OLIY NERV FAOLIYATI — ODAM XULQ-ATVORINING ASOSI

Yuklangan vaqt

2024-03-08

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

89,6 KB


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
OLIY NERV FAOLIYATI — ODAM XULQ-ATVORINING ASOSI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
OLIY NERV FAOLIYATI — ODAM XULQ-ATVORINING ASOSI
 
Odamning xulq-atvori, aql-idroki, fikrlashi, ongi, boshqalar bilan muomalasi 
va shu kabi barcha ruhiy xususiyatlarini uning oliy nerv faoliyati belgilaydi. Oliy 
nerv faoliyati bosh miya katta yarimsharlari va ularning postlog‘ida joylashgan nerv 
hujayralari (nerv markazlari)ning qo‘zgalish, tormozlanish jarayonlarining kuchiga, 
tarqalish tezligiga hamda ularning birbiriga munosabatiga bog‘liq. 
I. P. Pavlov ko‘p yillik ilmiy kuzatishlari asosida miyaning nerv 
hujayralaridagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish 
tezligiga va ularning bir-biriga munosabatiga ko‘ra, odam oliy nerv faoliyatini 
quyidagi 4 tipga  bo‘lgan. 
 
 
Kuchli qo‘zg‘alish, tormozlanishdan ustun bo‘lgan muvozanatsiz tip (xolerik). 
Bu turga kiruvchi bolalar tinib-tinchimas, serharakat, boshqalar bilan tez 
o‘rtoqlashib, tez urishib qoladigan, arzimas narsaga yig‘lab, o‘zidan o‘zi kuladigan 
xususiyatga ega bo‘ladi. 
Bunday bolalarning zehni yaxshi bo‘ladiyu, ammo xulq-atvori juda murakkab 
bo‘lib, ularning tarbiyasi ota-ona, o‘qituvchilar uchun ancha qiyinchilik tug‘diradi. 
Kuchli, muvozanatlashgan, harakatchan tip (sangvinik). Bu turga kiruvchi 
bolalar qobiliyatli, zehnli, ishchan, har bir ishni tezroq bajarishga intiladigan, 
atrofidagi kishilar va o‘rtoqlariga yaxshi munosabatda bo‘ladi. 
Odamning xulq-atvori, aql-idroki, fikrlashi, ongi, boshqalar bilan muomalasi va shu kabi barcha ruhiy xususiyatlarini uning oliy nerv faoliyati belgilaydi. Oliy nerv faoliyati bosh miya katta yarimsharlari va ularning postlog‘ida joylashgan nerv hujayralari (nerv markazlari)ning qo‘zgalish, tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga hamda ularning birbiriga munosabatiga bog‘liq. I. P. Pavlov ko‘p yillik ilmiy kuzatishlari asosida miyaning nerv hujayralaridagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir-biriga munosabatiga ko‘ra, odam oliy nerv faoliyatini quyidagi 4 tipga bo‘lgan. Kuchli qo‘zg‘alish, tormozlanishdan ustun bo‘lgan muvozanatsiz tip (xolerik). Bu turga kiruvchi bolalar tinib-tinchimas, serharakat, boshqalar bilan tez o‘rtoqlashib, tez urishib qoladigan, arzimas narsaga yig‘lab, o‘zidan o‘zi kuladigan xususiyatga ega bo‘ladi. Bunday bolalarning zehni yaxshi bo‘ladiyu, ammo xulq-atvori juda murakkab bo‘lib, ularning tarbiyasi ota-ona, o‘qituvchilar uchun ancha qiyinchilik tug‘diradi. Kuchli, muvozanatlashgan, harakatchan tip (sangvinik). Bu turga kiruvchi bolalar qobiliyatli, zehnli, ishchan, har bir ishni tezroq bajarishga intiladigan, atrofidagi kishilar va o‘rtoqlariga yaxshi munosabatda bo‘ladi.
Kuchli, muvozanatlashgan, kamharakat tip (flegmatik). Bu tur vakillari 
qobiliyatli, zehnli, yuvosh bo‘ladi, har bir ishni nihoyasiga yetkazib, shoshmasdan 
bajaradi, xulq-atvori, atrofdagi kishilar va o‘rtoqlari bilan munosabati yaxshi 
bo‘ladi. 
Kuchsiz, muvozanatlashmagan, tormozlanish qo‘zg‘alishdan ustun tip 
(melanxolik).  Bu turdagi bolalar kamharakat, ishyoqmas, qo‘rqoq, mustaqil fikrga 
ega bo‘lmagan, fikrlash qobiliyati past bo‘ladi. 
Oliy nerv faoliyatining yuqorida ko‘rsatilgan turlari tug‘ma, ya’ni nasldan 
naslga berilgan bo‘ladi. Bu belgilar, asosan, bolaning yoshlik davrlarida yaqqolroq 
ko‘rinadi, yoshi kattalashgan sari  tashqi muhit, ota-ona, o‘qituvchilar va atrofdagi 
kishilarning tarbiyaviy ta’siri natijasida  o‘zgaradi. 
Nerv tizimi funksiyasi haqida tushuncha. Nerv tizimining funksiyasi ikki 
qismga bo‘lib o‘rganiladi. 
Nerv tizimining birinchi funksiyasi - odam organizmining barcha hujayra, 
to‘qima va a’zolari funksiyasini boshqarish, ularning bir-biri bilan bog‘lanishini 
ta’minlashdan iborat. Bu funksiyani markaziy nerv tizimining quyi qismlari (bosh 
miyaning quyi sohasida joylashgan uzunchoq, o‘rta, oraliq miya, miyacha) dagi nerv 
markazlari, shuningdek, orqa miya bajaradi. 
Nerv tizimining ikkinchi funksiyasi - odamning tashqi muhit va atrofdagi 
boshqa odamlar bilan munosabati, fe’l-atvori, fikrlashi, ongi, aqliy xususiyatlarini 
ta’minlaydi.Nerv tizimining bu funksiyasi akademik I.P.Pavlov tomonidan oliy nerv 
faoliyati deb nomlangan. Oliy nerv faoliyati bosh miya yarim sharlarining po‘stloq 
qismida joylashgan nerv markazlari tomonidan boshqariladi. 
Nerv tizimining tuzilishi. Nerv tizimi ikki qismdan iborat. Markaziy va 
periferik nerv tizimi. Markaziy nerv tizimi orqa miya va bosh miyadan iborat. 
Orqa miya. Orqa miya umurtqa pog‘onasi kanalida joylashgan bo‘lib, uzunligi 
katta odamda              40-45 sm,massasi 30-40 gr bo‘ladi. Orqa miyada 13 
milliondan ko‘proq nerv hujayralari bor. Nerv hujayralarining kattaligi 0,1 mm dan 
oshmaydi.Ulardan chiqadigan ayrim nerv tolalarining uzunligi 1,5 m ga yetadi. Orqa 
miya uch qavat parda bilan o‘ralgan: tashqi qavati qattiq, o‘rta qavati o‘rgimchak 
to‘risimon,ichki qavati yumshoq parda. O‘rta va ichki qavat pardalari orasida orqa 
miya suyuqligi bo‘ladi. 
Orqa miyaning yuqori qismi birinchi bo‘yin umurtqasiga to‘g‘ri keladi va 
bosh miyaning pastki qismi bo‘lgan uzunchoq miyaga tutashadi.Orqa miyaning 
pastki qismi 1-2 bel umurtqalari sohasida konus shaklida tugaydi. Pastga esa orqa 
miya ip shaklida davom etadi. Ipning yuqori qismida nerv hujayralari bo‘lib, ipning 
uchi umurtqa pog‘onasining dum qismida tugaydi. 
Orqa miya 31-33 segmentdan iborat. Ularning 8 tasi bo‘yin qismida, 12 tasi 
ko‘krak, 5 tasi bel, 5 tasi dumg‘aza va 1- 3 tasi dum qismida bo‘ladi. 
Kuchli, muvozanatlashgan, kamharakat tip (flegmatik). Bu tur vakillari qobiliyatli, zehnli, yuvosh bo‘ladi, har bir ishni nihoyasiga yetkazib, shoshmasdan bajaradi, xulq-atvori, atrofdagi kishilar va o‘rtoqlari bilan munosabati yaxshi bo‘ladi. Kuchsiz, muvozanatlashmagan, tormozlanish qo‘zg‘alishdan ustun tip (melanxolik). Bu turdagi bolalar kamharakat, ishyoqmas, qo‘rqoq, mustaqil fikrga ega bo‘lmagan, fikrlash qobiliyati past bo‘ladi. Oliy nerv faoliyatining yuqorida ko‘rsatilgan turlari tug‘ma, ya’ni nasldan naslga berilgan bo‘ladi. Bu belgilar, asosan, bolaning yoshlik davrlarida yaqqolroq ko‘rinadi, yoshi kattalashgan sari tashqi muhit, ota-ona, o‘qituvchilar va atrofdagi kishilarning tarbiyaviy ta’siri natijasida o‘zgaradi. Nerv tizimi funksiyasi haqida tushuncha. Nerv tizimining funksiyasi ikki qismga bo‘lib o‘rganiladi. Nerv tizimining birinchi funksiyasi - odam organizmining barcha hujayra, to‘qima va a’zolari funksiyasini boshqarish, ularning bir-biri bilan bog‘lanishini ta’minlashdan iborat. Bu funksiyani markaziy nerv tizimining quyi qismlari (bosh miyaning quyi sohasida joylashgan uzunchoq, o‘rta, oraliq miya, miyacha) dagi nerv markazlari, shuningdek, orqa miya bajaradi. Nerv tizimining ikkinchi funksiyasi - odamning tashqi muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan munosabati, fe’l-atvori, fikrlashi, ongi, aqliy xususiyatlarini ta’minlaydi.Nerv tizimining bu funksiyasi akademik I.P.Pavlov tomonidan oliy nerv faoliyati deb nomlangan. Oliy nerv faoliyati bosh miya yarim sharlarining po‘stloq qismida joylashgan nerv markazlari tomonidan boshqariladi. Nerv tizimining tuzilishi. Nerv tizimi ikki qismdan iborat. Markaziy va periferik nerv tizimi. Markaziy nerv tizimi orqa miya va bosh miyadan iborat. Orqa miya. Orqa miya umurtqa pog‘onasi kanalida joylashgan bo‘lib, uzunligi katta odamda 40-45 sm,massasi 30-40 gr bo‘ladi. Orqa miyada 13 milliondan ko‘proq nerv hujayralari bor. Nerv hujayralarining kattaligi 0,1 mm dan oshmaydi.Ulardan chiqadigan ayrim nerv tolalarining uzunligi 1,5 m ga yetadi. Orqa miya uch qavat parda bilan o‘ralgan: tashqi qavati qattiq, o‘rta qavati o‘rgimchak to‘risimon,ichki qavati yumshoq parda. O‘rta va ichki qavat pardalari orasida orqa miya suyuqligi bo‘ladi. Orqa miyaning yuqori qismi birinchi bo‘yin umurtqasiga to‘g‘ri keladi va bosh miyaning pastki qismi bo‘lgan uzunchoq miyaga tutashadi.Orqa miyaning pastki qismi 1-2 bel umurtqalari sohasida konus shaklida tugaydi. Pastga esa orqa miya ip shaklida davom etadi. Ipning yuqori qismida nerv hujayralari bo‘lib, ipning uchi umurtqa pog‘onasining dum qismida tugaydi. Orqa miya 31-33 segmentdan iborat. Ularning 8 tasi bo‘yin qismida, 12 tasi ko‘krak, 5 tasi bel, 5 tasi dumg‘aza va 1- 3 tasi dum qismida bo‘ladi.
Orqa miya ko‘ndalangiga kesilsa, u ikki xil moddadan tuzilganligi ko‘rinadi: 
1. Tashqi qismi oq modda. 2. Ichki qismi kulrang modda. Kulrang modda kapalak 
yoki “H” harfiga o‘xshash bo‘lib, u nerv hujayralaridan tashkil topgan. 
Orqa miya kulrang moddasining bir juft oldingi, bir juft orqa va bir juft yon 
shoxlari bo‘ladi. Oldingi  shoxlarida harakatlantiruvchi nerv hujayralari, orqa 
shoxlarida sezuvchi, yon shoxlarida vegetativ nerv hujayralari joylashgan. Nerv 
hujayralarining kalta o‘simtalari hujayralarni bir-biri bilan tutashtiradi. Ular umurtqa 
pog‘onasining kanalidan tashqariga chiqmaydi. Nerv hujayralarining uzun 
o‘simtalari sezuvchi, harakatlantiruvchi va vegetativ nerv tolalarini tashkil etib, ular 
umurtqa pog‘onasidan tashqariga chiqib tananing to‘qima va a’zolariga boradi. 
Orqa miyaning oq moddasi nerv tolalaridan tashkil topgan bo‘lib, ular orqa 
miyaning turli segmentlaridagi nerv hujayralarini bir biriga va ularni bosh miyaning 
nerv hujayralari bilan tutashtiradi. Bu nerv tolalari orqa va bosh miya nerv 
markazlarida yuzaga kelgan qo‘zg‘olish impulslarini bir-biriga o‘tkazish 
funksiyasini bajaradi. 
Bosh miya. Bosh miya tabiat yaratgan ajoyib mo‘jizadir. Odamning bosh 
miyasi uning aql idroki, fikrlash qobiliyati, ongi kabi muhim psixik 
xususiyatlarining fiziologik asosi hisoblanadi. 
U tashqi va ichki muhit ta’sirini analiz -sintez qilib, ularga javob qaytaradi, 
tananing 
barcha 
to‘qima-a’zolari 
faoliyatini 
bir-biriga 
bog‘lab, 
boshqaradi.Organizm bilan tashqi muhitning aloqasini ta’minlaydi, uni muhit 
sharoitiga moslashtiradi.Bosh miya kalla suyagi ichida joylashgan bo‘lib, uning 
vazni katta odamda 1020-1970 gramm.Odamning aqliy faoliyati bosh miya yarim 
sharlarining po‘stloq qismida joylashgan nerv hujayralarining murakkab fiziologik, 
biokimyoviy va biofizik xussusiyatlari bilan bog‘liq. Shuningdek, odam aqliy 
faoliyatining rivojlanishi uning yoshligidan tarbiyasi, ilm olishi, mashq qilishiga 
bog‘liq. 
Bosh miya ikki qismdan iborat: bosh miyaning stvol, ya’ni ustun qismi va 
bosh miya yarimsharlari. Bosh miyaning ustun qismiga uzunchoq miya, Varoliy 
ko‘prigi, o‘rta miya, oraliq miya hamda miyacha kiradi. 
Uzunchoq miya  - bosh miyaning eng pastki qismi bo‘lib, uning quyi qismi 
orqa miyaga, yuqori qismi esa miya ko‘prigiga tutashgan.Uning uzunligi 3-3,5 sm, 
massasi 7 gramm. Uzunchoq miya reflektor va o‘tkazuvchanlik funksiyalarini 
bajaradi. Reflektor funksiyasi shundan iboratki, unda nafas olish, yurak ishini 
boshqarish markazlari joylashgan. Uzunchoq miyaning o‘tkazuvchanlik funksiyasi 
esa orqa miyadan kelgan impulslarni qabul qilib, bosh miyaning yuqori qismlarida 
joylashgan nerv  markazlariga va ulardagi qo‘zg‘alish impulsini orqa miyaga 
o‘tkazishdan 
iborat. 
Uzunchoq 
miyaning 
shikastlanishi 
o‘tkazuvchanlik 
Orqa miya ko‘ndalangiga kesilsa, u ikki xil moddadan tuzilganligi ko‘rinadi: 1. Tashqi qismi oq modda. 2. Ichki qismi kulrang modda. Kulrang modda kapalak yoki “H” harfiga o‘xshash bo‘lib, u nerv hujayralaridan tashkil topgan. Orqa miya kulrang moddasining bir juft oldingi, bir juft orqa va bir juft yon shoxlari bo‘ladi. Oldingi shoxlarida harakatlantiruvchi nerv hujayralari, orqa shoxlarida sezuvchi, yon shoxlarida vegetativ nerv hujayralari joylashgan. Nerv hujayralarining kalta o‘simtalari hujayralarni bir-biri bilan tutashtiradi. Ular umurtqa pog‘onasining kanalidan tashqariga chiqmaydi. Nerv hujayralarining uzun o‘simtalari sezuvchi, harakatlantiruvchi va vegetativ nerv tolalarini tashkil etib, ular umurtqa pog‘onasidan tashqariga chiqib tananing to‘qima va a’zolariga boradi. Orqa miyaning oq moddasi nerv tolalaridan tashkil topgan bo‘lib, ular orqa miyaning turli segmentlaridagi nerv hujayralarini bir biriga va ularni bosh miyaning nerv hujayralari bilan tutashtiradi. Bu nerv tolalari orqa va bosh miya nerv markazlarida yuzaga kelgan qo‘zg‘olish impulslarini bir-biriga o‘tkazish funksiyasini bajaradi. Bosh miya. Bosh miya tabiat yaratgan ajoyib mo‘jizadir. Odamning bosh miyasi uning aql idroki, fikrlash qobiliyati, ongi kabi muhim psixik xususiyatlarining fiziologik asosi hisoblanadi. U tashqi va ichki muhit ta’sirini analiz -sintez qilib, ularga javob qaytaradi, tananing barcha to‘qima-a’zolari faoliyatini bir-biriga bog‘lab, boshqaradi.Organizm bilan tashqi muhitning aloqasini ta’minlaydi, uni muhit sharoitiga moslashtiradi.Bosh miya kalla suyagi ichida joylashgan bo‘lib, uning vazni katta odamda 1020-1970 gramm.Odamning aqliy faoliyati bosh miya yarim sharlarining po‘stloq qismida joylashgan nerv hujayralarining murakkab fiziologik, biokimyoviy va biofizik xussusiyatlari bilan bog‘liq. Shuningdek, odam aqliy faoliyatining rivojlanishi uning yoshligidan tarbiyasi, ilm olishi, mashq qilishiga bog‘liq. Bosh miya ikki qismdan iborat: bosh miyaning stvol, ya’ni ustun qismi va bosh miya yarimsharlari. Bosh miyaning ustun qismiga uzunchoq miya, Varoliy ko‘prigi, o‘rta miya, oraliq miya hamda miyacha kiradi. Uzunchoq miya - bosh miyaning eng pastki qismi bo‘lib, uning quyi qismi orqa miyaga, yuqori qismi esa miya ko‘prigiga tutashgan.Uning uzunligi 3-3,5 sm, massasi 7 gramm. Uzunchoq miya reflektor va o‘tkazuvchanlik funksiyalarini bajaradi. Reflektor funksiyasi shundan iboratki, unda nafas olish, yurak ishini boshqarish markazlari joylashgan. Uzunchoq miyaning o‘tkazuvchanlik funksiyasi esa orqa miyadan kelgan impulslarni qabul qilib, bosh miyaning yuqori qismlarida joylashgan nerv markazlariga va ulardagi qo‘zg‘alish impulsini orqa miyaga o‘tkazishdan iborat. Uzunchoq miyaning shikastlanishi o‘tkazuvchanlik