniyasining Tixvin shaharchasida dvoryanlar (amaldorlar) oilasida dunyoga
keldi. Musiqiy qobiliyat unda bolaligidan ko’rina boshladi. ; yoshligida murakkab
bo’lmagan p’esalarni chalar va 9 yoshidan boshlab musiqa asarlarini yaratishni
boshlagan edi.
1856-1862 yillar Peteburgdagi Dengiz kadet korpusida tahsil ola boshladi.
Bu o’qish mobaynida, Kanille nomli pedagog sinfida musiqadan saboq ola
boshlagan va keyinchalik Kanille uni M. Balakirev bilan tanishtirgan. M.Balakirev
rahnamoligi ostida Rimskiy-Korsakov o’zining birinchi simfoniyasini yaratishni
boshladi. Simfoniyani tugatmasidan “Almaz” kliperida ( tez yurar elkanli kema)
dengiz sayohatiga yo’l oldi. Dengiz safarining uch yillik mobaynida u ko’p vaqtini
kitob mutolaasiga sarflab, ko’plab mamlakatlarni ko’rib, katta taassurotga ega bo’ldi.
U dengizni juda ham sevganidan o’z asarlarida dengiz tasvirini aks ettirishni orzu
qilar edi.
1865-yilda Peteburgga qaytib kelib birinchi simfoniyasini nihoyasiga
etkazadi va bu simfoniya muvaffaqiyatli ijro etilgan. Shu davrdan boshlab ko’p
yillik, mashshaqatli ijodiy faoliyati boshlandi.” Sadko” simfonik kartinasi, “Antar”
simfonik syuitasi, L.Meyning syujetiga asoslangan “Pskovityanka” operasi asarlari
ustida ishlay boshladi.
1871-yilda Rimskiy-Korsakov Peterburg konservatoriyasiga professor
darajasi lavozimida ishga taklif qilinib, keyinchalik shu muassasada umrining
so’nggi davrigacha ishlaydi.
1873-yilda iste’foga chiqib flotning harbiy orkestrlari inspektori etib
tayinlanadi. 1874-81 yilga qadar “Bepul musiqa maktabi”ning direktori va bosh
dirijeri lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan. 1883-yildan 1884-yilga qadar Saroy
xonandalik kapellasi boshqaruvchisining yordamchisi bo’lib ishlagan. 1880-yillarda
simfonik orkestrga dirijerlik qilib, Belyaev to’garagini boshqara boshladi. Belyaev
boy, badavlat o’rmon sanoatchisi bo’lib, iste’dodli musiqachilarga yordam berar,
Rus simfonik kontsertlarini tashkillashtirar va musiqiy nashriyotlarga homiylik qilar
edi. 1889-yilda Rimskiy-Korsakov Parij butunjahon ko’rgazmasida ikkita orkestrga
dirijerlik qilgan. Bryusselda ijro etilgan uning “ Ispan kaprichchiosi” pe’sasi
muvaffaqiyatga uchragan. 1905-yilda talabalarning xaq xuquqini himoya qilgani
uchun konservatoriyadan ishdan ozod etilgan. Birdamlik uchun A.Glazunov va A.
Lyadov singari konservatoriyaning ba’zi o’qituvchilari ham ishdan ketishgan edi.
1905-yil konservatoriyaning muxtor (avtonom) bo’lishi munosabati bilan va Badiiy
kengash taklifi bilan Rimskiy-Korsakov konservatoriyaga qaytadi. U 200 dan ortiq
musiqa arboblarini etishtirib chiqqan. Bular A.Arenskiy, M.Ippolitov-Ivanov,
N.Lo’senko, N.Myaskovskiy ,S.Prokofev, I.Stravinskiy, M.Shteynberg va
boshqalardir. Rimskiy- Korsakovning Pushkin syujetiga yozgan so’nggi asari,
satirik-ertak “Zolotoy petushok”(Oltin xo’rozcha) operasidir. Bu opera postanovkasi
qo’yilishiga ruxsat berilmagan edi. 1908-yilda kompozitor yurak xurujidan olamdan
vafot etdi va unga , so’nggi asarining sahnadagi namoyishini ko’rish nasib etmadi.
2 . Ijodiga xarakteristika. Rimskiy - Korsakov rus klassik operasida janr
turlarini kengaytirib rus va jahon musiqasini ajoyib yorqin simfoniyalar bilan
boyitgan kompozitordir. U bir talay klassik musiqa ishlarining muallifidir:
“Prakticheskiy uchebnik garmonii” “Osnovo’ orkestrovki» «Letopis moey
muzo’kalnoy jizni» 1909-yil nashriyoti va maqolalar.
Rimskiy-Korsakov rus xalq qo’shiqlaridan ikkita to’plam kitoblarini to’plagan. U
havaskor xonanda T.Filippovdan 40 ta qo’shiqni yozib olib, ularni
garmoniyalashtirgan. Bundang so’ng “ 100 russkix narodno’x pesen” to’plamiga
kirgan qo’shiqlar orqali qadimiy udumlar va raqsbop qo’shiqlarga qiziqa boshlagan.
Dargomijskiy, “Qudratli To’da” a’zolari Musorgskiy va Borodinning
tugallanmagan asarlarini nihoyasiga etkazish va orkestrlash ishlari uning ancha
vaqtini olib, holdan toydirib qo’ydi. Rimskiy-Korsakov xotirasi fenomental (noyob,
kamdan kam uchraydigan) darajada, ya’ni bir marta eshitganini eslab qoladigan
darajada edi.
Rimskiy-Korsakoving ijodiy me’rosi juda ham kattadir: 15 ta opera
(“Pskovityanka” musiqali dramasi, lirik-komik “Mayskaya noch”, sehrli opera-balet
“Snegurochka”, afsonaviy-cho’pchak “Mlada”, opera-cho’pchak “Noch pered
Rojdestvom”, opera-cho’pchak “Sadko”, kamerli “Motsart va Saleri”,”Kahey
bessmertno’y”, tarixiy syujetga ega “ Tsarskaya nevesta”, “Skazka o tsare Saltane “,
bir aktli operalar “Boyaro’nya Vera Sheloga», «Servilya», «Pan Voevoda», «
Skazanie o nevidimom grade Kiteje i deve Fevronii», «Zolotoy petushok») , 3 ta
simfonik syuitalar («Antar», «Shexerezada», «Ispanskoe kaprichchio») 3 ta simfonik
kartina ( «Sadko», «Skazka», «Svetlo’y prazdnik») simfoniyalar, simfonik
uvertyuralar, fortepiano va orkestr uchun kontsert, kamer -cholg’u ansambli uchun
asarlar, 80 ta romanslar. Romanslari ichida mashhurlari «Zvonche javoronka pene»,
«Na xolmax Gruzii»,«To bo’lo ranneyu vesnoy»,«O chyom v tishi
nochnoy»,»Oktava», «Anchar».
Kompozitor o’z asarlarida go’zallikni, muxabbatni, xaqiqatga ishonchni, xalq
donishmandligini, rus tabiati go’zalligini va shu bilan birga hayotning salbiy
tomonlarini, nohaqlik, befarosatlik, bosqinchilik, rahm-shafqatsizlik,eb-to’ymaslik
kabi xususiyatlarni mohirlik bilan ko’rsata olgan.
3. Rimskiy-Korsakov estetikasi. Rimskiy-Korsakov 60-yillarda “Yangi rus
musiqa maktablari” estetik printsiplari bosimi ta’siri ostida shakllangan muzikantdir.
Bu printsiplar xalqchillikka intilishdan, mazmun mohiyatining yuqoriligidan,
san’atning jamiyatdagi ahamiyatidan tuzilgan edi. Rimskiy-Korsakovning estetik
boshlanishi har bir asar boshida go’zallikka va mukamallilikka intilishdan iborat
Professionalizm va estetik mahorat rang-barangligining asosiy ahamiyati mana shu
erdandir. Dunyoqarashning garmoniyasi, ichki bosiqlilik, nozik artistizm, bekamu
ko’st didlik, hissiyot me’yori, musiqiy ifodaning yorqinligi Rimskiy-Korsakov
musiqasi xususiyatiga xosdir. U har bir syujetning o’ziga mos dramaturgiyasini
janrini topa olgan. “Dunyoda qancha mavzu bo’lsa, shuncha mustaqil opera
shakllarini topish mumkin”, deb hisoblar edi Rimskiy-Korsakov. Operani musiqiy
asar hisoblagan holda, uning adabiy ma’nosiga ham katta e’tibor qaratar edi.
Ertak, afsona, udum, an’ana uning tematikasini aniqlaydi. Shular orqali u
xalqning dunyoqarashini: baxtli hayot xaqidagi orzusini (“Snegurochka”operasida
berendeevlar qirolligi obrazlari timsolida, “Skazka o tsare Saltane”operasidagi
Ledentsa shaharlari timsolida) aniqlab, ifodalay olgan.
4. Opera ijodiyoti. Rimskiy-Korsakov operalari mavzu jihatidan, badiiy qiyofa
shakli va dramaturgiyasi jihatidan rang-barangdir. Ularda biz tarixiy-ertaknamo,
lirik-dramatik, lirik-komedik, satira asarlarini uchratamiz. Katta hajmdagi
monumental (hashamatlilik) operalari bilan birga, qisqa bir aktli operalarni ham
yaratgan. Operalarining ko’pchiligi rus klassik adabiyoti va xalq ijodiyotidagi rus
syujetlariga yozilgan.
Uning birinchi “Pskovityanka” operasi tipik, odatiy, “to’daviy” operadir. Opera
tarkibi asosan uzluksiz rivojlanayotgan sahna musiqiy tuzilmalaridan
iborat.”Pskovityanka”operasi musiqasi yakka solo, ansambl, xor epizodlari, ariozo,
arietta, monolog, qo’shiq kabi qismlarni o’z ichiga oladi. Bu qismlarning qisqa
o’lchovlari operada sahna harakatlarining o’zgarib turishida paydo bo’ladigan, bekat
masofalarining cho’zilishiga yo’l qo’ymaydi. Musiqaning harakat orqasidan
izlanishlari printsipi asosida, Rimskiy-Korsakov obrazlar hissiyoti rivojlanishini,
qahramonlarning harakat va fikrlari almashinib turishini ko’rsatgan. Rechitativ--
operaning nafaqat alohida bo’lgan partiyalarida, balki xalq ko’rinishi musiqalarida
ham ahamiyatli o’rinni egallagan.
“Snegurochka” (Qorqiz). Bu operani Rimskiy-Korsakov eng mukammal deb
hisoblab, unga katta mehr bergan. Bu opera uning ijodidagi eng sevimli operalardan
hisoblangan. A.N. Ostrovskiyning p’esa-ertagi syujeti Rimskiy-Korsakovning
o’zgacha iste’dodiga hayratlanarli tarzda mos keldi. “Qadimiy rus an’analariga va
rus tiliga, qalbimdagi sekin-asta paydo bo’lgan intilish endilikda alanga bo’lib
yonmoqda. Qorqiz, Lel va Bahor, Berendeev qirolligi va uning ajoyib qiroli va
ularning Yarilo-Quyoshga bo’lgan sig’inishlari kabi obrazlar syujetidan ajibroq
syujet yo’q edi men uchun”, deb yozgan edi Rimskiy-Korsakov. Ostrovskiy p’esasi
va Rimskiy-Korsakov operasidagi xalq hayoti go’zal, yorqin va nasriydir. Xalq
ozodligini va farovonligini, go’zallikka intilishini hohlagan
berendeevlar
qirolligining maqsadi go’zaldir. Saxiylik, go’zallik, tabiiy tabiat qonunlariga bo’lgan
ishonch, berendeevlarning yuksak maqsadidir. “Snegurochka”dagi optimistik
mavjudlik, insoniyatning tabiat qonuniga bo’ysunishdagi tantanasi bilan ifodalangan.
Opera 1880-yil yozda, rus qishlog’ida yaratila boshlagan. “Hech qaysi operani men
“Snegurochka” operasi kabi engillik bilan va tez muddatda yaratmaganman”,deb
yozadi Rimskiy-Korsakov.1881-yilda opera nihoyasiga etdi. Keyingi yilda,
Mariinskiy teatr sahnasida namoyish etilgan “Snegurochka” muvaffaqiyatga uchradi.
Opera namoyishidan ta’sirlangan A.N. Ostrovskiy “Mening Snegurochkamga
bundanda ortiqroq va ajibroq musiqani kutmagan edim”, deb quvonchini ichiga
sig’dira olmagan.
“Snegurochka”(Qorqiz) operasi mazmuni:
Berendeev sehrli
qirolligining qizil tepaligi. Oy balqib turgan tun. Qushlar atrofida o’rab olingan Qizil
Bahoroy erga tushib kelmoqda.O’rmon qor ostida mudrayotgan va mamlakatda qahr
sovuqchilik hukm surmoqda. 15 yil avval Ayoz bobo va Bahoroyning qizi Qor qiz
tug’ilgan kunidan boshlab, g’azab o’tiga mingan Yarilo-Quyosh erga kam yorug’lik
va iliqlik bermoqda; yoz fasli qisqa, qahraton qish fasli esa uzoq va sovuqdir. Ayoz
bobo paydo bo’ldi. U Bahoroyga berendeevlar mamlakatini tark etishiga va’da
bermoqda, lekin Qor qizni kim himoya qiladi? Chunki, Yarilo-Quyosh qiz qalbida
uni o’limga olib keluvchi muhabbat alangasini yondirishga qulay fursat kutmoqda.
Qor qizni ota onasi Berendeevlar xududida yashaydigan bolasi yo’q Bakula-
Bobo’lya nazorati ostiga, uning uyiga jo’natishga ahd qilishadi. Snegurochka baxtli,
chunki uni azaldan cho’pon Lelning ajoyib qo’shiqlariga va insonlar hayotiga
bo’lgan qiziqishi uni er tomon chorlayverar edi .Leshiyga (o’rmon odamiga) qizni
qo’riqlashni tayinlab, qizini erda qoldirganlaridan so’ng, Ayoz bobo va Bahoroy
ortiga ketadilar. Quvnoq berendeylar to’dasi yaqinlashmoqda. Ular Maslenitsa
udumini kuzatib, bahor kirib kelishini xursandchilik bilan qarshilamoqdalar. Bobo’l
o’rmondan chiqib kelgan Qor qizni ko’rib xursand bo’ladi va Qorqiz esa unga qiz
farzand bo’lishiga ijozat so’raydi.
Qorqiz iltimosi bilan cho’pon Lel unga kuylamoqda, lekin yaqinlashib
kelayotgan quvnoq do’stlarining jarangdor ovozlarini eshitib Qorqiz tuhfa etgan
gulchambarni tashlab, ular tomon yugurib ketadi. Xafa bo’lgan qiz oldiga badavlat
oiladan bo’lgan Kupava kelib, “Savdogar Mizgir uni sevishini va yaqinda ularning
to’yi bo’lishi xaqidagi yangilikni” intiqib, so’zlab, o’rtoqlashadi. Shu payt kuyov
sovg’a salomlar bilan paydo bo’ladi. Eski udumlar bo’yicha kelinni dugonalaridan
sotib olishi kerak, ammo go’zal Qorqizga mahliyo bo’lib qolgan Mizgir uni ko’rishi
bilan Kupavani rad etadi. Aldangan Kupava, ko’z yoshlari ila qovoqari va
asalarilarga uni xafa qilgan odamni ta’zirini berishlarini yolvorib so’raydi. Mizgir
bevafoligidan ajablangan xalq, berendey xalqining mehribon va adolatli shohidan
yordam so’rashni Kupavaga maslahat beradilar.
Shoh saroyi. Amirlar donishmand shohni sharaflamoqdalar, ammo shohning
qalbi notinch, chunki Yarilo-Quyosh nimagadir berendeylardan g’azablanmoqda.
Yarilo-Quyosh rahmdilligiga erishish uchun shoh ertangi kunda barcha kuyov va
kelinlarni nikohlashga ahd qiladi. Kupava yugurib kelib shohga o’z musibati xaqida
arz qilganidan so’ng, shoh Mizgirni abadiy quvg’inlikka amr etadi.Mizgir esa
berendeylarni Qorqizga bir marotaba boqishlarini so’raydi. Qorqiz go’zalligidan
hayratlangan va uning muxabbat hissiga befarq ekanligin sezgan shoh, Yarilo-
Quyoshning g’azablanishi sababini tushunib etadi. Shoh farmoyish beradi:”Kimda
kim Qorqizning yuragiga yo’l topa olsa, shu yigit Qorqizning kuyovi bo’ladi”.Mizgir
shohdan yurtda qolish uchun va baxtini sinab ko’rish uchun bir kun muhlat so’raydi.
Kechki shafaq yonmoqda.Berendeylar kirib kelayotgan bahor tashrifiga
tayyorgarchilik ko’rmoqdalar. Lelning qo’shiqlariga mukofot tarzda shoh uning
o’ziga yoqqan qizni kelinlikka tanlashini taklif etadi. Lel Kupavani tanlaydi. Bu esa
Qorqizni ranjitadi. Paydo bo’lgan Mizgir ehtiros ila sevgi izhor qila boshlaydi, lekin
uning hissiyotini tushunmagan Qorqiz unga javob bera olmaydi. Mizgir yo’lini
o’rmon odami Leshiy to’sadi va Mizgirni sehrlab uning ko’ziga Qor qiz ruhini
ko’rsataverib, kalaka qiladi. Keng adir bo’yiga chiqqan Lel va Kupava bir biriga