Nodavlat notijorat tashkilotlari-ma`muriy huquq subyekti sifatida
Yuklangan vaqt
2025-09-03
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
27
Faytl hajmi
275,3 KB
Nodavlat notijorat tashkilotlari-ma`muriy
huquq subyekti sifatida
REJA:
1. Nodavlat notijorat tashkilotlari.
2. Jamoat birlashmalari.
3. Siyosiy partiyalar.
4. Kasaba uyushmalari.
Fuqarolik jamiyati institutlari ..?
“FUQAROLIK JAMIYATI – konstitutsiyaviy huquq
nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy
hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy
va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan,
qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror
topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va
fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzini oʻzi
boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy
tuzum.”
71-modda
Konstitutsiyaviy
tuzumni
zo'rlik
bilan
o’zgartirishni
maqsad
qilib
qo’yuvchi,
O’zbekistonning
davlat
suverenitetiga,
hududiy
yaxlitligiga
va
xavfsizligiga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy
adovatni
targ’ib
qiluvchi,
fuqarolarning
konstitutsiyaviy
huquqlari
va
erkinliklariga, aholining sog’lig’iga, ijtimoiy axloqqa tajovuz qiluvchi siyosiy
partiyalarning, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek milliy va
diniy
belgilariga
ko’ra
siyosiy
partiyalarning,
harbiylashtirilgan
birlashmalarning tashkil etilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Maxfiy jamiyatlar va birlashmalar tashkil etish taqiqlanadi.
Nodavlat notijorat tashkiloti — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar
tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o’z
faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni
(foydani) o’z qatnashchilari (a’zolari) o’rtasida taqsimlamaydigan o’zini
o’zi boshqarish tashkilotidir.
Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning
huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni
himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish,
ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini
amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda
tuziladi.
Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy
manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok
etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.
Nodavlat
notijorat
tashkilotlarining
alohida
ijtimoiy
foydali
dasturlariga davlat ko’mak ko’rsatishi mumkin.
Davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nodavlat
notijorat tashkiloti faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek nodavlat
notijorat
tashkilotining
davlat
organlari
hamda
ular
mansabdor
shaxslarining faoliyatiga aralashishiga yo’l qo’yilmaydi.
Ma’naviy yoki boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish uchun o’z
manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda
birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmasi jamoat birlashmasi deb
e’tirof etiladi.
Jamoat birlashmasi qatnashchilari mazkur birlashmaga mulk qilib bergan
mol-mulklariga, shu jumladan a’zolik badallariga bo’lgan huquqlarini
saqlab
qolmaydilar.
Ular
a’zo
sifatida
qatnashayotgan
jamoat
birlashmasining majburiyatlari bo’yicha javob bermaydilar, mazkur
birlashma esa o’z a’zolarining majburiyatlari bo’yicha javob bermaydi.
O’z ustaviga va O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq
O’zbekiston Respublikasi hududida hamda bitta yoki undan ko’proq chet
el davlati hududida faoliyat olib borishi mumkin bo’lgan xalqaro tashkilot
xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti deb hisoblanadi.
Nodavlat notijorat tashkiloti uning muassislari (a’zolari) qarori
asosida qonunchilikka muvofiq tuziladi.
Nodavlat
notijorat
tashkilotlarining
uyushmalari
(ittifoqlari)
kamida ikkita nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan tuzilishi
mumkin.
Nodavlat notijorat tashkilotining tashabbuskorlari yoki muassislari
ta’sis s’ezdini (konferentsiyasini) yoki umumiy yig’ilishni chaqiradilar,
unda ustav qabul qilinadi hamda rahbar organlari tuziladi.
Nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan
e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi
Nodavlat notijorat tashkiloti ta’sis hujjatlarining talablari nodavlat
notijorat tashkilotining o’zi uchun, uning muassislari va qatnashchilari
(a’zolari) uchun majburiydir.
Ta’sis shartnomasida taraflar (muassislar) nodavlat notijorat tashkilotlari
uyushmasini (ittifoqini) tuzish majburiyatini oladilar, uni tuzish sohasida
birgalikda faoliyat ko’rsatish tartibini, unga o’z mol-mulkini berish hamda
uning faoliyatida ishtirok etish, nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatini
boshqarish, muassislarning uning tarkibidan chiqish shartlarini belgilab
beradilar. Ta’sis shartnomasiga muassislarning kelishuviga binoan boshqa
shartlar ham kiritilishi mumkin.
Agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan bo’lmasa, o’n
sakkiz yoshga to’lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxslar
nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, qatnashchilari (a’zolari)
bo’lishi mumkin.
Yoshlarning nodavlat notijorat tashkilotiga o’n to’rt yoshga to’lgan
shaxslar a’zo bo’lishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotiga a’zo
bo’lish, a’zolikdan mahrum bo’lish shartlari va tartibi, shu jumladan
yoshiga ko’ra a’zolikdan chiqish shartlari tegishli nodavlat notijorat
tashkilotlarining ustavlari bilan belgilanadi.
Rasmiy hujjatlarda u yoki bu nodavlat notijorat tashkilotiga
a’zolik yoki uning faoliyatidagi ishtirokning
ko’rsatilishini
talab
qilishga
yo’l
qo’yilmaydi.
Fuqarolarning
nodavlat
notijorat
tashkilotiga mansubligi yoki mansub emasligi ularning huquqlari va
erkinliklarini cheklash uchun asos bo’la olmaydi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar O’zbekiston
Respublikasi
fuqarolari
bilan
teng
ravishda
nodavlat
notijorat
tashkilotining muassislari, qatnashchilari (a’zolari) bo’lishi mumkin,
O’zbekiston Respublikasining qonunlari va xalqaro shartnomalarida
belgilangan hollar bundan mustasno.
Nodavlat
notijorat
tashkilotining
mol-mulkini
shakllantirish
manbalari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
kirish va a’zolik badallari, agar ular ustavda nazarda tutilgan
bo’lsa;
muassislardan, qatnashchilardan (a’zolardan) bir marotaba va
muntazam ravishda keladigan tushumlar;
ixtiyoriy mulkiy badallar va ehsonlar;
tadbirkorlik faoliyatidan olingan, faqat ustav maqsadlari uchun
ishlatiladigan daromadlar (foyda);
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Siyosiy
partiya
O’zbekiston
Respublikasi
fuqarolarining
qarashlar, manfaatlar va maqsadlar
mushtarakligi
asosida
tuzilgan,
davlat
hokimiyati
organlarini
shakllantirishda
jamiyat
muayyan
qismining siyosiy irodasini ro’yobga
chiqarishga
intiluvchi
hamda
o’z
vakillari
orqali
davlat
va
jamoat
ishlarini idora etishda qatnashuvchi
ko’ngilli birlashmasidir.
O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bir paytning o’zida
faqat bitta siyosiy partiyaga a’zo bo’lishi mumkin.
Partiyaga mansubligiga ko’ra fuqaroning huquqlarini har
qanday cheklash, xuddi shuningdek unga imtiyozlar yoki
ustunliklar berish taqiqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti respublika barcha
fuqarolarining huquq va erkinliklariga rioya qilinishining
kafili sifatida prezidentlik vakolatlarini bajarish muddati
davomida siyosiy partiyaga a’zolikni yoki unda ishtirok
etishni to’xtatib turishi yoxud butunlay to’xtatishi shart.
Quyidagilar siyosiy partiyalarga a’zo bo’la olmaydilar:
sudyalar;
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining mansabdor
shaxslari;
prokurorlar va prokuratura tergovchilari;
ichki
ishlar,
O’zbekiston
Respublikasi
Milliy
gvardiyasi
organlari, davlat xavfsizlik xizmati xodimlari;
harbiy xizmatchilar;
xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan
shaxslar.
O’zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisining
Qonunchilik
palatasidagi siyosiy partiyalar fraktsiyalari o’z partiyalarining
siyosatini
uyushqoqlik
bilan
o’tkazish
uchun,
siyosiy
partiyalardan ko’rsatilgan deputatlarning ta’sis yig’ilishlarida
tuziladi. Fraktsiyalar fraktsiyaning rahbari bergan tegishli ariza
va ta’sis hujjatlariga asosan Oliy Majlisning Qonunchilik
palatasi tomonidan ro’yxatga olinadi.