KURS ISHI
MAVZU: NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI
Toshkent 2023
1
NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI
Reja:
Kirish
1. Nobank kredit tashkilotlarining zarurligi va iqtisodiyotdagi o‘rni
2. Nobank kredit tashkilotlarining faoliyati xuquqiy asoslari
3. Nobank tashkilotlarning turlari, ularning funksiyalari va operatsiyalari
Xulosa
Adabiyotlar
2
Kirish
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda moliyaviy xizmatlar ommabopligini
oshirish va aholining asosiy moliyaviy xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini qondirishga
qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, mikromoliyalashtirish sohasini yana-da rivojlantirish uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-
yil 23-iyuldagi “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi PQ–4400-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq, nobank kredit tashkilotlari koʻrsatadigan xizmatlar
doirasi kengaytirildi va mikromoliyaviy xizmatlar hajmi oshirildi.
Bugungi kunda respublikada 63 mikrokredit tashkiloti va 64 lombard faoliyat
koʻrsatmoqda. 2021-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, ularning aktivlari miqdori 1
010 mlrd. soʻmni tashkil etdi va bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan
20 foizga oʻsishi taʼminlandi. Shu davrda kredit portfeli 23,7 foizga oʻsib, 935 mlrd.
soʻmga yetdi.
Nobank kredit tashkilotlari sohasini izchil isloh qilish, faoliyatini tartibga
soluvchi qoidalarni tizimlashtirish va unifikatsiyalash maqsadida “Nobank kredit
tashkilotlari va mikromoliyalash faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab
chiqildi.
Ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi
“2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini
isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF–5992-sonli Farmoni ijrosi doirasida Jahon
banki koʻmagida eng yaxshi xorijiy tajriba, umumeʼtirof etilgan meʼyor va
standartlarni hisobga olgan holda tayyorlandi.
Qonun loyihasida nobank kredit tashkilotlarining turlari, koʻrsatiladigan
xizmatlar roʻyxati, nobank kredit tashkilotlarini tashkil etishga doir talablar, shu
jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli, taʼsischilari, rahbar xodimlari, ustav kapitali,
shuningdek, ular faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish tartibi
oʻrnatilmoqda.
3
Hujjat loyihasida faoliyatni litsenziyalashning amaldagi jarayonlari nobank
kredit tashkilotlarini hisob roʻyxatidan oʻtkazish tartibi bilan almashtirish, hisob
roʻyxatidan oʻtish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati, ularni koʻrib chiqish va
tegishli qarorlarni qabul qilish tartibi belgilanmoqda. Shu bilan birga, lombard
faoliyati Markaziy bankka oʻz faoliyati boshlanishi toʻgʻrisida xabarnoma
yuborganidan keyin amalga oshirilishi koʻzda tutilmoqda.
Bundan tashqari, qonun loyihasida nobank kredit tashkilotlari faoliyatini
ularning faoliyati tavakkalchiligidan kelib chiqib, mutanosib ravishda tartibga solish
va nazorat qilish mexanizmi joriy etiladi, shuningdek, Markaziy bankning ushbu
yoʻnalishdagi funksiyalarini bajarish vakolatlari belgilab qoʻyilmoqda.
Shu bilan birga, qonun loyihasida koʻzda tutilgan qoidalarda nobank kredit
tashkilotlari xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish choralari
kuchaytirilmoqda. Xususan, qonunchilik darajasida nobank kredit tashkilotlarining
ular koʻrsatadigan xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini, shartnomalar shartlariga
bir tomonlama oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritishni taqiqlash toʻgʻrisidagi
talablarni, shuningdek, isteʼmolchilarning moliyaviy operatsiyalari toʻgʻrisidagi
maʼlumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatlari belgilanmoqda.
Umuman olganda, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi respublikamizda
yagona moliya tizimining toʻldiruvchisi sifatida nobank kredit tashkilotlari rivojiga
xizmat qiladi.
4
ASOSIY QISM
1. Nobank kredit tashkilotlarining zarurligi va iqtisodiyotdagi o‘rni
Bugungi kunda iqtisodiyotning barcha sohalaridagi kabi moliyaviy xizmatlar
bozorida ham raqobat sharoitlarini yahshilash, moliyaviy xizmatlarni bozor
tamoyillari asosida amalga oshirishni kengaytirish, moliyaviy xizmatlarning
samarali infratuzilmasini yaratish va faoliyatini avtomatlashtirish muhim ahamiyat
kasb etmoqda.
So‘nggi besh yil davomida mikrokredit tashkilotlari soni 44 taga, lombardlar
soni esa 31 taga ortib, bugungi kunga kelib 74 ta mikrokredit tashkilotlari va 77 ta
lombardlar aholi va tadbirkorlarga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda.
Hududlar qirqimida nobank kredit tashkilotlari Toshkent shahrida 2 barobarga (jami
soni 66 ta), Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida 3 barobarga, (mos ravishda 20 ta va
14 ta) hamda Toshkent viloyatida 1,5 barobarga (soni 15 ta) o‘sgan.
2021-yilning 1-iyulidan buyon nobank kredit tashkilotlari bozoriga yangi
ishtirokchilarning – 8 ta mikrokredit tashkilotini hamda ularning 25 ta filial va
chakana xizmatlar markazlarini, 10 ta lombardni kirib kelishi hisobiga nobank kredit
tashkilotlarining umumiy soni ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti bilan birga
152 taga yetdi.
5
Nobank kredit tashkilotlari aktivlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2
barobarga ortib, 2022-yil 1-iyul holatiga 3,5 trln so‘mni tashkil etgan. Aktivlarning
o‘sishida kreditlash operatsiyalarining 2,1 barobarga oshishi asosiy omil bo‘lgan.
Xususan, mikrokredit tashkilotlari aktivlari 60 foizga (605 mlrd so‘mga)
o‘sib, 1 613 mlrd so‘mga va lombardlar aktivlari 32 foizga yoki 58 mlrd so‘mga
ko‘payib, 241 mlrd so‘mga yetgan. Aktivlar hajmining o‘sishi asosan, mikrokredit
tashkilotlarida kreditlarning 531 mlrd so‘mga va lombardlarda 45 mlrd so‘mga
oshishi hisobiga yuzaga kelgan.
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti jami aktivlari 3 barobarga (1 097
mlrd so‘mga) o‘sgan holda 1 669 mlrd so‘mni tashkil etgan (bunda kreditlash surati
1 063 mlrd so‘mga ortgan).
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston Respublikasi
bank tizimini hamda nobank tashkilotlari faoliyatini 2011-2015 yillarda
rivojlantirish yo‘nalishlari.
«Aynan banklar, ta’bir joiz bo‘lsa, butun iqtisodiyotimizni oziqlantirib
turadigan
qon
tomir
hisoblanadi,
mamlakatimizning
moliyaviy-iqtisodiy
barqarorligi ko‘p jihatdan ularning samarali faoliyatiga bog‘liq”.
Muhtaram Prezidentimizning Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishlaridagi dasturiy
ma’ruzalarida belgilangan ustuvor vazifalar:
Bank-moliya tizimining barqarorligini ta’minlash va bunda banklarning
kapitallashuvini kuchaytirish;
Aholi va xo‘jalik sub’ektlarining bo‘sh pul mablag‘larini banklarning uzoq
muddatli depozitlariga jalb etish;
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, fermerlikni rivojlantirishni
moliyalashda tijorat banklarining rolini kuchaytirish.
Mazkur qaror bilan respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning
barqarorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda yuqori xalqaro reyting
ko‘rsatkichlariga erishishga qaratilgan 2 ta Dastur:
6
1) “2011-2015 yillarda respublika bank tizimini yanada isloh qilish, uning
barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha
chora-tadbirlar” Dasturi;
2) “2011-2015 yillarda mikromoliyalash va nobank moliya sohalarini yanada
rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar” Dasturi tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yuqori likvidli qimmatli
qog‘ozlar sifatida davlatning qimmatli qog‘ozlari (davlatning qisqa muddatli
obligatsiyalari va o‘rta muddatli xazina majburiyatlari), Markaziy bankning
obligatsiyalari tan olinmoqda. Investorlarning davlatning qimmatli qog‘ozlaridan
oladigan daromadlarining foyda (daromad) solig‘idan ozod qilinganligi ularning
investitsion jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. 2011-2015 yillarda
respublikamiz tijorat banklarining kapitallashish darajasi o‘rtacha 2,1 martaga
oshishi kerak. Yillar kesimida oladigan bo‘lsak, tijorat banklarining kapitallashuv
darajasining oshishi quyidagi prognoz ko‘rsatkichlariga ega:
2011 yil – 4114 mlrd. so‘m;
2012 yil – 4731 mlrd. so‘m;
2013 yil – 5441 mlrd. so‘m;
2014 yil – 6257 mlrd. so‘m;
2015 yil – 7357 mlrd. So‘m
Bank tizimida amalga oshirilgan islohotlar
2012 yilda respublika bank tizimidagi islohotlar O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan
“2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va
barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” Dasturi hamda respublika
moliya-bank tizimini rivojlantirishga oid boshqa hujjatlarda belgilangan vazifalarni
bajarishga qaratildi, jumladan:
- bank nazorati tizimini yanada takomillashtirish, bank nazorati bo‘yicha
Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalarini tatbiq etish bilan bog‘lik tadbirlarni davom
ettirish;
7
- mamlakat bank tizimi va tijorat banklari faoliyatini etakchi xalqaro reyting
tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan me’yor, andoza va ko‘rsatkichlar asosida
baholash amaliyotini kengaytirish;
- tijorat banklarining resurs bazasini ularning kapitallashuv darajasi hamda
aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh pul mablag‘larini depozitlarga jalb
qilish orqali yanada oshirish;
- tijorat banklari aktivlarini, shu jumladan, ularning investitsion faolligini
hamda ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha loyihalarni
kreditlash hajmlarini oshirish;
- tijorat banklari balansiga olingan iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini
tiklash, ular bazasida tashkil etilgan yangi korxonalarni strategik investorlarga sotish
ishlarini yanada faollashtirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash,
birinchi navbatda, investitsiya maqsadlari, boshlang‘ich kapitalni shakllantirish
uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish hajmini kengaytirish;
- xalqaro andozalar va tamoyillar hamda mamlakatimizda bozor
munosabatlari rivojlanishining hozirgi real holatidan kelib chiqqan holda moliya-
bank sohasining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish ishlari amalga
oshirildi.
2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda 29 ta tijorat banki
faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning 3 tasi davlat-tijorat banki, 13 tasi aksiyadorlik-
tijorat banki, 9 tasi xususiy bank va 4 tasi chet el kapitali ishtirokidagi banklar
hisoblanadi.
Respublikamizda faoliyat yuritilayotgan barcha bank muassasalari soni 9 551
taga etdi, jumladan, banklarning filiallari 829 tani tashkil etdi.
Respublikamizning har 100 mingta katta yoshli aholisiga yil yakuniga
o‘rtacha 49,7 ta bank muassasasi xizmat ko‘rsatdi, bu esa O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2011 yil 7 yanvardagi PQ-1464 sonli Qarori bilan tasdiqlangan
indikatorlar tizimiga asosan “yuqori” bahoga muvofiq keladi.
8
Respublikamizda bank infratuzilmasining kengayib borishi banklar
o‘rtasidagi raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmat turlari sifati va
ko‘lamining oshishiga xizmat qilmoqda.
2011-2015 yillarda respublika bank tizimini yanada isloh qilish, uning
barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha
belgilangan chora-tadbirlar .
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-
sonli Qaroriga 1-ilovasi bevosita respublika bank tizimini 2011-2015 yillarda
yanada islox kilish,uning barkarorligini oshirish va yukori xalkaro reyting
kursatkichlariga erishishga bagishlangan bulib , bunga kuyidagi yirik bulimlarda
belgilangan maksadlar orkali erishish kuzda tutilgan:
I. Bank faoliyatining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish
II. O‘zbekiston bank tizimi faoliyatini baholash uchun etakchi xalqaro reyting
tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan xalqaro me’yor, andozalarni va baholash
ko‘rsatkichlarni joriy etish
III. Bank tizimini yanada isloh qilish va institutsional rivojlantirish, halqaro
andozalar asosida tijorat banklari kapitallashuv darajasini, barqarorligini va
likvidligini oshirish, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish
a) tijorat banklari kapitallashuvi darajasini oshirish, bank tizimini yanada
institutsional rivojlantirish
b) aholi va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan moliya-bank xizmatlarining
hajmi va ko‘lamini kengaytirish
v) bank Kengashlari rolini yanada oshirish va tijorat banklarida korporativ
boshqaruvni takomillashtirish
IV. Tijorat banklarining investitsion faolligini, ular tomonidan ishlab
chirqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash, modernizatsiyalash bo‘yicha
loyihalarni kreditlash hajmlarini kengaytirish
V.Tijorat banklari aktivlarini, shu jumladan kredit portfellarini yanada
o‘sishini va sifatini yaxshilashni ta’minlash, tavakkalchilikni baholash tizimini
takomillashtirish
9
VI. Moliyaviy nobarqaror va iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash
va strategik investorlarni jalb qilish
VII. Jamg‘arib boriladigan nafaqa tizimini yanada kengaytirish va
rivojlantirish
VIII. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha, xalqaro andozalarini joriy qilish
hamda ichki nazorat va xavfsizlikni ta’minlash tizimlarini yanada takomillashtirish
IX. Kichik biznes sub’ektlarini va xususiy tadbirkorlikni kredit-moliyaviy
qo‘llab-quvvatlash
X. Tijorat banklarida moliya-bank hisobi va hisobotlari buyicha zamonaviy
texnologiya va uslublarni ishlab chiqish va tadbiq qilish, moliya-bank va kredit
axborotlari darajasi va sifatini oshirish va undan keng ko‘lamda foydalanishni
ta’minlash
XI. Banklar va boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarni yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, moliya-bank
faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada
takomillashtirish.
I. O‘zbekiston bank tizimi faoliyatini baholash uchun etakchi xalqaro reyting
tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan xalqaro me’yor, andozalarni va baholash
ko‘rsatkichlarni joriy etish buyicha
Tijorat banklari faoliyatlarini va butun respublika moliya-bank tizimini
baholash uchun «Fitch Reytings», «Mudis» va «Standart end Purs» etakchi xalqaro
reyting kompaniyalari tomonidan qo‘llaniladigan me’yor, andozalarni va baholash
ko‘rsatkichlarni joriy etish.
Respublika tijorat banklari tomonidan «Fitch Reytings», «Mudis» va
«Standart end Purs» etakchi xalqaro reyting kompaniyalarining reyting baholarini
muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlash.
Respublika tijorat banklari va boshqa moliya institutlari faoliyatlarini
baholash tizimini xalqaro reyting kompaniyalarining mezon va andozalari asosida
10
amalga oshirish uchun xalqaro moliya instituti va reyting kompaniyalaridan texnik
yordam va ekspertlarni jalb etishni amalga oshirish.
Har chorakda xalqaro baholash tizimi asosida tijorat banklarining moliyaviy
holatini va barqarorligini baholash va uning natijalarini doimiy ravishda ko‘rib
chiqish mexanizmini joriy etish.
Nobank kredit tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari, investitsiya fondlari,
moliyaviy xizmat ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar, mahalliy emitentlar va ular
tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni reyting baholashning
milliy tizimini joriy etish va yanada takomillashtirish.
Etakchi xalqaro reyting kompaniyalaridan mamlakat reytingini olishga
qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi bo‘yicha takliflarni tayyorlash va Vazirlar
Mahkamasiga kiritish.
II. Bank tizimini yanada isloh qilish va institutsional rivojlantirish, halqaro
andozalar asosida tijorat banklari kapitallashuv darajasini, barqarorligini va
likvidligini oshirish, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirishning
a) tijorat banklari kapitallashuvi darajasini oshirish, bank tizimini yanada
institutsional rivojlantirish yunalishida
Tijorat banklari umumiy kapitalini o‘stirish, shu jumladan ularning
qo‘shimcha aksiyalarini chiqarish orqali oshirish, 2011-2015 yillarda uning o‘rtacha
2,1 martaga oshirilishini ta’minlash
Bank tizimining umumiy ustav kapitalida nodavlat sektori ulushini
kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish
Bank
nazorati
tizimiga,
kapital
etarliligiga
bo‘lgan
talablarni
takomillashtirishni,
kutilayotgan
yo‘qotishlar
modeli
asosida
ehtimoliy
yo‘qotishlarga zaxiralarni shakllantirishni ko‘zda tutuvchi Bazel qo‘mitasining
yangi tavsiyalarini tadbiq etish.
Xalqaro bank amaliyotiga muvofiq operatsion xarajatlarini qoplashni va
banklar tuzilmalarining ratsional foydaliligini ta’minlashni hisobga olgan holda
respublika tijorat banklarining tarif siyosatini takomillashtirish.
11
Banklar kapitali, aktivlari, boshqaruvi, daromadlari, majburiyatlarining sifati
va darajasini xolis baholanishini ta’minlovchi CAMEL(S) tizimining yangi talqinini
tadbiq qilishni ko‘zda tutgan holda tijorat banklarining moliyaviy holatini baholash
tizimini yanada takomillashtirish.
b) aholi va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan moliya-bank xizmatlarining
hajmi va ko‘lamini kengaytirish
2011-2015 yillarda aholi va xo‘jalik sub’ektlarining tijorat banklaridagi
depozitlari hajmini 2,5 martaga oshirish.
Aholi va xo‘jalik sub’ektlari talablarini hisobga olgan holda depozit va
omonatlarning yangi turlarini muntazam ravishda joriy qilish, shu jumladan, uzoq
muddatli obligatsiyalar va depozit sertifikatlarni chiqarish, subordinar qarzlarni faol
jalb qilish
Ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining sifati va ko‘lamini axborot-aloqa
texnologiyalarni keng qo‘llash bilan kengaytirish bo‘yicha chora – tadbirlarni
amalga oshirish, shu jumladan 2015 yilgacha respublikaning barcha tijorat banklari
tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga internet-banking bo‘yicha xizmatlar
ko‘rsatilishini ta’minlash
2011-2015 yillarda bank plastik kartochkalarini muomalaga chiqarish hajmini
1,5 martaga oshirish orqali bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda naqd
pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada kengaytirish
Mahalliy xom ashyodan foydalangan holda plastik kartochkalarni yiliga 500
ming donadan kam bo‘lmagan hajmda ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishni
ta’minlash
Bank plastik kartochkalaridan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob
terminallarini ishlab chiqarishni ta’minlash.
Banklar bo‘linmalari va filiallaridan banklar bosh ofisining qayta ishlash
markazlari, YAgona umumrespublika protsessing markazi va hisob-kitob
bankigacha ma’lumotlarni etib kelishida ularni qayta ishlash oraliq bo‘g‘inlarini
qisqartirish hisobiga, to‘lovlar o‘tkazish jarayonlarini tezlashtirish
12
v) bank Kengashlari rolini yanada oshirish va tijorat banklarida korporativ
boshqaruvni takomillashtirish
Tijorat banklari kengashi tarkibiga minoritar aksiyadorlar manfaatlarini ifoda
etuvchi a’zolarni majburiy ravishda kiritish talabini amaliyotga joriy qilish.
Bankning yirik (umumiy kapitalning 15 foizi va undan yuqori miqdordagi)
bitimlarini tuzish va ular muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qarorlarni bank Kengashi
tomonidan ma’qullanilishining majburiyligi bo‘yicha tegishli me’yorlarni kiritish.
Bankning korporativ boshqaruv tuzilmasiga bank Kengashiga bevosita
bo‘ysunuvchi risklar nazoratini amalga oshiruvchi tegishli Qo‘mitani majburiy
ravishda kiritilishini joriy qilish.
Tijorat banklarining ichki audit xizmatlarini quyidagilarga asosan yanada
kuchaytirish:
tijorat banklari filiallari faoliyatlarini monitoringi natijalarini bank Kengashi
yig‘ilishlarida muntazam ravishda ko‘rib chiqish orqali monitoring tizimini
takomillashtirish;
bank ichki audit xizmati xodimlariga nisbatan bankning pul muomalasi,
kredit, valyuta, depozit operatsiyalari yoki buxgalteriya hisobi va hisoboti
bo‘limlarida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lish talabini o‘rnatish;
ichki audit xizmati ishining samaradorligini bankning aktivlari, kredit va
investitsiya portfeli sifati hamda bank faoliyatiga tegishli boshqa ko‘rsatkichlaridan
kelib chiqib baholash mexanizmini joriy qilish.
III. Tijorat banklarining investitsion faolligini, ular tomonidan ishlab
chirqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash, modernizatsiyalash bo‘yicha
loyihalarni kreditlash hajmlarini kengaytirish
2011-2015
yillarda
tijorat
banklari
tomonidan
korxonalarni
modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha investitsiyaviy
loyihalarni va iqtisodiyotning real sektor tarmoqlarini kreditlash hajmini 2,8 martaga
oshirish
Loyihaviy moliyalashtirishning xalqaro tamoyillariga muvofiq yirik
investitsion loyihalar (200 mln. AQSH doll.dan yuqori) hujjatlarini ishlab chiqish,
13
ekspertiza qilish, tasdiqlash va moliyalashtirish va to‘g‘risidagi Nizom loyihasini
ishlab chiqish.
Bankda investitsiya loyihalarining ekspertizasi sifatini, shu jumladan,
ularning jarayonlarning shaffofligini oshirish, banklarning loyihalashtirish
institutlar bilan o‘zaro faoliyatlarini tajriba almashish, zaruriyat tug‘ilganda
loyihalarni ekspertiza qilishga loyihalashtirish institutlarni jalb qilish orqali
mustahkamlash, shuningdek loyiha ekspertizasi jarayonida barcha potensial omillar
va risklarni inobatga olishni ta’minlash
Tijorat banklari tomonidan xo‘jalik birlashmalari va yirik korxonalar bilan
birgalikda investitsiyaviy loyihalarni va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha
injiniring kompaniyalarini tashkil etish.
Tijorat banklarining investitsiyaviy faoliyatiga mas’ul bo‘lgan tashkiliy
tuzilmalar
faoliyatini
takomillashtirish,
shu
jumladan
ularning
ishlarini
tashkillashtirishni va samarasini yaxshilash, kadrlar potensialini oshirish.
IV.Tijorat banklari aktivlarini, shu jumladan kredit portfellarini yanada
o‘sishini va sifatini yaxshilashni ta’minlash, tavakkalchilikni baholash tizimini
takomillashtirish
Bank tavakkalchiliklarini boshqarishda chuqur omilli tahlilni amalga
oshirishning aniq mexanizmi joriy qilish, zaxiralarni shakllantirish, kredit portfelini
diversifikatsiyalashlarni ko‘zda tutgan holda banklar aktivlari sifati monitoringini
takomillashtirish, shuningdek muammoli qarzdorlik paydo bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi choralar qabul qilish
Bank
operatsiyalarini
amalga
oshirishda
operatsion
va
bozor
tavakkalchiliklarini aniqlash bo‘yicha me’yoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish
Jahonning eng barqaror banklari tajribasini inobatga olgan holda banklar
mijozlarining
kreditga
layoqatliligini
skoring-tahlil
qilishning
zamonaviy
uslubiyotini ishlab chiqish va joriy etish
Kredit operatsiyalarining qaytishlilik, qoplanuvchanlilik va daromadliligidan
hamda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarning samaradorliligidan kelib
14
chiqqan holda bevosita kredit ajratish masalalari bilan shug‘ullanuvchi tijorat
banklari rahbar va xodimlarini rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish.
V. Moliyaviy nobarqaror va iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash va
strategik investorlarni jalb qilish
Tijorat banklarining boshqaruvchi kompaniyalari faoliyatini yanada
takomillashtirish bo‘yicha:
banklar balanslariga olingan bankrot-korxonalarining ishlab chiqarish
faoliyatini tiklash;
korxonalarni tiklash jarayoniga potensial investorlar va hamkorlarni,
jumladan korxonalarni modernizatsiyalash faoliyatida ilg‘or tajriba va bilimga ega
bo‘lgan yuqori malakali xorijlik menejerlar va mutaxassislarni yanada faol jalb etish.
Xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, ularning malakasini oshirish va qayta
tayyorlashning ta’sirli mexanizmlarini yaratish.
Quyidagi mexanizmlarni joriy etish:
tijorat banklari balanslariga berilgan bankrot korxonalar mol-mulki negizida
yangi tashkil etilgan korxonalar ishlab chiqarishini tiklash hisobiga yangi ishchi
o‘rinlarni yaratish, mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish, investitsiyalarni
o‘zlashtirish bo‘yicha prognoz hajmlarni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni
amalga oshirishning har yillik reja jadvallarni tasdiqlash;
tijorat banklari Boshqaruvlari tomonidan doimiy ravishda tasdiqlangan reja-
jadvallarining bajarilishini ko‘rib chiqish.
Tijorat banklariga auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor
korxonalar negizida ishlab chiqarishni tiklash va moliyaviy sog‘lomlashtirish,
biznes-rejalarni bajarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalaridan kelib
chiqqan holda tijorat banklari rahbarlari va tegishli tuzilmaviy bo‘linmalari
javobgarligini kuchaytirish va ularni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy
etish.
VI.Jamg‘arib boriladigan nafaqa tizimini yanada kengaytirish va rivojlantirish
15
Quyidagilarni hisobga olgan holda, fuqarolarning ixtiyoriy ajratmalaridan
jamg‘arib boriladigan nafaqa tizimiga kelib tushadigan mablag‘larni ko‘paytirishni
rag‘batlantirish bo‘yicha chora–tadbirlarni amalga oshirish:
a) Xalq banki tomonidan jamg‘arib boriladigan nafaqa tizimiga ixtiyoriy
ravishda badal qo‘yuvchi shaxslarga jozibador bank xizmati turlarini joriy qilish,
jumladan kreditlar berish, bank xizmatlari bo‘yicha jozibador tariflarni taqdim etish;
b) jamg‘arib boriladigan nafaqa tizimiga uzoq muddatga mablag‘larni
joylashtirishning afzalliklarini, qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlarni,
joylashtirilgan mablag‘larning daromadliligi va to‘liq qaytarilishini aholi o‘rtasida
keng tushuntirish ishlarini olib borish.
Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida va yirik ishlab chiqarish ob’ektlari
infrastrukturalarida strategik muhim investitsiyaviy loyihalarni, jamg‘arib
boriladigan nafaqa tizimi mablag‘lari, shu jumladan O‘zbekiston Respubliki
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining valyuta krediti hisobidan tijorat banklari
orqali moliyalashtirishni yanada kengaytirish
Jamg‘arib boriladigan nafaqa tizimining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat
banklarining yuqori likvidli moliyaviy instrumentlariga (depozit, obligatsiya) va
respublikadagi moliyaviy barqaror yirik korxonalarining resurs bazalarini
kengaytirishni ta’minlashga yo‘naltirish hamda jamg‘arib boriladigan nafaqa
tizimining joylashtiriladigan mablag‘lari portfelini diversifikatsiyalash.
Fuqarolarning individual jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varaqlariga
mablag‘larni kiritish tizimini takomillashtirish maqsadida ish beruvchilar tomonidan
taqdim etiladigan elektron reestrlarni uzatish va qayta ishlash mexanizmlarini ishlab
chiqish va amalga oshirish.
VII. Kichik biznes sub’ektlarini va xususiy tadbirkorlikni kredit-moliyaviy
qo‘llab-quvvatlash
2011-2015 yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini
kreditlash hajmlarini 2,7 barobarga kengaytirish
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining loyihalarini
moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy
16
mamlakatlar hukumatlarining imtiyozli kredit liniyalari va grantlarini o‘zlashtirish
va jalb qilishni faollashtirish, bunda ko‘rsatilgan moliyalash manbalari hisobidan
2011yilda–75 mln. doll., 2012 yilda–90 mln. doll., 2013 yilda–110 mln. doll., 2014
yilda–130 mln. doll. va 2015 yilda–155 mln. doll. dan kam bo‘lmagan holda
moliyalashtirishni ta’minlash.
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi huzurida quyidagilarni nazarda tutgan
holda
iqtisodiyotning
ustuvor
yo‘nalishlaridagi
investitsion
loyihalarni
moliyalashtirish bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan
Jamg‘armani tashkil etish:
- Jamg‘arma mablag‘lari texnik-iqtisodiy asosnoma (TIA) loyihalarini
tayyorlash uchun ishlatilib, keyinchalik ushbu xarajatlar loyiha moliyalashtirilishi
boshlangandan so‘ng bank krediti summasiga qo‘shiladi;
- Jamg‘arma ta’sischilari, tijorat banklari, nobank kredit va moliya
uyushmalarining badallari Jamg‘arma manbalari hisoblanadi;
- TIA loyihalarini tayyorlash uchun loyiha g‘oyalarini saralash va tanlash
tanlovm asosida amalga oshiriladi.
Hududlar va kreditlanadigan faoliyat turlari (xizmat va servis sohasini,
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashni, iste’mol mahsulotlarini ishlab
chiqarishni va boshqalarni kengaytirish) kesimida, shuningdek kreditlarni
o‘zlashtirish
natijasida
yangi
ishchi
o‘rinlarni
yaratish
bo‘yicha
ATB
«Mikrokreditbank» tomondan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarga
ajratiladigan mikrokreditlarni kengaytirish yillik Dasturlarini ishlab chiqish va
tasdiqlash.
VIII. Tijorat banklarida moliya-bank hisobi va hisobotlari buyicha zamonaviy
texnologiya va uslublarni ishlab chiqish va tadbiq qilish, moliya-bank va kredit
axborotlari darajasi va sifatini oshirish va undan keng ko‘lamda foydalanishni
ta’minlash
Tijorat banklarida moliyaviy hisobot va buxgalteriya hisobini Moliyaviy
hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) to‘liq moslashtirishni inobatga olgan
holda yanada takomillashtirish
17
2. Nobank kredit tashkilotlarining faoliyati huquqiy asoslari
Bugun hayotimizda moliyaviy resurslarga bo‘lgan talabning ortishi nobank
tashkilotlar faoliyatiga nisbatan ehtiyojlarni oshirmoqda. Shu maqsadda ishlab
chiqilgan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni Oliy Majlis Senatining yigirma
to‘rtinchi yalpi majlisida qizg‘in ko‘rib chiqildi.
Mazkur qonun bilan banklarning ayrim turdagi moliyaviy operatsiyalarini
amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi normalar
tizimlashtirilib, birxillashtirilmoqda.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tashkil etish uchun huquqiy asoslarni
takomillashtirish va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, shuningdek,
tijorat banklarini mikromoliyalashtirish jarayonlariga jalb qilish boʻyicha
koʻrilayotgan choralar respublikada mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish hajmini
yetarli darajada kengaytirishga imkon yaratganligini taʼkidlash lozim.
Shu bilan birga, mikromoliyalashtirish sohasini tartibga solish boʻyicha
xalqaro tajriba aholi va tadbirkorlik subyektlarining mikromoliyaviy xizmatlarga
oʻsib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun kredit tashkilotlarining salohiyatini
oshirish zarurligini koʻrsatmoqda.
Shu sababli mikromoliyalashtirish qonunchiligini yaxshilash, uning eng
yaxshi amaliyotlarini, shu jumladan, masofadan turib xizmat koʻrsatish
imkoniyatlarini joriy etish, koʻrsatilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish,
aholida haddan tashqari qarz yuki shakllanishining oldini olish, aholining moliyaviy
savodxonligini,
moliyaviy
ommaboplikni
oshirish
va
mazkur
xizmatlar
isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish respublikada mikromoliyalashtirish
sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha ishlarning hozirgi bosqichdagi dolzarb
yoʻnalishlari boʻlishi lozim.
Bugungi kunda nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi
normativ-huquqiy hujjatlar tarqoq bo‘lib, ushbu tashkilotlarni tashkil etish va
ularning faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
18
amal qiluvchi normalarni o‘z ichiga olgan yaxlit qonun hujjati mavjud emas edi.
Mazkur qonun bilan nobank kredit tashkilotlari faoliyatining o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda ular tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy
operatsiyalar, xizmatlar ro‘yxati belgilangan.
Shuningdek, nobank kredit tashkilotlarini tashkil etishga qo‘yiladigan
talablar, shu jumladan ularning tashkiliy-huquqiy shakli, muassislari va
ishtirokchilari (aksiyadorlari), rahbar xodimlari (kuzatuv kengashi a’zolari va ijro
etuvchi organ, bosh buxgalter), shuningdek, ustav fondi (ustav kapitali) va uning eng
kam miqdoriga qo‘yiladigan talablar aniqlashtirilmoqda.
Qonun bilan lombardlar tomonidan Markaziy bankka faoliyatni boshlaganlik
to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibi, shuningdek, mikromoliya tashkilotlari va
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazishning
yagona tartibi nazarda tutilmoqda. Bunda litsenziyalashdan voz kechilib, hisob
ro‘yxatidan o‘tkazish joriy qilinmoqda.
Shu bilan birga, nobank kredit tashkilotlari xizmatlari iste’molchilarining
huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qoidalar, shu jumladan ular tomonidan
ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilish, shartnoma
shartlarini bir tomonlama tartibda o‘zgartirmaslik, nobank kredit tashkilotlarining
qarz oluvchilari va kreditorlarining moliyaviy operatsiyalari bo‘yicha axborotning
maxfiyligini kafolatlash kabi majburiyatlar belgilanmoqda.
Qonundagi normalar mikromoliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan
xizmat turlari kengaytirilishiga xizmat qiladi. Kichik tadbirkorlik sub’ektlarining
moliyaviy resurslarga, shu jumladan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarga
bo‘lgan talabi qondirilishini ta’minlaydi.
Mikromoliyalashtirish sohasini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-
sharoitlarni
yaratish
maqsadida,
shuningdek,
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va
iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi PF–5614-son Farmoni qabul qilindi.
19
2021 1 yanvar holatiga ko‘ra respublikadagi mikrokredit tashkilotlari va
lombardning aktivlari miqdori 95,7 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga o‘sishi
ta’minlangan. Shu davrda kredit portfeli 23,7 foizga o‘sib, 935 mlrd. so‘mga yetdi.
Markaziy bank axborot xizmati xabar berishicha, nobank kredit tashkilotlari
ko‘rsatadigan xizmatlar doirasi kengaytirildi va mikromoliyaviy xizmatlar hajmi
oshirildi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda moliyaviy xizmatlar ommabopligini
oshirish va aholining asosiy moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga
qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, mikromoliyalashtirish sohasini yanada rivojlantirish uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
yil 23 iyuldagi “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ–4400-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq, nobank kredit tashkilotlari ko‘rsatadigan xizmatlar
doirasi kengaytirildi va mikromoliyaviy xizmatlar hajmi oshirildi.
Bugungi kunda respublikada 63 mikrokredit tashkiloti va 64 lombard faoliyat
ko‘rsatmoqda. 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, ularning aktivlari miqdori 1 010
mlrd. so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20
foizga o‘sishi ta’minlandi. Shu davrda kredit portfeli 23,7 foizga o‘sib, 935 mlrd.
so‘mga yetdi.
Nobank kredit tashkilotlari sohasini izchil isloh qilish, faoliyatini tartibga
soluvchi qoidalarni tizimlashtirish va unifikatsiyalash maqsadida “Nobank kredit
tashkilotlari va mikromoliyalash faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab
chiqildi.
Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi
“2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini
isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–5992-sonli Farmoni ijrosi doirasida Jahon
banki ko‘magida eng yaxshi xorijiy tajriba, umume’tirof etilgan me’yor va
standartlarni hisobga olgan holda tayyorlandi.
20
Qonun loyihasida nobank kredit tashkilotlarining turlari, ko‘rsatiladigan
xizmatlar ro‘yxati, nobank kredit tashkilotlarini tashkil etishga doir talablar, shu
jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli, ta’sischilari, rahbar xodimlari, ustav kapitali,
shuningdek, ular faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish tartibi
o‘rnatilmoqda.
Hujjat loyihasida faoliyatni litsenziyalashning amaldagi jarayonlari nobank
kredit tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi bilan almashtirish, hisob
ro‘yxatidan o‘tish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, ularni ko‘rib chiqish va
tegishli qarorlarni qabul qilish tartibi belgilanmoqda. Shu bilan birga, lombard
faoliyati Markaziy bankka o‘z faoliyati boshlanishi to‘g‘risida xabarnoma
yuborganidan keyin amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, qonun loyihasida nobank kredit tashkilotlari faoliyatini
ularning faoliyati tavakkalchiligidan kelib chiqib, mutanosib ravishda tartibga solish
va nazorat qilish mexanizmi joriy etiladi, shuningdek, Markaziy bankning ushbu
yo‘nalishdagi funksiyalarini bajarish vakolatlari belgilab qo‘yilmoqda.
Shu bilan birga, qonun loyihasida ko‘zda tutilgan qoidalarda nobank kredit
tashkilotlari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish choralari
kuchaytirilmoqda. Xususan, qonunchilik darajasida nobank kredit tashkilotlarining
ular ko‘rsatadigan xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarini, shartnomalar shartlariga
bir tomonlama o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritishni taqiqlash to‘g‘risidagi
talablarni, shuningdek, iste’molchilarning moliyaviy operatsiyalari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatlari belgilanmoqda.
Umuman olganda, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi respublikamizda
yagona moliya tizimining to‘ldiruvchisi sifatida nobank kredit tashkilotlari rivojiga
xizmat qiladi.
Lombard tashkilotlari va mikrokredit tashkilotlarining tarkibi va
vazifalari.
Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish UzR 20.09.2006 yildagi
№53
sonli
Mikrokredit
tashkilotlari
tog‘risidagi
qonunga
asosan
olib
boriladi.Konunning 3- moddasiga kura: Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish
21
sohasida xizmatlar ko'rsatish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va ushbu
Qonunga muvofiq boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatuvchi yuridik shaxs
mikrokredit tashkilotidir.
Mikrokredit
tashkiloti
O'zbekiston
Respublikasi
hududida
bank
hisobvaraqlarini belgilangan tartibda ochishga haqli.
Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug'urta, savdo-vositachilik va ushbu
Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug'ullanishga haqli
emas.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy tizimning barqarorligini
saqlash, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash
maqsadida
"O‘zbekiston
Respublikasining
Markaziy
banki
to‘g‘risida"gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mikrokredit tashkilotlari faoliyatini
tartibga solishni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
tartibda:
mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdorini hamda
moliyaviy va kassa operatsiyalari o‘tkazishning, buxgalteriya hisobi va
hisobotini yuritishning mazkur tashkilotlar uchun majburiy bo‘lgan
qoidalarini belgilaydi;
mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshiradi va ularning
faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga oid bajarilishi
majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir
talablarni belgilaydi;
mikrokredit tashkiloti tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalar
o‘tkazishni uch oygacha bo‘lgan muddatga cheklaydi;
mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turadi,
tugatadi yoki litsenziyani bekor qiladi.
22
3. Nobank tashkilotlarning turlari, ularning funksiyalari va operatsiyalari
Mikrokredit tashkilotlarini tashkil etish
Mikrokredit tashkilotlari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan
qonun hujjatlariga muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi
mumkin.
Mikrokredit tashkilotlari davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba
uyushmalari va diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
Mikrokredit tashkilotining ustav fondi pul mablag'laridan, shuningdek
mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa
mol-mulkdan shakllantiriladi.
Mikrokredit tashkilotining ustav fondini shakllantirishda kreditga, garovga
olingan mablag'lardan va boshqa jalb qilingan mablag'lardan foydalanishga yo'l
qo'yilmaydi.
Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun
murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag'laridan shakllantirilgan bo'lishi
kerak.
Mikrokredit tashkiloti quyidagi turlardagi mikromoliyaviy xizmatlar
ko'rsatishi mumkin:
mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish;
qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring);
mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan
mikrolizing (moliya ijarasi);
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar
ko'rsatish, shu jumladan iste'mol kreditlari berish.
Mikrokredit tashkiloti mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va
boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish bilan bog'liq maslahat va axborot
xizmatlari ko'rsatishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va
jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabul qilishga haqli emas.
23
Mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish uchun mablag'larning manbalari
Mikrokredit tashkiloti quyidagilar hisobidan mikromoliyaviy xizmatlar
ko'rsatadi:
o'z mablag'lari, shu jumladan olgan daromadlari;
investorlar, shu jumladan chet ellik investorlar tomonidan investitsiya
shartnomalari asosida berilgan mablag'lar;
banklarning
kreditlari
va
davlat
maqsadli
jamg'armalarining
mablag'lari;
xalqaro moliya institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu
jumladan chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining grantlari va qarz
mablag'lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
lombardlar
adliya
organlari
tomonidan
davlat
ro'yxatidan
o'tkazilganligi uchun qonun hujjatlarida to'lov kunida belgilangan eng
kam oylik ish haqining to'rt baravari miqdorida davlat boji undiriladi;
litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi ko'rib
chiqilganligi uchun ariza berilgan kunda qonun hujjatlarida belgilangan
bitta eng kam oylik ish haqi miqdorida yig'im undiriladi;
lombardlar faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya
berilganligi uchun to'lov kunida qonun hujjatlarida belgilangan eng
kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Lombardlar davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi uchun to'lanadigan davlat boji
summasi belgilangan tartibda taqsimlanadi.
BMT tomonidan insoniyatni global muammolarini hal etish bo‘yicha
tadbirlarni amalga oshirish va muvofiqlashtirish uchun qabo‘l qilingan ming yillik
deklaratsiyasida kambag‘allik masshtabini kamaytirish maqsadi qo‘yilgan. Ushbu
maqsadga
erishishning
hayotbaxsh
strategiyalaridan
biri
bo‘lib
mikromoliyalashtirish bo‘lib, bu o‘zining samaradorligini ko‘pgina davlatlarda
ko‘rsatdi.
24
Hozirgi vaqtda mikromoliyalashtirish tashkilotlari dunyo bo‘yicha 500
mln.dan ortiq mijozlarga xizmat qiladi, ularning jami zayom portfeli 2,0
mlrd.dollardan
oshiqdir.
Statistik
ma’lumotlarga
ko‘ra,
dunyo
bo‘yicha
mikromoliyalashtirish tashkilotlari 67,6 mln. oilaga foyda keltirmoqda, ularning
katta qismi – 37,7 mln. mikromoliyalashtirish programmasiga ishtirok etishni
boshlaganlarida juda kambag‘al oilalardan bo‘lganlar.
Mikromoliyalashtirishni tor va keng ma’noda qarash mumkin. Tor ma’noda
mikromoliyalashtirish deganda unchalik katta bo‘lmagan kreditlar berish va lizing
xizmatini ko‘rsatishga tushuniladi. Keng ma’noda esa, mikromoliyalashtirish
deganda
mikrokredit
va
mikrolizingdan
tashqari
mikrojamg‘armalar,
mikrosug‘urtalar, pul o‘tkazmalari va konsalting xizmatlari kabi keng tarmoqli
moliyaviy xizmatlarni o‘z ichiga oladi.
Mikromoliyalashtirish tashkilotlari kichik tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash,
aholining iqtisodiy aktivligini oshirish hisobidan yashash darajasini rivojlantirish va
oilalar daromadini oshirishga yo‘naltirilgandir.
Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko‘rsatish
bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi
yuridik shaxs mikrokredit tashkilotidir.
Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug‘urta, savdo-vositachilik va
Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug‘ullanishga haqli
emas. “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga
muvofiq
mikrokredit
tashkilotlarining
boshqa
mikromoliyaviy
xizmatlar
ko‘rsatuvchi tashkilotlardan farqi, ular qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda
jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabo‘l qilishga ham haqli emas deb
ko‘rsatilgan.
Mikrokredit tashkilotlari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan
qonun hujjatlariga muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi
mumkin.
Mikrokredit tashkilotlari davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba
uyushmalari va diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.