O‘G‘ITLASH MASHINALAR TURLARI VAZIFASI, TUZILISHI VA TEXNOLOGIK ISH JARAYONLARI

Yuklangan vaqt

2024-05-15

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

239,0 KB


 
 
6 
 
 
O‘G‘ITLASH MASHINALAR TURLARI VAZIFASI, TUZILISHI VA 
TEXNOLOGIK ISH JARAYONLARI 
 
 
Ishni bajarish tartibi: 
Ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida tuproqqa turli xil o‘g‘itlar solinadi. 
Yerga solingan o‘g‘itlar samarasini oshirish uchun belgilangan muddatlarda – 
ya’ni kuzgi shudgorlashdan oldin yoppasiga  o‘g‘itlar solish - asosiy o‘g‘itlash, 
bevosita ekishdan oldin o‘g‘it solish –ekish oldidan o‘g‘itlash va o‘simliklar qator 
orasiga o‘g‘it solish – parvarishlash davrida oziqlantirish usullari qo‘llaniladi. 
Qotib qolgan o‘g‘itlar tuproqqa solish oldidan maydalanadi va elanadi. 
Maydalangan zarralarning o‘lchami 5 mm dan, o‘lchami 1 mm dan kam 
zarrachalarning miqdori 6% dan oshmasligi kerak.  
Agrotexnik talablar: sepilgan o‘g‘itning belgilangan me’yordan farqi, ko‘pi 
bilan
5%; agregat harakat yo‘nalishi va qamrash kengligi bo‘yicha o‘g‘it 
sepilishining notekisligi, ko‘pi bilan 25%; yonma-yon o‘tishlardagi bir-birini 
qoplash ( agregat ish qarovi bo‘yicha ), ko‘pi bilan 5%; mashina ish jarayonida 
kuzovdagi o‘g‘it miqdorining kamayishi natijasida yuz beradigan o‘g‘it sepish 
notekisligi, ko‘pi bilan 10% oshmasligi kerak. 
NRU-0,5 rusumli o‘g‘it sochgichning umumiy tuzilishi va texnologich ish 
jarayoni 1-rasmda ko‘rsatilgan. 
6 O‘G‘ITLASH MASHINALAR TURLARI VAZIFASI, TUZILISHI VA TEXNOLOGIK ISH JARAYONLARI Ishni bajarish tartibi: Ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida tuproqqa turli xil o‘g‘itlar solinadi. Yerga solingan o‘g‘itlar samarasini oshirish uchun belgilangan muddatlarda – ya’ni kuzgi shudgorlashdan oldin yoppasiga o‘g‘itlar solish - asosiy o‘g‘itlash, bevosita ekishdan oldin o‘g‘it solish –ekish oldidan o‘g‘itlash va o‘simliklar qator orasiga o‘g‘it solish – parvarishlash davrida oziqlantirish usullari qo‘llaniladi. Qotib qolgan o‘g‘itlar tuproqqa solish oldidan maydalanadi va elanadi. Maydalangan zarralarning o‘lchami 5 mm dan, o‘lchami 1 mm dan kam zarrachalarning miqdori 6% dan oshmasligi kerak. Agrotexnik talablar: sepilgan o‘g‘itning belgilangan me’yordan farqi, ko‘pi bilan 5%; agregat harakat yo‘nalishi va qamrash kengligi bo‘yicha o‘g‘it sepilishining notekisligi, ko‘pi bilan 25%; yonma-yon o‘tishlardagi bir-birini qoplash ( agregat ish qarovi bo‘yicha ), ko‘pi bilan 5%; mashina ish jarayonida kuzovdagi o‘g‘it miqdorining kamayishi natijasida yuz beradigan o‘g‘it sepish notekisligi, ko‘pi bilan 10% oshmasligi kerak. NRU-0,5 rusumli o‘g‘it sochgichning umumiy tuzilishi va texnologich ish jarayoni 1-rasmda ko‘rsatilgan.
 
 
6 
 
1-rasm. NRU-0,5 diskli o‘g‘it sochgich sxemasi: 
1-disk; 2-dastak; 3-bunker; 4-sirpang‘ich; 5-koromislo; 6-reduktor; 7-to‘kuvchi 
planka 
     
Uning o‘g‘it sepuvchi diski 1 traktorning quvvat olish vali orqali aylanma 
harakatga keltiriladi. Sepiladigan o‘g‘it miqdori dastak 2 yordamida sepish tirqishi 
hamda sepish plankasi 7 amplitudasini o‘zgartirish yo‘li bilan sozlanadi. Diskka 
tushgan o‘g‘it uning kurakchalari va markazdan qochma kuch ta’sirida 10-12 m 
kenglikda yer betiga sochiladi. 
Agrotexnik talablarni to‘liq bajarilishi hamda mashinalarning bir maromda 
ishlashi uchun dalalarda har xil baland-pastliklar uchramasligi, ular o‘simlik 
qoldiqlaridan tozalangan bo‘lishi hamda chuqur sug‘orish ariqlari va suv yuvib 
ketgan joylar tekislangan bo‘lishi lozim. 
Bir o‘kli 1-RMG-4A mineral o‘g‘it sepgich barcha turdagi mineral o‘g‘itlarni 
sepishga mo‘ljallangan. 
Mashina quyidagi asosiy qismlardan iborat: kuzov 1 (2-rasm), chiviqli 
transportyor 2, sepish regulyatori 4, sepuvchi disklar 5 xamda yuritma 
mexanizmlardan tashkil topgan.  
6 1-rasm. NRU-0,5 diskli o‘g‘it sochgich sxemasi: 1-disk; 2-dastak; 3-bunker; 4-sirpang‘ich; 5-koromislo; 6-reduktor; 7-to‘kuvchi planka Uning o‘g‘it sepuvchi diski 1 traktorning quvvat olish vali orqali aylanma harakatga keltiriladi. Sepiladigan o‘g‘it miqdori dastak 2 yordamida sepish tirqishi hamda sepish plankasi 7 amplitudasini o‘zgartirish yo‘li bilan sozlanadi. Diskka tushgan o‘g‘it uning kurakchalari va markazdan qochma kuch ta’sirida 10-12 m kenglikda yer betiga sochiladi. Agrotexnik talablarni to‘liq bajarilishi hamda mashinalarning bir maromda ishlashi uchun dalalarda har xil baland-pastliklar uchramasligi, ular o‘simlik qoldiqlaridan tozalangan bo‘lishi hamda chuqur sug‘orish ariqlari va suv yuvib ketgan joylar tekislangan bo‘lishi lozim. Bir o‘kli 1-RMG-4A mineral o‘g‘it sepgich barcha turdagi mineral o‘g‘itlarni sepishga mo‘ljallangan. Mashina quyidagi asosiy qismlardan iborat: kuzov 1 (2-rasm), chiviqli transportyor 2, sepish regulyatori 4, sepuvchi disklar 5 xamda yuritma mexanizmlardan tashkil topgan.