OMMAVIY QIRG‘IN QUROLLARINING TASNIFI. JABRLANISH O’CHOG‘INING TIBBIY TAKTIK TAVSIFI. YO‘QOTISHLAR. YADROVIY QUROL. TROTIL EKVIVALENTI. YADROVIY PORTLASH OMILLARI
Yuklangan vaqt
2024-05-15
Yuklab olishlar soni
5
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
401,0 KB
Ilmiybaza.uz
OMMAVIY QIRG‘IN QUROLLARINING TASNIFI. JABRLANISH
O’CHOG‘INING TIBBIY TAKTIK TAVSIFI. YO‘QOTISHLAR.
YADROVIY QUROL. TROTIL EKVIVALENTI.
YADROVIY PORTLASH OMILLARI.
Ommoviy qirg’in qurollari - ulkan darajadagi talofatlarni keltirib chiqarishga
mo’ljallangan qurilmalar yig’indisi hisoblanadi.Ularni qo’llashda qisqa vaqt ichida
katta yo’qatishlar kuzatiladi.moddiy boyliklar, aholi, o’simliklar dunyosi,hayvonot
olami qiriladi.
Shkastlashning eng qudratli vositasi bo’lgan yadro quroli portlash yo’li bilan
ta’sir etadigan qurol bo’lib, yadrolarning parchalanishidan ajralib chiqadigan
energiyadan foydalanishga asoslangan. Shkastlash usullarini qo’llash ballistik
raketalardan, bombardimonchi samolyotlar (yadro quroli tashuvchi) va artilleriyadan,
yadro zaryadi raketalar bilan qurollangan kemalardan foydalanish orqali amalga
oshirish mumkin.
Ommoviy qirg’in quroli bo’lishi mumkin:
1.yadroviy, 2.kimyoviy, 3.bakteriologik
Yadro quroli portlaganda, hatto havo ochiq kunda ham osmonni va bir necha o’n
kilometr atrofidagi joylarni yoritib turadigan darajada ravshan chaqnash paydo
bo’ladi, momaqaldiroqqa o’xshash, quloqni kar qilarli darajada qattiq tovush chiqadi.
Bu tovush bir necha o’n kilometr uzoqlikdan ham eshitiladi.Agar yadro quroli havoda
portlatilgan bo’lsa, chaqnash paydo bo’lgandan keyinroq olov shar (agar yerda
portlatilgan bo’lsa, yarim shar) paydo bo’ladi. Olov shar tez kattalashib, yuqoriga
ko’tariladi va sovib, qo’ziqorin shakliga o’xshab ketadigan bulutga aylanadi. Yadro
Ilmiybaza.uz
quroli- bu qirg’in qurollarning asosiylaridan biri hisoblanadi. Yadro quroli o’ziga
turli yadro aslahalari, ularni boshqarish vositalari va ularni tashish vositalarini
biriktiradi.
Xozirgi zamonda yadro qurolini
1.atom bombasi. 2.vodorod bombasi 3.neytron bombasi 4. lazer bombasi turlari
mavjud.
Yadro quroli portlaganda o’ta yuqori darajada quvvat ajralib uni odatda trotil
deb ataladigan portlovchi moddaning ekvivallenti bilan belgilanadi.Bu yadro quroli
portlaganda qancha energiya ajrab chiqsa portlaganda shuncha energiyani hosil
qiladigan trotil miqdoridir. Trotil ekvivalenti tonnada (kilotonna, megotonna)
o’lchanadi.
Yadro zaryadi portlatilganda soniyani milliondan bir qismida juda katta
energiya miqdori ajralib chiqadi va bu yerga harorat bir necha million gradusga,
maksimal bosim esa milliard atmosferaga yetadi.Portlash yuz bergan nukta markaz,
uning yer yuzasidagi sohasi epidmarkaz deb ataladi.Yadroviy kurollarni tashib
beruvchi vositalarga raketalar, samolyot,zambaraklar ,tarpedalar kiradi . Yadroviy
portlashning shikastlovchi omillariga quyidagilar kiradi: 1.portlash to’lqini.
2.yorug’lik nurlanishi. 3.ionlovchi nurlanish. 4.radiofaol qurum. 5.elektr kahrabo
impulslari . 6.kuchli harorat. Yuqori harorat va yuqori bosim qudratli zarb to’lqinini
va yorug’lik nurlanishini keltirib chiqaradi
Zarb to’lqini - yadro portlashining asosiy shikastlovchi omilidir. Juda ko’p bino va
inshootlarning vayron bo’lishi, odamlarning shikastlanishi zarb to’lqinining hissasiga
to’g’ri keladi. Zarb to’lqini portlash markazidan har tomonga tovush tezligidan ham
yuqori tezlikda tarqaluvchi, juda katta bosimda siqilgan havo zonasidir. Siqilgan havo
zonasining oldingi zonasi zarb to’lqinining fronti deyiladi.Zarb to’lqinining
shikastlovchi ta’siri ortiqcha bosimning kattaligi bilan xarakterlanadi.
Zarb to’lqini himoyalanmagan kishilarni shikastlaydi, binobarin, texnika va ishlab
chiqarish asbob – uskunalarini vayron qiladi yoki shikastlaydi. Odamlar buzilgan