OLIY MAJLIS PALATALARNING, YURTIMIZ QONUNCHILIK TIZIMIDAGI VA PALATALARNING VAKOLATLARI
Yuklangan vaqt
2024-03-10
Yuklab olishlar soni
12
Sahifalar soni
27
Faytl hajmi
165,5 KB
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ fanidan
“OLIY MAJLIS PALATALARNING, YURTIMIZ QONUNCHILIK
TIZIMIDAGI VA PALATALARNING VAKOLATLARI”
mavzusidagi
KURS ISHI
TOSHKENT – 2023
1
M U N D A R I J A
KIRISH …………………………………………………………………..
3-5
I bob. Oʻzbekiston respublikasi oliy majlisi qonunchilik palatasi va
senati qoʻmita va komissiyalarini shakllantirish, qoʻmita va
Komissiyalar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmita
va komissiyalari shakllantirish tartiboti va ularning vakolatlari……………
6-9
1.2. Oliy Majlis Senatining qoʻmita va komissiyalarini shakllantirish
tartibi va vakolatlar………….......................................................................
10-12
II bob. OLIY MAJLIS PALATALARI QOʻMITALARI
FAOLIYATINING ASOSIY YOʻNALISHLARI
2.1. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, senat qoʻmitalari qarorlarining
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ijro etilishini nazorat
qilish……………………………………………………………………….
13-18
2.2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari
tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
qabul qilgan qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish tartibi....…………
19-23
XULOSA…………………………………………………………………… 24-25
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………......
25-27
2
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. 1991-yil, Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon
qilinishi bilan, qisqa muddat ichida, demokratik tamoyillarni shakllantirish, bozor
munosabatlariga oʻtish, hayotning barcha sohalarida qonun ustuvorligini
taʼminlash, hokimiyatning boʻlinishi (ijroiya, qonunchilik va sud) kabi asosiy
prinsiplardan iborat boʻlgan yangi davlatchilikning qonunchilik bazasi vujudga
kelishiga ehtiyoj tug‘ildi.
1994-yilning
25-dekabrida
Oʻzbekiston
tarixida
birinchi
marta
ko’ppartiyaviylik asosida shakllangan parlament — Oliy Majlisning tarkib topishi
ana shu yo’ldagi asosiy qadamlardan biri boʻldi.
Oʻzbekiston Parlamenti jamiyatimizda qonun ustuvorligi prinsiplarini joriy
qilish, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi islohotlarni chuqurlashtirishga doir huquqiy
asoslarni yanada rivojlantirish, fuqarolarning huquk va manfaatlarini himoya
qilish, mustaqil Oʻzbekistonning jahon miqyosidagi nufuzini oshirish kabi muhim
masalalarni hal qilishga erishdi. Biroq davr va jahon amaliyoti qonunchilik
hokimiyatini demokratik andozalarga muvofiq holda islohot qilish zarurligini
ko’rsatdi.
Davlat va jamiyat hayotini erkinlashtirish hamda demokratiyalashtirishni
chuqurlashtirish natijasi o’laroq, mamlakatimizda davlat hokimiyatining barcha
tarmoqlarini, shu jumladan, qonunchilik sohasini takomillashtirishga doimo eʼtibor
qaratilmoqda. Jumladan, yangilangan Bosh Qomusimizda ham bu boradagi
moddalar, qonunlar belgilab qo’yildi.
Shunday
ekan,
Parlament
faoliyatini
takomillashtirish
zamonaviy
demokratik davlatni barpo etish va rivojlantirishning ajralmas xususiyatidir.
Shuning uchun ham dunyodagi turli demokratik tizimlarda parlament faoliyatini
takomillashtirish yo’llari va usullarini shakllantirish, samaradorligini oshirish,
hokimiyatning ijroiya va sud hokimiyatlari tarmoqlari faoliyati bilan boʻladigan
ishlarini uyg’unlashtirish borasida faol izlanish olib borilyapti.
3
Yuqoridagilar bilan bir qatorda parlament faoliyatida qoʻmita va
komissiyalar faoliyati bilan bogʻliq masalalarni tadqiq etish ham muhim ahamiyat
kasb etadi.
Kurs ishi mavzusini o‘rganilganlik darajasi: Mustaqillik yillarida
Qonunchilik sohasini takomillashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Zero,Qonunlarni yaratish boyicha, bosh organ bo’lgan Oliy Majlis Qonunchilik
palatasining eng sara kadrlar zaxirasini shakllantirish har qachon ham muhim
ahamiyat kasb etgan. Qonunchilik o’rganilishi ham yurtimizda o’tgan yillardagiga
nisbatan ancha oldinga siljidi. Bu borada olimlarimizdan Akmal Saidov, A.A.
Azizxo’jayev,
S.M.
Adilxodjayeva,
I.B.Zokirov,
B.I.Ibratov,
O.Oqyulov,
H.R.Rahmonqulov, SH.N.Ro‘zinazarov va shu kabi olimlar tomonidan atroflicha,
umumiy asoslarda o‘rganilgan. Yurtimizda Qonunchilik faoliyati muayyan
mavzularida tahlil etilgan.
O’zbekiston qonunchiligi garchi dunyoda yetakchi, mukammal va xalq
manfaatlarini o’ylab chiqilgan qonunlar bo’lishiga qaramay, hali bu borada amalga
oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p edi. Yangilangan Konstitutsiyada esa bu
bo‘shliq anchayin to‘ldirildi, qonunchilikdagi dunyo tajribasi mentalitetimizga
moslashtirilgan holda o’zimizga moslashtirildi.
Kurs ishi maqsadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va yurtimizdagi
Qonunchilik sohasini imkon qadar yaxshilab o’rganish, bu jarayon bilan bog‘liq
turli holatlardagi muammolarni o‘rganish, tahlil etish, ularni imkon qadar huquqiy
tartibga solish va hayotimizda tutgan o‘rni, qo‘llanish sohalari, huquqiy
munosabatlar, talablarning o‘ziga xos jihatlari va hayotga mos kelishi borasida
tegishli takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishi vazifalari quyidagilar etib belgilandi:
Oliy Majlis, Qonunchilik palatalari vazifasi, faoliyati va turlarini
o‘rganish
4
Qonunchilik, Qonun ishlab chiqilishi tushunchalaring mazmun-
mohiyatini tahlil qilish, anglab yetish
Qonunchilik
haqida
ma’lumotlar,
qilingan
ilmiy
ishlar,
dissertatsiyalar, chop etilgan adabiyotlarni o‘rganish
Yangilangan Konstitutsiyamizdagi XVIII bobni, qonunchilik sohasi
va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatini tahlil qilish
Qonun ishlab chiqilishidagi huquqiy asoslarni o‘rganish.
Kurs ishining predmeti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
XVIII bobi va Qonunchilikka oid normativ-huquqiy hujjatlar kurs ishi
mavzusining predtmetini tashkil etadi.
Kurs ishining obyekti: Qonunchilik va Qonun ishlab chiqilishi jarayoniga
oid
oid
normativ-huquqiy
hujjatlar
bilan
bog‘liq
qonun
hujjatlarini
takomillashtirish, shartnomalarning ahamiyati, mohiyati va ularni takomillashtirish
borasidagi moddiy-huquqiy muammolar tashkil etadi.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Kurs ishida bayon etilgan
mulohazalar, nazariy xulosalar va amaliy takliflar xalqaro munosabatlarda
O‘zbekistonning o‘rnini aniqlash, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotda
tutgan mavqeyini o‘rganish uchun asos qilib olish mumkin. O‘rganish
natijalari o‘quv yurtlarida mavzuga oid ma’ruzalarni o‘qitishda ma'lumot
sifatida foydalanish mumkin.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
5
I. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK
PALATASI VA SENATI QOʻMITA VA KOMISSIYALARINI
SHAKLLANTIRISH, QOʻMITA VA KOMISSIYALAR FAOLIYATINING
ASOSIY YOʻNALISHLARI
1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
qoʻmita va komissiyalari shakllantirish
tartiboti va ularning vakolatlari
Qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi
muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va
tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda palata tomonidan qabul
qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Qonunchilik palatasining
vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan rais, uning
oʻrinbosari va aʼzolardan iborat tarkibda qoʻmitalar saylanadi.
Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita aʼzolari lavozimlari
deputatlarning qaysi partiya yoki guruhga mansubligini hamda saylovda
saylovchilarning qancha ovoz olganligini inobatga olgan holda yaxlit (umumiy)
qaror bilan belgilanadi.1
Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining barcha aʼzolari teng huquqlardan
foydalanadilar. Qoʻmita tarkibiga saylanmagan deputat uning ishida maslahat
ovozi huquqi bilan ishtirok etishga haqli. Qonunchilik palatasi qoʻmitalari
Qonunchilik palatasi oldida masʼul va unga hisobdordir.
Qonunchilik palatasi qoʻmitalari:
oʻz tashabbusi bilan yoki Qonunchilik palatasining topshirigʻiga binoan
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining hamda oʻzining vakolatlariga
kiradigan masalalar yuzasidan Qonunchilik palatasi boshqa qarorlarining
loyihalarini ishlab chiqadi;
1 Parlamentarizm: xorijiy mamlakatlar tajribasi// Mualliflar jamoasi. Toshkent: ―Sharq‖, 2004.- 296 b.
6
qonun loyihalarining dastlabki tarzda koʻrib chiqilishini va ularni
Qonunchilik palatasida koʻrib chiqishga tayyorlashni amalga oshiradi;
qonunlarning loyihalari yuzasidan xulosalar beradi, qonun loyihasini
Qonunchilik palatasining majlisi kun tartibiga kiritish, uning ustida ishlashni
davom ettirish yoki asoslantirilgan holda uni rad etish toʻgʻrisida Kengashga
takliflar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti loyihasi yuzasidan xulosalar
va takliflar beradi;
Qonunchilik palatasining topshirigʻiga yoki palata Kengashining tavsiyasiga
binoan muayyan qonun loyihasi yoki palata vakolatlariga kiradigan boshqa
masala yuzasidan masʼul boʻladi;
kiritilgan qonun loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruhlari tuzadi,
ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining,
ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, xoʻjalik
yurituvchi subyektlarning rahbarlarini jalb etadi;
qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari vakillarining ular tomonidan
kiritilgan qonun loyihasiga taalluqli masalalar yuzasidan fikrlarini eshitadi;
kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek Qonunchilik
palatasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar matniga oʻzgartish yoki
qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan
hujjatlarni,
ekspert
xulosalari,
statistika
maʼlumotlari
va
boshqa
maʼlumotlarni talab qilib oladi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining Oʻzbekiston
Respublikasi qonunlari, boshqa qonun hujjatlari hamda qoʻmitalarning
7
qarorlari ular tomonidan qanday bajarilayotgani haqidagi axborotlarini
eshitadi.
Qonunchilik
palatasi
qoʻmitalari
ishni
oʻz
rejalariga,
shuningdek
Qonunchilik palatasi, uning Spikeri va Kengashi topshiriqlari hamda tavsiyalariga
muvofiq tashkil etadi.
Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi
Reglamentida belgilanadi. Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining majlislari palata
majlislari
oraligʻida
zaruratga
qarab
oʻtkaziladi.
Qonunchilik
palatasi
qoʻmitalarining majlislari, agar ularda qoʻmita aʼzolarining kamida yarmi hozir
boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining majlislari ochiq oʻtkaziladi. Zarurat
boʻlganida Qonunchilik palatasi qoʻmitalari yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida
qaror qabul qilishi mumkin. Qoʻmitalarning majlislariga davlat organlari va
nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar
va olimlar, matbuot organlarining, televideniye, radio hamda boshqa ommaviy
axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.2
Qonunchilik palatasi qoʻmitalari koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan
qoʻmita jami aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. Qonunchilik
palatasi qoʻmitalarining davlat organlariga yuborilayotgan qarorlari ular tomonidan
koʻrib chiqilishi shart, natijalari yoki koʻrilgan choralar toʻgʻrisida, agar qarorda
boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, uzogʻi bilan bir oydan kechiktirmay xabar
qilinishi kerak.
Qonunchilik palatasi muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar
tuzishi mumkin. Komissiyalar Qonunchilik palatasi majlisida Qonunchilik palatasi
deputatlari orasidan tuziladi. Ayni paytda komissiyani tuzishdan koʻzlangan
maqsad va uning vakolatlari belgilanadi. Komissiyalar oʻz faoliyatini zimmasiga
2 Azizxoʻjayev A.A. Demokratiya – xalq hokimiyati demakdir.-Toshkent: Sharq, 1996.-226 b.
8
yuklatilgan vazifalar bajarilganidan keyin yoki Qonunchilik palatasining qaroriga
binoan muddatidan ilgari tugatadi. Komissiyalarni tashkil etish va ularning
faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi.
9
1.2. Oliy Majlis Senatining qoʻmita va komissiyalarini
shakllantirish tartibi va vakolatlari
Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib
chiqish va tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda Senat tomonidan
qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Senat shakllanganidan
keyin uning vakolatlari muddatiga senatorlar orasidan rais, uning oʻrinbosari va
aʼzolardan iborat tarkibda qoʻmitalar saylanadi.
Senat qoʻmitalarining barcha aʼzolari teng huquqlardan foydalanadilar.
Qoʻmita tarkibiga saylanmagan senator uning ishida maslahat ovozi huquqi bilan
ishtirok etishga haqli. Senat qoʻmitalari Senat oldida masʼul va unga hisobdordir.
Senat qoʻmitalarining vakolatlari
Senat qoʻmitalari:
Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun topshirilgan
qonunlar yuzasidan xulosalar beradi;
oʻzining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan oʻz tashabbusi bilan
va Senatning topshirigʻiga binoan Senat hujjatlari loyihalarini ishlab chiqadi;
qonunni majlis kun tartibiga kiritish yoki uning ustida ishlashni davom
ettirish yoxud asoslantirilgan holda uni rad etish toʻgʻrisida Kengashga takliflar
kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti loyihasi yuzasidan xulosalar
va takliflar beradi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan
hujjatlarni, ekspert xulosalari va boshqa xulosalarni, statistika maʼlumotlari va
boshqa maʼlumotlarni talab qilib oladi;
10
Qonunchilik palatasi tomonidan kiritilgan qonunlarni koʻrib chiqish
boʻyicha ishchi guruhlari tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat
notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va
olimlarni, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlarini jalb etadi;
kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek Senat tomonidan
qabul qilinayotgan qarorlar matniga oʻzgartish yoki qoʻshimchalar kiritish
yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining Oʻzbekiston
Respublikasi qonunlari, Senat hujjatlari hamda qoʻmitalarning qarorlari ular
tomonidan qanday bajarilayotgani haqidagi axborotlarini eshitadi.
Senat qoʻmitalarining ishini tashkil etish
Senat qoʻmitalari ishni oʻz rejalariga, shuningdek Senat, uning Raisi va
Kengashi topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi. Senat
qoʻmitalarining
faoliyati
tartibi
Senat
Reglamentida
belgilanadi.
Senat
qoʻmitalarining majlislari Senat majlislari oraligʻida zaruratga qarab oʻtkaziladi.
Senat qoʻmitalarining majlislari, agar ularda qoʻmita aʼzolarining kamida
yarmi hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Senat qoʻmitalarining majlislari ochiq
oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganida Senat qoʻmitalari yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida
qaror qabul qilishi mumkin. Qoʻmitalarning majlislariga davlat organlari va
nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar
va olimlar, matbuot organlarining, televideniye, radio hamda boshqa ommaviy
axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.3
Senat qoʻmitalari koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qoʻmita jami
aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. Senat qoʻmitalarining
davlat organlariga yuborilayotgan qarorlari ular tomonidan koʻrib chiqilishi shart,
3 Xorijiy mamlakat konstitutsiyaviy (davlat) huquqi: Oʻquv qoʻllanma //Maʼsul muharrir: dotsent D.Q.Ahmedov.-
Toshkent: TDYUI, 2006.-550 b.
11
natijalari yoki koʻrilgan choralar toʻgʻrisida, agar qarorda boshqacha qoida
belgilangan boʻlmasa, uzogʻi bilan bir oydan kechiktirmay xabar qilinishi kerak.
Senat muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin.
Komissiyalar Senat majlisida senatorlar orasidan tuziladi. Ayni paytda komissiyani
tuzishdan koʻzlangan maqsad va uning vakolatlari belgilanadi. Komissiyalar oʻz
faoliyatini zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilganidan keyin yoki Senatning
qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatadi. Komissiyalarni tashkil etish va
ularning faoliyati tartibi Senat Reglamentida belgilanadi.
II. BOB. OLIY MAJLIS PALATALARI QOʻMITALARI
FAOLIYATINING ASOSIY YOʻNALISHLARI
2.1. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, senat qoʻmitalari
qarorlarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ijro
etilishini nazorat qilish
12
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Senat (Senat Kengashi) va Senat
qoʻmitalari qarorlarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ijro
etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ― Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy
Qonuniga hamda ― Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti
toʻgʻrisida‖gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari
(bundan buyon matnda Senat qoʻmitalari deb yuritiladi) tomonidan Senat
qoʻmitasining ish rejasini, qonunni ijro etish amaliyotini oʻrganish rejasini
tayyorlash, qonunni ijro etish amaliyotini oʻrganish natijalarini Senat qoʻmitalari
tomonidan koʻrib chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan
Senat qoʻmitalarining qarorlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qilish,
shuningdek Senat (Senat Kengashi)ning qarorlari ijro etilishini nazorat qilish
tartibini belgilab beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini (bundan buyon matnda qonunlar deb
yuritiladi) davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ijro etish
amaliyotini oʻrganish chogʻida Senat qoʻmitalari oldida turgan asosiy vazifalar
quyidagilardan iborat:
1) qonunlarning ijro etilishiga toʻsqinlik qilayotgan sabablarni aniqlash;
2) qabul qilingan qonunosti hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi
qonunlari normalariga muvofiqligini aniqlash;
3) normalari amalda qoʻllanilmayotgan qonunlarni aniqlash;
4) qonunlarni ijro etish chogʻida yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklarni
bartaraf etish haqida takliflar ishlab chiqish;
5) Senat qoʻmitalari tomonidan oʻtkazilgan konferensiyalar, davra suhbatlari
va seminarlar natijasida olingan axborotni amalda qoʻllash;
13
6) joylarda ishlayotgan senatorlar hamda xalq deputatlari mahalliy
Kengashlari doimiy komissiyalari vakillarining nazariy bilimlarini va amaliy
koʻnikmalari saviyasini oshirish;
7) eng dolzarb mintaqaviy muammolarni aniqlash va ularni hal qilish
yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
8) jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish va qonunlar ustuvorligini
taʼminlash.
Qonunlar, Senat (Senat Kengashi) va Senat qoʻmitalarining qarorlari ijro
etilishi Senat qoʻmitalari tomonidan joylarda ishlayotgan senatorlarni, xalq
deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining vakillari, jamoatchilik
vakillari va mutaxassislarni jalb etgan holda nazorat qilinadi. Dunyoviy davlatda
davlat va din bir-biridan ajratilgan boʻladi. Davlat diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar
barchaga bir xil munosabatda boʻladi, dinga oid masalalarda neytral pozitsiyani
egallaydi.4
Yangilangan Bosh Qomusimizning beshinchi bo’lim XVIII bobida
hokimiyat qurilishi, Qonunchilik sohasi bo’yicha barcha muhim qonun-qoidalar
alohida moddalar bilan belgilab berilgan. Jumladan, Konstitutsiyamizning 92-
moddasida:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga
muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi
boʻlib, Senat aʼzolaridan (senatorlardan) iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senati aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi,
viloyatlar,
tumanlar
va
shaharlar
davlat
hokimiyati
vakillik
organlari
deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin
4 Parlamentarizm: xorijiy mamlakatlar tajribasi/ Tuzuvchilar: I.Komilov, F. Bakayeva, A.Abdullayev,
R.M.Alimovning umumiy tahriri ostida.- Toshkent: Sharq , 2004.- 130 b.
14
ovoz berish yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahridan teng miqdorda – toʻrt kishidan saylanadi. Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining toʻqqiz nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish
sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy
tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar
orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil
Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi
fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati,
shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi boʻlishi
mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qoʻyiladigan talablar qonun bilan belgilanadi.
Ayni bir shaxs bir paytning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati bir
vaqtning oʻzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, viloyatlar,
tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati boʻlishi
mumkin emas”,5 – deyiladi.
Senat qoʻmitalarining ish rejalarini tayyorlash
Senat qoʻmitalari ishni oʻz rejalariga, shuningdek Senat, Senat Raisi va
Senat Kengashi topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadilar. Senat
qoʻmitalarining ish rejalarini ishlab chiqish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish
5 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — Yangi tahrir, 2023-yil 1-may kuni e’lon qilingan elektron
manba.
15
Senat Raisi yoki uning topshirigʻiga muvofiq Senat Raisining oʻrinbosari
tomonidan amalga oshiriladi.
Senat qoʻmitalarining ish rejalari Senat Kengashining majlislarida koʻrib
chiqiladi. Har qaysi yil boshida Senat qoʻmitalarining ish rejalari 15-yanvardan
kechiktirmasdan Senat Kengashiga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.
Ish rejalarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Senat Kengashi qaror qabul
qiladi. Senat qoʻmitalarining ish rejalari davlat dasturlarini, Senat faoliyatining
dasturlarini, Senat qoʻmitalari oʻtkazgan konferensiyalar, davra suhbatlari va
seminarlarning natijalarini amalga oshirish zarurligini hisobga olgan holda,
shuningdek Senat Raisi va Senat Kengashining topshiriqlari asosida tayyorlanadi.
Qonunni davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ijro etish
amaliyotini oʻrganish Qonunni davlat hokimiyati va boshqaruv organlari
tomonidan ijro etish amaliyotini oʻrganish boʻyicha tadbirlar oʻtkazishga
tayyorgarlik koʻrish tartibi Senat qoʻmitasining Raisi tomonidan belgilanadi.
Qonunni ijro etish amaliyotini oʻrganishga tayyorgarlik Senat qoʻmitasining
faoliyat Rejasini ishlab chiqishdan boshlanadi. Senat qoʻmitasi faoliyat Rejasini
tayyorlash jarayonida:
1) ijro etilishini oʻrganish nazarda tutilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi
qonuni normalarini tahlil qiladi;
2) qonunning amal qilish doirasini hamda qonun bilan tartibga solinadigan
munosabatlarni aniqlaydi;
3) davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan
hujjatlar, ekspert xulosalari va boshqa xulosalarni, statistika maʼlumotlari va
boshqa maʼlumotlarni talab qilib oladi;
4) tegishli qonunosti hujjatlari va idoraviy normativ hujjatlarni dastlabki
tarzda tahlil qilib chiqadi;
16
5) qonunni ijro etish amaliyotini oʻrganish uchun zarur boʻlgan boshqa
harakatlarni amalga oshiradi.
13. Senat qoʻmitasining faoliyat Rejasida quyidagilar belgilanadi:
1) savolnoma tuzish va uni yuborish muddatlari;
2) ishchi guruh tarkibi;
3) joylarga joʻnab ketishning taxminiy sanasi;
4) qonunni ijro etish amaliyoti oʻrganiladigan davlat hokimiyati va
boshqaruv organlari;
5) qonunning ijro etilishini oʻrganish tartibi;
6) qonunni ijro etish amaliyotini oʻrganish tamomlanadigan taxminiy sana;
7) Senat qoʻmitasi qarorining loyihasini tayyorlash muddatlari;
8) Senat qoʻmitasi majlisini oʻtkazish tartibi va joyi.
“Oʻzbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisining
Qonunchilik
palatasi
deputatlariga va Senati aʼzolariga ularning deputatlik yoki senatorlik faoliyati bilan
bogʻliq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi. Qonunchilik palatasi deputatlari
hamda Senatda doimiy asosda ishlovchi Senat aʼzolari oʻz vakolatlari davrida
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi
faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va
Senati aʼzosi daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Ular tegishincha Qonunchilik
palatasi yoki Senatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi,
17
qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo choralariga tortilishi
mumkin emas”, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 104-modda.6
2.2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari tomonidan
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qabul qilgan
qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari tomonidan
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qabul qilgan
qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ―
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida‖gi Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga, ― Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senatining Reglamenti toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga muvofiq ishlab
chiqilgan.
1 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — Yangi tahrir, 2023-yil 1-may kuni e’lon qilingan elektron
manba.