Oila – shaxs tarbiyasining sub’ekti sifatida
Reja:
1.Shaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuvida oilaning o‘rni. Sharq mutafakkirlari oila
tarbiyasi haqida.
2.Oilada o‘quvchilar hayotini tashkil etish. Ota-onaning farzand oldidagi va
farzandning ota-ona oldidagi burchlari.
3.Oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi.
Tayanch iboralar!
Shaxs tarbiyasi, ijtimoiylashuvi, oila, oilaning vazifalari, oilada farzand tarbiyasi,
Sharq mutafakkirlari oila tarbiyasi haqida, oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi
1.Shaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuvida oilaning o‘rni. Sharq mutafakkirlari
oila tarbiyasi haqida.
“Jamiyat” va “oila” tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Bu
bog‘liqlik jamiyatning oilalarsiz mavjud bo‘lmasligi, o‘z navbatida oilaning ma’lum
bir jamiyat tarkibida vujudga kelishi va yashovchanligida ko‘rinadi. Oila va jamiyat
o‘rtasidagi ijtimoiy munosabat ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega. Har bir
oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa
uning bag‘rida mavjud bo‘lgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining
shakllanganlik darajasiga bevosita bog‘liqdir.
Oila bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo‘lib, bu muhitda shaxs kamoloti
uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter va dunyoqarash shakllanadi.
Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat talablari
mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida, oilaviy munosabatlarni tashkil etish
jarayonida anglaydi.
Oilaviy munosabtlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, ota-
onalarda o‘ziga xos faollikni ham yuzaga keltiradi. Farzandlarning bevosita ta’siri
tufayli ularning qiziqish va faoliyat doirasi kengayadi, o‘zaro aloqalari mazmunan
boyib boradi, real hayot mohiyatini chuqurroq anglash, farzandlar kamoloti, kelajagi
timsolida o‘z umri davomiyligini kurish holati ro‘y beradi.
Shaxsning ma’naviy sifatlarga ega bo‘lishi, unda ma’naviy bilimlarni egallashga
nisbatan ehtiyoj va qiziqishning paydo bo‘lishida oila tarbiyasi asosiy rolni bajaradi.
Oilada qaror topgan sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit farzandlarning yetuk, barkamol
bo‘lib voyaga yetishlarida katta ahamiyatga ega.
Sharqda qadimdan oila tarbiyasiga yuqori baho berib kelingan. Islom dinining
muqaddas manbalari – “Qur’oni karim” va “Hadisi Sharif”da oila, oilaviy
munosabatlarga oid qarashlar o‘z ifodasini topgan. “Qur’oni karim”da: “Xotinlaringiz
zirotgohingizdir” deyiladi. Buning ma’nosi oila qurishdan ko‘zlangan asosiy maqsad –
farzand ko‘rish, ularning komil insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash
ekanligidir.
Yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda birinchi navbatda Sharq
mutafakkirlarining qimmatli ma’naviy meroslari muhim dasturil amal ahamiyatiga ega
bo‘ladi. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon
Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy,
Bahovuddin Nahshband, Amir Temur, Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek, Alisher Navoy
va Zahiriddin Muhammad Bobur singari olamga mashhur allomalarining ijtimoiy,
siyosiy va falsafiy qarashlari barcha zamonlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlarni
barkamol
inson
qilib
tarbiyalashda
birinchi
navbatda
Sharq
mutafakkirlarining qimmatli ma’naviy meroslari muhim dasturil amal ahamiyatiga ega
bo‘ladi. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon
Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy,
Bahovuddin Nahshband, Amir Temur, Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek, Alisher Navoy
va Zahiriddin Muhammad Bobur singari olamga mashhur allomalarining ijtimoiy,
siyosiy va falsafiy qarashlari barcha zamonlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Buyuk pedagog Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida bu
borada quyidagilarni ta’kidlagan edi:
tarbiya bolalarga oilada yoki ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etish
jarayonida samarali tashkil etib borilishi maqsadga muvofiq.
Sho‘ro tuzumi davrida esa oilaning shaxs tarbiyasida tutgan o‘rni inkor etilib, uni
ijtimoiy borliq vositasida tarbiyalashga harakat qilindi.
O‘zRda mustaqillik yillarida fuqarolarda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usining
qaror topganligi, o‘tmish qadriyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning ortganligi
oilaning shaxs kamolotida tutgan o‘rni va rolini xolisona baholash imkonini berdi.
Davlatning oilaga nisbatan g‘amxo‘rligi qabul qilinayotgan qonun va qarorlarda
o‘z ifodasini topmoqda. Respublikada “Oila” ilmiy-amaliy Markazi tashkil etilganligi
buning yorqin dalilidir.
Ota-onalar o‘zlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida
mehnatga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg‘usini
shakllantirish, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlash, turli ko‘rinishdagi
munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartib-intizomga amal qilish, axloq qoidalariga
rioya etish, sog‘lom turmush tarzini yaratish, shaxsiy hayotlarini belgilashda maqsad,
so‘z va faoliyat birligini ta’minlash borasida ibrat namunasini ko‘rsatadi.
Oila tarbiyasida ob’ektiv va sub’ektiv omillarning roli katta. Oilaning moddiy
ta’minoti va farovonlik (maishiy turmush) darajasi, oila byudjetining mavjud holati,
undan oqilona foydalanish borasidagi tajriba, sog‘lom ruhiy muhitning barqarorligi va
hokazolar ob’ektiv omillar sanalsa, oiladagi shaxslararo munosabatlar mazmuni, oila
a’zolarining fiziologik, psixologik, madaniy jihatdan komillik hamda ma’lumot
darajasi, ularning qiziqish va ehtiyojlari o‘rtasidagi mutanosiblik, oilaviy hayotni
tartibga solish borasidagi o‘zaro yordam, hamkorlik, birlik tamoyillariga tayanish
sub’ektiv omillar sanaladi.
Oila tarbiyasida bolalar hayotini to‘g‘ri yuritish ularni vaqtdan to‘g‘ri, unumli
foydalanishga o‘rgatish garovidir. Bunda bolalar vaqtini o‘yin, mehnat va o‘qish
faoliyatlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash nihoyatda muhimdir.
Oila muhitida tashkil etiladigan jinsiy tarbiya o‘zida bolani jinsiy jihatdan
chiniqtirish, ularni tozalik va ozodalikka o‘rgatish, o‘z sog‘ligi uchun g‘amxo‘rlik
qilish va mas’uliyatli bo‘lishni ta’minlashga qaratilgan harakatlarning mazmunini
ifoda etadi. Bolalarning sog‘lom bo‘lishlarida ularning kundalik hayotiy rejimga amal
qilishlari nihoyatda muhimdir. Ota-onalar yoki oilaning katta a’zolari bolalarning
mehnat qilishlari va dam olishlarini tartibga solishga ahamiyat berishlari kerak.
Ovqatlanishning to‘g‘ri tashkil etilishi ham bolaning sog‘lom bo‘lib o‘sishining
asosiy omillaridan biridir. Ota-onalar tomonidan bolaning belgilangan muayyan
soatlarda ovqatlanish, ovqatlanishdan avval qo‘lni yuvish, ovqatdan keyin og‘izni
chayish, shuningdek, kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun) tish tozalash, haftada
bir marta vanna (yoki dush, hammom)da cho‘milish, qo‘l va oyoq tirnoqlarini olishga
odatlantirib borishlari zarur. Ushbu holatlar bolalarda jismoniy madaniyat unsurlarini
shakllantiradi.
Oila tarbiyasida bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash ham muhim o‘rin tutadi.
Eng muhimi, ota-ona tomonidan bolaning qiziqish va ehtiyojlarini ko‘ra bilish asosida
tasavvur, idrok, tafakkur, xotira hamda diqqatni takomillashtirishga yordam beruvchi
mashg‘ulotlarga jalb etishdan iborat. Shuningdek, ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha
bolada qg‘iziqishni uyg‘ota olish, uni rivojlantirib borish ham talab etiladi. Oila
muhitida bolaning aqliy jihatidan tarbiyalab borishda konstruktorlik o‘yinlari (kubiklar
yordamida uylar qurish, kesmalar asosida fano (tasvir)lar hosil qilish va boshqalar),
fikr doirasini kengaytirishga yordam beruvchi sport o‘yinlari (shaxmat, shashka)ni
tashkil etish, turli mavzulardagi krossvord, chaynvord va rebus topishmoqlarini hal
qilish, teatr, muzey va ko‘rgazmalarga tashrif buyurish, ilm-fan, texnika, texnologiya
rivojiga oid suhbatlarning uyushtirilishi bu borada o‘zining ijobiy samarasini beradi.
Axloqiy tarbiya oila tarbiyasining o‘zagini tashkil etadi. Oilada uyushtiriladigan
axloqiy tarbiyaning maqsadi bolalarda eng oliy axloqiy sifatlar ota-ona va oilaning
boshqa a’zolari, atrofdagilarga nisbatan mehr-muhabbat, kattalarga hurmat,
kichiklarga
muruvvat,
kamtarlik,
to‘g‘riso‘zlik,
mehnatsevarlik,
sahovat,
insonparvarlik, adolat, vijdon, or-nomus, g‘urur, intizom, ijtimoiy burchni anglash va
hokazolarni shakllantirishdan iboratdir. Oila go‘zallikning birinchi maktabidir. Oila
a’zolarining o‘zaro munosabatlari, uy-jihozlari, ularning yagona birligi, uyg‘unligi,
tartibli joylashtirilishi, saranjom-sarishtalik, maktabning bezatilishi, maktabdagi
yodgorlik va a’lochilar burchagi kabilarning barchasi bevosita bolalarda go‘zallikni
tarbiyalashda katta ta’sir ko‘rsatadi Oiladagi sog‘lom muhit, oila a’zolarining
psixologik jihatdan o‘zaro yaqinliklari, ehtiyoj, qiziqish va hayotiy yondoshuvilaridagi
umumiylik, bir-birlarini har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlay olishlari, ota-onalar
tomonidan
barcha
farzandlariga
nisbatan
qo‘yilayotgan
talablar,
ularga
ko‘rsatilayotgan e’tiborning bir xil bo‘lishi oila tarbiyasida ijobiy natijalarga
erishishning omillari sanaladi.
Oilada tashkil etiladigan estetik tarbiya bolalarda go‘zallikni his qilish, undan
zavqlanish, tabiat go‘zalliklaridan bahra olish asosida his-tuyg‘u, idrok, tasavvur
hamda qarashlarni yuzaga keltirish, ularni hayotni sevishga o‘rgatishdek vazifalarning
ijobiy hal etilishini nazarda tutadi. Bolalar yoshligidanoq soxta go‘zalliklar (yarim
yalang‘och yoki yalang‘och badan, me’yoridan ortiq qo‘llanilgan pardoz, urfga kirib
borayotgan kosmetik operatsiyalar “mahsuli”, o‘ta darajadagi yaltiroq mato yoki
taqinchoqlar) go‘zallikning timsoli emasligini anglab yetishlari lozim. Bola
tasavvurida haqiqiy, tabiiy go‘zallik (yam-yashil tabiat, nafis qor uchquni, nozik
gullar, beg‘ubor osmon, viqorli tog‘lar, tiniq zilol suv, toza, musaffao havo, bepoyon
dalalar, qushlarning yoqimli ovozi, sharqiroq suv, “chuchvara”lar hosil qilayotgan
yomg‘ir tomchilari, kamalak jilosi, shuningdek, ochiq, xushsurat, chiroyli tabassum,
shirali ovoz, ta’sirchan badiiy va san’at asarlari, yuksak mahorat bilan yaratilgan
o‘yinchoqlar (bolaning asabini junbushga keltiradigan elektron o‘yinchoqlar emas),
yarashiqli liboslar va boshqalar)ning namoyon bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratib
berish maqsadga muvofiqdir.
Bolalarda haqiqiy go‘zallikni his etish tuyg‘usi tabiat bag‘rida, muzey,
ko‘rgazma, kino va teatrlarda bo‘lish tufayli shakllanadi. Shu bois maktabgacha ta’lim
muassasalari hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan tabiat bag‘riga, muzey,
ko‘rgazma, kino va teatrlarga uyushtiriladigan ekskursiya va tashriflar katta tarbiyaviy
kuchga egadir.
2.Oilada o‘quvchilar hayotini tashkil etish. Ota-onaning farzand oldidagi va
farzandning ota-ona oldidagi burchlari.
Bolalarni oilada to‘g‘ri tarbiyalashda oila xo‘jaligining odilona tashkil etilishi,
bolalarni oila xo‘jaligini yuritish ishiga jalb qilish katta ahamiyatga ega. Bolalar
tomonidan bajariladigan oilaviy yumushlar ularning jismoniy va aqliy kamoloti
darajasidan ortiq bo‘lmasligi, ularning tezda toliqishlari yoki mayib bo‘lishlariga sabab
bo‘lmasligi lozim. Bolalar zimmasiga ularning yoshi, rivojlanish darajasi, jismoniy
quvvatiga muvofiq yumushlarning taqsimlab berilishi, berilgan topshiriqlarning
bajarilishi va ularning sifatini kattalar tomonidan nazorat qilib turish, bajarilgan
topshiriqlarning haqqoniy bahosiga ega bo‘lgan havasini oshiradi, unda o‘z kuchiga
bo‘lgan ishonchni yuzaga keltiradi.
Oilada tashkil etilgan mehnat bolalarni farosatli bo‘lish, ishni rejali olib borish,
vaqtdan unumli foydalanish, tejamkor bo‘lish, shuningdek, o‘zgalar mehnati, inson
mehnatining mahsuli bo‘lgan ne’matlarni asrab-avaylashga o‘rgatadi.
Oilada, shuningdek, atrof-muhit muhofazasi (ekologiyasi)ga oid tarbiyaviy ishlar
ham tashkil etiladiki, bu jarayonda bolalarda “inson-tabiat-jamiyat” tushunchalari
o‘rtasida yuzaga keluvchi o‘zaro muvofiqlik borasidagi g‘oyalarning qaror topishiga
zamin hozirlaydi. Oila muhitida tashkil etilayotgan hovli sahnini supirib-sidirish,
gulzorlarni tashkil etish, ko‘chatlarni o‘tkazish va ularni parvarish qilish, maishiy
chiqindilarni bartaraf etishga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish bolalarda
tabiatni asrashga nisbatan mas’ullik tuyg‘usini shakllantiradi.
Oilaviy hayotning me’yorida bo‘lishi ko‘p jihatdan oila byudjetining holatiga
ham bog‘liq. Shu bois oila a’zolari mehnati evaziga yaratilayotgan moddiy
mablag‘larni tejab-tergab, ulardan o‘rinli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shu bois
bolalarni ham yoshlikdan pul bilan muomala qilishga o‘rgatish, o‘zining shaxsiy
hamda oila a’zolarining buyumlari, shuningdek, oila mulkiga nisbatan mas’uliyatli
yondashishga ko‘niktirib borish muhim ahamiyatga egadir. Bolalarga pulning inson
mehnatiga to‘nadigan qiymat ekanligini tushuntirib berish, uni oilaning eng muhim
ehtiyojlari uchun ishlatish lozimligini uqtirish, ular tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan
bo‘lar edi. Oilada tashkil etiladigan iqtisodiy tarbiya bolalarda iqtisodiy savodxonlik
hamda tafakkurning shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Bolalarda iqtisodiy tafakkurni
hosil qilishda ota-ona, oilaning katta yoshli a’zolarining namunasi katta tarbiyaviy
ta’sir kuchiga egadir (iqtisodiy tarbiya).
Oila sharoitida uyushtirilayotgan suhbatlar alohida diqqatga sazovordir.
Ommaviy axborot vositalari orqali aholi e’tiboriga havola etilayotgan huquqiy
mavzulardagi maqolalar, ko‘rsatuv, eshittirish, ommaviy-huquqiy adabiyotlar hamda
ularda ilgari surilgan g‘oyalar yuzasidan o‘tkaziladigan suhbatlar bolalarda huquqiy
tasavvur, idrok, savodxonlik, tafakkur, faollik, mas’ullik, e’tiqod va salohiyatni qaror
topishiga olib keladi.
Oila muhitida bolalarga ularning burchlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berib
borish, o‘z navbatida huquqlaridan foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib berish bu borada
yaxshi samara bera oladi.
Oila bolalarda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ularini hosil qiluvchi o‘ziga
xos maskan sanaladi. Bolalar “Vatan”, “xalq” tushunchalarining mohiyatini dastlabana
shu maskanda o‘zlashtiradilar. Binobarin, oilaning o‘zi Vatanning bir bo‘lagidir. Oila
sha’nini himoya qilish, uni saqlash to‘g‘risida qayg‘urishning Vatanning sha’ni, el-yurt
manfaati uchun kurashish tuyg‘ulari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishiga erishish oila
tarbiyasining asosi bo‘lishi lozim.
Ota-onalarning muayyan darajada pedagogik bilimlarga ega bo‘lishlari
ahamiyatlidir. Oila va ta’lim muassasalari o‘rtasida tashkil etilgan hamkorlik ota-
onalar uchun pedagogik yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Farzand dastlabki ma’lumot va ijtimoiy me’yorlarga amal qilish borasidagi
ko‘nikmalarga oilada ega bo‘ladi. Chunki oilaviy ijtimoiy munosabatlar, xususan,
madaniy-maishiy, iqtisodiy-moliyaviy, mulkiy muosabatlar hamda mehnat faoliyatini
tashkil etishda farzandlar o‘zlari sezmagan, mohiyatini tushunib yetmagan holda
mazkur munosabatlar jarayonida ishtirok etadilar, demakki, ijtimoiy masalalar bilan
to‘qnash keladilar, natijada bu tarzidagi muloqotlarning doimiy, qisqa muddatlarda
takrorlanib turishi ular uchun ota-onalar, farzandlarning huquq, burch, majburiyat va
mas’uliyatlarini tushunib yetishga yordam beruvchi ijtimoiy ob’ektiv shart-sharoitlarni
yaratadi.
Oila tarbiyasining farzandlarga tarbiya berish, ularda ma’naviy-axloqiy
madaniyatni shakllantirish imkoniyatlarini aniqlash yuzasidan bir qator tadbirlar
amalga oshiriladi. Quyida ota-onalar bilan olib borilgan ishlar, tashkil etiladigan
tadbirlardan namunalar keltiriladi:
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar quyidagilardir:
I. Ota-onalar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar. Suhbatlar yakka va umumiy tarzda
olib boriladi. Ilk suhbat chog‘ida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash,
ularda ma’naviy-axloqiy madaniyat unsurlarini qaror toptirish muvaffaqiyatini
ta’minlash kafolati bo‘lgan ota-onalar va farzandlarning ijtimoiy onglilik hamda
faollik darajasini aniqlashga yordam beruvchi anketa so‘rovlarini o‘tkazish mumkin.
3.Oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi.
1. Sinf ota-onalar majlisi. Majlis o‘quv yili davomida besh marta o‘tkaziladi,
ya’ni, o‘quv yili boshlanishi oldidan, I, II, III va IV choraklar yakunida. Majlislarda
o‘quv yurti ichki-tartib qoidalari, umumjamoa ijtimoiy me’yorlariga rioya etish
holatlari, yuzaga kelgan ziddiyatlar tahlil etiladi, navbatdagi davr uchun belgilangan
ishlarni rejalashtirish, ularni hal etish yo‘llari, chora-tadbirlari belgilanadi. Maktabda
ta’lim olayotgan, jamoa hayoti, shuningdek, tarbiyaviy tadbirlar faollik ko‘rsatayotgan,
o‘qishda, mehnatda alohida o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga
minnatdorchilik izhor etiladi.
Ayrim o‘quv yurtida tashkil etilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etmasliklari aytib
o‘tiladi va buning sabablari aniqlanadi, bunday holatlarga barham berish borasida
fikrlashib olinadi.
2. Umummaktab ota-onalar majlisi. Ota-onalarning umumiy yig‘ilishida o‘quv
yili davomida o‘quvchilar, ota-onalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning
borishi va yakuni muhokama qilinadi. Ota-onalar maktab hayoti va o‘quvchilarning
intizomi, xulq-atvori, ijtimoiy me’yorlarga amal qilishlari, o‘quvchilarni ma’naviy
jihatdan tarbiyalash borasida erishayotgan natijalar bilan tanishtiriladi.
O‘quv yili yakunida bo‘lib o‘tgan umummaktab ota-onalar majlisida ijtimoiy
hayotda faol ishtirok etgan, turli fanlar bo‘yicha uyushtirilgan tadbirlarda alohida ibrat
ko‘rsatgan, shuningdek, muayyan fanlar bo‘yicha olimpiadalarda muvaffaqiyatli
qatnashgan o‘quvchilar va ularning ota-onalarini rahmatnomalar bilan taqdirlash
maqsadga muvofiqdir.
Dastlabki suhbat va ota-onalar tomonidan to‘ldirilgan so‘rovnomalar natijalarini
tahlil etish ular bilan tashkil etiladigan tadbirlar yo‘nalishi va mazmunini belgilab
beradi.
Majlis o‘quv yili davomida besh marta o‘tkaziladi, ya’ni, o‘quv yili boshlanishi
oldidan, I, II, III va IV choraklar yakunida. Majlislarda o‘quv yurti ichki-tartib
qoidalari, umumjamoa ijtimoiy me’yorlariga rioya etish holatlari, yuzaga kelgan
ziddiyatlar tahlil etiladi, navbatdagi davr uchun belgilangan ishlarni rejalashtirish,
ularni hal etish yo‘llari, chora-tadbirlari belgilanadi. Maktabda ta’lim olayotgan, jamoa
hayoti, shuningdek, tarbiyaviy tadbirlar faollik ko‘rsatayotgan, o‘qishda, mehnatda
alohida o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga minnatdorchilik izhor
etiladi.
Ayrim o‘quv yurtida tashkil etilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etmasliklari aytib
o‘tiladi va buning sabablari aniqlanadi, bunday holatlarga barham berish borasida
fikrlashib olinadi.
3. Ijtimoiy-ma’naviy mazmundagi suhbat va ma’ruzalar. Bunday ma’ruza va
suhbatlar ota-onalarda ijtimoiy, shuningdek, ta’lim-tarbiyaga oid bilimlarni egallash,
farzand tarbiyasi ishiga jiddiy e’tibor berish, bu borada ta’lim muassasasi bilan
mustahkam hamkorlik o‘rnatishda muhim ahamiyatga ega.
Nazorat uchun savollar:
1.
Tarbiya qanday vazifalarni hal qilishga yordam beradi?
2.
Oila tarbiyasining mohiyati nimadan iborat?
3.
Oila tarbiyasi qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etiladi?
4.
Oila va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik mazmunidan nimalar
aks etadi?
5.
Sharq mutafakkirlarining oila va farzand tarbiyasini yo‘lga qo‘yish
borasidagi qarashlarida qanday g‘oyalar ilgari suriladi?
1. Tarbiya prinsiplari to‘g‘ri keltirilgan javobni belgilang.
*A) Insonparvarlik, ijtimoiy hayot va mehnat bilan birlik
V) Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi
S) Onglilik,tushunarlilik, ilmiylik.
D) Qadriyatga yo‘nalganlik,sub’ektivlik, yaxlitlilik v.x.z.
2. Shaxsni rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
A) Aqliy, axloqiy, estetik jismoniy tarbiya
*V) Irsiyat, muxit, ta’lim-tarbiya
S) Tabiiy, ijtimoiy mikro muxit
D) Irsiyat, shaxs faolligi, tabiiy muxit
3. Qanday omillar ta’siri ostida inson rivojlanadi va shaxsga aylanadi?
*A) Ijtimoiy hayot va tarbiya.
V) Genetik qulay shart-sharoit
S) Xaar tomonlama ta’minlangan oilada.
D) Aqliy saloxiyati yetuk kishilar orasida..
4. Oilada, jamoada, mahallada va tashkilotlarda tarbiya ishlarini to‘g‘ri
yo‘lga qo‘yishni tadqiq qiluvchi pedagogikaning tarmog‘ini belgilang.
A) Kasbiy pedagogika
V) Yoshga xos pedagogika
S) Xalq pedagogikasi
*D) Ijtimoiy pedagogika
5. "Oilaning ilk shakli" to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A. Nuklear- yadro, oddiy oila
V. Poligamiya- ko‘p nikohlilik oila
S. Monogamiya- bir nikohlik oila
D. Kup farzandli oila
Seminar materiallari
1.Oilaning tarbiyaviy vazifalari. Oila tarbiyasining huquqiy asoslari.
2.Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy an’analardan foydalanish.
3. Oila tarbiyasidagi nizolarni bartaraf etish texnologiyalari.
Mustaqil ta’lim uchun
1-mavzu: Oila va uning asosiy vazifalari (2 soat).
2-mavzu Oilaning ijtimoiy mavqei va uning turlari. (2 soat).
3-mavzu Sharq mutafakkirlarining oila xaqidagi g‘oyalari. (2 soat).
4-mavzu Oilaga ijtimoiy-pedagogik yordam shakllari. (2 soat).
5-mavzu Asrab olgan oila bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat.. (2 soat).
ADABIYoTLAR:
1.
Abdullaeva Sh., Asqarov A. Umumiy pedagogika. Nopedagogik oliy ta’lim
muassasalari uchun o‘quv qo‘llanma. -Toshkent: Fan va axborot texnologiyalari, 2019.
2.
Mavlonova R.A.,Raxmonqulova N.X. va boshqalar. Umumiy
pedagogika//darslik// Toshkent: 2016 y.
3.
Ataeva N., Rasulova F., Xasanov S. Umumiy pedagogika. 1-kitob – T.,
2011
4.
Ataeva N., Salaeva M., Xasanov S. Umumiy pedagogika. 2-kitob – T.,
2013
5.
Toxtaxodjaeva M.X. va boshqalar. Pedagogika. 1-qism //darslik//. –
Toshkent. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010 y.
6.
Xoshimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. Darslik. – T: “Alisher
Navoiy nomidagi Milliy kutubxona”, 2005y
8. Podlasыy I.P. Pedagogika. V 3-x chastyax. Uchebnik. - M, izd-vo “Vlados”,
2008g.
9. Golovanova N.F. Obщaya pedagogika. Uchebnoe posobie. – M.: “Rech”,
2005g.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
10. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T: O‘zbekiston, 2018y.
11. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni /Barkamol avlod
- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: “Sharq”, 1998y.
12.
O‘zbekiston
Respublikasining
“Kadrlar
tayyorlash
milliy
dasturi
to‘g‘risida”gi Qonuni / Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.:
“Sharq”, 1998y.
13. O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi
Qonun. –T.: O‘zRQ-406-son. 2016 yil 14 sentyabr.
14.“2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatalar strategiyasi”. –T.: “Adolat”, 2017 y.
15. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish” Qonuni.
O‘RQ-419-son. 2017 y.
16.Mirziyoev Sh.M. Erkin va faravon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. //O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish
tantanali marosimiga bag‘ishlangan oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi
nutqi // T: “O‘zbekiston”, 2016. – 56 b.
17. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik
– har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.//Mamlakatimizni 2016
yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar
Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza// –T.: “O‘zbekiston”, 2017y. – 104
b.
18. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi //O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi 07-12-
2016 // -T: “O‘zbekiston”, 2017 y. - 48 b.
19. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017 y. – 491 b.
20. 2019- 2023 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy
universitetida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan
takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. PQ – 4358 – son. 2019 yil 17 iyun
21. Mirziyoev Sh.M. Bilimli avlod – buyuk kelajakning,tadbirkor xalq – farovon
hayotning, do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir. Prezidentning
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi
qabul
qilinganining
26
yilligiga
bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. 8.12.2018// O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining rasmiy veb-sayti.
22. Quronov M. Milliy tarbiya – Toshkent: Ma’naviyat. 2007
23. Shaxs va oila tarbiyasining pedagogikasi. O‘quv qo‘llanma. I.Sh.Alqarov,
R.Mamatqulova, N.D.Norqulov.-Toshkent. 2009