NUTQ, UNING SHAKLLARI, TURLARI VA USLUBLARI
Reja:
1. Til va nutq. Nutqiy faoliyat.
2. Nutq shakllari.
3. Nutq uslublari.
4. Nutq turlari.
Tаyanch soʻz va iboralar: til, lison, nutq, nutqiy faoliyat, nutq shakli, nutq
uslubi, nutq turi.
1. Til va nutq. Nutqiy faoliyat. Til muayyan tilda so‘zlashuvchilarning
nutqiy qobiliyati va imkoniyati bo`lib, u tafakkurni shakllantirishga, bilimlarni
xotirada qat’iy sistemaga tizib saqlashga, axborot uzatish va qabul qilishga
imkoniyat beruvchi eng muhim, bevosita va bilvosita muloqot qilish vositasi. Til
lison, nutq va me’yordan iborat bo`ladi.
Lison deyilganda ma’lum bir til jamiyatining barcha a’zolari uchun ajdodlar
tomonidan tayyor holga keltirib qo‘yilgan, ma’lum bir tilda so'zlashuvchilar uchun
umumiy va majburiy, fikrni ifodalash va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladigan
so‘z va qo‘shimchalar hamda ularning o‘zaro birikish qoidalari. So‘z va
qo‘shimchalarning birikish qoidalari shu tilda so‘zlashuvchilarning ongida
yashaydi.
Lison kishilarning so‘z va qo‘shimchalar zaxirasi hamda ularning shu tilda
so'zlarni bog‘lab nutq so‘zlash malakasidir. Lison, umuman olganda, kishilarning
nutq so'zlash imkoniyati hisoblanadi.
Nutq - kishilarning ongida mavjud lisoniy imkoniyatlarni og‘zaki yoki yozma
shakllarda voqelantirilishi. Masalan, aytgan yoki yozgan gaplarimiz nutq bo‘lib, u
lisoniy bilim va malakamiz tufayli sodir bo‘ladi.
Me’yor lisoniy imkoniyatlarni ishga solishimizda jamiyat tomonidan
shakllantirilgan qoidalardir. Masalan, jamiyat qoidalari о'Imoq so‘zi o‘rnida vafot
etmoq, ketmoq, kuni bitmoq, joni uzilmoq ifodalarini ishlatishni qoidalashtirgan.
Yoki biz bir o'rinda turq, boshqa o‘rinda jamol so‘zini qo'llaymiz, ammo ularni
noo‘rin ishlatsak, mulzam bo‘lamiz. Me’yor tildan foydalanishimizni tartibga solib
turadi.
Nutqiy faoliyat tildan foydalanuvchilarning gapirish, nutq so'zlash bilan
birga, tinglash jarayoni ham. Mashhur amerikalik notiq psixolik Deyl Kamegi
“yaxshi suhbatdosh - yaxshi gapirishni emas, balki yaxshi tinglashni biladigan
suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatning insonda rivojlangan bo‘lishini
nazarda tutgan edi. Nutqiy faoliyat kundalik faoliyatimizning tarkibiy qismidir.
Nutq madaniyati kishilarning kundalik nutqiy faoliyati bilan aloqador.
Adabiy tilning o‘zi nutq madaniyatini tashkil eta olmaydi. Adabiy tildan, uning
madaniylashgan vositalaridan nutqiy faoliyatda foydalanilgandagina adabiy til nutq
madaniyati vositasiga aylanadi. Masalan, hozirgi zamon o'zbek adabiy tilda ta’lim-
tarbiya ishlari olib boriladi, ilmiy va badiiy adabiyotlar nashr etiladi, gazeta va
jurnallar chiqariladi. Radio va televideniye eshittirishlarida ushbu til me’yorlariga
amal qilinadi. Yozma nutqda o‘zbek tilining imlo qoidalariga, gapirganda esa,
adabiy talaffuz talablariga rioya etiladi.
Adabiy nutq, uning yozma va og'zaki shakli me’yorlari bu tilda
so‘zlovchilarning shaxsiy nutqlari va bu nutqlar yig'indisidan iborat bo‘lgan
umumiy me’yor sifatida namoyon bo'ladi.Adabiy nutq madaniyatini egallashda
tilga e’tibor, unga chinakam hurmat va muhabbat muhim rol o‘ynaydi. Adabiy nutq
me’yorlarini shunchaki qiziqish va u bilan nomigagina shug‘ullanish bilan egallab
bo‘lmaydi. Buning uchun shaxsning saviyasi yuksalishi, bilimi o‘sishi ham talab
etiladi. Shunga ko‘ra, adabiy nutq madaniyati nutqiy ko‘nikma, nutqiy malaka
natijasidir. Nutq madaniyati malakasiga adabiy til qoidalari, til bo‘yicha bilimlar,
tajriba orqali erishiladi. Nutq madaniyati malakasi egallangan bilim, o‘rganilgan
qoidalar emas, balki kishining ularga o‘z nutqiy faoliyatida amal qilishga,
qo‘llashga erisha olgan ko'nikmasidir. Ko‘rinadiki, nutq madaniyati aniq nutqiy
faoliyat, aniq nutqiy amaldir. Nutq madaniyati va nutqiy faoliyat uzviy bog‘liq.
Madaniy nutq madaniy nutqiy faoliyat mahsulidir.Shunday qilib, nutq madaniyatini
egallash madaniy nutq ko‘nikmasini hosil qilish demakdir.
2.Nutq shakllari. Nutq ikki shakldan birida namoyon bo‘ladi:
• og‘zaki nutq;
• yozma nutq.
Har bir nutq shakli o‘ziga xos qoidalarga ega. Masalan, og‘zaki nutq talaffuz
me’yorlariga ega bo‘lsa, bu yozma nutqda imlo qoidalari bilan almashadi. Og‘zaki
nutqda ohang, talaffuzning to‘g‘riligi, aniqligi, ovozning baland pastligi,
samimiyligi nosamimiyligi katta rol o‘ynaydi. Yozma nutqda harf shakllari,
savodxonlik, jumlalarning to‘g‘riligi va mantiqiyligi kabilar ahamiyatga ega.
Shuningdek, og‘zaki nutq leksikasi yozma nutq leksikasidan farqlanadi. Masalan,
tilimizda apteka va dorixona so‘zlari mavjud. Ikkalasi ham lug‘atlarimizda qayd
etilgan. Ammo ulaming biri og‘zaki, ikkinchisi yozma nutqqa xos.
So'zlashuvda yozma nutqdagidek, yozishda og‘zaki nutqdagidek ish ko‘rish
kulgili. Masalan, o‘zbek tilidagi -gach qo'shimchasi yozma nutqqa xos. Salim
kelgach, men ketdim tipidagi gaplami og‘zaki nutqda qo`llamaymiz Lekin ayrim
kishilaming bu o‘zbek tili tabiatiga xos emas, u sun’iy qo‘shimcha deganlarini ham
eshitganmiz.
Demak, so‘zlovchining nutq madaniyati deganda nutq sharotiga mos ravishda
so‘z va iboralami o‘z o'mida qoilab, fikrini to‘g‘ri, ravon, tushunarli ifodalash
tushuniladi. Misol qilib keltirilgan -gach qo‘shimchasi ham kitobiy uslubga xos.
So‘zlashuvda esa uning sinonimi bo‘lgan -gandan keyin shaklini ishlatish o‘rinli:
Salim kelgandan keyin men ketdim tarzida.
3.Nutq uslublari. Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo‘limi bo'lib, nutq
jarayonida til hodisasidan maqsad, sharoit va muhitga mos ravishda foydalanish
qonuniyati bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslub va uning turi, til vositasining
qo‘llanish xususiyati, fonetik, lug‘aviy, frazeologik va grammatik birlikning uslubiy
imkoniyati o‘rganiladi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo‘llanadigan ko‘rinishi
adabiy nutq uslubi deyiladi.
0‘zbek adabiy tilida 5 ta asosiy nutq uslubi bor: so‘zlashuv uslubi, badiiy
uslub, rasmiy-idoraviy uslub, ommabop uslub, ilmiy uslub.
Ayrim darslikda so‘zlashuv uslubidan boshqa barcha uslub kitobiy uslub
degan umumiy nom ostida beriladi.
Barcha uslubda cheklanmagan tarzda ishlatiladigan so‘z va qo'shimcha
uslubiy betaraf deyiladi: suv, tog‘, bola, xat.
So‘zlashuv uslubi. Keng qo'llanadigan uslubdan biri - so‘zlashuv uslubi. Bu
uslubda, odatda, adabiy til me’yoriga rioya qilinmaydi. So'zlashuv uslubidagi gap
asosan dialogik shaklda bo‘ladi. Bunda turli uslubiy bo‘yoqdor so‘z, grammatik
vosita qo‘llanadi. Shuningdek, tovush tushib qolishi, orttirihshi ham mumkin:Obbo,
hamma ishni do`ndiribsiz-da. Mazza qildik Ketaqoool!
So'zlashuv uslubida gapdagi so‘z tartibi ancha erkin. Ko'proq sodda, to`liqsiz,
undalmali gaplardan foydalaniladi. Jargon, argo, vulgar, varvar so‘zlar ham
ishlatilaveradi. Ayniqsa, bu nutq madaniyati yuqori bo'lmagan kishilarda ko‘proq
uchraydi.
Ilmiy uslub. Fan-texnikaning turli sohasiga doir ilmiy asarlar, darslik va
qo‘llanmalar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma’lumot asosida chiqarilgan
ilmiy xulosa (qoida, ta’rif)larga boy bo‘lishi bilan boshqa uslubdan farq qiladi:
Yomg'ir — suyuq tomchiholidagi atmosferayog'ini. Tomchining diametri 0,5-0,6
mm bo‘ladi.Ilmiy uslubda har bir fanning o‘ziga xos ilmiy atamalaridan
foydalaniladi, bu uslubda so‘z o‘z ma’nosida qo'llanadi, qoida yoki ta’rifning
mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo‘lak, kirish so‘z, kirish birikma,
shuningdek, qo‘shma gaplardan keng foydalaniladi.
Rasmiy-idoraviy uslub. Davlat idorasi tomonidan chiqariladigan qaror,
qonun, nizom, xalqaro hujjat rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi.
Shuningdek, ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog‘ozi, taklifhoma,
shartnoma, tarjimayi hol, e’lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu
uslubda bitiladi.
Rasmiy-idoroviy uslubdagi hujjat qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli
bo'lishi lozim. Bu uslubning asosiy belgisi - jumlalarning bir qolipda, bir xil
shaklda bo‘lishi.
Rasmiy-idoraviy uslubda ham so‘zlar o‘z ma’nosida qo'llanadi, ko‘pchilikka
ma’lum bo'lgan ayrim qisqartma so‘zlar ishlatiladi, har bir sohaning o'ziga xos
atamalaridan foydalaniladi. Bu uslubda ko‘pincha darak gaplardan, qaror, buyruq,
ko'rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan foydalaniladi. Gap bo'lagining odatdagi
tartibda bo‘lishiga rioya qilinadi.
Ommabop (publitsistik) uslub. Tashviqot-targ‘ ibot ishlarini olib borishda
qo`llanadigan uslub, ya’ni matbuot uslubi ommabop uslub deyiladi. Bu uslubda
ijtimoiy-siyosiy so'zlar ko‘p qo'llanadi. Nutq ta’sirchan bo`lishi uchun ifodali so‘z
va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan keng foydalaniladi. Bunday uslubda
gap bo‘laklari joylashuvi odatdagi tartibda bo‘ladi, kesim buyruq va xabar
maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so‘roq gaplar,
yoyiq undalma, takroriy so‘z va birikmalar unumli qo`llanadi.
Badiiy uslub. Adabiy asarlar badiiy uslubda bo‘ladi. Badiiy asar kishiga
ma’lumot berish bilan birga, timsol (obraz) vositasida estetik ta’sir ham ko'rsatadi.
Badiiy uslubda qahramon nutqini jonli berish oddiy nutq so‘zi, sheva,
vulgarizmdan ham foydalaniladi:
U davradan chiqdi. Oqsoqollardan Amir polvonni tirsagidan chetga tortdi.
- Polvonlaring har yerda o'tlab yuribdi, bu nima о ‘tirish? - dedi.
- Menga qara, zo'r-zo'rlarini bir yerga yig ‘. Sho'rchiliklar
kepti...Tushundingmi? О‘zing bosh bo'l. Qurga tartib bilan chiqar. Shoshma,yetti
o'lchab, bir kes. Sho'rchiliklarning o'ngi-chapiga e ’tibor qil qaytarib aytaman,
faqat sho 'rchiliklarga ко ‘z tikinglar. Binoyimi?
- Binoyi, polvon bova, binoyi.