OILADA BOLALARNI MILLIY URF-ODATLAR ASOSIDA AXLOQIY
TARBIYALASH
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. Oilada bolalarni milliy urf-odatlar asosida axloqiy tarbiyalashning
nazariy asoslari
1.1. Oilada bolalarni milliy urf-odatlar asosida axloqiy tarbiyalashning mohiyati
1.2. Maktabgacha yosh bolalarda axloqiy tarbiya berishda tarbiyachining o’trni
II BOB. Oilada bolalarni milliy urf-odatlar asosida axloqiy tarbiyalashning
ahamiyati
2.1. Oilada bolalarni axloqiy tarbiyalashda ota-ona tarbiyachining hamkorligi
2.1. Oilada bolalarni milliy urf-odatlar asosida axloqiy tarbiyalash jarayonida
erishilgan natijalar samaradorligi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
I BOB. Oilada bolalarni milliy urf-odatlar asosida axloqiy tarbiyalashning
nazariy asoslari
1.1. Oilada bolalarni milliy urf-odatlar asosida axloqiy tarbiyalashning
Bola tarbiyasini ona qornidan boshlash maqsadga muvofiq bo‟ladi.
Ushbu fikrni bir qator SHarq mutafakkirlari ham tahkidlab
o‟tishgan. Bolani tarbiyalash uchun, avvalo ota-onaning o‟zi
tarbiyalangan bo‟lishi kerak. Faqatgina ham jismonan, ham mahnan
sog‟lom ota-onadan sog‟lom farzand dunyoga keladi. Prezidentimiz
I.A.Karimov sog‟lom avlod to‟g‟risida fikr yuritib: «Sog‟lom avlod
deganda, shaxsan men, eng avvalo sog‟lom naslni, nafaqat jismonan
baquvvat shu bilan birga ruhi-fikri sog‟lom, imon-ehtiqodi butun,
bilimli, ma‟naviyati yuksak, mard va jasur, vatan‟arvar avlodni
tushunaman»1, deb tahkidlaganlar. Ushbu fikrni har bir ota-ona, „edagog,
tarbiyachilar tushunib yetmog‟i va o‟ziga shior qilib olmog‟i lozim.
Farzand tug‟ilgan kunidan boshlab dastlab oila muhitida tarbiyalanadi.
Bu davrda bolani to‟g‟ri ovqatlantirish, to‟g‟ri „arvarish qilish juda
muhim. Bir yoshgacha bo‟lgan davrda bola o‟ziga yaqin kishilarni
ko‟rganda xursand bo‟ladi, rangdor o‟yinchoqlarni xush ko‟radi. Bu
davrda bolani alla, mahnoli erkalashlar, chiroyli o‟yinchoqlar orqali
tarbiyalab borish lozim. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‟lgan bolalar esa turli
o‟yinchoqlarni o‟ynay boshlaydilar, asta-sekin nutqi rivojlana boshlaydi.
Bu davrda bolalar o‟yin orqali bir-birlari bilan aloqa bog‟laydilar,
tasavvur, fikrlash jarayoni shakllanadi.
Ta'lim-tarbiya ishlarining takomillashib borishida SHarq va G'arbning qomusiy
olim va pedagoglarining o'rni kattadir. Markaziy Osiyolik mashhur allomalar:
Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn
Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Furqat,
Abdulla Avloniy kabi jahon tan olgan mutafakkirlar o'zlarining qator asarlarida
ta'lim-tarbiyaga kata e'tibor bilan qaraganlar. Faylasuf olim Forobiy o'zining «Fozil
2
shahar kishilarining qarashlari» asarida tarbiya orqali' insonga beriladigan 12
fazilatni sharhlab beradi.
Abdulla Avloniy esa tarbiya haqida g'oyat ibratli fikrlarni bildiradi.
«Pedagogika — Abdulla Avloniyning yozishicha, — bola tarbiyasining fani,
demakdir ». «Dars ila tarbiya ikkisi jon ila tan kabidir», «Dars oluvchi—biluvchi,
tarbiya oluvchi—amal qiluvchidir». Bu erda pedagogika faniga qisqa va lo'nda
ta'rif berib, ta'lim bilan tarbiyani esa jon bilan tanga o'xshatib, ularni bir-biridan
ajratib tushunish mumkin emasligini yorqin ifodalab bergan. Avloniyning
ta'kidlashicha, tarbiyani yoshlikdan berish nihoyatda zarur. Bolaga avvalo, kichik
yoshdan boshlab, ota-ona tarbiya beradi, keyin tarbiya bilan butun jamoatchilik
shug'ullanadi, chunki bunda inson taqdiri hal etiladi deydi. Bu sohada Sharq va
G'arb xalqlari yaratgan og'zaki ijodiyot, buyuk mutafakkir, pedagog va olimlarning
ta'lim-tarbiyaga doyr ilg'or fikrlarini o'rganib, tahlil qilib, barkamol insonni
tarbiyalash jarayonini o'rganish biz uchun juda qimmatlidir:
— ta'lim-tarbiya to'g'risidagi qonun-qoida tamoyil, metod va usullarni bolalar
bog'chalari amaliy hayoti bilan bog'lab, bo'lajak tarbiyachi — o'qituvchilarga
o'rgatish
hamda xalq ta'limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o'rganib, bo'lajak
tarbiyachilarni qanday tayyorlash muammolarini hal qilish;
— maktabgacha tarbiya muassasalarida oila bilan uzviy hamkorlikda bolalarni har
tomonlama rivojlantirish ishini amalga oshirish.
Bunday vazifalarda tadqiq etish:
— birinchidan, bolalar sog'lig'ini saqlaydi va mustahkamlaydi, jismoniy
rivojlanishini ta'minlaydi;
— ikkinchidan, ilmga qiziqish va qobiliyatlarini rivojl antiradi;
— uchinchidan, Vatanga, tabiatga, jonajon o'lkaga muhabbat, kattalarga hurmatni,
o'rtoqlik va jamoatchilik, xayrixohlik, xulq madaniyati, mustaqillik, uyushqoqlik
va intizom, mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlarni tarbiyalaydi;
— to'rtinchidan, estetik tarbiyani amalga oshiradi.
3
Demak, bilish jarayonida esa bolaning ongi, his-tuyg'ulari shakllanadi. Eng
muhimi ijtimoiy hayot uchun zarur bo'lgan va ijtimoiy munosabatlarga xizmat
qiladigan xulqiy odatlar hosil bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning, yosh va
individual xususiyatlarini e'tiborga olgan holda ularning har tomonlama
rivojlanishini ta'minlashga xizmat qiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalari ham
bolalarni har tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr
bo'lib, xuddi mana shu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, mehnat, estetik
rivojlanishiga poydevor bo'ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga
qaratilgan, ta'lim-tarbiya borasida yaratilgan tajribalarga, nazariy va metodik
manbalarga, O'rta Osiyo va jahon tan olgan buyuk mutafakkir olimlarning asarlari
va ta'lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlariga asoslanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning
fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kattalarning ma'lum maqsad
asosidagi ta'sir etishdir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar
berishni, ularni tizimlashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg'otish, aqliy malaka
va ko'nikmalarni tarkib toptirishni, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishni o'z ichiga
oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy
tarbiyaning roli, ayniqsa, kattadir. Chunki aql his-tuyg'ular va idrok etishdan tortib,
fikrlash va tasavvur etishgacha bo'lgan jarayonlar yig'indisidir. Aqliy rivojlanish
fikrning kengligida voqealarni har xil bog'lanishlarda, munosabatlarda ko'ra bilish,
umumiylashtirish qobiliyatida namoyon buladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalarning aqliy rivojlanishi faoliyat jarayonida, dastlab muomalada bo'lish,
narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida, keyin esa o'quv, mehnat, samarali
faoliyatlar: rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, applikatsiya, qurish
yasash jarayonida amalga oshirib boriladi. Bolaning aqliy rivojlanishga ta'lim va
tarbiya samarali ta'sir ko'rsatadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni to'g'ri tashkil
etish uchun ularning aqliy rivojlanish qonuniyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak.
Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab
4
belgilanadi. Pedagogika va psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini
samarali hal etishda, bir tomondan, bolaning imkoniyatlaridan unumli foydalanish,
ikkinchi tomondan, bola organizmning umumiy charchashiga sabab bo'lishi
mumkin bo'lgan ortiqcha toliqtirish bo'lmasligi yo'llarini topish uchun
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonuniyatlari va
imkoniyatlarini o'rganish bilan shug'ullanadi.
Keyingi yillarda olib borilgan psixologik- pedagogik tadqiqotlarning
natijalari maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda
katta imkoniyatlar mavjudligini ko'rsatdi. Bularning hammasi maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalarga beriladigan bilim malaka va ko'nikmalar mazmunini yanada
chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq ekanligidan dalolatdir.
Maktabgacha tarbiya yoshining oxiriga kelib, bolalar tevarak-atrof to'g'risida
kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo'ladilar, asosiy
fikrlash jarayonlarini egallab oladilar. Faqat yaxshi tashkil etilgan faoliyat
jarayonidagina to'laqonli aqliy rivojlanish ro'y beradi, shuning uchun o'qituvchi va
tarbiyachilarning asosiy vazifasi — bolaga muayyan maqsadni ko'zlab tarbiyaviy
ta'sir ko'rsatish uchun kerakli sharoit yaratishdir. Bola har doim buyumlar hamda
hodisalar orasida bo'ladi. Bola doimo biror narsa bilan tanishadi, nimanidir bilib
oladi, ushlab ko'radi, hidlaydi, tortib ko'radi, nimagadir quloq soladi. SHu tariqa
asta-sekin dunyoni bilib boradi. Tevarak-atrofdagi buyumlar, tabiat bolaning sezgi
organlari — analizatorlariga ta'sir etadi va sezgi hosil qiladi. Sezgi bolalarga
buyumlarning ayrim xossalarini: sovuq-issiq, gadir-budur, silliq-yaltiroq, xushbo'y
va h.k. ni bilim olishga yordam beradi. Sezgi atrofdagi muhitni bilishning dastlabki
bosqichi sanaladi. Bola sezgi tufayligina tevarak-atrofdagi narsalar to'g'risida
bilim, tajriba to'plab boradi. Idrok esa ancha murakkab jarayon bo'lib, sezgilar
asosida hosil bo'ladi. Bola olmani qo'lida ushlab ko'rib, qarab chiqib va eb ko'rib,
uni yaxlit bir buyum, ayni bir vaqtda dumaloq, qizargan, xushbo'y, mazali va h.k.
tarzda idrok qiladi. Bola olmani yaxlit bir buyum tarzida tasavvur qilishi uchun
birdaniga bir nechta analizator: ko'rish, sezish va hid bilish analizatorlaridan
foydalanadi. Analizatorlar bir vaqtning o'zida birdaniga ishlashi buyumning
5
xossasi va belgilarini aniqroq hamda to'laraq bilish imkonini beradi. SHuning
uchun katta yoshdagi kishilar bolani ilk yoshlik chog'idan boshlaboq aqliy jihatdan
to'g'ri tarbiyalash maqsadida buyumlarni ko'pгoq analizatorlar yordamida idrok
qilishga imkon tug'diгishlaгi, analizatorlarning rivojlanishiga, ya'ni bolaning
sensor madaniyatiga alohida еЧЛог berishlari kerak.
Bolada nutq paydo bo'lishidan ancha oldin (bola bir yoshga to'la
boshlaganda birinchi bor gapira boshlaydi) u tevarak-atrofdagi odamlar va
buyumlar dunyosini kata yoshdagi kishilar yordamida bilib oladi. Bola 3 yoshga
to'lganda uning so'z zaxirasi 1200—1500 taga etadi. Bola katta yoshdagi kishilar
unga nima haqida gapirayotganlarini yaxshi tushunadi. Bu katga yoshdagi kishilar
nutqidan har tomonlama tarbiyalashning kuchli vositasi tarzida foydalanish
imkoniyatini beradi. Bolalarning aqliy jihatdan o'sishida xotira katga ahamiyatga
ega. Bola tug'ilganda hech narsani bilmaydi va hech narsa qilolmaydi. U
rivojlanishning birmuncha yuqoriroq darajasiga ko'tarilib biror bir foydali ish
uchun ko'pgina bilim va malakalarini eslab qolishi kerak.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning xotirasi ko'pincha beixtiyor
tarzda bo'ladi. SHuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy
rivojlanishida xayol muhim rol o'ynaydi. Xayol bolaning hayoti jarayonida, uning
faoliyatida ta'lim va tarbiya ta'sirida tarkib topadi. Bolaning xayoli u syujetli o^in^
o'ynay boshlaganida, kattalar qiziqarli ertaklar aytib berganida, o'sha ertaklarga
qiziqish orqali dastlabki alomatlari paydo bo'ladi. Ammo boladagi xayol ko'proq
aniq vaziyatga bog'liq bo'ladi (masalan, qo'g'irchoq ko'rinib qolsa, uni uxlatadi,
mashina bo'lsa, biror narsani tashiydi va h.k.). Katta bog'cha yoshiga kelganda,
bolaning tajribasi ortib, faoliyati murakkablashadi va buning natijasida bola
xayolida sezilarli o'zgarish yuz beradi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni
aqliy tarbiyalash vazifalarini jamiyatimizning ijtimoiy talablariga va insonning
aqliy rivojlanish mohiyati va tabiatiga asoslanib ishlab chiqadi. Aqliy tarbiyaning
asosiy vazifalari:
1. Bolalarda tabiat va jamiyat to'g'risidagi bilimlar tizimini, ilmiy dunyoqarashni
shakllantirish.
6
2. Aqliy faoliyat, bilish jarayonlari va qobiliyatlarni, aqliy jarayonning xilma-xil
usullarini rivojlantirish.
3. Mustaqil bilish qobiliyatlarini, aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish.
4. Aqliy bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirish.
Bilimni tasavvurlar va tushunchalar, qoidalar, qonuniyatlar, sistemalar
shaklidagi turli fanlarning mazmuni tashkil etadi. Aqliy tarbiyaning vazifasi
bolalarda voqea va hodisalarni to'la aks ettiradigan yuksak darajadagi
umumlashtirilgan bilimlar tizimini shakllantirishdan iboratdir. Bilim
dunyoqarashning asosini tashkil etadi. Demak, bola tevarak-atrofdagi narsalar,
ularning vazifasi sifati va xossalari (sinadi, pachoq bo'ladi, yirtiladi, to'kiladi)
haqida, qaysi materialdan tayyorlanganligi to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'ladi.
U tabiat hodisalari, ularning o'zaro bog'liqligi va qonuniyatlari (yil fasllarining
o'ziga xos belgilari, ular o'rtasidagi bog'lanishlar, hayvonlar, ularning hayoti va
yashash tarzining tashkil qilinishiga, xulqiga, yashash sharoitiga mosligi va h.k.) ni
bilib oladilar.
Jonsiz tabiat, o'simliklar, hasharot va hayvonlarni kuzatishi jarayonida
tarbiyachi bolalarda borliq to'g'risidagi materialistik tasavvurlarni shakllantirib
boradi. Bilimlarni egallab borish natijasida bolaning shaxsi ham shakllanib boradi.
Bola san'atning har xil turlari to'g'risidagi tasavvur va tushunchalarni egallab oladi.
Bilim insonning mehnatga munosabatini shakllantiradi. Aqliy faoliyatni
rivojlantirish bilim hajmi va xususiyatiga bog'liq. Aqliy faoliyatni ivojlantirish esa
psixik jarayonlarni sezgi va idrok etish, taassurot, xotira, fikrlash, tasavvur va
nutqni shakllantirishni ham bildiradi. Bunda ularga aqliy faoliyatning g'oyat
samaradorligini ta'minlaydigan his-tuyg'ular nozikligi va aniqligi, idrok etishning
sobitqadamligi va to'laqonli, esda qolishning mustahkamligi hamda ongligi,
tafakkur mantiqi va uning moslashuvchanligi, ijodiy xususiyat va mustaqillikka
xos bo'lishi kerak.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o'zlariga tushunarli bo'lgan ijtimoiy
voqea va hodisalar, kishilarning mehnati, umumxalq bayramlari, respublikamizda
yashaydigan ba'zi xalqlar hayoti bilan tanishtiriladi. Bu tadbirlar ularda
7
jamiyatimiz ijtimoiy hayotiga qiziqish uyg'otish, Vatanga muhabbat tuyg'usi va
baynalmilalchilik asoslarini shakllantirishga yordam beradi.
Aqliy ta'lim — maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning bilish qobiliyatini
muntazam va rejali ravishda rivojlantirib borish, bolalar bog'chasi dasturida
belgilangan eng oddiy bilimlar tizimi bilan qurollantirish, malaka va ko'nikmalarni
shakllantirishdan iborat.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda aqliy tarbiya berishda ta'lim
etakchi rol o'ynaydi. CHunki ta'lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma
masalalar hal etiladi. Ta'lim bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni
aniqlash va tizimlashtirish, bilish jarayonlari, tafakkur faolligini rivojlantirishni
nazarda tutadi. Ta'lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va sinchkovlik, ziyraklik,
tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi.
Ta'lim jarayonida bolalarda o'quv faoliyati asoslari hosil qilinadi, maktabda
muvaffaqiyatli o'qishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Hayot ta'limning
ikki xil yo'l bilan amalga oshirilishini taqozo etmokda.
Birinchi yo'l — bolalarning bilim, malaka ko'nikmalarini kattalar bilan
o'zaro munosabatda bo'lish orqali egallab borishidir. Bu muomala, mehnat faoliyati
va shu kabilar bilan belgilanadi. Ammo bu yo'l bilan egallagan bilim va malakalar
bolaga hayotning turli sohalarida mustaqil qatnashish uchun imkoniyat yaratmaydi.
Ta'limning ikkinchi yo'li — maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus
o'quv muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka va ko'nikmalar bilan rejali
ravishda qurollantirib borishidir. Bunday yo'l bilan ta'lim berishdan maqsad yosh
avlodni zamonaviy ishlab chiqarish, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy
hayotida faol qatnashish uchun zarur bo'lgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir.
Barcha olimu fozillar, shoiru yozuvchilar o'z davrining nufuzli ta'lim maskanlarida
o'qish bilan hurmat- e'tibor topganlar.
Abu Nasr Forobiy, Mahmud Qoshg'ariy, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon
Jomiy, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Rudakiy, Abu
Saidrasul Aziziy, Muhammad SHarif So'fizoda, Abdulqodir SHokiriy, Abdulla
Avloniy va boshqalar mukammal ilm egallash orqali fanning barcha sohalarida
8
buyuk kashfiyotlar va yangiliklar yaratganlar, shu bilan birga boshqalarni ham ilm
egallashga chaqirganlar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim berish
tizimi pedagogikada ilk bor chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592—1670)
tomonidan yaratilgan.
Ya.A. Komenskiy 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga ta'lim va tarbiya berish
mumkinligini ko'rsatib berdi. YA.A. Komenskiy 19 bo'limdan iborat maktabgacha
ta'lim dasturini tuzdi. Masalan, u tabiatshunoslik (fizika) suv, er, havo, olov,
yomg'ir, qor, muz, tosh, o't, qum va boshqalar haqida bilim berish lozimligini,
astrnomiya, geografiya, optika va boshqa sohalarda bolalarga bilim berish
kerakligini asoslab berdi. Bolalar bog'chasida beriladigan ta'lim bolalarning
maktabda oladigan bilimlari bilan uzviy bog'liq bo'lishi kerakligini ta'kidladi. U
o'zining «Onalar maktabi» kitobida kichik bolalarni tarbiyalash va o'qitish dasturi
hamda metodikasini juda sinchiklab ishlab chiqqan.
Shu bilan Ya.A. Komenskiy maktabgacha tarbiya pedagogikasining mustaqil
fan sifatida shakllanishiga asos soddi. SHveysar pedagogi I.G. Pestalotssi (1746—
1827) maktabgacha tarbiya didaktikasini tuzishda maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalarning rivojlantirish masalasiga katga e'tibor beradi. G. Pestalotssi tomonidan
ishlab chiqilgan ta'limning asosiy mazmuni maktabgacha tarbiya pedagogikasining
rivojlanishda va bolalarga keyinchalik makgabda sistemali ta'lim berishda asosiy
dastur bo'lib xizmat qildi. Hozirgi zamon maktabgacha ta'lim nazariyasini
yaratishda A.P.Usovaning xizmatlari katta ahamiyat kasb etadi
1.2. Maktabgacha yosh bolalarda axloqiy tarbiya berish
Dastlab, o'rta maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyasi bolaga
axloqiy qadriyatlarni o'rgatadigan ta'lim uslublarining butun majmuasini o'z ichiga
olgan keng tushuncha ekanligini ta'kidlaylik. Ammo bola, bundan oldin ham, o'z
bilim darajasini bosqichma-bosqich oshirib boradi, ma'lum bir ijtimoiy muhitga
qo'shiladi, boshqa odamlar bilan o'zaro aloqada bo'lib, o'z-o'zini tarbiyalashni
boshlaydi. Shuning uchun kichik maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy
tarbiyasi ham muhimdir, bu haqda biz ham gaplashamiz, chunki aynan shu davrda
9
shaxsiyatda jiddiy o'zgarishlar ro'y beradi.Qadim zamonlardan buyon faylasuflar,
olimlar, ota-onalar, yozuvchilar va o'qituvchilar kelajak avlodni axloqiy tarbiyalash
masalasi bilan qiziqishgan. Yashirmaylik, har bir keksa avlod yoshlarning axloqiy
asoslari pasayganligini belgilaydi. Muntazam ravishda yangi tavsiyalar ishlab
chiqilmoqda, ularning maqsadi odob-axloq darajasini oshirishdir.
Ushbu jarayonga davlat katta ta'sir ko'rsatadi, bu aslida zarur insoniy
fazilatlarning ma'lum bir to'plamini shakllantiradi. Masalan, ishchilar eng sharafli
bo'lgan kommunizm davrlarini ko'rib chiqing. Har qanday vaqtda yordamga
kelishga va rahbariyat buyrug'ini aniq bajarishga tayyor bo'lgan odamlar maqtovga
sazovor bo'lishdi. Ma'lum ma'noda shaxsiyat ezilgan, kollektivchilar esa eng
yuqori baholangan. Kapitalistik munosabatlar birinchi o'ringa chiqqanda,
nostandart echimlarni izlash qobiliyati, ijodkorlik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik
kabi insoniy xususiyatlar asosiy o'rinni egalladi. Tabiiyki, bularning barchasi
bolalar tarbiyasida o'z aksini topgan.
Ko'pgina olimlar bu savolga har xil javob berishadi, ammo har qanday
holatda ham javob noaniq. Aksariyat tadqiqotchilar shunga qaramay, bolada
bunday fazilatlarni tarbiyalash mumkin emas, faqat ularni singdirishga harakat
qilishingiz mumkin degan fikrga qo'shilishadi. Har bir bolaning individual idrokini
belgilaydigan narsani aniq aytish qiyin. Ehtimol, bu oiladan kelib chiqqan. Agar
bola xotirjam, yoqimli muhitda o'sgan bo'lsa, unda undagi bu fazilatlarni
"uyg'otish" osonroq bo'ladi. Zo'ravonlik va doimiy stress sharoitida yashaydigan
bola o'qituvchining urinishlariga kamroq berilib ketishi mantiqan to'g'ri. Bundan
tashqari, ko'plab psixologlarning ta'kidlashicha, muammo bola uyda va jamoada
beriladigan tarbiya o'rtasidagi nomuvofiqlikda. Bunday qarama-qarshilik oxir-
oqibat ichki ziddiyatga aylanishi mumkin.
Masalan, ota-onalar bolada egalik va tajovuzkorlik tuyg'usini tarbiyalashga,
tarbiyachilar esa - xayrixohlik, do'stona va saxiylik kabi fazilatlarni tarbiyalashga
harakat qilayotgan voqeani olaylik. Shu sababli, bola ma'lum bir vaziyat to'g'risida
o'z fikrini shakllantirishda biroz qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Shuning
uchun hozirgi paytda ota-onasi qaysi tamoyillarga amal qilishidan qat'i nazar, yosh
10
bolalarni ezgulik, halollik, adolat kabi eng yuqori qadriyatlarga o'rgatish juda
muhimdir. Buning yordamida bola ma'lum bir ideal variant borligini tushunadi va
o'z fikrini shakllantira oladi.
Tushunadigan birinchi narsa shundan iboratki, trening har tomonlama
bo'lishi kerak. Biroq, zamonaviy dunyoda, biz bir tarbiyachidan ikkinchisiga
o'tayotgan bola mutlaqo qarama-qarshi qadriyatlarni o'zlashtiradigan vaziyatni
tobora ko'proq kuzatmoqdamiz. Bunday holda, odatdagi o'quv jarayoni mumkin
emas, u tartibsiz bo'ladi. Hozirgi vaqtda maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy-
vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi ham kollektivistning, ham shaxsning
fazilatlarini har tomonlama rivojlantirishdir. Ko'pincha o'qituvchilar shaxsga
yo'naltirilgan nazariyani qo'llaydilar, buning natijasida bola nizoga tushmasdan o'z
fikrini ochiq aytishni va o'z pozitsiyasini himoya qilishni o'rganadi. Shu tarzda o'z-
o'zini hurmat qilish va ahamiyatlilik shakllanadi. Biroq, maksimal natijalarga
erishish uchun maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalash usullari ataylab
va maqsadga muvofiq tanlanishi kerak.
Axloqiy xarakterni shakllantirish uchun bir nechta yondashuvlar mavjud.
Ular o'yin, mehnat, ijodkorlik, adabiy asarlar (ertaklar), shaxsiy misol orqali
amalga oshiriladi. Bundan tashqari, axloqiy tarbiyaga har qanday yondashuv uning
barcha shakllariga ta'sir qiladi. Keling, ularni ro'yxatlang: vatanparvarlik tuyg'ulari;
hokimiyatga munosabat;shaxsiy fazilatlar; jamoaviy munosabatlar; aytilmagan
odob-axloq qoidalari.Agar o'qituvchilar ushbu yo'nalishlarning har birida kamida
bir oz ishlasalar, demak ular allaqachon ajoyib bazani yaratmoqdalar. Agar butun
tarbiya va ta'lim tizimi bir xil sxema bo'yicha ishlasa, ko'nikma va bilimlar bir-
biriga qatlam bo'lib, sifatlarning ajralmas majmuasini tashkil etgan bo'lar edi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalash muammolari shundaki,
bola ikki hokimiyat o'rtasida o'zgarib turadi. Bir tomondan, bular o'qituvchilar,
boshqa tomondan, ota-onalar. Ammo bu masalaning ijobiy tomoni ham bor. Erta
bolalik ta'limi bilan shug'ullanadigan provayderlar va ota-onalar katta natijalarga
erishish uchun birgalikda ishlashlari mumkin. Ammo, boshqa tomondan, bolaning
shakllanmagan shaxsiyati juda chalkash bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, bolalar
11
o'zlarining ustozi deb bilgan odamning xatti-harakatlari va reaktsiyalarini ong osti
darajasida nusxalashlarini unutmaylik.
Ushbu xatti-harakatning eng yuqori nuqtasi dastlabki maktab yillariga to'g'ri
keladi. Agar Sovet davrida har bir bolaning barcha kamchiliklari va xatolari
hamma ko'rishi uchun tarbiyalangan bo'lsa, zamonaviy dunyoda bunday
muammolar yopiq eshiklar ortida muhokama qilinadi. Bundan tashqari, olimlar
tanqidga asoslangan ta'lim va mashg'ulotlar samarali bo'la olmasligini uzoq
vaqtdan beri isbotlab kelmoqdalar.
Ayni paytda har qanday muammolarni ommaviy ravishda oshkor qilish jazo
sifatida talqin qilinmoqda. Bugungi kunda ota-onalar o'qituvchidan shikoyat
qilishlari mumkin, agar uning ish uslublari qoniqmasa. E'tibor bering, aksariyat
hollarda bu aralashuv etarli emas. Ammo katta maktabgacha yoshdagi bolalarni
axloqiy va vatanparvarlik tarbiyasida tarbiyachining obro'si katta ahamiyatga ega.
Ammo o'qituvchilarning faoliyati tobora kamayib bormoqda. Ular betaraf bo'lib,
bolaga zarar etkazmaslikka harakat qilishadi, lekin shu tarzda va unga hech narsa
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning maqsadlari:
biron bir narsa haqida turli xil odatlar, fazilatlar va g'oyalarni
shakllantirish;tabiatga
va
boshqalarga
insonparvarlik
munosabatini
tarbiyalash;vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish va o'z mamlakatlari bilan
faxrlanish;boshqa millat vakillariga nisbatan bag'rikeng munosabatni
tarbiyalash;jamoada samarali ishlashga imkon beradigan aloqa qobiliyatlarini
shakllantirish;o'zini o'zi qadrlashni etarli darajada shakllantirish. Maktabgacha
yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash ba'zi vositalar va metodlardan
foydalangan holda sodir bo'ladi, biz ularni quyida muhokama qilamiz.
Birinchidan, bu ijodkorlik o'zining barcha ko'rinishlarida: musiqa, adabiyot,
tasviriy san'at. Bularning barchasi tufayli bola dunyoni obrazli ravishda idrok
etishni va uni his qilishni o'rganadi. Bundan tashqari, ijodkorlik o'z his-
tuyg'ularingizni va his-tuyg'ularingizni so'zlar, musiqa yoki rasmlar orqali ifoda
etish imkoniyatini beradi. Vaqt o'tishi bilan, bola har kim o'zini o'zi xohlaganicha
anglash uchun erkin ekanligini tushunadi.
12
Ikkinchidan, bu sog'lom psixikani shakllantirishning zarur omili bo'lgan
tabiat bilan aloqa. Dastlab, tabiatda vaqt o'tkazish har doim nafaqat bolani, balki
har qanday odamni ham kuch bilan to'ldirishini ta'kidlaymiz. Atrofdagi dunyoni
kuzatib, bola tabiat qonunlarini tahlil qilishni va tushunishni o'rganadi. Shunday
qilib, chaqaloq ko'plab jarayonlarning tabiiy ekanligini tushunadi va ulardan
uyalmaslik kerak.
Uchinchidan, o'yinlarda, ishda yoki ijodda o'zini namoyon qiladigan faoliyat.
Shu bilan birga, bola o'zini ifoda etishni, o'zini tutishni va o'zini qandaydir tarzda
namoyon etishni, boshqa bolalarni tushunishni va muloqotning asosiy tamoyillarini
amalda qo'llashni o'rganadi. Bundan tashqari, buning natijasida chaqaloq muloqot
qilishni o'rganadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning muhim
vositasi atrof-muhitdir. Ular aytganidek, chirigan olma savatida va sog'lig'i tez
orada buzila boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalash
vositalari, agar jamoada to'g'ri atmosfera bo'lmasa, samarasiz bo'ladi. Atrof-
muhitning ahamiyatini ortiqcha baholash mumkin emas, chunki zamonaviy olimlar
uning ulkan rol o'ynashini isbotladilar. E'tibor bering, agar inson hech narsaga
intilmasa ham, muloqot muhiti o'zgarganda, u sezilarli darajada yaxshi tomonga
o'zgaradi, maqsad va istaklarni egallaydi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarni
axloqiy-vatanparvarlik tarbiyasi davomida mutaxassislar uchta asosiy usulga
murojaat qilishadi. Bu o'zaro hurmat va ishonchga asoslangan o'zaro aloqalar
o'rnatish haqida. Bunday aloqa bilan, hatto manfaatlar to'qnashuvi bilan ham, bu
mojaro emas, balki muammoni muhokama qilish boshlanadi. Ikkinchi usul
yumshoq ishonchli ta'sir bilan bog'liq. Bu shuni anglatadiki, ma'lum bir vakolatga
ega bo'lgan tarbiyachi bolaning xulosalariga ta'sir qilishi va agar kerak bo'lsa,
ularni tuzatishi mumkin. Uchinchi usul - musobaqalar va musobaqalarga ijobiy
munosabatni shakllantirish. Aslida, albatta, raqobatga munosabat tushuniladi.
Bolada ushbu atama haqida to'g'ri tushunchani shakllantirish juda muhimdir.
Afsuski, ko'pchilik uchun bu salbiy rangga ega va boshqa odamga nisbatan
yomonlik, hiyla-nayrang va xiyonat bilan bog'liq.
13
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun axloqiy ta'lim dasturlari o'ziga,
atrofdagi odamlarga va tabiatga nisbatan uyg'un munosabatni rivojlantirishni
nazarda tutadi. Shaxsning axloqini ushbu sohalarning faqat bittasida rivojlantirish
mumkin emas, aks holda u kuchli ichki qarama-qarshiliklarni boshdan kechiradi va
oxir-oqibat ma'lum bir tomonga suyanadi.
14
II BOB. Oilada bolalarni milliy urf-odatlar asosida axloqiy tarbiyalashning
tahlili
2.1. Oilada bolalarni axloqiy tarbiyalash
Oila o’z vazifasini lozim darajada amalga oshirishi uchun unga tegishlicha
ma’rifiy-metodik qurollantirish, ijtimoiy, ma’naviy, tadbirlarni o’tkazish yo’li
bilan unga yordam berib borish zarur. Xalqimizning buyuk ma’rifatparvari
Abdurauf Fitrat 1916 yilda «Oila» nomli falsafiy asarini yozgan bo’lib, unda
oilaviy hayotni islohotidan bahs yuritilgan va adib najot yo’llarini axtarib
xalqlarning umuminsoniy qardoshlik g’oyasini targ’ib etgan. Fitrat oilani ijtimoiy
vazifalari deb, «Avlod tarbiyasi», «Fikriy tarbiya», «Axloqiy tarbiya» kabi
qismlarga bo’ladi. Insonning ma’naviy va aqliy xislatlarini, asosan, uning olgan
tarbiyasi, yashagan muhiti belgilaydi, deb hisoblagan. Agar, yaxshi tarbiya
insonning eng qimmatli boyligi bo’lsa, noto’g’ri tarbiya uning uchun chinakamiga
baxtsizlikka, xatto, xalokatga aylanishini uqtirgan. Shuning uchun maktab tarbiyasi
bilan bir qatorda oila tarbiyasiga ham katta ahamiyat bergan. Oilada to’g’ri yo’lga
qo’yilgan tarbiya maktab uchun katta madaddir va aksincha, oilada tegishli tarbiya
ishlari olib borilmasa, bu xolda maktabning ta’lim-tarbiya ishini juda qiyinlashtirib
qo’yadi. Jamiyat ma’naviy hayotida yuz beradigan salbiy illatlarning genezisini
bola tarbiyasida yo’l qo’yilgan xatolar oqibati deb bilmoq zarur. Oila hayotini asli
muddaosi va bosh maqsadi bolalar tarbiyasining bosh maktabi esa oiladagi o’zaro
munosabatlardir. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash ustida
to’xtalganda, milliy -axloqning o’ziga xos xususiyatini ochib bermoq zarur. Milliy
axloq ota-bobolarimizning tarixiy tajribalari, davrlar sinovdan o’tgan hayot
saboqlari va o’git ko’rsatmalari jamuljamdir. Ana shu tufayli milliy ahloqiy
qadriyatlarimiz asrlar osha avlodlardan-avlodlarga o’tib kelmoqda. Har qanday
axloqiy fazilat u yoki bu yo’sinda insonda xatti-harakat tartibga solinishining
ifodasi bo’lib, insonga bo’lgan hurmat e’tibor, mehr-muhabbatni bildirar ekan, u
umubashariy mazmunni beradi. Zotan, har qanday shaxs odamzotning bir zarrasi
ekan, unda butun odamzotning mohiyati mujassam, shuning uchun ham butun
insoniyatga mansubdir. Shunga ko’ra, har bir ota-ona o’z farzandi tarbiyasida, uni
15
barkamol inson bo’lishida umuminsoniy ma’no va mazmunni ko’rmog’i lozim.
Bolaning axloqiy fazilatlari umuminsoniy xarakter kasb etib umumbashariy
qadriyatga aylanishini anglab yetgan ota-ona farzandlari tarbiyasidagi ma’suliyatni
chuqur his qilmoqlari maqsadga muvofiqdir. Milliy axloq milliy tarbiya natijasida
tarkib topadi. Milliy tarbiya negizida oilaviy tarbiya yotadi. Oilaviy tarbiya esa
tarixan tarkib topgan xalq pedagogikasiga asoslanadi. Oilada shaxsni ma’naviy-
axloqiy shakllantirish bolaning tug’ilishidanoq boshlanadi va u oilaviy munosabat,
xarakter, ota-onalarning namunasi, ulardagi umumta’lim darajasi, umummadaniy
saviyasi, hamda umumpedagogik madaniyati va oilaviy hayotni tashkil etishdan
iborat. Darhaqiqat, har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo’yib
kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga
qo’yilgan maqsadlarga erishish o’zlariga bog’liq ekanligini, ya’ni bu narsa
ularning sobitqadam g’ayratshijoatiga, to’la-to’kis fidokorligiga va cheksiz
mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa
davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir. Shu nuqtai nazardan,
oilaviy an’analar, rasm-rusmlar va odatlar orqali bolalarimiz ongiga milliy g’oyani
va istiqlol mafkurasini singdirishni ta’minlovchi psixologik ISSN 2181-1717 (E)
Образование
и
инновационные
исследования
(2021
год
Сп.вып.)
http://interscience.uz 397 omillar va shart-sharoitlarni aniq bilish o’ta dolzarb va
muhim vazifadir. Oiladagi sog’lom muhit insonni halol va pokiza bo’lishiga,
ma’naviy, axloqiy qadriyatlarga alohida e’tibor berishga dav’at etadi, chunki
insonning ma’naviy va ahloqiy xislatlarini, muomala madaniyatini, uning oilasi,
oilada olgan tarbiyasi, yashagan muhiti belgilaydi. Ta’kidlash joizki, oila ijtimoiy
institut sifatida o’zining barcha vazifalarini bajargan taqdirdagina, mafkuraviy
tarbiyaning kafolatli o’chog’iga aylanadi. Zero, har bir oilaning muqaddas vazifasi
– qobiliyatli farzandlarni o’stirish, ularni jismoniy, intellektual va ma’naviy
tomondan yetuk qilib, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdan
iborat. Ya’ni, ham ma’naviy, ham jismoniy jihatdan sog’lom, barkamol inson faqat
sog’lom oilada shakllanishi mumkin. Oiladagi sog’lom muhit va barqarorlik esa
yaxlit jamiyat ma’naviy takomilining aslosidir. Ma’lumki, iymonlilik,
16