Olimpiada va olimpiada sari yo‘l. Qadimgi olimpiya o‘yinlari.
Yuklangan vaqt
2024-06-21
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
55,3 KB
Olimpiada va olimpiada sari yo‘l. Qadimgi olimpiya o‘yinlari.
Reja:
1. Qadimgi Olimpiya o‘yinlari.
2. Qadimgi Yunonistonda Olimpiya o‘yinlarining vujudga kelishi.
3. Qadimgi olimpiya o‘yinlari haqidagi afsonalar.
4. Qadimgi olimpiya o‘yinlarining dasturi va ularning xususiyatlari.
5. Qadimgi Olimpiya o‘yinlarining ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, madaniy ahamiyati.
6. Qadimgi yunon olimpiya o‘yinlarining ta’qiqlanish sabablari.
Mustaqillik tufayli ma’naviy ruhiy poklanish, milliy qadriyatlarni tiklash,
milliy an’analarga sadoqatli avlodni tarbiyalash va amaliyotga joriy etish
kontseptsiyasi ishlab chiqildi, Vatan ravnaqini ta’minlab beruvchi milliy istiqlol
g‘oyasi shakllandi. O‘zbek mentaliteti, milliy xarakter mazmunida yangi jihatlar
tarkib topdi. Bu bevosita siyoisiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, ma’rifiy sohada tub
yangilanishlarga ma’naviy asos bo‘lib xizmat qildi.
O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risi”dagi Qonuni,
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni
asosida joriy etilgan ta’lim-tarbiyaviy tadbirlar, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy
omillar davlat siyosatida ustuvor yo‘nalishga aylandi.
Jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk, yuksak intellektual salohiyat,
zamonaviy bilimlarga ega, mustaqil fikrlaydigan, kelajakka ishonch bilan
qaraydigan barkamol avlodni tarbiyalash asosiy vazifalar sifatida belgilandi. Bu
yo‘nalishdagi ishlar talaba-yoshlarda zamonaviy dunyoqarash, ularning ongiga
vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, o‘z Vataniga xizmat
qilish kabi yuksak tuyg‘ularni kamol toptirishga qaratilgan.
Mavzuni o‘rganish asosiy maqsadi – Qadimgi Olimpiya o‘yinlari tarixini
chuqur va atroflicha o‘rganish orqali qadimgi Olimpiya o‘yinlari ahamiyatini
tushunish.
Nazariy mashg‘ulotlar mazmunida fanning asosiy vazifalari –
Qadimgi Olimpiya o‘yinlari xususiyatlarini tahlil qilish;
olimpiya sporti tarixi, jahon xalqlarining sport sohasidagi yutuqlari
bilan tanishtirish;
olimpizmning insonparvarlik qadriyatlari ahamiyatini ifodalash;
Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar va mutaxassislardan - olimpizm
tushunchalari va ularning mohiyatini bilish; olimpiya bilimlarini targ‘ibot qilish
vositalaridan foydalanish shakllarini o‘rganish; mustaqil fikr yuritish, bilimlarga
ijodiy yondoshish talab etiladi.
Olimpiya o‘yinlari tarixini o‘rganish manbalariga:
qadimgi Olimpiya o‘yinlariga oid ash’yoviy yodgorliklar va arxeologik
topilmalar;
olimpiya sportiga doir arxiv materiallari, ilmiy kitoblar va boshqa
yozma manbalar;
olimpiya sportiga oid tasviriy san’at asarlari, badIIy kitoblar, xalq
rivoyatlari va afsonalari, kino, foto, fonomateriallar;
turli mamlakatlarda sport rivojlanishi to‘g‘risidagi amaliy ma’lumotlar,
yani sport yutuqlari, sport rekordlari;
Qadimgi Olimpiya o‘yinlari
Qadimgi Gresiyaning Olimpiya shahri Olimpiada o‘yinlarining vatani
hisoblanadi. Olimpiya shahri Peloponnes yarim orolining g‘arbiy qismida
joylashgan. Qadimgi yunonlar Olimpiya o‘yinlarini buyuk xudolari - qudratli va
dono Zevsga bag‘ishlaganlar. Yunonlar oliy iloh Zevsni “yashin chaqnatuvchi”,
“bulutlarni haydovchi”, beqiyos qudrat timsoli, “hayot baxsh etuvchi”, “xaloskor”
ma’budi sifatida e’zozlaganlar. Miloddan avvalgi V asrda yunon me’mori Libon
loyihasi asosida Olimpiya shahrida Zevs maqbarasi qurilgan. Bu yerda o‘rnatilgan
Zevsning juda katta, oltin va fil suyagidan yasalgan haykali dunyodagi etti
mo‘jizaning biri, deb tan olingan.
Qadimgi olimpiya o‘yinlarining tarixi to‘rt davrdan iborat bo‘lib, ular
Qadimgi Gresiyaning afsonaviy badIIy merosiga asoslanadi.
Qadimgi olimpiya o‘yinlarining birinchi davri – qahramonlik davri
hisoblanib, rivoyatlarga ko‘ra bu musobaqalarda ma’budlar, shohlar, afsonviy
qahramonlar o‘zaro kuch sinashganlar. Gomerning mashhur “Illiada” dostonida
Qadimgi Gresiyada Troya urushining buyuk qahramoni Axilles tashkil etgan
o‘yinlarda ot aravalardagi poygalarda Frakiya shohi Diomed, Miken shohi Menelay,
Pilos shohi Nestor marraga birinchi bo‘lib etib kelganlar. Gomer ularning musht
jangida teng keladiganlar topilmagan Evrial, kurashda barcha raqiblarining kuragini
yerga tekkizgan shoh Ayaks Telamanid, yugurishda Odissey, nayza uloqtirishda
yunon qo‘shinlari lashkarboshisi Agamemnon, kamon otishda Odisseyning eng
sodiq xizmatkori Evmey va boshqa afsonaviy qahramonlarning fazilatlarini madh
etgan.
Qadimgi olimpiya o‘yinlarining ikkinchi – afsonaviy davri Geraklga
bag‘ishlab tashkil etgan umumellin musobaqalari to‘g‘risidagi rivoyatlarga
asoslangan.
Qadimgi olimpiya o‘yinlarining uchinchi – yarim afsonaviy davr miloddan
avvalgi IX asrga to‘g‘ri kelib, bunda olimpiya o‘yinlari Likurg va Ifit tomonidan
tashkil etilganligi to‘g‘risidagi haqiqiy voqealar rivoyatlarda saqlanib kelgan.
Qadimgi olimpiya o‘yinlarining to‘rtinchi – qadimgi olimpia o‘yinlarining
tarixiy davri. Miloddan avvalgi 776 yilda birinchi qadimgi olimpiya o‘yinlari bo‘lib
o‘tgan va olimpiya o‘yinlari tog‘risida yozma manbalar topilgan. Bu aniq
ma’lumotlarga asoslangan sana Olimpiya o‘yinlari vujudga kelgan yili, deb qabul
qilingan.
Qadimgi olimpiya o‘yinlari haqida juda ko‘p afsonalar va rivoyatlar mavjud.
Birinchi afsonada xudo Kronos o‘g‘illaridan birining qo‘lidan halok bo‘lishini
bashorat qiluvchi tushga ishonib, yangi tug‘ilgan farzandlarini yutib yuborishni
boshlagan. Uning rafiqasi Reya navbatdagi yangi tug‘ilgan farzand o‘rniga
yo‘rgakka tosh o‘rab, uni berahm otaga beradi. O‘g‘lini esa cho‘ponga berib
yuboradi, bola o‘sib-ulg‘ayadi, chaqmoq va momaqaldiroq xudosi qudratli Zevsga
aylanadi. Zevs shavqatsiz otasini jangga chaqiradi va g‘alaba qozonadi, shu orqali
aka-singillarini qutqaradi, ular keyinchalik xudolarga aylanishadi. Zevs g‘alaba
sharafiga musobaqalar o‘tkazishni buyurgan. Bu o‘yinlar o‘tkazilgan joy nomi bilan
Olimpiya o‘yinlari deb atalgan.
Yana boshqa afsonaga ko‘ra o‘yinlarni Zevsning o‘g‘li Gerakl tashkil qilgan.
Olimpiya o‘yinlari Geraklning eng shavkatli g‘alabalaridan biriga bag‘ishlangan.
Gerakl yugurish masofasini belgilab bergan va u 600 ta oyoq qadamiga (192m 27sm)
to‘g‘ri kelgan. Qadimgi Gresiyada bu o‘lchov «stadiy» deb yuritilgan, shundan
«stadion» so‘zi kelib chiqqan. Ko‘p yillar davomida yugurish bo‘yicha g‘olib aynan
shu masofada aniqlangan.
Olimpiya o‘yinlari Zevsning nevarasi Pelops tomonidan tashkil qilingan
degan afsona ham bor. Podshoh Enomayning juda go‘zal qizi bo‘lgan. Enomay o‘z
kuyovining qo‘lidan halok bo‘lishini tushida ko‘rgan va bunga ishonib, qizini
qo‘lini so‘rab kelgan yigitlarga shart qo‘yib, ular bilan ot aravada poyga o‘ynagan.
Poygada mag‘lub bo‘lgan yigitlarni o‘limga hukm qilgan.
Pelops Enomayning qiziga o‘n to‘rtinchi kuyov edi. Oldingi o‘n uchta kuyov
ot aravada poyga o‘ynashda Enomay qo‘lidan halok bo‘lgan edi. Enomayning qizi
Gippodamiya Pelops bilan birga Enomay ot aravasining boshqaruvchisi Mirtilosni
g‘ildiraklarni ushlab turuvchi bronzali ushlagichni mumlisiga almashtirib qo‘yishga
ko‘ndirishadi. Poyga paytida g‘ildiraklar chiqib ketadi va Enomay halok bo‘ladi.
Birinchi qadimgi Olimpiya o’yinlari miloddan avvalgi 776 yilda
Olimpiya shahrida o’tkazilgan
Xudolarga minnatdorchilik bildirib, Pelops Olimpiya o‘yinlarini ta’sis etadi va ot
aravada poyga asosiy musobaqalardan biriga aylangan.
Qadimgi Olimpiya o‘yinlari doimiy ravishda har 4 yilda bir marta kabisa
yilida o‘tkazilgan. Yunon rivoyatlari va ko‘plab afsonalarida kabisa yili ofat
keltiruvchi yil, deb ifodalangan. Shuning uchun qadimgi davrda yunonlar kabisa
yilida xudolardan rahm-shavqat so‘rab, ular sharafiga bayramlar uyushtirganlar va
qurbonliklar qilganlar. Yozma manbalarga ko‘ra bu bayramlarning boshlanishi ikki
yunon davlati – Elida va Sparta davlatlari o‘rtasida tinchlik o‘rnatilishi bilan
bog‘langan.
Olimpiya shahrida maxsus hay’at har to‘rt yilda bir marta olimpiya o‘yinlari
tantanali ochiladigan sanani belgilab bergan. An’anaga binoan, bu sana yozda
quyosh eng yuksak cho‘qqisiga ko‘tarilib, osmonda to‘lin oy paydo bo‘ladigan
birinchi kun bo‘lgan.
“Olimpiada” atamasi ikki olimpiya o‘yinlari oralig‘idagi to‘rt yil – 1447
kunni bildirgan. Yunonlar uchun bu taqvim sitsiliyalik tarixchi Timey tomonidan
miloddan avvalgi 264 yilda kiritilgan.
O‘yinlar o‘tkaziladigan vaqtda Qadimgi Gresiyada muqaddas tinchlik
“ekexeyriya” e’lon qilingan va 3 oy davom etgan. Maxsus jarchilar muqaddas
tinchlik kuchga kirganini hammaga ma’lum qilib chiqqanlar. Muqaddas tinchlik
davrida, ya’ni ellinlar taqvimi bo‘yicha ikki apolloniy va perfiniy oylarida har
qanday jangovar harakatlar to‘xtatilgan. Bu qat’iy qonunni buzganlarga ma’budlar
tomonidan kulfat yog‘dirilishi haqidagi har bir yunonga ma’lum bo‘lgan aqida
dahshati eng urishqoq elatlarni ham to‘xtatgan. Bu davrda Olimpiya shahriga qurol-
yarog‘ bilan kirish taqiqlangan. Polis hukmronlari olimpiya o‘yinlari paytida
musobaqa ishtirokchilari, murabbiylar va barcha tomoshabinlarning xavfsizligini
kafolatlagan.
Yozma manbalarga ko’ra Birinchi qadimgi Olimpiya o’yinlarining
boshlanishi ikki Qadimgi Gretsiya davlatlari – Elida va Sparta
o’rtasida tinchlik o’rnatilishi bilan bog’liq bo’lgan.
Sulh shu qadar muqaddas hisoblanganki, olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan bir
necha yuzlab yillar davomida unga atigi ikki marotaba rioya etilmagan hol bo‘lgan.
Birinchisi, Filipp Makedonskiy lashkari askarlari olimpiya o‘yinlariga
ketayotganlarni yo‘lda tunaganlar. Bosqinchilar nafaqat ularning pul va mollarini
qaytarib berishga majbur qilinganlar, balki musobaqa tashkilotchilariga juda katta
miqdorda jarima ham to‘laganlar. Makedonskiy o‘zining lashkarlari sulhni
buzganliklari uchun olimpiya o‘yinlari tashkilotchilaridan rasmiy kechirim ham
so‘rashga majbur bo‘lgan. Ikkinchisi, miloddan avvalgi 420-yilda spartaliklar
muqaddas sulh amal qilib turgan vaqtda Lepreya shahrini qamal qilganliklari uchun
olimpiya kengashi tomonidan O‘yinlar ishtirokchilari ro‘yxatidan chiqarilgan.
Olimpiya o‘yinlari dastlab bir kun bo‘lgan va bayram o‘tkazilgan kunlar
“iyeromeniya” – “muqadas oy”, deb nomlangan. Bu bayram vujudga kelgan paytida
diniy xarakterga ega bo‘lgan, lekin uning asosiy mazmunini atletika musobaqalari
tashkil etgan. Miloddan avvalgi V asrga kelib, qadimgi Olimpiya o‘yinlari 5 kun
davom etgan.
Birinchi kun. Qadimgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lgan.
Olimpiya bayramining boshlanishi to‘rt marotaba karnay chalinishi bilan bildirilgan.
Musobaqa ishtirokchilari, murabbiylar va hakamlar Zevs xudosiga qasamyod
aytganlar.
Tantanali ochilish marosimi davomida jangchi tomonidan qatnashuvchi
atletlarning ismi, kasbi, kelgan shahri e’lon qilingan. Olimpiadaning birinchi kunida
xudolarga qurbonliklar keltirilgan.
Ikkinchi kun. Yoshlar o‘rtasida yugurish, sakrash, disk va nayza uloqtirish,
qo‘l jangi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilgan.
Uchinchi kun. Olimpiadaning eng katta kuni – katta yoshli atletlarlar
o‘rtasida yugurish, sakrash, disk va nayza uloqtirish, kurash, qo‘l jangi bo‘yicha
musobaqalar o‘tkazilgan.
To‘rtinchi kun. Eng nufuzli hisoblangan ot aravalarda poyga boyicha
hamda qurol aslaha bilan yugurish musobaqalari o‘tkazilgan.
Beshinchi kun. G‘oliblar e’lon qilingan, taqdirlash marosimi bo‘lgan.
Qadimgi Olimpiya o‘yinlarining g‘oliblari olimpionik deb nomlangan va ular
sharafiga qo‘shiqlar aytilgan.
Qadimgi Olimpiya o‘yinlarga ellanodik - hakamlar rahbarlik qilgan.
Ellanodiklar Elida fuqarolari orasidan o‘yinlar boshlanishidan bir yil oldin chek
tashlash asosida 9 nafar kishidan 18 nafar kishigacha saylangan. Ellanodiklarning
vazifasi musobaqalar joyini tayyorlash, musobaqa ishtirokchilarini tanlash,
musobaqalarning borishini kuzatib turish va musobaqa g‘oliblariga mukofotlar
berishdan iborat bo‘lgan.
Qadimgi Olimpiya o‘yinlarining dasturi ko‘p yillar mobaynida
o‘zgarmagan va musobaqalarning eng qadimgi turi 1 stadiyga (stadiodrom)
yugurishdan iborat bo‘lgan. Qadimgi 14-o‘yinlardan boshlab musobaqalar dasturiga
2 stadiyga yugurish - diaulos, 15-olimpiada o‘yinlaridan boshlab esa chidamliligini
sinash uchun 24 stadiyga yugurish - dolixodrom kiritilgan.
Qadimgi 18-Olimpiya o‘yinlardan boshlab dasturga pentatlon (beshkurash)
bo‘yicha musobaqalar kiritilgan.
Pentatlon – yugurish, sakrash, disk va nayza uloqtirish, kurash
mashqlaridan iborat bo‘lgan. 25-o‘yinlarda – ot aravalarda poyga, 33-o‘yinlarda –
pankration (qo‘l jangi va kurash) musobaqalari dasturga kiritilgan. Olimpiya
shahrining sharqiy qismida o‘sha davrlarda ot aravalar poygasi o‘tkaziladigan ulkan
gippodrom joylashgan va 730x336 metr kattalikda bo‘lgan. Bundan tashqari, bu
yerda xususiy sport maktabi - gimnaniya, uning o‘rtasida 66x66 metr kattalikdagi
palestra joylashgan. Gimnasiya yaqinida esa olimpiya o‘yinlari paytida atletlar
yashaydigan “olimpiya qishlog‘i” ham bo‘lgan.
Qadimgi olimpiya o‘yinlariga faqat ozod yunon fuqarolari qatnashishi
huquqiga ega bo‘lganlar. O‘yinlarga qullar, ayollar, bolalar, horijiylar, jinoyatchilar
va qurollangan odamlar kiritilmagan. Miloddan avvalgi 632 yildan qadimgi 37-
Olimpiya o‘yinlardan boshlab o‘yinlarida bolalar qatnashgan va ularning chiqishlari
uchun alohida kun ajratilgan.
Qadimgi yunonlar Olimpiya o‘yinlari qahramonlari nomlarini Alfey daryosi
yaqinida o‘rnatilgan marmar ustunlarga o‘yib yozishgan. Birinchi Olimpiya
o‘yinlarining g‘olibi Elida shahridan oshpaz Koroibos to‘g‘risida ana shu marmar
ustundagi yozuvlardan ma’lum bo‘lgan.
Qadimgi olimpiya o‘yinlari ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Ular
Qadimgi Gresiyaning ko‘pgina shaharlarini birlashuviga, quldorlarning o‘zaro
shartnomalar asosida tinchlik haqidagi kelishuvlariga, iqtisodiy jipslashuviga sabab
bo‘lgan. Olimpiya o‘yinlari millatni birlashtiradigan va o‘zaro totuvlikka xizmat
qiladigan umumyunon bayram hisoblangan. Bu o‘yinlar polis quldorlarining harbiy
qudratini ham namoyish qilgan.
Olimpiya o‘yinlari qadimdan eng e’zozlangan bayramlardan biri bo‘lgan.
Mashhur tarixchi Gerodot bu yerga Afinadan yayov kelgan. Matematik Pifagor
umumellin sport musobaqalarida qo‘l jangi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan. Gippokrat
kuchli kurashchi va mohir chavandoz edi. Faylasuf Aflotun mashhur Istma
o‘yinlarida kurash bo‘yicha musobaqalarda g‘olib chiqqan. Olimpiadalarda
dramaturglar Sofokl va Evripid, yozuvchi Lukian, notiq Demosfen, qadimgi yunon
madaniyati va san’atining barcha ko‘zga ko‘ringan namoyandalari bevosita
musobaqalar, tanlovlar ishtirokchilari, tomoshabin sifatida qatnashganlar.
Qadimgi Gresiyada har yili Demetra yoki “Sog‘lom farzand” tanlovlarini
o‘tkazish an’anasi kiritilgan edi. Mazkur ko‘rikda eng sog‘lom va ko‘rkam bolalar
aniqlanib, ularning onalari taqdirlangan.
Olimpiya o‘yinlarining asosiy g‘oyasi inson barkamolligi, aqliy va jismoniy
yetukligini namoyishi bo‘lgan. Shuning uchun ilk umumellin bayramlarida
kuchlilik, chaqqonlik, epchillik bo‘yicha musobaqalar musiqa, she’riyat tanlovlariga
ulanib ketgan. Olimpiadalarda jismoniy go‘zallikka aqliy salohiyat, musiqiy, badIIy,
tasviriy iste’dod ruhi uyg‘un bo‘lgan. Olimpiya o‘yinlari doirasida san’at, adabiyot,
musiqa, me’morchilik bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilgan.
Qadimgi olimpiya o‘yinlarining ta’qiqlash sabablari xristian dinining
vujudga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Rim imperatori Feodosiy I xristianlikni
majburiy joriy etib, ko‘p xudoliklar bayramlarini man etish to‘g‘risida farmon
chiqargan. Muqaddas Olimpiya shahriga o‘t qo‘yib, yondirib yuborishga buyruq
bergan. Qadimgi davrda jami 293 ta olimpiya o‘yinlari o‘tkazishgan. Olimpiya
o‘yinlari 12 asr davom etgan.
Qadimgi davrda olimpiya o‘yinlarining jamiyatdagi o‘rni va nufuzi juga
yuqori bo‘lib, ular Qadimgi Gresiyaning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy
rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Qadimgi Gresiya davlatlarida ta’lim-tarbiya tizimi barcha to‘la huquqli
fuqarolarga mo‘ljallangan edi. Tarbiya tizimi harbiy-jismoniy tayyorgarlik bilan
cheklanib qolmasdan, har tomonlama tarbiya bergan. Qadimgi yunonlar insonning
barkamol rivojlanishi aqliy, ma’naviy, estetik va jismoniy tarbiyadan iborat bo‘lishi
kerak, deb hisoblaganlar.
Qadimgi Gresiyada jismoniy mashqlarning ikki xil usuli bo‘lgan:
gimnastika - umumiy jismoniy tarbiya; agonistika – maxsus tayyorgarlik va
musobaqalarda ishtirok etish. Agonistika (agon – musobaqa) gimnastik o‘yinlar va
musiqa musobaqalaridan (musiqa, raqs, she’riyat sohalari bo‘yicha) iborat bo‘lgan.
Qadimgi davrda Nemey o‘yinlari, Istma o‘yinlari, Pifiya o‘yinlari, Panafina
o‘yinlari kabi musobaqalar keng tarqalgan edi.
Nemey o‘yilari Zevs xudosiga bag‘ishlangan bo‘lib, ilk bor milloddan
avvalgi 573 yilda Argolida shahrida o‘tkazilgan. Nemey o‘yilari har ikki yilda bir
marta – olimpiadaning ikkinchi yilida kuz faslida va to‘rtinchi yilida - qishda
o‘tkazilgan. O‘yilar dasturida yugurish, kurash, pentatlon va pankration bo‘lgan.
G‘oliblar selderey barglari bilan taqdirlangan.
Milodiy 394 yilda Rim imperatori Feodosiy I tomonidan maxsus
edikt e’lon qilinib, qadimgi Olimpiya o’yinlari taqiqlangan.
Pifiy o‘yinlari Delfa shahrida Apollon xudosiga bag‘ishlab o‘tkazilgan.
Apollon sozanda, raqqos xofizlar rahnamosi bo‘lganligi uchun, dastlab o‘yinlar
dasturiga musiqa musobaqalari kiritilgan. Tarixiy ma’lumotlar asosida mil.av.586
yilda yunon shaharlari o‘rtasidagi urushlar qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan ot
arava poygalari ilk bor o‘tkazilganligi aniqlangan. Delfa shahridagi mahalliy
bayramlar mil av.582 yildan boshlab umumyunon o‘yinlarga aylangan. Pifiy
o‘yinlari g‘oliblari Apollon xudosiga bag‘ishlab ekilgan daraxtdan uzib olingan
olmalar bilan taqdirlangan, keyinchalik esa lavr daraxti novdalaridan yasalgan
gulchambar berilgan.
Istma o‘yinlari dengiz xukmdori Poseydon xudosiga bag‘ishlangan. Bu
o‘yinlar mil.av.572 yildan boshlab har ikki yilda bir marta – olimpiada yilining
birinchi va uchinchi yillari – bahorda Korinf qurfasida o‘tkazilgan. Istma o‘yinlari
dasturi yugurish, kurash, qo‘l jangi, pentatlon, pankration, ot arava poygalari va ot
poygalari bo‘yica musobaqalardan iborat bo‘lgan. Bundan tashqari musiqa dasturi
bo‘yicha nay va kifara cholg‘u ijrochilarning chiqishlari namoyish qilingan. Korinf
shahri boy va badavlat bo‘lganligi sababli Istma bayramlari katta tantanalar bilan
tashkil qilingan. Istma o‘yinlari g‘oliblari qarag‘ay daraxti novdalaridan yasalgan
gulchambar bilan taqdirlangan va she’rlarda sharaflangan. Mil.av.228 yildan
boshlab O‘yinlarda rimliklar ham ishtirok etgan.
Olimpiya o‘yinlari – Qadimgi Gresiyaning eng mashhur va eng ommaviy
musobaqalari hisoblanib, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Olimpiya o‘yinlari
qadimdan eng e’zozlangan bayramlardan biri bo‘lgan. Qadimgi yunonlar insonning
barkamol rivojlanishi aqliy, ma’naviy, estetik va jismoniy tarbiyadan iborat bo‘lishi
kerak, deb hisoblaganlar. Qadimgi Olimpiya o‘yinlarining asosiy va pirovard
maqsadi ham shu bo‘lgan.
Qadimgi Olimpiya o‘yinlarining ijtimoiy-madaniy ahamiyati
Iqtisodiy ahamiyati
Olimpiya shahri savdo sotiq markaziga
aylangan va polislararo shartnomalar tuzilgan.
Siyosiy ahamiyati
Ekexeyriya tufayli polislar o‘rtasidagi siyosiy
munosabatlar yaxshilangan.
Harbiy ahamiyati
Qadimgi o‘yinlarda davlatlar o‘z harbiy
qudrati va jangchilarning harbiy-jismoniy
tayyorgarligini namoyish qilganlar.
Madaniy ahamiyati
O‘yinlarning madaniy dasturida faylasuflar,
matematik, tarixchi olimlar, shoyir va
yozuvchilar o‘z asarlari bilan qatnashganlar.
Bir yarim ming yildan so‘ng esa Olimpiya o‘yinlarini yana qayta tiklash
g‘oyalari paydo bo‘lgan. 1824 yilda lord Stankof Olimpiya shahrida arxeologik
qazilmalarni olib bordgan va uning chizmasini tuzgan. Bu esa Olimpiya o‘yinlarini
tiklash g‘oyasini rivojlantirishga turtki bo‘lgan. zamonaviy Olimpiya o‘yinlarining
ham mafkuraviy g‘oyasi asoslaridan biri inson barkamolligidir. Pyer de Kuberten
tashabbusi bilan Olimpiya o‘yinlari qayta tiklanib, zamonaviy Olimpiya o‘yinlari
doirasida ham san’at, adabiyot, musiqa, me’morchilik bo‘yicha tanlovlar
o‘tkazilgan. Hozirgi davrda Olimpiya shahrida ma’buda Gera maqbarasi poyida
Olimpiya o‘yinlari mash’alasini yoqish an’anasi saqlanib qolingan.
“Qadimgi davrda Olimpiya o‘yinlari har to‘rt yilda 1000 yil davomida
(miloddan avval 776 yil va milodiy 260 yillar oralig‘ida) Elidaning Olimpiya
shahrida o‘tkazilgan. Ular bir necha uzilishlar bilan milodiy 393 yilda xristian
imperatori Feodosiy ko‘pxudolik dinining bayramlarini, jumladan Oyinlarni
taqiqlab qo‘yguncha davom etgan. Bu o‘yinlar qadimgi Gresiyada yagona
bo‘lmagan – u yerda Pifiya o‘yinlari, Nemeya o‘inlari va Istmiya o‘yinlari hamda
boshqa kichik tadbirlar o‘tkazilgan, biroq Olimpiya o‘yinlari eng asosiy va eng uzoq
davom etgan. (Finli va Pleket, 1976 y.:13). Bu barcha o‘yinlar muqaddas va diniy
xarakatga ega bo‘lgan, Apollon va Poseydon xudolariga, Olimpiya o‘yinlari Zevs
xudosiga bag‘ishlangan. Ularni Zevs ehromi oldida o‘rnatilgan Qadimgi dunyoning
etti mo‘jizalaridan biri bo‘lgan, oltin, kumush va fil suyagidan yasalgan 40-funtli
haykali poyonida o‘tkazilgan. Musobaqa ishtirokchilari va hakamlar, haykal oldida
turib, barcha o‘rnatildan qoidalarga rioya qilishga qasamyod berganlar. Haykal
oldida qurbonliklar keltirilgan va g‘oliblarni taqdirlashgan. (Kidd, 1984 y.).
O‘yinlarga minglab tomoshabinlar kelgan. Dastlab 190 metrga yugurish
musobaqalari o‘tkazilgan, so‘ng dastur kengaytirilib, ko‘p sport turlari kiritilgan:
yugurish, boks, pankration (qurolsiz qo‘l jangi) va ko‘pkurash (disk, nayza
uloqtirish, sakrash, yugurish va kurash). Jamoaviy o‘yinlar bo‘lmagan. O‘n
to‘qqizinchi asrda O‘yinlar havaskor xarakterga ega bo‘lmagan – qadimgi
yunonlarda bunday kontseptsiya to‘g‘risida tushunchalar bo‘lmagan. (Yang, 1984,
2004 yy.: XI). G‘oliblarga ko‘p mukofotlar berilgan. Pullik mukofotlar odatiy
hisoblangan; Olimpiya o‘yinlarida g‘oliblik siyosat shohsupasiga chiqishga asos
bo‘lishi
mumkin
edi.
Ekspertlar
O‘yinlardagi
g‘alaba
uchun
moddiy
rag‘batlantirish to‘g‘risida har xil fikrga ega. Asosiy mukofot sifatida zaytun
gulchambari berilgan bo‘lsa, uylariga qaytgandan so‘ng g‘olibar pul mukofotlari
va imtiyozlar berilgan. (Xill, 1992:7).
Musobaqalar Qadimgi Gresiyaning harbiy va jangovar tayyorgarligi
sifatida vujudga kelgan. O‘yinlar davomida urushlar to‘xtatilgan va olimpiya
tinchligi tamoyillariga rioya qilingan. Tinchlik tamoyili O‘yinlar davomida boshqa
davlatlarning Elidaga hujim qilish ta’qiqlangan. Muqaddas tinchlik urushlarni
to‘xtatmagan, biroq Olimpiya o‘yilarini yovuz kuchlardan himoya qilgan.(Kidd,
1984 y.).
Yunon shahar-davlatlarning iqtisodiy va siyosiy tizimi qullik va patriarxal
tuzumga asoslangan edi.Ular zodagon erkaklar guruhi tomonidan boshqarilgan.
Ayollar siyosiy huquqlarga ega bo‘lmagan. O‘ynlarda faqat ozod erkaklar ishtirok
etish mumkin bo‘lgan, ayollar tomoshabin siftida ham kirish taqiqlangan. .(Kidd,
1984 y.). Ayollar musobaqalari Gera xudosiga bag‘ishlab alohida tashkil qilingan”.
1