Nivelirlash
Reja
1. Nivilerlash to’g’risida ma’lumot.
2. Geometrik nivelerlash.
3. Trigonometrik nivelerlash.
4. Barometrik nivelerlash.
Tayanch so’zlar: Niviler, geometrik nivilerlsh, trigonometrik, barometrik,
nisbiy va mutloq balandlik, normal bosim, niviler reykasi.
Topografik kartalarda har bir ob’ektning planli holati va uning balandligi
nivilerlash yo’li bilan aniqlanadi. Unda bir nuqtaning balandligi ma’lum bo’lsa,
qolgan nuqtalarning balandligini o’lchash va hisoblash yo’llarini aniqlash
nivilerlash deyiladi. Nivilerlash ishlatiladigan asboblari va nivinerlanadigan joylar
aniqlik natijalari bo’yicha geometrik, trigonometrik, barometrik va boshqa turlarga
bo’linadi. Nivilerlash ishlari davlatlarning tayanch nuqtalarini aniqlashda, joylarda
turli xo’jalik ishlarini olib borishda (yo’llar, kanallar,inshoatlar qurishda),
topografik plan olishda, s’yomka nuqtalarini belgilashda ishlatiladi, nivilerlash
asosida joylarning profillari tuziladi.
Nivilerlash turlari
Geometrik nivilerlash – nuqtalar balandligini aniqlashda niviler asbobi va
reykalardan foydalaniladi. Geometrik nivilerlashda gorizontal vizerlash orqali
nuqtalar orasidagi baland-pastlik aniqlanadi.Niviler asboblari turli xil bo’lib,
shundan quyma niviler quyidagi qismlardan iborat: ko’rish trubasi, silindrik adilak,
vertikal o’q, taglik doirasi, uchta ko’rsatgich vint, shtativ, asosiy o’qqa
mahkamlovchi vint va mikrovintdan iborat. Niviler reykalarining uzunligi 3-4 m,
eni 8-10 sm, qalinligi 2 sm bo’lgan taxtadan iborat. U sm larga bo’lingan bo’lib,
oq, qora va qizil rangga bo’yaladi. Raqamlar reykaning pastki qismiga yozilib,
ko’zimizga teskari bo’lib ko’rinadi, dalnomerdan u o’ng qilib
ko’rsatiladi.reykadagi sanoq 1 mm aniqlikda hisoblanadi.
Geometrik nivilerlashda biron nuqtaning balanligi ma’lum bo’lsa, unga
nisbatan qolgan nuqtalarning balandligini aniqlash mumkin va u quyidagi formula
bilan aniqlanadi:
h=a-b Hb=Ha+h
Bu erda a-orqadagi reykadan olingan sanoq, v-oldingi reykadan olingan
sanoq.
Agar ikkita nuqtaga reyka o’rnatilib, ularning o’rtasiga niviler qo’yib
balandligi aniqlansa o’rtada turib nivilerlash, agar bitta reyka bilan balandlik
aniqlansa oldinga qarab nivilerlash deyiladi. Faqat bitta yoki ikkita nuqtaning
balandligi aniqlansa, oddiy nivilerlash, bir nechta nuqtaning balandligi aniqlansa,
murakkab nivilerlash deyiladi. Agar AV yo’nalish nivilerlanadigan bo’lsa, niviler
K nuqtaga o’rnatiladi va 1 piketning A nuqtaga nisbatan nisbiy balandligi h=a1-b1
formula bilan aniqlanadi. Keyin 1 bilan 2, 2 bilan 3 va hakozo nisbiy balandliklar
aniqlanadi.
Trigonometrik nivilerlash – bir nuqtadan ikkinchi nuqtaning farqi
trigonometrik usulda burchak o’lchash asosida aniqlanadi va u trigonometrik
nivilerlash deyiladi. Agar AVV 1 uchburchakning VV1 tomoni shu
uchburchakning A nuqtasiga nisbatan V nuqtasining balandligi (h), bo’ladi. U
quyidagi trigonometrik formula bilan aniqlanadi.
h
Sin & = -------- ; h=ABSin& ; h= D Sin & ;
AB
YOki
h
tg&= ---------- h=AB1 tg& h= d tg&
AB
Trigonometrik nivilerlashda joydagi predmet va nuqtalarning balandligini
eklimetr, teodalit, kiprigel asboblari yordamida aniqlash mumkin.