O‘LCHASH ASBOBLARI
MUNDARIJA
Kirish …………………………………………………………...…1
I BOB
NAZARIY QISM …………………………………………………2
1.1.
O’lchash asboblari haqida umumiy tushuncha
………………………………….………………………….2
1.2.
Umumiy ko‘rinishining turlari ……………………………………6
1.3.
Aniqlik sinflari
………………………………………………….…8
1.4.
Eng yaxshi modellar………………………………………………8
II BOB
O’lchash asboblari …………………….………………………10
2.1.
O’lchash usuli
…………………………………………..………10
2.2.
O’lchash vositalari …………………………………………..…11
2.3.
III BOB
Fotodiodli
qurilmalar………………………………………………13
Fotodiodlarning
turlari………………………………..………….…14
Xulosa
…………………………………………………………………...….18
Adabiyotlar ro‘yxati ………………………………………………………19
Kirish.
Fan va texnikaning rivojlanishi har xil kattaliklarning o‘lchamlarini muayyan
o‘lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta boshladi. Bunday faoliyat jarayoni va
rivojlanishi davomida o‘lchashlar haqidagi fan, ya’ni metrologiya yuzaga keldi.
Ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi o‘lchash vositalari va usullarini
mukammallashtirishni talab eta
boshladi. O‘lchashlar nazariyasi hamda
vositalarining rivojini aniqlab bergan texnika yutuqlarining uchta asosiy bosqichini
ajratib ko‘rsatish mumkin:
-ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va stanoklarga biriktirilgan o‘lchash
vositalarining yaratilishini talab qiluvchi texnologik bosqich (manufaktura va
mashina ishlab chiqarishning yuzaga kelishi);
-ishlab chiqarish jarayonlarini kuchaytirish sharoitida foydalanilayotgan
o‘lchash vositalarining aniqligi, ishonchliligi va unumdorligini keskin oshirishni
talab qiluvchi energetik bosqich (bug‘ energiyasini ishlatish, ichki yonuv
dvigatellarining yuzaga kelishi, elektr energiyasini ishlab chiqarish va ishlatish);
-zamonaviy fan yutuqlarining barchasini o‘lchash vositalarining tarkibiga
kiritishni talab qilgan ilmiy-texnikaviy inqilob (fanni ishlab chiqarish bilan bog‘lash
va uni bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylantirish) bosqichi. Bu bosqichning
alohida xususiyatlaridan biri ob’ektlar va jarayonlar holatini muayyan parametrlar
yordamida umumiy baholovchi o‘lchash tizimlarini yaratish bo‘lib, olingan
natijalarni bevosita texnik tizimlarni avtomatik boshqarish uchun foydalanishdan
iboratdir.
O‘lchash texnikasi ehtimollar nazariyasi, boshqarish nazariyasi va boshqa
ilmiy yo‘nalishlar bilan birgalikda informatsion-o‘lchash, ya’ni o‘zida asosiy
informatsiya olish imkonini beradigan vositalarni jamlagan (o‘lchash, nazorat qilish,
hisoblash, tashxis, umumlashtirish va tasvirlarni aniqlash) texnikasining rivojiga
asos bo‘ldi. Qo‘yilgan muammolarning, ularni echish usullari va olingan
natijalarning har xilligidan qat’iy nazar, informatsiya olish mobaynida asosiy
o‘lchash, ya’ni qayta ishlash, qabul qilish va biror jarayon yoki manba haqidagi
ma’lumotni tasavvur qilish amallarini bajarish ko‘zda tutiladi.
O‘lchash informatsiyasiga nafaqat miqdor bo‘yicha talablar, balki sifat bo‘yicha
ham talablar qo‘yiladi. Bunga uning (o‘lchashning) aniqligi, ishonchliligi, tan narxi
va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi.
Bu sifat tavsiflarining barchasi asosida metrologik ta’minot yotadi.
Metrologik ta’minotni shunday ta’riflash mumkin:
Metrologik ta’minot - o‘lchashlar birligini ta’minlash va talab etilgan aniqlikka
erishish uchun zarur bo‘lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning,
me’yorlarning, ilmiy va tashkiliy asoslarning belgilanishi va tatbiq etilishidir.
Ushbu tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, metrologik ta’minotning vazifasiga
quyidagilar yuklatilgan:
o‘lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashkil etish, ta’minlash va tatbiq etish;
o‘lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya etish
borasidagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tatbiq etish;
hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish;
o‘lchash vositalarining davlat sinovlari;
o‘lchash vositalarining va uslublarining metrologik attestatsiyasi va hokazolar.
Metrologik ta’minotning 4 ta tashkil etuvchi asosi mavjuddir:
Ilmiy asos - metrologiya va o‘lchashlar nazariyasidan iboratdir;
Texnikaviy asoslari - kattaliklar birligining davlat etalonlari, kattaliklar birligini
etalonlardan ishchi vositalariga uzatish, o‘lchash vositalarini yaratish va ishlab
chiqishni yo‘lga qo‘yish, o‘lchash vositalarining majburiy davlat sinovlari va ularni
bajarish uslublarining metrologik attestatsiyasi, o‘lchash vositalarini ishlab
chiqishda, ta’mirlashda va ishlatishda majburiy davlat qiyoslashidan o‘tkazish,
modda va materiallarning tarkibi va xossalari bo‘yicha standart namunalarini
yaratish, standart ma’lumotnomalari, mahsulotning majburiy davlat sinovlari.
Tashkiliy asosi- - davlat va mahkamalardagi metrologik xizmatdan tashkil topgan
O‘zR metrologiya xizmati;
Me’yoriy-qonuniy asoslari - tegishli respublika qonunlari, davlat standartlari, davlat
va tarmoqlarning me’yoriy hujjatlari.
Metrologik ta’minotning oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlari:
mahsulot sifatini, ishlab chiqarish va uni avtomatlashtirishni samaradorligini
oshirish;
detallar va agregatlarning o‘zaro almashuvchanligini ta’minlash;
moddiy boyliklarning va energetik resurslarni hisobini olib borish ishonchliligini
ta’minlash;
atrof-muhitni himoya qilish;
salomatlikni saqlash va hokazolar.
Metrologik ta’minot darajasi mahsulotning sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Bu ta’sir
samaradorligini yanada oshirish maqsadida metrologik profilaktika ishlariga va
ishlab chiqarishni tayyorlashdagi metrologik ta’minot masalalariga alohida
ahamiyat beriladi. Bu esa o‘z vaqtida respublikamizda bozor munosabatlarini
yanada chuqurroq shakllanishiga va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport
imkoniyatini oshirilishiga munosib zamin yaratadi.
Metrologiyada aksariyat ishlatiladigan ayrim tushunchalar quyidagilardan iborat:
YAgona o‘lchash birligi deb, o‘lchash natijalari qonunlashtirilgan birliklarda
ifodalangan va o‘lchashdagi xatoliklari muayyan ehtimollikda bo‘lgan o‘lchash
holatiga aytiladi.
O‘lchash vositasi deganda, o‘lchash uchun foydalaniladigan va me’yorlashtirilgan
metrologik xususiyatga ega bo‘lgan texnikaviy vosita tushuniladi.
Birlik etaloni deb, fizikaviy o‘lcham birligini boshqa o‘lchash vositalariga uzatish
maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga
aytiladi.
Davlat etaloni deganda, vakolat berilgan milliy organning qarori bilan O‘zbekiston
Respublikasi hududida o‘lchash birligining o‘lchash sifatida e’tirof etilgan etaloni
tushuniladi.
Metrologiya xizmati - davlat idoralari va yuridik shaxslarning metrologiya
xizmatlari va o‘lchash tarmog‘i tomonidan hamda ularning yagona o‘lchash
birligida bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan faoliyatdir.
Davlat metrologiya nazorati deganda metrologiya qoidalariga rioya etilishini
tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati idoralari tomonidan amalga
oshiriladigan faoliyat tushuniladi.
O‘lchash vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish deganda, o‘lchash vositalarining
belgilab qo‘yilgan texnikaviy talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash
maqsadida davlat metrologiya xizmati idoralari (vakolat berilgan boshqa idoralar,
tashkilotlar) tomonidan bajariladigan amallar majmui tushuniladi.
O‘lchash vositalarini kalibrlash deb, metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va
o‘lchash birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida
kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan amallar majmuiga aytiladi.
O‘lchash vositalarini yasash (ta’mirlash, sotish, ijaraga berish) uchun litsenziya -
davlat metrologiya xizmati tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan,
mazkur faoliyat turlari bilan shug‘ullanish xuquqini guvohlantiruvchi hujjatdir.
Kattalik - sifat jihatdan ko‘pgina fizikaviy ob’ektlarga (fizikaviy tizimlarga, ularning
holatlariga va ularda o‘tayotgan jarayonlarga) nisbatan umumiy bo‘lib, miqdor
jihatdan esa, har bir ob’ekt uchun xususiy bo‘lgan xossadir.
Ta’rifda keltirilgan xususiylik biror ob’ektning xossasi ikkinchisinikiga nisbatan
ma’lum darajada kattaroq yoki kichikroq bo‘lishini ifodalaydi.
Muayyan guruhlardagi kattaliklarning orasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lib, uni
fizikaviy bog‘lanish tenglamalari orqali ifodalash mumkin. Masalan, vaqt birligidagi
o‘tilgan masofa bo‘yicha tezlikni aniqlashimiz mumkin. Mana shu bog‘lanishlar
asosida kattaliklarni ikki guruhga bo‘lib ko‘riladi: asosiy kattaliklar va hosilaviy
kattaliklar.
Asosiy kattalik deb ko‘rilayotgan tizimga kiradigan va shart bo‘yicha tizimning
boshqa kattaliklariga nisbatan mustaqil qabul qilib olinadigan kattalikka aytiladi.
Masalan, masofa (uzunlik) vaqt, temperatura, yorug‘lik kuchi kabilar.
Hosilaviy kattalik deb tizimga kiradigan va tizimning kattaliklari orqali
ifodalanadigan kattalikka aytiladi. Masalan, tezlik, tezlanish, elektr qarshiligi
O’LCHASH TEXNIKASI — ishlab chiqarish jarayonlari, tekshiriladigan
ob’yektlarning xossalari va holatlarini ifodalovchi miqdorlarni qayd qilish usullari
va vositalarini o’rganish hamda ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan fan va texnika
sohasi. Jismlarning og’irligini o’lchash usullari va tarozilar miloddan bir necha ming
yil ilgari ham ma’lum bo’lgan. Vaqt, masofa, maydon va burchaklarni o’lchashda,
qurilish ishlarida o’lchash usullaridan keng foydalanilgan. Qadimda ham ancha
nozik o’lchash ishlari bajarilgan. Masalan, o’sha davrlarda yorug’lik nurining sinish
burchagi va yer Meridianlari aniqlangan. Fan rivojlangan sari O’lchash texnikasi
ham takomillashtirilib borilgan. Abu Rayhon Beruniy matematika, astronomiya,
geodeziya va boshqalar fanlarga oid asarlarida o’lchash usullari va vositalarini
yoritishga katta ahamiyat bergan. U yer shari o’lchamlarini aniqlashda oddiy va
o’ziga xos usullarni qo’llagan. Ulug’bek osmon jismlarining koordinatalarini
aniqlash, yulduzlar va sayyoralar orasidagi masofalarni, joylarning geografik
kengligi va uzunligini o’lchash kabi amaliy astronomiya masalalarini o’z davrining
turli-tuman o’lchov asboblari yordamida hal etgan. Taxminan 15 asrgacha O’lchash
texnikasi matematika fanidan ajratilmagan. «Geometriya» (Yerni o’lchash),
«Trigonometriya» (burchaklarni o’lchash), «uch o’lchov fazosi» va hokazo
tushunchalar buning dalilidir. 16-18-asrlarga kelib, fizika fanining keng rivojlanishi
natijasida O’lchash texnikasi ancha takomillashtirildi. Fizika o’sha vaqtlarda,
asosan, tajriba va O’lchash texnikasiga to’la asoslangan edi. Takomillashtirilgan
soat, mikroskop, barometr, termometr va ba’zi bir elektr o’lchash asboblari o’sha
davrda yaratilgan. G. Galiley, I. Nyuton, X. Gyuygens va boshqalar olimlar o’lchov
asboblarini yaratish va ularning nazariyalarini ishlab chiqish borasida muhim ilmiy
tadqoqpt ishlari qilganlar. Metrologiya va O’lchash texnikasi nazariyasi asoslari,
asosan, 19-asrda ishlab chiqildi. Bu vaqtga kelib fan va texnikada o’lchash birligini
ta’minlovchi o’lchovlar metrik tizimi ishlatila boshlandi. 1893 yil Rossiyada o’lchov
va tarozilar bosh palatasi tashkil qilindi. Palatani birinchi bo’lib D. I. Mendeleyev
boshqardi. O’lchash texnikasining rivojlanishida 20-asr yangi davr hisoblanadi.
Mexanika, issiqlik texnikasi va optikada ishlatiladigan kattaliklarni elektr usulida
o’lchashga o’tildi. Keyinchalik bu usullar kimyo, geologiya va boshqalar sohalarda
ham keng qo’llanila boshladi. Ko’plab elektr o’lchash asboblari yaratildi. Bu
asboblar turli fizik kattaliklarni elektr kattaliklariga aylantirish, o’lchash natijalarini
qabul qilish, uzoq masofalarga uzatish, matematik ishlash va avtomatik usulda
boshqarish masalalarini ancha osonlashtirdi. O’lchash asboblarini ishlatish sohalari
va o’lchanishi zarur bo’lgan kattaliklarning turiga ko’ra, chiziqli va burchak
kattaliklarini o’lchash; mexanika, optika, akustika, issiklik fizikasi, fizikkimyo,
elektr va magnit kattaliklarini o’lchash; chastota va vaqgni o’lchash; radiotexnika
o’lchashlari va hokazolar. Telemetriya (uzoq masofadan o’lchash) sohasida
radiotelemetriya yo’nalishi mavjud; u kosmik radiotelemetriya va raqamli
o’lchashlarni o’z ichiga oladi. 20-asr 70-yillaridan boshlab O’lchash texnikasi ancha
rivojlantirildi. Deyarli hamma sohalarda raqamli elektron o’lchash asboblarining
sifati va ishonchliligi ancha oshirildi, mikroelektronika elementlari asosida yangi
chidamli o’lchash asboblari va tizimlari yaratildi. Hozirgi zamon o’lchov apparatlari
va sistemalari o’lchash natijalarini matematika usullari yordamida ishlash va ularni
uzoq masofalarga uzatish imkoniyatiga ega. O’lchash tizimlarida turli signallar
(elektr, akustika, yorug’lik va hokazolar) dan foydalaniladi. Hozir impulsli va
raqamli o’lchash apparatlari keng qo’llanilmoqda. O’lchov, takt o’lchovi — musiqiy
metrning miqdoriy tavsifi; taktdagi ritmik birliklarning soni va sifatini belgilaydi.
Nota yozuvida kasr shaklida asar boshida yoki o’zgarganda ko’rsatiladi (masalan, 4
va boshqalar).
Elektrotexnika sohasida alohida joylarni turli xil qurilmalar va qurilmalarda
ishlatiladigan fotodiodlar egallaydi. Fotodiod - bu oddiy Diodga o'xshash
xususiyatlarga o'xshash yarimo'tkazgich elementidir. Uning teskari oqimi uning
ustidagi yorug'lik oqimining intensivligiga bevosita bog'liq. Ko'pincha fnodiod
sifatida pn birikmasi bo'lgan yarimo'tkazgich elementlari ishlatiladi.
Qurilma va ishlash printsipi
Fotodiod ko'plab elektron qurilmalarning bir qismidir. Shuning uchun u keng
shuhrat qozondi. An'anaviy LED - bu pn birikmasi bo'lgan diod, uning
o'tkazuvchanligi undagi yorug'lik hodisasiga bog'liq. Zulmatda fotodiod an'anaviy
diodning xususiyatlariga ega.
1 - yarimo'tkazgichli birikma.
2 - musbat qutb.
3 - fotosensitiv qatlam.
4 - manfiy qutb.
O'tish tekisligidagi yorug'lik oqimining ta'siri ostida fotonlar chegara qiymatidan
oshadigan energiya bilan so'riladi, shuning uchun n-mintaqada zaryad tashuvchilar
juftligi - fotokarvirlar hosil bo'ladi.
Fotokameralarni "n" mintaqa chuqurligida aralashtirganda, aksariyat tashuvchilarda
rekombinatsiyaga vaqtlari bo'lmaydi va pn chegarasiga o'tadi. O'tish paytida
fotokameralar elektr maydoniga bo'linadi. Bunday holda, teshiklar "p" mintaqaga
kiradi va elektronlar o'tishdan o'tolmaydi, shuning uchun ular o'tish pn chegarasi va
"n" mintaqasi yaqinida to'planadi.
Diodning teskari oqimi yorug'lik ta'sirida ortadi. Teskari oqim ko'taradigan qiymatga
fotokurrent deyiladi.
Teshiklar ko'rinishidagi fotokameralar "n" mintaqaga nisbatan "p" mintaqaning
ijobiy zaryadini bajaradi. O'z navbatida, elektronlar "p" mintaqaga nisbatan "n"
mintaqaning salbiy zaryadini hosil qiladi. Olingan potentsial farq fotoelektromotor
kuch deb nomlanadi va "E f " bilan belgilanadi . Fotodiodda hosil bo'lgan elektr
oqimi teskari bo'lib, katoddan anodga yo'naltiriladi. Bundan tashqari, uning qiymati
yorug'lik miqdoriga bog'liq.
Ishlash rejimlari
Fotodiodlar quyidagi rejimlarda ishlashga qodir:
Fotosurat generatori rejimi. Elektr manbai ulanmasdan.
Fotokonverter rejimi. Tashqi quvvat manbai ulanganda.
Fotogeneratorning ishlashida quyosh nurini elektr energiyasiga aylantiradigan
quvvat manbai o'rniga fotodiodlardan foydalaniladi. Bunday fotogeneratorlarga
quyosh batareyalari deyiladi. Ular turli xil qurilmalarda, shu jumladan kosmik
kemalarda ishlatiladigan quyosh panellarining asosiy qismidir.
Silikon asosidagi quyosh batareyalarining samaradorligi 20% ni tashkil qiladi, kino
elementlari uchun bu parametr ancha katta. Quyosh batareyalarining muhim
xususiyati bu chiqish quvvatining og'irlik va sezgir qatlam maydoniga bog'liqligi.
Ushbu xususiyatlar 200 Vt / kg va 1 kVt / m 2 ga etadi .
R n yuklanishidagi kuchlanish va oqim fotodiodning xarakteristikalari va yuk
chizig'ining kesishish joyida R n qarshiligiga to'g'ri keladi . Zulmatda fotodiod
o'zining harakatida an'anaviy diodaga teng keladi. Qorong'u rejimda silikon diodlar
uchun oqim 1 dan 3 mikroampgacha, germaniy uchun 10 dan 30 mikamampgacha.
Fotodiodlarning turlari
Fotodiodlarning bir nechta turlari mavjud, ularning afzalliklari bor.
p - i - n fotodiod
Pn mintaqasida bu Diod yuqori qarshilik va ichki o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan
qismga ega. Yorug'lik ta'sirida juft juftliklar va elektronlar paydo bo'ladi. Ushbu
zonadagi elektr maydoni doimiy qiymatga ega, bo'sh joy zaryadi yo'q.
Ushbu yordamchi qatlam qulflash qatlamining quvvatini sezilarli darajada
kamaytiradi va kuchlanishdan mustaqil. Bu diodlarning ishlaydigan chastota
diapazonini kengaytiradi. Natijada, tezlik keskin oshadi va chastota 10 10 gertsga
etadi. Ushbu qatlamning ortib borayotgan qarshiligi yorug'lik yo'qligida oqimni
sezilarli darajada kamaytiradi. Yorug'lik oqimi p-qatlam orqali kirishi uchun u qalin
bo'lmasligi kerak.
Ko'chki fotodiodlari
Ushbu turdagi diod yuqori sezgir yarimo'tkazgich bo'lib, u yorug'likni fotoelektrik
effekt yordamida elektr tok signaliga o'zgartiradi. Boshqacha aytganda, bular
ko'chkini ko'payishi ta'siri tufayli signalni kuchaytiradigan fotodetektorlardir.
1 - ohmik kontaktlar 2 - antireflektiv qoplama
Ko'chki fotodiodlari boshqa fotodetektorlardan farqli o'laroq sezgirroqdir. Bu ularni
ahamiyatsiz yorug'lik kuchlariga qo'llash imkonini beradi.
Superlattices ko'chki fotodiodlarini loyihalashda ishlatiladi. Ularning mohiyati
shundaki, tashuvchilarning ta'sirlanish ionlanishidagi sezilarli farqlar shovqinning
pasayishiga olib keladi.
Xulosa
Bizning harbiy texnikamiz xorijnikidan ustun ekanligiga yana bir bor amin
bo'ldik! Ham hajmi, ham omon qolish qobiliyatidan ustundir (ushbu ikkita
parametrda bizning barcha jihozlarning ustunligi shubhasizdir!). Import qilinadigan
mahsulot ortiqcha yuk bo'lmagan hollarda foydalanish mumkin. Aksincha, agar
rezistor ortiqcha yuk bilan ishlasa yaxshi bo'ladi. Quvvat kuchaytirgichining chiqish
tranzistorlarining emitter zanjirlarida dasturning misoli keltirilgan. Bu erda
musiqaning yuqori cho'qqisi faktori tufayli, rezistorning o'rtacha kuchi nominaldan
sezilarli darajada kam bo'ladi. Bunday holda, issiqlikka sezgir elementlar uning
yoniga joylashtirilmasligi kerak. Va u taxtaga mahkam o'rnatilmasligi kerak - taxta
va rezistor orasidagi kichik bo'shliq zarar qilmaydi. Maishiy yuk haddan tashqari
yuklarga nisbatan ancha chidamli, shuning uchun ular haddan tashqari yuk bo'lishi
mumkin bo'lgan joyda yaxshi. Kuchaytirgichlarning yumshoq ishga tushirish
moslamasida kirish oqimini cheklovchi ideal joy. 5 daqiqa davomida 9 marta
ortiqcha yukga bardosh berish - bu nimadir! Shunga qaramay, rezistorni taxtaga
mahkam bosilmaslik kerak - salqinlash yaxshiroq bo'ladi va taxta unchalik issiq
bo'lmaydi. Ammo boshqa zanjirlarda ular import qilinganlarga qaraganda yaxshiroq
ishlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Alan S. Moris, Reza Langari. Measurement and Instrumentation. -UK:
Academic Press, 2016. -697p.
2. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., G’ulomov Sh.M. Техnologik jarayonlarni
nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Тоshkent: O‘qituvchi, 2011. -576 b.
3. Юсупбеков Н.Р., Мухамедов Б.Э., Ғуломов Ш.М. Технологик жараёнларни
бошқариш системалари. –Тошкент: Ўқитувчи. 1997. -704 б.
4. Зайцев С.А., Грибанов Д.Д., Толстов А.Н., Меркулов Р.В. Контрольно-
измерительные приборы и инструменты. –М.: Академия, 2002. -464с.
5. Иванова Г.М., Кузнецов Н.Д., Чистяков В.С. Теплотеxнические измерения
и приборы. –М.: МЭИ, 2005. -460с.
6. ГОСТ 8.563.1-1997. Измерение расхода и количества жидкостей и газов
методом переменного перепада давления. М.: ИПК Издательство
стандартов, 1999.
Internet saytlar
1. www. kipia.info
2. 2. www. kipia.ru
3. www.electroengineer.ru
4. www.bibliofond.ru
5. www.stroy-podskazka.ru