OKSYUMORONLI MATNLAR TAHLILI

Yuklangan vaqt

2024-03-11

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

54,0 KB


MAVZU: OKSYUMORONLI MATNLAR TAHLILI 
 
 
 
Reja: 
1. Oksyumoronli matnlar. 
2. Oksyumoronli bogʻlanishning modullari. 
3. Oksyumoronli matndan misollar tahlil qilish. 
 
 
 
 
Tayanch 
tushunchalar: 
Oksyumoron, 
komponent, 
til, 
tafakkur, 
bog‘lanish, 
modul, birlik, intonnatsiya. 
Jamiyatdagi har bir sohaning, har bir faoliyatning yuzaga chiqishi va 
rivojlanishining o‘z qoidalari hamda uzviyligi mavjuddir. Barcha fanlardagi kabi 
tilshunoslikning ham o‘ziga xos qoidalari bor. Tilning asosiy vazifasi insonlarning 
bir-birlari bilan o‘zaro muloqot qilish, ma’lumotlarni kelajak avlodga yetkazishdir. 
Bu maqsadni amalga oshirish uchun so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasida 
intonatsiyadan boshlab tovushlar zanjiri, so‘zlarning birikishi, gaplarning ketma-
ketligi, fikrning mantiqiyligi kabi qoidalariga amal qilinadi. Eng avvalo, nutqiy 
muloqot uchun bir-birini mazmunan to‘ldiruvchi so‘zlarni biriktirish lozim. 
Chunki so‘zlarning bir-biri bilan mantiqan bog‘lanib, ma’lum bir maqsadni 
ro‘yobga chiqarishining o‘ziga xos qonun-qoidalari bor. Bunday qonun-qoidalar, 
so‘zlarning bir-biri bilan ma’lum bir niyat va 
maqsadda bog‘lanishi 
tilshunoslikning grammatika qismida o‘rganiladi. 
Grammatika morfologiya va sintaksisni o‘z ichiga oladi. Morfologiya 
so‘zning strukturasini: so‘z formalarini, ularning hosil bo‘lish yo‘llarini, so‘zning 
MAVZU: OKSYUMORONLI MATNLAR TAHLILI Reja: 1. Oksyumoronli matnlar. 2. Oksyumoronli bogʻlanishning modullari. 3. Oksyumoronli matndan misollar tahlil qilish. Tayanch tushunchalar: Oksyumoron, komponent, til, tafakkur, bog‘lanish, modul, birlik, intonnatsiya. Jamiyatdagi har bir sohaning, har bir faoliyatning yuzaga chiqishi va rivojlanishining o‘z qoidalari hamda uzviyligi mavjuddir. Barcha fanlardagi kabi tilshunoslikning ham o‘ziga xos qoidalari bor. Tilning asosiy vazifasi insonlarning bir-birlari bilan o‘zaro muloqot qilish, ma’lumotlarni kelajak avlodga yetkazishdir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasida intonatsiyadan boshlab tovushlar zanjiri, so‘zlarning birikishi, gaplarning ketma- ketligi, fikrning mantiqiyligi kabi qoidalariga amal qilinadi. Eng avvalo, nutqiy muloqot uchun bir-birini mazmunan to‘ldiruvchi so‘zlarni biriktirish lozim. Chunki so‘zlarning bir-biri bilan mantiqan bog‘lanib, ma’lum bir maqsadni ro‘yobga chiqarishining o‘ziga xos qonun-qoidalari bor. Bunday qonun-qoidalar, so‘zlarning bir-biri bilan ma’lum bir niyat va maqsadda bog‘lanishi tilshunoslikning grammatika qismida o‘rganiladi. Grammatika morfologiya va sintaksisni o‘z ichiga oladi. Morfologiya so‘zning strukturasini: so‘z formalarini, ularning hosil bo‘lish yo‘llarini, so‘zning
nutqda o‘zgarish qoidalarini belgilaydi, so‘z turkumlarini o‘rgatadi. Sintaksis esa 
so‘z birikmasida va gapda so‘zlarning birikish yo‘llari, gapning strukturasi, turlari, 
gap bo‘laklari bo‘yicha bahs yuritadi. 
Demak, bundan ko‘rinib turibdiki, morfologiya va sintaksis bir-biri bilan 
uzviy bog‘liq. Chunki so‘zlarning morfologik belgisi o‘zgarishi bilan, ularning 
sintaktik vazifasi ham o‘zgarib boradi. So‘zlar bog‘lanishi uchun ularning ichki 
tomonlari ham o‘zaro mos kelishi ta’lab qilinadi. Bu ichki moslik so‘zlarning 
grammatik munosabatga kirishishi – o‘sha tashqi moslik orqali ifodalangan shakliy 
munosabatlar bilan aloqador ekanligini ko‘rsatadi. 
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, so‘zlardan turli odatiy so‘z 
birikmalarini, odatiy kostruksiyalarni hosil qilish uchun komponentlarning ichki va 
tashqi mosligi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan: kitob o‘qimoq, chiroyli gul, 
baland bino kabi. Bu yerda kitob o‘qimoq so‘z birikmasidagi qismlarning birikishi 
leksemalarning biri anglatgan semantik-grammatik talab asosida amalga oshadi. 
Chunki o‘qimoq so‘zi o‘ziga gazeta, kitob, jurnal, xat kabi; bino so‘zi esa baland, 
past, katta, kichik, chiroyli kabi belgini bildiruvchi so‘zlar bilan bog‘lanib, 
semantik-sintaktik valentlikni yuzaga chiqaradi. 
Shunga qaramay, insonlar o‘z fikr va mulohazalarining tinglovchiga boricha 
yetkazib berishi uchun doim ham til qonun-qoidalariga rioya qilavermaydi. Ba’zan 
ko‘zlangan maqsadga erishish uchun til qoidalaridan chetga chiqib, semantik 
jihatdan bog‘lanishi mumkin bo‘lmagan, so‘zlarni biriktirish orqali ham o‘z niyat-
maqsadini ifodalashiga to‘g‘ri kelib qoladi. Nutqdagi bunday bog‘lanishli 
birikmalar shartli ravishda g‘ayriodatiy birikmalar, deb ataladi. Bu niyat ko‘proq, 
ayniqsa, badiiy matnlarda o‘z aksini topadi. Chunki badiiy matnda so‘zlarni aniq 
lug‘aviy ma’nolarida qo‘llashning o‘zi fikrning to‘liq hamda turli ma’no qirralarini 
ochib berish uchun yetarli emas. Shuning uchun, ko‘pincha, so‘zlovchilarning bir-
birlari bilan nutqiy aloqaga kirishishida tildagi fonetik, leksik, grammatik 
birliklardan foydalanish nutq vaziyatidan kelib chiqib, bir-biriga mosini tanlashda 
va so‘zlovchining ichki kechinmalarini to‘laligicha ifoda etish uchun nutqda har 
nutqda o‘zgarish qoidalarini belgilaydi, so‘z turkumlarini o‘rgatadi. Sintaksis esa so‘z birikmasida va gapda so‘zlarning birikish yo‘llari, gapning strukturasi, turlari, gap bo‘laklari bo‘yicha bahs yuritadi. Demak, bundan ko‘rinib turibdiki, morfologiya va sintaksis bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Chunki so‘zlarning morfologik belgisi o‘zgarishi bilan, ularning sintaktik vazifasi ham o‘zgarib boradi. So‘zlar bog‘lanishi uchun ularning ichki tomonlari ham o‘zaro mos kelishi ta’lab qilinadi. Bu ichki moslik so‘zlarning grammatik munosabatga kirishishi – o‘sha tashqi moslik orqali ifodalangan shakliy munosabatlar bilan aloqador ekanligini ko‘rsatadi. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, so‘zlardan turli odatiy so‘z birikmalarini, odatiy kostruksiyalarni hosil qilish uchun komponentlarning ichki va tashqi mosligi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan: kitob o‘qimoq, chiroyli gul, baland bino kabi. Bu yerda kitob o‘qimoq so‘z birikmasidagi qismlarning birikishi leksemalarning biri anglatgan semantik-grammatik talab asosida amalga oshadi. Chunki o‘qimoq so‘zi o‘ziga gazeta, kitob, jurnal, xat kabi; bino so‘zi esa baland, past, katta, kichik, chiroyli kabi belgini bildiruvchi so‘zlar bilan bog‘lanib, semantik-sintaktik valentlikni yuzaga chiqaradi. Shunga qaramay, insonlar o‘z fikr va mulohazalarining tinglovchiga boricha yetkazib berishi uchun doim ham til qonun-qoidalariga rioya qilavermaydi. Ba’zan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun til qoidalaridan chetga chiqib, semantik jihatdan bog‘lanishi mumkin bo‘lmagan, so‘zlarni biriktirish orqali ham o‘z niyat- maqsadini ifodalashiga to‘g‘ri kelib qoladi. Nutqdagi bunday bog‘lanishli birikmalar shartli ravishda g‘ayriodatiy birikmalar, deb ataladi. Bu niyat ko‘proq, ayniqsa, badiiy matnlarda o‘z aksini topadi. Chunki badiiy matnda so‘zlarni aniq lug‘aviy ma’nolarida qo‘llashning o‘zi fikrning to‘liq hamda turli ma’no qirralarini ochib berish uchun yetarli emas. Shuning uchun, ko‘pincha, so‘zlovchilarning bir- birlari bilan nutqiy aloqaga kirishishida tildagi fonetik, leksik, grammatik birliklardan foydalanish nutq vaziyatidan kelib chiqib, bir-biriga mosini tanlashda va so‘zlovchining ichki kechinmalarini to‘laligicha ifoda etish uchun nutqda har
doim ham til qonun-qoidalariga to‘liq rioya qilinavermasligini ham nazarda tutish 
lozim. Ba’zan so‘zlovchi tomonidan tasvirlanayotgan voqeaning ta’sirchanligini 
oshirish maqsadida ma’lum grammatik qoidalarning buzilishiga to‘g‘ri keladi. 
Bu kabi nutqni mantiqsiz deb bo‘lmaydi, chunki biror voqea-hodisani 
ifodalashda yoki biror narsaning xarakter-xususiyatini o‘quvchi yoki tinglovchiga 
yetkazib berish va tushuntirish, tasvirlash uchun bir necha gaplardan foydalanish 
zaruratini tug‘diradi. Bunday paytda so‘zlovchi yoki ijodkor mana shu g‘oyani, 
fikrni yanada yorqinroq ochib berishi mumkin bo‘lgan lisoniy vositalardan 
foydalanadi. Chunki lisoniy vositalar orqali fikr ifodalash nolisoniy ifodalashga 
nisbatan yorqin, yanada tushunarli, ijodkor ichki kechinmalarining nozik qirralarini 
ham ochib berishga yordam beradi. 
 
“Badiiy adabiyot originallikni va rang-baranglikni sevadi. Maxsus badiiy 
tasvir vositalarining qo‘llanilishi adabiy asar tilini shirali, bo‘yoqdor, jozibali 
qiladi”. Chunki ijodkor o‘z asarida yashirin mantiqiy-falsafiy fikr va g‘oyani 
tilning maxsus tasviriy vositalaridan mohirona foydalanib, obrazli manzaralar 
chizish bilan tinglovchiga qisqa, lo‘nda, tushunarli, o‘quvchining o‘ziga tortadigan 
qilib, hissiy-emotsionalligini o‘rniga qo‘ygan shaklda yetkazib berishiga harakat 
qiladi. Bu esa asarga o‘quvchining qiziqishini oshiradi. Tilning uslubiy 
vositalaridan o‘z o‘rnida foydalanish muallifning g‘oyaviy-badiiy maqsadiga to‘la 
erishish uchun xizmat qiladi. 
Maxsus badiiy tasvir vositalari asarning poetik bezagigina bo‘lib qolmasdan, 
asar g‘oyasini konkretlashtirishning realistik vositasi hamdir. Asarda hayotning 
haqqoniy aks ettirilishi, qahramon xarakter-xususiyatlarining o‘ziga xosligi, 
san’atkor talqin etgan estetik g‘oyaning muhimligi, asar mazmunining xalqchilligi, 
yozuvchining shakl va mazmun birligiga erishishdagi mahorati, asarning ma’rifiy 
va ma’naviy ta’sirining kuchli bo‘lishi – badiiy tasvir vositalarini mohirona ishlata 
bilish san’atiga ham bog‘liq. 
doim ham til qonun-qoidalariga to‘liq rioya qilinavermasligini ham nazarda tutish lozim. Ba’zan so‘zlovchi tomonidan tasvirlanayotgan voqeaning ta’sirchanligini oshirish maqsadida ma’lum grammatik qoidalarning buzilishiga to‘g‘ri keladi. Bu kabi nutqni mantiqsiz deb bo‘lmaydi, chunki biror voqea-hodisani ifodalashda yoki biror narsaning xarakter-xususiyatini o‘quvchi yoki tinglovchiga yetkazib berish va tushuntirish, tasvirlash uchun bir necha gaplardan foydalanish zaruratini tug‘diradi. Bunday paytda so‘zlovchi yoki ijodkor mana shu g‘oyani, fikrni yanada yorqinroq ochib berishi mumkin bo‘lgan lisoniy vositalardan foydalanadi. Chunki lisoniy vositalar orqali fikr ifodalash nolisoniy ifodalashga nisbatan yorqin, yanada tushunarli, ijodkor ichki kechinmalarining nozik qirralarini ham ochib berishga yordam beradi. “Badiiy adabiyot originallikni va rang-baranglikni sevadi. Maxsus badiiy tasvir vositalarining qo‘llanilishi adabiy asar tilini shirali, bo‘yoqdor, jozibali qiladi”. Chunki ijodkor o‘z asarida yashirin mantiqiy-falsafiy fikr va g‘oyani tilning maxsus tasviriy vositalaridan mohirona foydalanib, obrazli manzaralar chizish bilan tinglovchiga qisqa, lo‘nda, tushunarli, o‘quvchining o‘ziga tortadigan qilib, hissiy-emotsionalligini o‘rniga qo‘ygan shaklda yetkazib berishiga harakat qiladi. Bu esa asarga o‘quvchining qiziqishini oshiradi. Tilning uslubiy vositalaridan o‘z o‘rnida foydalanish muallifning g‘oyaviy-badiiy maqsadiga to‘la erishish uchun xizmat qiladi. Maxsus badiiy tasvir vositalari asarning poetik bezagigina bo‘lib qolmasdan, asar g‘oyasini konkretlashtirishning realistik vositasi hamdir. Asarda hayotning haqqoniy aks ettirilishi, qahramon xarakter-xususiyatlarining o‘ziga xosligi, san’atkor talqin etgan estetik g‘oyaning muhimligi, asar mazmunining xalqchilligi, yozuvchining shakl va mazmun birligiga erishishdagi mahorati, asarning ma’rifiy va ma’naviy ta’sirining kuchli bo‘lishi – badiiy tasvir vositalarini mohirona ishlata bilish san’atiga ham bog‘liq.
Tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid ilmiy asarlarda uslubiy vositalar: 
troplar, sintaktik figuralar, ritorik sintaksis, uslubiy figuralar, poetik sintaksis, 
uslubiy vositalar, poetik ko‘chimlar, tasviriy ifodalar kabi atamalar ostida 
o‘rganiladi. 
Bunday sintaktik vositalar ritmik va takrorlanuvchi ohangdor iboralar singari 
badiiy nutqni ohangdor, emotsional-ekspressiv, ijobiy yoki salbiy bo‘yoqdor va 
jozibador qilishi va ushbu vositalar yordami bilan uning o‘quvchini o‘ziga tortishi, 
tinglovchi tomonidan qiyinchiliksiz qabul qilinishida muhim uslubiy vosita 
hisoblanadi. Badiiy matnlarda til o‘zining maksimal darajadagi hissiy-ta’siriy ifoda 
imkoniyatlarini namoyon etadi. Bunda tilning uslubiy vositalari muhim 
ahamiyatga ega. Jahon tilshunosligi va adabiyotshunosligi badiiy matnning 
jozibadorligini, 
emotsional-ekspressivligini 
oshiruvchi 
vositalardan 
biri 
oksyumoron haqida ko‘plab fikrlar aytilganligiga qaramay, o‘zbek tilshunosligida 
bu masala hali yetarlicha o‘rganilmaganligi haqida yuqorida ta’kidladik. 
Shuningdek, 
oksyumoronning 
quyidagi 
jihatlariga: 
tuzilishi, 
qismlarning 
bog‘lanishi, uning komponentlari orasidagi funksional-semantik munosabatlarga 
ham e’tibor qaratilmagan. Tilshunoslikda bir-biri bilan grammatik va semantik 
jihatdan aloqaga kirib, bir butunlikni tashkil etgan ikki (yo undan ortiq) mustaqil 
so‘zlarning hokim-tobe bog‘lanishi natijasida hosil bo‘lgan sintaktik qurilma so‘z 
birikmasi hisoblanadi. Oksyumoron ham so‘z birikmasi kabi shakllansa-da, so‘z 
birikmasidan qismlarining semantik bog‘lanishidagi uyg‘unlik, moslik bilan 
farqlanadi. Shuning uchun ham oksyumoron g‘ayriodatiy so‘z birikmasi sifatida 
baholanadi. 
Oksyumoron komponentlari so‘zlarning odatiy bog‘lanishidan farqli 
ravishda bir-biri bilan semantik jihatdan g‘ayriodatiy tarzda bog‘lanadi. Bunday 
bog‘lanish faqat kontekst ichida voqelanadi hamda badiiy matnda yoki nutqda 
o‘ziga xos ekspressiv-estetik mazmun ifodalaydi. Bunday g‘ayriodatiy bog‘lanishli 
birikmalarni (oksyumoronlar) to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushunish qiyin bo‘lgani uchun 
ham, ularning oldidan yoki keyin ularning g‘oyaviy izohi, fikriy-mazmuniy 
Tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid ilmiy asarlarda uslubiy vositalar: troplar, sintaktik figuralar, ritorik sintaksis, uslubiy figuralar, poetik sintaksis, uslubiy vositalar, poetik ko‘chimlar, tasviriy ifodalar kabi atamalar ostida o‘rganiladi. Bunday sintaktik vositalar ritmik va takrorlanuvchi ohangdor iboralar singari badiiy nutqni ohangdor, emotsional-ekspressiv, ijobiy yoki salbiy bo‘yoqdor va jozibador qilishi va ushbu vositalar yordami bilan uning o‘quvchini o‘ziga tortishi, tinglovchi tomonidan qiyinchiliksiz qabul qilinishida muhim uslubiy vosita hisoblanadi. Badiiy matnlarda til o‘zining maksimal darajadagi hissiy-ta’siriy ifoda imkoniyatlarini namoyon etadi. Bunda tilning uslubiy vositalari muhim ahamiyatga ega. Jahon tilshunosligi va adabiyotshunosligi badiiy matnning jozibadorligini, emotsional-ekspressivligini oshiruvchi vositalardan biri oksyumoron haqida ko‘plab fikrlar aytilganligiga qaramay, o‘zbek tilshunosligida bu masala hali yetarlicha o‘rganilmaganligi haqida yuqorida ta’kidladik. Shuningdek, oksyumoronning quyidagi jihatlariga: tuzilishi, qismlarning bog‘lanishi, uning komponentlari orasidagi funksional-semantik munosabatlarga ham e’tibor qaratilmagan. Tilshunoslikda bir-biri bilan grammatik va semantik jihatdan aloqaga kirib, bir butunlikni tashkil etgan ikki (yo undan ortiq) mustaqil so‘zlarning hokim-tobe bog‘lanishi natijasida hosil bo‘lgan sintaktik qurilma so‘z birikmasi hisoblanadi. Oksyumoron ham so‘z birikmasi kabi shakllansa-da, so‘z birikmasidan qismlarining semantik bog‘lanishidagi uyg‘unlik, moslik bilan farqlanadi. Shuning uchun ham oksyumoron g‘ayriodatiy so‘z birikmasi sifatida baholanadi. Oksyumoron komponentlari so‘zlarning odatiy bog‘lanishidan farqli ravishda bir-biri bilan semantik jihatdan g‘ayriodatiy tarzda bog‘lanadi. Bunday bog‘lanish faqat kontekst ichida voqelanadi hamda badiiy matnda yoki nutqda o‘ziga xos ekspressiv-estetik mazmun ifodalaydi. Bunday g‘ayriodatiy bog‘lanishli birikmalarni (oksyumoronlar) to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushunish qiyin bo‘lgani uchun ham, ularning oldidan yoki keyin ularning g‘oyaviy izohi, fikriy-mazmuniy