O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTET
“________________________________________________________” KAFEDRASI
“_______________________________________________________________” fanidan
NOMINAL VA REAL YALPI MILLIY MAHSULOT, ULARNING
NISBATI VA OʼZGARISH SURʼATLARINI
KURS ISHI
МАVZU:__________________________________________________________
_________________________________________________________________
Bajardi:_________________________
Qabul qildi:______________________
TOSHKENT – 2023
NOMINAL VA REAL YALPI MILLIY MAHSULOT, ULARNING
NISBATI VA OʼZGARISH SURʼATLARINI
Kirish
Reja:
1.
Milliy iqtisodiyot tushunchasi va uning ko’rsatkichlarini.
2.
Takror ishlab chiqarishning mohiyati, turlarini.
3.
Yalpi milliy maxsulot va uning tarkibiy qismlarini.
4.
Milliy daromad va uning tarkibiy qismlari, o’sish omillari va qayta
taqsimlanishini.
5.
O’zbekistonda investistiya va tarkibiy o’zgarishlar siyosatining
ustuvor yo’nalishlarini.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati
Kirish
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan boshlab jamiyatni demokratik
yangilash va milliy iqtisodyotni erkinlashtirish yoʼlida ulkan ishlarni amalga oshirdi.
Bu avvalombor milliy iqtisodiyotda erishilgan yutuqlar va natijalar negizida
iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish va uni modernizatsiya
qilishning puxta ishlab chiqilgan modeli va uzoq muddatga moʼljallangan ijtimoiy-
iqtisodiy dasturlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish boʼyicha olib borilayotgan
tizimli, izchil, qatʼiy harakatlar majmuasi ekanligini koʼrish mumkin. Bugungi
kunda Oʼzbekiston Respublikasi uchun jahon hamjamiyatida munosib oʼrinni
egallash, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni shakllantirish va uning barqaror
rivojlanishini taʼminlash ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Mamlakatimiz iqtisodiy
salohiyatining tobora yuksalib borayotgani, soʼngi yillarda milliy iqtisodiyotning
mutanosibligi va barqarorligini taʼminlash, uning tarkibida sanoat, xizmat koʼrsatish
sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini koʼpaytirish, ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish,
transportkommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga
qaratilgan faol investitsiya siyosati olib borilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.M. Mirziyoev Vazirlar Mahkamasining 2017 yilda mamlakatimizni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish asosiy yakunlari va 2018 yilga moʼljallangan
iqtisodiy
dasturning
eng
muhim
ustuvor
yoʼnalishlariga
bagʼishlangan
kengaytirilgan majlisidagi maʼruzasida respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirish
masalalariga toʼxtalib, “Аyni shu asosda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida
2017 yilda barqaror iqtisodiy oʼsish surʼatlari 5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi
qariyb 15 foizga koʼpaydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy salьdosi 854 million
dollarga yetdi. Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilishga kirishdik” , - deb
taʼkidlab oʼtdi. “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha
Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida” gi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoniga koʼra mamlakatimizda 2017-2021 yillarda "...iqtisodiyotni yanada
rivojlantirish va liberallashtirishga yoʼnaltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni
mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʼsish surʼatlarini saqlab qolish, milliy
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
rivojini ragʼbatlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib
holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali
mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb
etish koʼzda tutilgan"1.
1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича
ҳаракатлар стратегияси тўғрисида» ги №ПФ-4947 сонли Фармони. //Халқ сўзи. 2017 йил 8 феврал
1. Milliy iqtisodiyot tushunchasi va uning kursatkichlari.
Yalpi milliy maxsulot (YQMM)-millliy xoʻjaliklarda bir yil davomida
vujudga keltirilgan va bevosita isteʼmolchilarga borib tushishi mumkin boʻlgan
tayyor prirovard maxsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatidan iborat
boʻladi.
YQMM milliy Iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard
mahsulot (xizmatlar) ning bozor baxolaridagi summasi. Joriy yilda ishlab chiqilgan
barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zaxiralarni toʻldiradi.
Yaʼni YQMM xajmini xisoblab topishda zaxiralarning xar qanday oʻsishi hisobga
olinishi zarur, chunki YQMM yordamida joriy yildagi barcha maxsulotlar (sotilgan
yoki sotilmagan) hisobga olinadi.
Milliy ishlab chiqarishning yalpi xajmini toʻgri hisoblab chiqarish uchun,
mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta xisobga
olinishi zarur. YQMM xajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan maxsulotlarni
koʻp marta xisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, xalq xoʻjaligining barcha barcha
tarmoqlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatlar yigʻindisini olinadi.
Yalpi milliy mahsulot (DAROMAD) — (YQMM yoki YAMD)
mamlakatning maʼlum muddat (odatda, oy, kvartal, yil) ichida umumiy iqtisodiy
faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy koʻrsatkichlaridan biri. YQMM
davlatning bozor narxlarida ifodalangan barcha birlamchi daromadlari (ularning
mamlakat hududida yoki uning tashqarisida ishlab chiqarish omillari tufayli yuzaga
kelishidan qatʼi nazar) jami yigʻindisini koʻrsatadi. YQMM milliy hisoblar tizimi
asosida hisoblanadi.
Hoz
zamon
jahon
iqtisodiyotida
mamlakatlar
oʻrtasida
kapital
harakatchanligi darajasi gʻoyat yuqori. Natijada bir mamlakat kapitalining qandaydir
bir qismidan chet elda foydalaniladi. Ayni paytda esa mamlakatning baʼzi aktivlari
(korxonalar, koʻchmas mulklar, qimmatli qogʻozlar) xorijiy fuqarolar va firmalar
(norezidentlar)ning egaligida boʻladi. Norezidentlar oʻz mulklaridan olgan
daromadlarining bir qismini vatanlariga oʻtkazib turishlari natijasida yalpi ichki
mahsulot miqdori bilan tegishli mamlakat ixtiyoridagi amaldagi yalpi daromad
(YQMM) miqdori bir-biriga teng kelmay qoladi. Shu bois YQMM hajmini toʻgʻri
aniqlash uchun yalpi ichki mahsulotga mamlakatga uning chet ellardagi oʻz
fuqarolari mulkidan tushgan daromadlar bilan mamlakatdan chiqib ketgan chet
elliklar daromadlari oʻrtasidagi farqni qoʻshish kerak. Chet eddagi mulklardan
tushgan daromadlar saldosi ijobiy boʻlsa YQMM hajmi yalpi ichki mahsulotdan
koʻp, aksincha holatda kam boʻladi.
2. Takror ishlab chikarishning moxiyati, turlari
Daromad — keng maʼnoda kirim boʻlgan har qanday pul mablagʻlari yoki
pul qiymatiga ega boʻlgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy subʼyekt o’z faoliyati
natijasiga kura oladigan pul va tovar — moddiy tushum. Daromad pul va moddiy
shaklga ega boʻlib, ularning yigʻindisi jami daromadni hosil qiladi. Daromad egalik
nuqtai nazaridan aholi daromadi, korxona (korporativ) daromadi va davlat
daromadiga boʻlinadi. Aholiga tegadigan daromad ish haqi, foyda, foiz, renta,
dividend shakllariga.
Ijtimoiy ishlab chiqarish — jamiyat yoki milliy iqtisodiyot miqyosida
ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida kishilarning ehtiyojlarni qondirish uchun kerak
boʻladigan neʼmatlarni yaratishga yoʻnaltirilgan iqtisodiy faoliyatlar majmui. Bu
faoliyat natijasida yalpi milliy mahsulot, shu jumladan, yalpi ichki mahsulot va
milliy daromad ishlab chiqariladi.ishlab chiqarishning ijtimoiy tavsifi turli
neʼmatlarishlab chiqarishda jamiyat aʼzolarining mehnat kooperatsiyasi asosida
oʻzaro aloqada, birgalikda iqtisodiy faoliyat koʻrsatishlarini anglatadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish yaratilgan neʼmatlarning kishilar ehtiyojlarini
qondirish xususiyatlariga koʻra, moddiy va nomoddiyishlab chiqarish sohalariga
boʻlinadi. Moddiyishlab chiqarish, oʻz navbatida, moddiy neʼmatlarishlab chiqarish
va moddiy xizmatlar koʻrsatish sohalarini oʻz ichiga oladi. Xuddi shuningdek,
nomoddiyishlab chiqarish ham nomoddiy neʼmatlarishlab chiqarish va nomoddiy
xizmatlar koʻrsatish sohalariga boʻlinadi (qarang Ishlab chiqarish).
Infratuzilma (lot. infra - ostida) — ishlab chiqarish va tovar muomalasi,
shuningdek, inson hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan meʼyoriy sharoitni
taʼminlashga xizmat kiluvchi turli-tuman yordamchi xizmat koʻrsatuvchi sohalar
(tashkilot, korxona va muassasa) majmui; nomoddiyishlab chiqarish sektori
infratuzilma xizmatlari moddiy shaklga ega boʻlmagan tovarlar boʻlib, ular hayotiy
ehtiyojlarni qondiradi infratuzilma zaruriy shart boʻlganidan uning ishlab turishini
taʼminlashga iqtisodiy resurslarning bir qismi jalb etiladi infratuzilma xizmat
koʻrsatish sohasiga koʻra ishlab chiqarish infratuzilmasi (i.ch. ga xizmat
koʻrsatuvchi sohalar — yuk tashish transporti, elektr va issiqlik taʼminoti, yoʻl
xoʻjaligi, suv xoʻjaligi, ombor xujaligi, ilmiy konstruktorlik xizmati, axborot xizmati
va b.) va ijtimoiy-maishiy infratu-zilma (aholiga xizmat koʻrsatib, uning ehtiyojini
qondiruvchi sohalar — maorif, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, maishiy
xizmat va b.) ga ajraladi infratuzilma xizmati tovar boʻlganidan oldi-sotdi etiladi.
Uning asosiy vazifasi insonga xizmat koʻrsatish, ammo bu ish pulli, bepul va
imtiyozli tarzda bajarilishi mumkin infratuzilma xizmatlarini harakteriga koʻra
guruxlaganda
bozor
infratuzilmasi
ajralib
turadi.
Chunki
unda
bozor
munosabatlarini amalga oshiruvchi xizmatlar koʻrsatiladi. Qaysi darajada xizmat
koʻrsatilishiga
koʻra,
korxona,
tarmoqinfratuzilma
ch.
majmualari
va
hududiyinfratuzilma
ham
mavjudaromadinfratuzilma
sohasida
yaratilgan
xizmatlarinfratuzilma ch. va inson uchun naf keltiradi infratuzilma xizmat
koʻrsatishini tashkil etish uchun mablagʻlar sarflanadi. Shuning uchun ularni
hisoblash mumkin va ular yalpi milliy mahsulot tarkibiga kiritiladi infratuzilma ni
yaratuvchi mehnat ham unumli hisoblanadi infratuzilma ning samaradorligi
koʻrsatilgan xizmatlarning sarf-harajatlarga nisbati orqali aniqlanadi.
Jahon Banki — Xalqaro Moliya Instituti hisoblanib, rivojlanayotgan
mamlakatlarga sarmoyalar kirgazish, kreditlar taqdim etish bilan shugʻullanadi.
Jahon banki — xalqaro moliya muassasasi. Tarkibiga BMTning
ixtisoslashgan muassasasi maqomiga ega bulgan 3 mustaqil xalqaro moliya instituti
(Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi) kiradi. Baʼzi adabiyotlarda Xalqaro tiklanish va
taraqqiyot banki norasmiy holda Jahon banki deb ham ataladi.
Jahon xoʻjaligi - turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining bozor
munosabatlari zamirida bir-birini taqozo etgani holda umumjahon yaxlitligini
tashkil etishi; jahondagi oʻzaro aloqador milliy xujaliklar va xalqaro iqtisodiy
munosabatlar majmui. Jahon xoʻjaligi bozor iqtisodiyoti rivojining mahsuli sifatida
19-asrning oxiri — 20-asr boshlarida shakllandi. Xalqaro mehnat taqsimoti turli
mamlakatlar milliy xujaliklarini ixtisoslashishiga olib keladi, yaʼni muayyan
mamlakatda u yoki bu soha ustuvor rivojlanadi. Ixtisoslashuv mamlakatda kanday
tabiiy resurslarning borligiga va shu yerdagiinfratuzilma ch. tajribasiga bogʻliq.
Ixtisoslashuv harajatlarni kamaytirib, tovarlarni sifatlii. ch. imkonini berganidan
xalqaro aloqalarni zaruratga aylantiradi.
Jahon
xoʻjaligidagi
iqtisodiy
aloqalar
har
bir
mamlakat
milliy
iqtisodiyotining mustaqilligi; mamlakatlar iqtisodiy munosabatlarining bozor
qoidalari asosida olib borilishi; iqtisodiy aloqalar uning ishtirokchilar uchun zaruriy
manfaatli boʻlishi; milliy xoʻjaliklar manfaatlarining uygʻunligiga tayanib, ixtiyoriy
ravishda va sharoit yetilganda oʻzaro integratsiyalashuvi tamoyillariga asoslanadi.
Jahon xoʻjaligi aloqalari koʻp qirrali boʻlib, savdo-sotiq, xalqaro valyuta-
kredit munosabatlari, kapital chiqarish va uni kiritish, ochiq iqtisodiy zonalar tashkil
etish, ish kuchi migratsiyasini uyushtirish, birgalikda ilmiy-texnikaviy loyihalarni
moliyalashtirish, axborot almashish, sayyohlik sohasida hamkorlik qilish kabi
shakllarga ega.
Jahon xoʻjaligida xalqaro tashkilotlar tenglikka asoslangan va oʻzaro
manfaatli iqtisodiy aloqalar va hamkorlik urnatishga xizmat qiladi.
Jahon xoʻjaligialoqalari bevosita turli mamlakatlardagi firmalar, banklar va
davlat idoralari oʻrtasida, shuningdek, bevosita — xalqaro tashkilotlar ishtirokida
amalga oshiriladi. Bular jumlasiga Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Osiyo
rivojlanish banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti,
Jahon savdo tashkiloti va b. kiradi.
Jahon xoʻjaligini tashkil etuvchi milliy xoʻjaliklar ikki yoʻsinda
guruxlashtiriladi: 1) rivojlanish yoʻnalishlari buyicha mamlakatlar bozor
iqtisodiyooʻti rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor
iqtisodiyoti tizimiga oʻtish davrida yoki iqtisodiy transformatsiya bosqichidagi
mamlakatlarga ajratiladi; 2) iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga kura mamlakatlar
yalpi milliy mahsulot (YQMM) koʻrsatkichlari buyicha 3 ta asosiy guruhga
boʻlinadi: daromadi past (axoli jon boshiga yillik YQMM koʻrsatkichi 987 AQSH
dollari), daromadi oʻrtacha (5323,2 dollar) va daromadi yuqori (22921,3 dollar)
boʻlgan mamlakatlar (1999).
MDH mamlakatlari orasida Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Qozogʻiston,
Oʻzbekiston daromadi oʻrtachadan pastroq boʻlgan mamlakatlar guruhini tashkil
etadi. MDHning boshqa mamlakatlari daromadi past (eng kam taraqqiy etgan)
mamlakatlar hisoblanadi. J. x. da sanoati rivojlangan 6 mamlakat: AQSH, Yaponiya,
GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya yetakchi oʻrinni egallaydi, 90-y.lar
oʻrtalarida jahon sanoatinfratuzilma ch.ning 60%, tovarlar eksportining 63% va
xizmatlar eksportining 47% shu mamlakatlar hissasiga toʻgʻri kelgan.
Jahon xoʻjaligida kishilarning turmush darajasi iqtisodiyotga bogʻliq holda
jiddiy farqlanadi. Boy mamlakatlarda yuksak turmoʻsh darajasi mavjoʻd boʻlgani
xolda qoloq mamlakatlarda kambagʻallar aholining katta qismini tashkil etadi. 21-
asrga kelib boʻ ikki guruh mamlakatlaridagi turmush darajasining farqi 12 martadan
ziyodroq boʻldi. Qoloq mamlakatlarda daromadning nisbatan koʻp qismi isteʼmolga
sarflansa-da, daromadning kam boʻlishi xisobidan bu mamlakatlarda turmush
darajasi pastligicha qoladi.
Hoz. davrda Jahon xoʻjaligining rivojlanishi 3 yoʻnalishda bormoqda: 1)
Jahon xoʻjaligiga kiruvchi mamlakatlar safi kengayib, uning tarkibiga 90-y.larda
sobiq sotsializm tizimidan ajralib chiqqan 25 ta yosh mamlakat xoʻjaligi qoʻshildi.
Mustaqillik tufayli Oʻzbekiston ham Jahon xoʻjaligiga kirib keldi, jahon
iqtisodiyotining teng huquqli ishtirokchisiga aylandi, xalqaro tashkilotlarga aʼzo
boʻldi, jahon savdosida ishtirok etib, 1996—2001 y.larda, uning tashqi savdo oboroti
63,3 mlrdaromad dollarni tashkil etdi; 2) Jahon xoʻjaligidainfratuzilma ch.ning
oʻsishi yuz bermoqda. 1998 y. dunyoda yaratilgan jami tovar va xizmatlar qiymati
36,5 trln. dollar boʻlsa, 2001 y. kelib 40 trln. dollardan ziyod boʻldi; 3) Jahon
xoʻjaligida iqtisodiy integratsiya (iqtisodiy ishtirokchilar faoliyatining birlashib
ketishi) va globalizatsiya (jaxron iqtisodiyotining oʻmoʻmbashariy toʻs olishi, milliy
iqtisodiyotlarning har biri oʻning tarkibiy qismi boʻlib qolishi) yuz berib, sifat
oʻzgarishlari yuzaga kelmoqda.
Jahon xoʻjaligi xar bir mamlakat milliy iqtisodiyoti va jahon iktisodiyotining
rivojlanish omili hisoblanadi. Jahon xoʻjaligi doirasida oʻzaro manfaatli hamkorlik
aloqalari fan-texnika taraqqiyotini jadallashtiradi, ish koʻchi sifatini oshiradi, eng
yangi maqsulotlarni oʻzlashtirish, resoʻrslarni tejash, mehnat oʻnumdorligini
oshirishga yoʻl ochadi.
\Makroiqtisodiyot — mamlakat (yoki uning bir qismi, tarmoqlar)
iqtisodiyotini, inflatsiya, ishsizlik, budjet taqchilligi (defisiti), iqtisodiy o'sish,
iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi va shu kabfhjncddi umumiy
jarayonlarni oʻrganuvchi fan. Makroiqtisodiyot YaIM, YQMM, yalpi talab, yalpi
taklif, to'lov balansi, pul bozori, tovar bozori va mehnat bozori kabi tushunchalar
bilan ishlaydi.
Makroiqtisodiyot (makro... va iqtisodiyot) — bozor xoʻjaligi umumiy
nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta
miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi.
Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan
koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot,
sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy
investiniyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik
boʻyicha
jamlanma,
umumlashtiruvchi
koʻrsatkichlarMakroiqtisodiyot
oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni paytda Makroiqtisodiyot mamlakat
miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik,
bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda
ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi.
Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab
chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita
taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi
milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish,
taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda
aks
ettirishga
imkon
beradi.
Shuningdek,
oʻsishning
umumlashtiruvchi
koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarning pasayishi
hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan iktisodiy jarayonlar, tuzilmaviy
proporsiyalar
hamMakroiqtisodiyot
predmeti
hisoblanadi.
Makroiktisodiy
koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi
barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard
natijalarini qamrab oladi. M.ning asoslari ingliz olimi J.M.Keynsiint 1936 yilda
nashr etilgan "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" asarida bayon etilgan.
Hozirgi zamonMakroiqtisodiyot nazariyasida 3 oqim (neokeynschilik, monetarizm
va yangi klassik yoʻnalish) mavjud, ular oʻrtasidagi asosiy farq makroiktisodiy
siyosatga nisbatan berilgan tavsiyalarning har xilligida.
Mayda tovar ishlab chiqarish — yakka mayda dehqon va hunarmandlarning
ijtimoiy mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish vositalarining xususiy mulkchiligi va
xoʻjalikning aloqidaligi asosida uz shaxsiy mehnati bilan bozor uchun tovar
chikaradigan ishlab chiqarish U kichik xoʻjaliklardan tarkib topadi. Mahsulotni ay-
irboshlash vositasida isteʼmol etip] zaruriyati yotadi. Turkistonda 1913
yildaqishloqdagi xoʻjalikning 72% mayda dehqon xoʻjaligi tashkil qilgan. Mayda
tovar ishlab chiqarish ishlab chiqarish sobiq SSSR davrida mavjud beshta xoʻjalik
ukladining biri boʻlib, 1923—24 yillarda yalpi milliy maqsulotning 51% ni ishlab
chiqargan.
3. Yalpi milliy maxsulot va uning tarkibiy kismlari
Xususiy mulkchilikning kengayib borishi tovar ishlab chiqarish rivoji uchun
zarur sharoit yaratdi. Mayda tovar ishlab chiqarish ishlab chiqarishga kosib,
hunarmand, fermer, shirkat xoʻjaliklari kiradi. Bunga shaxsiy isteʼmoldan ortiqcha
mahsulotlprni bozorga olib miqadigan tomorqa, dala xrvlilarini ham qoʻshish
mumkin. Chunki ular, asosan. mayda biznesni amalga oshiradilar. Mayda tovar
ishlab chiqarish ishlab chiqarish ikki yoqlama ahamiyatlidir: I) bozor-iii isteʼmol
buyumlari va xizmatlar bilan taʼminlaydi; 2) bu bilan band bulganlar uchun shaxsiy
da rom ad manbai. U aholining turmush larajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb
etali. Mayda tovar ishlab chiqarish ishlab chiqarish oʻrta va yirik tonar ishlab
chiqarishning kengayishiga asos boʻlib xizmat qilali. Rivojlangan mamlakatlarning
yalpi milliy mahsulot va daromadida uning salmogi juda kattalir (40—42% gacha
bo-ryali). Oʻzbekistonda uning ulushi qisqa vaqt ichida koʻpayib, 2002 yilda 25–26
%ga yetdi.
Milliy daromad - 1) mamlakatdagi milliy iktisodiyotning xoʻjalik yurituvchi
subʼyektlari tomonidan muayyan bir davrda (odatda bir yilda) moddiy ishlab
chiqarish tarmoqlarida yaratilgan sof mahsulot; yalpi mahsulot hajmidan uni ishlab
chiqarish uchun sarflanadigan mehnat vositalari va buyumlarini qoplaydigan
mahsulot miqsorini — qoplash fondini chegirib tashlangandan keyin qoladigan
mahsulot; 2) Gʻarb mamlakatlari iqtisodchilari talqinida mamlakatdagi mehnat,
kapital va yer egalarining bir yilda olgan ish haqi, foyda, foiz va renta kabi
daromadlari yigʻindisi.
Yil davomida yaratilgan yalpi mahsulot qiymati 2 qismdan iborat: ilgari
yaratilgan va sarflangan ishlab chiqarish vositalarining mahsulotga koʻchirilgan
qiymati; yangidan yaratilgan qiymat. Yangidan yaratilgan qiymat sof mahsulotning
(Milliy daromadning) qiymatidir. Milliy daromad moddiy ishlab chiqarish
tarmoqlaridagi korxonalar sof mahsulotlarining yigʻindisi sifatida hisoblanadi.
Ayrim tarmoq yoki korxonalarning sof mahsuloti uning yalpi mahsuloti va moddiy
ishlab chiqarish sarflari oʻrtasidagi farq (qoldiq) sifatida aniqlanadi. Xizmat
koʻrsatuvchi firmaning yalpi pul tushumidan xizmat koʻrsatish boʻyicha moddiy
sarflar chegirilib, xizmat koʻrsatuvchi firmaning (korxonaning) pul shaklidagi yalpi
daromadi aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida Milliy daromadni moddiy ishlab chiqarish
sohasida yaratilgan sof mahsulot sifatida hisoblash boʻyicha katta tajribalar
toʻplangan. Chunki yaqin oʻtmishda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan va
foydalanilgan Milliy daromad sof mahsulot sifatida hisoblangan. Bunday qoidaning
hozirgi paytda ham amal qilishi juda katta ijtimoiy-iktasodiy ahamiyatga egadir,
chunki bu usul ishlab chiqariladigan mahsulotni, qoplash fondini va sof mahsulotni
hisoblash, isteʼmolni va jamgʻarishni optimallashtirish siyosatini oʻtkazishga imkon
beradi. Sof mahsulotning muttasil koʻpayishi, oʻsishi esa ishlab chiqarish sohasida
va boshqa sohalarda band kishilar, korxonalar va tashkilotlar moddiy taʼminlanishini
yanada oshiradi.
Jamiyatda olinadigan ish haqi, foyda, renta, foiz kabi daromadlar yigʻindisi
— birlamchi pul daromadlari va ularni qayta taqsimlashlar (shu jumladan, xizmatlar,
ijara, prokat, qarz, soliq kabilar orqali qayta taqsimlashlar) natijasida hosil
boʻladigan ikkilamchi va h. k. pul daromadlar yigʻindisidir. Shuning uchun ham
muomaladagi pul massasi ham, ish haqi, foyda, renta va foiz shaklida olingan pul
daromadlari yigʻindisi ham jamiyatning haqiqiy Milliy daromad boʻla olmaydi,
chunki qogʻoz pullar va pul daromadlari haqiqiy, real daromad emas, ularning
miqdoriga va harid kuchiga koʻp omillar taʼsir etadi.
Har qanday mamlakatda, jamiyatda moddiy ishlab chiqarish sohasi
tarmoqlarida yaratilgan sof mahsulotlardan iborat Milliy daromadgina boshka shart-
sharoitlar teng va oʻzgarmas boʻlganda, butun xalq isteʼmolini va mamlakat
iktisodiy taraqqiyotini taʼminlashning , har bir shaxs va barcha aholi real
daromadlarini oshirishning juda muhim moddiy asosidir. Milliy daromad moddiy
ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof mahsulotnigina qamrab oladi. Shuning
uchun ham milliy hisoblar tizimita oʻtish munosabati bilan xalqaro hisobkitoblar
uchun BMTning tavsiyasiga binoan, Milliy daromad oʻrniga yalpi milliy mahsulot,
1993 yildan esa yalpi milliy daromad koʻrsatkichi qoʻllanila boshladi.
Narx
Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining
vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal
qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot
turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga,
aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab
chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta
taʼsir koʻrsatadi.
Narx, baho — tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi
iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda N.ni qiymatning
mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning puldagi ifodasi deb
qaralgan. 21-asr boshlaridagi nazariyalar N.ni pulning miqdoriy nazariyasi asosida
izoxlab, N.ga harajatlar, tovarning nafliligi va raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi.
N.ni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan yuqori yoki past boʻlishi
mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga boʻlgan talab va taklift bogʻliq. N. faqat
qiymatni emas, balki talab va taklif, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati
va boshqa tovarlar oʻrnini bosa olishi, muomaladagi pulning harid qobiliyatiga ham
bogʻliq. Binobarin, N. qiymatdan miqdoran farqlanadi. Mahsulot tannarxi har
qanday N.ning asosi boʻlib, mahsulotning hayotiy sikli davomida uning N.idagi
oʻzgarishlarga katta taʼsir koʻrsatadi. N. miqdori harajatlarga va tovar sifatiga toʻgʻri
mutanosiblikda, rakrbatning shiddatiga esa teskari mutanosiblikda turadi. Bozor
iqtisodiyotida N. bir nechta vazifalarni bajaradi: 1) hisob-kitob va oʻlchov vazifasi
—N. vositasida qilingan harajatlar, olingan natijaning puldagi miqdori aniklanadi.
Harajatlar ishlatilgan resurslar miq-orini uning N.iga koʻpaytirish opkali
hisoblanadi; 2)ragʻbatlantirish vazifasi — N. ning oʻzgarishi ishlab chiqarish
hajmini oʻzgartiradi. Talab N.ga nisbatan teskari mutanosiblikka ega. N. pasaysa
talab ragʻbatlantiriladi, aksincha, N. oshsa (boshqa shart-sharoit oʻzgarmagan
takdirda) taklif ragʻbat oladi. N.dagi oʻzgarish ishlab chiqaruvchilar va
isteʼmolchilarga ishtiyoq bagʻishlaydi; 3)raqobat vositasi vazifasi — N. raqibni
bozordan si-qib chiqarish va bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun ishlatiladi.
Raqo-batchilar N.ni oʻzgartirib turish, uni sharoitga qarab turlicha belgilash or-qali
oʻzaro bellashadilar. N. raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi hisoblanadi; 4)
iqtisodiyotni tar-tiblash vazifasi — N. bozor mexanizmidagi asosiy iqtisodiy dastak
yoki vosita. N. oʻzgarishiga qarab nimani va qancha ishlab chiqarish kerakligi
aniklanadi. Muayyan tovarlar N.ining oshishi ularni koʻplab ishlab chiqarish
kerakligini bildiradi, aksincha, N.ning pasayishi tovar ishlab chiqarishni kamayishi
yoki umuman toʻxtatilishi lozimligini anglatadi. N.ga qarab bozori kasod
tovarlardan voz kechilib, bozori chaqqon tovarlarni ishlab chiqarishga oʻtiladi. Bu
esa resurslarning bir sohadan ikkinchisiga oqib oʻtishi-ga, eski soha qisqarib, yangi
soxaning tez rivojlanishiga olib keladi. N. resurslarni qayta taqsimlash orqali
iqtisodiyotni tartiblaydi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisida
qullanilishi N. tizimini yaratadi. Milliy iqtisodiyot holatini hisoblashda joriy va
qiyosiy N.lar qoʻllaniladi. Joriy N.lar amaldagi N.lar boʻlib, ular yordamida yil
davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy N.larda maʼlum yil asos
qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu N.da hisoblanadi va boshqa yillar
bilan taqqoslanadi. Joriy N.lar inflyasiya tufayli oʻzgarishi va real iqtisodiy natijani
koʻrsatmasligi sababli yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shahri
k. koʻrsatkichlar dinamikasi qiyosiy N.larda hisoblanadi.
N. qaysi bozorda amal qilishi, kimga moʻljallanganligi va qaysi maqsadni
koʻzlashiga qarab bir necha turlarga boʻlinadi.
Erkin bozor N.i (muvozanatli N.) — erkin bozorda sotuvchilar va haridorlar
koʻpchilik boʻlganidan ulardan hech biri oʻzi xohlagan narxni oʻrnatolmaydi. Bu
yerda talab-taklif nis-batiga qarab erkin savdolashuv N.i, yaʼni muvozanatli N.
yuzaga keladi; monopol N. — monopol bozorda so-tuvchi yoki haridor ozchilik
yoxud tanho boʻlganida ular xohlagan N. oʻrnatiladi. Bu bozorga zoʻrlab
kiritiladigan N. boʻlib, odatdagi N.lardan yuqori boʻla-di va monopol foyda olishga
xizmat qiladi; Ulgurji N. — tovar ishlab chikaruvchilar savdo firmalariga to-varlarni
bir yoʻla koʻtarasiga sotishida qoʻllanadi. Tovar birjalari va savdo uylarida ham
ulgurji N.lar qoʻllanadi; shartnoma N.lari — sotuvchi va haridorlarning roziligi bilan
belgilanadigan va oʻzaro tuziladigan shartnomada koʻrsatiladigan N. Bunday N.,
odatda, shartnoma muddati amal qila-digan davrda oʻzgarmaydi. Koʻproq mil-liy va
xalqaro bozorlarda qoʻllanadi. Chakana N. — tovarlar bevosita is-teʼmolchilarga
yakkalab sotilgan chogda qoʻllanadi va miqdori ulgurji N.dan yuqori boʻladi;
Preyskurant N. — haridor uchun bildirgich yoki maʼlumot-noma N. boʻlib xizmat
qiladi va haqiqiy N. preyskurantlar (koʻrsatkichlar)da eʼlon qilingan N. atrofida
boʻlishini anglatadi; D otatsiyalangan N. — davlat byudjeti hiso-bidan maxsus
arzonlashtirilgan, bozor N.idan pastroq qilib belgilangan N., N.dagi farq byudjet
beradigan dotatsiya bilan qoplanadi. Bu N.ni oʻtish davrida turgan mamlakatlarda
davlat aholini ijtimoiy himoyalash uchun qoʻllaydi; Demping N. — bozorda oʻz
mavqeini mustahamlash va ra-qiblarni siqib chiqarishda qoʻllanadigan maxsus
pasaytirilgan N., xalq-aro bozorlarda koʻproq qoʻllanadi.
Bozor koʻlamiga koʻra, N.lar xududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro bozor
N.lar i ga boʻlinadi. Hududiy N. — faqat maʼlum hududiy bozorga xos boʻlib, u shu
hudud doirasidagi omillar taʼsirida hosil boʻladi. Milliy bozor N.i — bir mamlakat
doirasida amal qiluvchi va ularning xususiya-tini aks ettiruvchi N.lardir. Xalq-aro
N. — muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning nafliligi jihatidan
jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xa-lkaro bozordagi talab va taklif
nis-batini hisobga oladi.
N.lar farqining miqdoriy ifodasi N. diapazoni deyiladi. N. diapazoni N.lar
oraligʻining puldagi ifodasidir. N. diapazoni quyi, oʻrta va yuqori N.larni oʻz ichiga
oladi. Bu diapazon qanchalik katta boʻlsa, tovar muomalasi shunchalik tez yuz
beradi, talab bilan N. oʻzaro bogʻlanadi. Iqtiso-diyot birbiriga bogʻliq va yagona
boʻlga-nidan turli tovarlar va xizmatlar N.lari birbirini yuzaga chikaradi, toʻldiradi
va oʻzaro taʼsir koʻrsatadi. Ularning har biri oʻzi bilan bogʻliq keyingi mahsulot
harajatlarini shakllantiradi. Koʻpgina sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy
resurlar (metall, neft, kumir, gaz, yogʻoch, bugʻdoy, paxta kabi tovarlar) N.ining
oʻzgarishi bozordagi jami N.lar nisbatiga taʼsir koʻrsatadi.Narxga ta'sir etuvchi eng
qulay omil bu monopoliyadir.Monopolist korxona narxni xohlagancha o'ynatishi
mumkin.Shunday ekan demping narx psixologik narx bularning hammasini
monopolist hal qiladi xohlasa qiladi xohlamasa yo'q.Ushbu nazariya Buxoro Davlat
Universiteti Iqtisodiyot kafedrasi kafedra mudiri Abdullayev.A ga tegishli
nazariyadir
Ouken qonuni — qisqa mudsatli ishsizlik darajasining oʻsishi bilan ishlab
chiqarish hajmidagi yoʻqotishlar oʻrtasidagi bogʻliqni ifodalaydigan qonun.
Amerikalik iqtisodchi Artur Ouken (1929— 1979) aniklangan. Bu qonunga koʻra,
yalpi milliy mahsulotning yillik oʻsishi 2,5%ni tashkil etganda ishsizlik darajasi
amalda doimiy boʻlib qoladi. Ishsizlik darajasidagi oʻzgarishlarga qarab yalpi milliy
mahsulot real hajmining potensial hajmiga nisbati oʻzgarishlari (elastikligi) doimiy
va taxminan 3% ga teng . Mac., ishsizlikning 1% ga oʻsishi real ishlab chiqarish
hajmida 3% ga teng qisqarishga olib keladi yoki aksincha.
Shu sababli mamlakatda ishsizlikni tabiiy darajasida saklash va tartibga solib
turish muhim ahamiyatga ega. Muayyan milliy iqtisodiyot barcha ishlashni
xohlovchilarga va mehnatga layo-qatli fuqarolarga yangi ish joylarini yaratib bera
olmas ekan, bu iqtisodiyot tovar va xizmatlar ishlab chiqarish potensialini toʻliq
ishga sola olmaydi. Ouken qonuni dunyodagi deyarli barcha mamlakatlar
iqtisodiyotidagi ishsizlik muammolarini tartibga solishda katta ahamiyatga ega.
4. Milliy daromad va uning tarkibiy kismlari, usish omillari va kayta
taksimlanishi
KUZNETS (Kuznets) Saymon Smit (1901.30.4, Harkov - 1985.9.7, AQSH)
— amerikalik iqtisodchi. Ukrainada statistika boʻlimining boshligʻi lavozimida
qisqa muddat ishlagach, AQShga muhojir boʻlib ketgan. Kolumbiya universiteti
doktori (1926X, Iqtisodiy tadqiqotlar Milliy byurosi aʼzosi (1927—61).
Pensilvaniya
(1930—54),
J.Gopkins
(1954—60),
Garvard
(1960—71)
universitetlari professor AQSH statistika assotsiatsiyasi (1949) va AQSH iqtisodiy
asso-siatsiyasi (1954) prezidenti etib saylangan. K. iqtisodiy oʻsish nazariyasiga
katta hissa qoʻshdi. Oʻsishning uzoq sikllari aholi oʻsishi surʼatlari oʻzgarishlariga
bogʻliqligini tadqiq qildi, koʻpgiva sanoati rivojlangan mamlakatlarda isteʼmolning
daromadga nisbati bir necha oʻn yilliklar davomida barqarorligini va belgilangan
mahsulot hajmini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan real kapital pasayish
tendensiyasiga ega ekanligini aniqladi. K. pirovard mahsulot ishlab chiqarish,
kapital va jamgʻarishning shakllanishi, aholining turli tabaqalari oʻrtasida
daromadning taqsimlanishini aniq baholadi. Uning ishlari jahonning barcha
mamlakatlari uchun yalpi milliy mahsulot, milliy daromadni hisoblashning yagona
uslubini ishlab chiqishga imkon berdi. Nobel mukofoti laureati (1971).
Sof milliy mahsulot - muayyan davr davomi (odatda oy, chorak, yil)da mamlakat
iqtisodiy faoliyatining umumiy yakunlarini tavsiflaydigan koʻrsatkichlardan biri;
yalpi milliy mahsulot (YQMM)dan tarkibiga tegishli davrda isteʼmol etilgan asosiy
kapital qiymati kiritilmagani bilan farq qiladi. Sof milliy mahsulotm. qiymati milliy
hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Nazariy jihatdan olganda Sof milliy
mahsulotm xoʻjalik faoliyati natijalarini yalpi ichki mahsulot va YQMMga
qaraganda aniqroq hisoblash imkonini beradi, chunki u tegishli davrda yaratilgan
qiymatni hisobga oladi. Lekin amaliyotda Sof milliy mahsulotm. hisobkitoblaridan
YQMMga qaraganda kamroqfoydalaniladi, bu esa isteʼmol etilgan kapital qiymatini
aniq
hisoblashning
murakkabligi
bilan
bogʻliq.
Taqchillik (iqtisodiyotda) — ilgari belgilangan, rejalashtirilgan yoki zarur
darajadagi mablagʻ, resurs, tovarlarning yetishmasligi, tanqisligi. T.ning yalpi milliy
mahsulot
taqchilligi,
tovarlar
takchilligi,
byudjet
taqchshiigi,
taqchil
moliyalashtirish, taqchil iqtisodiyot kabi koʻrinishlari mavjudaromad T. har qanday
darajada iqtisodiy muvozanatni buzadi, qarzlarning toʻplanib borishiga sabab
boʻladi. Tovarlar va xizmatlar T.ligi xalq isteʼmol mollari va xizmatlarining aholi
talabehtiyojlarini qondirish uchun yetishmasligi, ularni yetarli darajada ishlab
chiqarmaslik oqibatida yuzaga keladi. Tovar taqchilligi iqtisodiyotning beqarorligi,
undagi mutanosiblikning buzilishi, takror ishlab chiqarish.ning izdan chiqishi
oqibatidir. Uni bartaraf etish uchun tovar ishlab chiqarish., tovar importi bozor
talabiga qarab koʻpaytiriladi. Byudjet xarajatlari daromaddan ortib ketsa byudjet
takchilligi yuzaga keladi. Bunday T. makroiqtisodiyot darajasida inflyatsiya
jarayonining rivojlanib borayotganini, davlat moliyasining inqiroz holatida
ekanligini koʻrsatadi. Davlat byudjetida T. byudjetning daromad qismida 20%gacha
yoki yalpi milliy mahsulotning 7—8% gacha boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Yalpi ichki mahsulot
Yalpi ichki mahsulot — umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda
makroekonomik koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar
aks ettiruvchi bozor qiymatidir (yaʼni bevosita isteʼmol uchun moʻljallangan)
davlatlar iqtisodiyot hududining hamma sohalarida isteʼmol qilish uchun yil
davomida ishlab chiqarilgan hisoboti, milliy jihozlar ishlab chiqarish omillari
ishlatilgan qatʼiy eksportning jamgʻarmalari hisoblanadi. Birinchi marta 1934-yilda
Saymon Kuznets tomonidan bu tushuncha ilk bor taklif etilgan edi. YIM mavjud va
belgilangan davlatlar ishlab chiqarishning izchilligini yillik hisobot sifatida dunyo
iqtisodchilari qismlarga boʻlishadi(angl. nominal and real GDP). YIM ushbu yildagi
narhlarning oʻsishini joriy narxlarga(nisbat berilmasdan) asoslanib dunyo
bozorlarida belgilaydi . YIM (inqirozni toʻgʻri baholashligi bilan) narxlardagi oʻsish
hususiyatini oldingisi yoki har qanday boshqasini yillik zahira taqsimotiga
muhrlaydi. Har doim YIMga amaldagi mavjud mahsulotlar hisobga olinadi va
qanday darajada mamlakatlarda ishlab chiqarishning oʻsishi mavjudligi bilan
narxlarni YIM darajasi yordamida aniqlanadi. YIM yonida iqtisodiyot oʻz
imkoniyatlarini toʻlaqonli sotilgan ishchi kuchini band etish barobarida qaytaradi.
YIM imkoniyati — bu YIM bilan toʻlaqonli bandlik va iqtisodiyot imkoniyatini
boshqa sohalardagi tadqiqotlar bilan oʻzaro va bevosita bogʻliqlik ahamiyatini
oshiradi. YIM mamlakatlar orasida zarurat chogʻida birja nuqtalarida har qanday
milliy valyutada kursga hisoblanishi yoki horijiy valyutalar yordamida
qiymatlashtiriladi. Bularni shunday qiymatlarga baholash uchun jahon bozorida
Paritet Haridorlik qobiliyati (PHQ) (xalqaro qiyoslashni aniqligi yoki ortiqligini
bilish uchun)taqdim etilgan. Bugun " Bozor qiymati " deb nomlanuvchi maʼlum
miqdorda hisoblash yoki barqaror kattalikdagi mahsulotlar erkin jahon bozorida
amal qila oladi.
Yalpi ichki mahsulot (YIM) — mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan
davr (oy, chorak, yil) davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan koʻrsatkich.
Mamlakat hududida joylashgan barcha korxonalar (chet el va qoʻshma korxonalari
ham shu hisobga kiradi) tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab
chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi boʻlib, uning
miqdori milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Mamlakat iqtisodiyotining
rivojlanishini
makrodarajada
tavsiflash
va
tahlil
etishda
foydalaniladi.
Oʻzbekistonda 2003 yilda amaldagi narxlarda 9964,1 mlrdaromad soʻmlik YIM
ishlab chiqarildi. Bu 2002 yilga nisbatan 4,4 % ga koʻp demakdir. Yaratilgan
YIMning tarmoq tuzilmasi quyidagicha: uning 48,5% tovarlar ishlab chiqarish
(uning 15% sanoatda, 28,8% qishloq xoʻjaligida, 4,5% qurilishda) va 38,1%
xizmatlar koʻrsatish (uning 8,5% traneport va aloqada, 9,4% savdo va umumiy
ovqatlanishda, 20,2% bozor va nobozor xizmatlarda)ga, 13,4% mahsulot va
eksportimport operatsiyalari sof soliqlariga toʻgʻri keldi. Milliy statistikada asosiy
makroiqtisodiy koʻrsatkich sifatida YIM yoki yalpi milliy mahsulot (YMM), hatto
yalpi milliy daromad (YMD) ham qabul qilinishi mumkin. Mas, AQSH va
Yaponiyada YIM emas, balki YMM asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich hisoblanadi.
Ammo BMT ning milliy hisoblar tizimida YIM birlamchi iqtisodiy koʻrsatkich
boʻlib xizmat qiladi. Miqdor jihatdan bu koʻrsatkichlar oʻrtasidagi tafovut unchalik
katta emas: rivojlangan mamlakatlarda bu tafovut bir foizdan oshmaydi. Chet ellarda
ishlovchi fuqarolardan tushadigan daromadlar salmoqli boʻlgan mamlakatlarda bu
tafovut kattaroq boʻlishi mumkin.
Nurislom Toʻxliyev.
Yangi industrial mamlakatlar
Yangi industrial mamlakatlar — 20-asrning soʻnggi oʻn yilliklarida iqtisodiy
taraqqiyotda keskin oʻzgarishlarga erishgan rivojlanayotgan mamlakatlar guruhi. Bu
mamlakatlar koʻpgina koʻrsatkichlar boʻyicha jahondagi oʻrta va hatto yuqori
rivojlangan mamlakatlarga yaqinlashdi.
YA.i.m.da sanoat ishlab chiqarish hajmi va uning milliy daromaddagi hissasi
oʻsdi, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi koʻpaydi. Yangi qatlam —
tadbirkorlar sinfi mavqei mustahkamlandi. Yangi industrial mamlakatlarm.ga Lotin
Amerikasining rivojlangan mamlakatlari — Argentina, Braziliya, Meksika va
Janubiy Sharqiy Osiyoda "Osiyo yoʻlbarslari" nomini olgan bir qator mamlakatlar
va hududlar — Singapur, Tayvan, Koreya Respublikasi, Xitoy tarkibidagi Syangan
kiradi. Bulardan bir qadar keyinroq 2avlod Yangi industrial mamlakatlarm. deb nom
olgan mamlakatlar ham paydo boʻldi. Bu mamalakatlarda aholining katta qismi
hamon q.x.da band boʻlishiga qaramay, sanoat ishlab chiqarish hajmi va sanoat
mahsulotlari eksporti tez oʻsmoqda, milliy kapital vakillarining mavqei
mustahkamlanmoqda. Bularga Lotin Amerikasida Venesuela, Kolumbiya, Peru,
Urugvay, Chili, Janubiy Sharqiy Osiyoda Malayziya, Filippin, Tailand, Indoneziya
kiradi.
YA.i.m. sanoatida eng zamonaviy texnologiyalar qoʻllaniladi va jahon
bozorida raqobatbardosh yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ularning
tajribasi rivojlanayotgan mamlakatlar oʻz taraqqiyotida faqat oʻzlarida serob, hatto
ortiqcha boʻlgan tabiiy va mehnat resurslari bilan birga texnik jihatdan murakkab
ishlab chiqarishga tayanishlari va bu tarmoqlarda qiyosiy afzalliklarga ega boʻlishi
mumkinligini koʻrsatadi. Yangi industrial mamlakatlarm.ning sanoat rivojida chet
el kapitali faol rol oʻynaydi. Mas, Singapurda 1980-y.lar oxirida ishlov beruvchi
sanoat mahsuloti eksportining 90% ga yaqini, Koreya Respublikasida 27% chet el
transmilliy kompaniyalari (TMK) filiallari hissasiga toʻgʻri kelgan. TMK bu
mamlakatlarda mahalliy arzon ishchi kuchidan foydalangan holda yangi, baʼzan eng
yangi sanoat korxonalarini qurishda ishtirok etadi. Ayrim detallar va butlovchi
qismlar ishlab chiqaradigan tor ixtisoslashgan korxonalar quradi, mahsulotni
pirovard yigʻish rivojlangan mamlakatlarning oʻzida amalga oshiriladi.
Mas, elektronika sanoati sohasidagi AQSH va Yaponiya TMK Meksika,
Singapur, Tayvan va Malayziyada yarimoʻtkazgichli priborlar va integral sxemalar
chiqaradigan bir qator korxonalarni tashkil etdi. Ayrim TMK murakkab
texnologiyani soddalashtirib, ishlab chiqarish jarayonini alohida qismlarga ajratib,
rivojlanayotgan
mamlakatlarda
tegishli
korxonalarni
qurdi.
Natijada
bu
mamlakatlardan ishlov beruvchi sanoat mahsulotlari eksportining katta qismi TMK
ichki firma savdosidan iborat boʻlib qoldi.
Janubiy Sharqiy Osiyodagi Yangi industrial mamlakatlarm.ning eksport
yoʻnalishidagi rivojlanishi, eksport tuzilmasi tamomila oʻzgardi. Unda xom ashyo
va oziq-ovqat hissasi keskin kamayib, sanoat eksportida toʻqimachilik mahsulotlari
salmogʻi pasaydi, mashina va uskunalar hissasi juda oʻsib bordi. Mas, 1970 yildan
1995 yilga qadar Singapur eksportida xom ashyo va oziq-ovqat hissasi (%larda) 72,5
dan 16,1 ga ga, Koreya Respublikasida 23,5 dan 6,7 gacha, Tayvanda 24,3 dan 7,3
gacha, toʻqimachilik tovarlari hissasi esa tegishlicha 5,6 dan 2,6 gacha, 41,1 dan 15
gacha, 29,0 dan 14,4 gacha qisqardi, mashina va uskunalar hissasi esa Singapurda
shu davrda (% larda) 11,0 dan 62,3 ga, Koreya Respublikasida 7,2 dan 51,6 gacha,
Tayvan 16,7 dan 47,7 gacha oʻsdi. 2avlod Yangi industrial mamlakatlarm.da ham
xuddi shunday oʻzgarishlar bormoqda. Malayziyada xom ashyo va oziqovqat
eksporti hissasi shu davrda 93,5% dan 26,9% ga qisqargan boʻlsa, mashina va
uskunalar hissasi 1,6% dan 50% ga oʻsdi. Tailandda xom ashyo va oziq-ovqat
eksport hissasi 95,3% dan 26,3% pasayib, mashina va uskunalar hissasi 0,1% dan
31,5% ga koʻtarildi. Shunday qilib, bu mamlakatlarning koʻpchiligi mashina va
uskunalar eksporti boʻyicha jahondagi sanoati rivojlangan mamlakatlar darajasiga
koʻtarildi. 20-asr oxirlariga kelib jami rivojlanayotgan mamlakatlar sanoat
eksportining deyarli 70%, mashina va uskunalar eksportining 70% dan koʻprogʻi
Janubiy Sharqiy Osiyodagi 1 va 2 avlod Yangi industrial mamlakatlarm. (Syangan,
Singapur, Koreya Respublikasi, Tayvan, Indoneziya, Malayziya va Tailand),
shuningdek, Xitoy hissasiga toʻgʻri keldi.
2002 yilga kelib aholi jon boshiga yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarish
Koreya Respublikasida 16480, Singapurda 23090, Malayziyada 8280 AQSH
dollarini tashkil etdi. Yangi industrial mamlakatlarm. da aholi jon boshiga tibbiy,
taʼlim, kommunal xizmatlari isteʼmol boʻyicha ham jiddiy yutuqlarga erishilgan.
YA.i.m.ning paydo boʻlishi hozirgi jahon xoʻjaligida va xalqaro mehnat
taqsimotida katta oʻzgarishlar yuz berganligini, rivojlanayotnan mamlakatlar
oʻrtasida tabaqalanish kuchayib borayotganligini koʻrsatadi, chunki Yangi industrial
mamlakatlarm. dagi taraqqiyot kam rivojlangan mamlakatlarning katta guruhidagi
qoloqlikni bartaraf eta olmadi. Iqtisodiy va sanoat rivojining hozirgi darajasiga
koʻra, Yangi industrial mamlakatlarm.dan eng rivojlanganlari — Koreya
Respublikasi, Argentina, Meksika, Singapur sanoati rivojlangan mamlakatlarga
deyarli yaqinlashdi va Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya kabi Yevropa davlatlari bilan
bir
darajada
turadi.
Meksika
va
Koreya
Respublikasining
rivojlangan
mamlakatlarning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OYESD) aʼzoligiga
qabul qilinganligi ham buning isboti boʻla oladi.
5, O’zbekistonda investistiya va tarkibiy uzgarishlar siyosatining
ustuvor yunalishlari.
Oʼzbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining yuqori oʼsish surʼatlarini
taʼminlayotgan omillar quyidagi 6-rasmda keltirilgan.
2018 yilda respublikamizda yalpi ichki mahsulotning 5,1 foizga oʼsishi
prognoz qilinmoqda. Ushbu oʼsish asosan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish
hajmining – 8,2 foizga, qishloq xoʼjaligining – 6,1 foizga va kapital qoʼyilmalari
hajmining – 9,6 foizga oʼsishi hisobiga taʼminlanadi.
Shuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga yoʼnaltiriladigan jami investitsiyalar
miqdori 27,3 mlrd. АQSh dollarini tashkil etdi yoki 2017 yilga nisbatan 9,3 foizga
oʼsdi.
Bunda avvalgi yillardagidek, investitsiyalar asosiy qismining (65
foizdan ortigʼini) ishlab chiqarishni rivojlantirishga, yaʼni yangi ishlab
chiqarish
korxonalarini
qurish
va
yangi
zamonaviy
ishlab
chiqarish
texnologiyalarini xarid qilishga yoʼnaltirilishi moʼljallanmoqda. Xususan, 2018
yilda yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo qilish, mavjud korxonalarni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda qishloq
joylarda zamonaviy loyihalar boʼyicha yakka tartibdagi yangi turar joylarni barpo
etish maqsadlariga tijorat banklari tomonidan barcha manbalar hisobidan 22 trln.
soʼm miqdorida yoki 2017 yilga nisbatan 4,8 trln. soʼmdan ziyod miqdorda
investitsion kreditlar ajratildi.
Respublikada ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yoʼnalishlari
quyidagi 7-rasmda keltirilgan. 2018 yilda tijorat banklarining investitsion faoliyatida
asosiy
eʼtibor 2017-2021 yillarga moʼljallangan Harakatlar strategiyasi asosida
iqtisodiyotni
yanada
isloh
qilish,
tarkibiy
qayta
oʼzgartirish
va
modernizatsiyalash umumiy dasturini tashkil etuvchi, shu jumladan:
– iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan oʼzgartirish, ishlab chiqarishni
modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni taʼminlash;
– muhandislik-kommunikatsiya hamda yoʼl-transport infratuzilmasini
rivojlantirish va modernizatsiya qilish;
– iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfini kamaytirish,
energiyani
tejovchi
texnologiyalarni
joriy
etish
boʼyicha
choratadbirlar
dasturlaridagi investitsion loyihalarni moliyalashtirishda faol ishtirok etishga
qaratiladi.
2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari
rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi oʼrta muddatli
istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor
yoʼnalishlarini belgilab berdi. Ushbu yoʼnalishdagi muhim qarorlardan biri milliy
valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini
joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan
bogʼliq amaliy qadamlar boʼldi.
Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi taʼminlanishi makroiqtisodiy va
ijtimoiy barqarorlikning kafolati boʼlib, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va
rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit
hisoblanadi. Bunda inflyatsiyaning past va barqaror koʼrsatkichlari muvozanatli
iqtisodiy oʼsishni taʼminlash, ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va aholini yashash
darajasini oshirishning muhim omili sanaladi. Shu nuqtai nazardan, narxlar oʼsish
surʼatlarining pasayishi va barqarorlashishi davlat iqtisodiy siyosatining asosiy
maqsadlaridan biri boʼlishi kerak. Inflyatsiyaning past va barqaror darajasi aholi
hamda yuridik shaxslar omonatlarini uzoq muddatli investitsiyalarga aylanishi
uchun kerakli sharoit yaratadi hamda ichki bozordagi narxlar nomutanosibligini
kamaytirib mavjud iqtisodiy resurslarning samarali taqsimlanishiga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, amalga oshirilgan tahlillar natijasida inflyatsiya
darajasi, YaIM deflyatori va pul massasi oʼzgarishi oʼrtasida aniq va
barqaror oʼzaro bogʼliqliklar aniqlanmadi. Pul aylanish tezligi va pul mulьtiplikatori
koʼrsatkichlari oʼzgarishi ham ushbu koʼrsatkichlar dinamikasining oʼzgaruvchan
xarakterga ega ekanligini, pul-kredit koʼrsatkichlarining maqsadli parametrlarini
ishlab chiqishda xatoliklarga
olib kelishi mumkinligini koʼrsatadi.
Xulosa
Umuman olganda, pul massasining YaIM nominal hajmiga nisbatan
moʼʼtadil darajada oʼsishi inflyatsiya bosimining sezilarli kuchayishini oldini
olishga xizmat qildi. Shu bilan birga, ushbu koʼrsatkichlar oʼrtasida aniq
bogʼliqlikning mavjud emasligi rezerv pullar va pul massasi aniq darajasini
hisoblash imkoniyatini bermaydi.
Iqtisodiyotda inflyatsion xatarlar kuchayganda, Markaziy bank anʼanaviy
tarzda foiz stavkalarini oshirish orqali pul-kredit qatʼiylashtiradi. Ushbu
choralarning iqtisodiyotning real sektoriga taʼsir qilish darajasi va muddatlari pul-
kredit siyosati transmission mexanizmlarining samaradorligi bilan belgilanadi. Pul-
kredit siyosatining transmission mexanizmi oʼzida Markaziy bank foiz stavkalari
oʼzgarishining iqtisodiy faollikka va pirovardida inflyatsiya darajasiga taʼsir
oʼtkazish jarayonini aks ettiradi. Ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash va kelgusida
ragʼbatlantirish borasida koʼrilayotgan chora-tadbirlar natijasida, 2017 yilda 38,2
mingdan ortiq kichik biznes (dehqon va fermer xoʼjaliklarisiz) subʼektlari tashkil
etildi yoki 2016 yilning shu davriga nisbatan 122,0 foizga koʼpaydi.
Kichik
biznes
va
xususiy
tadbirkorlik
faoliyatining
iqtisodiyot
tarmoqlaridagi ulushi eksportda – 27,0 foizni (2016 yilda 26,0 foiz) sanoatda – 39,6
foizni (45,3 foiz), xizmatlarda – 58,4 foizni (61,4 foiz),
qurilishda – 65,1 foizni (66,9 foiz) va bandlikda – 78,3 foizni (78,2 foiz)
tashkil etdi
Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati
1.
Oʼzbekiston
Respublikasi
Prezidentining
"2017-2021
yillarda
Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha
Harakatlar
strategiyasini
«Faol
tadbirkorlik,
innovatsion
gʼoyalar
va
texnologiyalarni qoʼllab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat Dasturi
toʼgʼrisida"
2018
yil
22
yanvardagi
PF-5308-sonli
Farmoni.//
http://lex.uz/docs/3516847.
2. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʼlishi kerak. –
T.: Oʼzbekiston, 2017. – 104 b.
3. YeliseevainfratuzilmaI., Kurisheva S.V. i dr. Ekonometrika: Uchebnik. –
M.:
Izdatelьstvo Yurayt, 2018. – 288 s.
4. Kremer N.Sh. Ekonometrika: Uchebnik. –M.: Izdatelьstvo Yurayt, 2018.
– 354 s.
5. Demidova O.А. Ekonometrika: uchebnik i praktikum dlya prikladnogo
bakalavriata. –M.: Yurayt, 2018. – 334 s.
6. Аyvazyan S.А. Ekonometrika. –M.: Market DS, 2017. – 104 c.
7. Аnchishkin А.I. Prognozirovanie tempov i faktorov ekonomicheskogo
rosta. –M.: MАKS Press, 2017. – 300 c.
8. Lukas Robert E. Lektsii po ekonomicheskomu rostu. –M.: Institut
ekonomicheskoy politiki imeni Ye.T. Gaydara, 2017. – 456 s.
9. Tixomirov, N. Metodы ekonometriki i mnogomernogo statisticheskogo
analiza. –M.: Ekonomika, 2017. – 989 c.
10. Tinberxen Ya. Matematicheskie modeli ekonomicheskogo rosta. –M.:
Progress, 2017. – 176 c.
11. Zamkov O.O. i dr. Matematicheskie metodы v ekonomike. –M.: DIS,
2011. – 426 s.
12. Xodiev B.Yu, Shodiev T.Sh., Berkinov B.B. Ekonometrika. –T.: TDIU,
2018. – 186 b.