Nutqning grammatik qurilishini shakllantirishning nazariy asoslari.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

6

File size

Fayl hajmi

17,0 KB


Nutqning grammatik qurilishini shakllantirishning nazariy asoslari.
REJA:
1.
So’zli  nutq  texnikasiga  o’tish.  Dastlabki  bolalar  leksikoni
hususiyatlari: uning tarkibida guvrash komplekslarini mavjudligi, tovush-taqlidiy
so’zlarni qo’llash.
2.
So’zni belgilash hususiyatlari bilan tanishish jarayoni: denotativ va
signifikativ mazmunlarni shakllanishi. Bola nutqini til vositalari xarakteristikasi.  
3.
Bolalar tomonidan so’zlarni ma’nisini talqin etish  hususiyatlari, ularni
semantizasiyasi  usullari.  To’g’ri  va  ko’chma  ma’no:  verbal  assasiasiyalar
rivojlanishi. So’zni leksik-grammatik variantlarini o’zlashtirish.   
Tayanch sо‘zlar: ovoz, xiqildoq, funksiya, otorinolaringologiya, diafragma,
traxeya, organik, fuksional, markaziy, pereferik, afoniya, disfoniya, fonosteni.
Psixologik  adabiyotlarni  tahlili,  bolalarda  birinchi  nutqi  funksiyasining
shakllanishi  jarayoni,  ya’ni  hayotining  dastlabki  yetti  yilida  (tug‘ilishdan  to
maktabgacha  qadam  qо‘yg‘uncha  qadar)   nutqni  muloqat  vositasi  sifatida
о‘zlashtirish jarayonida uchta  asosiy bosqich yuz beradi.
Birinchi bosqichda – bola ham atrofdagi kattalar nutqini tushunmaydi va
о‘zi  ham  gapira  olmaydi,  lekin  bu  bosqichda  keyinchalik  nutqni  egallashni
ta’minlab beruvchi sharoit yaratiladi. Bu verbaldan  oldingi bosqich hisoblanadi.
Ikkinchi bosqichda – nutqning umuman namoyon bо‘lmasligidan uning
paydo bо‘lishiga о‘tiladi. Bola kattalarning sodda iboralarini tushuna boshlaydi. Va
Logotip
Nutqning grammatik qurilishini shakllantirishning nazariy asoslari. REJA: 1. So’zli nutq texnikasiga o’tish. Dastlabki bolalar leksikoni hususiyatlari: uning tarkibida guvrash komplekslarini mavjudligi, tovush-taqlidiy so’zlarni qo’llash. 2. So’zni belgilash hususiyatlari bilan tanishish jarayoni: denotativ va signifikativ mazmunlarni shakllanishi. Bola nutqini til vositalari xarakteristikasi. 3. Bolalar tomonidan so’zlarni ma’nisini talqin etish hususiyatlari, ularni semantizasiyasi usullari. To’g’ri va ko’chma ma’no: verbal assasiasiyalar rivojlanishi. So’zni leksik-grammatik variantlarini o’zlashtirish. Tayanch sо‘zlar: ovoz, xiqildoq, funksiya, otorinolaringologiya, diafragma, traxeya, organik, fuksional, markaziy, pereferik, afoniya, disfoniya, fonosteni. Psixologik adabiyotlarni tahlili, bolalarda birinchi nutqi funksiyasining shakllanishi jarayoni, ya’ni hayotining dastlabki yetti yilida (tug‘ilishdan to maktabgacha qadam qо‘yg‘uncha qadar) nutqni muloqat vositasi sifatida о‘zlashtirish jarayonida uchta asosiy bosqich yuz beradi. Birinchi bosqichda – bola ham atrofdagi kattalar nutqini tushunmaydi va о‘zi ham gapira olmaydi, lekin bu bosqichda keyinchalik nutqni egallashni ta’minlab beruvchi sharoit yaratiladi. Bu verbaldan oldingi bosqich hisoblanadi. Ikkinchi bosqichda – nutqning umuman namoyon bо‘lmasligidan uning paydo bо‘lishiga о‘tiladi. Bola kattalarning sodda iboralarini tushuna boshlaydi. Va
о‘zining dastlabki faol sо‘zlarini talaffuz qila boshlaydi. Bu nutqning namoyon
bо‘lishi bosqichdir.
Uchinchi bosqichda – esa yetti yoshgacha bо‘lgan keyingi barcha davrni
qamrab oladi, bunda bola nutqini egallagan bо‘ladi va atrofdagilar bilan muloqat
qilishi davrida uni turlicha va keng qо‘llay boshlaydi. Bu esa nutqiy muloqatning
rviojlanish bosqichi deb yuritiladi.
Nutqning rivojlanishi va yuzaga chiqishning har bir bosqichida  juda kо‘p
sondagi va turlicha bо‘lgan omillar ta’siri kuzatiladi.
Nutq  muloqat  vositasi  sifatida,  uning  jarayoni  sifatida  kommunikativ
faoliyat rivojlanishning ma’lum bosqichida yuzaga keladi. Uning yuzaga kelishi va
rivojlanishi muloqat qilish va bola hayotiy faoliyatidagi umumiy ehtiyojlar bilan
shartlanadi.
Verbal bо‘lmagan muloqat davri orasida о‘ziga xos о‘tish davri ajralib
turadi, bu jarayonda bola gapirsa ham  bо‘ladi, lekin u ham sо‘zlarni ishlatishga
intilmaydi. Bola juda kо‘p haftalar davomida о‘z istagi bilan nutqiy muloqatga
kirishmaydi, balki  nutqiy muloqatdan oldingi holat darajasida  qoladi.  Nima
uchun  bunday  holat  yuz  beradi,  nutqni  tushunuvchi  va  kerakli  sо‘zlarni
artikulyatsiyasini  qaytaruvchi  bolaga  gapirish  uchun  nima  tо‘sqinlik  qiladi.
Faqatgina sherikning faolligi – katta kishining undashi – bola uchun vaziyatni
tо‘liq о‘zgariruvchi, uni nutqga undovchi vaziyat hisoblanadi.
Bolada  faol  nuqtning  yuzaga  kelishi,  unga  kattalar  tomonidan  taklif
qilinayotgan  о‘ziga  xos  hamkorlik  darajasiga  yetganligi  yoki  yetmaganligiga
bog‘liq  bо‘ladi.  Agar  yetarli  darajaga  yetgan  bо‘lsa,  hayotning  birinchi  yili
yakunida kichik bola о‘zining kattalarga qaratilgan ilk  sо‘zlarini talaffuz qiladi,
key
in esa necha yillar davomida atrofdagi kishilar, dastlab kattalar bilan, ikki
yoshdan sо‘ng esa boshqa bolalar bilan о‘zaro harakat uchun verbal vositalardan
foydalanish qobiliyatini egallaydi.
Bolalarda nutqiy reaksiyannig uchta asosiy shakli mavjuddir:
Hamkor mavjud bо‘lmagandagi nutqiy reaksiya – bu nisbatan elementar
shaklidir. 
Diolog – muloqatda ikki kishi faol:  biri ikkinchisiga savol bilan murojaat
qiladi, boshqasi javob beradi va aksincha.
Logotip
о‘zining dastlabki faol sо‘zlarini talaffuz qila boshlaydi. Bu nutqning namoyon bо‘lishi bosqichdir. Uchinchi bosqichda – esa yetti yoshgacha bо‘lgan keyingi barcha davrni qamrab oladi, bunda bola nutqini egallagan bо‘ladi va atrofdagilar bilan muloqat qilishi davrida uni turlicha va keng qо‘llay boshlaydi. Bu esa nutqiy muloqatning rviojlanish bosqichi deb yuritiladi. Nutqning rivojlanishi va yuzaga chiqishning har bir bosqichida juda kо‘p sondagi va turlicha bо‘lgan omillar ta’siri kuzatiladi. Nutq muloqat vositasi sifatida, uning jarayoni sifatida kommunikativ faoliyat rivojlanishning ma’lum bosqichida yuzaga keladi. Uning yuzaga kelishi va rivojlanishi muloqat qilish va bola hayotiy faoliyatidagi umumiy ehtiyojlar bilan shartlanadi. Verbal bо‘lmagan muloqat davri orasida о‘ziga xos о‘tish davri ajralib turadi, bu jarayonda bola gapirsa ham bо‘ladi, lekin u ham sо‘zlarni ishlatishga intilmaydi. Bola juda kо‘p haftalar davomida о‘z istagi bilan nutqiy muloqatga kirishmaydi, balki nutqiy muloqatdan oldingi holat darajasida qoladi. Nima uchun bunday holat yuz beradi, nutqni tushunuvchi va kerakli sо‘zlarni artikulyatsiyasini qaytaruvchi bolaga gapirish uchun nima tо‘sqinlik qiladi. Faqatgina sherikning faolligi – katta kishining undashi – bola uchun vaziyatni tо‘liq о‘zgariruvchi, uni nutqga undovchi vaziyat hisoblanadi. Bolada faol nuqtning yuzaga kelishi, unga kattalar tomonidan taklif qilinayotgan о‘ziga xos hamkorlik darajasiga yetganligi yoki yetmaganligiga bog‘liq bо‘ladi. Agar yetarli darajaga yetgan bо‘lsa, hayotning birinchi yili yakunida kichik bola о‘zining kattalarga qaratilgan ilk sо‘zlarini talaffuz qiladi, key in esa necha yillar davomida atrofdagi kishilar, dastlab kattalar bilan, ikki yoshdan sо‘ng esa boshqa bolalar bilan о‘zaro harakat uchun verbal vositalardan foydalanish qobiliyatini egallaydi. Bolalarda nutqiy reaksiyannig uchta asosiy shakli mavjuddir: Hamkor mavjud bо‘lmagandagi nutqiy reaksiya – bu nisbatan elementar shaklidir. Diolog – muloqatda ikki kishi faol: biri ikkinchisiga savol bilan murojaat qiladi, boshqasi javob beradi va aksincha.
Monolog – bolalardan biri boshqalar oldiga gapiradi.
Nutqiy muloqatning nisbatan yuqori shakli – diologdir.  U katta ahamiyatga
ega bо‘ladi, chunki, bolalarda  ijtimoiy  munosabatlarni rivojlanishiga sababchi
bо‘ladi.
Diolog natijasida bir bola boshqa  bolani о‘yinga, mashg‘ulotga jalb etadi, u
bilan aloqa о‘rnatadi. Afsuski, kо‘pincha hattoki yaxshi gapiruvchi bolaga yomon
kirishlariga  guvoh bо‘lishga tо‘g‘ri keladi. Bunga juda jiddiy qarashga tо‘g‘ri
keladi, chunki agar muloqatga qobiliyat amalda rivojlanmasa, u keyinchalik ham
yetarli bо‘lmay qoladi.
Nutq nuqsonini aniq tushunish uchun normadagi nutqiy rivojlanishning
butun  yо‘nalishini  ketma  –  ket,  aniq  tasavvur  etish  kerak  bо‘ladi.  Nutqiy
rivojlanishning har bir bosqichni aniq tasavvur qilish, bu jarayondagi u yoki bu
nuqsonini о‘z vaqtida anglash uchun “sifatli о‘sishining har biriga e’tibor berish
kerak”.
Tadqiqotchilar  bolalarda  nutqning  shakllanishi  bosqichning  miqdorini
ajratadilar, ularni turlicha nomlaydilar.
G.L.Rozengrad Pupko nutqiy rivojlanishida ikki bosqichni: tayyorlov (ikki
yoshga qadar) va nutqni mustaqil bayon etish bosqichlarini ajaratadi.
A.N.Leontev bolalarda nutq shakllanishning tо‘rt bosqichini aniqlagan:
1 - bosqich – tayyorlov; bir  yoshga qadar
2  -  bosqich  –  maktabgacha  yosh  davriga  qadar  bо‘lgan  bosqich  tilni
dastlabki egallash bosqichi; uch yoshga qadar
3 - bosqich – maktabgacha yosh bosqichi; yetti yoshga qadar
4 chi bosqich – maktab bosqichi.
Bolalarning nutqiy rivojlanishning qonuniyatlarini  bilish  nutq nuqsonlarini
tо‘g‘ri tashxis etish uchun muhimdir. “Uch yoshli bolani tovushlar talaffuzidagi
kamchiliklarini bartaraf etish uchun logopedga yо‘llash kerak emas, chunki normal
nutqiy rivojlanishda ham bu yoshdagi bolaga ayrim tovshularni xato talaffuz qilish
odatiy  xolat”  hisoblanadi.  Ontogenez  jarayonida  bolalar  nutqi  rivojlanishning
qonuniyatlarini bilish, bolalar bilan korreksion tarbiyaviy ishlarni barchasini tо‘g‘ri
tashkil etish uchun muhimdir.
Logotip
Monolog – bolalardan biri boshqalar oldiga gapiradi. Nutqiy muloqatning nisbatan yuqori shakli – diologdir. U katta ahamiyatga ega bо‘ladi, chunki, bolalarda ijtimoiy munosabatlarni rivojlanishiga sababchi bо‘ladi. Diolog natijasida bir bola boshqa bolani о‘yinga, mashg‘ulotga jalb etadi, u bilan aloqa о‘rnatadi. Afsuski, kо‘pincha hattoki yaxshi gapiruvchi bolaga yomon kirishlariga guvoh bо‘lishga tо‘g‘ri keladi. Bunga juda jiddiy qarashga tо‘g‘ri keladi, chunki agar muloqatga qobiliyat amalda rivojlanmasa, u keyinchalik ham yetarli bо‘lmay qoladi. Nutq nuqsonini aniq tushunish uchun normadagi nutqiy rivojlanishning butun yо‘nalishini ketma – ket, aniq tasavvur etish kerak bо‘ladi. Nutqiy rivojlanishning har bir bosqichni aniq tasavvur qilish, bu jarayondagi u yoki bu nuqsonini о‘z vaqtida anglash uchun “sifatli о‘sishining har biriga e’tibor berish kerak”. Tadqiqotchilar bolalarda nutqning shakllanishi bosqichning miqdorini ajratadilar, ularni turlicha nomlaydilar. G.L.Rozengrad Pupko nutqiy rivojlanishida ikki bosqichni: tayyorlov (ikki yoshga qadar) va nutqni mustaqil bayon etish bosqichlarini ajaratadi. A.N.Leontev bolalarda nutq shakllanishning tо‘rt bosqichini aniqlagan: 1 - bosqich – tayyorlov; bir yoshga qadar 2 - bosqich – maktabgacha yosh davriga qadar bо‘lgan bosqich tilni dastlabki egallash bosqichi; uch yoshga qadar 3 - bosqich – maktabgacha yosh bosqichi; yetti yoshga qadar 4 chi bosqich – maktab bosqichi. Bolalarning nutqiy rivojlanishning qonuniyatlarini bilish nutq nuqsonlarini tо‘g‘ri tashxis etish uchun muhimdir. “Uch yoshli bolani tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarini bartaraf etish uchun logopedga yо‘llash kerak emas, chunki normal nutqiy rivojlanishda ham bu yoshdagi bolaga ayrim tovshularni xato talaffuz qilish odatiy xolat” hisoblanadi. Ontogenez jarayonida bolalar nutqi rivojlanishning qonuniyatlarini bilish, bolalar bilan korreksion tarbiyaviy ishlarni barchasini tо‘g‘ri tashkil etish uchun muhimdir.
Nutqnnig rivojlanishi jarayoni hali tugalanmagan yoshda (2 yoshu 6
oy – 5 yosh) mutaxassis bola nutqida nimalar shaklanib bо‘lgan kerakligining
nimalar endi rivojlanayotganligini, qaysi holatlar yaqin vaqt davomida umuman
kuzatilmasligining chegerasini  о‘rnatib olishi  kerak. Kichik yoshdagi  bolaning
nutqiy faoliyatini bunday tahlil qilish va baholashni normal nutqiy rivojlanishda
bolalar  nutqnnig  shakllanishi  haqidagi  aniq  ma’lumotlarga  ega  bо‘lmay  turib
amalga oshirib bо‘lmaydi.
Nutqning rivojlanishni lingvistik jihatdan chizg‘ichli shaklda quyidagicha
tasvirlash mumkin:  qiyqiriqlar – gugulash, bо‘g‘inlarni talaffuz qilish, sо‘zlarni
talaffuz qilish, sо‘z birikmalari, gap, bog‘langan nutq.
•
Qiyqiriqlar о‘z о‘zidan yuz beradi- tug‘ilgandan 2 oylikka qadar;
•
Gugulash о‘z о‘zidan yuz bermaydi, uning namoyon bо‘lishi bolaning
kattalar bilan muloqati bilan bog‘liqdir – 2 oydan 5 – 7 oygacha;
•
Bо‘g‘inlarni talaffuz qilish uning davomiyligi 16 – 20 haftalikdan 30
haftallika qadar (4 – 7,5 oylik);
•
Sо‘zlarni talaffuz qilish – sо‘zlardan foydalanish bо‘g‘inlarni talaffuz
qilish bilan hamkorlikda davom etadi. 11,12 oylik;
•
Sо‘z birikmalarning talaffuz qilinishi ikki va uch bо‘g‘inli sо‘zlarni
о‘zlashtirib olgach yuz beradi 1 yoyoshu 7 oylikdan 1 yoshu 9 oyllikka qadar;
•
Gaplarni qо‘llash kо‘rgazmali ayni vaziyat sharoitida 2 yoshdan, 2
yoshu 6 oylikdan – qayerda, qayerga, 3 yoshdan – nimaga qachon savollarini bera
boshlaydi;
•
Bog‘langan nutq -3 yoshdan boshlab qisqa hikoyalarni hikoya qilish,
she’rlar, ashulalar yodlash orqali namoyon bо‘ladi, asta – sekinlik bilan rasmlar
asosida  mustaqil  ravishda  hikoyalar  tuzishga  о‘tiladi,  4  yoshdan  boshlab
о‘yinchoqlar tasvirlanadi, 5 yoshdan kontekst nutq elementlarini egallaydi. 
5 yoshdagi bolalar nutqining tuzilish komponentlariga chuqurroq tо‘xtalib
о‘tamiz.
Iborali nutq.Sodda keng tarqalgan gaplar, murakkab bog‘liqlikdagi  10 ta
sо‘zdan  iborat bо‘lgan gaplarni qо‘llay oladilar.
Nutqni  tushunish.О‘zlariga  qaratilgan  nutqning  ma’nosini  tushunadilar,
atrofdagilar nutqni  e’tibor bilan tinglay oladilar.
Logotip
Nutqnnig rivojlanishi jarayoni hali tugalanmagan yoshda (2 yoshu 6 oy – 5 yosh) mutaxassis bola nutqida nimalar shaklanib bо‘lgan kerakligining nimalar endi rivojlanayotganligini, qaysi holatlar yaqin vaqt davomida umuman kuzatilmasligining chegerasini о‘rnatib olishi kerak. Kichik yoshdagi bolaning nutqiy faoliyatini bunday tahlil qilish va baholashni normal nutqiy rivojlanishda bolalar nutqnnig shakllanishi haqidagi aniq ma’lumotlarga ega bо‘lmay turib amalga oshirib bо‘lmaydi. Nutqning rivojlanishni lingvistik jihatdan chizg‘ichli shaklda quyidagicha tasvirlash mumkin: qiyqiriqlar – gugulash, bо‘g‘inlarni talaffuz qilish, sо‘zlarni talaffuz qilish, sо‘z birikmalari, gap, bog‘langan nutq. • Qiyqiriqlar о‘z о‘zidan yuz beradi- tug‘ilgandan 2 oylikka qadar; • Gugulash о‘z о‘zidan yuz bermaydi, uning namoyon bо‘lishi bolaning kattalar bilan muloqati bilan bog‘liqdir – 2 oydan 5 – 7 oygacha; • Bо‘g‘inlarni talaffuz qilish uning davomiyligi 16 – 20 haftalikdan 30 haftallika qadar (4 – 7,5 oylik); • Sо‘zlarni talaffuz qilish – sо‘zlardan foydalanish bо‘g‘inlarni talaffuz qilish bilan hamkorlikda davom etadi. 11,12 oylik; • Sо‘z birikmalarning talaffuz qilinishi ikki va uch bо‘g‘inli sо‘zlarni о‘zlashtirib olgach yuz beradi 1 yoyoshu 7 oylikdan 1 yoshu 9 oyllikka qadar; • Gaplarni qо‘llash kо‘rgazmali ayni vaziyat sharoitida 2 yoshdan, 2 yoshu 6 oylikdan – qayerda, qayerga, 3 yoshdan – nimaga qachon savollarini bera boshlaydi; • Bog‘langan nutq -3 yoshdan boshlab qisqa hikoyalarni hikoya qilish, she’rlar, ashulalar yodlash orqali namoyon bо‘ladi, asta – sekinlik bilan rasmlar asosida mustaqil ravishda hikoyalar tuzishga о‘tiladi, 4 yoshdan boshlab о‘yinchoqlar tasvirlanadi, 5 yoshdan kontekst nutq elementlarini egallaydi. 5 yoshdagi bolalar nutqining tuzilish komponentlariga chuqurroq tо‘xtalib о‘tamiz. Iborali nutq.Sodda keng tarqalgan gaplar, murakkab bog‘liqlikdagi 10 ta sо‘zdan iborat bо‘lgan gaplarni qо‘llay oladilar. Nutqni tushunish.О‘zlariga qaratilgan nutqning ma’nosini tushunadilar, atrofdagilar nutqni e’tibor bilan tinglay oladilar.