Reja:
Notariat institutining huquqiy maqomi
Notariusning huquqiy maqomi
Notariatga oid prinsiplar
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
Нотариат.
Ўқув
қўлланма.
Мамараимова
Г.М.
Тошкент,
ТДЮУ
нашриёти
–
2018.
174 б.
O`zbekiston Respublikasining “Notariat to`g`risida”gi Qonuni. 26.12.1996
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamsining “Notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya
etilishi ustidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida notariat
tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni.
O`zbekiston Respublikasining “Notariat tizimi tubdan isloh qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
14.01.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi “Oʻzbekiston Notarial palatasi
faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi “Notariuslar tomonidan
ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash” to`g`risidagi Qarori.
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ АДЛИЯ ВАЗИРЛИГИ ва ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ТАШҚИ ИШЛАР ВАЗИРЛИГИНИНГ “Ўзбекистон Республикаси консуллик муассасаларининг
консуллари
томонидан
нотариал
ҳаракатларни
амалга
ошириш
тартиби
тўғрисидаги
ЙЎРИҚНОМАни тасдиқлаш тўғрисида”ги буйруғи.
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ АДЛИЯ ВАЗИРининг «Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni
amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi YO‘RIQNOMAни тасдиқлаш ҳақида”ги буйруғи.
Notariat
notarial harakatlarni hamda ular bilan bevosita bog‘liq huquqiy va texnik tusdagi harakatlarni
notariuslar tomonidan amalga oshirish yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari
hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga da’vat etilgan huquqiy institutdir.
O`zbekiston Respublikasining “Notariat to`g`risida”gi Qonuni. 26.12.1996.
2020-yil 1-yanvar –xususiy notarial faoliyat (2010) - «Ўзбекистон Республикасида нотариат
тизимини тубдан ислоҳ қилиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги фармони. 09.09.2019
2020 yil 14 yanvar kuni “Notariat tizimi tubdan isloh qilinishi munosabati bilan O`zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi
Qonun (Notarial palata)
Vazirlar
Mahkamasining
07.07.2022
yildagi
“Notarial
faoliyatni
tashkil
etishni
yanada
takomillashtirish
chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi
369-son
qarori.
(2022-yil 1-iyul – xususiy amaliyot)
Notarius
Fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burjlarini belgilash, o`zgartirish va
bekor qilishga qaratilgan harakatlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi.
Shaxslar o`rtasida tuzilgan bitimlarni tasdiqlaydi, yuridik faktlarni belgilaydi va muayyan
asoslar bo`yicha mulk huquqini vujudga keltiruvchi va uni tasdiqlovchi guvohnomalarni
beradi.
Notarius yordamchi, stajor, shuningdek notarial faoliyatni tashkil etish bilan bog‘liq
boshqa xodimlarga ega bo‘lishi mumkin.
Notarial harakatlarni amalga oshirishda notariuslar, davlat notarial idorasida ishlashidan
yoki xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bo‘lib ishlashidan qat’i nazar,
teng huquqlarga ega va bir xil majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Davlat notarial
idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan
rasmiylashtirilgan hujjatlar bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Davlat notarial idoralari notariuslariga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi.
Notariusning huquqiy maqomi
Yigirma besh yoshdan kichik va oltmish besh yoshdan katta bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga,
yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shu jumladan notarial
idorada kamida bir yil stajirovka o‘tagan, malaka imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi notarius bo‘lishi mumkin. Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius
yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni
nazorat qilish bilan bog‘liq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan
o‘tish talab qilinmaydi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining ishi notariat
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqaruv xodimi yoki advokat sifatida kamida uch yil ishlagan
shaxslar, agar ularning vakolatlari tugatilgan paytdan e’tiboran besh yil o‘tmagan bo‘lsa, olti oy
muddat stajirovka o‘taydi.
Quyidagilar notarius bo‘lishi mumkin
emas:
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib
tashlanmagan shaxs;
notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi
organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan
qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs — uch yil mobaynida.
Notarius yordamchisi
Yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius yordamchisi bo‘lishi
mumkin.
Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar notarius yordamchisi bo‘lishi mumkin
emas.
Davlat notarial idorasi notariusining yordamchisini ishga qabul qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Adliya vazirligi, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon
matnda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan
shug‘ullanuvchi notarius yordamchisini ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Notarial
palatasining (bundan buyon matnda Notarial palata deb yuritiladi) tegishli hududiy boshqarmasi bilan
kelishilgan holda uni tavsiya qilgan notarius tomonidan amalga oshiriladi.
Notarius yordamchisi notariusning topshirig‘iga ko‘ra notarial harakatlarni amalga oshirishda ishtirok
etishga, bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar loyihalarini tuzishga, hujjatlarning ko‘chirma nusxalari va
dublikatlarini, ulardan ko‘chirmalarni tayyorlashga, shuningdek notarial harakatlarni amalga oshirish
masalalari yuzasidan tushuntirishlar berishga haqli.
Davlat notarial idorasi notariusi yordamchisiga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi.
Notarius stajori
Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius stajori bo‘lishi
mumkin.
Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar notarius stajori bo‘lishi mumkin
emas.
Davlat notarial idorasi notariusining stajorini ishga qabul qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya
vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius stajorini ishga qabul qilish Notarial palataning tegishli
hududiy boshqarmasi tavsiyasiga asosan ushbu boshqarma tomonidan biriktirilgan notarius
tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius tomonidan notarius
stajorini ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Stajirovka notarial idorada o‘taladi. Notarius stajori o‘z faoliyatini notarius rahbarligida, uning alohida
topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi.
Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan
Notarial palata bilan birgalikda belgilanadi.
Notarius qasamyodi
Notarius O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining
majlisida quyidagi mazmunda qasamyod qiladi:
“Notarius vazifasini halol va vijdonan bajarishga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va
qonunlariga qat’iy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”.