OIV-TV. TUBERKULYOZ KASALLIGI VA OITSNI BIRGALIKDA KECHISHI, KLINIKA, DIAGNOSTIKASI VA DAVOSI
Yuklangan vaqt
2025-09-06
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
45
Faytl hajmi
2,6 MB
OIV-TV. TUBERKULYOZ KASALLIGI VA OITSNI BIRGALIKDA
KECHISHI, KLINIKA, DIAGNOSTIKASI VA DAVOSI.
Epidemiya tarixi. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromining birinchi
hollari AQSHda qayd qilingan. 1981 yilda Los-Anjelos va Nyu-Yorkdagi erkaklar
bilan jinsiy aloqa qiluvchi erkaklarda 5 pnevmotsistali pnevmoniya va 26 Kaposhi
sarkomasi hollari aniqlandi. Keyinroq esa OITS hollari har ikki jinsga mansub
bo‘lgan IOGMIQlar va gemofiliya bilan og‘riganlar orasida qon qayta
quyilganidan so‘ng qayd qilindi. Tadqiqotlar o‘tkazilganidan so‘ng kasallikning
sababchisi qon orqali va jinsiy yo‘l bilan yuquvchi infeksiya ekanligi aniqlandi.
1983 yilda ikki tadqiqotchi (L. Montane va R. Gallo) tomonidan bir-biridan
mustaqil ravishda odam immunitet tanqisligi virusi birinchi marta ajratib olindi.
Uzoq vaqt davomida butun dunyo ilmiy doiralari orasida olimlarning qaysi biri
birinchi bo‘lib virusni topganligi to‘g‘risida bahslar davom etdi va nihoyat, 2008
yilda bunday sharaf Lyuk Montanega tegishli ekanligi tan olindi. Buning uchun
Montene Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. 1985 yilda OIV infeksiyasini
immunoferment taxlil yordamida diagnostika qilishning sezgir usuli ishlab
chiqildi. Ushbu usul mazkur infeksiyaning tarqalganligini baholashga imkon
yaratdi. Bu usulni joriy qilish yordamida OIV infeksiyasining tarqalganligi
pandemiya xarakteriga ega bo‘lganligi aniqlandi. Virusga qarshi antitanachalarning
topilishi va bemor qonida limfotsitlar miqdorini aniqlanishi OIVning namoyon
bo‘lishi hech qanday belgilarsiz tashuvchilikdan tortib OITSning avj olgan
ko‘rinishigacha turli-tuman ekanligini ko‘rsatdi.
Etiologiyasi.Odam
immunitet
tanqisligi
virusi
retroviruslar
oilasining
lentiviruslar (“lenti” so‘zi sekinlashgan, uzoq vaqt davom etuvchi ma’nosini
anglatadi) kenja oilasiga mansubdir. Genomning noyob tuzilishi va virus tuzilmasida
revertaza
fermentining
(RNK-bog‘liq
DNK
polimeraza)
mavjudligi
retroviruslarning xarakterli xususiyatlaridir. Revertazaning virus tuzilmasida
mavjudligi genetik ma’lumotlarni DNKdan RNKga emas, balki RNKdan DNKga
teskari yo‘naltirilishini ta’minlaydi.
Bugungi kunda virusning 2ta antigen varianti ma’lum – OIV-1 va OIV-2. OIV-
1 odam uchun eng patogenidir. O‘zbekiston Respublikasida OIV-1 aylanib yuribdi.
1-rasm.OIV virusi tuzilmasining chizma tasviri
OIVning etuk virioni – bu diametri 100 nm atrofida bo‘lgan hamda o‘zak va
qobiqdan tashkil topgan sharsimon zarrachadir. OIV genomi uch asosiy tuzilmaviy
genlardan tashkil topgan.
Virusning ko‘payishi faqat muayyan bir hujayralar bilan bog‘liq. Virus sirtida
SD4+retseptorlari bo‘lgan hujayralar ichiga faol ravishda kira oladi deb
hisoblanadi.Mazkur retseptor nerv to‘qimalarining nospetsifik elementlariga
tegishli va asosan qon, limfa va to‘qima suyuqliklarida aylanib yuruvchi
hujayralardan tashkil topgan.
Virusning to‘liq hayotiy sikli ancha tez amalga oshadi, bor yo‘g‘i 1-2 sutkada
kuniga 1 mlrd.gacha virus zarrachalari shakllanadi, shuning uchun uzoq vaqt
davomida organizmda OIVning yangi virionlari ancha miqdorda to‘planib qolishi
mumkin. Virusning o‘zgaruvchanligi natijasida ko‘pchilik xarakteristikalari
bo‘yicha, shu jumladan turli retroviruslarga qarshi agentlarga turg‘unligi va
ta’sirchanligi bilan farqlanuvchi shtammlar paydo bo‘lishi mumkin.
OIV quyidagi xususiyatlarga ega: 56°S gacha qizdirish 30 daqiqadan so‘ng
virusning inaktivatsiyasiga olib keladi, 70°Sgacha – 10 daqiqadan so‘ng,
qaynatilganda esa u 1-2 daqiqadan keyin halok bo‘ladi. Vodorod peroksidning
3%li eritmasi, lizolning 5%li eritmasi, natriy gipoxloridning 0.2% eritmasi, 1%li
glyutarli aldegid, 70%li etanol, efir, atseton kabi odatdagi dezinfeksiyalovchi
eritmalar virusni tashqi muhitda yo‘q qiladi. SHu bilan birga, virus ultrabinafsha
nurlar va ionlashtiruvchi radiatsiya ta’siriga turg‘un, quritilgan holda 25-27°S
haroratda 7 kun davomida saqlanib qoladi, past haroratlarga chidamli. Qon va
uning preparatlarida yillar davomida saqlanib qoladi.
OIV-INFEKSIYASINING PATOGENEZI
Odam organizmida virus differensiyalangan hujayralarning turli tiplariga kirib
boradi: birinchi navbatda SD4+ limfotsitlari (T-xelperlar), monotsitlar va
makrofaglar, o‘pka alveolalari makrofaglari, Langergans hujayralari, limfa
tugunlarining follikulyar dendrit hujaylari, oligodendrogliya hujayralari va miya
astrotsitlari, ichakning epiteliyali hujayralari, bachadon bo‘yni va boshqalarga kirib
boradi. OIV patogenezi virusning hayotiy siklidan boshlanadi (2a–2e rasmlar).
2a-rasm. Odam immunitet tanqisligi
virusining tuzilmasi
2b-rasm.
OIVning
hujayraga
o‘rnashib olishining birinchi bosqichi –
qo‘shilish.
2v-rasm.
OIVning
hujayraga
o‘rnashib olishining ikkinchi bosqichi –
transkripsiya.
2g-rasm.
OIVning
hujayraga
o‘rnashib olishining uchinchi bosqichi –
integratsiya.
2d-rasm.
OIVning
hujayraga
o‘rnashib olishining to‘rtinchi bosqichi
– replikatsiya
2e-rasm.
OIVning
hujayraga
o‘rnashib olishining beshinchi bosqichi
– ajralib chiqish
OIVning hayotiy sikli
Odam immunitet tanqisligi virusining hayotiy siklini zararlanish jarayonining
ikki turli fazalari doirasida ko‘rib chiqish mumkin. Ancha qisqa bo‘lgan
boshlang‘ich davri virusning o‘rnashib olishi, revertazasi, hujayra yadrosiga kirib
borishi va provirusni shakllantirish bilan DNK molekulasiga integratsiyasi bilan
xarakterlanadi. Ikkinchi faza virus va hujayra oqsillari boshqa virusli oqsillar
hamda yangi infeksion virionlarni hosil bo‘lishini tartibga solishiga qarab
zararlangan hujayraning butun hayotiy sikli davomida ro‘y beradi.
Umuman olganda, virusning to‘liq hayotiy sikli ancha tez, bor-yo‘g‘i 1-2
sutkada amalga oshadi. Bunda 1 mlrd.gacha virus zarrachalari shakllanadi va
ularning ko‘p qismini OIVning o‘zgaruvchanligiga olib keluvchi mutant viruslar
tashkil qiladi. Ular o‘z navbatida qo‘zg‘atuvchining immunitet nazorati ostidan
“sirg‘alib chiqib ketishiga” yordam beradi. OIV juda yuqori darajada
mutatsiyalanish qobiliyatiga ega, chunki unda genetik xatolarni to‘g‘rilashning
maxsus mexanizmlari mavjud emas. Bir nukleotidni ikkinchisi bilan almashtirilishi
hamda yangi nukleotidlarning qo‘shilishi yoki tushirib qolishi ancha ko‘p
uchraydigan hodisadir. Bu esa virus oqsili tuzilmasini o‘zgartirish uchun etarlidir.
Bundan tashqari, bir hujayrada qo‘zg‘atuvchining ikki varianti paydo bo‘lganida
ular o‘zaro genetik materiallar bilan almashinishi va virusning rekombinant
shakllarni hosil qilishi mumkin. Ular esa o‘z navbatida virusning o‘zgaruvchan
bo‘lishiga ko‘maklashadi.
Virusning faol replikatsiya sikli yuz bergan zararlangan hujayra to‘g‘ridan-
to‘g‘ri destruksiya va sitolizga uchraydi. Sitonekroz deb ataluvchi ushbu jarayon
OIVning sitopatogen ta’sirining asosiy fenomenlaridan biridir.
OIV bilan zararlanishda immunitet tanqisligi patogenezining asosiy bo‘g‘ini
gumoral va hujayralar immunitet javobi zanjiridagi asosiy bo‘g‘in bo‘lib xizmat
qiluvchi T-xelperlarning shikastlanishidir. Immunitet tanqisligi patogenezida
sxematik ravishda ikki bosqichni ajratish mumkin:
1. SD4+hujayralar miqdorining asta-sekin kamayib borishi – klinik
jihatdan kasallikning latent davriga mos keladi;
2. SD4+hujayralar miqdorining halokatli kamayib ketishi – klinik
jihatdan kasallikning
yaqqol ifodalangan
bosiqichiga mos
keladi.
Kasallikning juda tez zo‘rayib ketishga o‘tishi SD8+ hujayralar – T-
supressorlarning sitolitik faolligining pasayib ketishi bilan bog‘liqdir.
Turli a’zolarda OIVning nazoratsiz ko‘payishi va bunda virusning jadal
mutatsiya qilishi (har bir replikatsiya siklida 10 mutatsiyagacha) pirovardida
OIVning geterogen shtammlarining shakllanishiga olib keladi. Virusning
tajovuzkor shtammlarining paydo bo‘lishi va ular sonining ortib ketishi SD4+
hujayralarining tezda halok bo‘lishi, immunitetning hujayralar bo‘g‘inidagi
funksiyalarining buzilishiga olib keladi. Buning natijasida bakteritsid, killerlik va
shishlarga qarshi faollik buziladi va oqibatda opprotunistik kasalliklar, antiimmun
buzilishlar, xatarli shishlarning rivojlanishiga va asab tizimning shikastlanishiga
olib keladi.
EPIDEMIOLOGIYASI
Butun dunyoda OIV-infeksiyasi pandemiyasi ko‘lamlarining ortib borishi,
bugungi
kungacha
uning
maxsus
profilaktikasi
vositalarining
yo‘qligi,
davolashning qimmatligi va kasallikning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari mazkur
kasallikni insoniyatning butun dunyo miqyosidagi eng dolzarb muammolari
qatoriga kiritilishiga to‘liq asos bo‘ladi.
YUNEYDSning baholashiga ko‘ra, dunyoda 60 milliondan ortiq odamga OIV-
infeksiyasi yuqqan. Bulardan 25 million odam vafot etdi va 33 millondan ortiq
odam (3 milliondan ortiq bolalar) bugungi kunda OIV-infeksiyasi bilan
yashamoqda.
MDH mamlakatlari orasida OIV tarqalganligining eng yuqori darajasi Rossiya
va Ukrainada kuzatilmoqda. Bu OIV yuqish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar –
giyohvand moddalarni tomir orqali qabul qiluvchi shaxslar, erkak bilan erkak
o‘rtasidagi jinsiy aloqa qiluvchilar, rag‘batlantirish evaziga intim xizmat
ko‘rsatuvchi ayollar, qamalganlar va migrantlar orasida OIV infeksiyasining keng
tarqalganligi bilan bog‘liq.
MDH mamlakatlari orasida har 100 000 aholi orasida OIV infeksiyasining
tarqalganligini taqqoslaydigan bo‘lsak, yaqin horijdagi mamlakatlarga nisbatan
O‘zbekistonda vaziyat nisbatan yaxshi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2007 yil 1
yanvar holatiga Rossiyada har 100 000 aholi orasida OIV tarqalganligining jadallik
ko‘rsatkichi 250,6 ni tashkil qiladi. Ushbu ko‘rsatkich Ukrainada – 161,0;
Bellorusiyada – 79,5; Qozog‘istonda – 49,0; Qirg‘izistonda – 20,8; Tojikistonda
– 7,2 va O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha – 37,7ni tashkil qiladi.
Ushbu holatda kasallik tarqalganligining jadalligi bilan turmush tarzi va
giyohvandlik, buzuqlik, gomoseksualizm kabi holatlarning tarqalganligi orasida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud.
Ko‘p yillik kuzatishlar va ilmiy tadqiqotlarning natijalari epidemiya butun
dunyoda taxminan bir xil tarqalayotganligini ko‘rsatdi. OIV-infeksiyasi
epidemiyasining uch bosqichi farqlanadi:
Kasallik yuqish xavfi yuqori bo‘lgan aholi guruhlari(giyohvand
moddalarni tomir orqali qabul qiluvchi shaxslar, erkak bilan erkak
o‘rtasidagi jinsiy aloqa qiluvchilar) orasida kasallik yuqishining kamdan-
kam uchraydigan holatlari bilan xarakterli bo‘lgan boshlang‘ich bosqichi;
Epidemiyaning konsentrlangan bosqichi kasallik yuqish xavfi yuqori
bo‘lgan aholi guruhlaridagi shaxslarning 5 foizdan ortig‘ining zararlanishi
bilan xarakterlanadi. Bunda umumiy aholi orasida kasallanish 1 foizdan
ortmaydi;
Generallashgan
bosqichi
–
umumiy
aholi
orasida
infeksiya
tarqalqalganligi 1 foizdan ortiqligi bilan xarakterlanadi.
Adabiyotlardagi ma’lumotlarga ko‘ra, turli mamlakatlarda epidemiyaning
rivojlanishi
faqat
rivojlanish
sur’atlari
bilan
farqlanadi.
O‘zbekiston
Respublikasida OIV yuqishining birinchi holatlari 1987 yilda horijiy fuqarolar
orasida yagona holatlar ko‘rinishida qayd qilingan. 2000 yildan boshlab aholining
kasallik yuqish xavfini orttiruvchi fe’l-atvorli guruhlari orasida (giyohvand
moddalarni tomir orqali qabul qiluvchi shaxslar, rag‘batlantirish evaziga intim
xizmat ko‘rsatuvchi ayollar, erkak bilan erkak o‘rtasidagi jinsiy aloqa qiluvchilar)
OIVga chalinish holatlari keskin ortdi. Bugungi kunda O‘zbekitonda OIV
infeksiyasi epidemiyasi konsentrlangan bosqichga etdi. 2008 yilning 1 yanvariga
O‘zbekiston Respublikasida kasallikni ro‘yxatga olish boshlanganidan buyon,
13000 ta OIVga chalinganlar ro‘yxatga olingan. Ularning 500dan ortig‘ini bolalar,
64 foizini erkaklar tashkil qiladi. 72 foizni tashqil qiluvchi parenteral yo‘l
O‘zbekiston Respublikasida infeksiya tarqalishida etakchi o‘rinni egallaydi.
OIV infeksiyasiga chalinish tarqalish yo‘llari, sanitariya va ijtimoiy omillar
bilan belgilanadi. Faqat kasallikning barcha bosqichlarida bo‘lgan OIVga
chalingan shaxslargina infeksiya manbai bo‘lib xizmat qiladilar. Virus qon,
sperma, bachadondan ajraluvchi suyuqlik va ona suti kabi suyuqliklar bilan birga
eng ko‘p miqdorda ajralib chiqadi. Organizmning boshqa fiziologik suyuqliklarida
(plevral, peritoneal, orqa miya, sinovial suyuqliklar, so‘lak, ko‘z yoshi, ter)
virusning konsetratsiyasi ko‘p bo‘lmaydi va ular orqali virusning tarqalishi
isbotlanmagan. Najas, siydik, burundan chiquvchi ajralmalar, balg‘amdan virus
tashqi muhitga ajralmaydi. Virus tashqi muhitda turg‘un emas. Xona haroratida bir
haftagacha saqlanib turadi. Fizik va kimyoviy (quyosh, ultrabinafsha va ionlovchi
nurlar, tarkibida xlor saqlovchi eritmalar, spirt, vodorod peroksidi) omillar ta’sirida
virus yuqish qobiliyatini tez yo‘qotadi.
Infeksiya quyidagi yo‘llar bilan yuqishi mumkin:
Qon orqali (parenteral yo‘l) – qon quyilganda zararlangan qon orqali,
turli
invaziv
muolajalar
uchun
ifloslangan
asboblardan
qayta
foydalanilganda (in’eksiya, kichik va katta jarrohlik amaliyotlari, shu
jumladan kosmetik muolajalar). Qon tarkibida virusning konsentratsiyasi
eng yuqori bo‘lganligi sababli, parenteral yo‘l bilan infeksiya yuqish xavfi
92,5 foizni tashkil qiladi;
Jinsiy aloqa yo‘li bilan – getero va gomoseksual jinsiy aloqalarda,
ayniqsa, aloqa jinsiy a’zolar shilliq pardalarining jarohatlanishi bilan amalga
oshirilganida (zo‘ravonlik bilan qilingan jinsiy aloqa va h.k) yuqishi
isbotlangan. Jinsiy aloqa yo‘li bilan infeksiyaning yuqish xavfi bir foizni
tashkil qiladi. SHuni hisobga olish lozimki, ayollarga kasallik yuqish xavfi
erkaklarnikidan yuqoridir. Bunday holat ayollar organizmining anatomik-
fiziologik xususiyatlariga ko‘ra zararlangan material bilan uzoq vaqt
kontaktda bo‘lishi va ayollarning ichki jinsiy a’zolarida limfoid
hujayralarning katta to‘plamlari mavjud bo‘lishi bilan bog‘liq. Bundan
tashqari,
ayollarning
jinsiy
a’zolari
turli
mexanik
jarohatlar
va
yallig‘lanishlarga ko‘proq moyildir.
Vertikal yo‘l – infeksiyaning onadan bolaga homiladorlik paytida
(zararlanish xavfi 10-15%), tug‘ish paytida (60-65%) va ko‘krak suti bilan
ovqatlantirish paytida (20-25%) yuqishi.
Epidemiya rivojlanishida infeksiya yuqishining parenteral va jinsiy yo‘llari
alohida ahamiyatga ega.
OIV-infeksiyasi transmissiv yo‘l (kasaldan sog‘lom odamga har xil qon
so‘ruvchi hashorat va kanalar orqali) bilan yuqmaydi.
OIV-INFEKSIYASINING KLINIKASI
OIV-infeksiyasining tabiiy kechishi
Infeksiyaning “tabiiy” kechishi deb, infeksiyaning yuqori faollikdagi ART
qo‘llanilmaganligidagi kechishi tushuniladi.
O‘tkir isitma davri yoki “birlamchi” OIV-infeksiya (bunda OIV yuqqanidan
boshlab antitanachalar paydo bo‘lishiga qadar davr tushuniladi) klinik ko‘rinishi
bilan ko‘pincha mononukleozga o‘xshash sindromni eslatadi. Belgilar OIV
yuqqanidan so‘ng bir necha kun yoki haftadan keyin paydo bo‘ladi.
1-jadval
Infeksiyaning o‘tkir davri belgilari uchrashi
Belgi
Darajasi
Isitma
Toshmalar
Og‘iz bo‘shlig‘ida yaralar
Artralgiya
Faringit
Ishtaha yo‘qligi
Vazn yo‘qotish
Darmonsizlanish
Mialgiya
Isitma va toshmalar
80%
51%
37%
54%
44%
54%
32%
68%
49%
46%
Lekin infeksiyaning mazkur davri belgilarsiz kechishi mumkin. Bu davrda
qonda virusning yuqori darajadagi konsentratsiyasi (virus yuki) kuzatiladi,
ko‘pincha SD4+limfotsitlarning soni sezilarli darajada tushib ketadi. Ma’lum
vaqtdan so‘ng SD4+ limfotsitlarning soni yana ortadi, lekin odatda infeksiyadan
oldingi holatdagi darajasiga etmaydi (3-rasm).
Infeksiyaning o‘tkir davri tugaganidan so‘ng, virus replikatsiyasi va immunitet
tizimi javobi o‘rtasida muvozanat o‘rnatiladi va ko‘pchilik holatlarda bir necha
yillar davomida OIV-infeksiyasi belgilarsiz kechadi.Hatto antiretrovirusli terapiya
amalga oshirilmagan holatlarda ham kasallikning belgilarsiz yoki latent davri 8-10
yil va undan ham ko‘p davom etishi mumkin. Lekin “latent” davri termini
chalg‘itmasligi lozim, mazkur davrda virusning juda faol replikatsiyasi va SD4+
limfotsitlarining muqarrar emirilishi yuz beradi. Keyin oxirgi fazasi OITS bo‘lgan
klinik namoyon bo‘lish davri kirib keladi. Kasallikning zo‘rayish tezligi
organizmning xususiyatlariga bog‘liq.
3-rasm. OIV-infeksiyasining tabiiy kechishi
OIV-infeksiyasining bosqichlari
OIV-infeksiyasining klinik namoyon bo‘lishi turli-tumandir. JSST taklif qilgan
klinik tasniflash OIV-infetsiyasi klinikasini eng aniq aks ettiradi. Unda
bosqichlarga bog‘liq ravishda mumkin bo‘lgan klinik ko‘rinishlar va patologiyalar
ko‘rsatilgan.
Kattalar va o‘smirlarda OIV-infeksiyasi klinik bosqichlarining JSST
tomonidan qayta ko‘rib chiqilgan tasnifi (2006))
(OIV antitanachalariga tekshiruv natijalari ijobiy bo‘lgan yoki boshqa
laboratoriya tekshiruvlari natijasida OIV-infeksiyasi tasdiqlangan 15 va undan
katta yoshdagilar uchun)
O‘tkir OIV-infeksiyasi
Belgilarsiz (simptomsiz) kechish davri
O‘tkir isitma davri (o‘tkir retrovirusli sindrom)
1-klinik bosqich
Belgilarsiz kechishi
Persistensiyali generallashgan (tarqalgan)limfoadenopatiya
2-klinik bosqich
Seboreyali dermatit
Angulyar xeylit
Og‘iz shilliq qavatining retsidivlovchiyarasi (oxirgi 6 oy davomida 2 va
undan ko‘p marta)
Belbog‘simon temiratki (bitta dermatoma chegarasida katta toshmalar)
Nafas olish yo‘llariningretsidivlovchi infeksiyalari (6 oy davomida ikki
yoki undan ko‘p marta sinusit, o‘rta otit, bronxit, faringit yoki traxeit holatlari)
Onixomikozlar
Papulasimon qichishuvchi toshma
3-klinik bosqich
Og‘iz bo‘shlig‘ining tukli leykoplakiyasi
Bir oydan ortiq vaqt davom etuvchi sababsiz surunkali diareya
Retsidivlovchi kandidozli stomatit(6 oy davomida 2 yoki undan ko‘p
marta)
Bakteriyali og‘ir yuqumli kasalliklar (masalan, pnevmoniya, plevra
empiemasi,
suyak
va
bo‘g‘imlarning
yuqumli
kasalliklari,
meningit,
bakteriemiya)
O‘tkir yara-nekrozli stomatit, gingivit yoki periodontit
4-klinik bosqich
O‘pka sil kasalligi
O‘pkadan tashqari a’zolar sil kasalligi (limfoadenitdan tashqari)
Vaznning sababsiz kamayishi (6 oy davomida 10%dan ortiq)
OIV-infeksiyasi tufayli kelib chiqqan kaxeksiya sindromi
Pnevmotsistali pnevmoniya
Og‘ir
yoki
rentgenologik
tasdiqlangan
retsidivlovchi
bakteriyali
pnevmoniya (yil davomida ikki yoki undan ko‘p marta)
Sitomegalovirusli retinit (± kolit)
Oddiy gerpes virusi tufayli kelib chiqqan gerpes(1 oydan kam bo‘lmagan
surunkali yoki persistirlovchi)
Ensefalopatiya
OIV-infeksiyasi tufayli kelib chiqqan kardiomiopatiya
OIV-infeksiyasi tufayli kelib chiqqan nefropatiya
Rivojlanib boruvchi multifokal leykoensefalopatiya
Kaposhisarkomasi va OIV-infeksiyasi tufayli kelib chiqqan boshqa o‘sma
kasalliklari
Toksoplazmoz
Disseminatsiyalashgan
zamburug‘li
infeksiya
(masalan,
kandidoz,
koksidioidomikoz, gistoplazmoz)
Kriptosporidioz
Kriptokokkli meningit
Atipik mikobakteriyalar chaqirgan disseminatsiyalashgan infeksiyalar
OIV-infeksiyasi eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishlarining xarakteristikasi
Persistirlovchigenerallashganlimfoadenopatiya (PGL) – 3 oy davomida
boshqa kasallik yo‘qligida ikki yoki undan ko‘p soxada joylashgan (chovlardan
tashqari) limfa tugunlarining diametrining kamida 1 sm ga kattalashishi. Bunda
limfa tugunlari elastik konsistensiyaga ega, barmoq bilan paypaslanganda
og‘rimaydi, atrofdagi to‘qimalar bilan birikib ketmagan, asimmetrik joylashgan va
kattalashishida beqarorlik kuzatiladi (jarayonga yangi limfa tugunlari jalb qilinishi
va eskilarining o‘lchamlarining o‘zgarishi xisobiga).
Seboreyali dermatit – qo‘zg‘atuvchisi xamirturushsimon zamburug‘. Klinik
jihatdan boshning tukli qismida, yuzda, quloq chanog‘ining orqasida, badanda va
ba’zan chov sohasida joylashgan eritematozli toshmalar bilan xarakterlanadi (4-
rasm).
4-rasm. Seboreyali dermatit
5-Rasm. Angulyarxeylit – og‘iz burchaklarida og‘riqli yoriqlar
Og‘iz shilliq qavatining retsidivlovchi yarasi (oxirgi 6 oy davomida ikki va
undan ko‘p marta).
Aftoz yaralar. Patogenezi noma’lum. Engil shakli (diametri 1 sm dan kam
bo‘lgan yaralar) 10-14 kun ichida o‘zicha bitib ketadi. Og‘ir shakli (diametri 1
smdan ortiq) chuqur va uzoq bitadi, og‘riydi, ovqat hamda dorilar qabul qilishga
xalal beradi.
Belbog‘simon
gerpes(Herpes
Zoster)
–
qo‘zg‘atuvchisi
varicella-
zostervirusi.Taxminan 95%sog‘lom katta odamlarda ushbu virusga nisbatan
antitanachalar mavjud va faqat 5 foizidagina antitanachalar mavjud emas, ya’ni
belbog‘simon gerpes rivojlanish xavfi bor. OIV yuqqan odamlarda uning yuqish
xavfi umuman aholi uchun xavfdan 15-20 marta yuqori. Klinikasi: toshma paydo
bo‘lishidan oldin zararlangan dermatoma sohasida prodromal og‘riqlar paydo
bo‘ladi va o‘sha erda bir necha kundan so‘ng o‘ziga xos pufakli toshmalar paydo
bo‘ladi. Ko‘pchilik bemorlarda og‘riq sindromi, ko‘pincha, juda jadal tarzda
rivojlanadi. YAralar bitib ketganidan so‘ng chandiqlar yuzaga keladi va gerpesdan
keyingi nevralgiya vujudga keladi.
Diagnozi: odatda toshmalarning tipik tashqi ko‘rinishiga qarab qo‘yiladi.
Diagnozni pufakchalar ichidagi suyuqlikni kultural usul bilan yoki bevosita
flyuressensiya usuli bilan tekshirib tasdiqlash mumkin.
6-7-8-9- rasmlarda turli joylarda joylashgan belbog‘simon gerpes tasvirlangan.
8-rasm. Uch shohli nervning belbog‘simon gerpesi
9-rasm.Oyoqlar belbog‘simon gerpesi (quymuchnervi bo‘ylab)
Onixomikozlar –tirnoqlarning zamburug‘li shikastlanishi. SHikastlanish
jarayoni odatda bir tomondan tirnoq chetining rangi o‘zgarishi bilan boshlanadi va
asta-sekin tirnoqni qotib ketgan qatma-qat po‘stloqlarning shaklsiz massaga
aylantirgan holda butun tirnoq yuzasini egallaydi.
Og‘iz bo‘shlig‘ining tukli leykoplakiyasi.
Qo‘zg‘atuvchisi
–
Epshteyn-
Barr virusi. Klinik ko‘rinishi – tilning yon sirtida (bir yoki ikkala tomonida),
kamroq darajada tilning ustki va pastki sirtida jips bo‘lib joylashgan oq yoki kul
rangli qatlam. Qatlamning sirti dag‘al, qat-qat burmali. Kandidozdan farqli
ravishda, qatlamni qirib tashlab bo‘lmaydi (10-rasm).
10-rasm. Til tukli leykoplakiyasi
Gingivit –qo‘zg‘atuvchisi – anaerobli bakteriyalar. Gingivitning quyidagi
bosqichlari ajratiladi: chetgi gingival eritema → nekrotik gingivit → nekrotik
periodontit → nekrotik stomatit. CHetgi gingival eritemada milklar og‘rimaydi,
milklarning chetida to‘q qizil tasma bo‘ladi, nekrotik gingivitda milklarda og‘riq
va yaralar, nekrotik periodontitda milklarda og‘riq bo‘ladi, ularning rangi qizil,
tishlar qimirlab qoladi. Nekrotik stomatitda milk, suyak va yumshoq to‘qimalar
shikastlanadi, buning natijasida milklar og‘riydi, rangi qizil, tishlar tushib ketadi.
Bir oydan ortiq vaqt davom etuvchi sababsiz surunkali diareya. Klinikasi
bir oydan ko‘p vaqt davomida kuniga ikki marta suyuq ich ketishi bilan
xarakterlanadi. Bunday ich ketishi ozib ketishga olib keladi. Enteropatiyaning
bunday turi virusning ichaklarning immunitet tizimi hujayralarigagina (SD4+
limfotsitlar, makrofaglar) emas, balki serotonin ishlab chiqaruvchi xromaffinli
hujayralarga ham bevosita ta’siri ostida yuzaga keladi.
Retsidivlovchi kandidozstomatit(6 oyda ikki va undan ortiq marta). Ikki
klinik ko‘rinishda uchraydi. Ko‘proq psevdomembranoz stomatit rivojlanadi,
bunda yuz, tomoqning shilliq qavati yoki til sirtida oq og‘rimaydigan qatlamlar
paydo bo‘ladi, ularni osonlik bilan tozalab tashlash mumkin. Odatda bu
SD4+limfotsitlar +≤ 250 mkl, antibiotiklar qabul qilinganida, doimiy ravishda
kortikosteroidlar qabul qilinganida yuzaga keladi. Alohida yoki qo‘shilib ketuvchi
qizil dog‘lar ko‘rinishidagi atrofik (yaralarsiz eritema) shakli ham uchrab turadi.
11-rasm. Kandidozli stomatit
12-rasm. Kandidozli stomatit.
Bakteriyali pnevmoniyalar
OIV bilan zararlanganlarda immunitet tanqisligi fonida bakteriyali pnevmoniya
ko‘proq rivojlanib, og‘irroq kechadi. Ko‘pincha pnevmoniyani Streptococcus
pneumoniae chaqiradi. Yo‘tal, isitma, ko‘pincha ko‘krakda og‘riq, nafas qisishi va
taxipnoe ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ko‘krak qafasining rentgenogrammasida
bo‘lakli pnevmoniya yoki bronxopnevmoniyaning klassik belgilari, atipik
o‘zgarishlar, ba’zan esa, o‘zgarishlar yo‘qligi aniqlanishi mumkin. Pnevmoniya
diagnozi odatda klinik ko‘rinishlari va ko‘krak qafasining rentgenogrammasidagi
o‘zgarishlar asosida qo‘yiladi. Rentgenogrammada bo‘lakli soyalanish, o‘choqli
soyalanish, o‘pka parenximasining soyalanishi yoki atipik o‘zgarishlar, shu
jumladan, bo‘shliqlar shakllanishini ko‘rish mumkin.
Pnevmotsistali pnevmoniya
Etiologiyasi - Pneumocystis jiroveci zamburug‘i. Zararlanish bemorlar va
tashuvchilardan aerogen yo‘l bilan yuz beradi.
Etakchi klinik belgisi – yaqqol ifodalangan nafas etishmasligi (havo
etishmasligini his qilish, minimal jismoniy yuklanishlarda yoki tinch holatda nafas
qisishi).
Rentgenologik o‘zgarishlar:
a) tipik – ikki tomonlamali kapalak qanotlari shaklidagi ildiz oldidagi
simmetrik infiltratlar, o‘choqli tuzilmaga ega bo‘lgan –“qor parchalari”
b)atipik – asimmetrik bo‘lakli va segmentar infiltratlar, ko‘pincha yuqori
qismida, fokusli soyalar, yupqa devorli bo‘shliqlar (bemorlarning 7 foizida).
Diagnostikasi
Keng ta’sir doirali antibiotiklar bilan davolashda ta’sirning
yo‘qligi;
Nafas qisishining yaqqol namoyon bo‘lishi va uning boshqa
klinik belgilardan ustunligi;
O‘pkaning hayotiy hajmi va diffuzlash qobiliyatining pasayishi.
13-rasm. Pnevmotsistali pnevmoniyada o‘pka rentgenogrammasi
Sitomegalovirusli retinit
Patogenezida latentli SMV-infeksiya katta axamiyatga ega, u OIV yuqqan
bemorlarning 50-80% da aniqlanadi. SMV-retinitning rivojlanish chastotasi 30
foizni tashkil qiladi.
Klinik belgilari: ko‘z o‘tkirligining pasayishi, skotomalar, “yilt-yilt etuvchi
chaqnashlar” (fotopsiya) va markaziy ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish, ko‘z o‘tkirligi
keskin yo‘qotilganida, ko‘zning to‘r pardasi ko‘chishini gumon qilish mumkin.
Oftalmoskopiyada xarakteri paxtasimon o‘choqlar va to‘r pardasi tomirlari
yaqinida joylashgan qon quyilishlarini aniqlash mumkin.
OIV yuqqan bemorlarda ko‘z o‘tkirligi keskin pasayishida UAV ularni
darhol OITS markazi mutaxassisiga yo‘naltirishi lozim.
Rivojlanib boruvchi multifokal leykoensefalopatiya (RML)
Odatda OITSga chalingan bemorlarning 1-2 foizida uchraydi. Klinikasi:
fikrlashning buzilishi, ko‘rish maydonlarining torayishi, gemiparezlar, nutq
buzilishi, isitma yo‘qligida harakat koordinatsiyasining buzilishi. magnit-
rezonansli tomografiyada – bosh miyaning oq moddasida perfokal shish
belgilarisiz past zichlikka ega bo‘lgan keskin farqlanmaydigan o‘choqlar.
Kaposhi sarkomasi
Qo‘zg‘atuvchisi – 8-tipdagi odam gerpesi virusi.
OIV yuqqan shaxslar orasida Kaposhi sarkomasi umumiy aholiga nisbatan
20000 marta, boshqa sababli immunitet tanqisligiga chalinganlarga nisbatan esa
300 marta ko‘p uchraydi. Erkaklarda kasallanish 10-20 marta yuqori. Klinikasi:
qattiq, og‘riqsiz, qichishmaydigan, rangi to‘q qizildan to‘q jigar ranggacha bo‘lgan
dog‘, toshma, papulalar. Ko‘proq oyoq, yuz, jinsiy a’zolar va og‘iz bo‘shlig‘ida
paydo bo‘ladi. Asoratlariga limfedema (limfa dimlanishi tufayli paydo bo‘lgan
shish) (ayniqsa, oyoqlar, yuz va tashqi jinsiy a’zolarda) va ichki a’zolarning
(ayniqsa, og‘iz bo‘shlig‘i, oshqozon-ichak trakti va o‘pka) shikastlanishi kiradi.
Toksoplazmoz. T. Gondii chaqiradigan latentli infeksiya. Kimyoviy
profilaktika olmagan bemorlarning 30 foizida uchraydi. Klinikasida ko‘proq bosh
og‘rig‘i, isitma, fe’l-atvor o‘zgarishlari, uyquchanlik, o‘choqli nevrologik belgilar
bo‘ladi. magnit-rezonansli tomografiyada chetlarida kontrast to‘planuvchi
perifokal shishga ega bo‘lgan 2 va undan ortiq o‘choqlar kuzatiladi. 95 foizdan
ko‘p holatlarda T.gondii ga serologik tekshiruvlar ijobiy natija beradi.
17-rasm. Serebraltoksoplazmoz
18-rasm. Serebral toksoplazmoz
Kriptokokkli meningit.
Qo‘zg‘atuvchisi - Cryptococcus neoformans (zamburug‘), organizmga nafas
yo‘llari orqaliyuqadi, ayniqsa kaptarlar yashaydigan joylarda yuqish ehtimoli
yuqori. Mazkur kasallik OITSning indikatori sifatida 8-10 foiz bemorlarda,
chekuvchilarda esa undan ko‘proq uchraydi. Ushbu patologiya ko‘pincha
SD4+limfotsitlarning miqdori 100 mkl-1 dan kam bo‘lganida rivojlanadi.
Klinikasi:bemorlarning 75 foizida isitma, bosh og‘rig‘i, qayt qilish, ong
buzilishlari uchraydi. Taxminan 10 foizida bosh miyaning shikastlanishi belgilari
hamda tutqanoq tutish aniqlanadi. Meningial belgilardan bemorlarning faqat
uchdan birida ensa mushaklarining rigidligi mavjud bo‘ladi. Bunday bemorlar
uchun fotofobiya, ko‘z o‘tkirligining buzilishi xarakterlidir. Kriptokokkli meningit
ko‘pincha orofaringeal kandidoz (31%), o‘pka sil kasalligi (24%) bilan birga
keladi.
Bundan
tashqari,
kasallik
immunitet
tiklanishining
yallig‘lanish
sindromining namoyon bo‘lishi sifatida ham bo‘lishi mumkin.
Diagnostikasi:Kompyuterli
tomografiya
vamagnit-
rezonanslitomografiyako‘pincha
me’yorda
bo‘ladi.
Qo‘zg‘atuvchini
sun’iy
sharoitda 95-100 foiz holatlarda ajratib olishga erishiladi, antigenlarni ajratib olish
(sezgirligi
va
spetsifikligi
>95%).
YAkuniy
diagnoz
orqa
miya
suyuqligidanantigenlarni yoki sun’iy ravishda qo‘zg‘atuvchini ajratib olish asosida
qo‘yiladi.
Odatda, orqa miya suyuqligi tarkibida oqsil miqdori ortib ketishi (50-150
mg/dl) va mononuklear pleotsitoz (5-100 mkl) kuzatiladi. Kriptokokkli meningit
ba’zan belgilarsiz ham kechishi mumkin.
Atipik mikobakteriyalar keltirib chiqargan yuqumli kasalliklar
Mycobacterium avium-intracellulare keltirib chiqargan yuqumli kasalliklar
boshqa opportunistik infeksiyalarga (kandidoz va boshqa teri kasalliklari,
gastrointestinal
infeksiyalar:
giardiya,
kriptospordiya/mikrosporodiya,
pnevmotsistali
pnevmoniya,
sil
kasalligi,
S
gepatiti,
sitomegallovirus,
toksoplazmoz, kriptokokkli meningit, saraton: limfoma va sarkoma, shu jumladan,
nexodjkin limfomasi, Kaposhi sarkomasi) nisbatan kamroq uchraydi.
Klinik ko‘rinishi isitma, tungi terlash, diareya, ozib ketish va kaxeksiyani o‘z
ichiga oladi. Mikobakteriyalarni bemorning najasi va qonida aniqlash mumkin.
Qonning maxsus muhitlarga ekmasi Mycobacterium avium-intracellulare keltirib
chiqargan yuqumli kasalliklarning asosiy diagnostika usuli bo‘lib xizmat qiladi.
YUqumli kasallikning ko‘rinishlari mavjud bo‘lgan ko‘pchilik bemorlarda
bakteriemiya shunday kuchli ifodalanganki, qo‘zg‘atuvchi ko‘pchilik yoki hamma
qon ekmalarida aniqlanadi. Disseminirlangan infeksiyada ko‘pincha jigar va iliklar
shikastlanganligi sababli, mikobakteriyalarni ushbu a’zolarning bioptatlaridan
tayyorlangan va kislotaga chidamli bakteriyalarga bo‘yalgan preparatlarda aniqlash
mumkin.
BOLALARDA OIV-INFEKSIYASI KECHISHINING XUSUSIYATLARI
Evropa mamlakatlarida, ayniqsa SHarqiy Evropada, bolalar orasida OIV-
infeksiyasi holatlari soni o‘sishining qayd qilinishi bolalarning sog‘-salomatligi va
hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan shoshilinch harakatlarni talab qiladi.
OIV yuqqan bolalarda turli patologik holatlarni olib borish, umuman olganda,
boshqa bolalarniki kabiamalga oshiriladi. OIV yuqqan ko‘pchilik bolalar, bolalar
yoshiga xos bo‘lgan kasalliklardan o‘ladilar. Ushbu o‘lim holatlarining
ayrimlaridan erta diagnostika va to‘g‘ri davolash yoki odatdagi rejali emlash va
ovqatlanishni yaxshilash yordamida omon qolish mumkin.
OIVni onadan bolaga yuqish darajasi 15dan 45 foizgachani tashkil qiladi
(profilaktika chora-tadbirlarisiz). Statistika ma’lumotlaririvojlangan mamlakatlarda
OIVni onadan bolaga yuqish darajasi OIV-infeksiyasini vertikal yo‘l bilan
yuqishiga qarshi kompleks profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirilishi,
chunonchi, homiladorlik davrida antiretrovirusli terapiya, elektiv kesar kesish va
bolani sun’iy ovqatlantirish natijasida ancha pasayganligidan dalolat beradi.
Keyingi yillarda bunday yondashishdan O‘zbekistonda ham foydalanila boshlandi.
Bolalarda OIV-infeksiyasining klinik namoyon bo‘lishi:
Bolalarda OIV-infeksiyasining klinik namoyon bo‘lishi g‘oyat xilma-xil
bo‘lishi mumkin. Ayrim bolalarda bir necha yillar davomida begilarsiz kechishi
kuzatiladi yoki ahamiyatga ega bo‘lmagan belgilar paydo bo‘ladi. OIV-infeksiyasi
yuqqan boshqa bolalarda esa hayotining birinchi yilidanoq boshlab og‘ir
buzilishlar rivojlanadi.
Bolada OIV-infeksiyasi yuqqan-yuqmaganligiga tekshiruv bo‘yicha klinik
ko‘rsatmalar:
Bolaga
OIV-infeksiyasi
yuqqan-yuqmaganligini
tekshiruv
bo‘yicha
ko‘rsatmalarni aniqlash uchun klinik ko‘rinishlarni 3 guruhga ajratish qulay:
1. OIV-infeksiyasiga juda ham xos bo‘lgan belgilar va sindromlar:
Pnevmotsistli pnevmoniya
Qizilo‘ngach va o‘pka kandidozi
O‘pkadan tashqaridagi kriptokokkoz
O‘pkadan tashqarida sil kasalligi
Salmonellezning invaziv variantlari
Limfoidli interstitsial pnevmonit
Belbog‘simon temiratkining bir paytning o‘zida rivojlanuvchi
bir necha o‘choqlari
Kaposhi sarkomasi
Limfoma
Rivojlanib boruvchi multifokal leykoensefalopatiya
Mikobakteriyalar keltirib chiqargan yuqumli kasalliklari
(Mycobacterium tuberculosis keltirib chiarganliridan tashqari)
Bir qator yangi paydo bo‘lgan yomon shishlar
Kamdan-kam uchraydigan yuqumli kasalliklar (kriptokokkoz,
gistoplazmoz, serebraltoksoplazmoz)
Kaxeksiya (jismoniy rivojlanishning kechikishi, vazn yo‘qotish)
2. OIV-infeksiyasiga xos bo‘lgan belgilar va sindromlar
Og‘ir retsidivli bakterial yuqumli kasalliklar – oxirgi 12 oy
davomida bakteriyalar keltirib chiqargan og‘ir yuqumli kasalliklarning
(masalan, pnevmoniya, meningit, sepsis, yumshoq to‘qimalarning
yallig‘lanishi) uch yoki undan ko‘p holatlari.
Og‘iz bo‘shlig‘ining persistensiyali yoki retsidivli kandidozi –
milk, og‘izning yon tomoni va tanglaylardagi shilliq qavatlarda eritema va
kul rang-sarg‘ish yupqa pardali karashlar. Bir oylikdan katta bo‘lgan
chaqaloqda
antibiotiklar
bilan
davolanmaganida
yoki
amalga
oshiralayotgan davoloshga qaramasdan 30 kundan ortiq davom etayotgan,
qaytariluvchi va til sathidan tashqariga tarqalayotgan kandidozning
mavjudligi chaqaloqda OIV-infeksiyasini gumon qilishga asos bo‘ladi.
19-rasm. Og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi
Karashlarni
tomoqning
orqa
devoriga
tarqalishi
qizilo‘ngach
kandidozidan dalolat beradi.
20-rasm. Qizilo‘ngach kandidozi
So‘lak bezlarining kattalishishi – 14 kundan ortiq vaqt
davomida, ayrim holatlarda og‘riq va isitma bilan birga, quloq yoni bezlari
sohasida (bevosita quloqdan old tomonga) bir yoki ikki tomonlamali shish
mavjudligi.
Virusli A,V,S gepatitlari va sitamegovirusli infeksiya kabi
hamroh yuqumli kasalliklar bo‘lmaganida biror sababsiz jigarning
kattalashishi.
7 kundan ortiq vaqt davomida yoki 7 kunlik davr oralig‘ida bir
martadan ko‘p qaytalanuvchi tushunib bo‘lmaydigan genezga ega bo‘lgan
persistensiyali va retsidivli isitma (>38°C).
Nevrologik
disfunksiyalar
–
markaziy
nerv
tizimi
funksiyalarining rivojlanib boruvchi buzilishlari, mikrotsefaliya, psixik
rivojlanishning kechikishi, harakatlantiruvchi funksiyalarning buzilishi,
kognitiv funksiyalar shakllanishining kechikishi yoki yo‘qotilishi,
mushaklar gipertonusi, ongning chigallashib ketishi.
Belbog‘simon temiratki (Herpes zoster ) – tana sirtining bir
segmenti chegarasida (dermatoma) bir tomondan nervlar bo‘yicha
joylashgan og‘riq beruvchi vezikulez toshmalar.
Standart usullar bilan davolab bo‘lmayotgan persistensiyali
dermatit (erimitozli-papulasimon toshma). Bundan tashqari, ko‘pincha
tirnoqlar va terining zamburug‘li shikastlanishi (shu jumladan boshning
sochli qismida), keng ko‘lamli kontagioz mollyusklar kuzatiladi.
Generalizatsiyalashgan limfodenopatiya – biror bir sababsiz
ikki va undan ortiq sohada limfa tugunlarining (chovdan tashqari)
kattalashishi.
3. OIV-infeksiyasining ko‘pincha uchraydigan belgilari va sindromlari
Surunkali yoki retsidivli o‘rtacha otit –14-kundan ortiq vaqt
davomida quloq oqishi.
14 kundan ortiq davom etayotgan persistensiyali va retsidivli
diareya
Og‘ir pnevmoniya
O‘pka sil kasalligi
Kardiomiopatiya
21-rasm. Kardiomiopatiya
Bronxoektazlar
Jismoniy rivojlanish sur’atlarining kechikishi
Fe’l-atvor va psixik buzilishlarning rivojlanishi
Ovqat hazm qilishning o‘rtacha va og‘ir buzilishlari: vaznni
yo‘qotish yoki chaqaloqning o‘sish va rivojlanish kartasiga muvofiq
kutilayotgan vazn qo‘shilishidan asta sekin,lekin muqarrar orqada qolishi.
Ayniqsa ko‘krak bilan ovqatlantirilayotgan 6 oylikdan kichik bo‘lgan
chaqaloqlarda
rivojlanishning
kechikish
holatlaridaOIV-infeksiyasi
mavjudligini gumon qilish mumkin.
CHaqaloqda OIV-infeksiyasi yuqqan-yuqmaganligini tekshirish uchun
epidemiologik ko‘rsatmalar:
Qon vatarkibiy qismlarining retsipientlari;
Parenteral muolajalar olgan bolalar;
In’eksiya yo‘li bilan giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchi
bolalar;
Jinsiy zo‘ravonlik qurbonlari;
Jinsiy xizmatlar ko‘rsatuvchi bolalar;
OIV infeksiyasi aniqlangan onalarning emizikli bolalari;
OIV infeksiyasi aniqlangan ota-onalarning 10 yoshga etmagan
bolalari;
Homiladorlik va tug‘ish paytida OIV kasalligi yuqqan-
yuqmaganligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o‘tmagan
onalarning bolalari.
OIV yuqqan onalardan tug‘ilgan bolalarda OIV-infeksiyasi diagnostikasi.
OIV yuqqan onalardan tug‘ilgan barcha bolalarda OIVga qarshi antitanachalar
18 oylik bo‘lgunlariga qadar qonda aylanib yurishi mumkinligini yodda tutish
lozim.