Nizo, o‘zgarish va asabtaranglikni boshqarish
REJA:
12.1. Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari.
12.2. Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar.
12.3. Ishlab chiqarishdagi nizolarning oldini olish va bartaraf etish.
12.4. Stress va uni boshqarish.
12.1. Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari
O’zbek tilining izohli lug’atida nizo tushunchasi quyidagicha talqin qilinadi:
“Nizo — bu o’zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik, dushmanlik, adovat
orqasida tug’ilg’an holat, munosabat; ixtilof, nifoq”.
Adovat, ixtilof, nifoq tufayli o’zaro janjallar sodir bo’ladi. Odamlar janjal xaqida
o’ylaganlarida dushmanlik, qo’rqitish, bosqinchilik, tortishuv kabi noxushliklarni
nazarda tutishadi.
Boshqarish jarayonida nizo — bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar o’rtasida
muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela
olmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyatdir.
Ishlab chiqarishdagi nizolar kishilar kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi va ularning
ish qobiliyatini pasaytiradi, jamoadagi "ruhiy iqlim" ni yomonlashtiradi, kadrlar
qo’nimsizligini ko’paytiradi. SHuning uchun bu masalalarga doimo e’tibor berish,
mehnat jamoalarini boshqarishni, kadrlar turg’unligini ta’minlovchi shartlardan
biridir. Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar oldini olishning barcha imkoniyatlaridan
foydalanish lozim.
Nizo qanday harakterga ega bo’lmasin va u qay darajada katta bo’lmasin, barcha
xollarda nizoning sabablari hamda uni vujudga keltirgan holatlar diqqat bilan tahlil
qilinishi lozim. Rahbar har bir aniq vaziyatning tagiga adolat va ob’ektivlik bilan
yetishi, tegishli xulosalar chiqarishi kerak.
Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar turli sabablarga ko’ra vujudga kelishi mumkin.
Ulardan:
* mehnatni tashqil qilishdagi kamchiliklarni;
*haq to’lashning takomillashtirilmagani;
*yomon mehnat sharoitlarini;
*mehnat haqidagi qonunlarni buzishni;
*rahbarlikning qoniqarsiz saviyasini;
12.2. Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar
Nizoning kelib chiqishi va to’qnashishning sodir bo’lishi bir butun jarayon bo’lib,
bu jarayon quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi (66-chizma).
Nizoning kelib chiqish va to’qnashish jarayoni modeli.
Bu jarayonning birinchi bosqichida nizo chiqishi uchun vaziyat tug’iladi, ya’ni
tomonlar manfaatlarining qarama-qarshiligi ob’ektiv ravishda namoyon bo’ladi.
Ammo ochiqdan-ochiq to’qnashuv sodir bo’lmaydi. Bunday holat har ikkala tomon
tashabbusi bilan yoki "merosdan " qolgan nizoning ta’siri ostida vujudga kelishi
mumkin.
Nizoli vaziyatning ob’ektiv ravishda vujudga kelishiga bevosita qarama-qarshi
turuvchi tomonlarning o’zlari yoki ularning muxoliflari sababchi bo’lishi mumkin.
Ular turlicha daraja (rang) ga ega bo’lgan tomonlardir. Masalan:
darajali muxoliflar — bu shaxslar;
darajali muxoliflar — bu guruhlar;
darajali muxoliflar — bu tashqilotlar;
darajali muxoliflar — bu dialog chog’ida o’z-o’zidan qaror qabul qiluvchi
shaxslardir. Nizoning rivojlanishida va sodir bo’lishida ularning ta’siri deyarli
bo’lmaydi.
Nizoli vaziyatning boshqa bir unsuri — bu ayni shu vaziyatni keltirib chiqaruvchi
ob’ektdir. Ko’pincha shu ob’ektni "bo’lishi olmaslik " yoki uni "bo’lishdagi "
adolatsizlik sababli nizoli vaziyat vujudga keladi. Natijada ziddiyatga boruvchi
tomonlar O’zlarining manfaatlari yo’lida hal kiluvchi mavkeni egallashga uri-
nadilar.
Nizoli vaziyatning tashqi unsurlari ham mavjud. Bo’lar quyidagilardir:
haddan tashqari hissiyotga berilish;
fikrini aniq izxor eta olmaslik;
bir-birini tushunishini xohlamaslik;
asosga ega bo’lmagan noshukurlik va xokazo.
12.3. Ishlab chiqarishdagi nizolarning oldini olish va bartaraf etish.
Stress va uni boshqarish.
Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir qator samarali usullari mavjud. Ularni
quyidagi ikki yirik guruhga bo’lish mumkin.
Nizoli vaziyatlarni boshqarish usullari.
Ta’kidlaganimizdek, rahbar nizoli vaziyatlarning kelib chiqish sabablarini
faqat kishilar harakatlaridagi tafovutlardan deb bilmasliklari kerak. Albatta, bu ham
qandaydir aniq, holatda nizoli vaziyatning vujudga kelishida muxim omil vazifasini
bajarishi mumkin. Ammo u ta’sir etuvchi faktorlarning faqat bittasidir. SHu sababli,
rahbar, eng avvalo nizoni keltirib chiqaruvchi omillarning tahlilini qilishi, so’ngra
esa u yoki bu usulni qo’llash bo’yicha qaror qabul qilishi kerak.
Ishga bo’lgan talabni tushuntirish usuli. Bu usul disfunktsional usulga
mutlaqo zid bo’lib, bunda har bir xodim va bo’limlardan qanday natija kutilishi
tushuntiriladi. Bu yerda ularga quyidagilar eslatiladi:
erishishi lozim bo’lgan natija ko’lami;
kim axborotni topshiradi va kim uni qabul qiladi;
mas’uliyat, javobgarlik va vakolat tizimi;
aniq siyosat, tartib-qoidalar va x.k.
Rahbar bu masalalarni o’zi uchun aniqlashtirish maqsadida emas, balki har
bir vaziyatda, har bir xodim va bo’lim qay tarzda ish tutishini, ularni nima kutishini
tushuntirib bermog’i lozim.
Muvofiqlashtirish va integratsiyalash usuli. Bu usul og’zaki buyruq (amr)
zanjiri deb yuritiladi.
Boshqarishda vakolatlar ierarxiyasini, ya’ni mansablarga ko’ra darajama-
daraja bevosita itoat etish, bo’ysunush tartibini o’rnatish kishilarning o’zaro
harakatlarini, korxona ichidagi axborotlar oqimini, qarorlar qabul qilishni tartibga
tushiradi, muvofiklashtiradi.
Stress va uni boshqarish. Stress — inglizcha (stress) so’zidan olingan
bo’lib, asabiylik, keskinlik degan ma’nolarni anglatadi.
Salbiylik turli jismoniy va aqliy ishlar xaddan oshib ketishi, xavfli vaziyat
tug’ilgan paytlarda, zarur choralarni zudlik bilan topishga majbur bo’lganda vujudga
keladigan ruhiy holatdir. Bunday holatga tushgan kishilarga nisbatan: "u
asabiylashdi" deb aytishadi. SHu ma’noda asabiy tushunchasi:
salga asabiylashaveradigan, bo’lar-bo’lmasga qizishib, tutoqib ketadigan,
zardasi tez, jizzaki kishi;
asablarning kasalligi tufayli yuz bergan, asablar faoliyatining buzilganligi
natijasida yuzaga kelgan xastalik;
asablarning qo’zg’alishi bilan bog’liq bo’lgan holat (janjal, baqiriq-chaqiriq)
kabilar ma’nosida talqin qilinadi
Nazoarat uchun savollar
1. Nizo nima?
2. Nizolarning kelib chiqish sabablari nimada?
3. Nizolarning qanday xillarini bilasiz?
4. Shaxslararo va shaxs bilan guruh o’rtasidagi nizolarning kelib chiqishiga sabab
nima?
5. Guruhlararo nizolar to’g’risida nimalar deya olasiz?
6. Ochiq va yopiq nizolar ob’ektiv va sub’ektiv nizolardan nimalar bilan farq
qiladi?
7. Konstruktiv va destruktiv nizolar deganda nimani tushunasiz?
8. Nizo jarayon sifatida qanday bosqichlarni o’z ichiga oladi?
9. Nizoning funktsional va disfunksional oqibatlari deganda nimani tushunasiz?
10. Nizoli vaziyatlarni boshqarishning qanday samarali usullarini bilasiz?
11. Tarkibiy-tashqiliy usullarning mohiyati nimada?
12. Strategik usullar to’g’risida nimalar deya olasiz?
13. Rahbar nizoni bartaraf qilish uchun qanday yo’l tutishi kerak?
14. Stress nima?
15. Stressning sabablari nimada?
16. Stress qanday boshqariladi?
17. Halovatsizlik xissi haqida bilish zarur bo’lgan asosiy qoidalar nimadan iborat?
18. Bezovtalik xissini tahlil qilishning qanday usullarini bilasiz?
19. Halovatsizlik sizni adoi-tomom qilmasdan qanday qilib uni bartaraf etish
mumki.?
20. D. Karnegining tinchlik va baxt yaratishning yetti yo’li nimalardan iborat?
Baxt va halovatga erishishning yetti qoidasichi?
21. Rizouddin ibn Faxriddinning xotirjamlikka chorlovchi 11 ta nasihatini
bilasizmi?
22. Abu Bakr Roziy asabning qimmati haqida.
23. Asab haqida donolarning dil so’zlari.