1
ODOB-AXLOQNING TUSHUNCHASI VA MOHIYATI.
Reja:
1. Odob-axloq tushunchasi
2. Odob-axloqning vazifasi va tuzilishi
3. Odob-axloq va huquq
1. Odob-axloq tushunchasi
Odob-axloq (moral) (lotincha “moralis” - axloqiy; “mores” - fe’l-atvorlar)
odamning xulqini normativ tartibga solishning usullaridan biri, ijtimoiy ongning
alohida shakli va ijtimoiy munosabatning korinishi hisoblanadi. Odobning bir nechta
tavsiflari bor bolib, uning o’ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Odob-axloq
jamiyatda odamlarning yurish-turishini tartibga solish usullaridan biri hisoblanadi. U
o’zida kishilarning ushbu jamiyatda yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik,
loyiqlik va noloyiqlik haqida qabul qilingan tushunchalarga muofiq o’zaro
munosabatlarining xususiyatini belgilavchi norma va tamoillarni ifodalaydi.
Odob-axloq talablariga rioya qilishlik ruhiy ta’sir kuchi bilan, jamoat fikri,
insonning ichki ishonch, vijdoni bilan ta’minlanadi.
Odob-axloqning o’ziga xosligi shundan iboratki, u odamlarning yurish-
turishini hayotning barcha jabhalarida, ya’ni ish faoliyatidagi, oiladagi, kishilar
o’rtasidagi va boshqa munosabatlarda tartibga solib boradi. Odob-axloq guruhlar va
davlatlararo munosabatlarga ham joriy etiladi.
Odob-axloq tamoillari umum hususiyatga ega bo’lib, barcha insonlarni qamrab
oladi, jamiyatning tarixiy rivojlanis jarayonida yaratiladigan o’zaro munosabatlari
madaniyatining asosini mustahkamlaydi.
2
Insonning har qanday harakati, muomalasi turli mazmunda-huquqiy, siyosiy
yoki boshqa boshqa bo’lishi mumkin, ammo uning xulqiy tomoni, axloqiy mohiyati
bir xil daraja korsatkichida baholanadi.
Odob-axloq normalari jamiyatda an’analar kuchi, umumtanolingan va barcha
tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan tartib-intizom, jamoatchilik fikri bilan qayta
ishlanib boraveradi. Odob-axloq normalariga rioya qilinishi barcha tomonidan
nazorat qilinadi.
Odob-axloqda javobgarlik ma’naviy va yuksak bo’ladi, yani xatti-harakatni
qoralaydi yoki ma’qullaydi, axloqiy baho berish shaklida bo’lib odam avvalo anglab
olishi, dildan qabul qilishi va bunga mos holda o’zining xatt-harakatlarini tartibga
solishi va yo’naltirishi lozim bo’ladi. Bunday baho berish umum e’tirof etilgan norma
va tamoillarga, barcha tomonidan qabul qilingan zarur va zarur bo’lmagan, loyiq va
loyiq bo’lmagan va boshqa tushunchalarga mos bo’lishi kerak.
Odob-axloq albatta insoniyatning turmushiga, insonniy ehtiyoji mohiyatiga
bog’liq bo’ladi, ammo ijtimoiy va individual ong darajasi bilan belgilanadi.
Jamiyatda insonlarning xatti-harakatini boshqa shakllar qatorida odob-axloq
ham ko’plab individlarning faoliyatlarini muvofiqlashtirishga, uni muayan ijtimoiy
qonunlarga bo’yinsungan birlashgan umumiy faoliyatga aylantirishga xizmat qiladi.
2. Odob-axloqning vazifasi va tuzilishi
Odob-axloqning vazifalari masalasini o’rganib quyidagilarga ajratish mumkin:
- tartibga soluvchi,
- tarbiyalavchi,
- bilish,
- qat’iy-baho beruvchi,
- ориентирlavchi,
- asoslantiruvchi,
- aloqa uchun xizmat qiladigan,
va boshqa vazifalar1.
1 Аrxangelskiy L. М. Курс лекций по марксистско-ленинской этике. М.,1974. s.37—46.
3
Yuristlar uchun odob-axloqning tartibga soluvchi, tarbiyalavchi vazifalari
birlamchi qiziqish uyg’otadi.
Tartibga soluvchi vazifa odob-axloqning birlamchi vazifasi hisoblanadi.
Odob-axloq insonning amaliy faoliyatini jamiyatning va boshqa odamlarning
manfaatlarini hisobga olish nuqtai nazaridan yo’naltiradi va tartibga solib boradi. Shu
o’rinda odob-axloqning ijtimoiy munosabatlarga faol ta’siri individual xatti-
harakatlar orqali amalga oshiradi.
Odob-axloqning tarbiyaviy vazifasi inson shaxsini shakllantirish uning o’z-
o’zini anglashida ishtirok etadi.
Odob-axloq hayotning mazmuni va maqsadiga qarashlarning paydo bo’lishiga,
inson tomonidan o’z qadr-qimmatini, jamiyat va boshqa odamlar oldidagi burchini,
boshqalarning qadr-qimmati va huquqlariga hurmatning zarurligini anglab olishga
xizmat qiladi. Odob-axloq bu vazifasini insoniylik deb tavsiflash qabul qilingan.
Odob-axloqning tartibga soluvchi vazifasi uning boshqa vazifalariga ham ta’sir
ko’rsatadi.
Yuqorida aytib o’tilganidek odob-axloq sub’ektlari alohida shaxslar
shuningdek butun jamiyat hisoblangan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi
bo’lib xizmat qiladi.
Ushbu ijtimoiy munosabatlar jarayonida shaxsning axloqiy xatti-harakatlari
o’zini o’zi tartibga solish va butun ijtimiy borliqning ma’naviy o’zini o’zi boshqarishi
yuzaga keladi.
Odob-axloq inson hayot faolyatining barcha jabhalarini tartibga soladi.
Insonning xulq-atvorini tartibga solar ekan odob-axloq unga nisbatan yuqori
talablarni qo’yadi. Bundan tashqari odob-axloqning tartibga soluvchi vazifasi jamoat
fikrining obro’siga va insonning axloqiy ishonchiga, jamiyat va shaxs haq bo’lmasa-
da, tayangan holda amalgam oshiradi.
Odob-axloqga ijtimoiy ongning muhim shakli tariqasida ham qaraladi, ijtimoiy
munosa,atning ko’rinishi sifatida ham, shuningdek insonning axloqiy faoliyatini
tartibga soluvchi jamiyatda mavjud xatti-harakat normalari qaraladi.
4
Xulqiy ong odob-axloqning, uning ideal va sub’ektib tomonini ifoda qiluvchi,
bir qismi hisoblanadi. Axloqiy ong insonlarga ularning burchi tariqasida muayan
xulq-atvor va xatti-harakatlani yuklaydi. Xulqiy ong ijtimoiy borliqning turli
ko’rinishlariga – qiimishga, uning motiviga, xatti-harakatiga, hayot tarziga va b.larga
odob-axloq normalariga muofiqligi nuqtai nazaridan kelib chiqib baho beradi.
Bunday baho ma’qullashda yoki rad qilishda, maqtashda yoki tanqid qilisgda,
yoqtirish yoki yoqtirmaslikda, sevishda yoki ko’rolmaslikda ifodalanadi. Axloqiy ong
ijtimoiy ong shakli hisoblanadi shu bilan bir vaqtda shaxning individual ongi doirasi
ham hisoblanadi. Bu o’rinda insonning o’ziga o’zi vijdon, g’urur, uyat,
pushaymonda bo’lish bilan va b. axloqiy sezgilari bilan bog’liq holda baho berishi
muhim o’rin egallaydi.
Odob-axloqni axloqiy ong bilangina bog’lab bo’lmaydi.
Xulqni va xulqiy ongni birxillashtirishga qarshi chiqib, М. S. Strogovich
писал: “Xulqiy ong bu qarashlar, ishonchlar, yaxshilik va yomonlik to’g’risida
g’oyalar, loyiq va noloyiq xatti-harakatlardir, xulq esa jamiyatda insonlarning xatti-
harakatlari, ularning o’zaro munosabatlarini tartibga soluvchi ijtimoiy normalardir.”2
Axloqiy munosabatlar insonlar o’rtasida faoliyatlari jarayonida vujudga keladi.
Axloqiy munosabatlar mazmuniga, shakliga, sub’ektlar o’rtasidagi ijtimoiy alloqa
usuli bilan farqlanadi. Ularning mazmuni kimga nisbatan ba (jamiyatga ba
odamlarga nisbatan) qanday axloqiy majburiyatlarni olishi bilan belgilanadi.
Barcha holatlarda inson oxir oqibatda axloqiy munosabatlar tizimida boladi.
Axloqiy munosabatlarda inson xulqiy faoliyatning ham sub’ekti va ham ob’ekti
tariqasida qatnashadi. Demak, u boshqa odamlar oldida uning o’zi jamiyatga
nisbatan, ijtimoiy guruhga nisbatan sub’ekt hisoblanadi, ammo bir vaqtning o’zida u
boshqalar uchun bir vaqtning o’zida axloqiy majburiyatlar ob’ekti bo’ladi, chunki
ular uning manfaatlarini himoya qilishi, u to’g’risida g’amxo’rlik qilishi lozim.
Axloqiy faoliyat odob-axloqning ob’ektiv tomonini o’zida ifoda etadi.
2 Проблемы судебной этики/Под ред. М. С. Строговича. М., 1974. С. 7.
5
Axloqiy faoliyat to’g’risida shunda gapirish mumkin-ki, qachonki xatti-hararat-
qilmish, xatti-harakat, ularning motivi yaxshilik va yomonlik, loyiq va noloyiq, va
b.larning chegaralanish talablari bo’yicha baholanish mumkin bo’lsa. Xulqiy
faoliyatning birlamchi belgisi qilmish hisoblanadi, chunki uning zamirida xatti-
harakatning maqsadi, motivi va mo’ljal yotadi. Qilmish motivni, mo’ljalni, maqsani,
harakatni, qilmishning natijasini o’z ichiga oladi. Qilmishning xulqiy oqibati
insonning o’ziga baho berishi va unga atrofdagilar tomonidan baho beririshidir.
Insonning doimiy yoki o’zgarib turuvshi sharoitlarda sodir etgan xulqiy ahamiyatga
ega bo’lgan harakatlari yig’ndisi axloq deb qabul qilinadi. Insonning xatti-harakati
axloqiy sifati, xulqiy ko’rinishining birgina ob’ektiv ko’rinishi hisoblanadi.
Axloqiy faoliyat faqat asoslantirilgan va maqsad sari yo’naltirilgan harakatlarni
o’z ichiga oladi. Bu erda istak, xohishlar hal qiluvchi o’rinda turadi, chunki inson
ularga tayanadi, ularning o’ziga xos xulqiy motivlari yaxshilik qilishni istash, burch
hissini amalgam oshirish, ma’lum bir maqsadga erishishdan iborat bo’ladi.
Odob-axloqning o’iga xos tomonlari, elementlari bor bo’lib, ular o’z ichiga axloqiy
normalarni, axloq tamoillarini, axloqiy maqsadlarni, axloqiy mezonlarni qamrab
oladi.
Axloqiy normalar bu insonning jamiyatdagi xatti-harakati, uning boshqa
kishlar bilan muomalasi, jamiyatga va o’ziga nisbatan bo’lgan muomalasi
hisoblanadi. ijtimoiy normalar bo’lib, Ularning bajarilishi ijtimoiy fikr, yaxshilik va
yomonlik, adolat va adolatsizlik, ezgulik va yomonlik va b.lar haqida ushbu
jamiyatdan olgan tushunchalar asosidagi ichki ishonch orqali ta’minlanadi.
Axloqiy normalar ushbu jamiyatga, axloqning ijtimoiy guruhiga mos muayan
holatga xos xatti-harakatning mazmunini belgilaydi. Axloqiy normalar jamiyatda
mavjud tarbga soluchi boshqa – iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, estetik normalardan
insonlarning xatti-harakatlarini tartibga solish usuli bilan farqlanadi. Xulq, fe’l-
atvorlar jamiyat hayotida an’analar kuchi, obro’ va umumtanolingan va barcha
tomonidan qo’llab – quvvatlangan intizom, jamoaviy fikr, muayan sharoitlarda lozim
xulq-atvorda bo’lishga jamiyat a’zolarni ishontirish bilan amalda bo’ladi.
6
Oddiy odatlarda masalan tug’ilgan kunni nishonlash, armiyaga kuzastish kabi
insonlar bir xildagi xatti-harakatlardan farqli o’laroq, axloqiy normalar hafaqat
umumqabul qilingan tartibda amalgam oshiriladi, balki inson tasavvurida jamiyatda
yoki muayan hayotiy sharoitda losim yoki lozim bo’lmagan xatti-harakatning
g’oyaviy asosi toplib, unga asosan amalga oshiriladi.
Axloqiy tamoillarga quydagilar kiradi:
- insonparvarlik - признание человека высшей ценностью;
-al’turizm – yaqin kishisiga beg’araz xizmat qilish;
- rahmdillik - nimagadir muhtoj bo’lgan har qanday insonga yordamga tayorlik;
-jamoaviylik - umumiy mafaatga ko’maklashishga ongli intilish.
2. Odob-axloq va huquq
Odob-axloq va huquqning o’zaro munosabati yuristlar uchun alohida qiziqish
tug’diruvchi ushbu ijtimoiy ko’rinishlarni o’rganishning muhim omillaridan biri
hisoblanadi.
Odob-axloq insonning xatti-harakatini, faoliyatini normativ tartibga solishning
asosiy turlaridan biridir. U insonlarning umumijtimoiy qonunlarga bo’ysunishini
ta’minlaydi. Odob-axloq ushbu vazifani boshqa jamiyatda o’rnatilgan normalarni
o’rganish va o’zlashtirishni ta’minlashga yo’naltirilgan ijtimoiy fanlar bilan
birgalikda
Odob-axloq bu – ijtimoiy hayotni tartibga soluvchi zarur, o’zaro bog’liq va
bir-biriga singib boruvchi tizimlardir. Ular jamiyat faoliyatga turli xil xohish-
iataklarni muvofiqlahtirish, insonlarni muayan qoidalarga bo’ysundirish yo’li bilan
amalgam oshiradi.
Axloq va huquq bitta ijtimoiy fazifani bajaradi, u ham bo’lsa jamiyatda
insonlarning xatti-harakatlarini tartibga solishdan iborat. Ular murakkab tizimlarni
tashkil etadi, qaysikim o’z ichiga ijtimoiy ongni (axloqiy va huquqiy), ijtimoiy
ahamiyatli faoliyatni, normativ sohani (axloqiy va huquqiy normalar).
7
Normativlik bu insonlar xatti-harakatini tartibga solishga imkon beradigan axloq va
huquqning xususiyatidir. Bu Orinda ularning ob’ektlari ko’p hollarda mos keladi.
Ammo ularni taribga solish o’iga xos usullarda amalga oshiriladi.
Huquqiy normalarga rioya qilish huquqiy tag’dirlash jazolash, shu jumladan
davkat majburlavi, yuridik sanktsiya maxsus davlat apparati tomonidan amalgam
oshriladi. Axloqda esa faqat ruhiy sanktsiyalar bo’lib, ular ruhiy qo’llab quvvatlash
yoki jazolashdan iborat.
Taklif qilinayotgan adabiyotlar:
1. Karimov I. Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy
qadriyat // “Xalq so`zi”. 2005, 10 dekabr.
2. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т.: Ўзбекистон, 2010
3. Ўзбекистон Республиксининг “Судлар тўғрисида”ги (янги тахрирдаги)
қонуни. Т., 2001
4. Анисимов С. Ф. Мораль и поведение. М., 1985. 2.2. Структура
5. и функции морали.
6. Архангельский Л. М. Курс лекций по марксистско-ленинской
7. этике. М.,1974.
8. Васильев Ю. С. Взаимодействие права и морали//Советское
9. государство и право. 1966. № 11.
10. Дробницкий О. Г., Гусейнов А. А. Введение в этику. М., 1985
11. Дробницкий О.Г. Понятие морали. – М., 1974.
12. Кобликов А.С. Юридическая этика.Учебник для вузов. – М.:
13. Норма-, 2004. – 176 с.
14. Кузнецова Н. Ф. Уголовное право и мораль. М., 1967; Карпец И.
15. И. Уголовное право и этика. М., 1985.
16. Лукашева E.A. Мотивы и поведение человека в правовой сфе-
17. ре// Советское государство и право. 1972. № 8
18. 9. Марксистская этика: Учебное пособие для вузов/Под общ. ред.