ODAM EVOLYUTSIYASI
REJA:
1. Inson paydo bo‘lishi haqidagi nazariyalar.
2. Eng qadimgi odamlar yashagan hududlar.
3. Hozirgi qiyofadagi odamning shakllanishi.
1
TAYANCH SO‘ZLAR
Antropologiya, antropogenez, paleoantropologiya, avstrolopitek, neandertal,
sinantrop, fergantrop, homo hobilis, homo sapiens, Pitekantropus erektus,
kromanion, Charlz Darvin,
Odamning kelib chiqishi va rivojlanishi masalasi bilan antropologiya fani
shug’ullanadi. Antropologiya uch asosiy bo’limga bo’lib o’rganiladi: 1)
morfologiya; 2) antropogeniya yoki antropogenez; 3) irqshunoslik yoki
etnikantropologiya. Morfologiya odamning jismoniy tuzilishidagi belgilarning yosh,
jins, kasb va tashqi sharoitga qarab o’zgarishini o’rganadi; antropogeniya
(antropogenez) odam jismoniy qiyofasining shakllanishi, mehnat faoliyati, tili,
shuningdek jamiyatning dastlabki rivojlanishi jarayonini o’rganadi; irqshunoslik
irqlarning sinfiy tasnifi, irqlarning geografik jihatdan tarqalganligi, irqlarning
shakllanish tarixi bilan shug’ullanadi.
Paleoantropologiya qadimgi odam qoldiqlarini o’rganib, muayyan davrdagi
odam-larning faziologik tiplari haqida tasavvur hosil qilishda, mazkur fiziologik
tiplarning o’rgarishida turli ijtimoiy va tabiiy sharoitlarning ta’siri masalalariga
oydinlik kiritadi. Umuman olganda, bugungi kunda olimlar odamning paydo
bo’lishini ilk paleolit davridan boshlab, so’nggi paleolitga kelib odamning
antropologik va tarixiy rivojlanishi nihoyasiga yetib, zamonaviy qiyofadagi
odamning (Homo Sapiens) qaror topishi bilan tugagan. Odamning paydo bo’lishi
tarixiga qiziqish qadimdan, antik davrdan boshlanganligini ko’rish mumkin.
Aristotel mazkur masalani yechishga harakat qilgan olimlardan biridir. Aynan
“antropologiya” atamasini ham Aristotel ilk marta odamning kelib chiqishini
o’rganuvchi fanga nisbatan ishlatgan.
2
XVIII asrdan boshlab odamning kelib chiqishi masalalarga qiziqish orta
borgan. Fransuz tabiatshunos olimi Jorj Lui Leklerk Byuffon (1707-1788) inson bilan
hayvonot olami o’rtasida qandaydir o’tib bo’lmas to’siq borligini taxmin
qilgan.1735 yilda shved tabiatshunos olimi Karl Linney (1707-1778) o’simlik va
hayvonot olamini sistemasini tuzgan va insonni “Birinchi qator” ga qo’ygan. 1758
yilda u o’z sistemasiga o’zgartirish qilib, unga primatlar guruhini – Ordo primates
(ya‘ni birinchi yoki boshlang’ich ma‘nosida) kiritib, ularni to’rt qismga bo’ladi: 1)
Homo – odam; 2) Simia – maymun; 3) Lemur – lemur (primatlar guruhiga kirivchi
chala maymunlar oilasi); 4) Vespurtilio – ko’rshapalak. Homo guruhini u yana ikki
guruhga bo’ladi: 1) sapiens – “kunduzgi odam” o’zining “joyiga nisbatan”
madaniyati bilan ajralib turgan. 2) Troglodytes (troglodit) – “kechki odam”, “o’rmon
odami”, “Orangutan”.
Shu tariqa ilk marta hayvonot olamida odam o’ziga xos o’ringa ega bo’lib,
“Homo sapiens” (aql-idrokli odam) atamasi paydo bo’lib, bugungi kunda ham fanda
ilmiy termin sifatida ishlatib kelinmoqda.
3
Karl Linneydanda aniq isbotni fransuz olimi Jan Batist Lamark (1744-1829)
bergan. Uning fikriga ko’ra, o’ta rivojlangan maymunning bir turi o’sha davrda
qandaydir tabiiy ta‘sir ostida daraxtda yashash qobiliyatini yo’qotib, ikki oyoqda tik
yura boshlagan. Ular o’zlari uchun yemish izlab tanlagan holda oziqlanishgan. Biroq
uning bu fikri o’sha davrda o’z tasdig’ini topmaydi.
4
Evolyutsion nazariyaning tan olinishi Charlz Darvin (1809-1882) nomi bilan
bog’liqdir. 1859 yilda Darvin o’zining “Tabiiy tanlanish yo’li bilan turlarning kelib
chiqishi” asarida antropogenez jarayoni haqida fikr yuritadi. 1871 yilda“Odamning
paydo bo’lishi va jinsiy tanlanish” asarida esa, yanada aniq dalillar bilan vaqt,
davrlar o’tishi bilan bosqichma-bosqich odam bugungi ko’rinishga kelganligini
ta‘kidlaydi. Uning fikriga ko’ra, Afrika ilk odamzod paydo bo’lgan hudud
hisoblanadi.
Umuman olganda Ch.Darvin ilgari surgan g’oya bugungi kunda ham o’z
ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
Antropologik topilmalar XIX asrning 40-yillaridan topila boshlangan. 1848
yildaIspaniyaning Gibraltar qoyasidan ishchilar odam bosh chanog’ini topib
oladilar. Biroq bu topilma haqidagi ilk ma‘lumot 1864 yilga kelibgina G.Besk
tomonidan matbuotda e‘lon qilinadi.
5
1856 yilda Germaniyaning Dyusseldorf hududiga yaqin Neander vodiysidagi
(Neandertal) g’ordan Gibraltardan topilgan suyakka o’xshash bosh chanog’i topiladi
va tezda butun jahonga ma‘lum bo’ladi. Uni paleontolog Fulrod o’rganadi.
1868 yilda Fransiyaning Kro-Manon g’oridan so’nggi paleolitga mansub
odam suyagi qoldiqlari topiladi (yevropeoid irqiga mansub xususiyatlar mavjud).
Golland vrachi va anatomi Ernest Dyubua1890-1892 yillardaYava orolida
antropoid va neandertallar oralig’ida mavjud bo’lgan odam turiga mansub suyak
qoldiqlarini topadi. Skeletini top’liq topib, qayta tiklashga muyassar bo’lgan olim
uni tik ikki oyoqda yurgan eng qadimgi odam ekanligini ta‘kidlaydi va uni
“Pitekantropus erektus” – “Tik yuruvchi maymunsimon odam” deb ataydi.
1901 yilda Italiyaning Grimaldi g’oridan odam suyagi qoldig’i topiladi
(negroid irqiga mansub xususiyatlar mavjud).
Keyingi tadqiqotlar jarayonida pitekantropga tegishli suyak qoldiqlari ko’plab
topila boshlandi.
1907 yilda Germaniyaning Mauer qishlog’ida, Geydelbergdan 10 km janubda
ishchilar qazilma odam suyagi qoldiqlarini topib olishadi. U fanda geydelberg odami
nomi bilan mash’hur. Olimlar uni pitekantrop va neandertal turlari oralig’idagi tipiga
mansub odam, deb hisoblaydilar.
1927 yilda Pekin shahri yaqinidagi Chjoukoutyan degan joydan sinantrop
suyagi qoldiqlari topiladi. Bu manzilgoh kanadalik olim D.Blek tomonidan
o’rganilgan. 25-30 m qalinlikdagi madaniy qatlamga ega yodgorlikda arxantroplar
bo’lib, ular pitekantroplarga nisbatan ancha rivojlangan, bir necha mingyillar
davomida shu yerda yashashgan va buni ular yasagan ov va mehnat qurollari,
ulardagi o’zgaruvchanlik hamda bir necha o’n metrlik kul qatlami ham buni
tasdiqlaydi (mongoloid irqiga xos xususiyatlar mavjud).
6
1935 yilda Angliyaning Svanskomb degan joyidan (Kent) Mareton ayol
jinsiga mansub odam suyagi qoldiqlarini topadi. Mazkur topilmani maxsus
o’rganish uchun Qirollik qo’mitasida Antropologiya instituti tashkil etiladi. Olimlar
ushbu topilmani Homo sapiensga yaqin odam tipii ekanligini tasdiqlaydilar.
1938 yilda O’zbekistonda Teshiktosh g’ori arxeolog A.P. Okladnikov
tomonidan tadqiq etilib, neantertal tipiga mansub odam suyagi qoldiqlarini topadi.
Uni qiyofasini antropolog olim M.M. Gerasimov tiklagan.
1954-1955 yillarda fransuz olimlari K.Arambur va R.XofshtetterTernifin
(Jazoir) dagi qazuv ishlari jarayonida sinantropga yaqin odam suyagi qoldiqlari
topiladi. Bu topilma atlantrop (Afrikaning shimoli-g’arbidagi Atlas tog’i nomidan)
deb nomlanadi. Suyak qoldiqlari bilan birga shell va ilk ashel davriga oid tosh
qurollari ham topiladi.
1960 yildan ingliz antropologi Luis Liki Tanganikadagi (Sharqiy Afrika)
Olduvay g’orida shell davriga oid tosh qurollarni topish bilan birga odam suyagi
qoldiqlarini ham topadi. Olim uni pitekantropning zamondoshi sifatida ko’rib,
“zinjantrop” (avstralopitek – janub odami) deb ataydi. Homo habilis deb atalgan bu
odam tipi bundan 2,5-3 mln. yil avval yashagan.
7
1963 yilda Xitoy olimi Vu Xuanxe daryosi o’rta oqimida Lyandyan manzilidan
qadimgi odam qoldig’ini topadi. Uning sinantropga nisbatan ancha qadimiy
bo’lganligi aniqlandi. Fanda u «Lyandyan arxantropi» deb nom oldi.
1963 yildaToshkent viloyati Ohangoron tumanida Mingbuloqdan hozirgi
kunimizdan 400-500 ming yillar muqaddam yashagan sinantrop turiga oid qazilma
odam qoldiqlari topilgan.
Shunday qilib, antropologik topilmalarni izlash va ularni o’rganish bugungi
kungacha ham davom etib kelmoqda. 2000-2004 yillar davomida Qashqadaryo
vohasi Kitob tumani tog’li hududlarida olib borilgan tadqiqot ishlari jarayonida
(o’zbek-amerika qo’shma ekspeditsiyasi) Oyoqchisoy vodiysida Angilak g’ori tadqiq
etilib neandertal tipiga mansub odamning oyoq suyagi topildi. Bu viloyatimiz
tarixidagi eng diqqatga sazovor topilma bo’ldi.
Demak,
1. Odamzod tabiatning ajralmas bir bo’lagi sifatida Yer tarixining ma’lum bir
bosqichida hayvonot olamidan ajralib chiqdi. U jonivor fanda eng oliy tipdagi
«odamsimon maymun» deb atalmoqda.
2. Ajdodlarimizning hayvonot olamidan odamzod dunyosiga qo’ygan birinchi
qadami avstralipiteklar davrida sodir bo’ldi.
3. Odamzodning ilk ajdodlari zinjantrop va pitekantroplar toshni toshga urib
mehnat qila boshlaydilar. Mehnat odamzodni hayvonot olamidan ajratdi.
4. Odamzod o’zining ajdodi – sinantroplar davrida olovni kashf etdi va shu
tufayli ajdodlarimiz go’shtni olovda chala pishirgan holda iste’mol qila boshladilar.
Pishirilgan go’shtni iste’mol qilish natijasida ularning fikrlashida o’zgarish yuz berdi
va odamning biologik, jismoniy tuzilishida hozirgi zamon odami tomon ijobiy
o’zgarishlar sodir bo’la boshladi.
Kramonion odami zamonasiga kelib ilk ajdodlarimizning biologik, jismoniy
tuzilishi hozirgi zamon odamidan farq qilmaydigan holatga kirdi. Kramonionlar davri
urug’chilik jamoasining boshlanishi birinchi jamoachilik kurtagining tugilishidir. Bu
o’zgarishlarning barchasiga inson o’z mehnati tufayli erishdi.
8
Yuqorida ko’rdikki, tabiiy tanlanish va jinsiy saralanish, shuningdek birinchi
navbatda mehnat jarayonida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida neandertal
qiyofadagi odamlar hozirgi qiyofadagi kishilarga aylana bordilar. Ular ham aqliy,
ham jismoniy jihatdan kamol topib, uzoq vaqt davom etgan rivojlanish jarayonida
hozirgi qiyofadagi kishilarni shakllantirdi va shu bilan antropogenez jarayoni
nihoyasiga etdi. Huddi shu davrda evropoid, negroid va mo’g’ul deb nomlangan
dastlabki irqlar vujudga keldi. Insoniyat o’zining hozirgi qiyofasiga yetib kelguncha
2-3 million yillik katta tarixiy davrni bosib o’tdi. Bu kishilar fanda «homo sapines» -
«aql-idrokli odamlar», deb ataladi.
Paleolit – odamning shakllanish davri hisoblanadi. Bu davrda odamlar
ibtidoiy gala davridan urug’chilik tuzumiga o’tishgan. Odamlar o’zlari uchun tosh,
suyak va yog’ochdan ov hamda mehnat qurollari yasay boshlashgan. Bir toshga
ishlov berish uchun odam ikkinchi toshni, suyak yoki yog’ochni ishga solgan. Tosh
qurollariga ishlov berish texnologiyasiga qarab ularni quyidagi bosqichlarga bo’lish
mumkin:
Insonning rivojlanish jarayonida ongning taraqqiy etishi asosiy hal qiluvchi
omillardan biridir. Mustye davrida yashagan va antropogenez jarayonida 2 chi
asosiy hal qiluvchi bosqich hisoblangan – neandertallar dunyoni bilish, tabiat
9
to’g’risida, undagi o’zgarishlar va real voqealarcha munosabat borasida ma’lum
fikrga kela boshladi. O’z faoliyati davomida bilimga ega bo’lish va fikrlash
ko’nikmalarini sekin-asta egallanishi odamni (insonni) rivojlantiradi. Natijada
tabiatdagi voqealarning sehrli tuyulishi ta’sirida dastlabki diniy tasavvurlar paydo
bo’ladi. Ya’ni hayratlanish, o’zgarishlarni sehr sifatida idrok etilishi murdalarni
ko’mish – chuqur kovlash, murda yoniga uning qurollarini quyilishi va hakozolar
«narigi dunyo» yoki ruh haqidagi tushunchalarni paydo bo’lganligidan dalolat
beradi.
Mustye davrida tabiatning keskin o’zgarishi odamlar faoliyatida, hayotida
katta muammolarni keltirib chiqardi. Avvalgi issiq iqlim o’rniga muz sovug’i -
havoning keskin o’zgarishi yashash zaruratini qiyinlashtirdi. Ko’plab odamlar
sovuqdan qirilib ketadi. Tabiat bilan kurashib, mol terilaridan kiyimlar tikib, ochiq
manzilgohlardan baland g’orlarga joylashgan odamlar jon saqlab yangi sharoitga
ko’nika boshlagan1.
G’orlarga joylashgan odamlarni uzoq vaqt kollektiv mehnat faoliyati bog’lab
kelgan. Ularning asosiy xo’jalik mashg’uloti – ovchilik bo’lib, u ehtiyojni
qondirishdagi asosiga aylandi. Odamlarning birgalikda yashashi va uning
zaruriyatga aylanishi («kollektivda» yoki g’or ichida) ichki maishiy munosabatlarni
shakllanishiga olib keladi.
Mustye bosqichi ibtidoiy jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanishida
katta ahamiyat kasb etadi. Chunki bu davrda o’zining ishlab chiqarish
funktsiyalariga ko’ra turli tuman bo’lgan tosh qurollar paydo bo’ladi. Hozirgi kunda
must’e madaniyat qurollarining 60 turi topib o’rganilgan. Chaqmoqtosh qurollar
yasashning yangi texnikasi must’e davrida keng yoyildi. Qurollar yasashning yangi
usuli yorma texnika deb ataladi. Bu usul orqali tosh qurolning bosh tomoni urib
uchirilib, tekis maydonga hosil qilinadi. U zarb maydonchasi deb ataladi. Shunday
maydoncha hosil bo’lgandan keyin uning chetlaridan avvalgi texnika usuli vositasi
bilan hosil qilish mumkin bo’lmagan yupqa tosh parchalarini birin-ketin uchirib
1 Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya.-T.: “Fan va texnologiya”, 2011. 24-bet.
10
olishga imkon tug’ilgan. Tosh parrakchalar uchirib olinib bo’lgach, nihoyat tosh
bo’lagidan boshqa uchirib bo’lmaydigan, tashqarisi tarashlangan o’zak qolgan. Bu
o’zak nukleus bo’lib, urib uchirish uchun ishlatiladigan yaxlit tosh esa, ushatgich
deb atalgan. Mustye uchun ikki asosiy qurol turi: o’tkir uchli qurollar va
tarashlagichlar xarakterli bo’lib, ular uch burchakli plastinkalardan yasalgan; bu
plastinkalar yangi sindirish texnikasini qo’llanib, disk (gardish) shaklidagi
nukleuslarga (yadro) otboynik (tosh) bilan urib hosil qilingan. Qisqa va keng
qurollar tayyorlangan. O’tkir uchli qurolning asosiy ishni bajaradigan qismi-o’tkir
cho’qqisi, tarashlagichning asosiy qismi esa, uch burchakli plastinkaning yoysimon
tagidir. Must’e davrida shakli jihatdan tarashlagichga o’xshab ketadigan bo’lsa ham,
lekin ishni bajaradigan chetidagi chuqurchasi bilan farq qiladigan o’roq randa paydo
bo’lgan. Bu asbob bilan randalashgan, po’stloqni shilib olishgan. Qurollar ko’pincha
chetlari o’tkir, yupqa bo’laklarga yorilishi mumkin bo’lgan qattiq chaqmoqtoshdan
yasalgan. Tabiatda chaqmoqtosh keng tarqalgan. So’nggi must’eda ahyon-ahyonda
istisno tariqasida suyakdan qurollar yasala boshlagan. Eng qadimgi odamlar har
narsani eyaveradigan bo’lganlar: o’simliklardan tayyorlangan va go’shtli ovqatlar
iste’mol qilgan. Odamzodning tongida o’simlik oziq-ovqatlar ko’proq iste’mol
qilingan bo’lsa kerak. Odamlar bunday oziq-ovqatni tabiatdan tayyor shaklda
olishgan. Ular o’simlik ildizlarini, mevalarini, zamburug’larni iste’mol qilgan.
Demak, mustye o’ziga xos arxeologik bosqich bo’lib, u miloddan avvalgi 100-
40 ming yilliklarni o’z ichiga olib, kishilik madaniyati rivojlanishida katta
ahamiyatga ega bo’lgan.
Mustye davriga kelib inson tashqi qiyofasida jiddiy o’zgarishlar ro’y bera
boshlagan. Arxantroplar paleoantroplarga (neandertallar) aylanib, ba‘zi maymunga
xos belgilar saqlanib qolgan bo’lsa-da, ularning fikrlash doirasi kengayib, nutq
paydo bo’la boshlagan.
Bundan 40 ming yillar ilgari kishilik jamiyati tarixida yuqori paleolit deb
ataluvchi davr boshlanadi. U xronologik jihatdan arxeologik davrlashtirishda
miloddan avvalgi 40-12 ming yilliklar bilan belgilanadi. Yuqori paleolit odamning
zamonaviy jismoniy tipini shakllantirgan, ibtidoiy to’da davri vayronalarida kishilik
11
jamiyatining dastlabki bo’g’ini ibtidoiy jamoani tarkib toptirgan, tosh qurollar
ishlashda yangi yutuqlarni vujudga keltirgan davrdir. Ibtidoiy to’dadan ibtidoiy
jamoaga o’tishda toshdan mehnat qurollari yasash texnikasida, ibtidoiy xo’jalik
shakllarida, ibtidoiy odamning turmush tarzida, ularning ijtimoiy munosabatlarida,
dunyoqarashida, hatto odamning jismoniy tuzilishida ham keskin o’zgarishlar yuz
berdi.
Yuqori paleolit davrida odamlar muz davrining sovuq iqlimida yashagan.
Mustye davri oxirlarida muzlikning chekinishi, katta hududlarda tundra tabiati
sharoitidagi o’simliklar o’sa boshlashiga imkon bergan. Shuningdek janubiy, muzlik
etib bormagan o’lkalarda havoning isishi natijasida o’rmonlar ko’payib, turli
daraxtlar keng tarqalgan.
Yuqori paleolitda yirik hayvonlar – mamontlar, bug’ular, junli karkidonlar,
yovvoyi otlar mavjud bo’lib, ular paleolit davri odamlarining ehtiyojini qondirish
manbalari hisoblangan. Ammo ob-havoning keskin o’zgarishi tabiatda yirik
hayvonlarning kamayishiga olib kelgan. Yuqori paleolit davri oxirlarida mamont kabi
yirik hayvonlar yo’q bo’lib ketadi. Bu hodisa odamlarning yashash sharoitida ma’lum
o’zgarishlar bo’lishiga sabab bo’ladi.
Yuqori paleolit moddiy madaniyati o’z xususiyatlari va ishlanish usuli bilan
oldingi tosh qurollar davriga nisbatan ancha takomillashadi. Ya’ni bu davr tosh
qurollari to’g’ri va uzun shaklda bo’lib, asosan pichoq sifatida ishlatilgan. Shuning
uchun arxeologiyada yuqori paleolit qurollari pichoqsimon qurollar deb ataladi.
Qurollar kesuvchi va shiluvchi xususiyatlarga ega bo’ladi.
Yuqori paleolit moddiy madaniyatida ko’zga tashlanadigan muhim
xususiyatlardan biri-qurol yasashda yangi xom-ashyo – suyakdan keng foydalanish
edi. Masalan, suyakdan garpunlar, ignalar yasalgan.
Tabiat bilan uzoq vaqt yashash zarurati uchun kurashgan inson katta hayot
tajribasiga ega bo’la boshladi. Chunki, ilk paleolit mo’’tadil havosi, o’rta poleolit
muzligi va so’nggi paleolit sovug’i odamni yashash uchun kurashga o’rgatdi.
Natijada odamlar ehtiyoj tufayli o’zlariga qulay bo’lgan hududlarga o’rnasha
boshladi. Ma’lumki, muz qoplagan davrda (gints, vyurm, ris va mendel
12
bosqichlarida) odamlar sovuqdan saqlanish uchun tog’ yon bag’irlarida yoki baland
tog’larda mavjud bo’lgan g’orlarda yashagan. Muzlikning ortga siljishi natijasida ular
vodiylar, daryo bo’ylari past tekisliklarga siljib, o’z makonlarini qurgan.
Yuqori paleolit makonlarida o’rganilgan ho’jalik yuritish vositalari oldingi
davrga nisbatan yuqoriroq darajadagi ijtimoiy hayot bo’lganligidan guvohlik beradi.
Ho’jalikning asosiy mashg’uloti – ovchilik bo’lib, u bu davrda erkaklar va ayollar
o’rtasidagi mehnat taqsimotiga olib keladi.
Erkaklar ovchilik mashg’ulotlari, ayollar esa, terimchilik mashg’uloti bilan
shug’ullangan. Ehtiyojni qondirish ayollar zimmasida bo’lgan. Ya’ni kiyim tikish,
bolalar tarbiyasi, ovqat pishirish, murakkablashayotgan ho’jalikni boshqarish, uyni
va muqaddas olov - o’choqni asrash, mehnat qurollarini qo’riqlash kabi mas’uliyatli
vazifa ham ayollar zimmasida edi.
Yuqori paleolit davrining eng muhim sifat o’zgarishi - bu ibtidoiy jamoaning
shakllanishi edi. Dastlab jamoa onalar atrofida paydo bo’ladi. Qon-qardoshlik
hislarini anglagan kishilar guruhi urug’larni tashkil etadi. Bu davr kishilari urug’-
urug’ bo’lib, yagona boshpana ostida emas, balki alohida o’zlariga tegishli qurollar
va o’choqlari bo’lgan manzillarda yashagan.
Urug’chilik tuzumining dastlabki bosqichi - matriarxat deb, uning asoschisi va
poydevori bo’lgan onalar nomi bilan ataldi. Biz yuqorida so’nggi paleolitda ayollar
va erkaklar o’rtasida mehnat taqsimoti ro’y berganligini aytgan edik. Ayollarning
ijtimoiy hayotdagi mavqei ularga yuklagan vazifalarda namoyon bo’ladi. Ya’ni
xo’jalikni boshqarish, uyni, muqaddas olovni asrash va hakozolar.
Ma’lumki, paleolitning so’nggi bosqichigacha ibtidoiy to’dada guruhli,
tartibsiz nikoh munosabatlari hukmron edi. Ammo yuqori paleolit davrida oila-nikoh
munosabatlari tartibga solina boshladi. Shuni ta’kidlash joizki, bir-birlari bilan
qarindoshlik iplari bir bo’lgan, kelib chiqishi jihatidan bir urug’dan tarqagan odamlar
guruhida nikoh bobida «guruhli nikoh» tizimi hukmronlik qiladi. Guruhli nikoh
odatiga ko’ra ota noma’lum qoladi. Qon-qarindoshlik ona urug’i doirasida
rasmiylashadi. Bir urug’ning erkaklari ikkinchi urug’ning ayollari bilan jinsiy
aloqada bo’ladi. Tabiiyki, aniq sherik bilan jinsiy aloqa qilish hali yo’lga