Nutqning tovushlar madaniyatini mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda tarbiyalash (Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda nutqning grammatik qurilishini shakllanishi)

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

15

File size

Fayl hajmi

28,3 KB


Nutqning tovushlar madaniyatini mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda
tarbiyalash.
REJA:
1.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda
nutqning grammatik qurilishиni shakllanishi.  
2.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda
bog’lanишли nutqni shakllanishi.  
Nutqning grammatik qurilishining shakllanishida yetakchi mexanizm bola
tomonidan  til  qonuniyatlarini  til  umumlashmalarini  о‘zlashtirish  hisoblanadi.
Chunki,  til  qonuniyatlari  va  til  umumlashmalari  mazmunni  nutqiy  faoliyatda
amalga oshirish imkonini beradi. Nutq paydo bо‘lishidagi grammatik operatsiyalar
haddan tashqari murakkab bо‘lib, u yuqori darajadagi analiz-sintez faoliyatining
yetarlicha rivojlanmaganligini kо‘zda tutadi.
Pedagogik fan sifatida logopediyada «nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi»
tushunchasi,  eshitish  va  intellekti  normada  bо‘lgan  bolalarda  barcha  nutq
komponentlarining shakllanishi buzilishi bilan xarakterlanuvchi. nutq kamchiligiga
nisbatan  qо‘llaniladi  (keyingi  sahifalarda  NTR  deb  ataladi).  Nutqi  tо‘liq
rivojlanmagan bolalarda tilning grammatik qurilishini  о‘zlashtirilishining turg‘un
buzilishi, tovushlar talaffuzi, ularni eshitib farqlash  u yoki bu darajada buzilgan
bо‘ladi,  morfemalar  sistemasini  о‘zlashtirish  yetarlicha  tо‘laqonli  kechmaydi,
natijada, sо‘z yasash va sо‘z о‘zgartirish kо‘nikmalari yaxshi egallanmaydi. Lug‘at
boyligi yosh normasidan  ham miqdor ham sifat kо‘rsatkichlari bо‘yicha orqada
qoladi;  bog‘lanishli  nutq  yetarlicha  rivojlanmaydi  (V.Vorbyeva,  B.Grinshpun,
V.Gluxov, R.Levina,  T.Filicheva, G.Chirkina  va b.).
Logotip
Nutqning tovushlar madaniyatini mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda tarbiyalash. REJA: 1. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda nutqning grammatik qurilishиni shakllanishi. 2. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda bog’lanишли nutqni shakllanishi. Nutqning grammatik qurilishining shakllanishida yetakchi mexanizm bola tomonidan til qonuniyatlarini til umumlashmalarini о‘zlashtirish hisoblanadi. Chunki, til qonuniyatlari va til umumlashmalari mazmunni nutqiy faoliyatda amalga oshirish imkonini beradi. Nutq paydo bо‘lishidagi grammatik operatsiyalar haddan tashqari murakkab bо‘lib, u yuqori darajadagi analiz-sintez faoliyatining yetarlicha rivojlanmaganligini kо‘zda tutadi. Pedagogik fan sifatida logopediyada «nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi» tushunchasi, eshitish va intellekti normada bо‘lgan bolalarda barcha nutq komponentlarining shakllanishi buzilishi bilan xarakterlanuvchi. nutq kamchiligiga nisbatan qо‘llaniladi (keyingi sahifalarda NTR deb ataladi). Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda tilning grammatik qurilishini о‘zlashtirilishining turg‘un buzilishi, tovushlar talaffuzi, ularni eshitib farqlash u yoki bu darajada buzilgan bо‘ladi, morfemalar sistemasini о‘zlashtirish yetarlicha tо‘laqonli kechmaydi, natijada, sо‘z yasash va sо‘z о‘zgartirish kо‘nikmalari yaxshi egallanmaydi. Lug‘at boyligi yosh normasidan ham miqdor ham sifat kо‘rsatkichlari bо‘yicha orqada qoladi; bog‘lanishli nutq yetarlicha rivojlanmaydi (V.Vorbyeva, B.Grinshpun, V.Gluxov, R.Levina, T.Filicheva, G.Chirkina va b.).
Nutq  shakllanishidagi  о‘zgarishlar,  asosan,  yuqori  ruhiy  jarayonlarning
iyerarxik  tuzilishidagi  rivojlanishning  buzilishi  sifatida  qaraladi.  Shuningdek,
sistematik  yondashish  kо‘rinishi  yordamida  nutq  tizimidagi  komponentlarning
holatidan patologik nutqning turli xil tuzilishi haqidagi masala hal qilinadi. Nutq
kamchiliklarini  tadqiq  qilishda  nutqning  rivojlanishini  о‘rganishga  izchil
yondashish  prinsipi  qо‘llaniladi.  Bu  esa  nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalarni
maktabda о‘qitishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga (R.YE.Levina, G.A.Kashe,
N.A.Nikashina G.V.Chirkina, L.F.Smirnova shuningdek, maktabgacha yoshdagi
bolalar bilan  о‘tkaziladigan mashg‘ulotlar mazmunini aniqlashga (N.YE.Jukova,
YE.M.Mastyukova, G.Y.Filicheva) imkon beradi.
Bu  ishlarda  asosiy  e’tibor  bolalarning  nutqiy  talaffuzi,  lug‘at  tarkibi,
grammatik tuzilishini, ravon gapirishni, shuningdek, nutqni tuzatish jarayonida
bolalarning ona tilining ma’noviy va talaffuz tomonlarini bilib olishlari kabi qator
masalalarni о‘rganishga qaratilgan.
Bundan  tashqari,  yana  bir  qator  olimlar  bolalar  nutqi  tо‘liq
rivojlanmaganligining  turli  yо‘nalishlari  psixolingvistika,  neyrolingvistka
(V.K.Orfinskaya, YE.F.Sobotovich, V.A.Kovshikov hamda tibbiy–pedagogikaga
oid  S.S.Lyapidskiy,  YE.M.Mastyukova,  M.S.Grushevskaya,  M.Velyakov,
S.A.Mironova) ilmiy nazariy ishlar olib borishgan.
Shuni aytish joizki, bir qator tadqiqotlarda (O.N.Usanova , G.A.Kashe,
A.K.Markova) bolalarda nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi masalasining faqat bir
tomoni, ya’ni nutqi rivojlanmagan bolalar nutqida tovushlarning talaffuzi va ular
tomonidan bо‘g‘in tuzilishi  tartibining  о‘zlashtirilishi  kabi  masalalargina  keng
yoritildi. 
Nutq tо‘liq rivojlanmaganligi oqibatida tilning lug‘at tarkibi va grammatik
tuzilishining
 о‘ziga  xosligi  R.YE.Levina,  V.K.Orfinskaya,  N.N.Traugott,
S.N.Shaxovskaya , V.K.Vorobyeva, B.M.Grinshpun, L.F.Filicheva, G.V.Chirkina,
A.V.Yastrebova, V.YE.Sobotovich, V.A.Kovshikov va boshqa olimlarning ilmiy
tadqiqot ishlarida keng talqin qilinadi. 
Bu  ishlarda  nutqning  talaffuzi,  lug‘at  boyligi,  grammatik  tuzilishiga,
bog‘lanishli nutqni tuzatishga oid ta’lim jarayonida bolalar tomonidan nutqning
mantiqiy va tovush jihatlarining о‘zlashtirilishi masalalariga e’tibor qaratiladi.
Logotip
Nutq shakllanishidagi о‘zgarishlar, asosan, yuqori ruhiy jarayonlarning iyerarxik tuzilishidagi rivojlanishning buzilishi sifatida qaraladi. Shuningdek, sistematik yondashish kо‘rinishi yordamida nutq tizimidagi komponentlarning holatidan patologik nutqning turli xil tuzilishi haqidagi masala hal qilinadi. Nutq kamchiliklarini tadqiq qilishda nutqning rivojlanishini о‘rganishga izchil yondashish prinsipi qо‘llaniladi. Bu esa nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni maktabda о‘qitishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga (R.YE.Levina, G.A.Kashe, N.A.Nikashina G.V.Chirkina, L.F.Smirnova shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan о‘tkaziladigan mashg‘ulotlar mazmunini aniqlashga (N.YE.Jukova, YE.M.Mastyukova, G.Y.Filicheva) imkon beradi. Bu ishlarda asosiy e’tibor bolalarning nutqiy talaffuzi, lug‘at tarkibi, grammatik tuzilishini, ravon gapirishni, shuningdek, nutqni tuzatish jarayonida bolalarning ona tilining ma’noviy va talaffuz tomonlarini bilib olishlari kabi qator masalalarni о‘rganishga qaratilgan. Bundan tashqari, yana bir qator olimlar bolalar nutqi tо‘liq rivojlanmaganligining turli yо‘nalishlari psixolingvistika, neyrolingvistka (V.K.Orfinskaya, YE.F.Sobotovich, V.A.Kovshikov hamda tibbiy–pedagogikaga oid S.S.Lyapidskiy, YE.M.Mastyukova, M.S.Grushevskaya, M.Velyakov, S.A.Mironova) ilmiy nazariy ishlar olib borishgan. Shuni aytish joizki, bir qator tadqiqotlarda (O.N.Usanova , G.A.Kashe, A.K.Markova) bolalarda nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi masalasining faqat bir tomoni, ya’ni nutqi rivojlanmagan bolalar nutqida tovushlarning talaffuzi va ular tomonidan bо‘g‘in tuzilishi tartibining о‘zlashtirilishi kabi masalalargina keng yoritildi. Nutq tо‘liq rivojlanmaganligi oqibatida tilning lug‘at tarkibi va grammatik tuzilishining о‘ziga xosligi R.YE.Levina, V.K.Orfinskaya, N.N.Traugott, S.N.Shaxovskaya , V.K.Vorobyeva, B.M.Grinshpun, L.F.Filicheva, G.V.Chirkina, A.V.Yastrebova, V.YE.Sobotovich, V.A.Kovshikov va boshqa olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarida keng talqin qilinadi. Bu ishlarda nutqning talaffuzi, lug‘at boyligi, grammatik tuzilishiga, bog‘lanishli nutqni tuzatishga oid ta’lim jarayonida bolalar tomonidan nutqning mantiqiy va tovush jihatlarining о‘zlashtirilishi masalalariga e’tibor qaratiladi.
Bolalarda  nutqning  tо‘liq  rivojlanmaganligini  о‘rganishga  katta  hissa
qо‘shgan olimlar (Gutsman, A.Libmann, M.V.Bogdanov-Berezovskiy, E.Freshels
keyinchalik  M.YE.Xvatsev,  N.N.Traugott,  V.K.Orfinskaya,  R.YE.Levina,
L.V.Melexova,
 
G.V.Matsiyevskaya,
 
YE.F.Sobotovich,V.A.Kovishkov,
S.N.Shaxovskaya, V.K.Vorobyeva va b.)ning ishlarida turlicha mezonlarni qо‘llash
asosida NTRda nutqning rivojlanish bosqichlari va nutqiy nuqsonning tuzilish
xususiyatlari  (fiziologik,  klinik,  psixologik,  lingvistik,  psixolingvistik  va
boshqalar)  ajratib  kо‘rsatilgan.  Shuningdek,  ularda  NTRning  turli  shakllari
ta’riflangan,  nutq  rivojlanmaganligining  turli  shakllarida  logopedik  ta’sir
metodikasi ishlab chiqilgan.  
Sо‘nggi  yillarda  bolalardagi  nutqi  tо‘liq  rivojlanmaganligini  о‘rganish
bо‘yicha  erishilgan  muvaffaqiyatlar  tadqiqotchilarning  о‘z  ishlarida  muammo
tahliliga har tomonlama sindromal yondashuv metodologiyasiga tayanganliklari
natijasidir.  Bolalar  nutqining  psixolingvistik  aspekti  bunday  yondashuvning
dastlabkilaridan  hisoblanadi  va  bu  YE.F.Sabotovich,  V.A.Kovishkov,
B.M.Grinshpun kabi tadqiqotchilar ishida о‘z ifodasini topgan. Ayni paytda NTRni
о‘rganishning  barcha  masalalari  hali  tо‘liq  ochib  berilmagan.  Biroq
V.K.Ofrinskaya hozirgi nutqi tо‘liq rivojlanmaganligi muammolari tadqiqotchilari
orasida  umum  tomonidan  qabul  qilingan  qoidalarga  qaraganda  munozarali
masalalar va ziddiyatlar, logopediya ilmi rivojlanishining zamonaviy  bosqichlari
yuzasidan NTRga umumiy qarashlar  misolida kо‘proq e’tibor qaratilayotganligini
belgilaydi.
I.K.Samoylova nutqi tо‘liq rivojlanmagani asosida yotuvchi patofiziologik
mexanizmlarni  о‘rganish, qо‘zg‘aluvchanlik va tormozlanganlik jarayonlarining
inertligini,  bosh  miya  pо‘stlog‘i  tо‘qimalarining  yuqori  darajada  funksional
zaiflashuvini kо‘rsatadi. Tadqiqotchi bunda miya pо‘stlog‘ida qо‘zg‘atuvchi va
tormozlovchi  jarayonlarning  fazoviy  konsentratsiyasi  yetishmasligini  aniqlaydi.
NTR bolalarda miyaning elektr faolligini  о‘rganish jarayoni, kо‘pincha, chakka-
tepa-ensa  sohalarida,  peshona-chakka  va  dominat  yarim  sharning  chekka
shoxlarida  biopotensiallarning  aniq  lokal
 о‘zgarishlarini  belgilab  berdi
(L.A.Belogrud, A.L.Lindenbaum, YE.M.Mastyukova).
Logotip
Bolalarda nutqning tо‘liq rivojlanmaganligini о‘rganishga katta hissa qо‘shgan olimlar (Gutsman, A.Libmann, M.V.Bogdanov-Berezovskiy, E.Freshels keyinchalik M.YE.Xvatsev, N.N.Traugott, V.K.Orfinskaya, R.YE.Levina, L.V.Melexova, G.V.Matsiyevskaya, YE.F.Sobotovich,V.A.Kovishkov, S.N.Shaxovskaya, V.K.Vorobyeva va b.)ning ishlarida turlicha mezonlarni qо‘llash asosida NTRda nutqning rivojlanish bosqichlari va nutqiy nuqsonning tuzilish xususiyatlari (fiziologik, klinik, psixologik, lingvistik, psixolingvistik va boshqalar) ajratib kо‘rsatilgan. Shuningdek, ularda NTRning turli shakllari ta’riflangan, nutq rivojlanmaganligining turli shakllarida logopedik ta’sir metodikasi ishlab chiqilgan. Sо‘nggi yillarda bolalardagi nutqi tо‘liq rivojlanmaganligini о‘rganish bо‘yicha erishilgan muvaffaqiyatlar tadqiqotchilarning о‘z ishlarida muammo tahliliga har tomonlama sindromal yondashuv metodologiyasiga tayanganliklari natijasidir. Bolalar nutqining psixolingvistik aspekti bunday yondashuvning dastlabkilaridan hisoblanadi va bu YE.F.Sabotovich, V.A.Kovishkov, B.M.Grinshpun kabi tadqiqotchilar ishida о‘z ifodasini topgan. Ayni paytda NTRni о‘rganishning barcha masalalari hali tо‘liq ochib berilmagan. Biroq V.K.Ofrinskaya hozirgi nutqi tо‘liq rivojlanmaganligi muammolari tadqiqotchilari orasida umum tomonidan qabul qilingan qoidalarga qaraganda munozarali masalalar va ziddiyatlar, logopediya ilmi rivojlanishining zamonaviy bosqichlari yuzasidan NTRga umumiy qarashlar misolida kо‘proq e’tibor qaratilayotganligini belgilaydi. I.K.Samoylova nutqi tо‘liq rivojlanmagani asosida yotuvchi patofiziologik mexanizmlarni о‘rganish, qо‘zg‘aluvchanlik va tormozlanganlik jarayonlarining inertligini, bosh miya pо‘stlog‘i tо‘qimalarining yuqori darajada funksional zaiflashuvini kо‘rsatadi. Tadqiqotchi bunda miya pо‘stlog‘ida qо‘zg‘atuvchi va tormozlovchi jarayonlarning fazoviy konsentratsiyasi yetishmasligini aniqlaydi. NTR bolalarda miyaning elektr faolligini о‘rganish jarayoni, kо‘pincha, chakka- tepa-ensa sohalarida, peshona-chakka va dominat yarim sharning chekka shoxlarida biopotensiallarning aniq lokal о‘zgarishlarini belgilab berdi (L.A.Belogrud, A.L.Lindenbaum, YE.M.Mastyukova).
V.K.Orfinskaya esa bu jarayonga bog‘liq lingvistik tavsifnomani ishlab
chiqib,  til  tuzilishining  buzilishlari  yetakchi  kо‘rinishlarining  birlamchi  va
ikkilamchi shakllarini ajratadi.
S.N.Shaxovskayaning  tadqiqotlarida  nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalar
nutqida  uchraydigan  paradigmatik  xatolar  tahlili  beriladi.  Bunday  bolalar  ot
turkumlarini  о‘zlashtirishda,  sо‘zdagi  о‘zgarishlarning  barchasida  qiynaladilar.
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarga logopedik ta’sir  о‘tkazish ana shu nuqson
tuzilmasi bilan belgilanadi va shu asosda tadqiqotning uchta yо‘nalishi belgilanadi:
I. Umumiy ruhiy rag‘batlantirish.
II. Ruhiy-motor funksiyalarni korreksiyalash.
III. Nutqni umumiy rivojlantirish.
N.N.Traugotning  ta’kidlashicha,  ruhiy  jihatdan  sustlik,  cheklanish,
tashabbussizlik bunday bolalarni aqliy jihatdan rivojlanmagandek qilib kо‘rsatadi.
Bu, о‘z navbatida, ularning shaxsiyatiga xos asl holatlariga har doim ham muvofiq
kelavermaydi. Tashqi nutqning buzilishi, shuningdek, bog‘lanishli nutqni mustaqil
talaffuz  qilishning  birdaniga  pasayishida  bolalarning  faol  lug‘at  boyligini
о‘zlashtirish, nutqni grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuzish, tovush talaffuzi va sо‘zning
bо‘g‘inli kо‘rinishidan foydalanish kuzatiladi. 
M.Sovak  NTR  tushunchasini  kengaytirish  maqsadida  uning  tarkibiga
nutqning kech shakllangan kо‘rinishlarini ham kiritadi. Ular nevrologik jihatdan
mutizm  hamda  demensiya  va  shizofreniyada  nutqning  yо‘qolishi,  eshitishning
pasayishi va oligofreniyadan farqlab kо‘rsatadilar.
G.A.Kashe ana shunday kamchiligi bо‘lgan bolalarning tovush talaffuzi
xususiyatlarini  kо‘rsatib  о‘tadi.  Shunga  asoslanib,  u  о‘qitishning  quyidagi
yо‘nalishlarini belgilab beradi:
I. Tovushlarni talaffuz etishni о‘zlashtirishga о‘rgatish.
II. Nutqning tovush-bо‘g‘in va ritmik tizimini shakllantirish, ya’ni sо‘z va
iboralarni talaffuz etishni о‘zlashtirishga о‘rgatish. 
Bolalarning  og‘zaki  nutqini  rivojlantirish,  birinchi  navbatda,  fonetik,
fonematik, morfologik va sintaksik umumlashtirishlarni shakllantirish eng muhim
ish sanaladi.
Logotip
V.K.Orfinskaya esa bu jarayonga bog‘liq lingvistik tavsifnomani ishlab chiqib, til tuzilishining buzilishlari yetakchi kо‘rinishlarining birlamchi va ikkilamchi shakllarini ajratadi. S.N.Shaxovskayaning tadqiqotlarida nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida uchraydigan paradigmatik xatolar tahlili beriladi. Bunday bolalar ot turkumlarini о‘zlashtirishda, sо‘zdagi о‘zgarishlarning barchasida qiynaladilar. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarga logopedik ta’sir о‘tkazish ana shu nuqson tuzilmasi bilan belgilanadi va shu asosda tadqiqotning uchta yо‘nalishi belgilanadi: I. Umumiy ruhiy rag‘batlantirish. II. Ruhiy-motor funksiyalarni korreksiyalash. III. Nutqni umumiy rivojlantirish. N.N.Traugotning ta’kidlashicha, ruhiy jihatdan sustlik, cheklanish, tashabbussizlik bunday bolalarni aqliy jihatdan rivojlanmagandek qilib kо‘rsatadi. Bu, о‘z navbatida, ularning shaxsiyatiga xos asl holatlariga har doim ham muvofiq kelavermaydi. Tashqi nutqning buzilishi, shuningdek, bog‘lanishli nutqni mustaqil talaffuz qilishning birdaniga pasayishida bolalarning faol lug‘at boyligini о‘zlashtirish, nutqni grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuzish, tovush talaffuzi va sо‘zning bо‘g‘inli kо‘rinishidan foydalanish kuzatiladi. M.Sovak NTR tushunchasini kengaytirish maqsadida uning tarkibiga nutqning kech shakllangan kо‘rinishlarini ham kiritadi. Ular nevrologik jihatdan mutizm hamda demensiya va shizofreniyada nutqning yо‘qolishi, eshitishning pasayishi va oligofreniyadan farqlab kо‘rsatadilar. G.A.Kashe ana shunday kamchiligi bо‘lgan bolalarning tovush talaffuzi xususiyatlarini kо‘rsatib о‘tadi. Shunga asoslanib, u о‘qitishning quyidagi yо‘nalishlarini belgilab beradi: I. Tovushlarni talaffuz etishni о‘zlashtirishga о‘rgatish. II. Nutqning tovush-bо‘g‘in va ritmik tizimini shakllantirish, ya’ni sо‘z va iboralarni talaffuz etishni о‘zlashtirishga о‘rgatish. Bolalarning og‘zaki nutqini rivojlantirish, birinchi navbatda, fonetik, fonematik, morfologik va sintaksik umumlashtirishlarni shakllantirish eng muhim ish sanaladi.
Tovushlarni talaffuz etishni rivojlantirish va tovush tahliliga oid ishlarning
mohiyati tovushlarni talaffuz qilish bilan bir paytda sо‘z, tovush tarkibini tahlil
qilish  kо‘nikmalarini  rivojlantirishga  doir  frontal  ish  olib  borilishi  bilan
belgilanadi.  Tuzatish  ishi  fonetik  xulosalarni  oydinlashtirish,  kengaytirish  va
takomillashtirishni о‘z ichiga oladi. A.Kashe bolalarning fonemalarni ajrata bilish
qobiliyatlarini  rivojlantirish  bо‘yicha  logopedik  yо‘nalishdagi  ishlarni  shartli
ravishda 5 bosqichga ajratadi:
I bosqich – nutqqa dahli bо‘lmagan tovush kompleksini taniy bilish.
II bosqich – tovushning baland–pastligi, kuchi va tempi bо‘yicha bir xil
sо‘zlarni ajrata bilish.
III bosqich – tovush jihatdan о‘xshash sо‘zlarni ajrata bilish.
IV bosqich – fonemalarni ajrata bilish.
V bosqich – bо‘g‘inlarni ajrata olish.
YE.M.Mastyukova  nutqning  tо‘liq  rivojlanmaganlik  sabablarini  yoritar
ekan,  shunday  yozadi:  “Nutq  bola  hayotining  ilk  bosqichlarida  jadallik  bilan
taraqqiy etishning eng mukammal va nozik funksiyasi sanaladi”. Bola hayotining
dastlabki yillaridagi turli xil noxush taassurotlar ham nutq buzilishiga olib kelishi
mumkin. 
Nutq  rivojlanishining  oddiy  kechikishidan  farqli  о‘laroq,  nutq  tо‘liq
rivojlanmaganligining  murakkab  shakllarini  tavsiflar  ekan,  M.Kritchli  bunday
holatda bolalarda oral-fatsial diskoordinatsiyalar, til va lab harakatida nuqsonning
mavjudligini, sо‘z ma’nolarini tо‘g‘ri anglamaslik yoki notо‘g‘ri qо‘llanilishini
ta’kidlab о‘tadi.
K.P.Bekker  va  M.Sovak  nutqning  tо‘liq  rivojlanmaganligi  holatlarida
biologik, ijtimoiy sabablarni hamda ularning kombinatsiyasi ustunligi bilan bog‘liq
komponentlarni  ajratadilar.  An’anaviy  tarzda  nomlanuvchi  eshituvchi  soqovlik
kinestik-motor buzilishlar yoki noqulay ijtimoiy ta’sirlar bilan shartlangan, о‘ziga
xos xarakterga ega bо‘lgan nutq rivojlanishining kechikishida namoyon bо‘ladi.
I.T.Vlasenko, V.V.Yurtaykinning ta’kidlashicha, bunday bolalarning nutqiy
faoliyatini  tashkil  etuvchi  struktural  tarkibiy  qismlar  orasida  dissatsiatsiya
aniqlangan.  Ularning  bir  xillarida  operatsion  imkoniyatlarning  saqlanganligi
holatida maqsadli kо‘rsatmalarning shakllanmaganligi mavjud; boshqalarida esa
Logotip
Tovushlarni talaffuz etishni rivojlantirish va tovush tahliliga oid ishlarning mohiyati tovushlarni talaffuz qilish bilan bir paytda sо‘z, tovush tarkibini tahlil qilish kо‘nikmalarini rivojlantirishga doir frontal ish olib borilishi bilan belgilanadi. Tuzatish ishi fonetik xulosalarni oydinlashtirish, kengaytirish va takomillashtirishni о‘z ichiga oladi. A.Kashe bolalarning fonemalarni ajrata bilish qobiliyatlarini rivojlantirish bо‘yicha logopedik yо‘nalishdagi ishlarni shartli ravishda 5 bosqichga ajratadi: I bosqich – nutqqa dahli bо‘lmagan tovush kompleksini taniy bilish. II bosqich – tovushning baland–pastligi, kuchi va tempi bо‘yicha bir xil sо‘zlarni ajrata bilish. III bosqich – tovush jihatdan о‘xshash sо‘zlarni ajrata bilish. IV bosqich – fonemalarni ajrata bilish. V bosqich – bо‘g‘inlarni ajrata olish. YE.M.Mastyukova nutqning tо‘liq rivojlanmaganlik sabablarini yoritar ekan, shunday yozadi: “Nutq bola hayotining ilk bosqichlarida jadallik bilan taraqqiy etishning eng mukammal va nozik funksiyasi sanaladi”. Bola hayotining dastlabki yillaridagi turli xil noxush taassurotlar ham nutq buzilishiga olib kelishi mumkin. Nutq rivojlanishining oddiy kechikishidan farqli о‘laroq, nutq tо‘liq rivojlanmaganligining murakkab shakllarini tavsiflar ekan, M.Kritchli bunday holatda bolalarda oral-fatsial diskoordinatsiyalar, til va lab harakatida nuqsonning mavjudligini, sо‘z ma’nolarini tо‘g‘ri anglamaslik yoki notо‘g‘ri qо‘llanilishini ta’kidlab о‘tadi. K.P.Bekker va M.Sovak nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi holatlarida biologik, ijtimoiy sabablarni hamda ularning kombinatsiyasi ustunligi bilan bog‘liq komponentlarni ajratadilar. An’anaviy tarzda nomlanuvchi eshituvchi soqovlik kinestik-motor buzilishlar yoki noqulay ijtimoiy ta’sirlar bilan shartlangan, о‘ziga xos xarakterga ega bо‘lgan nutq rivojlanishining kechikishida namoyon bо‘ladi. I.T.Vlasenko, V.V.Yurtaykinning ta’kidlashicha, bunday bolalarning nutqiy faoliyatini tashkil etuvchi struktural tarkibiy qismlar orasida dissatsiatsiya aniqlangan. Ularning bir xillarida operatsion imkoniyatlarning saqlanganligi holatida maqsadli kо‘rsatmalarning shakllanmaganligi mavjud; boshqalarida esa
yetarlicha turg‘un motivatsiyaning mavjudligi bilan birga, faoliyatning operatsion
qatorida muayyan yetishmovchilik belgilangan.
Bu  muammoga  til  konsepsiyasida  zamonaviy  psixolingvistik  nuqtai
nazardan  yondashish  YE.F.Sobotovich,  V.A.Kovshikov,  B.M.Grinshpun,
V.K.Vorobyeva kabi olimlarning ishlarida tо‘la aks ettirilgan.
L.F.Spirova va A.V.Yastrebovalar tomonidan nutqi tо‘liq rivojlanmagan
bolalarni  о‘qitish  jarayonida  ular  tomonidan  tilning  turli  birliklarining
о‘zlashtirilishiga  e’tibor  qaratilgan.  Mualliflar  bunday  bolalarda  klinik
alomatlarning jipsligi, ular nutqining kech rivojlana boshlaganligi, sо‘z boyligining
kamligini,  agrammatizmlar,  talaffuz  etish  fonemalaridagi  nuqsonlarni  qayd
etadilar. 
Nutqi  tо‘liq  rivojlanmaganlik  turlicha,  ya’ni  nutq  umuman  mavjud
emasligidan  tortib,  nutq  buzilishining  yengil  shakllarigacha  bо‘lgan  holatlarni
qamraydi.  Keyinchalik,  L.F.Spirova  va  A.S.Yastrebovalar  nutqning  tо‘liq
rivojlanmaganligini  tuzatishda  quyidagi  korreksion  ishlarni  amalga  oshirish
lozimligini taklif etishadi:
1.
Talaffuzni tuzatish (tovush va sо‘zlar artikulyatsiyasidagi kamchiliklar
tuzatiladi, oydinlashtiriladi).
2.
Tovush tahlili va sо‘z sintezini birin-ketin reja asosida rivojlantirish.
3.
Lug‘at va nutqni grammatik jihatdan rivojlantirish. Ana shu tizim
asosida bolalar savodga о‘rgatiladi. 
Logopedik yо‘nalishda, xususan, nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarning
nutqiy rivojlanishi, ularga nutq normalari va qonun – qoidalarini о‘rgatish borasida
juda kо‘p izlanishlar olib borgan qator tadqiqotchilar nutqi tо‘liq rivojlanmagan
bolalar nutqiy rivojlanishining  о‘ziga xosligini tadqiq etish natijasida ularning
lug‘at boyliklari normal rivojlanayotgan tengdoshlari nutqiga qaraganda miqdor,
sifat jihatidan orqada qolishini isbotlaganlar. 
J.V.Antipovaning  ishlarida  nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalar  nutqidagi
sо‘zlarning  ma’noviy  tuzilishidagi  funksional  о‘ziga  xosliklar  tahlil  etilgan.
Sо‘zning  ma’noviy  tuzilishidagi  funksional  о‘ziga  xosliklar  sintagmatik  va
paradigmatik bog‘liqliklarning yetarli darajada shakllanmaganligi, leksik-ma’noviy
doiraning  tashkil  etilishi  darajasining  pastligi,  sо‘zni  izlash  jarayonining
Logotip
yetarlicha turg‘un motivatsiyaning mavjudligi bilan birga, faoliyatning operatsion qatorida muayyan yetishmovchilik belgilangan. Bu muammoga til konsepsiyasida zamonaviy psixolingvistik nuqtai nazardan yondashish YE.F.Sobotovich, V.A.Kovshikov, B.M.Grinshpun, V.K.Vorobyeva kabi olimlarning ishlarida tо‘la aks ettirilgan. L.F.Spirova va A.V.Yastrebovalar tomonidan nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni о‘qitish jarayonida ular tomonidan tilning turli birliklarining о‘zlashtirilishiga e’tibor qaratilgan. Mualliflar bunday bolalarda klinik alomatlarning jipsligi, ular nutqining kech rivojlana boshlaganligi, sо‘z boyligining kamligini, agrammatizmlar, talaffuz etish fonemalaridagi nuqsonlarni qayd etadilar. Nutqi tо‘liq rivojlanmaganlik turlicha, ya’ni nutq umuman mavjud emasligidan tortib, nutq buzilishining yengil shakllarigacha bо‘lgan holatlarni qamraydi. Keyinchalik, L.F.Spirova va A.S.Yastrebovalar nutqning tо‘liq rivojlanmaganligini tuzatishda quyidagi korreksion ishlarni amalga oshirish lozimligini taklif etishadi: 1. Talaffuzni tuzatish (tovush va sо‘zlar artikulyatsiyasidagi kamchiliklar tuzatiladi, oydinlashtiriladi). 2. Tovush tahlili va sо‘z sintezini birin-ketin reja asosida rivojlantirish. 3. Lug‘at va nutqni grammatik jihatdan rivojlantirish. Ana shu tizim asosida bolalar savodga о‘rgatiladi. Logopedik yо‘nalishda, xususan, nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarning nutqiy rivojlanishi, ularga nutq normalari va qonun – qoidalarini о‘rgatish borasida juda kо‘p izlanishlar olib borgan qator tadqiqotchilar nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqiy rivojlanishining о‘ziga xosligini tadqiq etish natijasida ularning lug‘at boyliklari normal rivojlanayotgan tengdoshlari nutqiga qaraganda miqdor, sifat jihatidan orqada qolishini isbotlaganlar. J.V.Antipovaning ishlarida nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqidagi sо‘zlarning ma’noviy tuzilishidagi funksional о‘ziga xosliklar tahlil etilgan. Sо‘zning ma’noviy tuzilishidagi funksional о‘ziga xosliklar sintagmatik va paradigmatik bog‘liqliklarning yetarli darajada shakllanmaganligi, leksik-ma’noviy doiraning tashkil etilishi darajasining pastligi, sо‘zni izlash jarayonining
mukammal  emasligida  namoyon  bо‘ladi.  Ular  leksikasining  о‘ziga  xosligi,
odatdagidek kо‘pgina sо‘z va iboralarni bilmaslik, о‘z fikri ma’nosini aniq yoritib
bera oladigan sо‘zni lug‘atidan tanlay olmaslik va nutqda notо‘g‘ri qо‘llash kabi
holatlarda kо‘rinadi. Bolalarda uchraydigan kerakli leksemalarni boshqa, о‘zgacha
ma’nodagi  sо‘zlar  bilan  almashtirish  kabi  kamchiliklar  sifatida  ularda  hali
ma’noviy tizimning yetarli darajada shakllanmaganligini qayd etish mumkin.
L.F.Spirova  neytral  leksikadan  kelib  chiqib,  nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan
bolalarda uchraydigan kо‘pgina xatolarni tо‘liq yoritib bergan.
Leksik  ma’nolarni
 о‘zlashtirishning  kognifikativ  yondashuvi
T.V.Tumanova tomonidan ishlab chiqilgan. Muallif nutqi tо‘liq rivojlanmagan
maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  grammatik  umumlashtirish  shakllanishining
о‘ziga  xos  jihatlarini  aniqladi  va  sо‘z  hosil  qilish  operatsiyasini  о‘zlashtira
olmaslikning asosiy sabablarini asoslab berdi.
YE.V.Nazarova nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqini psixolingvistik
jihatdan tahlil qilib, nutqiy til tuzilmasining barcha bosqichlarida ketma-ket amalga
oshiriladigan, umumlashtirilgan leksik-grammatik ma’nolarning yetarli darajada
shakllanmaganligini  aniqlaydi.  Muallif  buni  narsalarni  nomlash  va  harakat
vaziyatlarini aytish kabi psixologik operatsiyani amalga oshirishdagi qiyinchiliklar,
shuningdek, sо‘z tanlash va ularni grammatik tuzilma holatiga keltirishda ishtirok
etuvchi  paradigmatik va sintagmatik  til  apparatlarining umumiy  tarzda  yetarli
rivojlanmaganligining natijasi sifatida qayd etadi.
О‘tgan  asrdayoq  professor  R.YE.Levina  nutq  buzilishlarining  eng
murakkab  qо‘rinishlarini  tadqiq  etgan  holda  nutqning  barcha  tomonlari
rivojlanmaganligi  bilan  xarakterlanuvchi  nutq  kamchiligini  chegaraladi  va  uni
batafsil  ta’riflab  berdi.  Mazkur  toifadagi  bolalarda  tovushlar  talaffuzi  va
fonemalarni ajratish holatining buzilishi yengil yoki og‘ir formada kо‘rinadi. Ular
nutqida morfema(о‘zak)lar tizimining yetarli darajada о‘zlashtirilmaganligi, biroq
sо‘z
 о‘zgartirish  va  sо‘z  hosil  qilish(yasash)  kо‘nikmalarining  yaxshi
rivojlanganligi, lug‘at boyligining meyorga nisbatan orqada qolishida namoyon
bо‘ladi.  Tabiiyki,  mazkur  omillar  bog‘lanishli  nutq  rivojlanishiga  salbiy  tasir
qо‘rsatadi.  
Logotip
mukammal emasligida namoyon bо‘ladi. Ular leksikasining о‘ziga xosligi, odatdagidek kо‘pgina sо‘z va iboralarni bilmaslik, о‘z fikri ma’nosini aniq yoritib bera oladigan sо‘zni lug‘atidan tanlay olmaslik va nutqda notо‘g‘ri qо‘llash kabi holatlarda kо‘rinadi. Bolalarda uchraydigan kerakli leksemalarni boshqa, о‘zgacha ma’nodagi sо‘zlar bilan almashtirish kabi kamchiliklar sifatida ularda hali ma’noviy tizimning yetarli darajada shakllanmaganligini qayd etish mumkin. L.F.Spirova neytral leksikadan kelib chiqib, nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda uchraydigan kо‘pgina xatolarni tо‘liq yoritib bergan. Leksik ma’nolarni о‘zlashtirishning kognifikativ yondashuvi T.V.Tumanova tomonidan ishlab chiqilgan. Muallif nutqi tо‘liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarda grammatik umumlashtirish shakllanishining о‘ziga xos jihatlarini aniqladi va sо‘z hosil qilish operatsiyasini о‘zlashtira olmaslikning asosiy sabablarini asoslab berdi. YE.V.Nazarova nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqini psixolingvistik jihatdan tahlil qilib, nutqiy til tuzilmasining barcha bosqichlarida ketma-ket amalga oshiriladigan, umumlashtirilgan leksik-grammatik ma’nolarning yetarli darajada shakllanmaganligini aniqlaydi. Muallif buni narsalarni nomlash va harakat vaziyatlarini aytish kabi psixologik operatsiyani amalga oshirishdagi qiyinchiliklar, shuningdek, sо‘z tanlash va ularni grammatik tuzilma holatiga keltirishda ishtirok etuvchi paradigmatik va sintagmatik til apparatlarining umumiy tarzda yetarli rivojlanmaganligining natijasi sifatida qayd etadi. О‘tgan asrdayoq professor R.YE.Levina nutq buzilishlarining eng murakkab qо‘rinishlarini tadqiq etgan holda nutqning barcha tomonlari rivojlanmaganligi bilan xarakterlanuvchi nutq kamchiligini chegaraladi va uni batafsil ta’riflab berdi. Mazkur toifadagi bolalarda tovushlar talaffuzi va fonemalarni ajratish holatining buzilishi yengil yoki og‘ir formada kо‘rinadi. Ular nutqida morfema(о‘zak)lar tizimining yetarli darajada о‘zlashtirilmaganligi, biroq sо‘z о‘zgartirish va sо‘z hosil qilish(yasash) kо‘nikmalarining yaxshi rivojlanganligi, lug‘at boyligining meyorga nisbatan orqada qolishida namoyon bо‘ladi. Tabiiyki, mazkur omillar bog‘lanishli nutq rivojlanishiga salbiy tasir qо‘rsatadi.
Bolalardagi nutq buzilishlarini о‘rganish uzoq yillar davomida о‘zaro hech
qanday aloqasi bо‘lmagan “alohida” simptomlarni tavsiflash bilan yakunlanadi.
Alohida paydo bо‘lgan nutqiy kamchiliklar mustaqil nuqsonlar sifatida tan olinar
edi. Masalan, talaffuz buzilishlari, lug‘at boyligining chegaralanganligi, grammatik
qurilish kamchiliklari turli xil kamchiliklarga qо‘shilib keladigan nuqson sifatida
qaralar edi. Bu munosabatga R.YE.Levinaning ishlarida katta e’tibor beriladi. U
nutq buzilishlarini tilni butun va yagona tizim sifatida kо‘zda tutuvchi tizimli
yondashuv asosida  о‘rganadi. Har bir anomal nutqiy rivojlanishning sababi va
oqibatlari, ularning о‘zaro aloqasi batafsil kо‘rib chiqiladi.
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqi turli darajada namoyon bо‘lishi
mumkin: nutqiy muloqot vositalarining umuman yо‘qligidan to fonetik va leksik-
grammatik elementlar rivojlanmagan yoyiq nutqgacha. Korreksion vazifalardan
kelib chiqib, nutq rivojlanmaganligini 3 ta darajaga bо‘lish qabul qilingan.
Har  bir  darajada  nutq  komponentlarining  rivojlanishini  susaytiruvchi
nutqning rivojlanishidagi asosiy qiyinchiliklar kuzatiladi. Bir darajadan boshqasiga
о‘tish yangi nutqiy imkoniyatlar bilan xarakterlanadi. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan
bolalar nutqida biriktirilgan kо‘pgina gaplar alohida, ma’lum darajada sо‘zlarning
buzilgan elementlarini aks ettiradi. Bu “sо‘z – konturlar” morfologik qismlarga
bо‘linmaydi va predmetli mazmundan boshqa hech qanday qо‘shimcha ma’noga
ega bо‘lmaydi. Bundan tashqari, bunday sо‘z leksik va grammatik jihatdan farq
qiluvchi qator sо‘zlarning ma’nosini bildirish uchun ham qо‘llanilishi mumkin.
Masalan,  “umumiy”  sо‘zi  bir  vaqtning  о‘zida  “о‘qituvchi”,  “о‘qitadi”  va  shu
sо‘zning boshqa grammatik shakllarini anglatadi.
Ma’lumki, meyoriy bolalar nutqida gapning paydo bо‘lishida ham shunday
jarayon kuzatiladi. Unda “turli leksik-grammatik turdagi sо‘zlarni hech qanday
morfemalarsiz  tanlashda  chiziqli  biriktirish”  orqali  gap  tuzish  holatlari
(A.A.Leontev) belgilangan. Ammo bu davr uzoq vaqt davom etmaydi. “Bola gap
tuzishni boshlagandan keyin, – deb yozadi, A.A.Leontev, - u juda tez ravishda bu
gaplar  tarkibiga  kiruvchi  sо‘zlar  sonini  orttiradi.  U,  shuningdek,  gap  tuzish
qoidalarini ham egallaydi. Xarakterli tomoni shundaki, normadagi bola mavhum,
tushunarsiz,  farqlanmagan  sо‘zlar  konturidan  meyordagi  nutqiy  rivojlanishga,
grammatik mazmunni farqlashga, asos va qо‘shimchalarni tо‘g‘ri qо‘llashga tez
Logotip
Bolalardagi nutq buzilishlarini о‘rganish uzoq yillar davomida о‘zaro hech qanday aloqasi bо‘lmagan “alohida” simptomlarni tavsiflash bilan yakunlanadi. Alohida paydo bо‘lgan nutqiy kamchiliklar mustaqil nuqsonlar sifatida tan olinar edi. Masalan, talaffuz buzilishlari, lug‘at boyligining chegaralanganligi, grammatik qurilish kamchiliklari turli xil kamchiliklarga qо‘shilib keladigan nuqson sifatida qaralar edi. Bu munosabatga R.YE.Levinaning ishlarida katta e’tibor beriladi. U nutq buzilishlarini tilni butun va yagona tizim sifatida kо‘zda tutuvchi tizimli yondashuv asosida о‘rganadi. Har bir anomal nutqiy rivojlanishning sababi va oqibatlari, ularning о‘zaro aloqasi batafsil kо‘rib chiqiladi. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqi turli darajada namoyon bо‘lishi mumkin: nutqiy muloqot vositalarining umuman yо‘qligidan to fonetik va leksik- grammatik elementlar rivojlanmagan yoyiq nutqgacha. Korreksion vazifalardan kelib chiqib, nutq rivojlanmaganligini 3 ta darajaga bо‘lish qabul qilingan. Har bir darajada nutq komponentlarining rivojlanishini susaytiruvchi nutqning rivojlanishidagi asosiy qiyinchiliklar kuzatiladi. Bir darajadan boshqasiga о‘tish yangi nutqiy imkoniyatlar bilan xarakterlanadi. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida biriktirilgan kо‘pgina gaplar alohida, ma’lum darajada sо‘zlarning buzilgan elementlarini aks ettiradi. Bu “sо‘z – konturlar” morfologik qismlarga bо‘linmaydi va predmetli mazmundan boshqa hech qanday qо‘shimcha ma’noga ega bо‘lmaydi. Bundan tashqari, bunday sо‘z leksik va grammatik jihatdan farq qiluvchi qator sо‘zlarning ma’nosini bildirish uchun ham qо‘llanilishi mumkin. Masalan, “umumiy” sо‘zi bir vaqtning о‘zida “о‘qituvchi”, “о‘qitadi” va shu sо‘zning boshqa grammatik shakllarini anglatadi. Ma’lumki, meyoriy bolalar nutqida gapning paydo bо‘lishida ham shunday jarayon kuzatiladi. Unda “turli leksik-grammatik turdagi sо‘zlarni hech qanday morfemalarsiz tanlashda chiziqli biriktirish” orqali gap tuzish holatlari (A.A.Leontev) belgilangan. Ammo bu davr uzoq vaqt davom etmaydi. “Bola gap tuzishni boshlagandan keyin, – deb yozadi, A.A.Leontev, - u juda tez ravishda bu gaplar tarkibiga kiruvchi sо‘zlar sonini orttiradi. U, shuningdek, gap tuzish qoidalarini ham egallaydi. Xarakterli tomoni shundaki, normadagi bola mavhum, tushunarsiz, farqlanmagan sо‘zlar konturidan meyordagi nutqiy rivojlanishga, grammatik mazmunni farqlashga, asos va qо‘shimchalarni tо‘g‘ri qо‘llashga tez
о‘rganadi” [73; 473-b.]. Bu haqda R.YE.Levina shunday deb yozadi:  “Bunda
e’tiborga loyiq narsa shundaki, birinchi navbatda talaffuzning aniqligi grammatik
qо‘shimchalarda aks etadi. Shu bilan bir vaqtda sо‘zning  о‘zak qismi mavhum
talaffuz qilinishicha qoladi”.
A.V.Korotkova  ,  YE.N.Drozdova,  A.G.Zikeyev  ,  R.I.Lalayeva,
N.V.Serebryakova, N.S.Jukova, YE.M.Mastyukova, T.B.Filicheva [66; 57; 70; 54;
78; 117] kabi bir qator olimlar nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda nutqning
grammatik  jihatdan  rivojlanishining  ikkilamchi  orqada  qolishi  kuzatilishini
ta’kidlab  о‘tishadi. Biroq mazkur muammoning  о‘ziga xos xususiyatlari hozirda
ham  logopediyaning  kam  о‘rganilgan  jabhalaridan  biri  sifatida  qolmoqda.
Nutqning  grammatik  jihatdan  rivojlanmaslik  darajasi  nuqtai  nazardan  mazkur
bolalar  kategoriyasi  simptomatikasining  polimorfligi,  variativligi  (tilning
morfologik  va  sintaktik  tizimi  shakllanishidagi  yengil  orqada  qolishdan  to
ekspressiv  nutqdagi  yaqqol  agrammatizmlarda  namoyon  bо‘luvchi  og‘ir
darajasigacha) bilan xarakterlanadi. 
Nutq  rivojlanishi  buzilgan  bolalarda  nutqning  grammatik  jihatdan
shakllanishi aktiv va passiv lug‘atni  egallashga qaraganda katta qiyinchiliklar bilan
amalga  oshadi.  Chunki  grammatik  mazmun  leksik  ma’no-mazmunga  nisbatan
doimo mavhum xarakterga egadir. Tilning grammatik tizimi kо‘p sonli til qoidalari
asosida tashkil etiladi.
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda sо‘z о‘zgartirish, sо‘z hosil qilish, gap
turlarining  grammatik  shakllari  nutqning  meyorda  rivojlanishida  kuzatiladigan
ketma-ketlikdagi  singari  bosqichma-bosqich  rivojlanadi.  NTR  bolalar  nutqni
grammatik  jihatdan  о‘zlashtirishdagi  о‘ziga  xos  xususiyatlar  о‘zlashtirish
sur’atining sekinligi, tilning morfologik va sintaktik tizimi  hamda rasmiy tilga oid
semantik tuzilmalar rivojlanishi tartibining izdan chiqishida namoyon bо‘ladi.
Nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalarda  nutqiy  tajribaning,  xususan,  faol
nutqning yetarli  darajada rivojlanmaganligi bola tomonidan ona tili murakkab
grammatik tizimining empirik tarzda  о‘zlashtirilishining  zamini  bо‘lmish   “til
sezgirligi”ning  yuzaga kelishiga tо‘sqinlik qiladi. Bu esa, о‘z navbatida, mazkur
bolalar  kategoriyasi  tomonidan  grammatik  shakllarni  tushunishdagi
qiyinchiliklarga sabab bо‘ladi.
Logotip
о‘rganadi” [73; 473-b.]. Bu haqda R.YE.Levina shunday deb yozadi: “Bunda e’tiborga loyiq narsa shundaki, birinchi navbatda talaffuzning aniqligi grammatik qо‘shimchalarda aks etadi. Shu bilan bir vaqtda sо‘zning о‘zak qismi mavhum talaffuz qilinishicha qoladi”. A.V.Korotkova , YE.N.Drozdova, A.G.Zikeyev , R.I.Lalayeva, N.V.Serebryakova, N.S.Jukova, YE.M.Mastyukova, T.B.Filicheva [66; 57; 70; 54; 78; 117] kabi bir qator olimlar nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda nutqning grammatik jihatdan rivojlanishining ikkilamchi orqada qolishi kuzatilishini ta’kidlab о‘tishadi. Biroq mazkur muammoning о‘ziga xos xususiyatlari hozirda ham logopediyaning kam о‘rganilgan jabhalaridan biri sifatida qolmoqda. Nutqning grammatik jihatdan rivojlanmaslik darajasi nuqtai nazardan mazkur bolalar kategoriyasi simptomatikasining polimorfligi, variativligi (tilning morfologik va sintaktik tizimi shakllanishidagi yengil orqada qolishdan to ekspressiv nutqdagi yaqqol agrammatizmlarda namoyon bо‘luvchi og‘ir darajasigacha) bilan xarakterlanadi. Nutq rivojlanishi buzilgan bolalarda nutqning grammatik jihatdan shakllanishi aktiv va passiv lug‘atni egallashga qaraganda katta qiyinchiliklar bilan amalga oshadi. Chunki grammatik mazmun leksik ma’no-mazmunga nisbatan doimo mavhum xarakterga egadir. Tilning grammatik tizimi kо‘p sonli til qoidalari asosida tashkil etiladi. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda sо‘z о‘zgartirish, sо‘z hosil qilish, gap turlarining grammatik shakllari nutqning meyorda rivojlanishida kuzatiladigan ketma-ketlikdagi singari bosqichma-bosqich rivojlanadi. NTR bolalar nutqni grammatik jihatdan о‘zlashtirishdagi о‘ziga xos xususiyatlar о‘zlashtirish sur’atining sekinligi, tilning morfologik va sintaktik tizimi hamda rasmiy tilga oid semantik tuzilmalar rivojlanishi tartibining izdan chiqishida namoyon bо‘ladi. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda nutqiy tajribaning, xususan, faol nutqning yetarli darajada rivojlanmaganligi bola tomonidan ona tili murakkab grammatik tizimining empirik tarzda о‘zlashtirilishining zamini bо‘lmish “til sezgirligi”ning yuzaga kelishiga tо‘sqinlik qiladi. Bu esa, о‘z navbatida, mazkur bolalar kategoriyasi tomonidan grammatik shakllarni tushunishdagi qiyinchiliklarga sabab bо‘ladi.
Nutqiy rivojlanishdagi turli nuqsonlarni о‘z vaqtida о‘rganishda erta tashxis
qilish katta ahamiyatga egadir. Nutqiy nuqson qanchalik erta aniqlansa, tibbiy va
pedagogik korreksiya ishlari о‘z vaqtida olib borilsa, albatta, bolaning maktabda
tо‘liq ta’lim olish qobiliyatiga ijobiy ta’sir etadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda grammatik operatsiyalar shakllanishining
buzilishi nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida oxir-oqibat kо‘plab morfologik
agrammatizmlarga olib keladi. Morfologik agrammatizmlarning asosiy mexanizmi
shundan  iboratki,  ular  morfemalarni  ajratishdagi  qiyinchilik  va  ikkilanishlar,
morfemalar ma’nosini uning tovush obrazi bilan moslashtirishda yо‘l qо‘yilgan
xatoliklar  tarzida  belgilanadi.  N.S.Jukova,  V.A.Kovshikov,  L.F.Spirova,
YE.F.Sobatovich,  T.B.Filicheva,  S.N.Shaxovskaya  [54;  68;  105;  102;  118;
132]kabi tadqiqotchilarning ishlarida nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida
gap tarkibidagi sо‘zlarni notо‘g‘ri qо‘llashda quyidagi holatlar kuzatiladi:
1)
kelishik, egalik qо‘shimchalarini otlar, olmoshlar, sifatlarda notо‘g‘ri
qо‘llash;
2)
kelishik  va  egalik  qо‘shimchalarini  sonlar  bilan notо‘g‘ri  qо‘llash
(kо‘ylak(ni) ikki(ta) tugmasi yо‘q);
3)
ot, fe’l va olmoshlarni notо‘g‘ri moslashtirish (bolalar chizdi(lar); Ular
kelyapti(lar);
4)
о‘tgan  zamondagi  fe’l  qо‘shimchalarini  notо‘g‘ri  qо‘llash  (daraxt
yiqil(gan)di);
5)
tushunchalarni notо‘g‘ri qо‘llash (stol tagida, uydan, stakandan).
Amaliy  grammatikani  egallash  jarayonida  bolalar  nutqida  turli-tuman
“okkazional” shakllar deb nomlanuvchi agrammatizmlar ham kuzatiladi. Bunda
bolalar nutqida ham umumiy, ham xususiy agrammatizmlar(okkazional shakllar)
ishlatiladi.  Umumiy  okkazionalizmlar   meyoriy  nutqiy  rivojlanish  kabi  nutq
rivojanishda kuzatiluvchi buzilishlar uchun ham xos xususiyatdir.
T.N.Ushakovaning  [112;  78-b.]  fikricha,  okkizionalizmlarning  asosiy
nutqiy mexanizmlaridan biri “gipper-generalizatsiya”dir. U chastotali shakllarni
ortiqcha umumlashtirish, produktiv anologik shakllar bо‘yicha shakl  о‘zgartirish
demakdir. Bu hol kо‘pincha, sо‘z о‘zgartirish jarayonida paydo bо‘luvchi asosiy
tendensiyalar:  turlanish  va  tuslanishdagi  sо‘z  о‘zgarishini  umumlashtirishda
Logotip
Nutqiy rivojlanishdagi turli nuqsonlarni о‘z vaqtida о‘rganishda erta tashxis qilish katta ahamiyatga egadir. Nutqiy nuqson qanchalik erta aniqlansa, tibbiy va pedagogik korreksiya ishlari о‘z vaqtida olib borilsa, albatta, bolaning maktabda tо‘liq ta’lim olish qobiliyatiga ijobiy ta’sir etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda grammatik operatsiyalar shakllanishining buzilishi nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida oxir-oqibat kо‘plab morfologik agrammatizmlarga olib keladi. Morfologik agrammatizmlarning asosiy mexanizmi shundan iboratki, ular morfemalarni ajratishdagi qiyinchilik va ikkilanishlar, morfemalar ma’nosini uning tovush obrazi bilan moslashtirishda yо‘l qо‘yilgan xatoliklar tarzida belgilanadi. N.S.Jukova, V.A.Kovshikov, L.F.Spirova, YE.F.Sobatovich, T.B.Filicheva, S.N.Shaxovskaya [54; 68; 105; 102; 118; 132]kabi tadqiqotchilarning ishlarida nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida gap tarkibidagi sо‘zlarni notо‘g‘ri qо‘llashda quyidagi holatlar kuzatiladi: 1) kelishik, egalik qо‘shimchalarini otlar, olmoshlar, sifatlarda notо‘g‘ri qо‘llash; 2) kelishik va egalik qо‘shimchalarini sonlar bilan notо‘g‘ri qо‘llash (kо‘ylak(ni) ikki(ta) tugmasi yо‘q); 3) ot, fe’l va olmoshlarni notо‘g‘ri moslashtirish (bolalar chizdi(lar); Ular kelyapti(lar); 4) о‘tgan zamondagi fe’l qо‘shimchalarini notо‘g‘ri qо‘llash (daraxt yiqil(gan)di); 5) tushunchalarni notо‘g‘ri qо‘llash (stol tagida, uydan, stakandan). Amaliy grammatikani egallash jarayonida bolalar nutqida turli-tuman “okkazional” shakllar deb nomlanuvchi agrammatizmlar ham kuzatiladi. Bunda bolalar nutqida ham umumiy, ham xususiy agrammatizmlar(okkazional shakllar) ishlatiladi. Umumiy okkazionalizmlar meyoriy nutqiy rivojlanish kabi nutq rivojanishda kuzatiluvchi buzilishlar uchun ham xos xususiyatdir. T.N.Ushakovaning [112; 78-b.] fikricha, okkizionalizmlarning asosiy nutqiy mexanizmlaridan biri “gipper-generalizatsiya”dir. U chastotali shakllarni ortiqcha umumlashtirish, produktiv anologik shakllar bо‘yicha shakl о‘zgartirish demakdir. Bu hol kо‘pincha, sо‘z о‘zgartirish jarayonida paydo bо‘luvchi asosiy tendensiyalar: turlanish va tuslanishdagi sо‘z о‘zgarishini umumlashtirishda