O’mrov osti arteriyasi. Qo’l osti arteriyasi
O’mrov osti arteriyasi, a.subclavia - o’ng tomonda yelka-bosh poyasidan,
chap tomonda aorta ravog'idan boshlanadi. Shu sababli o’mrov osti arteriyasi chap
tomonda o’ng tomonga nisbatan 4 sm uzunroq bo’ladi. O’mrov osti arteriyasi
ko’krak qafasining ustki aperturasidan chiqib narvonsimon mushak oralig’idan
lateral tomonga yo’naladi. So’ngra I qovurg’aning shu nomli egati orqali o’tadi va
o’mrov suyagi ostidan qo’ltiq osti chuqurchasiga yo’nalib qo’ltiq osti arteriyasiga
davom etadi.
O’mrov osti arteriyasi uch qismga bo’lib o’rganiladi.
I.Narvonsimon mushakning oldingi chekkasigacha.
II.Narvonsimon mushaklar oralig’i.
III.Narvonsimon mushak oralig’idan chiqqanidan 1 qovurg’aning
lateral chekkasigacha.
I.O’mrovosti arteriyasining birinchi qismi tarmoqlari:
1.Umurtqa arteriyasi, a. vertebralis - VII bo’yin umurtqasi sohasida
boshlanadi va VI bo’yin umurtqadan boshlab bo’yin umurtqalarninig ko’ndalang
o’simta teshiklari orqali yuqoriga ko’tariladi. So’ngra Atlantning ko’ndalang
o’simta teshigi va shu nomli egat orqali o’tib. ensa suyagining katta teshigi orqali
orqa atlant-ensa pardasini teshib kalla ichiga kiradi. Ensa nishabligi sohasida ikkala
umurtqa arteriyalar o’zaro qo’shilib asosiy arteriya, a. basillarisni hosil qiladi.
Ushbu arteriya miya ko’prigi oldingi yuzasida o’z nomidagi egat bo’ylab
joylashgan bo’lib o’z navbatida o’ng va chap tomonga tarmoqlanib bosh miyaning
orqa arteriyasi, a. cerebri posterior ni hosil qiladi.
Asosiy arteriya, a. basillaris - tarmoqlari:
- miyachaning oldingi pastki arteriyalari, aa. cerebelli inferiores anteriores
bo’lib undan ichki eshituv yo’liga ichki quloq arteriyalari aa. labyrinti chiqadi.
- ko’prik arteriyalari - aa. pontis
- o’rta miya arteriyalari - aa. mesencephalici
-miyachaning ustki arteriyalari - aa. cerebelli superiores
Umurtqa arteriyasining bo’yin qismi, pars servicalis tarmoqlari:
- orqa miya tarmoqlari, rr. spinales umurtqalararo teshik orqali o’tib orqa
miyaning bo’yin segmentlarini qon bilan ta’minlaydi.
- mushak tarmoqlari, rr. muscularis bo’yinning chuqur mushaklarini qon bilan
ta’minlaydi.
Umurtqa arteriyasining kalla ichi qismi, pars intracranialis, tarmoqlari:
- miyachaning pastki orqa arteriyasi, a. cerebelli inferior posterior
- uzunchoq miyaning medial va lateral shoxlari rr.medullares medialis et
lateralis
- orqa miyaning orqa arteriyasi a.spinalis posterior o’ng va chap umurtqa
arteriyalaridan chiqib orqa miyaning orqa yon yuzalari bo’ylab pastga davom
etadi
- orqa miyaning oldingi arteriyasi, a. spinalis anterior, uzunchoq miya sohasida
o’ng va chap umurtqa arteriyalaridan chiqib o’zaro birlashadi so’ngra oldingi
o’rta yoriq bo’ylab pastga davom etadi. Aynan shu sohada ya’ni uzunchoq
miyaning ensa nishabligiga qaragan oldingi yuzasida a.vertebralis, a. basillaris
hamda a. spinalis anterior qon tomirlari o’zaro halqa hosil qiladi va u
Zaxarchenko arterial halqasi deb nomlanadi.
2. Ko’krak ichki arteriyasi, a. thoracica interna - umurtqa arteriyasining
qarshisidan boshlanib to’sh suyagi chekkasidan 1-1,5 sm tashqariroqda I-VII
qovurg’a tog’ayi bo’ylab pastga yo’naladi. VII qovurg’aning pastki chekkasida
ikkiga bo’linib mushak-diafragma va qorin ustining yuqori arteriyasiga davom
etadi. Ko’krak ichki arteriyasi tarmoqlari:
- ko’ks oralig’i shoxlari, r. mediastinales
- ayrisimon bez shoxlari, r. thymici
- perikard-diafragma arteriyasi, a.pericardiacophrenica, I qovurg’a sohasida
boshlanib, diafragma nervi bilan diafragmagacha tushadi.
- to’sh shoxlari, rr. sternales
- teshib o’tuvchi shoxlar, rr.perforantes, 5-6 qovurg’a oralig’ini teshib o’tib,
katta ko’krak mushagi va terisini qon bilan ta’minlaydi,ayollarda sut bezi
tarmoqlari, rr.mammarii ni hosil qiladi.
- oldingi qovurg’alararo tarmoqlar, rr. intercostales anteriores yuqoridagi I-V
qovurg’alararo mushaklarga tarmoqlanadi.
- mushak - diafragma arteriyasi, a. musculophrenica lateral tomonga qiya
yo’nalib diafragmaga va pastki VI-X qovurg’alararo mushaklarga tarmoqlanadi.
- qorin ustining ustki arteriyasi, a.epigastrica superior qorin to’g’ri mushagi
qinining orqa devorini teshib o’tib shu mushakni qon bilan ta’minlaydi va
kindik sohasida shu nomli pastki arteriya bilan anastomoz hosil qiladi.
3.
Qalqonsimon-bo’yin
poyasi,
truncus
thyrocervicalis,
oldingi
narvonsimon mushakning medial chekkasidan boshlanib uning uzunligi 1,5 sm.
Qalqonsimon-bo’yin poyasi tarmoqlari:
- qalqonsimon bezning pastki arteriyasi, a. thyroidea inferior - qalqonsimon
bezni qon bilan ta’minlaydi shu jumladan halqum, qizilo’ngach va kekirdak
tarmoqlari, rr.pharyngeales,esophageales et tracheales va hiqildoqning
pastki arteriyasi, a. larynges inferiorni hosil qiladi
- ko’tariluvchi bo’yin arteriyasi, a. cervicalis ascendens, yuqoriga ko’tarilib
bo’yinning chuqur mushaklari va orqa miyaga tarmoqlanadi
- kurak usti arteriyasi, a. suprascapularis, orqa tomonga yo’nalib kurak
o’ymasi orqali o’tadi va qirra usti, qirra osti chuqurchasi sohasidagi
mushaklarni qon bilan ta’minlaydi hamda kurak suyagini aylanib o’tuvchi
arteriya bilan anastomozlashadi.
- bo’yinning yuza arteriyasi, a. cervicalis superficialis, yuqoriga
narvonsimon mushaklarni old yuzasi bo’ylab ko’tarilib narvonsimon
mushakka tarmoqlanadi. Lateral tomonga burilib, o’mrov ustidan o’tib
trapetsiyasimon, rombsimon va orqaning yuqorigi tishsimon mushaklarini
qon bilan ta’minlaydi.
II.O’mrov osti arteriyasining ikkinchi qismi tarmoqlari
4.Qovurg’a - bo’yin poyasi, truncus costocervicalis, narvonsimon
mushaklar oralig’idan boshlanib ikki tarmoqni hosil qiladi:
- bo’yinning chuqur arteriyasi, a.cervicalis profunda, orqa tomonga yo’nalib,
bo’yin va boshning yarim qirrali mushagini qon bilan ta’minlaydi.
- qovurg’alararo ustki arteriya a. intercostalis suprema, pastga yo’nalib I va
II qovurg’lararo sohaning orqa aeteriyasi, a.intercostalis posterior prima et
secundaga tarmoqlanadi.
III.O’mrov osti arteriyasining uchinchi qismi tarmoqlari
Bo’yinning ko’ndalang arteriyasi, a. transversa coli, oldingi narvonsimon
mushakning lateral chekkasi sohasida boshlanib, kurak o’simtasining medial uchi
sohasida ikki tarmoqqa bo'linadi:
- yuza tarmoq, r. superficialis, kurakni ko’taruvchi, bo’yinning tasmasimon
va trapetsiyasimon mushaklarini qon bilan ta’minlaydi
- chuqur tarmoq, r. profundus, pastga yo’nalib rombsimon, orqaning yuqori
tishsimon, kurak osti va orqaning keng mushaklarini qon bilan ta’minlaydi.
Qo’ltiq osti arteriyasi
Qo’ltiq osti arteriyasi, a. axillaris, - o’mrov osti arteriyasining bevosita
davomi bo’lib, qo’ltiq osti chuqurchasida yelka chigali poyalari o’rtasida
joylashgan. Katta ko’krak mushagining pastki chekkasida u yelka arteriyasiga o’tib
ketadi. Qo’ltiq osti arteriyasi uch qismga bo’lib o’rganiladi.
Qo’ltiq osti arteriyasining birinchi qismi, ko’krak-o’mrov uchburchagi
sohasida joylashib quyidagi tarmoqlarni hosil qiladi
- Ko’krakning yuqorigi arteriyasi, a. thoracica superior, I-II qovurg’a
oralig’iga yo’naladi va qovurg’alararo mushaklar, o’mrov osti, katta, kichik
ko’krak, oldingi tishsimon mushaklarga tarmoqlanadi.
- akromion ko’krak arteriyasi, a. thoroco-acromialis, kichik ko’krak
mushagining yuqori chekkasi sohasida boshlanib, to’rtta tarmoqqa bo’linadi:
akromion tarmog’i, r. acromialis, akromion-o’mrov bo’g’imi, qisman yelka
bog’imi xaltasini, o’mrov tarmog’I, r. clavicularis, o’mrov suyagi va o’mrov
osti mushagini, deltasimon tarmog’i, r. deltoideus, deltasimon va katta
ko’krak mushagi sohasini, ko’krak tarmoqlari, rr. pectorales, katta va kichik
ko’krak mushaklarini qon bilan ta’minlaydi.
Qo’ltiq osti arteriyasining ikkinchi qismi, ko’krak uchburchagi sohasida
joylashib quyidagi tarmoqlarni hosil qiladi:
- ko’krakning lateral arteriyasi, a. thoracica lateralis, chiqib oldingi
tishsimon mushakni tashqi yuzasi bo’ylab tarmoqlanadi. Undan sut bezlariga
rr. mammaria lateralis chiqadi.
Qo’ltiq osti arteriyasining uchinchi qismi, ko’krak osti uchburchagi
sohasida quyidagi tarmoqlarni hosil qiladi:
-kurakosti arteriyasi, a .subscapularis, qo’ltiq osti arteriyaisining eng yirik
tarmog’i bo’lib ikkiga bo’linadi a, ko’k rak orqa arteriyasi a.thoroco dorsalis
kurakning lateral chekkasi bo’ylab yo’nalib, oldingi tishsimon, kurak osti,
katta yumaloq va orqaning serbar mushagini qon bilan ta’minlaydi b, kurak
suyagini aylanib o’tuvchi arteriya a.sircumflexa scapulae, uch tomonli teshik
orqali kurakning orqa yuzasiga o’tib, kurak qirrasi usti, kurak qirrasi osti,
hamda kichik yumaloq mushaklarni va shu soha terisini qon bilan
ta’minlaydi.
- yelka suyagini oldidan aylanib o’tuvchi arteriya ,a. circumflexa humeri
anterior, yelka suyagining xirurgik bo’ynini oldidan aylanib o’tib, yelka
bo’g’imi va deltasimon mushakni qon bilan ta’minlaydi.
- yelka suyagini orqadan aylanib o’tuvchi arteriya ,a. circumflexa humeri
posterior, to’rt tomonli teshik orqali kurakni orqa yuzasiga o’tib, oldingi shu
nomli arteriya bilan anastomoz hosil qilib yelka bo’g’imini va uning atrofida
joylashgan mushaklarni qon bilan ta’minlaydi.
Yelka arteriyasi
Yelka arteriyasi, a. brachialis, qo’ltiq osti arteriyasining bevosita davomi
bo’lib, katta ko’krak mushagining pastki chekkasi sohasida boshlanadi. Yelka
sohasida sulcus bicipitalis medialis bo’ylab tirsak chuqurchasiga yo’naladi.
So’ngra bilak suyagi bo’yni sohasida bilak va tirsak arteriyalariga bo’linadi.
Yelka arteriyasi tarmoqlari:
- mushak tarmoqlari r. muscularis yelka mushaklariga tarmoqlanadi.
- yelkaning chuqur arteriyasi, a. profunda brachii, boshlanish sohasida yelka
suyagi va mushaklariga aa. nutricae humeri, r.deltoideus tarmoqlarini hosl
qiladi. So’ngra bilak nervi bilan yelka-mushak kanali bo’ylab yo’nalib
ikkiga bo’linadi. Birinchisi yelkaning uch boshli mushagini qon bilan
ta’minlovchi o’rta yonlanma arteriya, a. collateralis media, tirsak egati
bo’ylab
yo’nalib
orqaga
qaytuvchi
suyaklararo
arteriya
bilan
anastomozlashadi.
Ikkinchisi
bilak
tomondagi
yonlama
arteriya,
a.collateralis radialis, oldingi lateral bilak egati bo’ylab yo’nalib orqaga
qaytuvchi bilak arteriyasi bilan anastomozlashadi.
- tirsak tomondagi yuqori yonlama arteriya, a. collateralis ulnaris superior,
yelkaning o’rta qismidan boshlanib tirsak nervi bilan pastga yo’naladi.
So’ngra orqa tirsak egati orqali o’tib orqaga qaytuvchi tirsak arteriyasi orqa
shoxi bilan anastomozlashadi.
- tirsak tomondagi pastki yonlama arteriya, a. collateralis ulnaris inferior,
yelka suyagining medial o’simtasi sohasidan boshlanadi va yelka mushagi
medial chekkasi bo’ylab yo’naladi. So’ngra orqaga qaytuvchi tirsak
arteriyasining oldingi shoxi bilan anastomozlashadi.
Yonlama arteriyalarning barchasi tirsak bo’g’imi atrofida arterial to’r hosil
qilishda ishtirok etadi va shu bo’g’imni, atrofidagi mushaklar va terini qon
bilan ta’minlaydi.
Bilak va qo’l panjasi arteriyalari
Bilak arteriyasi, a. radialis, yelka arteriyasining bevosita davomi bolib,
yumaloq pronator va yelka-bilak mushaklari orasidan o’tib pastga yo’naladi.
Bilakning distal qismida kvadrat pronator mushak birikish sohasida teri va fassiya
ostida yuza joylashgan bo’lib ushbu sohadan puls aniqlanadi. So’ngra bilak suyagi
bigizsimon o’simtasini aylanib qo’l kaftining orqa tomoniga yo’naladi bosh va
ko’rsatkich barmoqni qon ta’minlovchi tarmoqlarni hosil qiladi. Shu sohada tirsak
arteriyasining chuqur kaft tarmog’i bilan anastomozlashib arcus palmaris
profundusni hosil qiladi.
Bilak arteriyasi tarmoqlari:
- mushak tarmoqlari, rr . muscularis, arteriyaning bor bo’yicha chiqib
atrofidagi mushaklarni qon bilan ta’minlaydi.
- bilakdan orqaga qaytuvchi arteriya, a.recurrens radialis, bilak
arteriyasining boshlanish qismidan chiqib yuqoriga va lateral tomonga
yo’nalib, oldingi lateral bilak egatida bilak tomondagi yonlama arteriya bilan
anastomozlashadi.
- kaft usti-kaft tarmog’i, r. carpalis palmaris, bigizsimon o’simta sohasidan
boshlanib medial tomonga yo’nalib tarmoqlanadi va tirsak arteriyasining shu
nomli tarmoqlari bilan anastomozlashib retecarpi palmareni hosil qiladi.