NUTQ MADANIYATI VA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

8

File size

Fayl hajmi

21,6 KB


NUTQ MADANIYATI VA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH
FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI
   Reja:
1.Nutq madaniyati fanining maqsadi, predmeti va vazifalari.
2 .Fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalar.
3. Fanning boshqa fanlar bilan o‘zaro munosabati.
 Tаyanch soʻz va iboralar: nutq mаdаniyati, til, nutq, оnа tili, oʻzbеk tili, dаvlаt
tili, nutq mаhоrаti, sаvоdхоnlik, nоtiqlik, nоtiqlik sаnʼаti.
1. Nutq madaniyati fanining maqsadi, predmeti va vazifalari.
 O`quv maqsadi talabalarda nutq madaniyati  fanining  maqsadi va vazifalari,
asosiy muammolari bo’yicha amaliy ko’nikmalarni shakllantirish.
 Fanining mazmuni: o‘quvchilarning nutqiy savodxonligini oshirishga, yozma
nutqini  rasmiy-idoraviy  uslub  me’yorlari  asosida  to‘g‘ri  shakllantirishga,
hujjatchilik-munshaot ishini puxta egallashlariga qaratilgan.
 Fanning maqsadi: adabiy til me’yorlari,  nutqning uslubiy shakllari,  matn
qurilishi, hujjatlarning paydo bo‘lishi va tarixini o‘rganish, ish hujjatlari va ularga
qo‘yiladigan asosiy talablar, hujjat turlari va ish yuritish asoslari, ish yuritish tili va
uslubi,  xizmat  yozishmalari  bilan  ishlash  texnologiyalari  haqida,  farmoyish
hujjatlari va ularning turlari, shaxsiy ish qog‘ozlari uslubi kabi masalalar yuzasidan
ixcham va tushunarli tilda zarur nazariy ma’lumotlar berishdan iborat.
Logotip
NUTQ MADANIYATI VA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI Reja: 1.Nutq madaniyati fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. 2 .Fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalar. 3. Fanning boshqa fanlar bilan o‘zaro munosabati. Tаyanch soʻz va iboralar: nutq mаdаniyati, til, nutq, оnа tili, oʻzbеk tili, dаvlаt tili, nutq mаhоrаti, sаvоdхоnlik, nоtiqlik, nоtiqlik sаnʼаti. 1. Nutq madaniyati fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. O`quv maqsadi talabalarda nutq madaniyati fanining maqsadi va vazifalari, asosiy muammolari bo’yicha amaliy ko’nikmalarni shakllantirish. Fanining mazmuni: o‘quvchilarning nutqiy savodxonligini oshirishga, yozma nutqini rasmiy-idoraviy uslub me’yorlari asosida to‘g‘ri shakllantirishga, hujjatchilik-munshaot ishini puxta egallashlariga qaratilgan. Fanning maqsadi: adabiy til me’yorlari, nutqning uslubiy shakllari, matn qurilishi, hujjatlarning paydo bo‘lishi va tarixini o‘rganish, ish hujjatlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar, hujjat turlari va ish yuritish asoslari, ish yuritish tili va uslubi, xizmat yozishmalari bilan ishlash texnologiyalari haqida, farmoyish hujjatlari va ularning turlari, shaxsiy ish qog‘ozlari uslubi kabi masalalar yuzasidan ixcham va tushunarli tilda zarur nazariy ma’lumotlar berishdan iborat.
 Fanning vazifasi: talabalarda til estetikasini tarbiyalash, ona tilida puxta,
lo‘nda va shirador, ravon va ifodalarga boy nutq tuza olish malakasi va mahoratini
shakllantirish,  davlat  tilida  ish  yuritish  qobiliyatini  o‘stirish,  ish  qog‘ozlari,
hujjatlar namunasini yuqori saviyada tuza olish malakasini o‘stirish.
 Madaniyat – (arabcha sivilizatsiya). Jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy,
ma’naviy-ma’rifiy  hayotida  qo‘lga  kiritgan  yutuqlari  majmui.  O‘qimishlilik,
ta’lim-tarbiya ko‘rganlik, ziyolilik, ma’rifat.
Nutq  madaniyati  –  bizning  o‘zbek  tilining  tuganmas  boyligini  egallash
darajamizdir. Insoniyat umummadaniyatining katta qismini nutq madaniyati tashkil
etadi. 
 Nutq madaniyati deyilganda, birinchidan, nutqning fazilatlari tushunilsa,
ikkinchidan nutq madaniyati – fazilatlari yig‘indisi va tizimi haqidagi ma’lumotni
anglatadi.
Nutqning  fazilati  deyilganda  uning  to‘g‘riligi,  aniqligi,  mantiqiyligi,
ifodaviyligi, boyligi, sofligi tushuniladi.
Nutq madaniyatining asosiy tekshirish obyekti adabiy til me’yorlari, asosiy
vazifasi esa ushbu me’yordagi ikkilanishlarni bartaraf etish bo‘lmog‘i kerak.
 
2.Nutq  madaniyati  fani  doirasida  o‘rganiladigan  asosiy
masalalar.Bugungi kunda o‘zbek tilining me’yorlari mukammal ravishda ishlab
chiqilgan va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida keng qo‘llanilayotgan bo‘lsa-da,
til imkoniyatlaridan foydalanish taraqqiyotning bugungi kundagi darajasida deb
bo‘lmaydi. Bu borada jiddiy muammolar yuzaga kelayotganligi sir emas. Jamiyat
a’zolarining  tildan  foydalanish  umumiy  saviyasi  o‘zbek  millati  muhtasham
madaniyati darajasida bo‘lmas ekan, ijtimoiy madaniy nutq to‘la qaror topganligi
haqida hukm chiqarib bo'lmaydi. Ijtimoiy madaniy nutq har bir shaxsdagi ayrim
sifatlarni tarbiyalash, takomillashtirish natijasida vujudga keladi.
 Ma’lumki, madaniyatlilik tushunchasi xilma-xil talqinlarga ega.
Ularning barchasini umumlashtirib aytish mumkinki, madaniyatli shaxsda uch
xususiyat yaqqol namoyon bo‘lib turadi:
• bilimlilik;
Logotip
Fanning vazifasi: talabalarda til estetikasini tarbiyalash, ona tilida puxta, lo‘nda va shirador, ravon va ifodalarga boy nutq tuza olish malakasi va mahoratini shakllantirish, davlat tilida ish yuritish qobiliyatini o‘stirish, ish qog‘ozlari, hujjatlar namunasini yuqori saviyada tuza olish malakasini o‘stirish. Madaniyat – (arabcha sivilizatsiya). Jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida qo‘lga kiritgan yutuqlari majmui. O‘qimishlilik, ta’lim-tarbiya ko‘rganlik, ziyolilik, ma’rifat. Nutq madaniyati – bizning o‘zbek tilining tuganmas boyligini egallash darajamizdir. Insoniyat umummadaniyatining katta qismini nutq madaniyati tashkil etadi. Nutq madaniyati deyilganda, birinchidan, nutqning fazilatlari tushunilsa, ikkinchidan nutq madaniyati – fazilatlari yig‘indisi va tizimi haqidagi ma’lumotni anglatadi. Nutqning fazilati deyilganda uning to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ifodaviyligi, boyligi, sofligi tushuniladi. Nutq madaniyatining asosiy tekshirish obyekti adabiy til me’yorlari, asosiy vazifasi esa ushbu me’yordagi ikkilanishlarni bartaraf etish bo‘lmog‘i kerak. 2.Nutq madaniyati fani doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalar.Bugungi kunda o‘zbek tilining me’yorlari mukammal ravishda ishlab chiqilgan va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida keng qo‘llanilayotgan bo‘lsa-da, til imkoniyatlaridan foydalanish taraqqiyotning bugungi kundagi darajasida deb bo‘lmaydi. Bu borada jiddiy muammolar yuzaga kelayotganligi sir emas. Jamiyat a’zolarining tildan foydalanish umumiy saviyasi o‘zbek millati muhtasham madaniyati darajasida bo‘lmas ekan, ijtimoiy madaniy nutq to‘la qaror topganligi haqida hukm chiqarib bo'lmaydi. Ijtimoiy madaniy nutq har bir shaxsdagi ayrim sifatlarni tarbiyalash, takomillashtirish natijasida vujudga keladi. Ma’lumki, madaniyatlilik tushunchasi xilma-xil talqinlarga ega. Ularning barchasini umumlashtirib aytish mumkinki, madaniyatli shaxsda uch xususiyat yaqqol namoyon bo‘lib turadi: • bilimlilik;
• farosatlilik;
• kamtarinlik.
Madaniyatli  shaxs  kim  bilan  qayerda  va  qanday  sharoitda  munosabatda
bo‘lmasin, unda ushbu xislatlarning alohida ajralib turganligiga guvoh bo`lamiz.
Oddiy misol sifatida haydovchini olaylik. U uch holatdan birida yo‘l harakati
qoidasini buzadi:
1) yo‘l harakati qoidalarini bilmaslik (bilimsizlik) natijasida;
2) yo‘l harakati qoidalariga e’tibor qilmaslik (farosatsizlik) natijasida;
3) yo‘l harakati qoidalarini pisand qilmaslik (nokamtarlik) natijasida.
Kishilararo muloqot ham bamisoli yo‘l harakatiga o'xshaydi.
Bilimli, farosatli, kamtarin kishilar hech qachon muloqot jarayonida mulzam
bo‘lib qolmaydi - muloqot qoidalarini buzmaydi. Masalan, madaniyatli kishi o‘zi
bilmagan,  yetarli  ma’lumotga  ega  bo‘lmagan  narsa  haqida  gapirmaydi,  hukm
chiqarmaydi. Yoki muhokama qilinayotgan, suhbat mavzusi bo‘lgan masala haqida
zarur bilimga ega bo'lsagina, suhbatga aralashadi. Muloqotda farosat muhim rol
o‘ynaydi.  U  madaniylik  unsurlarining  tarkibiy  qismi  boisa-da,  asosiy  o‘rinda
turadi, ular sirasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Boshqacha aytganda, farosatli
kishi bilmasdan gapirmaydi, yuksak farosat kishini kamtarin qilib qo‘yadi.
Muloqot jarayonida bilim uch ko'rinishda namoyon bo‘ladi:
• muloqot obyekti haqidagi bilim;
• muloqot qilayotgan kishi haqidagi bilim;
• muloqot vositasi (til) bo‘yicha bilim.
Mana shu uch sifatdan biri bo‘lmasa, muloqot sifatli kechmaydi, hamsuhbatda
suhbatdoshning madaniyatli shaxs ekanligi haqida tasavvur paydo bo'lmaydi.
Hamsuhbatni birinchi bor ko‘rib turgan kishida suhbatdosh haqida qanday
bilim bo`ladi, bu (yuqorida sanalgan ikkinchi) unsur asosli emas degan e’tiroz
bo‘lishi mumkin. Bunga javob shuki, muloqotning ilk daqiqalaridayoq farosatli
kishi hamsuhbatining fe’l-atvorini anglab yetadi va muloqotning samarali bo'lishini
istasa, suhbat o'zagini shu asosda qurish imkoniga ega bo‘ladi. Ko‘ryapsizmi, yana
farosat unsuri yetakchilikni qo‘lga oladi.
Logotip
• farosatlilik; • kamtarinlik. Madaniyatli shaxs kim bilan qayerda va qanday sharoitda munosabatda bo‘lmasin, unda ushbu xislatlarning alohida ajralib turganligiga guvoh bo`lamiz. Oddiy misol sifatida haydovchini olaylik. U uch holatdan birida yo‘l harakati qoidasini buzadi: 1) yo‘l harakati qoidalarini bilmaslik (bilimsizlik) natijasida; 2) yo‘l harakati qoidalariga e’tibor qilmaslik (farosatsizlik) natijasida; 3) yo‘l harakati qoidalarini pisand qilmaslik (nokamtarlik) natijasida. Kishilararo muloqot ham bamisoli yo‘l harakatiga o'xshaydi. Bilimli, farosatli, kamtarin kishilar hech qachon muloqot jarayonida mulzam bo‘lib qolmaydi - muloqot qoidalarini buzmaydi. Masalan, madaniyatli kishi o‘zi bilmagan, yetarli ma’lumotga ega bo‘lmagan narsa haqida gapirmaydi, hukm chiqarmaydi. Yoki muhokama qilinayotgan, suhbat mavzusi bo‘lgan masala haqida zarur bilimga ega bo'lsagina, suhbatga aralashadi. Muloqotda farosat muhim rol o‘ynaydi. U madaniylik unsurlarining tarkibiy qismi boisa-da, asosiy o‘rinda turadi, ular sirasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Boshqacha aytganda, farosatli kishi bilmasdan gapirmaydi, yuksak farosat kishini kamtarin qilib qo‘yadi. Muloqot jarayonida bilim uch ko'rinishda namoyon bo‘ladi: • muloqot obyekti haqidagi bilim; • muloqot qilayotgan kishi haqidagi bilim; • muloqot vositasi (til) bo‘yicha bilim. Mana shu uch sifatdan biri bo‘lmasa, muloqot sifatli kechmaydi, hamsuhbatda suhbatdoshning madaniyatli shaxs ekanligi haqida tasavvur paydo bo'lmaydi. Hamsuhbatni birinchi bor ko‘rib turgan kishida suhbatdosh haqida qanday bilim bo`ladi, bu (yuqorida sanalgan ikkinchi) unsur asosli emas degan e’tiroz bo‘lishi mumkin. Bunga javob shuki, muloqotning ilk daqiqalaridayoq farosatli kishi hamsuhbatining fe’l-atvorini anglab yetadi va muloqotning samarali bo'lishini istasa, suhbat o'zagini shu asosda qurish imkoniga ega bo‘ladi. Ko‘ryapsizmi, yana farosat unsuri yetakchilikni qo‘lga oladi.
Ba’zilar o‘zi tuzuk bilimga ega bo‘lmagan narsa va hodisalar, kishilar haqida
soatlab gapiradi. Yoki bilgan narsasini tavsiflash, tushuntirishda qiynaladi. Demak,
uning so‘z boyligi kam, nutqiy malaka rivojlanmagan, nutq a’zolarida tug‘ma yoki
orttirilgan nuqson bo'Iishi mumkin. Bunday kishi muloqot “halokat”ini keltirib
chiqaradigan vaziyatlarda nutqiy “harakatlar” qilmasligi lozim - xuddi jismoniy
holati rulga o‘tirishga imkon bermaydigan haydovchi kabi.
Farosatli kishi suhbatdoshini noqulay ahvolga solib qo‘ymaydi. Uning qalbiga
“jarohat” yetkazmaydi, aksincha, qiyin vaziyatlarda uni qo‘llab yuboradi - xuddi
yo‘lda haydovchi boshqa haydovchilarni mushkul holatlarga solib qo‘ymaganligi
yoki qiyin vaziyatlardan olib chiqqanligi kabi.
Farosatli  haydovchi  tezlik  jilovini  ushlay  oladi,  qayerda  to‘xtab,  qayerda
burilish kerakligiga amal qiladi, oraliq va yon masofani saqlaydi, qachon to‘xtash
kerakligini, zarur hollarda yo‘l berishni biladi. Madaniy muloqot sohibida ham
shunday holatni ko‘ramiz. Nutqning tezligi fikrni anglab olishni qiyinlashtiradi,
hamsuhbat shoshib qoladi. Farosatli suhbatdosh hamsuhbatning kimligini bilib, u
bilan zarur oraliq masofani saqlaydi. Kezi kelganda gapirishdan to'xtaydi. Hadeb
hamsuhbatning fikrini rad qilaverish farosatning pastligidan dalolat beradi, chunki
“yo‘l  berish” ham madaniy muloqotning zaruriy shartlaridan biridir. Farosatli
haydovchi transportni qayerda qanday haydashni biladi va shunga amal qiladi. Aks
holda,  u  yozuvchi  Abdulla  Qahhorning  “Nutq”  hikoyasidagi  lektor  kabi
boshqalarning ensasini qotiradi, nutq sharoitini hisobga olmasdan, “sartaroshning
eski qaychisidek shaqillayversa”, boshqalarga malol keladi.
Tilni bilish so‘zamollik, mahmadonalik, gapga chechanlik bilan bir narsa emas.
Kundalik, siyqasi chiqqan so‘zlarni aylantirib, soatlab tinimsiz gapirish mumkin.
Lekin so‘zlarni tanlab qo‘llash, har bir hodisaga mos so'zni o‘z o'rnida ishlatish,
so‘z vositasida o'zgalarni mahliyo qilish, odamlar qalbiga yo‘l topish boshqa narsa.
Oliftagarchilik qilib vulgar, varvar, yopishmagan ajnabiy so‘zlarni qo`llash balki
“moda”dir, ammo madaniyat  belgisi  emas.  Ayrimlar  madaniyat  bilan  modani
chalkashtiradi.  Eng  so‘nggi  urfdagi  kiyimni  kiyish,  buyumni  ishlatish
madaniyatsizlik emas, lekin madaniylik belgisi ham bo‘la olmaydi. Zamonaviylik
Logotip
Ba’zilar o‘zi tuzuk bilimga ega bo‘lmagan narsa va hodisalar, kishilar haqida soatlab gapiradi. Yoki bilgan narsasini tavsiflash, tushuntirishda qiynaladi. Demak, uning so‘z boyligi kam, nutqiy malaka rivojlanmagan, nutq a’zolarida tug‘ma yoki orttirilgan nuqson bo'Iishi mumkin. Bunday kishi muloqot “halokat”ini keltirib chiqaradigan vaziyatlarda nutqiy “harakatlar” qilmasligi lozim - xuddi jismoniy holati rulga o‘tirishga imkon bermaydigan haydovchi kabi. Farosatli kishi suhbatdoshini noqulay ahvolga solib qo‘ymaydi. Uning qalbiga “jarohat” yetkazmaydi, aksincha, qiyin vaziyatlarda uni qo‘llab yuboradi - xuddi yo‘lda haydovchi boshqa haydovchilarni mushkul holatlarga solib qo‘ymaganligi yoki qiyin vaziyatlardan olib chiqqanligi kabi. Farosatli haydovchi tezlik jilovini ushlay oladi, qayerda to‘xtab, qayerda burilish kerakligiga amal qiladi, oraliq va yon masofani saqlaydi, qachon to‘xtash kerakligini, zarur hollarda yo‘l berishni biladi. Madaniy muloqot sohibida ham shunday holatni ko‘ramiz. Nutqning tezligi fikrni anglab olishni qiyinlashtiradi, hamsuhbat shoshib qoladi. Farosatli suhbatdosh hamsuhbatning kimligini bilib, u bilan zarur oraliq masofani saqlaydi. Kezi kelganda gapirishdan to'xtaydi. Hadeb hamsuhbatning fikrini rad qilaverish farosatning pastligidan dalolat beradi, chunki “yo‘l berish” ham madaniy muloqotning zaruriy shartlaridan biridir. Farosatli haydovchi transportni qayerda qanday haydashni biladi va shunga amal qiladi. Aks holda, u yozuvchi Abdulla Qahhorning “Nutq” hikoyasidagi lektor kabi boshqalarning ensasini qotiradi, nutq sharoitini hisobga olmasdan, “sartaroshning eski qaychisidek shaqillayversa”, boshqalarga malol keladi. Tilni bilish so‘zamollik, mahmadonalik, gapga chechanlik bilan bir narsa emas. Kundalik, siyqasi chiqqan so‘zlarni aylantirib, soatlab tinimsiz gapirish mumkin. Lekin so‘zlarni tanlab qo‘llash, har bir hodisaga mos so'zni o‘z o'rnida ishlatish, so‘z vositasida o'zgalarni mahliyo qilish, odamlar qalbiga yo‘l topish boshqa narsa. Oliftagarchilik qilib vulgar, varvar, yopishmagan ajnabiy so‘zlarni qo`llash balki “moda”dir, ammo madaniyat belgisi emas. Ayrimlar madaniyat bilan modani chalkashtiradi. Eng so‘nggi urfdagi kiyimni kiyish, buyumni ishlatish madaniyatsizlik emas, lekin madaniylik belgisi ham bo‘la olmaydi. Zamonaviylik
va zamonasozlik mos kelmaganligi kabi, madaniyatlilik bilan modaparastlik ham
muvofiq emas. Deylik, keksa otaxon va onaxonlar oldida yangi neologizmlarni
qo‘llash, avvalo, farosatning, qolaversa, madaniyatsizlikning o‘zginasi bo‘lganligi
kabi “til uchida turgan” so‘zni topolmaslik til bilimining yetishmasligidir.
Ko'rinadiki,  madaniy  nutq  faqat  chiroyli  ifodalarni  qo‘llash  emas,  balki
shaxsdagi ichki va tashqi omillarning yaxlitligidan iborat. Nutq madaniyati kursi
har bir shaxsda mana shu sifatlarni takomillashtirish zarurati tufayli o‘z zimmasiga
yangi-yangi vazifalarni olmoqda.
Bundan xulosa qilish mumkinki, kursning asosiy maqsadi  talabalarning
muloqot imkoniyatlarini madaniyat darajasiga ko‘tarishdan iborat. Buning uchun
nutq  madaniyatining  nazariy  va  amaliy  muammolari  haqida  tushuncha  berish
hamda kerakli sharoitlarda ulardan foydalanishni o‘rgatish, nafaqat o‘zbek adabiy
tili me’yorlariga amal qilgan holda yozma va og‘zaki nutq tuzish ko‘nikmasini
shakllantirish, balki umuman nutq tuzish, uni bayon qilishning, ya’ni nutqning
nutqiy  bo‘lmagan  hodisalarga  munosabatidan  kelib  chiqadigan  holatlarga
(vaziyatga) e’tiborli bo`lish kerakligini ham shakllantirishdan iborat.
Shu ma’noda shaxsning nutqiy malakasi va muloqot akti  Nutq madaniyati
kursining tahlil va tavsif predmeti hisoblanadi.
Belgilangan maqsad esa muayyan vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi:
-ta’lim  oluvchilarning  o‘zgalarga  munosabatini  takomillashtirishga
ko‘maklashish;
-  ta’lim  oluvchilarning  muloqot  madaniyatiga  doir  bilim  saviyasini
takomillashtirishga doir yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish;
-  ta’lim  oluvchilarning  o‘zlarida  til  hodisalarini  his  qilish  tizimini
tarbiyalashlariga va til bo’yicha zarur bilimlarini boyitishlariga doir tavsiyalarni
berish;
-  talabalarda  nutq  me’yorlari  nazariyasi  terminlarining  ishlatilish  ко‘lami,
ularni amalda ham o‘quv, ham ilmiy izlanishlar jarayonida qo‘llash masalasini
shakllantirish;
- nutq me’yorlariga oid faktlarini ishonchli tarzda, izchil to‘plash, saralash;
Logotip
va zamonasozlik mos kelmaganligi kabi, madaniyatlilik bilan modaparastlik ham muvofiq emas. Deylik, keksa otaxon va onaxonlar oldida yangi neologizmlarni qo‘llash, avvalo, farosatning, qolaversa, madaniyatsizlikning o‘zginasi bo‘lganligi kabi “til uchida turgan” so‘zni topolmaslik til bilimining yetishmasligidir. Ko'rinadiki, madaniy nutq faqat chiroyli ifodalarni qo‘llash emas, balki shaxsdagi ichki va tashqi omillarning yaxlitligidan iborat. Nutq madaniyati kursi har bir shaxsda mana shu sifatlarni takomillashtirish zarurati tufayli o‘z zimmasiga yangi-yangi vazifalarni olmoqda. Bundan xulosa qilish mumkinki, kursning asosiy maqsadi talabalarning muloqot imkoniyatlarini madaniyat darajasiga ko‘tarishdan iborat. Buning uchun nutq madaniyatining nazariy va amaliy muammolari haqida tushuncha berish hamda kerakli sharoitlarda ulardan foydalanishni o‘rgatish, nafaqat o‘zbek adabiy tili me’yorlariga amal qilgan holda yozma va og‘zaki nutq tuzish ko‘nikmasini shakllantirish, balki umuman nutq tuzish, uni bayon qilishning, ya’ni nutqning nutqiy bo‘lmagan hodisalarga munosabatidan kelib chiqadigan holatlarga (vaziyatga) e’tiborli bo`lish kerakligini ham shakllantirishdan iborat. Shu ma’noda shaxsning nutqiy malakasi va muloqot akti Nutq madaniyati kursining tahlil va tavsif predmeti hisoblanadi. Belgilangan maqsad esa muayyan vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi: -ta’lim oluvchilarning o‘zgalarga munosabatini takomillashtirishga ko‘maklashish; - ta’lim oluvchilarning muloqot madaniyatiga doir bilim saviyasini takomillashtirishga doir yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish; - ta’lim oluvchilarning o‘zlarida til hodisalarini his qilish tizimini tarbiyalashlariga va til bo’yicha zarur bilimlarini boyitishlariga doir tavsiyalarni berish; - talabalarda nutq me’yorlari nazariyasi terminlarining ishlatilish ко‘lami, ularni amalda ham o‘quv, ham ilmiy izlanishlar jarayonida qo‘llash masalasini shakllantirish; - nutq me’yorlariga oid faktlarini ishonchli tarzda, izchil to‘plash, saralash;