Nutq kamchiligiga ega bolalarning grammatik ko‘nikmalari holatini
tekshirish va baholash.
REJA:
1.
Bog’langan nutq psixologik va lingvistik o’rganish obyekti sifatida,
uni shakllanish bosqichlari, rivojlanish jarayonida bog’langanlik shakllarinin
o’zgarishi.
2.
Dialog qurish texnikasini o’zlashtirish. Maktabgacha yoshdagi
bolaning monologik nutqi, uning reproduksiyalovchi va ihtiyoriy fazalari.
Tayanch iboralar: mashg‘ulot, ovoz kuchi, ovoz balandligi, ovoz toni,
avtomatizatsi.
Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish bolalarning bog‘lanishli
nutqini rivojlantirishda muhim о‘rin eallaydi. Maktabgacha ѐshdagi bolalar
kо‘pincha s-z, p-f, t-d, p-b, u-о‘, x-h, q-g‘ tovushlarini tо‘g‘ri talaffuz qila
olmaydilar. Nutq jaraѐnida ketappan - ketayapman, Hojaxon – Shohjahon, Yustam
– Rustam, qalg‘a - qarg‘a kabi talaffuz etishda yо‘l qо‘yadigan xatoliklarning
oldini olish, ya’ni tо‘g‘ri talaffuz etishga yо‘llash, ovoz balandligiga, tovush
sur’atiga e’tibor berish metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ba’zi bolalar
о‘zidan kichiklarni jerkib, ovozini kо‘tarib muomala qiladilar. Shunda ular
talaffuziga e’tibor qaratish, nutq madaniyatiga, me’ѐrda sо‘zlab, muomala qilishga
о‘rgatish zarur. Chunki bolalikda tarkib topgan muomala madaniyati inson
umrining oxirigacha muhrlanib qoladi. Samimiy muomala me’ѐri, xatto
muomalada kо‘z qarashlari, boshqalar oldida о‘zini tuta bilish – muomala
madaniyatining oddiy talablaridir. Yosh avlodning barkamol, yetuk, salohiyatli
insonlar bо‘lib kamolga yetishi uchun ona tilining barcha boyliklaridan, uning
imkoniyatlaridan foydalanish zarur. Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim
muassasasining eng muhim vazifalaridan biri milliy adabiy til asosida bolalarning
bog‘lanishli nutqini shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir. Kuzatishlardan
ma’lumki, maktabgacha ѐshdagi bolalar nutqi tafakkurni rivojlantirish bilan bog‘liq
ravishda amalga oshiriladi. Tilni tо‘g‘ri о‘rganish, uning grammatik tuzilishiga
e’tibor berib sо‘zlashish, bolalarda erkin muhokama yuritish, savollar berish, javob
qaytarish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulosalar chiqarish, narsa va
hodisalar о‘rtasidagi bog‘lanishning turli kо‘rinishlarini anglab yetishga olib
keladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida sog‘lom, tabiiy muhit yaratish,
bolalarning tо‘g‘ri muomalaga kirishtirish, boshqalar bilan gaplashish ishtiѐqining
ortishiga turtki bо‘ladi. Buning uchun bolalar nutqining shaklan va mazmunan
mantiqiy birligiga erishishi muhim talab hisoblanadi. Birinchi talab, dastlab bola
о‘z lug‘at boyligiga ega bо‘lishi zarur. Bu uning boshqalar bilan muomalaga
kirishishida ѐrdam beradi. Bunda tarbiyachi asosiy diqqat - e’tiborini tabiiy holatda
bolalarning lug‘at boyligini oshirib borishga qaratadi. Bolalarning sо‘z boyligini
oshirishda esa ularning kundalik faoliyatida tevarak-atrof bilan tanishib borishi
muhim omil bо‘lib hisoblanadi. Ikkinchi muhim talab, bolalar nutqining grammatik
tuzilishini aniq shakllantirishga e’tibor berish. Bunda bolalarni yо‘naltiruvchi
savollar, mashqlar vositasida nutqdagi sо‘zlarni tо‘g‘ri ishlatish, gapni tо‘g‘ri
tuzishga о‘rgatish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Uchinchi muhim talab,
bolalarda tovush madaniyatini tarbiyalashdan iboratdir. Zero, bolalarni tovushlarni
tо‘g‘ri talaffuz etishga о‘rgatish metodika ilmidagi murakkab masalalardan
hisoblanadi. Tо‘rtinchi muhim talab, dialogik nutq, ya’ni sо‘zlashuv nutqini
rivojlantirishdir. Beshinchi talab, hikoya qilib berishga (monologik nutq)
о‘rgatishdir. Bog‘lanishli nutqni rivojlantirishda monologik nutq katta ѐrdam
berishi amaliѐtda о‘z isbotini topgan. Tafakkurning rivojlanlanligi lug‘at boyligi,
jumla tuzish malakasi, о‘z fikrini erkin va ravon baѐn eta olish kо‘nikmasi bilan
chambarchas bog‘liq. Oltinchi talab, bolalarni badiiy adabiѐt bilan tanishtirish
bо‘lib, bolalar adabiѐti va xalq og‘zaki ijodining eng ѐrqin namunalari
kichkintoylarni yangi bir olamga olib kirishga xizmat qiladi. Adabiy asarlar bilan
tanishtirish bolalarda faqat bog‘lanishli nutqni rivojlantiribgina qolmay, ularda
badiiy adabiѐtga mehr - muhabbat tuyg‘ularini ham paydo qiladi. Yettinchi talab,
bolalarni savod о‘rgatishga tayѐrlashdir. Bu talablar maktabgacha tarbiyaning
barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Lekin ularning har birida bolalarning ѐsh
xususiyati, shaxsiy tayѐrgarlik darajasi hisobga olinadi. Tо‘g‘ri, katta guruhda
bolalar nutqi bir muncha shakllanib qoladi. Zero, bog‘cha ѐshidagi katta bolalar
faoliyatining mazmunan va shaklan xilma-xilligi ular nutqining takomillashib
borishiga ham ѐrdam beradi. Bolalarning tevarak-atrofni kuzatib borishi natijasida
talaffuzi ham ijobiy tomonga о‘zgara boshlaydi: tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz qila
boshlaydilar, jumlalar mazmuni kengaya boradi, grammatik tomondan gapni tо‘g‘ri
tuza boshlaydilar, lug‘at boyligi ham ortadi. Bolalarning о‘zlari kichik-kichik
hikoyalar tuza boshlaydilar va bu hikoyalarni erkin baѐn qila oladilar. Ularda
kattalar bilan muloqotga kirishish, о‘z fikrini erkin baѐn etish kabi xislatlar paydo
bо‘la boshlaydi. Shunga kо‘ra bolalar nutqida tovush madaniyatini
takomillashtirish, atrofdagi narsalar, predmetlar, hodisalar nomini ifodalovchi sо‘z
boyligini kengaytirish, faollashtirish, monologik nutqning oddiy shakllariga rioya
etish, о‘z fikrini grammatik jihatdan tо‘g‘ri va aniq ifodalay olish kо‘nikmalarini
paydo qilish muhim va zarur hisoblanadi. Bu talablar bolalarda borliqni, tevarak-
atrofni idrok etish, uni tushunish, his etish, hikoyalar tuzish, о‘z fikrini baѐn qila
olish, ifodali о‘qish faoliyati jaraѐnida tarkib toptiriladi. Ma’lumki, bog‘lanishli
nutqda bolalarning atrofdagilar bilan voqeahodisalar ta’siri natijasida о‘zaro
munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir ѐki bir necha jumlalarda о‘z aksini
topishi mumkin. Bog‘lanishli nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan
munosabati, muomala shakli katta rol о‘ynaydi. Maktabgacha katta ѐshdagi
bolalarning og‘zaki nutqqa doir, malaka va kо‘nikmalari mavjud bо‘lganligini
hisobga olib, ularda bog‘lanishli nutqni shakllantirishda, avvalo, tevarak-atrofni
kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular,
avvalo, ona-Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi.
Bunda, birinchi navbatda, bolalar sо‘z boyligini kengaytirishda Respublikamiz
tabiati, kasb-hunarga oid, qurilish va qishloq xо‘jaligida foydalaniladigan
mashinalar, narsalarning о‘ziga xos belgilari va ranglari, mehnatga munosabatni
ifodalovchi tushunchalar, nom va sо‘zlar bilan boyitish zarur. Shuningdek, xalq
og‘zaki ijodi namunalarini о‘rganish: ona tilidagi antonim, sinonim, omonim
sо‘zlarni tushunish va tо‘g‘ri qо‘llashga doir tushunchalar, sо‘zlar bilan boyitishga
erishish lozim. Bolalarni narsalarning nomlarini tо‘g‘ri aytishga, ularning о‘xshash
va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossalarini, jinsi va turiga oid
yо‘naltiruvchi lug‘atini faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini
shakllantirish, nutq madaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini
takomillashtirish va nihoyat savod о‘rgatishga tayѐrlash muhim ahamiyat kasb
etadi. Sо‘zlashish – monologik (bog‘lanishli) nutqning eng muhim metodi.
Sо‘zlashuv (dialogik) nutqni shakllantirish, bog‘lanishli nutqni tarkib toptirishda
eng muhim talablardan sanaladi. Sо‘zlashuv nutqi bolaning lug‘at boyligiga bog‘liq
bо‘ladi. Bunda bola о‘ziga murojaat qilganlarida suhbatdoshini eshita olish,
tushunish, savollarga tо‘g‘ri javob bera olish bilan birga, sо‘zlashuv madaniyatini
egallay borishi ham taqozo etiladi. Bolalar bilan suhbat jaraѐnida kо‘proq
yо‘naltiruvchi savollar beriladi. Masalan, tabiatga saѐhat paytida tarbiyachi
tomonidan “Hozir yilning qaysi fasli?”, “Bahorda tabiatda qanday о‘zgarishlar yuz
beradi?”, “Bahorda qanday qushlar uchib keladi?” kabi savollarning berilishi
bolalarning dialogik nutqining rivojlanishiga ѐrdam beradi. Bog‘lanishli nutqda
eng muhim metod bu dialogik nutq, ya’ni bolalar bilan sо‘zlashishdir. Sо‘zlashish
og‘zaki nutqning eng oddiy shakli bо‘lib, unda bola о‘zini tutishi, kо‘z qarashi,
xatti-harakati, ovozining pastbalandligi, tezligi kabi turli holatlar hisobga olinadi.
Sо‘zlashish – dialogik nutq, asosan kattalar ѐrdamida amalga oshiriladi va u
ayniqsa, tevarak-atrofni bilish jaraѐnida yaxshi natijalar beradi. Jumladan, jamoat
joylarida, kо‘pchilik о‘rtasida nutq madaniyatiga rioya etishga e’tibor qaratiladi.
Bunda bir-birining nutqini tо‘ldirib borish, tuzatishlar kiritish, sо‘rash, sо‘rab bilib
olish dialogik nutqqa о‘rgatishning usullari sanaladi. Ma’lumki, muloqot ikki
shaklda – erkin va maxsus tayѐrlangan mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi.
Kundalik haѐt va taassurotlar asosida uyushtiriladigan muloqot erkin muloqot
bо‘lib, yо‘l-yо‘lakay о‘tkazilsa-da, bola nutqining ifodali bо‘lishiga ѐrdam beradi,
ularda jumlalarni grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuzish malakalarining paydo
bо‘lishiga, sо‘z zahirasining boyishiga olib keladi. Maktabgacha katta ѐshdagi
bolalarda ham bog‘lanishli nutqni rivojlantirish texnologiyasi ishlab chiqilganda
tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalarning ѐrdamisiz, mustaqil
ifodalay olishga, lug‘at boyligiga, matn mazmunini baѐn etishda izchillikka rioya
qilishi, tilning ifoda vositalaridan foydalana olishi, nutqning ravonligi, tezligi,