Odil sudlov va huquqni muhofaza qilish faoliyati haqidagi qonunchilikning axloqiy asoslari
Yuklangan vaqt
2025-09-07
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
89,0 KB
1
Odil sudlov va huquqni muhofaza qilish faoliyati haqidagi qonunchilikning axloqiy
asoslari
Reja:
1. Inson huquqlari haqidagi xalqaro-huquqiy normalarning axloqiy asoslari.
2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining axloqiy mazmuni.
3. O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining axloqiy mazmuni.
1. Inson huquqlari haqidagi xalqaro-huquqiy normalarning axloqiy asoslari.
Odil sudlov davlat faoliyatinig bir turi hisoblanadi. Odil sudlovni amalga oshirish
insonning huquq va manfaatini himoya qilishga, adolatni ta’minlashga chaqiriladi. Bunday
muhim vazifani bajarish uchun esa odil sudlov huquqiy va axloqiy asoslarga suyanishi
kerak bo’ladi. Odilsudlovda esa qonuniylik bilan axloqiylik ajratib bo’lmas birlikda
bo’ladi. Qonun axloqiylik talablariga javob berishi lozim, uning sud tomonidan qo’llanishi
esa axloqiy normalarga sid bo’lmasligi kerak. Qonuniylik va axloqiylikning birligi inson
huquqi va erkinliklarini ta’minlashga xizmat qiladi. Shaxsning asosiy huquq va
erkinliklarini ta’minlash odil sudlovning bosh axloqiy vazifasini ifoda etadi va bunga
xalqaro hamjamiyat alohida ahamiyat berib kelmoqda.
Inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarning axloqiy mazmuni qiziqish
uyg’atadi, chunki ularda mujassamlangan axloqiy tamoil va normalar O’zbekiston
qonunchiligini isloh qilish asosiga qo’yilgan. Bu holat O’zbkistonda inson huquqlari
sohasida ijobiy ishlar olib borilayotganligining belgisidir. O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga binoan ushbu huquq va erkinliklar oily qadriyat hisoblanadi, qonunlarni
2
qo’llashning mazmunini, mohiyatini, davlat hokimiyati organlarining faoliyatini aynan ular
aniqlab berishi lozim.
O’rganilganda inson huquqlari bo’yicha har davrlaarda, turli xil mamlakatlarda qabul
qilingan yuridik artlar o’rganib chiqilganda ildizi inson huquqlarini himoya qilishga
qaratilgan xalqaro huquqdan kelib chiqib qabul qilinganligini bildiradi. Faqat sud hukmi
bilan aybdor deb toppish, huquqbuzarlik bilan jazoning mutanosibligi, aybsizlik
prezumptsiyasi, so’zga chiqish erkinligi, so’z erkinligi, matbuot erkinligi, vijdon erkinligi,
mamlakatdan chiqib ketish va qaytib kelish, mansabdor shaxslarning fuqarolarning
huquqlarini buzganligi uchun javobgarligi birinchi marotaba Buyuk ozodlik xartiyasida
(1215) kiritilgan edi, angliyaning Huquqlar to’g’risidagi Billda, Fuqaro va inson huquqlari
Dekloratsiyasida rivojlantirilgan. Bu o’rinda qadimgi grek faylasoflarining ijtimoiy adolat
va tenglik to’g’risidagi g’oyalarni aytib o’tish o’rinli bo’ladi.
Davlatlarning inson huquqlari bo’yicha hamkorligiga Ikkinchi jahon urushidan keyin
Birlashgan millatlar tashkilotining tashkil etilishi bilan asos solindi. Birlashgan millatlar
tashkilotining Ustavida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va insonparvarlik xususiyatidagi
muommalarni hal qilish bo’yicha xalqaro munosabatlarni amalgam oshirish va barchaning
millati, jinsi, tili, dinidan qat’i nazar inson huquqlariga va asosiy erkinliklariga hurmatni
rag’batlantirish va kuchaytirish belgilab qo’yilgan bo’lib qo’yilgan. Xalqaro munosabatlar
tarixida inson huquqlari bo’yicha davlatlarning keng hamkorligiga asos slogan ko’p
tomonlamalik birinchi shartnoma shartnoma bu BMTning Ustavi bo’ldi. BMTning Ustavi
davlatlar zimmasiga biron bir kamsitishlarga yo’l qo’masdan insonning asosiy huquq va
erkinligiga rioya qilish yuridik majburiyatini yuklagan.
BMT birinchi bosqichda inson huquqlari to’g’risidagi Xalqaro Bill uchta hujjatdan
iborat bo’lishligi haqida qaror qabul qildi. Birinchisi inson huquqlari haqida Dekloratsiya,
ikkinchsi inson huquqlari to’g’risida Pakt va uchinchisi Paktni to’ldirish choralari haqida.
1948 yilning 10 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tantanali ravishda Inson huquqlari
bo’yicha Umumjahon Dekloratsiyasini qabul qildi. O’sha paytdan boshlab 10 dekabr butun
dunyoda inson huquqlari kuni tariqasida nishonlanib kelmoqda.
Inson huquqlari bo’yicha Umumjahon Dekloratsiyasi tomonidan elon qilingan demokratik
normalar va tamoillar milliy qonunchilikning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatdi. Urushdan
3
keyingi Italiya, Yaponiya, GFR konstitutsiyalarida inson huquqlari alohida maxsus
bo’limlarda berilhan. Frantsiyada asosiy siyosiy va fuqrolik huquqlari 1946 yildagi
Konstitutsiyasining muqaddimasida berilgan.
Butunjahon Dekloratsiyasini qabul qilgandan ko’p o’tmay Bosh Assambleya o’zining
birlamchi qarorini bekor qilib, inson huquqlari bo’yicha bitta Pakt o’rniga ikkita Pakt qabul
qilishni taklif etgan. Natijada Bosh Assambleya 1966 yilda ikkita shartnoma qabul qildi,
bular Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi Pakt va Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
huquqlar to’g’risidagi Pakt.. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi Pakt ga asosan
Inson huquqlari bo’icha Komitet tuzilgan bo’lib, Paktda tan olingan huquqlarni hayotga
tatbiq etish bo’yicha ko’rilhan choralar bo’yicha hisobotlar, ayrim shaxslarning shuningdek
davlatlararo shikoyatlarni ko’rlb chiqadi. 1989 yilning 15 dekabrida Bosh Assambleya
Xalqaro Paktda o’lim jazosini bekor qilish haqidagi ikkinchi fakultativ Protokolni qabul
qildi.
1949 yilda tashkil etilgan Evropa Kengashi eng birinchi regional tashkilotlardan
hisoblanadi. Bu tashkilot doirasida inson huquqlari bo’yicha 150 dan ortiq konventsiya va
bayonnomalar qabul qilingan.
Evropa konventsiyasi 1948 yildagi Inson huquqlari bo’yicha Umumjahon
Dekloratsiyasining o’ziga xos davomi va rivoji bo’ldi. Ammo Однако, Umumjahon
Dekloratsiyadan farqli o’laroq Konventsiya nafaqat asosiy huquqlarni elon qildi, balki
ularni himoya qilishning mexanizmini ham ishlab chiqdi. Avval bosgda bu mexanizm o’z
ichiga uchta organni oldi, qaysikim Konventsiya ishtirokchi davlatlar tomonidan
majburiatlarga amal qilishni nazorat qildi. Bular Inson huquqlari bo’yicha Evropa
komissiyasi, inson huquqlari bo’yicha Evropa Sudi, Evropa Kengashining minisrlar
komiteti.
1998 yilning 1 noyabridan boshlab birinchi ikki organ doimiy harakatda bo’lgan
inson huquqlari bo’yicha Evropa Sudi bilan almashtirilgan. Inson huquqlari bo’yicha
Evropa Sudi Strasburgda (Frantsiya) Inson huquqlari Saroida joylashgan, Evropa
Kengashining o’zi ham shu erda joylashgan. Evropa Sudi 1959 yilda ish boshlagan.
Konventsiyadagi normalar, tamoillar davlatning huquqiy vakolati doirasini sezilarli
4
cheklaydi, fuqarolik jamiyatining demokratik tuzilmalarining rivoji uchun va insonning
asosiy huquq va erkinligini ta’minlashga asos bo’lib xizmat qiladi.
2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining axloqiy mazmuni.
O’bekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - mamlakat tarixida huquq va erkinlik
sohasida xalqaro standartlarning, xorijiy mamlakatlarning demokratik qonunchiligi ta’siri,
tajribasi asosida tuzilgan, inson huquq va erkinlligining keng turlarini o’z ichiga olgan
huquqiy hujjat hisoblanadi.
Konstitutsiyaning muqaddimasida inson huquqlarga sodiqligini tantanali ravishda
elon qilib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning
umum etirof etilgan qoidalari uatunligini tan olgan holda, insonparvar demokratik huquqiy
davlat barpo etishni ko’zlab, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini maqsadida O’zbekiston
xalqi maskur Konstitutsiyani qabul qilganligi alohida qayd etilganligi buning aynan dalili
hisoblanadi.
Konstitutsiyaning
13-moddasida
O’zbekiston
Respublikasida
demokratiya
umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni,
qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va
erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi, deb belgilab qo’yilgan.
Konstitutsiyaning
17-moddasida
O’zbekiston
Respublikasi
xalqaro
munosabatlarning to’la huquqli subyektidir va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan
qoidalari va normalariga asoslanishi ko’rsatib o’tilgan.
Konstitutsiyaning 18-moddasida O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil
huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,
e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar, ta’kidlangan va
davlat tomonidan barcha fuqarolarning huquq va erkinlari kafolatlanadi va himoya qilinishi
belgilangan, 19-moddasida fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab
qo’yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni
cheklaab qo’yishga hech kim haqli emasligi alohida belgilab qo’ylgan, 22-moddasida
O’bekiston Respublikasi o’z hududida ham, uning tashqarisida ham o’z fuqoralarini
huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko’rsatishni kafolatlaydi va fuqarlik pasportida
5
“Ushbu pasportning egasi O’bekiston Respublikasining himoyasidadir” yozib qo’yilgan,
25-moddada esa har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega, hech kim qonunga
asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mimkin emasligi alohida qayd
etilgan, 27- moddasida har kim o’z sha’ni va obr’siga qilingan tojovuzlardan, shaxsiy
hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligigi huquqiga egaligi
belgilangan, 43-moddasida esa davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda
mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi, deb, davlatning mas’ulligi
belgilab qoyilgan.
Umuman
olganda,
muhim
xalqaro-huquqiy
hujjatlarning
axloqiy-huquqiy
qadriyatlarini tan olgan, qabul qilgan holda O’bekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
o’zbekiston qonunchiligining asosini jiddiy takomillashtirganligini ko’rib turibmiz.
3. O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining axloqiy mazmuni.
O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining axloqiy mazmuni jinyat-
protsessual qonunchilikning ayrim qat’iy normalari bilan tanishish barobarinda yuzaga
keladi. O’zbekiston Respublikasining yangi jinoyat-protsessual kodeksi “Jinoyat protsessi
printsiplari” deb nomlangan maxsus 2-bob mavjud.
Ma’lumki jinoyat protsessual qonuunchilikda adolad faqat qonuniylik tamoilining
ishlashi sharoitlaridagina ta’minlanadi.
Chuqur axloqiy mazmunga ega bo’lgan Jinoyat-prorsessual kodeksning qonuniylik
tamoiliga bag’ishlangan 11-moddadasida sud’ya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi,
himoyachi, shuningdekjinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi barcha shaxslar
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Kodeks va O’zbekiston Respublikasining
boshqa qonunlariga aniq rioya etishlari va ularning talablarini bajarishlari shartligi belgilab
qo’yilgan.
O’zbekiston
Respublikasi
Jinoyat-prorsessual
kodeksning
konstitutsion
tamoyillaridan hisoblangan “Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish” deb
nomlangan 9-moddasi axloqiy-etik jihatdan juda dolzarb hisoblanadi, chunki jinoyat sudlov
ishini yuritishda turli xil majburlov choralarini qo’llash imkoniyati bilan shaxsning bir qator
huquqlari va erkinliklarining harakatini cheklash bilan bog’liq. Bu o’rinda Jinoyat-
6
prorsessual kodeksning 9-moddasida sudya, prokuror, tergovchi va surishtiruvchi ishda
qatnashayotgan shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari shartligi
belgilangan. Bir qator xalqaro konvensiyalarning qoidalaridan kelib chiqib, hech kim
qiynoqqa solinishi, zo’rovonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini
kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emaslig qat’iy belgilab
qo’yilgan.
Inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli
ma’lumotlar tarqalib ketishiga olib keladigan, sog’ligini xaf ostiga qo’yadigan, asossiz
ravishda unga jismoniy va ma’naviy azob-uqubat etkazadigan harakatlar qilish yoki
bo’lmasa shunday qarorlar chiqarish taqiqlanadi deb belgilanganligi o’ta ahamiyatlidir.
Jinoyat ish yurituvining axloqiy tamoyillariga rioya qilish uchun O’zbekiston
Respublikasi
Jinoyat-prorsessual
kodeksining
shaxsning
daxlsizligi
tamoyiligiga
bag’ishlangan “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish” deb nomlangan 18-
moddasi alohida ahamiyatli hisoblanadi va unda jinoyat ishini yuritish uchun mas’uliyatli
barcha dalat organlari va mansabdor shaxslar jinoyat protsessida qatnashayotgan
fuqarolarning hquq va erkinliklarini muhofaza qilishlari shartligi alohida belgilab qo’yilgan.
Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlqnishi
mumkin emas;
Sud va prokuror qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum eetilgan yoki qonun
yoki sud hukmida nazarda tutilganidan ortiq muddat hibsda ushlab turilgan yoki qamoqda
saqlangan har qanday shaxsni darhol ozod qilish shart, shlab turish muddati ushlangan
militsiyaga yoki huquqni muhofaza qiluvch boshqa organga keltirilgan paytdan boshlab
ko’pi bilan 72 soatni tashkil rtadi, tergovchi yoki prokuror tomonidan zarur va etarli asoslar
taqdim etilganda ushlab turish sudning qarori bilan qo’shimcha ravishda 48 soatga
uzaytirilishi mumkin;
Fuqarolarning shaxsiy hayoti, ularning turar joylari daxlsizligi, o’zaro yozishmalari,
telegraf aloqalari va telefon orqali so’zlashuvlarining sir saqlanishi qonun bilan
qo’riqlanishi belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-prorsessual kodeksning “Haqiqatni aniqlash” ga
bag’islangan 22-moddasida gumon qilinuvchidan, ayblanuvchdan, sudlanuvchidan,
7
jabrlanuvchidan, guvohdan va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxalardan zo’rlash,
qo’rqitish,huquqlarni cheklash va qonunga xilof bo’lga o’zgacha choralar bilan
ko’rsatuvlar olishga harakat qilish man etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-prorsessual kodeksning “Aybsizlik prezumpsiyasi”
deb nomlangan 23-moddasida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning
jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy
kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi, qat’iy belgilab
qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-prorsessual kodeksning “Sudda ishlarni yuritishda
tortishuv” ga bag’ishlangan 25-moddada birinchi instantsiya sudining sud majlisida,
shuningdek ishlar yuqori sudlarda ko’rilayotganda ish yuritish taraflarning o’zaro tortishuvi
asosida amalgam oshirilishi belgilangan, 27-moddasida protsess ishtirokchilari va boshqa
shaxslar, shuningdek jinoyat ishini yuritishdan manfaatdor bo’lgan korxonalar,muassasalar
va tashkilotlarning vakillari ushbu Kodeksda belgilab qo’yilgan tartibda va muddatda
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va sudning protsessual harakati yoki qarori
ustidan shkoyat berishga haqliligi belgilab qo’yilganligi, asosiy e’tirof talab qiladi.
Albatta axloqiy mazmunga ega bo’lgan tamoyillar O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-
prorsessual kodeksning boshqa moddalarida o’z ifodasini topgan. Bu normalar haqida
kelgusi ma’ruzalarda o’rganiladi.
Tekshirish uchun savollar:
1. Odil sudlov qaysi axloqiy va huquqiy asoslarga tayanishi lozim?
2. Inson huquqlari institutlarining tuzilish tarixidan gapiring.
3. Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasining qaysi horma va tamoillari milliy
qonunchilikning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan?
4. O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasining axloqiy mazmuni nimaldan iborat?
5. Jinoyat-protsessual qonunchilikda odillikni ta’minlash qanday amalgam oshirilish
mumkin?