NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK SAN’ATI. NOTIQLIK TARIXI. YUNON VA RIM NOTIQLIK TARIXI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

10

File size

Fayl hajmi

25,5 KB


NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK SAN’ATI. NOTIQLIK TARIXI.
YUNON VA RIM NOTIQLIK TARIXI
 Reja:
 1. Yunonistonda notiqlik san’ati taraqqiyoti va sabablari .
 2. Notiqlik san’ati va Arestotel ijodi .
 3. Yunon notiq tarixi. 
 4. Rim notiqlik tarixi
Tаyanch soʻz va iboralar:  аntik dаvr nоtiqligi, nоtiqlik sаnʼаti, Yunоn vа
Rim nоtiqligi, vоizlik, suхаndоnlik, оgʻzаki nutq turlаri.
 
 Notiqlik qadim davrlardan beri alohida mahorat, san’at sifatida, insondagi
maxsus noyob qobiliyat sifatida qabul qilib kelingan. Shuning uchun notiqlikni
nutq madaniyatidan farqlash lozim. Har qanday og`zaki nutq shakli nutqiy mahorat
ma’nosidagi notiqlik bо‘lavermaydi.  Notiqlik san’atida tinglovchilarni, ommani
о‘ziga tortishga intilish maqsadi birinchi о‘rinda turadi. Notiqning nutqi chiroyli,
jozibali  bо‘lishi  shart.  Bunga  erishish  uchun  nutqning  mazmuniga,  mantiqiy
kuchiga, jumlalarning jimjimadorligiga katta e’tibor beriladi. Kishilar chiroyli,
mazmundor nutq masalasi bilan juda qadimdan qiziqib keladilar. Qadimgi Gretsiya
(Yunoniston)da va Rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratildi. Nutq
oldiga  qо‘yiladigan  talablar  ishlab  chiqildi.  Bunga  quldorlik  tuzumining
rivojlanishi, quldorlik demokratiyasi sabab bо‘ldi. Bu davrda davlatning, savdo-
sotiqning, sud ishlarining nihoyatda taraqqiy etishi notiqlikni san’at darajasiga
Logotip
NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK SAN’ATI. NOTIQLIK TARIXI. YUNON VA RIM NOTIQLIK TARIXI Reja: 1. Yunonistonda notiqlik san’ati taraqqiyoti va sabablari . 2. Notiqlik san’ati va Arestotel ijodi . 3. Yunon notiq tarixi. 4. Rim notiqlik tarixi Tаyanch soʻz va iboralar: аntik dаvr nоtiqligi, nоtiqlik sаnʼаti, Yunоn vа Rim nоtiqligi, vоizlik, suхаndоnlik, оgʻzаki nutq turlаri. Notiqlik qadim davrlardan beri alohida mahorat, san’at sifatida, insondagi maxsus noyob qobiliyat sifatida qabul qilib kelingan. Shuning uchun notiqlikni nutq madaniyatidan farqlash lozim. Har qanday og`zaki nutq shakli nutqiy mahorat ma’nosidagi notiqlik bо‘lavermaydi. Notiqlik san’atida tinglovchilarni, ommani о‘ziga tortishga intilish maqsadi birinchi о‘rinda turadi. Notiqning nutqi chiroyli, jozibali bо‘lishi shart. Bunga erishish uchun nutqning mazmuniga, mantiqiy kuchiga, jumlalarning jimjimadorligiga katta e’tibor beriladi. Kishilar chiroyli, mazmundor nutq masalasi bilan juda qadimdan qiziqib keladilar. Qadimgi Gretsiya (Yunoniston)da va Rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratildi. Nutq oldiga qо‘yiladigan talablar ishlab chiqildi. Bunga quldorlik tuzumining rivojlanishi, quldorlik demokratiyasi sabab bо‘ldi. Bu davrda davlatning, savdo- sotiqning, sud ishlarining nihoyatda taraqqiy etishi notiqlikni san’at darajasiga
kо‘tardi. Yetuk inson bо‘lish uchun albatta, notiqlik san’atini egallash shart qilib
qо‘yiladi. Ana shu ehtiyoj tufayli notiqlik nazariyasi yaratiladi. Uning Sitseron,
Demosfen, Kvintilian, Aristotel kabi nazariyotchilari yetishib chiqadi. Eramizning
335 yilida  Aristotelning  «Ritorika»si yaratiladi.  Arastu  "Ritorika"si  notiqlik
san'ati nazariyasiga daxldor to‘laqonli asardir. Arastu notiqlik san'atini egallashni 5
qismga bo‘lib o‘rgatadi: 1. Matnni har tomonlama tayyorlash. 
2. Matnni rеja asosida mutanosib holida joylashtirish. 
3. Matnni o‘zlashtirish.
4. Matnni so‘z yordamida to‘g‘ri aks ettirish uchun tayyorgarlik. 
5. Matnni to‘gri talaffuz qilib, tinglovchiga yеtkazish.
 Aristotеl fikrlari bugun uchun ham qimmatli, jumladan, ifodali o‘qish uchun
ham ahamiyatlidir. Qizig‘i shundaki, Dеmosfеn ham Arastu kabi 384-322-yillarda
yashagan. Afinada tug‘ilgan Dеmosfеnning umri ota mеrosini tog‘asidan qaytarib
olish kurashlari ichida o‘tadi. Singlisi va unga qolgan mеros tog‘asi qo‘lida qoladi.
Tog‘asi unga pand bеrgach, ko‘p yil sudlashadi. Sudlashishdan oldin 4 yil  Isеy
dеgan mashhur advokat qo‘lida o‘qiydi. Ustozi unga mashhur tarixchi Fukidid va
Aflotun asarlarini  o‘rgatadi.  Oqibat  notiqlikni  o‘rganadi.  Dеmosfеnning  xalq
oldidagi 1-nutqi ayanchli holda, to‘polon, kulgu, masxaralash bilan kutib olindi.
Chunki Dеmosfеnning tovushi past bo‘lib, bir oz duduqlanar, "r" harfini aytolmas,
yеlkasini  qimirlatib  turar,  ko‘pchilik  orasida  o‘zini  to‘g‘ri  tuta  olmas  edi.
Dеmosfеn ikki marta ham muvaffaqqiyatsizlikka uchradi. Oqibat har kuni bir
nеcha soat mashq qildi va mashhur notiq bo‘lib yеtishdi. Yunon notiqligi O‘rta
Osiyo voizligi uchun ham poydеvor bo‘ldi.
 Arastu yoki Aristotel (yun.: Ἀπιστοτέλης; miloddan avvalgi 384/383, Stagira
– miloddan avvalgi 322/321, Xalqida) qadimgi yunon faylasufi, Aflotun shogirdi
va Iskandar Zulqarnayn ustozi bo`lgan. U fizika, metafizika, nazm, teatr, mantiq,
ritorika,  siyosat,  etika,  biologiya  hamda  zoologiyaga  oid  ishlar  yozib
qoldirgan.Miloddan avvalgi 367 yilda Afinaga borib, Platon akademiyasida tahsil
ko`rdi, 20 yoshida uning ishlarida ishtirok etdi. Miloddan avvalgi 343 yildan
e’tiboran  Makedoniya  podshohi  Filipp  taklifi  bilan  shahzoda  Aleksandrga
Logotip
kо‘tardi. Yetuk inson bо‘lish uchun albatta, notiqlik san’atini egallash shart qilib qо‘yiladi. Ana shu ehtiyoj tufayli notiqlik nazariyasi yaratiladi. Uning Sitseron, Demosfen, Kvintilian, Aristotel kabi nazariyotchilari yetishib chiqadi. Eramizning 335 yilida Aristotelning «Ritorika»si yaratiladi. Arastu "Ritorika"si notiqlik san'ati nazariyasiga daxldor to‘laqonli asardir. Arastu notiqlik san'atini egallashni 5 qismga bo‘lib o‘rgatadi: 1. Matnni har tomonlama tayyorlash. 2. Matnni rеja asosida mutanosib holida joylashtirish. 3. Matnni o‘zlashtirish. 4. Matnni so‘z yordamida to‘g‘ri aks ettirish uchun tayyorgarlik. 5. Matnni to‘gri talaffuz qilib, tinglovchiga yеtkazish. Aristotеl fikrlari bugun uchun ham qimmatli, jumladan, ifodali o‘qish uchun ham ahamiyatlidir. Qizig‘i shundaki, Dеmosfеn ham Arastu kabi 384-322-yillarda yashagan. Afinada tug‘ilgan Dеmosfеnning umri ota mеrosini tog‘asidan qaytarib olish kurashlari ichida o‘tadi. Singlisi va unga qolgan mеros tog‘asi qo‘lida qoladi. Tog‘asi unga pand bеrgach, ko‘p yil sudlashadi. Sudlashishdan oldin 4 yil Isеy dеgan mashhur advokat qo‘lida o‘qiydi. Ustozi unga mashhur tarixchi Fukidid va Aflotun asarlarini o‘rgatadi. Oqibat notiqlikni o‘rganadi. Dеmosfеnning xalq oldidagi 1-nutqi ayanchli holda, to‘polon, kulgu, masxaralash bilan kutib olindi. Chunki Dеmosfеnning tovushi past bo‘lib, bir oz duduqlanar, "r" harfini aytolmas, yеlkasini qimirlatib turar, ko‘pchilik orasida o‘zini to‘g‘ri tuta olmas edi. Dеmosfеn ikki marta ham muvaffaqqiyatsizlikka uchradi. Oqibat har kuni bir nеcha soat mashq qildi va mashhur notiq bo‘lib yеtishdi. Yunon notiqligi O‘rta Osiyo voizligi uchun ham poydеvor bo‘ldi. Arastu yoki Aristotel (yun.: Ἀπιστοτέλης; miloddan avvalgi 384/383, Stagira – miloddan avvalgi 322/321, Xalqida) qadimgi yunon faylasufi, Aflotun shogirdi va Iskandar Zulqarnayn ustozi bo`lgan. U fizika, metafizika, nazm, teatr, mantiq, ritorika, siyosat, etika, biologiya hamda zoologiyaga oid ishlar yozib qoldirgan.Miloddan avvalgi 367 yilda Afinaga borib, Platon akademiyasida tahsil ko`rdi, 20 yoshida uning ishlarida ishtirok etdi. Miloddan avvalgi 343 yildan e’tiboran Makedoniya podshohi Filipp taklifi bilan shahzoda Aleksandrga
murabbiylik qildi. Miloddan avvalgi 335 yilda Afinaga qaytib, o`zining  Likey
maktabini  tashkil  qildi.  Aleksandr  vafotidan  so`ng  323  yilda  xudosizlikda
ayblanib, Evbeya Xalqidasiga qochishga majbur bo`ldi va umrining oxirigacha shu
erda yashadi. Arastu qomusiy bilimlar sohibi, peripatetika maktabi asoschisi, uning
ta’limoti  ayrim,  alohida  fanlarni  falsafiy  nuqtai  nazardan  yoritib  berdi.  Fan
sohalarini tasniflashda falsafiy tizim yaratish bilan Arastu insoniyat tafakkurini
rivojlantirishga juda kuchli ta’sir ko`rsatdi. Arastu ijodi o`z zamonidagi deyarli
barcha bilim sohalarini qamrab oldi. O`zining „ilk falsafa“ ga oid („Metafizika“)
asarida Platonning g`oyalar nazariyasini tanqid qildi. „Platon g`oyalari“ moddiy
predmetlarning oddiy nusxasi, aynan o`zi ekanini ko`rsatdi. Arastu ayrimlik va
umumiylikning  o`zaro  munosabati  masalasini  hal  etdi.  Ayrimlik  „biron-bir
joy“dagina  va  „hozir“dagina  mavjuddir,  uni  his  bilan  idrok  etish  mumkin.
Umumiylik esa har qanday joyda va har vaqtda („hamma yerda“ va „hamma vaqt“)
mavjud, u muayyan sharoitda ayrim holda yuzaga kelib, shu ayrimlik orqali idrok
qilinadi. Shuningdek umumiylik – fan predmeti, uni aql vositasida bilib olish
mumkin.  Arastu  olamdagi  hodisalar  va  predmetlarning  sabablarini  4 guruhga
bo`ladi: 1) moddiy sabab yoki materiya; 2) shakliy sabab yoki shakl;  3) yuzaga
keltiruvchi sabab; 4) oxirgi sabab yoki maqsad. Garchi Arastu materiyani dastlabki
sabablardan biri, deb e’tirof etsa ham, uni faqat passiv asos, imkoniyat xolos,
qolgan uch sababni esa – faol sabab, deb hisoblaydi. 
Arastudan juda boy falsafiy meros qolgan. Ular orasida eng mashhurlari:
“Politiya“,“Farovonlik haqida“,”Birinchi analitika“,”Ikkinchi analitika“
”Kategoriyalar“,  Fizika“,”Metafizika“,  “Jon  haqida“,  “Nikomax  axloqi“  ,
“Yevdem axloqi“, “Axloqi kabir“, “Siyosat“ “Ekonomika“, “Etika“, “Poetika“,
“Ritorika“ 
 Arastu barcha zamonlar olimlari  ustoz deb bilgan buyuk alloma. Uning
qomusiy asarlari, Sharq mutafakkirlari  ijodida ham  chuqur  iz qoldirgan. 7-8-
asrlardan boshlab ayniqsa Horun ar-Rashid va Ma’mun davrida Arab xalifaligi
hududida Arastu asarlari tarjima etilib o`rganildi, ularga o`nlab izoh va sharhlar
bitildi. Bu ishda O`rta Osiyoning ulug` olimlari katta rol o`ynadi Abu Nasr Forobiy
Logotip
murabbiylik qildi. Miloddan avvalgi 335 yilda Afinaga qaytib, o`zining Likey maktabini tashkil qildi. Aleksandr vafotidan so`ng 323 yilda xudosizlikda ayblanib, Evbeya Xalqidasiga qochishga majbur bo`ldi va umrining oxirigacha shu erda yashadi. Arastu qomusiy bilimlar sohibi, peripatetika maktabi asoschisi, uning ta’limoti ayrim, alohida fanlarni falsafiy nuqtai nazardan yoritib berdi. Fan sohalarini tasniflashda falsafiy tizim yaratish bilan Arastu insoniyat tafakkurini rivojlantirishga juda kuchli ta’sir ko`rsatdi. Arastu ijodi o`z zamonidagi deyarli barcha bilim sohalarini qamrab oldi. O`zining „ilk falsafa“ ga oid („Metafizika“) asarida Platonning g`oyalar nazariyasini tanqid qildi. „Platon g`oyalari“ moddiy predmetlarning oddiy nusxasi, aynan o`zi ekanini ko`rsatdi. Arastu ayrimlik va umumiylikning o`zaro munosabati masalasini hal etdi. Ayrimlik „biron-bir joy“dagina va „hozir“dagina mavjuddir, uni his bilan idrok etish mumkin. Umumiylik esa har qanday joyda va har vaqtda („hamma yerda“ va „hamma vaqt“) mavjud, u muayyan sharoitda ayrim holda yuzaga kelib, shu ayrimlik orqali idrok qilinadi. Shuningdek umumiylik – fan predmeti, uni aql vositasida bilib olish mumkin. Arastu olamdagi hodisalar va predmetlarning sabablarini 4 guruhga bo`ladi: 1) moddiy sabab yoki materiya; 2) shakliy sabab yoki shakl; 3) yuzaga keltiruvchi sabab; 4) oxirgi sabab yoki maqsad. Garchi Arastu materiyani dastlabki sabablardan biri, deb e’tirof etsa ham, uni faqat passiv asos, imkoniyat xolos, qolgan uch sababni esa – faol sabab, deb hisoblaydi. Arastudan juda boy falsafiy meros qolgan. Ular orasida eng mashhurlari: “Politiya“,“Farovonlik haqida“,”Birinchi analitika“,”Ikkinchi analitika“ ”Kategoriyalar“, Fizika“,”Metafizika“, “Jon haqida“, “Nikomax axloqi“ , “Yevdem axloqi“, “Axloqi kabir“, “Siyosat“ “Ekonomika“, “Etika“, “Poetika“, “Ritorika“ Arastu barcha zamonlar olimlari ustoz deb bilgan buyuk alloma. Uning qomusiy asarlari, Sharq mutafakkirlari ijodida ham chuqur iz qoldirgan. 7-8- asrlardan boshlab ayniqsa Horun ar-Rashid va Ma’mun davrida Arab xalifaligi hududida Arastu asarlari tarjima etilib o`rganildi, ularga o`nlab izoh va sharhlar bitildi. Bu ishda O`rta Osiyoning ulug` olimlari katta rol o`ynadi Abu Nasr Forobiy
Arastuning  „Metafizika“,  „Jon  haqida“,  „Etika“,  „Kategoriyalar“,  „Topika“,
„Analitika“  asarlariga  ilmiy  sharhlar  yozib,  „Sharq  Arastusi“  degan  unvonga
sazovor  bo`ldi. Abu Ali  Ibn Sino o`z ustozlarining ilg`or  g`oyalarini  yanada
rivojlantirib, Arastu va Forobiydan keyin  „Uchinchi muallim“ deb ataldi. Ibn
Sino bilan Beruniy o`rtasida Arastuning „Osmon haqida“ va „Fizika“ asarlari
to`g`risidagi  munozarasi  vatanimizda  Arastu  merosiga  qiziqish  benazir
bo`lganidan dalolat beradi. Arab faylasufi Ibn Rushd o`z safdoslari Hunayn ibn
Ishoq, Ishoq ibn Hunayn, Matto ibn Yunus va Yahyo ibn Adiy, al-Kindiy kabi
Arastu ijodini targ`ib etib, asarlariga sharhlar yozib, „Buyuk Shorih“ degan nom
oldi. O`rta asr Sharqida Arastu ta’limotini davom ettirib, uni Yevropaga tanitib,
yetuk ilmiy asarlar yaratgan faylasuflar butun dunyoda „Sharq aristotelchilari“
unvoni bilan mashhurdir.
 Rim notiqlik maktabining yana bir buyuk vakili Mark Fabiy Kvintiliandir.
U  о‘zining  «Notiq bilimi haqida» kitobida bilimdonlikni notiqlikning birinchi
sharti qilib qо‘yadi. Kvintilian notiqlikka doyir bilimni juda yoshlikdan  о‘rgana
borish
 
kerak,deydi.
 
 Rim notiqligi 
 Yunon madaniyati, xususan, Afina notiqlik san’ati tanazzulga yuz tutgan bir
paytda Italiyada Rim notiqlik san’ati rivojlana boshladi. U antik notiqlikning yana
bir  muhim  tarmog‘i  edi.  Bu  notiqlik  lotin  tilida  shakllanganligi  tufayli  lotin
notiqligi deb ham yuritiladi.
 Rim imperiyasi ijtimoiy mazmuni jihatidan quldorlik tizimiga asoslangan
bo‘lib,  unda  faqat  ijtimoiy  tuzum  taraqqiyoti  emas,  balki  notiqlik  san’ati
taraqqiyotida  ham  Yunoniston  tarixining,  xususan,  Afina  tarixining  ayrim
bosqichlarining  takrorlanishini  ko‘ramiz.  Chunki  Rim  madaniyatiga  yunon,
xususan  Attika  madaniyati  katta  ta’sir  o‘tkazgan  edi.  Negaki,  yunon
demokratiyasining  ravnaqi  eramizdan  oldingi  V  asrga  to‘g‘ri  kelsa,  Rim
imperiyasining rivojlanish davri eramizdan oldingi IV-III asrlarga to‘g‘ri keladi.
Shuning uchun ham ilg‘or yunon madaniyati, yunon notiqlik san’atining Rim
notiqlik san’atiga ta’sir etishi tabiiy bir hol edi.
Logotip
Arastuning „Metafizika“, „Jon haqida“, „Etika“, „Kategoriyalar“, „Topika“, „Analitika“ asarlariga ilmiy sharhlar yozib, „Sharq Arastusi“ degan unvonga sazovor bo`ldi. Abu Ali Ibn Sino o`z ustozlarining ilg`or g`oyalarini yanada rivojlantirib, Arastu va Forobiydan keyin „Uchinchi muallim“ deb ataldi. Ibn Sino bilan Beruniy o`rtasida Arastuning „Osmon haqida“ va „Fizika“ asarlari to`g`risidagi munozarasi vatanimizda Arastu merosiga qiziqish benazir bo`lganidan dalolat beradi. Arab faylasufi Ibn Rushd o`z safdoslari Hunayn ibn Ishoq, Ishoq ibn Hunayn, Matto ibn Yunus va Yahyo ibn Adiy, al-Kindiy kabi Arastu ijodini targ`ib etib, asarlariga sharhlar yozib, „Buyuk Shorih“ degan nom oldi. O`rta asr Sharqida Arastu ta’limotini davom ettirib, uni Yevropaga tanitib, yetuk ilmiy asarlar yaratgan faylasuflar butun dunyoda „Sharq aristotelchilari“ unvoni bilan mashhurdir. Rim notiqlik maktabining yana bir buyuk vakili Mark Fabiy Kvintiliandir. U о‘zining «Notiq bilimi haqida» kitobida bilimdonlikni notiqlikning birinchi sharti qilib qо‘yadi. Kvintilian notiqlikka doyir bilimni juda yoshlikdan о‘rgana borish kerak,deydi. Rim notiqligi Yunon madaniyati, xususan, Afina notiqlik san’ati tanazzulga yuz tutgan bir paytda Italiyada Rim notiqlik san’ati rivojlana boshladi. U antik notiqlikning yana bir muhim tarmog‘i edi. Bu notiqlik lotin tilida shakllanganligi tufayli lotin notiqligi deb ham yuritiladi. Rim imperiyasi ijtimoiy mazmuni jihatidan quldorlik tizimiga asoslangan bo‘lib, unda faqat ijtimoiy tuzum taraqqiyoti emas, balki notiqlik san’ati taraqqiyotida ham Yunoniston tarixining, xususan, Afina tarixining ayrim bosqichlarining takrorlanishini ko‘ramiz. Chunki Rim madaniyatiga yunon, xususan Attika madaniyati katta ta’sir o‘tkazgan edi. Negaki, yunon demokratiyasining ravnaqi eramizdan oldingi V asrga to‘g‘ri kelsa, Rim imperiyasining rivojlanish davri eramizdan oldingi IV-III asrlarga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham ilg‘or yunon madaniyati, yunon notiqlik san’atining Rim notiqlik san’atiga ta’sir etishi tabiiy bir hol edi.
 Eramizdan oldingi II asrdan boshlab Rim imperiyasining quldorlik siyosati
kuchaydi. Bu o‘z navbatida qullarning g‘azab kosasi to‘lishiga sabab bo‘ldi va
qullar bilan quldorlar orasida keskin kurash davri boshlandi. Ajoyib satirik Lusiliy
(eramizdan oldingi 180-102 yillar)  asarlarida bu kurash yorqin aks ettirilgan.
Siyosiy-ijtimoiy sharoitda so‘z san’ati yana kuchga kirdi va davlat arboblari shu
qudratli  qurol  –  notiqlik  san’ati  vositasi  bilan  kurash  olib  bordilar.  Rim
imperiyasida Katon, aka-uka  Grakxlar,  Mark  Antoniy,  Sitseron kabi  yirik
notiqlar yetishib chiqdi.
 Yirik davlat arbobi va notiqlardan biri Katon qadimgi olimlarning hisobiga
ko‘ra 150 taga yaqin nutq meros qoldirgan. Katonning eng sevimli usuli masalani
muxtasar, ixcham bayon qilish uslubini qo‘llagan. U masalani g‘oyat keskin tarzda
qo‘ygan.  Fikrlarni  stilistik  jihatdan  g‘oyat  go‘zal  konstruksiyada,  ifodali  va
ta’sirchan  shaklda  bayon etishni  xush  ko‘rgan. Har  bir  masala  bilan tanishar
ekan,uni atroflicha o‘rganib chiqishga e’tibor bergan.  Katon notiq sifatida shu
qadar kuchli mahorat egasi ediki, bu borada unga Sitseron ham tan berib yozadi:
"Hammasini yanada chiroyliroq, yanada nafisroq qilib aytish mumkin, ammo hech
narsani undan kuchliroq va jonliroq qilib aytish mumkin emas". His-hayajon bilan
so‘zlash borasida Sitseron deyarli hech kimga shu qadar yuksak baho bermaydi.
 Sitseron fikricha, "har qanday notiqning asosiy maqsadi – tinglovchining
zavqini  uyg‘otib,  o‘ziga  moyil qilishdan  iborat". Buning  uchun  esa,  zarur
bo‘lgan  notiqlik  uslublarining  barcha  imkoniyatlaridan  foydalanish  mumkin.
Sitseron sud notiqligi bo‘yicha shuhrat qozongan. U eramizdan oldingi 63-yilda
oliy  lavozimga  –  konsullikka  saylanadi.  Bu  lavozimda  turib  u  aristokratlarni
himoya qiladi va demokratik guruhlarning ashaddiy dushmaniga aylanadi.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra Sitserondan quyidagi asarlar qolgan:
1. Jami 150 nutq. Shundan 58 tasi bizgacha yetib kelgan.
2. Falsafa mavzularida yozilgan 12 ta asar.
3.Notiqlik tarixi va nazariyasiga oid 7 ta risola.
4.Jami 800 ga yaqin maktub.
Logotip
Eramizdan oldingi II asrdan boshlab Rim imperiyasining quldorlik siyosati kuchaydi. Bu o‘z navbatida qullarning g‘azab kosasi to‘lishiga sabab bo‘ldi va qullar bilan quldorlar orasida keskin kurash davri boshlandi. Ajoyib satirik Lusiliy (eramizdan oldingi 180-102 yillar) asarlarida bu kurash yorqin aks ettirilgan. Siyosiy-ijtimoiy sharoitda so‘z san’ati yana kuchga kirdi va davlat arboblari shu qudratli qurol – notiqlik san’ati vositasi bilan kurash olib bordilar. Rim imperiyasida Katon, aka-uka Grakxlar, Mark Antoniy, Sitseron kabi yirik notiqlar yetishib chiqdi. Yirik davlat arbobi va notiqlardan biri Katon qadimgi olimlarning hisobiga ko‘ra 150 taga yaqin nutq meros qoldirgan. Katonning eng sevimli usuli masalani muxtasar, ixcham bayon qilish uslubini qo‘llagan. U masalani g‘oyat keskin tarzda qo‘ygan. Fikrlarni stilistik jihatdan g‘oyat go‘zal konstruksiyada, ifodali va ta’sirchan shaklda bayon etishni xush ko‘rgan. Har bir masala bilan tanishar ekan,uni atroflicha o‘rganib chiqishga e’tibor bergan. Katon notiq sifatida shu qadar kuchli mahorat egasi ediki, bu borada unga Sitseron ham tan berib yozadi: "Hammasini yanada chiroyliroq, yanada nafisroq qilib aytish mumkin, ammo hech narsani undan kuchliroq va jonliroq qilib aytish mumkin emas". His-hayajon bilan so‘zlash borasida Sitseron deyarli hech kimga shu qadar yuksak baho bermaydi. Sitseron fikricha, "har qanday notiqning asosiy maqsadi – tinglovchining zavqini uyg‘otib, o‘ziga moyil qilishdan iborat". Buning uchun esa, zarur bo‘lgan notiqlik uslublarining barcha imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Sitseron sud notiqligi bo‘yicha shuhrat qozongan. U eramizdan oldingi 63-yilda oliy lavozimga – konsullikka saylanadi. Bu lavozimda turib u aristokratlarni himoya qiladi va demokratik guruhlarning ashaddiy dushmaniga aylanadi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra Sitserondan quyidagi asarlar qolgan: 1. Jami 150 nutq. Shundan 58 tasi bizgacha yetib kelgan. 2. Falsafa mavzularida yozilgan 12 ta asar. 3.Notiqlik tarixi va nazariyasiga oid 7 ta risola. 4.Jami 800 ga yaqin maktub.
 Sitseronning notiqlik san’atiga bag‘ishlangan asarlari orasida uch risola –
"Notiq haqida", "Brut yoki mashhur notiqlar haqida" va "Notiq" nomli asarlari
juda  katta  tarixiy,  nazariy  va  amaliy  ahamiyatga  ega.  Chunki  bu  risolalarda
notiqlik san’ati deyarli barcha aspektlarda tahlil etilgan.
 Sitseron notiqlik mahorati o‘ziga xos xislatlarga ega. Masalan, u biror fikrni
bayon etar ekan, nutqini shu fikr doirasi bilan cheklab qo‘ymagan. Aksincha, uning
nutqlarida fikr erkinligi hukmron bo‘lgan va notiqning falsafiy, siyosiy, axloqiy
qarashlari har doim uyg‘un tarzda mujassamlashgan. Sitseron notiq sifatida o‘z
tinglovchisiga emotsional ta’sir etish masalasiga alohida e’tibor bergan. 
 Shuning uchun ham uning nutqlarida balandparvoz so‘z, ibora va jumlalar
ko‘p uchrar, nutqining umumiy yo‘nalishi ulug‘vor uslubga moyil edi. Biroq ana
shu  ulug‘vorlik  orasida  u  oddiylik,  kulgi-mutoyiba,  ritorik  savollardan  ham
foydalanardi. Shu jihatdan qaraganda uning nutq uslubi qorishiq, umumiylashgan
uslubga ham o‘xshab ketardi.Sitseron matnning ravonligi, go‘zalligi, ifodaliligi va
musiqiyligiga alohida ahamiyat bergan.
 Sitseron o‘z nutqiga katta tayyorgarlik ko‘rgan. Shunday bir rivoyat bor,
Sitseron bir kuni nutq so‘zlashga tayyorlanib ulgura olmagani uchun nima qilishini
bilmay turgan ekan. Xuddi shu paytda bir qul xizmatkor kirib, majlis qoldirilganini
xabar  qilibdi.  Sitseron  quvonganidan  o‘sha  qulni  shu  zahotiyoq  ozod  qilib
yuborgan ekan. Kishi shoir bo‘lib tug‘iladi, ammo notiq bo‘lib yetishadi, degan
hikmatni olg‘a surgan Sitseron chindan ham notiqlik san’atini izlanish va mehnat
tashkil etishini yaxshi tushungan va shu haqiqatga ishongan.
 Sitseron nutq kompozitsiyasiga alohida e’tibor bergan. Ayniqsa, nutqning
kishilar  ongiga  ta’sir  etuvchi  qismi  -  argumentatsiya,  mantiqiy  isbotlarga  va
kishilarning hissiyotiga ta’sir etuvchi qismiga alohida e’tibor qilgan.Sitseron nutq
jarayonida uch muhim omilga alohida e’tibor berishni ta’kidlagan. Bu nutqning
kirish  qismi,  xotimasi  va  repetisiyasidir.Sitseronning  hayoti,  ijodi,  falsafiy  va
adabiy qarashlari, notiqlik mahorati va bu sohadagi ta’limoti hozirgi kunda ham
amaliy va nazariy ahamiyatga molikdir.
 Sharq notiqligi 
Logotip
Sitseronning notiqlik san’atiga bag‘ishlangan asarlari orasida uch risola – "Notiq haqida", "Brut yoki mashhur notiqlar haqida" va "Notiq" nomli asarlari juda katta tarixiy, nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu risolalarda notiqlik san’ati deyarli barcha aspektlarda tahlil etilgan. Sitseron notiqlik mahorati o‘ziga xos xislatlarga ega. Masalan, u biror fikrni bayon etar ekan, nutqini shu fikr doirasi bilan cheklab qo‘ymagan. Aksincha, uning nutqlarida fikr erkinligi hukmron bo‘lgan va notiqning falsafiy, siyosiy, axloqiy qarashlari har doim uyg‘un tarzda mujassamlashgan. Sitseron notiq sifatida o‘z tinglovchisiga emotsional ta’sir etish masalasiga alohida e’tibor bergan. Shuning uchun ham uning nutqlarida balandparvoz so‘z, ibora va jumlalar ko‘p uchrar, nutqining umumiy yo‘nalishi ulug‘vor uslubga moyil edi. Biroq ana shu ulug‘vorlik orasida u oddiylik, kulgi-mutoyiba, ritorik savollardan ham foydalanardi. Shu jihatdan qaraganda uning nutq uslubi qorishiq, umumiylashgan uslubga ham o‘xshab ketardi.Sitseron matnning ravonligi, go‘zalligi, ifodaliligi va musiqiyligiga alohida ahamiyat bergan. Sitseron o‘z nutqiga katta tayyorgarlik ko‘rgan. Shunday bir rivoyat bor, Sitseron bir kuni nutq so‘zlashga tayyorlanib ulgura olmagani uchun nima qilishini bilmay turgan ekan. Xuddi shu paytda bir qul xizmatkor kirib, majlis qoldirilganini xabar qilibdi. Sitseron quvonganidan o‘sha qulni shu zahotiyoq ozod qilib yuborgan ekan. Kishi shoir bo‘lib tug‘iladi, ammo notiq bo‘lib yetishadi, degan hikmatni olg‘a surgan Sitseron chindan ham notiqlik san’atini izlanish va mehnat tashkil etishini yaxshi tushungan va shu haqiqatga ishongan. Sitseron nutq kompozitsiyasiga alohida e’tibor bergan. Ayniqsa, nutqning kishilar ongiga ta’sir etuvchi qismi - argumentatsiya, mantiqiy isbotlarga va kishilarning hissiyotiga ta’sir etuvchi qismiga alohida e’tibor qilgan.Sitseron nutq jarayonida uch muhim omilga alohida e’tibor berishni ta’kidlagan. Bu nutqning kirish qismi, xotimasi va repetisiyasidir.Sitseronning hayoti, ijodi, falsafiy va adabiy qarashlari, notiqlik mahorati va bu sohadagi ta’limoti hozirgi kunda ham amaliy va nazariy ahamiyatga molikdir. Sharq notiqligi
 O‘rta  Osiyoda  hozirgi  O‘zbekiston  hududida  notiqlik,  ya’ni  voizlikning
vujudga kelishi va rivojlanishining tarixiy ildizlari juda qadimiydir. Ma’lumki,
qadimiy Sharqda, taxminan IX asrgacha voizlik vazifasini shoh, xalifa, sulton,
qirol va harbiy sarkardalar bajarganlar. Ular asosan, juma kunlari, hayit, navro‘z va
boshqa  bayram  marosimlarida  jamoani  to‘plab,  davlat  siyosati,  tuzumi,
fuqarolarning
 
majburiyat
 
va
 
burchlari,
 
jumladan,
 
bahodirlik,
itoatkorlik, qonunlarga  rioya  qilish, boshqa  qo‘shni  mamlakatlardagi  vaziyat,
dushmanlarning kirdikorlari, mudofaa, o‘z ichki, tashqi siyosatlari va boshqalar
haqida va’z aytganlar.
 O‘rta Osiyoda ilk Uyg‘onish davrining mashhur mutafakkiri va voizlaridan
bo‘lgan Abu  Nasr  Forobiy (870-950)  va’z  aytganda  to‘g‘ri  so‘zlash,  to‘g‘ri
mantiqiy  xulosalar  chiqarish,  mazmundor  va  go‘zal  nutq  matnini  tuzishda
leksikologiya, grammatika va mantiqning roliga nazariy va amaliy jihatdan katta
e’tibor beradi. Forobiy voizlik talablari haqida gapirib: «Voizning so‘zlari aniq
bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta
olsin»,deydi.
 Abu Rayhon Beruniyning ta’kidlashicha, inson nutqi o‘z tuzilishi, materialiga
ko‘ra  rostni  ham,  yolg‘onni  ham  ifodalashi  mumkin.  Bu  ko‘plab  bahs-
munozaralarga  sabab  bo‘ladi.  Inson  bu  bahs-munozaralar  jarayonida  rostni
yolg‘ondan ajratadigan «mezon»ni yaratadi. Inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar
talab bilan yuzaga kelgan mantiq fanining qiyosi rostni yolg‘ondan ajratish vositasi
bo‘lib qoldi. Inson nutqida shubhali o‘rinlar sezilsa, ma’lum «mezon» yordamida
ular tuzatiladi. Shu bois Beruniy yaxshi nutq matnini tuzish va mazmunli nutq
so‘zlash  uchun  grammatika,  aruz  va  mantiq  ilmini  chuqur  bilish  lozimligini
uqtiradi.
 Abu Ali ibn Sino voizlikning amaliy va nazariy masalalarini quyidagicha talqin
etadi:  nutq  qo‘pol  ohangda  bo‘lmasligi  kerak;tinglovchilarning  ilm  darajasini
hisobga olish zarur;va’zxonlikka ko‘p berilmaslik kerak;nutqni muloyim ohangda
olib borish kerak;
Logotip
O‘rta Osiyoda hozirgi O‘zbekiston hududida notiqlik, ya’ni voizlikning vujudga kelishi va rivojlanishining tarixiy ildizlari juda qadimiydir. Ma’lumki, qadimiy Sharqda, taxminan IX asrgacha voizlik vazifasini shoh, xalifa, sulton, qirol va harbiy sarkardalar bajarganlar. Ular asosan, juma kunlari, hayit, navro‘z va boshqa bayram marosimlarida jamoani to‘plab, davlat siyosati, tuzumi, fuqarolarning majburiyat va burchlari, jumladan, bahodirlik, itoatkorlik, qonunlarga rioya qilish, boshqa qo‘shni mamlakatlardagi vaziyat, dushmanlarning kirdikorlari, mudofaa, o‘z ichki, tashqi siyosatlari va boshqalar haqida va’z aytganlar. O‘rta Osiyoda ilk Uyg‘onish davrining mashhur mutafakkiri va voizlaridan bo‘lgan Abu Nasr Forobiy (870-950) va’z aytganda to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq matnini tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning roliga nazariy va amaliy jihatdan katta e’tibor beradi. Forobiy voizlik talablari haqida gapirib: «Voizning so‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin»,deydi. Abu Rayhon Beruniyning ta’kidlashicha, inson nutqi o‘z tuzilishi, materialiga ko‘ra rostni ham, yolg‘onni ham ifodalashi mumkin. Bu ko‘plab bahs- munozaralarga sabab bo‘ladi. Inson bu bahs-munozaralar jarayonida rostni yolg‘ondan ajratadigan «mezon»ni yaratadi. Inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talab bilan yuzaga kelgan mantiq fanining qiyosi rostni yolg‘ondan ajratish vositasi bo‘lib qoldi. Inson nutqida shubhali o‘rinlar sezilsa, ma’lum «mezon» yordamida ular tuzatiladi. Shu bois Beruniy yaxshi nutq matnini tuzish va mazmunli nutq so‘zlash uchun grammatika, aruz va mantiq ilmini chuqur bilish lozimligini uqtiradi. Abu Ali ibn Sino voizlikning amaliy va nazariy masalalarini quyidagicha talqin etadi: nutq qo‘pol ohangda bo‘lmasligi kerak;tinglovchilarning ilm darajasini hisobga olish zarur;va’zxonlikka ko‘p berilmaslik kerak;nutqni muloyim ohangda olib borish kerak;