OMMAVIY XIZMAT
1. Ommaviy xizmatlarning huquqiy tabiati.
2. Ommaviy xizmatlarni taqdim etuvchi tuzilmalar.
3. Ommaviy xizmatlar turlari.
4. Ommaviy xizmatlar ko‘rsatish tartib-taomillari.
5. O‘zbekiston Respublikasida ommaviy xizmatlar institutini shakllantirish.
6. O‘zbekiston Respublikasida 2020-2025-yillarda “Elektron hukumat”
tiziminining konseptual asosi.
Ommaviy xizmatlarning huquqiy tabiati
Ommaviy xizmat tushunchasi davlat xizmatlari tushunchasiga nisbatan
kengroq tushuncha hisoblanadi va o‘z ichiga davlat xizmatlari tushunchasini ham
qamrab oladi: ommaviy xizmat davlat organlari va ommaviy-huquqiy faoliyat
sohasida vakolat berilgan nodavlat tuzilmalar tomonidan ko‘rsatiladi; davlat xizmati
davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladi.
Davlat xizmati tushunchasiga normativ huquqiy-hujjatlarda quyidagicha ta’rif
beriladi:
davlat xizmati — ariza beruvchilarning so‘rovlariga ko‘ra amalga
oshiriladigan, davlat organlarining vazifalarini bajarish bo‘yicha ular tomonidan
ko‘rsatiladigan xizmat. Agar qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish
funktsiyalari boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, ular ham davlat
xizmatini ko‘rsatishlari mumkin (O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat
to‘g‘risida”gi qonuni, 3-modda);
elektron davlat xizmati — axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanilgan holda elektron shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmati (O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi YAgona interaktiv
davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori).
Ommaviy xizmatlarni taqdim etuvchi tuzilmalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son
«Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi
milliy agentligi qarori bilan Davlat xizmatlari yagona reyestri tasdiqlangan bo‘lib
unga ko‘ra 80 ta ma’muriy organ tomonidan ko‘rsatiladigan 700 dan ortiq davlat
xizmatlarining turlari keltirilgan.
Ommaviy xizmatlar ko‘rsatish tartib-taomillari
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati ma’muriy reglamentlar asosida tartibga
solinadi. Masalan:
• Ichki ishlar organlari sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim
ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida (04.10.2018 yildagi VMQ 797-son)
• Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim
ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida (18.05.2018 yildagi VMQ 370-son)
• Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning
ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida (23.05.2020 yildagi VMQ
327-son)
• Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy
reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida (02.09.2020 yildagi VMQ 535-son)
• Sport-ta’lim
muassasalarining
trener-o‘qituvchilari
va
yo‘riqchi-
uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning
ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida (03.03.2020 yildagi VMQ 118-son)
• Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha
davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
(07.06.2019 yildagi VMQ 469-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.04.2018 yildagi PQ-3662-son,
Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida Qarorida 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va
O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar amalga oshirish, shuningdek,
aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimining sifat jihatidan yangi darajaga
o‘tishini ta’minlash maqsadida davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini tubdan
isloh qilishning eng muhim yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan:
birinchidan, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida ularning sifati, tezkorligi,
shaffofligi va foydalanish imkoniyatini tubdan oshirish orqali «Xalq davlat
idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ulug‘vor
g‘oyani so‘zsiz amalga oshirish;
ikkinchidan, Tadbirkorlik subyektlariga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha
davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarini ham yuridik, ham jismoniy
shaxslarga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha xizmatlarni taqdim qiluvchi Davlat
xizmatlari markazlariga o‘zgartirish;
uchinchidan, davlat xizmatlarining har bir turi bo‘yicha «Fuqarolar emas,
hujjatlar harakatlanadi» tamoyiliga ko‘ra davlat xizmatlari ko‘rsatish mexanizmini,
eng avvalo, ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish, vakolatli davlat organlari va
boshqa tashkilotlar zarur hujjatlar va axborotlarni boshqa tuzilmalardan mustaqil
ravishda olishi hisobiga soddalashtirishni nazarda tutuvchi ma’muriy reglamentlarni
tasdiqlash;
to‘rtinchidan, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasiga innovatsion echimlar va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish, davlat organlari va
boshqa tashkilotlarning ma’lumotlar bazalarini idoralararo elektron hamkorlik
yagona tizimiga integratsiya qilish, O‘zbekiston Respublikasi YAgona interaktiv
davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish amaliyotini kengaytirish;