OLIY TA’LIM MUASSASASIDAGI O‘QUV TARBIYAVIY JARAYONINING BOSQICHLARI
Yuklangan vaqt
2024-08-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
53,7 KB
OLIY TA’LIM MUASSASASIDAGI O‘QUV TARBIYAVIY
JARAYONINING BOSQICHLARI
Reja:
1.Davlat
ta’lim
standartlari
ta’lim-tarbiya
jarayonini
loyihalash
va
boshqarishning yangi turi sifatida.
2.Ta’lim sifatini boshqarish.
3.Ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablar va oliy ta’lim tizimining sifatiga ta’sir
etuvchi omillar.
4.Oliy ta’lim tizimida attestatsiya va akkreditatsiyaning ahamiyati va ularni
o‘tkazish mexanizmlari
5.Oliy o‘quv yurtida ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarish va loyihalash
vositalari.
6.Ta’lim tizimida xodimlarni rag‘batlantirishning turlari.
1.Davlat ta’lim standartlari ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalash va
boshqarishning yangi turi sifatida.
Bilim, uquv va ko‘nikmalari, ya’ni malaka darajasi ishlab chiqarish talablariga javob
beruvchi professional kadrlarni tayyorlash va tanlash muammolari uzoq yillardan
beri o‘zining dolzarb ahamiyatini saqlab kelmoqda. Mazkur sohada ish ko‘rish va
tartibga solishning yanada samaraliroq va ishonchliroq yondashuvlarini yaratish
amalga joriy etish zaruriyati hozirgi zamon jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarini yechishda inson kapitalining tobora o‘sib borayotgan ahamiyati bilan
belgilanadi. Bunday muammolarga ishlab chiqarishni yangilash sur’atlarini yanada
jadallashtirish, migratsiya jarayonlarining kuchayishi, yangi global xavflar
(ekologiya muammolari, terrorizmga qarshi kurash va b.) kiradi.
Ta’limda davlat standarti nima?
Ta’limni standartlashtirish insoniyatning ijtimoiy ongida ro‘y bergan tub
o‘zgarishlar tufayli kelib chiqqan zaruratdir. Iqtisodiy ahvoli va taraqqiyot darajasi
turlicha bo‘lgan davlatlarda yashovchi barcha kishilarning fikrlash darajasini iloji
boricha bir xil holatga keltirish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Bu holat ta’lim standartlari
deb atalmish tushunchani yuzaga chiqardi.
Standartni ishlab chiqishda talabani haddan tashqari zo‘riqtirib yubormaslik
talablariga riya qilish, ya’ni u o‘quvchi yoshiga mos, uni bajarishga qurbi yetadigan
darajada bo‘lishi kerak. Albatta, ta’lim oluvchining qiziqishi, xohishi, ehtiyoji
hisobga olinishi lozim. Davlat va jamiyat ta’lim muassasalari oldiga muayyan
ijtimoiy
buyurtmalar
qo‘yayotgan
ekan,
o‘sha
muassasalar
tomonidan
tayyorlanadigan kadr egallashi lozim bo‘lgan ijtimoiy sifatlarning minimal
chegarasini ham ko‘rsatib berishi tabiiydir. Ta’lim oluvchilar egallashi lozim
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va ma’naviy sifatlarning eng quyi miqdori ilmiy asoslarda
belgilab berilgan rasmiy pedagogik hujjat - davlat ta’lim standarti hisoblanadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, DTS nazorat vositasi, ayni vaqtda, ta’lim
muassasalarida ko‘zlangan ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritish uchun zarur bo‘lgan
sharoitni belgilash o‘lchovi hamdir.
Davlat ta’lim standartlarining ikki asosiy vazifasini alohida ta’kidlab qo‘rsatish
mumkin. Bunday standartlar o‘quvchilarga beriladigan ta’lim mazmunining
majburiy minimumini hamda bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan
talablar majmuasini belgilab beradi. Ta’lim mazmunining majburiy minimumi
o‘quv dasturlari va darsliklarda to‘liq o‘z ifodasini topishi shart. Bitiruvchilarning
tayyorgarlik darajasiga ko‘ra o‘quvchi muayyan bosqichda egallashi shart bo‘lgan
bilim, ko‘nikma va malakalarining minimal miqdori belgilanadi.
2.Ta’lim sifatini boshqarish.
O‘zbekistonda ta’limni isloh qilishning bosh yo‘nalishlaridan biri uning sifatini
oshirishdir. Hozirgi vaqtgacha ta’limning sifati muammosiga nisbatan har xil
yondashuvlar shakllangan: kimdir bu muammoga boshqaruv muammosi sifatida
qaraydi, kimdir mutaxassislarni tayyorlash sifati muammolari to‘g‘risida so‘z
yuritadi, kimdir oliy o‘quv yurtlari uchun ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va
darsliklarining sifati haqida gapiradi, kimdir o‘quv jarayonini tashkil etish sifati
haqida so‘z yuritadi.
Кадрлар тайёрлаш миллий моделига мувофиқ ДТС ишлаб чиқиш
тамойилларининг асосийлари бўлиб қуйидагилар ҳисобланади:
гуманитарлаш ва инсонпарварлаш
назарийлаштириш (фундаментализация)
умумтаълимий ва касбий тайёрлов
таълим – касбий программа долзарблиги
талабаларнинг академик зарбдорлиги
фанлар қисмлари ва гуруҳларнинг уйғунлиги
мустақил давом эттириш имкониятларини кенгайтириш
сифатнинг кўп босқичли назорати.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son
qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat
test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va
ta’lim muassasalarini attestatsiya qilish boshqarmasi negizida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat
inspeksiyasi tashkil etildi.
E.M.Korotkov fikriga ko‘ra, ta’limning sifati – bu mutaxassisning kasbiy
faoliyatni iqtisodiyotning hozirgi talablariga muvofiq samarali amalga oshirishga
qodirligini belgilovchi professional ong tavsiflari majmuidir.
Bizningcha, oliy ta’limning sifati (natija sifatidagi) oliy ta’limning rang-barang
ehtiyojlar, maqsadlar, talablar va me’yorlarga muvofiqligidir.
Hozirgi vaqtda ta’limning sifati o‘quv yurti va mamlakat oliy maktabining
raqobatbardoshlik darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biridir. Muayyan oliy
o‘quv yurtida ta’limning sifati buyurtmachiga taklif qilinuvchi ta’lim xizmatlari
majmuini ham o‘z ichiga oladi.
Ta’limning sifati boshqariladigan jarayon bo‘lishi lozim. Oliy o‘quv yurti uch
sub’ekt – ta’lim jarayoni buyurtmachilari: ta’lim oluvchi shaxs, malakali kadrlarga
muhtoj ishlab chiqarish va ta’lim jarayonining kafolatchisi sanalgan davlatga ta’lim
xizmatlarini ko‘rsatadi.
Sifat muhim kategoriyalardan biri bo‘lib, unga muvofiq xalqaro amaliyotda
besh asosiy yo‘nalish ajratiladi:
- birinchi: ta’limning sifatini ta’minlash – oliy o‘quv yurtining nufuzini
oshirish, chunki bunday oliy o‘quv yurtining bitiruvchisi mehnat bozorida
qulayroq mavqega ega bo‘ladi;
- ikkinchi: ta’lim standartlariga muvofiqlik;
- uchinchi: mijozni qanoatlantiruvchi ta’limgina sifatli hisoblanishi mumkin;
- to‘rtinchi: iste’molchi sifatni belgilaydi va uning har qanday istagi bajo
keltiriladi. Eng muhimi, oliy o‘quv yurti bunga pul oladi;
- beshinchi: oliy o‘quv jamiyatga, o‘zi joylashgan mintaqaga foyda keltiradi.
Zamonaviy raqobatbardosh oliy o‘quv yurti o‘z ishining sifatini boshqarishga
qodir tizimga ega bo‘lishi lozim. Ayni shu sababli jahon oliy ta’lim amaliyotida
sifatni boshqarish tizimlarini ishlab chiqishga katta e’tibor qaratiladi.
3.Ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablar va oliy ta’lim tizimining sifatiga
ta’sir etuvchi omillar.
Bozor sharoitida xo‘jalik yuritishda ta’limga qo‘yiladigan talablar o‘zgaradi –
bugungi kunda ular ko‘p jihatdan muayyan mutaxassislarga bo‘lgan talabni
shakllantiruvchi ish beruvchi tomonidan belgilanadi. Bu oliy o‘quv yurti bitiruvchisi
katta hajmda kasbiy bilim, uquv va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozimligini anglatadi.
Ularning mavjudligini tegishli diplom tasdiqlaydi.
Ta’limning sifatini oliy o‘quv yurti bitiruvchisi malakasining ish joyi
talablariga muvofiqligi sifatida tavsiflash mumkin. Mazkur talablar Davlat ta’lim
standartlari bilan belgilanadi. Mutaxassislar tayyorlash sifatini belgilovchi pirovard
ko‘rsatkichlar ular ta’lim muddati mobaynida o‘zlashtirgan bilimlar, uquv va
ko‘nikmalardir.
Ta’limning sifati asosan uning O‘zR “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida
ta’riflangan maqsadi bilan belgilanadi: shaxs va jamiyatning professional
tayyorlangan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish.
Quyidagilar ta’lim sifatining eng muhim tavsiflari hisoblanadi:
1.
Bilimlar hajmi. U kasbiy faoliyatni amalga
oshirishga muvofiq kelishi lozim. Bunda bilimlar miqdori olingan
axborot miqdori emasligini tushunish kerak.
2.
Bilimlar tuzilishi – turli tipdagi bilimlar bilan fan va
faoliyatning turli sohalariga mansublik nisbati. Bilimlarning
unumdorligi va amaliy qimmati ularning uyg‘unligiga bog‘liq
bo‘ladi.
3.
Professional fikrlash uslubi, ya’ni bilimlarni
boshqarish qobiliyati va ulardan amaliy faoliyatda samarali
foydalanish imkoniyati. Ko‘pincha bitiruvchi o‘zi olgan
bilimlarni amaliy faoliyat vazifalari bilan bog‘lay olmaydi. Bu
yerda fikrlash uslubi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. U gumanitar
yoki texnokratik, strategik yoki pragmatik, dialektik yoki formal
bo‘lishi mumkin. Fikrlash uslubi – bilimlarni amaliy faoliyatda
voqelik talabiga muvofiq biriktira olish qobiliyati.
4.
Vaqt omili: kasbiy muammolar va vazifalarni
yechishda vaqtni taqsimlash va undan foydalanish ko‘nikmasi.
5.
Rollarga
nisbatan
mo‘ljalni
shakllantirish:
muayyan faoliyat turlarigagina emas, balki ma’lum rollarga ham
tayyorlash. Bunda mutaxassis o‘z ishi o‘zgarganida, agar u turli
rollarni, masalan, tashabbuschi, bajaruvchi, ekspert, maslahatchi,
hakam rollarini bajarsa, professional funksiyalarni bajarish uchun
javobgar bo‘lishini nazarda tutadi.
6.
Ish
uslubini
belgilash.
Ta’lim
jarayonida
mutaxassisning
kasbiy
faoliyat
haqidagi
tasavvurlarini
shakllantirishda ustuvor omillar mavjud bo‘lib, ular uning
tafakkuridan mustahkam o‘rin oladi va keyinchalik uning ish
uslubini belgilaydi.
7.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish ko‘nikmalari –
kasbiy faoliyatning muhim omillaridan biri. Masalan, qarorlar
qabul qilish jarayoni menejerdan o‘zining barcha kasbiy bilim va
ko‘nikmalarini ishga solishni talab etadi. Boshqaruv qarorlarini
qabul qilish qobiliyati – bu ma’lum darajada ta’lim jarayonining
amaliy mahsuli.
8.
Bozor vaziyatlarining turli sharoitlarida xulq-atvor
strategiyalarini ishlab chiqish ko‘nikmalari va qobiliyatlari.
Strategiya – qarorlar ishlab chiqishgina emas, balki maqsadlar va
mo‘ljallarni belgilash, voqealarni tushunish va oldindan ko‘ra
bilish, asosli biznes-rejani tuzish, kerakli strategiyalarni tanlash
va sharoit o‘zgarganida ularni o‘zgartirish.
Boshqaruv qarorlarini va mehnat faoliyatining samarali strategiyalarini ishlab
chiqish ko‘nikmalariga maxsus ish o‘yinlari yordamida baho berish mumkin. Ular
bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
mutaxassisning
muvaffaqiyatga
erishish
imkoniyatlarini namoyish etadi.
4.Oliy ta’lim tizimida attestatsiya va akkreditatsiyaning ahamiyati va
ularni o‘tkazish mexanizmlari.
Attestatsiya – xodim o‘z faoliyatini qay darajada samarali amalga oshirishiga
baho berish. Tashkilotda attestatsiyalar umumiy tushunchasi bilan bir qatorda
Performance Assessment – natijalarga baho berish, Personnel Evaluation –
xodimlarga baho berish, Personal Performance Appraisal – shaxsiy yutuqlarga baho
berish, Assessment – shaxsiy fazilatlarga baho berish atamalari ham qo‘llaniladi.
Attestatsiyani o‘tkazish quyidagi vazifalarni hal qilish imkoniyatini beradi:
- asosiy ta’lim dasturi bo‘yicha ta’lim jarayonining holati haqida aniq axborot
olish;
- bitiruvchilarni tayyorlash mazmuni va sifatining Davlat ta’lim standartlari
talablariga muvofiqligi darajasini aniqlash;
- oliy o‘quv yurti tarkibiy bo‘linmalarining ta’lim faoliyatida ijobiy va salbiy
jarayonlarni aniqlash;
- attestatsiya jarayonida aniqlangan muammolarning sabablari va ularni
yechish yo‘llarini aniqlash.
Attestatsiyani tashkil etish va o‘tkazishda muayyan shartlarga rioya qilish
lozim. Birinchidan, baholash tizimi mumkin qadar ob’ektiv bo‘lishi va xodimlar
tomonidan ob’ektiv mezonlar sifatida idrok etilishi, aniq va tushunarli bo‘lishi
kerak. Ikkinchidan, baholash natijalari sir tutilishi, ya’ni xodim, rahbar va kadrlar
bilan ishlash bo‘limigagina ma’lum bo‘lishi lozim.
Attestatsiya jarayonida xodim faoliyatining turli tomonlari, uning xulq-atvori,
shaxsiy fazilatlariga baho beriladi.
Attestatsiya oliy o‘quv yurtlarida asosiy ta’lim dasturlarini tayyorlash sifatini
davlat tomonidan nazorat qilish shakli hisoblanadi. U bitiruvchilarning tayyorgarlik
darajasini oshirishni, ta’lim tizimini moliyalashtirish uchun ajratilayotgan davlat
byudjeti mablag‘laridan samarali foydalanishni nazarda tutadi.
Attestatsiya natijalariga muvofiq oliy o‘quv yurtini akkreditatsiyadan o‘tkazish
amalga oshiriladi. Bu tadbirning maqsadi – oliy o‘quv yurtining maqomini va
mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlari (ixtisosliklar) ro‘yxatini belgilash. Oliy o‘quv
yurtining davlat akkreditatsiyasi uning faoliyatini byudjetdan moliyalashtirish
uchun asos hisoblanadi.
Oliy o‘quv yurti asosiy kasb-hunar ta’lim dasturlarini, shuningdek ularni
amalga oshirish texnologiyasini mustaqil ishlab chiqadi va qabul qiladi. Oliy o‘quv
yurtida davlat ta’lim standartlari talablarining bajarilishi ustidan nazoratni test
markazi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan
hamkorlikda amalga oshiradi.
Tashqi ekspertiza natijalariga ko‘ra akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi
qarorni Attestatsiya komissiyasi qabul qiladi. Komissiya qarorida quyidagilar aks
ettiriladi:
- attestatsion ekspertiza va ko‘rsatkichlarga baho berish natijalariga ko‘ra oliy
o‘quv yuritini akkrediatsiyadan o‘tgan (yoki o‘tmagan) deb topish to‘g‘risida
xulosalar;
- o‘quv yurtining davlat maqomini (tipi va turini) belgilash;
- oliy o‘quv yurtiga qonun hujjatlarida belgilangan huquqlar va vakolatlarni
davlat nomidan muayyan muddatga berish.
Qoidaga binoan oliy o‘quv yurtini akkreditatsiya qilish har besh yilda bir marta
o‘tkaziladi.
Akkreditatsiya ixtiyoriy – hukumatga aloqadorsiz (AQShda) va majburiy –
hukumatga aloqador (G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida) bo‘lishi mumkin. Har ikki
holda ham akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilot tan olish mezonini belgilaydi,
mazkur mezonlarga ta’lim muassasalari muvofiqligini belgilash maqsadida joylarda
tekshiruvlar tashkil etadi va ta’lim muassasasi hamda uning tayyorlov
dasturlariga akkreditlangan maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bundan
tashqari, attestatsiya va o‘z-o‘zini attestatsiyalash bir-biri bilan turlicha muddat va