OILANING IJTIMOIY VAZIFALARI, OILAVIY ROLLAR (Oilaning ijtimoiy funksiyalari turlari, Oilaning hayotiy tarzi va ziddiyatlari, Oilaning turmush tarzi olimlar talqinida)
Yuklangan vaqt
2024-04-18
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
27,0 KB
Ilmiybaza.uz
OILANING IJTIMOIY VAZIFALARI, OILAVIY ROLLAR
Reja.
1. Oilaning ijtimoiy funksiyalari turlari.
2. Oilaning hayotiy tarzi va ziddiyatlari
3. Oilaning turmush tarzi olimlar talqinida
Ilmiybaza.uz
Tayanch tushunchalar: Oilaning ijtimoiy xissiy-emotsional funksiyasi, Oilaning
maʼnaviy- psixologik muhiti, Oila energetikasi tushunchasi.
Oila psixologiyasiga oid ilmiy adabiyotlarda oilaning quyidagii funktsiyalari
- jamiyat oldidagi vazifalari farqlanadi: Oilaning ijtimoiy xissiy-emotsional
funksiyasi - bu uning uz aʼzolari o`rtasida muayyan iliq munosabatlarni saqlash, ular
o`rtasida mexr- oqibat, o`zaro g`amxo`rlik, bir-birini qo`llab-quvvatlash, sevish,
sevilish kabi qobiliyatini namoyon etishidir. Bu oila uchun juda muxim bo`lib,
insonning ruhiy salomatligi aynan shu vazifani qanday bajarayotganligi bog`liqdir.
Oilaning maʼnaviy-psixologik muhiti sog`lom deganda, aslida ana shu aʼzolar
o`rtasidagi. iliqlik, samimiyat, o`zaro bag`rikenglikning mavjudligi, mexr-oqibat
kabi insoniy xissiyotlarning ijobiyligi tushuniladi. Jismoniy quvvatni taʼminlash
funksiyasi - oila aʼzolarining jismonan sog`, tetik va o`zini yaxshi xis qilishlarini
taʼminlashga bog`liq bo`lgan sharoitlarni nazarda tutadi, masalan, har birimiz oilada
boshpanamizga egamiz, bundan tashqari, mana shu o`z xududimizda, yaʼni
xonzdonimizda dam olish, yaxshi sifatli, to`yimli taomlardan baxramand bulish, ijod
qilish va o`qishimiz uchun zarur, qulay imkoniyatlarga ega bo’lishimiz shart.
Zero, agar shulardan birortasi taʼminlshmagan bo`lsa, bunday oila o`zini baxtli
deb hisoblay olmaydi va qator noqulayliklarni xis qiladi. Masalan, uysiz,
boshpanasiz kolgan odamlarning nafaqat ruhiy jismoniy azoblarga duchor
bo`lganliklarini tasdiqlovchi psixologik tadqiqotlar mavjud. Maʼnaviy muloqlarni
taʼminlash funktsiyasi-odamning o`z nasl-nasabi, maʼnaviy-madaniy anʼanalari
bo`lishiga intilishidan kelib chiqadi, har bir shaxs o`zini kimning avlodi, qanday
anʼanalarning vorisi ekanligidan cheksiz faxrlanadi, u qanday oila bo’lishidan qatiy
nazar, albatta, o`z aʼzolarini muayyan yaxshi urf-odatlar, muomala marosimlari
doirasida birlashishiga qodir bo`lgandagina mustaxkam va baxtiyor buladi. Yangi
tutilgan farzand teta-poya qilib yura boshlagan onlardanoq oilaning kattalari uni
erkalatishlar orqali shirin muomalaga o`rgatadi, kattalarga xurmat, kichiklarga
g`amxo`rlik, izzat tushunchalari ham oilada tarbiyalanadi. Shu funktsiyani ado eta
olmagan oilada hamisha kungilxiraliklar, janjal, ziddiyatlar bo’lishi extimoli
kattadir. Oila tinch va xavfsiz bulsa, demak, jamiyat ham, davlat ham tinch va undagi
Ilmiybaza.uz
osoyipggalik barqaror buladi. Reproduktiv funktsiya - bu oilaning nafakat avlodlar,
vorislarni yaratishga alokador vazifasi, balki, shu orqali ota va ona bo’lishidek
baxtga muyassar bo`lish, davlatning esa tub axoli sonini muayyan miqdorda ushlab
turishiga ham xizmat qiladi. Sotsiolog А.Аntonovning fikricha (2005), jamiyatda
axoli balans saqlash uchun farzandlar soni 2,5 nafardan kam bo`lmasligi lozim.
Oilaning hayotiy tarzi va ziddiyatlari.
Oilaning hayotiy tarzi uning hayotiy sikli, tutimi bilan boglik. Аyrim olimlar,
masalan, V.Satir zamonaviy oilaning bola tarbiyasi va uning manfaatlariga boglik
ekanligidan kelib chikib, bu maskandagi hayot maromi va tutimini bola
rivojlanishining borkichlari bilan boglaydi. Shunga kura, quyidagii boskichlar
farkpanadi:
1-bosqich. Аksariyat olimlar oiladagi hayot sikli ikki yoshning uzok muddatga
axdu-paymon qilib nikohga kirishga qaror qilgan onlaridanok boshlanishini
taʼkidlaydilar. Boshqa mualliflarning fikricha, oilaning boshlangich nuqtasi ikki
shaxs rasman nikohga kirgan vaqt, ko’pchilikning guvoxligida o’tkazilgan tantanalar
bilan izoxlanadi.
2-bosqich. Ikki yoshning intim qovushishi okibatida zurriyodning paydo
bo’lishi. Satirning fikricha, zurriyodning paydo bo’lishi, tug’ilishi er va xotinning
asl munosabatlarini sinovdan o’tkazadi va ular o’ziga xos yangicha munosabatlar
davrini boshdan kechira boshlaydilar. Bu davrga asosiy mazmun va maʼno beruvchi
voqea bu er va xotinga yangi rollarning berilishi, anchagina katta ijtimoiy
masʼuliyatni o’ziga qamrab olgan ota-onalik rollarining boshlanishidir.
3-bosqich. Bola oiladan tashqaridagi ijtimoiy institutlar-maktabgacha ta'lim
muassasalari, ayniqsa, uzluksiz ta'limning boshlang`ich uchog`i hisoblangan
maktabga bora boshlaydi. Maktab shunday maskanki, u yerda har bir bolaning qay
darajada va qanday ijtimoiylashgani sinovdan o`tadi. Chunki u endi nafaqat o`zi
tengqur bolalar bilan, balki kattalar, begonalar, ko`chadagi turli toifali insonlar bilan
muomalaga kirisha boshlaydi.
4-bosqich. Bola o`smirlik davriga qadam bosganda, u ota-onasidan
mustaqillikni, xa deb ta'qib qilavyermaslikni da'vo qila boshlaydi. Ota-onaning
farzand oldidagi obro`si, kerakligi darajasi pastlay boshlaydi.
Ilmiybaza.uz
Oilaning turmush tarzi olimlar talqinida
Oilaviy hayotni tizimli tarzda tasavvur etib, uning psixologik xususiyatlarini
o`rganishga jazm etgan olimlardan biri amerikalik tadqiqotchi Virjiniya Satir (1992,
2000) hisoblanadi. U oilaviy hayotni tavsiflash uchun quyidagi tushunchalarni
ishlatadi: oila energetikasi, oila tizimi, chegarasi va funksional xususiyatlari. Bu
bilan u kelib chiqishi nuqtai nazaridan biologik hisoblangan ijtimoiy institutga
texnologik myetodologiy tatbiq etishga urinadi. Bunday yondashuv XX asr
urtalariga xos bulib, u tufayli odam oilani tushunish borasida nafaqat yangi
yo`nalishga asos soldi, balki uni davolash, bu boradagi tibbiy muammolarni ham
o`rganishni boshlab berdi. Oila energetikasi tushunchasi o`z ichiga ko’plab
jabxalarni xususan, oilaning tibbiy-biologik xususiyatlaridan tortib, uning
psixologik mavjudligini belgilovchi omillar, ekologik shart- sharoitlardan boshlab,
tiriklikning mezonlari bo`lmish ovqatlanish hamda har bir oila a'zosining xatti-
harakatlarining namoyon bo’lishigacha qamrab oldi.
Nazorat uchun savollar
1. Oilaning ijtimoiy funksiyalari turlari?
2. Oilaning hayotiy tarzi va ziddiyatlari?
3. Oilaning turmush tarzi olimlar talqinida?