OILA VA OILAVIY MUNOSABATLAR BORASIDAGI QARASHLAR (Oila va nikoh institutining rivojlanish tarixi, Islomda oilaviy munosabatlar masalalari. Mutafakkirlarining oila haqidagi qarashlari, Nikoh oila evolutsiyasi)
Yuklangan vaqt
2024-04-18
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
24,9 KB
Ilmiybaza.uz
OILA VA OILAVIY MUNOSABATLAR BORASIDAGI QARASHLAR
Reja.
1. Oila va nikoh institutining rivojlanish tarixi.
2.Islomda oilaviy munosabatlar masalalari. Mutafakkirlarining oila haqidagi
qarashlari.
3.Nikoh oila evolutsiyasi
Ilmiybaza.uz
Tayanch tushunchalar: oilaviy munosabatlarda tarbiyaviy moliyaviy, jinsiy
vazifalar, oila va oilaviy munosabatlar, Oila boshqa turdagi kichik guruhlar
Oila va nikoh institutining rivojlanish tarixi.
Ma’lumki, nikohga va yaqin qarindoshlikka asoslangan axloqiy masuliyat
o‘zaro hurmat, tushunish va mehr-muhabbat um umiyligi bilan bog‘langan kichik
ijtimoiy guruhni oila deyiladi. Oila boshqa turdagi kichik guruhlardan o‘zining bir
qator jihatlari bilan ajralib turadi: birinchidan, oila ko'p muddatga, ya’ni bir necha
o‘n yillar va ko`p yillarga mavjud bo‘ladi; ikkinchidan, oilada shaxslararo
munosabatlarning bir necha turlari amalga oshadi, ya’ni milliy mafkuramizga oid ilk
tushunchalar, avvalo oila muhitida singadi va bu jarayon bobolar o'giti, ota ibrati,
ona mehri orqali amalga oshadi. Bunda oilaviy munosabatlarda tarbiyaviy,
psixologik, hissiy, moliyaviy, jinsiy va boshqa vazifalarning amalga oshirilishi
kuzatiladi; uchinchidan, oiladagi barcha munosabatlar zaminida salbiy yoki ijobiy
holatlar yuzaga keladi, ya’ni oila a’zolaridan kimningdir kimgadir ta ’siri oqibatida
shaxs yoki yaxshi shakllanishi va komil inson darajasiga yetishi yoki tarbiyasi og‘ir,
xulqi buzuq odam bo‘lib tarbiyalanishi mumkin. Demak, jamiyat uchun nihoyatda
ahamiyatli hisoblangan ota-ona va bola, er va xotin, oila a’zolarining o‘zaro
munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar aynan oila negizida yuzaga keladi.
Shuning uchun ham qadim zamonlardan boshlab oila, undagi munosabatlar
masalalari har bir davrning donishmand, olim, mutafakkirlari tomonidan o'rganilib
kelinganligini va ularning qarashlarida bu masalalaring yoritilganligini kuzatamiz.
Bu qarashlarni, fíkrlarni sizning hukm ingizga havola etish orqali oila, o'zaro
munosabatlar muammolari bizning hayotimizda doimo muhim masalalar sirasiga
kirishini qayd etamiz. Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti
muammolari uzoq asrlardan buyon jamiyatning eng ilg'or kishilari, olimlar, buyuk
allomalar va donishmandlaring diqqat markazida asosiy masalalardan bo'lib kelgan.
Sharqning buyuk allomalari hisoblangan Abu N asr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy,
Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Kaykovus, Xotam ibn
Tay, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn Faxriddin,
Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi
Ilmiybaza.uz
ko‘plab olim va yozuvchilar bu masalalar yuzasidan o‘zlarining durdona fikrlarini
tarixda qoldirib ketganlarki, ular hozirgi zamon fani uchun ham katta ijtimoiy va
mafkuraviy ahamiyatga egadir. Ularning asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga
ham alohida e’tibor berilgan, shuning uchun biz yuqoridagi buyuk mutafakkirlarning
ayrim pedagogik va psixologik qarashlari yoritilgan asarlarini tahlil etish orqali
talabalarga mazkur muamm olaming naqadar dolzarb ekanligini bayon etamiz.
Islomda oilaviy munosabatlar masalalari. Mutafakkirlarining oila
haqidagi qarashlari.
O‘rta asrlarning buyuk arbobi, olim ensiklopedist Abu Rayhon Beruniy
(973— 1048) Forobiy qarashlari ta’sirida qator fanlar bobida o‘z izini qoldirgan
donishm anddir. Uning ko‘pgina asarlarida inson odobi va axloqi xususidagi noyob
fikrlar o‘z ifodasini topgan, Mutaffakkir o‘zining «Minerologiya», «Geodeziya»,
«Hindiston», « O‘tgan avlodlar obidalari» nomli asarlarida inson shaxsi, uning kam
oloti, aql-idroki, halovat va lazzati, sabr toqat va kamtarlik, go‘zallik va did, poklik
va xudbinlik kabi tushunchalarga inson ruhiyatining bilim doni sifatida ta’rif bergan.
U bunday yozadi: «Inson jamiyatda o‘z qarindosh urug‘lari bilan birlashib olishga
majburdir, bundan maqsad bir-birini qo‘llab-quvvatlash hamda har bir kishining ham
o‘zini,
ham
boshqalarini
ta
’minlash
uchun
ishlarni
bajarishdir».
(Minerologiya,1966,10-bet).
Abu Rayhon Beruniy «ozodalik va orastalik olijanoblikning o ‘zagi» bo‘lishi
kerakligini uqtiradi; insonning tashqi yoqimli qiyofasi bilan uning axloqiy qiyofasi
o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida gapirib, «tishni yuvib, ko‘z va qovoqlam i toza tutish,
ularga surma qo‘yish, sochni esa zarur bo'lganda bo‘yab, tirnoqlarni olib turish va
silliqlash» inson salomatligi va ruhiy pokligining asosidir, deb ta’kidlaydi. Bu fikrlar
hozirgi zam onda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q, chunki oila a’zolarining,
er-xotinning ushbu ko‘rsatmalarga amal qilishi oila totuvligining zaminlaridan
biridir.
Nikohoila munosabatlari, oilaviy hayot psixologiyasiga, hozirgi zamon
oilasida kuzatiladigan ko‘plab holatlarga psixoanalitik nuqtayi nazardan qaraladigan
bo‘lsa, ularning ildizi nikoh-oila munosabatlari evolyutsiyasining uzoq o‘tmishi
bilan bog`liqdir. Shuni nazarda tutgan holda mazkur masalani batafsilroq yoritishni
lozim topdik. Maxsus manbalarda qayd etilishicha, yer yuzida bundan 4 mlrd yillar
Ilmiybaza.uz
muqaddam hayot nishonalari, jonzotlar yuzaga kelgan. Hozirgi zamon odam larining
dastlabki ibtidoiy ajdodlari (Homosapiens) fikrlovchi odam bundan 3 min. yillar
muqaddam shakllangan. Uzoq muddat davom etgan ibtidoiy taraqqiyotdan so‘ng
asta-sekinlik bilan ibtidoiy jamoalar, kishilik jamiyatlari yuzaga kela boshlagan va
odamlar o‘rtasida dastlabki o‘zaro munosabatlar, muloqotlar shakllana borgan.
Lekin ulam i hali tom ma’noda insoniy munosabatlar deb bo‘lm as edi. Umuman
erkak va ayollaring bir-birlariga nisbatan qarama-qarshi jins vaqillari sifatida o‘zaro
munosabatlarining ilk ko‘rinishlarida, ya’ni nikoh munosabatlarining yuzaga
kelishining ilk bosqichlarida jinslar o'rtasidagi munosabatlar asosan biologik omillar
bilan boshqarilgan.
Nikoh oila evolutsiyasi
Nikoh oila munosabatlari, oilaviy hayot psixologiyasiga, hozirgi zamon oilasida
kuzatiladigan ko‘plab holatlarga psixoanalitik nuqtayi nazardan qaraladigan bo‘lsa,
ularning ildizi nikoh oila munosabatlari evolyutsiyasining uzoq o‘tmishi bilan
bog`liqdir. Shuni nazarda tutgan holda mazkur masalani batafsilroq yoritishni lozim
topdik. Maxsus manbalarda qayd etilishicha, yer yuzida bundan 4 mlrd yillar
muqaddam hayot nishonalari, jonzotlar yuzaga kelgan.
Hozirgi zamon odalarining dastlabki ibtidoiy ajdodlari fikrlovchi odam bundan 3
min. yillar muqaddam shakllangan. Uzoq muddat davom etgan ibtidoiy
taraqqiyotdan so‘ng asta-sekinlik bilan ibtidoiy jamoalar, kishilik jamiyatlari yuzaga
kela boshlagan va odamlar o‘rtasida dastlabki o‘zaro munosabatlar, muloqotlar
shakllana borgan. Lekin ular hali tom ma’noda insoniy munosabatlar deb bo‘lmas
edi. Umuman erkak va ayollaring bir-birlariga nisbatan qarama-qarshi jins vaqillari
sifatida o‘zaro munosabatlarining ilk ko‘rinishlarida, ya’ni nikoh munosabatlarining
yuzaga kelishining ilk bosqichlarida jinslar o'rtasidagi munosabatlar asosan biologik
omillar bilan boshqarilgan. Xuddi maymunlarda bo`lgani kabi ibtidoiy odamlaring
ayollari ham vaqti-vaqti bilan, qisqa muddatli (oy davomida 4—5 kungacha, faqat
ayrim turlardagina 19 kungacha) «estrus» degan holatni, estrus davrini his qilganlar
(estrus — qo‘shilishga moyillikning shiddatli, kuchli nomoyon bo‘lishi). Bunday
kunlarda ayollar kimni xohlasa o‘shalar bilan farqlab o‘tirmay qo‘shilavergan,
qolgan kunlari esa qo‘shilish bo‘lmagan. Odamlarning tik yurishga o‘tishi bilan
odam organizmida ro‘y bergan o‘zgarishlar, «ilk ayollari» ko‘z yorish jarayonida