Obraz yaratish yo’llari va turlari

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

10

File size

Fayl hajmi

25,9 KB


Obraz yaratish yo’llari va turlari
Reja:
1. Obraz yaratish yo’llari: jamlash va prototip
2. Obrazlarning turlari
3. Hayot va obraz o’rtasidagi me’yor
4. Personaj. Qahramon
Adabiyotshunoslik ilmining kuzatishlariga ko’ra obraz yaratishning ikki yo’li
mavjud: 
1.  Jamlash  yo’li  bilan  obraz  yaratish.   Bu  haqda  N.G.Chernishevskiy
“San’atning voqyelikka estetik munosabatlari” asarida shunday yozadi: yozuvchi
“ko’pgina individual shaxslarni kuzatadi; bularning hyech qaysi tip bo’lib xizmat
qila olmaydi; lekin u har biridan umumiy tipik xususiyatlarini aniqlaydi; barcha
tasodifiy xislatlarni chiqarib tashlab har xil kishilarga xos bo’lgan xususiyatlarni
badiiy bir butunlikka birlashtirish yo’li bilan xarakter yaratadi.”1
Yozuvchi  hayotda  ko’rgan,  bilgan  kishilarining  xarakterli  xislatlarini  miya
sandig’iga joylab qo’yaveradi. Tug’ilgan g’oyaga muvofiq tasavvuri ishga tushadi-
hayotni bichib, to’qiydi. Tasavvur qalbini, ongini uyg’otadi va unda joylashgan
materiallardan, xislatlardan, detallardan keragini tanlab oladi va ularni faollik bilan
yakka shaxsda birlashtiradiki, undan tasvirlanishga mo’ljallangan obraz qismati
bilan reallashadi. Otabek va Kumush (“O’tgan kunlar”), Qobil bobo (“O’g’ri”),
Turobjon (“Anor”) kabi ko’plab obrazlar ana shu yo’nalishning mahsulidir.
1 Қаранг: Т.Бобоев. Адабиётшуносликка кириш. Т., “Ўқитувчи”, 1979, 52-53-бетлар 
Logotip
Obraz yaratish yo’llari va turlari Reja: 1. Obraz yaratish yo’llari: jamlash va prototip 2. Obrazlarning turlari 3. Hayot va obraz o’rtasidagi me’yor 4. Personaj. Qahramon Adabiyotshunoslik ilmining kuzatishlariga ko’ra obraz yaratishning ikki yo’li mavjud: 1. Jamlash yo’li bilan obraz yaratish. Bu haqda N.G.Chernishevskiy “San’atning voqyelikka estetik munosabatlari” asarida shunday yozadi: yozuvchi “ko’pgina individual shaxslarni kuzatadi; bularning hyech qaysi tip bo’lib xizmat qila olmaydi; lekin u har biridan umumiy tipik xususiyatlarini aniqlaydi; barcha tasodifiy xislatlarni chiqarib tashlab har xil kishilarga xos bo’lgan xususiyatlarni badiiy bir butunlikka birlashtirish yo’li bilan xarakter yaratadi.”1 Yozuvchi hayotda ko’rgan, bilgan kishilarining xarakterli xislatlarini miya sandig’iga joylab qo’yaveradi. Tug’ilgan g’oyaga muvofiq tasavvuri ishga tushadi- hayotni bichib, to’qiydi. Tasavvur qalbini, ongini uyg’otadi va unda joylashgan materiallardan, xislatlardan, detallardan keragini tanlab oladi va ularni faollik bilan yakka shaxsda birlashtiradiki, undan tasvirlanishga mo’ljallangan obraz qismati bilan reallashadi. Otabek va Kumush (“O’tgan kunlar”), Qobil bobo (“O’g’ri”), Turobjon (“Anor”) kabi ko’plab obrazlar ana shu yo’nalishning mahsulidir. 1 Қаранг: Т.Бобоев. Адабиётшуносликка кириш. Т., “Ўқитувчи”, 1979, 52-53-бетлар
2.  Prototip asosida badiiy obraz yaratish.  Prototip (yunoncha protos-ilk,
dastlabki; tupos-nuqta, nishona)-badiiy obraz uchun asos, nuqta bo’ladi. Hayotda
mavjud bo’lgan tarixiy yoki zamondosh shaxsga tayanib yozuvchi obraz yaratar
ekan,  albatta,  yuqorida  ta’kidlangan  obraz  yaratishning  barcha  unsurlaridan
foydalanadi. “Agar badiiy obrazni jonli organizm deb faraz qilinadigan bo’lsa-
prototip shu organizmning skeleti, badiiy to’qima-uning eti, estetik ideal esa qoni-
joni.  Tirik  organizmning  etini  skeletidan,  skeletini  qoni-jonidan  ajratib
bo’lmaganidek, badiiy obraz “organizmi”dagi prototip badiiy to’qimadan, badiiy
to’qimani estetik idealdan uzib olib bo’lmaydi. Ular bir-birlariga payvandlashib,
qo’shilib-chatishib ketadi” (T.Boboyev, 53-bet). “Zaynab va Omon”dagi Zaynab,
“O’tgan kunlar”dagi Musulmonqul cho’loq, “Navoiy” romanidagi Alisher Navoiy,
“Yulduzli tunlar”dagi Bobur kabi qator obrazlar ana shu yo’nalishning ixtirolaridir.
Jamlash va prototip asosida yaratilgan obrazlarning jamini adabiyotshunoslik
fani  shartli  ravishda  turlarga  bo’lib  o’rganadi.  “Odamlar  daryodek  gap:
hammasining suvi bir xil, hamma joyda o’sha suv, lekin daryo goh keng bo’ladi,
goh tor, goh tez oqadi, goh  sekin, suvi goh tiniq bo’ladi, goh loyqa, goh sovuq,
goh iliq bo’ladi. Odamlar ham shunday...” (L.Tolstoy). Shu sabab badiiy obrazlar
judayam rang-barang, turfa xildir.
Ijodiy metod taqozosiga  ko’ra obrazlar romantik va realistik bo’ladi. 
Romantik  obrazlarda yozuvchi  turmush  haqidagi  orzu  va  umidlarini
tasvirlaydi. Bunday obrazlar, garchi yozuvchi yashab turgan jamiyatda bo’lmasa-
da, yozuvchi orzu qilgan voqyelikning ifodasi hisoblanadi. Bunday obrazlar yuksak
ko’tarinki ruhda jismoniy jihatdan ham, ma’naviy jihatdan ham kuch - quvvatga,
mo’jizaga ega qilib tasvirlanishi mumkin. Jumladan, Alisher Navoiyning Farhodi,
Maksim Gorkiyning Yankosi, Aleksandir Dyumaning Dartanyani kabi obrazlarni
eslashning o’zi kifoya qiladi. 
Haqiqatdan ham, Farhod (“Farhod va Shirin”) yoshligidanoq jami hunar va
san’atlarning nozikligini qo’lga kiritadi, Ahraman devni yengadi, ko’zguda arman
qizi  Shirinni  ko’radi,  unga  ishq  qo’yadi,  qismati  sevgi  bo’ladi.  Bilgan  va
o’rganganlarining hammasini – Shirin visoliga, uning muhabbatiga yetishishga
sarflaydi. Shu yo’lda ojiz tog’qazarlarga yordam beradi, bir o’zi Xisrav qo’shiniga
bas keladi. Ishq yo’lida bir daqiqa ham orom olmaydi, boshqalar manfaatini o’z
Logotip
2. Prototip asosida badiiy obraz yaratish. Prototip (yunoncha protos-ilk, dastlabki; tupos-nuqta, nishona)-badiiy obraz uchun asos, nuqta bo’ladi. Hayotda mavjud bo’lgan tarixiy yoki zamondosh shaxsga tayanib yozuvchi obraz yaratar ekan, albatta, yuqorida ta’kidlangan obraz yaratishning barcha unsurlaridan foydalanadi. “Agar badiiy obrazni jonli organizm deb faraz qilinadigan bo’lsa- prototip shu organizmning skeleti, badiiy to’qima-uning eti, estetik ideal esa qoni- joni. Tirik organizmning etini skeletidan, skeletini qoni-jonidan ajratib bo’lmaganidek, badiiy obraz “organizmi”dagi prototip badiiy to’qimadan, badiiy to’qimani estetik idealdan uzib olib bo’lmaydi. Ular bir-birlariga payvandlashib, qo’shilib-chatishib ketadi” (T.Boboyev, 53-bet). “Zaynab va Omon”dagi Zaynab, “O’tgan kunlar”dagi Musulmonqul cho’loq, “Navoiy” romanidagi Alisher Navoiy, “Yulduzli tunlar”dagi Bobur kabi qator obrazlar ana shu yo’nalishning ixtirolaridir. Jamlash va prototip asosida yaratilgan obrazlarning jamini adabiyotshunoslik fani shartli ravishda turlarga bo’lib o’rganadi. “Odamlar daryodek gap: hammasining suvi bir xil, hamma joyda o’sha suv, lekin daryo goh keng bo’ladi, goh tor, goh tez oqadi, goh sekin, suvi goh tiniq bo’ladi, goh loyqa, goh sovuq, goh iliq bo’ladi. Odamlar ham shunday...” (L.Tolstoy). Shu sabab badiiy obrazlar judayam rang-barang, turfa xildir. Ijodiy metod taqozosiga ko’ra obrazlar romantik va realistik bo’ladi. Romantik obrazlarda yozuvchi turmush haqidagi orzu va umidlarini tasvirlaydi. Bunday obrazlar, garchi yozuvchi yashab turgan jamiyatda bo’lmasa- da, yozuvchi orzu qilgan voqyelikning ifodasi hisoblanadi. Bunday obrazlar yuksak ko’tarinki ruhda jismoniy jihatdan ham, ma’naviy jihatdan ham kuch - quvvatga, mo’jizaga ega qilib tasvirlanishi mumkin. Jumladan, Alisher Navoiyning Farhodi, Maksim Gorkiyning Yankosi, Aleksandir Dyumaning Dartanyani kabi obrazlarni eslashning o’zi kifoya qiladi. Haqiqatdan ham, Farhod (“Farhod va Shirin”) yoshligidanoq jami hunar va san’atlarning nozikligini qo’lga kiritadi, Ahraman devni yengadi, ko’zguda arman qizi Shirinni ko’radi, unga ishq qo’yadi, qismati sevgi bo’ladi. Bilgan va o’rganganlarining hammasini – Shirin visoliga, uning muhabbatiga yetishishga sarflaydi. Shu yo’lda ojiz tog’qazarlarga yordam beradi, bir o’zi Xisrav qo’shiniga bas keladi. Ishq yo’lida bir daqiqa ham orom olmaydi, boshqalar manfaatini o’z
manfaatidan ustun qo’yadi va shu buyuk xislati bilan insoniyatga doimo o’rnakdir.
Darvoqye, u “agar birovning oyog’iga kishi bilmas bir tikon kirgan bo’lsa, u bu
tikonni kiprigi bilan olib tashlashga tayyor” (A.Navoiy. “Farhod va Shirin”, T.,
1975, 159-bet) insondir. “Bir bechora zaif qiynalib bir oh cheksa, bu unga achinib
yuz ming oh tortuvchi”(159-bet) hamdarddir. U “o’z sevgisining otini tilga olib,
sevgilisining otini aytgan holda jon beradi”(214-bet)...
Xarakter xususiyatlari, faoliyati hayotdagi real odamlarga mos keladigan
tarzda  umumlashtirib  va  aniqlashtirib,  tipik  sharoitda  haqqoniylashtirib
yaratiladigan  obrazlarga  realistik obrazlar  deyiladi.  Bunday  obrazlarda ro’y  -
rostlik, chinlik yorqin ifodasini topadi. 
Otabek, O’zbekoyim, Zaynab, Kumush, Yusufbek xoji, Mirzakarim qutidor,
Oftoboyim...Jannat  kampir  (“O’tgan  kunlar”)-o’zbek  romanchiligida  yaratilgan
birinchi va hamon hayotiyliklari bilan  maftun etuvchi realistik obrazlardir.
Adabiy  tur  va  janrlar,  uslub  va  tasviriy  vositalarga  ko’ra obrazlar
quyidagicha bo’ladilar: 
1. Epik obrazlarda hayot voqea - hodisalari keng va atroflicha tasvirlanadi.
Voqeabandlik, ob’ektiv tasvir ustunlik qiladi. Epik turlarning hamma janrlarida
yaratilgan obrazlar – epiklik xislatlariga ega bo’ladi. Mirzo Ulug’bek, Qalandar,
Ali Qushchi (“Ulug’bek xazinasi”), Alpomish, Barchin (“Alpomish”), Qobil bobo
(“O’g’ri”), Sotiboldi (“Bemor”) kabilar shular jumlasidandir.  
2.  Lirik obrazda  voqyelik inson kechinmalari (tuyg’ulari, hislari, o’ylari)
orqali ifodasini topadi. Lirik turning janrlari (she’r, g’azal, qasida, ruboiy, qo’shiq,
ashula, yor-yor, alla va sh.k.)dagi lirik qahramon (oshiq, yor, raqib) obrazi – tipik
misoldir.        
         
3.  Dramatik  obrazda voqyelik  xarakat  orqali  sahnada  voqye  bo’ladi.
Tragediya, komediya, drama, libretto, miniatyura kabi janrlarda yaratilgan obrazlar
(Qo’chqor, Alomat, Olimjon, Qumri, Sharofat, Saltanat, Suvon-“Temir xotin”) –
dramatik obrazlar deb yuritiladi.
4.
 Hayoliy-fantastik  obrazlar 
–  haddan  tashqari  bo’rttirilgan,
ilohiylashtirilgan, mo’jizaviy xarakterga ega bo’lgan qiyofalardir. Xalq og’zaki
ijodi (doston, ertak) dagi uchar gilam, ur to’qmoq, dev, ajina, jin obrazlari va
fantastik janrdagi (Hojiakbar Islom Shayxning “Tutash olamlar” mistik-fantastik
Logotip
manfaatidan ustun qo’yadi va shu buyuk xislati bilan insoniyatga doimo o’rnakdir. Darvoqye, u “agar birovning oyog’iga kishi bilmas bir tikon kirgan bo’lsa, u bu tikonni kiprigi bilan olib tashlashga tayyor” (A.Navoiy. “Farhod va Shirin”, T., 1975, 159-bet) insondir. “Bir bechora zaif qiynalib bir oh cheksa, bu unga achinib yuz ming oh tortuvchi”(159-bet) hamdarddir. U “o’z sevgisining otini tilga olib, sevgilisining otini aytgan holda jon beradi”(214-bet)... Xarakter xususiyatlari, faoliyati hayotdagi real odamlarga mos keladigan tarzda umumlashtirib va aniqlashtirib, tipik sharoitda haqqoniylashtirib yaratiladigan obrazlarga realistik obrazlar deyiladi. Bunday obrazlarda ro’y - rostlik, chinlik yorqin ifodasini topadi. Otabek, O’zbekoyim, Zaynab, Kumush, Yusufbek xoji, Mirzakarim qutidor, Oftoboyim...Jannat kampir (“O’tgan kunlar”)-o’zbek romanchiligida yaratilgan birinchi va hamon hayotiyliklari bilan maftun etuvchi realistik obrazlardir. Adabiy tur va janrlar, uslub va tasviriy vositalarga ko’ra obrazlar quyidagicha bo’ladilar: 1. Epik obrazlarda hayot voqea - hodisalari keng va atroflicha tasvirlanadi. Voqeabandlik, ob’ektiv tasvir ustunlik qiladi. Epik turlarning hamma janrlarida yaratilgan obrazlar – epiklik xislatlariga ega bo’ladi. Mirzo Ulug’bek, Qalandar, Ali Qushchi (“Ulug’bek xazinasi”), Alpomish, Barchin (“Alpomish”), Qobil bobo (“O’g’ri”), Sotiboldi (“Bemor”) kabilar shular jumlasidandir. 2. Lirik obrazda voqyelik inson kechinmalari (tuyg’ulari, hislari, o’ylari) orqali ifodasini topadi. Lirik turning janrlari (she’r, g’azal, qasida, ruboiy, qo’shiq, ashula, yor-yor, alla va sh.k.)dagi lirik qahramon (oshiq, yor, raqib) obrazi – tipik misoldir. 3. Dramatik obrazda voqyelik xarakat orqali sahnada voqye bo’ladi. Tragediya, komediya, drama, libretto, miniatyura kabi janrlarda yaratilgan obrazlar (Qo’chqor, Alomat, Olimjon, Qumri, Sharofat, Saltanat, Suvon-“Temir xotin”) – dramatik obrazlar deb yuritiladi. 4. Hayoliy-fantastik obrazlar – haddan tashqari bo’rttirilgan, ilohiylashtirilgan, mo’jizaviy xarakterga ega bo’lgan qiyofalardir. Xalq og’zaki ijodi (doston, ertak) dagi uchar gilam, ur to’qmoq, dev, ajina, jin obrazlari va fantastik janrdagi (Hojiakbar Islom Shayxning “Tutash olamlar” mistik-fantastik
romanidagi) Nazira, Nargiza, Nafisa, G’avsul A’zam, hazrat Shayhontohur, Iblis
obrazlari – kishilarning tasavvurlarini kengaytiradigan, ruhiyat dunyo sirlari bilan
oshna etadigan timsollardir.  
5.  Afsonaviy  obrazlar –  butunlay  xayolning  mevasidir,  ular  bitmas  -
tuganmas  qudratga,  yuksak  fazilatlarga,  mo’jizaga  ega  bo’ladilar.  Alpomish
(“Alpomish”), Go’ro’g’li (“Chambil qamali”), Avazxon (“Malikai ayyor”), Ram
(“Ramayana”), Yudhishthira, Bhimasena, Arjuna (“Mohabhorat”) – ana shunday
qahramonlardir.
6.Mifologik obrazlar – afsona asosida yaratilgan asotiriy qahramonlar (Antey,
Prometey, Qayumars, Jamshid kabilar)dir. 
Mifologiyaga ko’ra, Gaya Martan (Kayumrs) yer yuzida paydo bo’lgan birinchi
odam bo’lib, Axura Mazda (Xurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan:
ho’kizdan  va odamdan tashkil  topgan  ekan. Insoniyatning  ashaddiy  dushmani
bo’lgan Axriman Kayumarsni o’ldiradi. Kayumars jasadining ho’kiz qismidan 55
xil don, 12 xil o’simlik, sigir va ho’kiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar
paydo bo’ladi; oda qismidan insonning erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga
keladi (Natan Mallayev. Њzbek adabiyoti tarixi, T., “O’qituvchi”, 1976, 45 - bet).   
7.  Ma’joziy  (simvolik)  obrazlar  –  predmetlar,  o’simliklar,  jonivorlar,
ranglar orqali ijtimoiy hodisalarni umumlashtirib ifodalash demakdir. Ma’joziy
obrazlarda ifodalangan tasvirdan bevosita insonlarning munosabatini, ruhiy olamini
anglaymiz. 
Sahroni yosh to’kib ko’l qilgan hutman, 
Bir lahza bexudman, bir lahza xudman.
Ollohim, rahm et, uvol ketmayin –
Yigirma uch yilda g’arq pishgan tutman.
(Nodir Jonuzoq, “Chilla” ) 
Keltirilgan  to’rtlikda  lirik  qahramon  (shoir)  o’zini  majozan  “hutga”  va
“G’arq pishgan tutga” o’xshatmoqda. “Hut” - shamsiya yil hisobidagi o’n ikkinchi
(21 fevraldan – 21 martgacha), yomg’ir mo’l yog’adigan oyning obrazi bo’lsa,
“g’arq pishgan tut” - yigirma uch yoshlik yetilgan yigitning ramzidir. Yigitlik
davrida goh yaxshi, goh yomon (goh o’ziga kelib, goh behush) umrguzaronlik qilar
ekan, u Allohdan rahmdillikni so’raydi, uvol ketmaslikni iltijo qiladi.   
Logotip
romanidagi) Nazira, Nargiza, Nafisa, G’avsul A’zam, hazrat Shayhontohur, Iblis obrazlari – kishilarning tasavvurlarini kengaytiradigan, ruhiyat dunyo sirlari bilan oshna etadigan timsollardir. 5. Afsonaviy obrazlar – butunlay xayolning mevasidir, ular bitmas - tuganmas qudratga, yuksak fazilatlarga, mo’jizaga ega bo’ladilar. Alpomish (“Alpomish”), Go’ro’g’li (“Chambil qamali”), Avazxon (“Malikai ayyor”), Ram (“Ramayana”), Yudhishthira, Bhimasena, Arjuna (“Mohabhorat”) – ana shunday qahramonlardir. 6.Mifologik obrazlar – afsona asosida yaratilgan asotiriy qahramonlar (Antey, Prometey, Qayumars, Jamshid kabilar)dir. Mifologiyaga ko’ra, Gaya Martan (Kayumrs) yer yuzida paydo bo’lgan birinchi odam bo’lib, Axura Mazda (Xurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: ho’kizdan va odamdan tashkil topgan ekan. Insoniyatning ashaddiy dushmani bo’lgan Axriman Kayumarsni o’ldiradi. Kayumars jasadining ho’kiz qismidan 55 xil don, 12 xil o’simlik, sigir va ho’kiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo bo’ladi; oda qismidan insonning erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga keladi (Natan Mallayev. Њzbek adabiyoti tarixi, T., “O’qituvchi”, 1976, 45 - bet). 7. Ma’joziy (simvolik) obrazlar – predmetlar, o’simliklar, jonivorlar, ranglar orqali ijtimoiy hodisalarni umumlashtirib ifodalash demakdir. Ma’joziy obrazlarda ifodalangan tasvirdan bevosita insonlarning munosabatini, ruhiy olamini anglaymiz. Sahroni yosh to’kib ko’l qilgan hutman, Bir lahza bexudman, bir lahza xudman. Ollohim, rahm et, uvol ketmayin – Yigirma uch yilda g’arq pishgan tutman. (Nodir Jonuzoq, “Chilla” ) Keltirilgan to’rtlikda lirik qahramon (shoir) o’zini majozan “hutga” va “G’arq pishgan tutga” o’xshatmoqda. “Hut” - shamsiya yil hisobidagi o’n ikkinchi (21 fevraldan – 21 martgacha), yomg’ir mo’l yog’adigan oyning obrazi bo’lsa, “g’arq pishgan tut” - yigirma uch yoshlik yetilgan yigitning ramzidir. Yigitlik davrida goh yaxshi, goh yomon (goh o’ziga kelib, goh behush) umrguzaronlik qilar ekan, u Allohdan rahmdillikni so’raydi, uvol ketmaslikni iltijo qiladi.
8. Kinoyaviy (allegorik) obrazlar – hayvonlar, hashoratlar – turli jonivorlar
insoniylashtiriladi, ayrim odamlarning fe’l-atvoridagi kamchilik, illatlar achchiq
kulgu, yengil hazil bilan fosh qilinadi. O’git va nasihatlar beriladi. “Zarbulmasal”
(Gulxaniy)dagi  Toshbaqa,  Chayon,  Maymun,  Tuya,  Bo’taloq  kabilar  allegorik
obrazlarning yorqin misoli bo’la oladi. 
Ushbu poetik asardagi sichqonlar (O’tkir Rashid – “Qo’ng’iroq”) ham –
kinoyaviy obrazlarning barcha xususiyatlarini o’zida jamg’aradi:
 
Qo’ng’iroq ovozidan bilib olamiz,
Mushukvoy kelguncha qochib qolamiz.
Bu tadbirni ma’qullab,  chalishdi chapak,
Pastdan bir ovoz chiqdi.. – To’xtanglar andak.
Qani ayting! Bu ishni kim qila oladi?
Mushukka qo’ng’iroqni xo’sh, kim iladi?
Rais dedi: - bu to’g’ri, kim iladi, kim?
Biror ovoz chiqmadi suv sepganday jim.
Taklif qilgan “sher” dedi: - Tag’in bilmayman,
Bu taklif, shaxsan men o’zim ilmayman.
                       
Shundaylar bor maslahat berishga usta,
Amaliy ish kelsa, “yuragi xasta”.  
9.  Satirik  obrazlarda  hayotdagi  qusurlar  ustidan  zaharxanda  kulgu,
sarkazm, masxaralash usuli yetakchilik qiladi. Qahramonlardagi tashqi jihatdan
ko’zga ko’rinmaydigan, lekin ichki jihatdan bijg’igan, yaramas,  arzimas odatlar
fosh etiladi. Kulgu qanchalik fosh etsa, uning mohiyati shunchalik ochiladi – qusur
va  yaramasliklar  o’limga  mahkum  etiladi.  Mulla  Dilkash  (“Hiylai  sha’riy”-
G’.G’ulom),  Kalvak  mahzum  (“Kalvak  mahzumning  xotira  daftaridan”-
A.Qodiriy),  Qori  Ishkanba  (“Sudxo’rning  o’limi”-S.Ayniy)  kabi  obrazlar
faoliyatini  achchiq kulgu ila fosh etish yo’li bilan yozuvchilar inkor  etadilar.
Logotip
8. Kinoyaviy (allegorik) obrazlar – hayvonlar, hashoratlar – turli jonivorlar insoniylashtiriladi, ayrim odamlarning fe’l-atvoridagi kamchilik, illatlar achchiq kulgu, yengil hazil bilan fosh qilinadi. O’git va nasihatlar beriladi. “Zarbulmasal” (Gulxaniy)dagi Toshbaqa, Chayon, Maymun, Tuya, Bo’taloq kabilar allegorik obrazlarning yorqin misoli bo’la oladi. Ushbu poetik asardagi sichqonlar (O’tkir Rashid – “Qo’ng’iroq”) ham – kinoyaviy obrazlarning barcha xususiyatlarini o’zida jamg’aradi: Qo’ng’iroq ovozidan bilib olamiz, Mushukvoy kelguncha qochib qolamiz. Bu tadbirni ma’qullab, chalishdi chapak, Pastdan bir ovoz chiqdi.. – To’xtanglar andak. Qani ayting! Bu ishni kim qila oladi? Mushukka qo’ng’iroqni xo’sh, kim iladi? Rais dedi: - bu to’g’ri, kim iladi, kim? Biror ovoz chiqmadi suv sepganday jim. Taklif qilgan “sher” dedi: - Tag’in bilmayman, Bu taklif, shaxsan men o’zim ilmayman.    Shundaylar bor maslahat berishga usta, Amaliy ish kelsa, “yuragi xasta”. 9. Satirik obrazlarda hayotdagi qusurlar ustidan zaharxanda kulgu, sarkazm, masxaralash usuli yetakchilik qiladi. Qahramonlardagi tashqi jihatdan ko’zga ko’rinmaydigan, lekin ichki jihatdan bijg’igan, yaramas, arzimas odatlar fosh etiladi. Kulgu qanchalik fosh etsa, uning mohiyati shunchalik ochiladi – qusur va yaramasliklar o’limga mahkum etiladi. Mulla Dilkash (“Hiylai sha’riy”- G’.G’ulom), Kalvak mahzum (“Kalvak mahzumning xotira daftaridan”- A.Qodiriy), Qori Ishkanba (“Sudxo’rning o’limi”-S.Ayniy) kabi obrazlar faoliyatini achchiq kulgu ila fosh etish yo’li bilan yozuvchilar inkor etadilar.
“Malaydursan... ”da yaratilgan ig’vogarlarning satirik obraziga (O’zAS, 27 noyabr,
1998) diqqat qilaylik:
Alayhil-la’na iblisga sadoqatli malaydursan,
Qayon yaxshi odam borki, go’riga g’isht qalaydursan.
Odamsan, zohiran, lek benasibsan odamiylikdan,
Ya’nikim, shunchaki maxluq erursan, o’rmalaydursan...
 
10.  Yumoristik  obrazlarda hayotdagi  ayrim  nuqsonlar  yengil,  quvnoq
kulgu ostiga olinadi va ularni tuzatishga chorlaydi. Mullado’st (“Maysaraning
ishi”-H.H.Niyoziy), Hamrobuvi, Xolnisa (“Shohi so’zana”- A.Qahhor), Toshbolta
(“Toshbolta oshiq”-H.G’ulom) kabilar yumoristik obrazlarning jonli namunalaridir.
Asqad  Muxtorning  “Afsona”  she’ri  (yuqorida  keltirgan  edik)ni  qayta  bir
o’qisangiz, yumoristik obrazlarga xos yoqimli kulguni jonli shohidi bo’lasiz. 
Asar  qurilishida  tutgan  o’rniga  qarab obrazlar  quyidagicha  turlarga
bo’linadi:
1. Asar voqealarining markazida turib, asar syujetini harakatga keltiradigan
va oxirigacha rivojlantiradigan, asar bosh g’oyasini o’zida tashiydigan shaxslar –
Bosh obraz yoki Bosh qahramon deb yuritiladi.
Jumladan, XX asr boshida o’zbek xalqi o’zini qanday taniganini ko’rsatish
“Qutlug’ qon” (Oybek)ning bosh g’oyasidir. Ana shu g’oyani o’zida tashigani va
asarning  boshidan  oxirigacha  ishtirok  etgani  uchun  Yo’lchi  romanning  bosh
qahramoni sanaladi. Xuddi shuningdek, Otabek “O’tgan kunlar” (A.Qodiriy)ning,
Po’lat “Qudratli to’lqin” (Sh.Rashidov)ning, Avaz “Qora ko’zlar” (P.Qodirov)ning,
Ahmadjon “Davr mening taqdirimda” (A.Muxtor)ning bosh obrazidir. 
2. Badiiy asarda ma’lum bir g’oyani (asardagi bosh g’oyaning kichik bir
bo’lagini)  ifodalovchi,  syujet  davomida  bir,  ikki   ko’zga  ko’ringan  obrazlar
epizodik yoki yordamchi obrazlar deyiladi.   
Jumladan, “O’tgan kunlar” romanidagi Qovoq devona, Usta Farfi, Rahmat,
Ahmadxon, Komilbek kabilar – epizodik obrazlardir. 
Logotip
“Malaydursan... ”da yaratilgan ig’vogarlarning satirik obraziga (O’zAS, 27 noyabr, 1998) diqqat qilaylik: Alayhil-la’na iblisga sadoqatli malaydursan, Qayon yaxshi odam borki, go’riga g’isht qalaydursan. Odamsan, zohiran, lek benasibsan odamiylikdan, Ya’nikim, shunchaki maxluq erursan, o’rmalaydursan... 10. Yumoristik obrazlarda hayotdagi ayrim nuqsonlar yengil, quvnoq kulgu ostiga olinadi va ularni tuzatishga chorlaydi. Mullado’st (“Maysaraning ishi”-H.H.Niyoziy), Hamrobuvi, Xolnisa (“Shohi so’zana”- A.Qahhor), Toshbolta (“Toshbolta oshiq”-H.G’ulom) kabilar yumoristik obrazlarning jonli namunalaridir. Asqad Muxtorning “Afsona” she’ri (yuqorida keltirgan edik)ni qayta bir o’qisangiz, yumoristik obrazlarga xos yoqimli kulguni jonli shohidi bo’lasiz. Asar qurilishida tutgan o’rniga qarab obrazlar quyidagicha turlarga bo’linadi: 1. Asar voqealarining markazida turib, asar syujetini harakatga keltiradigan va oxirigacha rivojlantiradigan, asar bosh g’oyasini o’zida tashiydigan shaxslar – Bosh obraz yoki Bosh qahramon deb yuritiladi. Jumladan, XX asr boshida o’zbek xalqi o’zini qanday taniganini ko’rsatish “Qutlug’ qon” (Oybek)ning bosh g’oyasidir. Ana shu g’oyani o’zida tashigani va asarning boshidan oxirigacha ishtirok etgani uchun Yo’lchi romanning bosh qahramoni sanaladi. Xuddi shuningdek, Otabek “O’tgan kunlar” (A.Qodiriy)ning, Po’lat “Qudratli to’lqin” (Sh.Rashidov)ning, Avaz “Qora ko’zlar” (P.Qodirov)ning, Ahmadjon “Davr mening taqdirimda” (A.Muxtor)ning bosh obrazidir. 2. Badiiy asarda ma’lum bir g’oyani (asardagi bosh g’oyaning kichik bir bo’lagini) ifodalovchi, syujet davomida bir, ikki ko’zga ko’ringan obrazlar epizodik yoki yordamchi obrazlar deyiladi. Jumladan, “O’tgan kunlar” romanidagi Qovoq devona, Usta Farfi, Rahmat, Ahmadxon, Komilbek kabilar – epizodik obrazlardir.
Usta Farfi romanda bir epizodda ko’rinadi va Otabek bilan usta Alimni
“Komilbekni  qotili  Hamid”  ekanligiga  ishontirish,  Kumushning  xaridori,  uni
o’ziniki qilishga harakati borligini bildirish uchun, “bu bir it, tomdagi luqmani o’zi
ham  yemaydi,  boshqaga  ham  yedirmaydir,  nah itning  o’zi!”  -  deya Hamidni
xarakterlash  uchun,  Otabek  hayotidagi  fojealarning  manbaini,  Hamidning
yordamchisi Sodiq usta Alimga qo’shni ekanini ta’kidlash uchun kiritiladi. Bu
vazifani  o’tab  bo’lgach,  romanning  keyingi  voqealari  tasvirida  ko’rinmaydi.
Shunga asosan u-yordamchi obrazdir. 
Adabiyot  hayotni  ikki  xil  yo’l  bilan  tadqiq  etadi:  biri-tasdiqlash,
ikkinchisi-inkor etish. Shunga ko’ra obrazlar quyidagicha turlarga bo’linadi:
1. Xatti-harakati, xarakter xususiyati bilan asosan ijobiy xislatlarni o’zida
tashisa va kitobxon uchun o’rnak bo’la olsa, jamiyatni ezgulik va komillikka
yetaklay  bilsa,  u  –  ijobiy  obrazdir.  Bu  xususiyatlarga  ega  bo’lgan  Otabek,
Yo’lchi, Bobur, Po’lat, Ahmadjonlar – ijobiy obrazlar sanaladi. 
2. Xatti-harakati, xarakter xususiyati bilan, asosan salbiy xislatlarni o’zida
tashisa, kitobxonni o’ziga nisbatan nafratini uyg’otsa, jamiyatni tanazzulga tortsa,
u-  salbiy obrazdir. Hamid,  Musulmonqul  cho’loq (“O’tgan kunlar”), Ahmad
Tanbal (“Yulduzli tunlar”), Inoyat oqsoqol (“Ufq”) kabilar bu xil obrazlarning tipik
vakilidir. 
Adabiyot tarix va zamona materialiga murojat qilishiga ko’ra quyidagi
obrazlarni vujudga keltiradi: 
1. Yozuvchi “tarix orqali zamonaning ichiga kirsa” (A.Tolstoy), tarixda
bo’lib o’tgan voqyelikni obrazlarda gavdalantirsa, ular tarixiy shaxslar obrazi deb
yuritiladi.  Hamid  Olimjoninng  “Zaynab  va  Omon”idagi  Zaynab,  Oybekning
“Navoiy” romanidagi Navoiy, P.Qodirovning “Avlodlar dovoni”dagi Akbar real
tarixiy shaxslar obrazidir.  
2. Yozuvchi bugungi jamiyatning taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan yangi
g’oyalarni  ifoda  etsa,  bu  g’oyalarni  zamondosh,  “tanish  bo’lgan  notanish”
xarakterlarda gavdalantirsa, bu  zamonaviy obraz yoki  zamondosh obrazi deb
yuritiladi. Mustaqillik mafkurasini qalbiga ko’chirgan, Istiqlol mohiyatini o’zida
jam  qilgan, el-yurt ravnaqi uchun kuyib, yonib yashayotgan, O’zbekistonining
Logotip
Usta Farfi romanda bir epizodda ko’rinadi va Otabek bilan usta Alimni “Komilbekni qotili Hamid” ekanligiga ishontirish, Kumushning xaridori, uni o’ziniki qilishga harakati borligini bildirish uchun, “bu bir it, tomdagi luqmani o’zi ham yemaydi, boshqaga ham yedirmaydir, nah itning o’zi!” - deya Hamidni xarakterlash uchun, Otabek hayotidagi fojealarning manbaini, Hamidning yordamchisi Sodiq usta Alimga qo’shni ekanini ta’kidlash uchun kiritiladi. Bu vazifani o’tab bo’lgach, romanning keyingi voqealari tasvirida ko’rinmaydi. Shunga asosan u-yordamchi obrazdir. Adabiyot hayotni ikki xil yo’l bilan tadqiq etadi: biri-tasdiqlash, ikkinchisi-inkor etish. Shunga ko’ra obrazlar quyidagicha turlarga bo’linadi: 1. Xatti-harakati, xarakter xususiyati bilan asosan ijobiy xislatlarni o’zida tashisa va kitobxon uchun o’rnak bo’la olsa, jamiyatni ezgulik va komillikka yetaklay bilsa, u – ijobiy obrazdir. Bu xususiyatlarga ega bo’lgan Otabek, Yo’lchi, Bobur, Po’lat, Ahmadjonlar – ijobiy obrazlar sanaladi. 2. Xatti-harakati, xarakter xususiyati bilan, asosan salbiy xislatlarni o’zida tashisa, kitobxonni o’ziga nisbatan nafratini uyg’otsa, jamiyatni tanazzulga tortsa, u- salbiy obrazdir. Hamid, Musulmonqul cho’loq (“O’tgan kunlar”), Ahmad Tanbal (“Yulduzli tunlar”), Inoyat oqsoqol (“Ufq”) kabilar bu xil obrazlarning tipik vakilidir. Adabiyot tarix va zamona materialiga murojat qilishiga ko’ra quyidagi obrazlarni vujudga keltiradi: 1. Yozuvchi “tarix orqali zamonaning ichiga kirsa” (A.Tolstoy), tarixda bo’lib o’tgan voqyelikni obrazlarda gavdalantirsa, ular tarixiy shaxslar obrazi deb yuritiladi. Hamid Olimjoninng “Zaynab va Omon”idagi Zaynab, Oybekning “Navoiy” romanidagi Navoiy, P.Qodirovning “Avlodlar dovoni”dagi Akbar real tarixiy shaxslar obrazidir. 2. Yozuvchi bugungi jamiyatning taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan yangi g’oyalarni ifoda etsa, bu g’oyalarni zamondosh, “tanish bo’lgan notanish” xarakterlarda gavdalantirsa, bu zamonaviy obraz yoki zamondosh obrazi deb yuritiladi. Mustaqillik mafkurasini qalbiga ko’chirgan, Istiqlol mohiyatini o’zida jam qilgan, el-yurt ravnaqi uchun kuyib, yonib yashayotgan, O’zbekistonining