OILADAGI BOLA TARBIYASIDA MILLIY AN’ANALARDAN FOYDALANISH METODIKASI (Оila tarbiyasida urf-odat, an’ana, marоsim va qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyati)
Yuklangan vaqt
2024-04-21
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
30,7 KB
Ilmiybaza.uz
OILADAGI BOLA TARBIYASIDA MILLIY AN’ANALARDAN
FOYDALANISH METODIKASI.
Reja:
1.Oilada bola tarbiyasi haqida tushuncha.
2.Oilada o’gil bola va qiz bola tarbiyasi haqida.
3.Оila tarbiyasida urf-odat, an’ana, marоsim va qadriyatlarning tarbiyaviy
ahamiyati.
4.Farzandlar ma’naviy-axloqiy kamоlоtidа va an’analarimiz davomiyligida ota-
onaning o’rni.
Ilmiybaza.uz
Mamlakatimizda bolalar to'g'risida, onalar haqida g'amxo'rlik qilish chinakam
davlat ahamiyatiga molik ishdir. “Jamiki yaxshi narsalar – bolalarga” shiori yanada
baralla jaranglamoqda. Keyingi yillarda mazkur masala yuzasidan qabul qilingan
qarorlar fikrimizning isbotidir.
Ma`lumki, bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda o'qish davrida ham,
asosan oilada tarbiyalanadi. Oila davlatning asosiy kurtagi sifatida bolalarning
dunyoqarashi, xulqi va didiga ta`sir ko'rsatishi tabbiy holdir. Oila a`zolarining
ma`naviy birligi eshlarni har tomonlama kamol toptirishning dastlabki va asosiy
omillaridan biri hisoblanadi.
Bolalarni barkamol inson qilib etishtirishda maktabni oila bilan mustahkam
bog'lamay turib, tarbiya sohasidagi butun ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish
bolmaydi. Shu maqsadda ota-onalar o'rtasida ta`lim-tarbiyaga oid tashviqot ishlarini
kengaytirish ularni maktabning faol yordamchilariga, o'quvchilarning sinfdan va
maktabdan tashqaridagi ishlarida har tomonlama foydali tashkilotchilariga
aylantirish zarur.
Jamiyatning jadal rivojlanishi, faoliyat turlarining tobora murakkablashib
borishi shaxs ongigа ko'rsataetgan ko'rinmas ta`sirlarning kuchayishiga olib
kelmoqda. Mana shunday sharoitda kishining mavjud bilimi, kasb-hunari,
malakalari kamlik qilib qolmoqda. Eng avvalo, insonlarda oilada tarkib topgan did,
farosat, aql, odob, emotsional madaniyatga muhtojlik sezilmoqda. Estetik, axloqiy
va boshqa tarbiya sifatlari kundalik hayot ehtiyojga aylanib bormoqda. Tabiiyki,
bunday sifatlarga oilaviy tarbiya orqali asos solinadi, kamol toptiriladi. To'g'ri,
bunda ijtimoiy tarbiyaning o'rnini inkor etib bo'lmaydi. Ana shu nuqtai nazardan
ularning birligiga, o'zaro hamkorliklariga asoslansak, barkamol inson tarbiyasida
muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Oilaviy tarbiya pedagogika fanida murakkab
muammolardan biridir. Uning murakkabligi shundaki, har bir oila o'ziga xos ibtidoiy
guruh bo'lib, tarbiyada faqat mazkur guruhga xos xususiyatlarga asoslanadi.
Ta`kidlaganimizdek, oilaviy tarbiyani ijtimoiy tarbiya bilan almashtirish
bolalar kamolotiga salbiy ta`sir ko'rsatadi. Masalan, yasli, bog'chalarga bormay,
Ilmiybaza.uz
faqat oilada o'sgan va voyaga etgan bolalar maktabga borganlarida o'z tengqurlari
ichida ko'p jihatlari bilan ajralib turadi. Oilaning bolalarga moddiy va ma`naviy
g'amxo'rligini, ko'rsatayotgan tarbiyasini yasli, bog'cha tarbiyasi bilan yoki,
aksincha, yasli bog'cha tarbiyasini oilaviy tarbiya bilan almashtirib bo'lmaydi. Faqat
o'zaro hamkorlik masalani ijobiy hal etish imkoniyatini beradi.
Lekin o'zining xususiyatlari va takrorlanmas ta`siri bilan oila bola tarbiyasida
muhim omilligicha qoladi. Amaliyotda kuzatganimizdek, bolada ota-onasining
mehri, erkalashlari asosida ota-onalariga, qarindosh-urug'lariga bo'lgan hissietlari
shakllanadi. Bolaning otasiga bo'lgan hurmati onaning hurmatini joyiga qo'yishda
asos bo'ladi. Onaga bo'lgan mehr-muhabbat oqibat natijada o'z oilasiga, xotini,
farzandlariga bo'lgan munosabatlarda o'z aksini topadi.
Ikkinchi tomondan bolalar ham o'z ota-onalariga ta`sir ko'rsatadilar. Oilaviy
aloqalarni oilaviy qiziqish, ma`naviy qoniqish hislatlarini takomillashiga sabab
bo'ladilar.
Ota-onalarning o'ziga va bolalariga bo'lgan talabchanligi, katta va
kichiklarning o'zaro munosabatlari, do'stona muhit, ishonch va o'zaro bir-birlarini
tushunish oila, maktab va jamoatchilikning bolalar tarbiyasi yuzasidan olib
boriladigan muhim omillaridan biridir. Bunday birlikning ro'ebga chiqishida, enг
avvalo, ota-onalarning siesiy ongliligi muhim rol' o'ynaydi. Chunki ota-onalarning
faolligi oilaviy hayotda o'z ifodasini topadi. Shu ma`noda bolalar o'z ota-onalarining
siyosiy va fuqarolik qiyofalariga qarab o'z xulq-atvorlarini tartibga soladilar,
hurmatlarini joyiga qo'yadilar.
Bolalar ulg'aya boshlashi bilanoq o'z ota-onalarining qaerda ishlashlari,
jamiyatda tutgan o'rinlari, ularning bilimiga qiziqa boshlaydilar. Shuning uchun ham
ota-onalarning nimalarga qiziqishlarini, kimlar bilan safdosh ekanliklarini bolalar
mumkin qadar ertaroq bilganlari ma`qul. Ota-ona qanday ishda bo'lmasin uni jiddiy,
el hurmatiga loyiq bir ish deb biladigan bo'lishi kerak. Bu borada oiladagi
tarbiyaning maqsadga muvofiq tashkil etilishi yuzasidan javobgarlik ma`lum
darajada maktabga yuklanadi.
Ilmiybaza.uz
Oiladagi hukmronlikning tarbiyaviy jihatdan to'g'ri bo'lishini ta`minlash
maktabning muhim vazifalaridan biridir. Oilaviy tarbiyaning mazmunli tashkil
etilishiga dastlabki ta`sirni maktab belgilaydi. Maktabgina oilaviy tarbiya
samaradorligini oshirish yuzasidan rahbarlik qila oladi. Bu vazifalarning
muvaffaqiyatli bajarilishida, ijobiy hal etilishida ota-onalar o'rtasida olib boriladigan
tarbiyaga oid targ'ibotning roli benihoyadir. Chunki ota-onalarni hozirgi zamon
ruhiy-ta`lim-tarbiyaviy bilimlar bilan qurollantirmay turib, oilaviy tarbiyani yo'lga
qo'yib bo'lmaydi.
Ommaviy-tarbiyaviy targ'ibotda eng yaxshi oilalar namunasida ta`sir
ko'rsatish eng maqbul yo'ldir. Bola tarbiyasi yuzasidan oila, maktab va jamoatchilik
hamkorligi hozirgi kunimizning dolzarb masalaligi ham mana shundadir. Chunki,
birinchidan, bola tarbiyasida oila, maktab va jamoatchilik hamkorligining o'zi
murakkab jarayon bo'lib, bunda muallimlardan tashqari ishlab chiqarish jamoalari
vakillari, yoshlar, kasaba uyushmalari ishtirok etadilar.
Ikkinchidan, ota-onalar va qarindosh-urug'lar turli mehnat jamoalarining
vakillari bo'lib, ishlab chiqarish va yoru do'stlarining ma`naviy hayotlaridagi
omillarni muhokama qiladilar, ularning hayotga, san`atga, oilaviy majburiyatlarga
bo'lgan munosabatlari haqida gapiradilar. Shu sababli ham mana shunday toifa
oilalarida tarbiya topayotgan bolalar boshqa ota-onalarning ko'chada, jamoat
joylaridagi hayot faoliyatlariga qarab o'z ota-onalariga baho beradilar. To'plangan
tajribalarni yasli, bog'cha, maktabdagi o'rtoqlari bilan muhokama qiladilar va
hokazo.
Oilalarning bolalar tarbiyasi uchun imkoniyat doiralari ancha keng bo'lib,
ko'plab oilalarimiz moddiy jihatdan yaxshi ta`minlangan. Ota-onaning ko'pi eng
kamida o'rta ma`lumotli. Bunday holatlar ota-onalarning pedagogika, psixologiya
sohasidagi bilimlar bilan qurollanishiga va maktab bilan hamkorlikda bolalar
tarbiyasini yaxshilash imkoniyatlarini yaratadi. Ota-onalarning bilim saviyasi,
umumiy tarbiyaga oid madaniyati, ijtimoiy intilishlari va talablari, bolalar
tarbiyasiga nisbatan turlicha munosabatlari, shakllangan hayotiy tajribalari, tarbiya
Ilmiybaza.uz
va ijtimoiy taraqqiyot natijasida hosil qilgan ishonch va e`tiqodlari, oiladagi o'ziga
xoslik bolalar tarbiyasiga salmoqli ta`sir ko'rsatadi.
Ko'plab qishloq oilalarida ma`lum darajada bolalar tarbiyasi yuzasidan
jamoatchilik yordami mavjudligiga qaramasdan tarbiyaviy kuchlarning bir
butunligiga erishilmagan, o'zaro hamkorlikni qanday tashkil etish mumkinligi
haqida ma`lumot yetarli emas. O'qituvchilar ham sinf ota-onalar majlisining
o'tkazilishi maktab va oila hamkorligini ta`minlaydi, deb o'ylashadi. To'g'ri, ota-
onalar majlisi ham hamkorlikni ta`minlashning eng muhim omillaridan hisoblanadi,
lekin oila, maktab, jamoatchilik hamkorligi uchun, ularni birlashtirish uchun maxsus
tashkil etilgan markaz bo'lishi lozim.
Demak, maktab mukammal tashkilot sifatida barcha tarbiyaviy ishlarni
maqsadga muvofиq tashkil etishi lozim. O'z o'qituvchilar jamoasini uyushtira olgan,
jamoatchilikni bolalar tarbiyasiga yo'naltira olgan, ularning ota-onalarini yaxshi
bilgan maktab ma`muriyatigina tarbiyaviy yutuqlarni qo'lga kirita oladi. Bunday
maktablar esa o'z atrofidagi zavod, fabrika, jamoa va davlat xo'jaliklari, otaliqqa
olgan korxonalar bilan aloqani mustahkamlab, o'quvchilarning maktabdan bo'sh
vaqtlarini mazmunli tashkil etmoqdalar, qarovsiz, tarbiyasi og'ir bolalarni o'z
nazoratlariga olmoqdalar. Bunday xayrli ishlarda ko'plab ota-onalar maktab bilan
yaqindan aloqada bo'lib o'quvchilar tarbiyasi yuzasidan o'qituvchilar jamoasi bilan
bamaslahat ish olib borishmoqda.
Lekin, ko'plab ota-onalar bolalar tarbiyasiga tayer emasliklari, ularga ta`sir
etuvchi turli omillardan bexabarliklari, bola kamolotining murakkab tomonlarini
bilmasliklari natijasida oilaviy tarbiyada ko'plab ko'ngilsiz voqealar ham sodir
bo'lmoqda. Bunday salbiy omillar o'g'il eki qizlarning maktabdagi ta`lim-tarbiyasiga
emon ta`sir ko'rsatmoqda. Voyaga yetmagan yoshlar orasida qonunbuzarliklarning
kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda.
Kuzatishlar shuni ko'rsatmoqdaki, hali ham ayrim ota-onalar bolalar tarbiyasi
va ularning kelajaklari haqida zamon talabi darajasida tarbiyaviy mas`uliyatni his
qilmayaptilar. Ota-onalar bilan suhbatlashish natijasida shu narsa aniqlandiki, ular
farzandlari 15-16 yoshga yetganidagina “O'g'lim yoki qizim yuqori sinfda