Odil sudlovni amalga oshirishning axloqiy asoslari.

Yuklangan vaqt

2025-09-07

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

14

Faytl hajmi

132,5 KB


 
 
 
 
Odil sudlovni amalga oshirishning axloqiy asoslari. 
 
Reja: 
 
1. Sud hokimiyatiga bo’lgan axloqiy talablar 
2. Sud jarayonining axloqiy xususiyatini ta’minlashda sud’yaning roli 
3. Sud tomonidan qabul qilinadigan qarorlar mazmunidagi axloqiy asoslar 
         
1. Sud hokimiyatiga bo’lgan axloqiy talablar 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida davlat hokimiyatining 
tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi 
printsipiga asoslanishi belgilab qo’yilgaligi sud hokimiyati vakillariga nisbatan axloqiy 
talablarni shakllantirish uchun g’oyaviy va normativ asosni tashkil etadi. Ijtimoiy va 
insonlararo nizolar sohasida harakat qiladigan sud hokimiyati yuqori axloqiy 
standartlarga javob berishi, jamiyat umidlarini oqlashi kerak. Sud va sud ishlarini yuritish 
haqidagi qonunchilik axloqiy mazmun bilan to’ldirilgan va axloqiy qadriyatlarni himoya 
qilishga xizmat qiladi.  
Sud hokimiyati faoliyatiga bo’lgan eng muhim talab adolatlilik hisoblanadi. 
Umuman jamiyatga va har bir insonga faqat adolatli, haqiqat tomonida turadigan, 
haqiqatni faol himoya qiladigan va uni o’z qarorlarida aks ettiradigan sud lozim.  
Jinoyat va jazo, shaxsning muhim boyliklarini himoyalash haqida gap boradigan  
jinoyat protsessida adolad muhim ahamiyat kasb etadi.  Sababi adolatsiz sud alohida 
olingan shaxsga, shuningdek butun bir jamiyatga ham ziyon etkazishi mumkin. 
Sud hokimiyati jamiyat tomonidan adolatli deb tan olingan qonunlarni qo’llaganda, 
haqiqiy holatni aniqlagan holda ishlarni hal qilganda, aniqlangan dalillarga va qonun 
talablariga binoan qarorlar chiqarganda adolatli deb baholanadi.  Aybdor  shaxs 
Logotip
Odil sudlovni amalga oshirishning axloqiy asoslari. Reja: 1. Sud hokimiyatiga bo’lgan axloqiy talablar 2. Sud jarayonining axloqiy xususiyatini ta’minlashda sud’yaning roli 3. Sud tomonidan qabul qilinadigan qarorlar mazmunidagi axloqiy asoslar 1. Sud hokimiyatiga bo’lgan axloqiy talablar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi printsipiga asoslanishi belgilab qo’yilgaligi sud hokimiyati vakillariga nisbatan axloqiy talablarni shakllantirish uchun g’oyaviy va normativ asosni tashkil etadi. Ijtimoiy va insonlararo nizolar sohasida harakat qiladigan sud hokimiyati yuqori axloqiy standartlarga javob berishi, jamiyat umidlarini oqlashi kerak. Sud va sud ishlarini yuritish haqidagi qonunchilik axloqiy mazmun bilan to’ldirilgan va axloqiy qadriyatlarni himoya qilishga xizmat qiladi. Sud hokimiyati faoliyatiga bo’lgan eng muhim talab adolatlilik hisoblanadi. Umuman jamiyatga va har bir insonga faqat adolatli, haqiqat tomonida turadigan, haqiqatni faol himoya qiladigan va uni o’z qarorlarida aks ettiradigan sud lozim. Jinoyat va jazo, shaxsning muhim boyliklarini himoyalash haqida gap boradigan jinoyat protsessida adolad muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi adolatsiz sud alohida olingan shaxsga, shuningdek butun bir jamiyatga ham ziyon etkazishi mumkin. Sud hokimiyati jamiyat tomonidan adolatli deb tan olingan qonunlarni qo’llaganda, haqiqiy holatni aniqlagan holda ishlarni hal qilganda, aniqlangan dalillarga va qonun talablariga binoan qarorlar chiqarganda adolatli deb baholanadi. Aybdor shaxs
asoslantirilgan holda asosli jazoga tortiladigan, aybsiz shaxs albatta oqlanadigan sud 
adolatli sud hisoblanadi.  
Sud hokimiyatining adolatliligiga bo’lgan talab nafaqat u tomonidan yakuniy 
xususiyatga ega bo’lgan qarorlarning qabul qilinishiga bog’lik, balki jinoyat ishi sudning 
ixtiyoriga kelib tushganidan boshlab olib boradigan faoliyatiga ham tegishli hisoblanadi. 
Sud hokimiyatining adolatliligi  sud faoliyatiga dahldor barcha shaxslarning tengligini 
ta’minlashda, ishda istirok etayotgan shaxslarning huquqlariga rioya qilishda,  ishni 
sudda ko’rib chiqish jarayonida  qabul qilinadigan protsessual qarorlarning qonuniyligida 
ham ifodalanadi.  
Sud hokimiyati barchaga bir xil bo’lishi lozim. Bu axloqiy talab adolatning 
tenglashtiruvchilik xususiyatini o’zida aks ettiradi. Sudda taraflarning tengligini 
ta’minlash shunchalik ahamiyatliki, hatto bu tenglik qonunchilik tomonidan alohida 
belgilab qo’yiladi va  jamiyatning axloqiy ongida bor bo’ladi.  
Sud hokimiyatiga bo’lgan muhim talablardan biri u albatta xolis va beg’araz 
bo’lishi kerak. Agarda sud xolis bo’lmasa, g’arazli bo’lsa odil sudlovni amalga oshira 
olmaydi va u odil sudlov g’oyasini buzadi, hatto u o’zboshimchalikka yo’l qoyishi 
mumkin.  Sud’yalarga ta’sir o’tkazishga qiluvchi harakat qaysidir bir kuchlarning ta’siri 
ostida yo’l qo’yilgan adolatsizlik o’ta xavfli hisoblanadi. Beg’araz ishlashga harakat 
qilmagan yoki bo’lmasa qodir bo’lmagan sud hokimiyati jamiyatning ishonchini qazona 
olmaydi. Bunday hokimiyatning timsoli hisoblangan shaxslar esa bunday holatda 
obro’larini yo’qotadi va boshqalarni sud qilishga axloqan haqli bo’lmaydi. 
Sud hokimiyati vakolatli bo’lishi kerak. Sud hokimiyatining vakolatliligi uning 
muhim ahamiyatli tomonlaridan biri bo’lgan sud’yalarning yuqori malakali bo’lishi,  
qonunlarni chuqur bilishi, kasb etika qoidalari talablariga og’ishmay amal qilishi, hatto 
eng chalkash, murakkab holatlarda ham vaziyatni to’g’ri hal qila bilishi hisoblanadi. Bu 
esa sud’yalik vakolatini zimmasiga olmasdan oldin katta hayot tajribasiga, yuridik 
faoliyat tajribasi, qonunlarni qo’llash tajribasiga ega bo’lishni o’z ichiga qamrab oladi.  
Sud’ya oliy yuridik ma’lumotli bo’lishi lozim. Ammo sud’ya o’z bilimini doimo 
takomillashtirib, yuridik va umum madaniyatini oshirib bormas ekan sud hokimiyatining 
vakili javob berish lozim bo’lgan talablardan ortda qolgan hisoblanadi va oqibatda 
Logotip
asoslantirilgan holda asosli jazoga tortiladigan, aybsiz shaxs albatta oqlanadigan sud adolatli sud hisoblanadi. Sud hokimiyatining adolatliligiga bo’lgan talab nafaqat u tomonidan yakuniy xususiyatga ega bo’lgan qarorlarning qabul qilinishiga bog’lik, balki jinoyat ishi sudning ixtiyoriga kelib tushganidan boshlab olib boradigan faoliyatiga ham tegishli hisoblanadi. Sud hokimiyatining adolatliligi sud faoliyatiga dahldor barcha shaxslarning tengligini ta’minlashda, ishda istirok etayotgan shaxslarning huquqlariga rioya qilishda, ishni sudda ko’rib chiqish jarayonida qabul qilinadigan protsessual qarorlarning qonuniyligida ham ifodalanadi. Sud hokimiyati barchaga bir xil bo’lishi lozim. Bu axloqiy talab adolatning tenglashtiruvchilik xususiyatini o’zida aks ettiradi. Sudda taraflarning tengligini ta’minlash shunchalik ahamiyatliki, hatto bu tenglik qonunchilik tomonidan alohida belgilab qo’yiladi va jamiyatning axloqiy ongida bor bo’ladi. Sud hokimiyatiga bo’lgan muhim talablardan biri u albatta xolis va beg’araz bo’lishi kerak. Agarda sud xolis bo’lmasa, g’arazli bo’lsa odil sudlovni amalga oshira olmaydi va u odil sudlov g’oyasini buzadi, hatto u o’zboshimchalikka yo’l qoyishi mumkin. Sud’yalarga ta’sir o’tkazishga qiluvchi harakat qaysidir bir kuchlarning ta’siri ostida yo’l qo’yilgan adolatsizlik o’ta xavfli hisoblanadi. Beg’araz ishlashga harakat qilmagan yoki bo’lmasa qodir bo’lmagan sud hokimiyati jamiyatning ishonchini qazona olmaydi. Bunday hokimiyatning timsoli hisoblangan shaxslar esa bunday holatda obro’larini yo’qotadi va boshqalarni sud qilishga axloqan haqli bo’lmaydi. Sud hokimiyati vakolatli bo’lishi kerak. Sud hokimiyatining vakolatliligi uning muhim ahamiyatli tomonlaridan biri bo’lgan sud’yalarning yuqori malakali bo’lishi, qonunlarni chuqur bilishi, kasb etika qoidalari talablariga og’ishmay amal qilishi, hatto eng chalkash, murakkab holatlarda ham vaziyatni to’g’ri hal qila bilishi hisoblanadi. Bu esa sud’yalik vakolatini zimmasiga olmasdan oldin katta hayot tajribasiga, yuridik faoliyat tajribasi, qonunlarni qo’llash tajribasiga ega bo’lishni o’z ichiga qamrab oladi. Sud’ya oliy yuridik ma’lumotli bo’lishi lozim. Ammo sud’ya o’z bilimini doimo takomillashtirib, yuridik va umum madaniyatini oshirib bormas ekan sud hokimiyatining vakili javob berish lozim bo’lgan talablardan ortda qolgan hisoblanadi va oqibatda
sud’yalik vazifasini bajarishga noloyiq bo’lib qoladi. Aslida esa taqdirini sud’ya hal 
qiladigan, huquq va manfaatlari uning chiqaradigan qaroriga bog’liq bo’lgan odamlar 
yuqori darajali, martabali odil sudlovni talab qilishga haqlidirlar.  
Har bir sud’ya yuqori darajali kasb egasi bo’lishi kerak. O’zbekiston 
Respublikasida barcha sud’yalar bir xil maqomga ega (O’zbekiston Respublikasining 
“Sudlar to’g’risida”gi Qonunining 60-moddasi). O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining 2000 yil 14 dekabrdagi 164-P sonli qarori bilan tasdiqlangan Sud’yalarning 
malaka darajalari to’g’risida Nizomga binoan O’zbekiston Respublikasi sud’yalari uchun 
sud’yalik lavozimidagi ish staji va egallagan lavozimlariga binoan malaka darajalari joriy 
etish  va berish tartibi belgilangan. Ushbu Nizomga binoan oltita malaka darajasi joriy 
etilgan. Sud’yalarning moddiy ta’minoti ularning malaka darajalariga bog’liq. 
Sud’yaning malaka darajasi o’z o’rnida uning kasbiy mahoratining darajasini belgilashga 
ta’sir qiladi. Albatta amaldagi tartib axloqiy nuqtaiy nazardan bekamu-ko’st deb 
bo’lmaydi va sud’yalarning obro’yini himoya qilishga etarlicha ko’maklashmaydi. Quyi 
malaka darajadagi sud’yalarga nisbatan bo’lgan ishonchga,  ular yuqori malakali 
bo’lsalarda, putur etkazadi.  
Sud’yalar oldiga qo’yilgan bunday muhim vazifalarni og’ishmay bajarishni 
ta’minlash lozimligi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sud’yalarni tanlash 
va lavozimlarga tavsiya etish bo’yicha oliy malaka komissiasining 2013 yil 28 fevraldagi 
5-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sud’yalar odob-axloqi qoidalari”da ham  alohida 
belgilab qo’yilgan.  
Mazkur Sud’yalar odob-axloqi qoidalarining 2-moddasida 
sud’yalar ichki ishonchi asosida odob-axloq me’yorlariga qat’iy rioya qilaishlari, odil 
sudlovning obro’siga, sud’yaning qadr-qimmatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi yoki uning 
xolisligiga shubha tug’dirishi  mumkin bo’lgan xatti-harakatlardan o’zlarini tiyishlari 
shartligi, mamlakatimizda sud  O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa 
qonunlarida, inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro hujjatlarda  e’lon qilingan 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini, shuningdek korxonalar va tashkilotlarning 
huquqlari hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini sud yo’li bilan himoya 
qilishga da’vat etilganligini, sudning faoliyati qonun ustunligini, ijtimoiy adolatni, 
Logotip
sud’yalik vazifasini bajarishga noloyiq bo’lib qoladi. Aslida esa taqdirini sud’ya hal qiladigan, huquq va manfaatlari uning chiqaradigan qaroriga bog’liq bo’lgan odamlar yuqori darajali, martabali odil sudlovni talab qilishga haqlidirlar. Har bir sud’ya yuqori darajali kasb egasi bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasida barcha sud’yalar bir xil maqomga ega (O’zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida”gi Qonunining 60-moddasi). O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 14 dekabrdagi 164-P sonli qarori bilan tasdiqlangan Sud’yalarning malaka darajalari to’g’risida Nizomga binoan O’zbekiston Respublikasi sud’yalari uchun sud’yalik lavozimidagi ish staji va egallagan lavozimlariga binoan malaka darajalari joriy etish va berish tartibi belgilangan. Ushbu Nizomga binoan oltita malaka darajasi joriy etilgan. Sud’yalarning moddiy ta’minoti ularning malaka darajalariga bog’liq. Sud’yaning malaka darajasi o’z o’rnida uning kasbiy mahoratining darajasini belgilashga ta’sir qiladi. Albatta amaldagi tartib axloqiy nuqtaiy nazardan bekamu-ko’st deb bo’lmaydi va sud’yalarning obro’yini himoya qilishga etarlicha ko’maklashmaydi. Quyi malaka darajadagi sud’yalarga nisbatan bo’lgan ishonchga, ular yuqori malakali bo’lsalarda, putur etkazadi. Sud’yalar oldiga qo’yilgan bunday muhim vazifalarni og’ishmay bajarishni ta’minlash lozimligi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sud’yalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo’yicha oliy malaka komissiasining 2013 yil 28 fevraldagi 5-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sud’yalar odob-axloqi qoidalari”da ham alohida belgilab qo’yilgan. Mazkur Sud’yalar odob-axloqi qoidalarining 2-moddasida sud’yalar ichki ishonchi asosida odob-axloq me’yorlariga qat’iy rioya qilaishlari, odil sudlovning obro’siga, sud’yaning qadr-qimmatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi yoki uning xolisligiga shubha tug’dirishi mumkin bo’lgan xatti-harakatlardan o’zlarini tiyishlari shartligi, mamlakatimizda sud O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, shuningdek korxonalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini sud yo’li bilan himoya qilishga da’vat etilganligini, sudning faoliyati qonun ustunligini, ijtimoiy adolatni,
fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilganligini har doim yodida tutishi 
kerakligi e’tirof etilgan.  
Ushbu Qoidalarning 3-moddasida sud’ya uchun odil sudlovni amalga osirish 
borasidagi faoliyat boshqa majburiyatlarga nisbatan ustuvorligi, sud’ya odil sulovni 
amalga oshirishda uning xolisligi, mustaqilligi va beg’arazligiga shubha tug’dirishi, 
sud’yaning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obpo’si hamda sudning nufuziga putur 
etkazishi mumkin bo’lgan faoliyatdan o’zini tiyishga majburligi ta’kidlangan. 
Qoidalarning 4-moddasida sud’ya har qanday vaziyatda o’z sha’ni hamda qadr-
qimmatini saqlashi, odob-axloq me’yorlariga rioy qilishi, kamtar, xushmuomala bo’lishi, 
hech kimga nisbatan qo’pol muomalada bo’lmasligi, o’z fuqarolik huquqlaridan vijdonan 
foydalanishi va fuqarolik majburiyatlarini bajarishi shartligi belgilngan.   
 
Qoidalarning 2-bobida sud’yaning kasbiy faoliyatini amalga oshirish borasidagi 
xulq-atvor qoidalari belgilangan bo’lib, uning 5-moddasi syd’yaning mustaqilligiga 
bagishlangan va unda sud’ya ishni ko’rish vaqtida O’zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi va boshqa qonunlariga so’zsiz rioya etishi, fuqarolarning huquq va 
erkinliklari, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulki, korxona, muassasa va tashkilotlarning 
huquqlari hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashi 
shartligi;  
 
sudlov 
ishi 
adolatli 
yuritilishini 
ta’minlashning 
kafolati 
bo’lgan 
va 
jamoatchilikning 
sudlarga 
nisbatan 
ishonchini 
mustahkamlaydigan 
syd’yaning 
mustaqilligi konstitutsiyaviy tamoilini, odob-axloq qoidalarini qo’llab-quvvatlashga va 
hayotga tatbiq etishga majburligi;  
 
odil sudlovni amalga oshirishda sud protsessi barcha ishtirokchilarining 
protsessual huquqlarini hurmat qilhan holda, har qanday tarafdan bo’ladigan va har 
qanday maqsadlarni ko’zlaydigan, bevosita yoki bilvosita tashqi ta’sir, xohish, tazyiq, 
taxdid yoki aralashuvlardan qat’i nazar, qonunga va huquqiy ongga asoslanib, faqatgina 
faktlarni baholashdan kelib chiqqan holda, ichki ishonchiga muvofiq mustaqil harakat 
qilishga majburligi belgilangan. 
Qoidalarning 6-moddasi sud’yaning xolisligiga bag’ishlangan bo’lib, unda sud’ya 
o’z majburiyatlarini biron-bir afzallik, noxoslik yoki oldindan paydo bo’lgan noto’g’ri 
Logotip
fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilganligini har doim yodida tutishi kerakligi e’tirof etilgan. Ushbu Qoidalarning 3-moddasida sud’ya uchun odil sudlovni amalga osirish borasidagi faoliyat boshqa majburiyatlarga nisbatan ustuvorligi, sud’ya odil sulovni amalga oshirishda uning xolisligi, mustaqilligi va beg’arazligiga shubha tug’dirishi, sud’yaning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obpo’si hamda sudning nufuziga putur etkazishi mumkin bo’lgan faoliyatdan o’zini tiyishga majburligi ta’kidlangan. Qoidalarning 4-moddasida sud’ya har qanday vaziyatda o’z sha’ni hamda qadr- qimmatini saqlashi, odob-axloq me’yorlariga rioy qilishi, kamtar, xushmuomala bo’lishi, hech kimga nisbatan qo’pol muomalada bo’lmasligi, o’z fuqarolik huquqlaridan vijdonan foydalanishi va fuqarolik majburiyatlarini bajarishi shartligi belgilngan. Qoidalarning 2-bobida sud’yaning kasbiy faoliyatini amalga oshirish borasidagi xulq-atvor qoidalari belgilangan bo’lib, uning 5-moddasi syd’yaning mustaqilligiga bagishlangan va unda sud’ya ishni ko’rish vaqtida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlariga so’zsiz rioya etishi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulki, korxona, muassasa va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashi shartligi; sudlov ishi adolatli yuritilishini ta’minlashning kafolati bo’lgan va jamoatchilikning sudlarga nisbatan ishonchini mustahkamlaydigan syd’yaning mustaqilligi konstitutsiyaviy tamoilini, odob-axloq qoidalarini qo’llab-quvvatlashga va hayotga tatbiq etishga majburligi; odil sudlovni amalga oshirishda sud protsessi barcha ishtirokchilarining protsessual huquqlarini hurmat qilhan holda, har qanday tarafdan bo’ladigan va har qanday maqsadlarni ko’zlaydigan, bevosita yoki bilvosita tashqi ta’sir, xohish, tazyiq, taxdid yoki aralashuvlardan qat’i nazar, qonunga va huquqiy ongga asoslanib, faqatgina faktlarni baholashdan kelib chiqqan holda, ichki ishonchiga muvofiq mustaqil harakat qilishga majburligi belgilangan. Qoidalarning 6-moddasi sud’yaning xolisligiga bag’ishlangan bo’lib, unda sud’ya o’z majburiyatlarini biron-bir afzallik, noxoslik yoki oldindan paydo bo’lgan noto’g’ri
fikrlarga tayanmay, xolislik, mustaqillik va beg’arazlikni namoyon etib, sud protsessi 
ishtirokchilarining jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, qarashlari, shaxsiy 
va jamiyatdagi mavqeidan qat’i nazar, ularning barchasiga bir xil munosabatda bo’lgan 
holda bajarishi shartligi; 
ko’rilayotgan ish bo’yicha ushbu ishning yakuniga qandaydir tarzda ta’sir 
ko’rsatishi, yoki sud’yaning xolisligi, beg’arazligi va odilligini shubha ostiga qo’yishi 
mumkin bo’lgan sharhlardan o’zini tiyishi shartligi; 
sud’yaning odob-axloqi sud protsessi taraflarining ishonchini qozonishga, jamiyat 
ishonchining oshishiga va qo’llab-quvvatlanishiga, sud’yaning xolisligiga bo’lgan 
ishonchning mustahkamlanishiga ko’maklashishi zarurligi belgilab qoyilgan. 
Qoidalarning 7-moddasi sud’yaning odilligi to’g’risida bo’lib, unda sud’ya o’z 
majburiyatlarini yuqori professional darajada odilona, tezkor va vijdonan bajarishi 
shartligi; 
sud protsessi ishtirokchilariga o’z fikr-mulohazalarini erkin bayon qilishlari uchun 
teng imkoniyat yaratib berishi, ishlarni qonunda belgilangan protsessual muddatlarda 
ko’rib chiqishi, sud majlislarini tashkil etish va o’tkazishda puxta bo’lishi, chiqarilgan 
sud qarorlarini manfaatdor shaxslarga o’z vaqtida berishi shartligi; 
ishni ko’rib chiqishni asossiz va surunkali qoldirishga yo’l qo’ymasdan uning sud 
muhokamasiga talab darajasida tayyorlanishini ta’minlashga majburligi ta’kidlangan. 
Qoidalarning 8-moddasida halollik, munosiblik va poklik sud’yaning o’z 
vazifalarini lozim darajada bajarishining zarur sharti hisoblanishi; 
sud’ya o’z malakasini yuqori darajada ushlab turishga, nazariy bilimlari va amaliy 
ko’nikmalarini takomillashtirib borishga majburligi; 
Syd’ya o’zining odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga o’tkazilgan 
tazyiq va aralashuvlar, shuningdek muayyan harakatlarni bajarish yoki bajarmasljk uchun 
haq taklif qilinganligi to’g’risida sud’yalar malaka hay’atiga xabar berishi lozimligi 
belgilab qo’yilgan. 
Ushbu Qoidalarning 9-moddasida sud’ya hamkasblariga nisbatan xushmuomala va 
vazmin, tanqidga nisbatan sabr-toqatli bo’lishi, unga nisbatan tanqidiy munosabat uchun 
Logotip
fikrlarga tayanmay, xolislik, mustaqillik va beg’arazlikni namoyon etib, sud protsessi ishtirokchilarining jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, qarashlari, shaxsiy va jamiyatdagi mavqeidan qat’i nazar, ularning barchasiga bir xil munosabatda bo’lgan holda bajarishi shartligi; ko’rilayotgan ish bo’yicha ushbu ishning yakuniga qandaydir tarzda ta’sir ko’rsatishi, yoki sud’yaning xolisligi, beg’arazligi va odilligini shubha ostiga qo’yishi mumkin bo’lgan sharhlardan o’zini tiyishi shartligi; sud’yaning odob-axloqi sud protsessi taraflarining ishonchini qozonishga, jamiyat ishonchining oshishiga va qo’llab-quvvatlanishiga, sud’yaning xolisligiga bo’lgan ishonchning mustahkamlanishiga ko’maklashishi zarurligi belgilab qoyilgan. Qoidalarning 7-moddasi sud’yaning odilligi to’g’risida bo’lib, unda sud’ya o’z majburiyatlarini yuqori professional darajada odilona, tezkor va vijdonan bajarishi shartligi; sud protsessi ishtirokchilariga o’z fikr-mulohazalarini erkin bayon qilishlari uchun teng imkoniyat yaratib berishi, ishlarni qonunda belgilangan protsessual muddatlarda ko’rib chiqishi, sud majlislarini tashkil etish va o’tkazishda puxta bo’lishi, chiqarilgan sud qarorlarini manfaatdor shaxslarga o’z vaqtida berishi shartligi; ishni ko’rib chiqishni asossiz va surunkali qoldirishga yo’l qo’ymasdan uning sud muhokamasiga talab darajasida tayyorlanishini ta’minlashga majburligi ta’kidlangan. Qoidalarning 8-moddasida halollik, munosiblik va poklik sud’yaning o’z vazifalarini lozim darajada bajarishining zarur sharti hisoblanishi; sud’ya o’z malakasini yuqori darajada ushlab turishga, nazariy bilimlari va amaliy ko’nikmalarini takomillashtirib borishga majburligi; Syd’ya o’zining odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga o’tkazilgan tazyiq va aralashuvlar, shuningdek muayyan harakatlarni bajarish yoki bajarmasljk uchun haq taklif qilinganligi to’g’risida sud’yalar malaka hay’atiga xabar berishi lozimligi belgilab qo’yilgan. Ushbu Qoidalarning 9-moddasida sud’ya hamkasblariga nisbatan xushmuomala va vazmin, tanqidga nisbatan sabr-toqatli bo’lishi, unga nisbatan tanqidiy munosabat uchun
bevosita yoki bilvosita ta’qibga yo’l qo’ymasligi, boshqa sud’yaning ish yurituvida 
bo’lgan ishlarning ko’rilishiga aralashmasligi zarurligi; 
sudlarning raislari boshqa sud’yalar o’z vazifalarini samarali bajarishlarini 
ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko’rishlari, sud apparati xodimlarini lavozinga 
tayinlash huquqidan 
oshna-og’aynigarchilik, urug’-aymoqchilik, mahalliychilik va 
rahnamolik kabi holatlarga yo’l qo’ymasdan vijdonan foydalanishlari shartligi; 
rahnamolik (asossiz rag’batlantirish va lavozimini kotarish), shuningdek nojo’ya 
ishlarga beparvolik (faoliyatdagi kamchiliklar uchun chora ko’rmaslik, huquqqa zid 
harakatlarga e’tibor bermaslik) holatlariga yo’l qo’yilishi mumkin emasligi belgilab 
qo’yilganligi o’ta ahamiyatli hisoblanadi. 
 
  
 
2. Sud jarayonining axloqiy xususiyatini ta’minlashda sud’yaning roli 
  
 
Mamlakatimizning mustqillikka erishganligi, Konsttutsiyamizda sud hokimiyati 
hokimiyatning uchinchi tarmog’i tariqasida e’tirof etilganligi, shuningdek sud tizimi 
izchillik bilan isloh etilayotganligi yuksak madaniyatli, odob-axloqli, faqat qonunlarga 
bo’ysunuvchi mustaqil va erkin sud’yalar shakllanishi va faoliyat ko’rsatishi uchun keng 
imkoniyatlarni ochib berdi. Binobarin, yuksak huquqiy madaniyatni o’ziga singdira olgan 
sud’yagina zimmasiga yuklatilgan vakolatni, nufuzni va shuningdek sudga hurmatni 
shaklantiruvchi odob-axloq me’yorlariga rioya qilgan holda amalga oshirishi, sud 
hokimiyati sha’nini mo’tabar tutishi sud jarayonining axloqiy xususiyatini ta’minlashi 
mumkin. Sunday ekan sud’ylar zimmasida katta mas’uliyat bor, ular qonunga rioya 
qilishda, yurish-turishda, adolatu poklikda boshqalarga ibrat ko’rsatishi shart bo’ladi. 
Sud’yalar o’rtasidagi axloqiy munosabatlar hay’at sudlarida sud muhokamasi 
jarayonida yuz beradi. Jinoiy odil sudlov bevosita amalga oshiriladigan sud muhokamasi  
jinoyat protsessining  hal qiluvchi bosqichi hisoblanadi. Aynan shu oshkoralik 
sharoitlarida olib borilgan bosqichda tomonlar ishtirokida sudlanuvchining taqdiri 
Logotip
bevosita yoki bilvosita ta’qibga yo’l qo’ymasligi, boshqa sud’yaning ish yurituvida bo’lgan ishlarning ko’rilishiga aralashmasligi zarurligi; sudlarning raislari boshqa sud’yalar o’z vazifalarini samarali bajarishlarini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko’rishlari, sud apparati xodimlarini lavozinga tayinlash huquqidan oshna-og’aynigarchilik, urug’-aymoqchilik, mahalliychilik va rahnamolik kabi holatlarga yo’l qo’ymasdan vijdonan foydalanishlari shartligi; rahnamolik (asossiz rag’batlantirish va lavozimini kotarish), shuningdek nojo’ya ishlarga beparvolik (faoliyatdagi kamchiliklar uchun chora ko’rmaslik, huquqqa zid harakatlarga e’tibor bermaslik) holatlariga yo’l qo’yilishi mumkin emasligi belgilab qo’yilganligi o’ta ahamiyatli hisoblanadi. 2. Sud jarayonining axloqiy xususiyatini ta’minlashda sud’yaning roli Mamlakatimizning mustqillikka erishganligi, Konsttutsiyamizda sud hokimiyati hokimiyatning uchinchi tarmog’i tariqasida e’tirof etilganligi, shuningdek sud tizimi izchillik bilan isloh etilayotganligi yuksak madaniyatli, odob-axloqli, faqat qonunlarga bo’ysunuvchi mustaqil va erkin sud’yalar shakllanishi va faoliyat ko’rsatishi uchun keng imkoniyatlarni ochib berdi. Binobarin, yuksak huquqiy madaniyatni o’ziga singdira olgan sud’yagina zimmasiga yuklatilgan vakolatni, nufuzni va shuningdek sudga hurmatni shaklantiruvchi odob-axloq me’yorlariga rioya qilgan holda amalga oshirishi, sud hokimiyati sha’nini mo’tabar tutishi sud jarayonining axloqiy xususiyatini ta’minlashi mumkin. Sunday ekan sud’ylar zimmasida katta mas’uliyat bor, ular qonunga rioya qilishda, yurish-turishda, adolatu poklikda boshqalarga ibrat ko’rsatishi shart bo’ladi. Sud’yalar o’rtasidagi axloqiy munosabatlar hay’at sudlarida sud muhokamasi jarayonida yuz beradi. Jinoiy odil sudlov bevosita amalga oshiriladigan sud muhokamasi jinoyat protsessining hal qiluvchi bosqichi hisoblanadi. Aynan shu oshkoralik sharoitlarida olib borilgan bosqichda tomonlar ishtirokida sudlanuvchining taqdiri
haqida,  jabrlanuvchi va fuqarolik da’vogari da’vosining asoslantirilganligi to’g’risida 
qaror qabul qilinadi.  
Jinoyat ishlari sud majlisida muhokama qilinayotganda sud’ya lavozimiga ko’ra 
sud majlisida raislik qiladi va aynan uning o’zi qonunga qattiy rioya qilinishini va sud 
muhokamasining yuksak axloqiy darajada olib borilishini hamda ishning natijasini 
ta’minlashi lozim bo’ladi.   Bu o’rinda sudlov hay’atida hal qilinishi lozim bo’lgan ayrim 
axloqiy muammolar ishni yakka tartibda ko’radigan sud’yaning oldida turgan axloqiy 
muammolardan farqlanadi.  Shunday bo’lsada qonun tomonidan belgilab qo’yilgan 
protsessual harakatlar doirasida rahbarlikni amalga oshirish, ishda ishtirok etuvchi 
taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxs lar bilan, ish hay’atda ko’rilayotganda 
sud’yalar va xalq maslahatchilari bilan, ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslar bilan 
axloqiy munosabatlarga kirishish   sud majlisida raislik qiluvchi zimmasida qolaveradi.      
 Jinoyat 
ishlari 
xalq 
maslahatchilari 
ishtirokida 
ko’rilayotganda 
 
xalq 
maslahatchilari ham sud’yaning huquqlaridan foydalanadi va sud barcha masalalarni 
oddiy ko’pchilik ovoz bilan, ya’ni raislik qiluvchi va har bir xalq maslahatchisining 
ovozlari tengligi bilan hal qiladi.  Albatta xalq maslahatchilari qonunlarni bilsada sudda 
raislik qiluvchiga qaraganda chuqur bilimga ega emas, lekin ular hayotiy tajribaga va 
ma’lum bir sohada kasbiy tajribaga ega, bu esa ishni asosli korib chiqib, xulosa 
chiqarishda sud’yaga ko’maklashishi mumkin bo’ladi.  
 Tajribali sud’yalar hay’ati munosabatlarida ham ko’p yillik amaliyotdan kelib 
chiqqan muayyan axloqiy normalarga rioya qilinishi darkor. Sud majlisida raislik 
qiluvchi har bir xalq maslahatchisini ish materiallari bilan oldindan tanishtirishi, 
ayblanuvchi ayblanayotgan qonunning mohiyatini tushutirishi, shuningdek xalq 
maslahatchisining huquqlarini tushuntirishi kerak. Ammo sud’ya sud hay’atining 
vakolatiga tegishli masalalar bo’yicha xalq maslahatchilariga o’zining shaxsiy fikrini 
o’tkazishga haqli emas. Shuningdek xalq maslahatchisiga ishni o’rganishda va adolatli 
hal qilishda shaxsan javobgarligini tushutirish lozim. Xalq maslahatchilariga agarda 
ularning ishni ko’rishda beg’arazligiga shubha tug’dirishiga asoslar bo’lganda sud’yani 
rad qilish, o’zini-o’zi rad qilish asoslari tushuntiriladi. 
Logotip
haqida, jabrlanuvchi va fuqarolik da’vogari da’vosining asoslantirilganligi to’g’risida qaror qabul qilinadi. Jinoyat ishlari sud majlisida muhokama qilinayotganda sud’ya lavozimiga ko’ra sud majlisida raislik qiladi va aynan uning o’zi qonunga qattiy rioya qilinishini va sud muhokamasining yuksak axloqiy darajada olib borilishini hamda ishning natijasini ta’minlashi lozim bo’ladi. Bu o’rinda sudlov hay’atida hal qilinishi lozim bo’lgan ayrim axloqiy muammolar ishni yakka tartibda ko’radigan sud’yaning oldida turgan axloqiy muammolardan farqlanadi. Shunday bo’lsada qonun tomonidan belgilab qo’yilgan protsessual harakatlar doirasida rahbarlikni amalga oshirish, ishda ishtirok etuvchi taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxs lar bilan, ish hay’atda ko’rilayotganda sud’yalar va xalq maslahatchilari bilan, ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslar bilan axloqiy munosabatlarga kirishish sud majlisida raislik qiluvchi zimmasida qolaveradi. Jinoyat ishlari xalq maslahatchilari ishtirokida ko’rilayotganda xalq maslahatchilari ham sud’yaning huquqlaridan foydalanadi va sud barcha masalalarni oddiy ko’pchilik ovoz bilan, ya’ni raislik qiluvchi va har bir xalq maslahatchisining ovozlari tengligi bilan hal qiladi. Albatta xalq maslahatchilari qonunlarni bilsada sudda raislik qiluvchiga qaraganda chuqur bilimga ega emas, lekin ular hayotiy tajribaga va ma’lum bir sohada kasbiy tajribaga ega, bu esa ishni asosli korib chiqib, xulosa chiqarishda sud’yaga ko’maklashishi mumkin bo’ladi. Tajribali sud’yalar hay’ati munosabatlarida ham ko’p yillik amaliyotdan kelib chiqqan muayyan axloqiy normalarga rioya qilinishi darkor. Sud majlisida raislik qiluvchi har bir xalq maslahatchisini ish materiallari bilan oldindan tanishtirishi, ayblanuvchi ayblanayotgan qonunning mohiyatini tushutirishi, shuningdek xalq maslahatchisining huquqlarini tushuntirishi kerak. Ammo sud’ya sud hay’atining vakolatiga tegishli masalalar bo’yicha xalq maslahatchilariga o’zining shaxsiy fikrini o’tkazishga haqli emas. Shuningdek xalq maslahatchisiga ishni o’rganishda va adolatli hal qilishda shaxsan javobgarligini tushutirish lozim. Xalq maslahatchilariga agarda ularning ishni ko’rishda beg’arazligiga shubha tug’dirishiga asoslar bo’lganda sud’yani rad qilish, o’zini-o’zi rad qilish asoslari tushuntiriladi.
Agarda xalq maslahatchisiga nisbatan rad qilish yoki o’zini o’zi rad qilish yuz 
berganida raislik qiluvchi protsessual qonunda o’rnatilgan tartibga binoan boshqa xalq 
maslahatchisini taklif etadi va u ham ishning muhokamasiga tayorgarlik ko’radi.  
Ish bo’yicha raislik qiluvchining axloqiy burchi shundan iboratki, ya’nu sud’yalar 
hay’atida hamkorlik muhitini, o’zaro hurmatni, har bir sud’yanining ko’rilayotgan ish 
bo’yicha o’z majburiyatlariga qat’iylik va javobgarlik bilan yondashish muhitini yaratishi 
lozim, toki ish bo’yicha barcha muammolar ishni ko’rishda istirok etayotgan barcha 
sud’yalarning tengligi asnosida ularning ichki ishonchlariga  asosan hal etilsin.  
Ishni yakka tartibda ko’rishning o’ziga xos axloqiy tomonlari mavjud. Ishni yakka 
tartibda ko’rayotgan sud’yada ishing sud muhokamasi jarayonida va hukmni chiqarish 
asnosida boshqa sud’yalarning fikr va mulohazalaridan foydalanish imkoniyati mavjud 
emas. Ish bo’yicha sud muhokamasining haqqoniy olib borilishi uchun va  adolatli hukm 
chiqarilishi uchun barcha javobgarlik ishni yakka tartibda ko’rib chiqayotgan 
sud’yaninggina zimmasida bo’ladi.  
Amaliyot ko’rsatishicha agar ish hay’atda malakali sud’yalar tarkibida ko’rib 
chiqilayotgan bo’lsa, sud’yalar tarkibi o’rtasidagi munosabatlarda ishda raislik qiluvchi 
sud’yaning hamda malaka darajasi kattaroq bolgan, shuningdek shu sud jamoasida 
ko’pdan buyon ishlab kelayotgan sud’yalarning ta’sir doirasi kuchli bo’lishi mumkin. 
Shu sababli ishlar hay’atda ko’rib chiqilayotganida ovoz berish jarayonida raislik 
qiluvchi oxirgi bo’lib o’z ovozini berishligi qonunda belgilab qo’yilganligi bejiz emas.  
Sudning va protsess ishtirokchilarining qonunga asoslangan axloqiy asoslari 
sud’yaning va asosan ishda raislik qiluvchining  sudlanuvchi, uning himoyachisi, 
jabrlanuvchi, prokuror va ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslar bilan bo’ladigan 
munosabatlaridagi xulqi-atvorini belgilab beradi.1  Protsessual qonun talablariga binoan 
ish bo’yicha raislik qilayotgan sud’ya, boshqa sud’yalar va xalq maslahatchilari barcha 
sud muhokamalarini o’tkazishga va  jinoyat ishini hal qilishni beg’araz amalga oshirishga 
majburdirlar.  Sud’yalarda sudlanuvchiga  yoki jabrlanuvchiga, ishda qatnashyotgan 
                                                           
1 Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине 
Челябинск, 2005. 40-50 b.  
Logotip
Agarda xalq maslahatchisiga nisbatan rad qilish yoki o’zini o’zi rad qilish yuz berganida raislik qiluvchi protsessual qonunda o’rnatilgan tartibga binoan boshqa xalq maslahatchisini taklif etadi va u ham ishning muhokamasiga tayorgarlik ko’radi. Ish bo’yicha raislik qiluvchining axloqiy burchi shundan iboratki, ya’nu sud’yalar hay’atida hamkorlik muhitini, o’zaro hurmatni, har bir sud’yanining ko’rilayotgan ish bo’yicha o’z majburiyatlariga qat’iylik va javobgarlik bilan yondashish muhitini yaratishi lozim, toki ish bo’yicha barcha muammolar ishni ko’rishda istirok etayotgan barcha sud’yalarning tengligi asnosida ularning ichki ishonchlariga asosan hal etilsin. Ishni yakka tartibda ko’rishning o’ziga xos axloqiy tomonlari mavjud. Ishni yakka tartibda ko’rayotgan sud’yada ishing sud muhokamasi jarayonida va hukmni chiqarish asnosida boshqa sud’yalarning fikr va mulohazalaridan foydalanish imkoniyati mavjud emas. Ish bo’yicha sud muhokamasining haqqoniy olib borilishi uchun va adolatli hukm chiqarilishi uchun barcha javobgarlik ishni yakka tartibda ko’rib chiqayotgan sud’yaninggina zimmasida bo’ladi. Amaliyot ko’rsatishicha agar ish hay’atda malakali sud’yalar tarkibida ko’rib chiqilayotgan bo’lsa, sud’yalar tarkibi o’rtasidagi munosabatlarda ishda raislik qiluvchi sud’yaning hamda malaka darajasi kattaroq bolgan, shuningdek shu sud jamoasida ko’pdan buyon ishlab kelayotgan sud’yalarning ta’sir doirasi kuchli bo’lishi mumkin. Shu sababli ishlar hay’atda ko’rib chiqilayotganida ovoz berish jarayonida raislik qiluvchi oxirgi bo’lib o’z ovozini berishligi qonunda belgilab qo’yilganligi bejiz emas. Sudning va protsess ishtirokchilarining qonunga asoslangan axloqiy asoslari sud’yaning va asosan ishda raislik qiluvchining sudlanuvchi, uning himoyachisi, jabrlanuvchi, prokuror va ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslar bilan bo’ladigan munosabatlaridagi xulqi-atvorini belgilab beradi.1 Protsessual qonun talablariga binoan ish bo’yicha raislik qilayotgan sud’ya, boshqa sud’yalar va xalq maslahatchilari barcha sud muhokamalarini o’tkazishga va jinoyat ishini hal qilishni beg’araz amalga oshirishga majburdirlar. Sud’yalarda sudlanuvchiga yoki jabrlanuvchiga, ishda qatnashyotgan 1 Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине Челябинск, 2005. 40-50 b.
boshqa shaxslarga nisbatan oldindan noto’g’ri fikr paydo qilishlik bu sud xatosiga 
to’ppa-to’g’ri  yo’l demakdir. Bu albatta noqonuniy va axloqqa zid harakat hisoblanadi, 
chunki sud’ya o’ziga nisbatan jamiyat tomonidan qo’yilgan haqqoniy va beg’araz bo’lish  
haqidagi talablardan chekinishga olib keladi.2 Oldindan sud’yada noto’g’ri fikr paydo 
qilishlik nafaqat ish bo’yicha haqiqiy holatni o’rganishda, balki qilmishni huquqiy 
tavsiflashda shuningdek jazo turini tanlashda  xatoga yo’l qo’yishga olib keladi. 
Sud’yaning oldida turgan vazifa shundan iborat bo’lishi kerakki, sudlanuvchining aybdor 
yoki aybdor emasligi to’g’risida to hukm chiqarilmaguncha o’z fikrini bildirishga haqli 
emas. Shunday bo’lgan taqdirda u asosli rad etilishi lozim bo’ladi.  
Ishda raislik qilayotgan sud’ya, shuningdek istirok etayotgan boshqa sud’yalar 
yoki xalq maslahatchilari ishda qatnashayotgan barcha ishtirokchilarning  iltimoslariga, 
arizalariga bir xilda e’tibor qaratishga, ularni tinglashga va ular tomonidan qo’yilgan 
masalalarni sud muhokamasiga qo’yishga majburdirlar.  
Sud’yalardan sud protsessi ishtirokchilarining barchasiga bir xilda munosabat 
bildirishlari talab etiladi, ishtirokchilarning birontasiga masalan jabrlanuvchiga yaxshi 
munosabatda bo’lib, unga e’tiborini qaratish,  ikkinchisiga, aytaylik sudlanuvchiga 
nisbatan ishonchsizlik bildirib, uning murojaatlarini e’tiborsiz qoldirish yaramaydi. 
Umuman olganda sudda ishtirokchilarning protsessual tengligini ta’minlash talab etiladi, 
bu shunday ta’min etilishi lozimki, sudda qatnashayotganlarda biron bir shubhaga o’rin 
qolmasin. 
 
 
 
3. Sud tomonidan qabul qilinadigan qarorlar mazmunidagi axloqiy asoslar 
 
Sud muhokamasi jinoat ishi bo’yicha hukm chiqarilish bilan yakunlanadi. Barcha 
protsessual qarorlarga bo’lgani kabi sud hukmiga ham qator talablar qo’yiladi. 
                                                           
2 Qarang: o'sha yerda, 40-50 b. 
 
 
Logotip
boshqa shaxslarga nisbatan oldindan noto’g’ri fikr paydo qilishlik bu sud xatosiga to’ppa-to’g’ri yo’l demakdir. Bu albatta noqonuniy va axloqqa zid harakat hisoblanadi, chunki sud’ya o’ziga nisbatan jamiyat tomonidan qo’yilgan haqqoniy va beg’araz bo’lish haqidagi talablardan chekinishga olib keladi.2 Oldindan sud’yada noto’g’ri fikr paydo qilishlik nafaqat ish bo’yicha haqiqiy holatni o’rganishda, balki qilmishni huquqiy tavsiflashda shuningdek jazo turini tanlashda xatoga yo’l qo’yishga olib keladi. Sud’yaning oldida turgan vazifa shundan iborat bo’lishi kerakki, sudlanuvchining aybdor yoki aybdor emasligi to’g’risida to hukm chiqarilmaguncha o’z fikrini bildirishga haqli emas. Shunday bo’lgan taqdirda u asosli rad etilishi lozim bo’ladi. Ishda raislik qilayotgan sud’ya, shuningdek istirok etayotgan boshqa sud’yalar yoki xalq maslahatchilari ishda qatnashayotgan barcha ishtirokchilarning iltimoslariga, arizalariga bir xilda e’tibor qaratishga, ularni tinglashga va ular tomonidan qo’yilgan masalalarni sud muhokamasiga qo’yishga majburdirlar. Sud’yalardan sud protsessi ishtirokchilarining barchasiga bir xilda munosabat bildirishlari talab etiladi, ishtirokchilarning birontasiga masalan jabrlanuvchiga yaxshi munosabatda bo’lib, unga e’tiborini qaratish, ikkinchisiga, aytaylik sudlanuvchiga nisbatan ishonchsizlik bildirib, uning murojaatlarini e’tiborsiz qoldirish yaramaydi. Umuman olganda sudda ishtirokchilarning protsessual tengligini ta’minlash talab etiladi, bu shunday ta’min etilishi lozimki, sudda qatnashayotganlarda biron bir shubhaga o’rin qolmasin. 3. Sud tomonidan qabul qilinadigan qarorlar mazmunidagi axloqiy asoslar Sud muhokamasi jinoat ishi bo’yicha hukm chiqarilish bilan yakunlanadi. Barcha protsessual qarorlarga bo’lgani kabi sud hukmiga ham qator talablar qo’yiladi. 2 Qarang: o'sha yerda, 40-50 b.