Ona tili darslari bilan husnixat darslarini bog’lab o’tish metodikasi

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

8

File size

Fayl hajmi

34,9 KB


Ona tili darslari bilan husnixat darslarini bog’lab o’tish metodikasi
Reja: 
1. O’quvchilarni yozdirishga boshlashdan oldin to’g’ri o’tirish qoidalari bilan
tanishtirish. 
2. Bir chiziqli daftrada harflarning balandligi va qiyaligini chamalab yozishga
o’rgatish
3. Ona tili darslari bilan husnixat darslarini bog’lab o’tish metodikasi
  Birinchi sinfda yozuv mashqlarini tashkil etish birmuncha murakkab bo’lib, u
bir necha davrlarga bo’linadi va bir necha xil vazifalarni o’z ichiga oladi. Bolalar
o’qituvchining so’zini tinglaydilar, doskaga  yozgan harf va so’zlarni ko’rib
boradilar,  ayrim  matnlarni  ko’chirib  yozadilar,  so’z  va  bo’g’inlarni  tahlil
qiladilar, nuqtalar bilan ifodalangan harflarning ustidan bo’yaydilar va h.k.
Ayrim vaqtlarda o’qituvchi o’quvchilarni yozdirishga boshlashdan oldin
to’g’ri o’tirish qoidalarini tushuntirib beradi, ammo dars o’rtalariga borib, bu
narsa  ularning  esidan  chiqib  qoladi,  natijada  o’quvchilar  qanday  noto’g’ri
o’tirgan bo’lsalar darsning oxirigacha shunday o’tiradilar.
Shuning  uchun  o’qituvchi  butun  dars  davomida  o’quvchilarga  to’g’ri
o’tirish qoidalarini eslatib turishi, maqsadga muvofiqdir. Bu masalani oson hal
etishning  yana  bir  yo’li  sinfga  to’g’ri  o’tirish  va  ruchkani  to’g’ri  ushlash
qoidalari ko’rsatilgan ko’rgazmali qurollar osib qo’yishdir. 
O’quvchilarda  chiroyli  aniq  va  toza  yozishga  qiziqish  va  muhabbat
uyg’otish uchun birinchi navbatda o’qituvchining o’zi chiroyli yozishi lozim, bu
sohada o’quvchilarning taqlidchanligini unutmaslik kerak.
Logotip
Ona tili darslari bilan husnixat darslarini bog’lab o’tish metodikasi Reja: 1. O’quvchilarni yozdirishga boshlashdan oldin to’g’ri o’tirish qoidalari bilan tanishtirish. 2. Bir chiziqli daftrada harflarning balandligi va qiyaligini chamalab yozishga o’rgatish 3. Ona tili darslari bilan husnixat darslarini bog’lab o’tish metodikasi Birinchi sinfda yozuv mashqlarini tashkil etish birmuncha murakkab bo’lib, u bir necha davrlarga bo’linadi va bir necha xil vazifalarni o’z ichiga oladi. Bolalar o’qituvchining so’zini tinglaydilar, doskaga yozgan harf va so’zlarni ko’rib boradilar, ayrim matnlarni ko’chirib yozadilar, so’z va bo’g’inlarni tahlil qiladilar, nuqtalar bilan ifodalangan harflarning ustidan bo’yaydilar va h.k. Ayrim vaqtlarda o’qituvchi o’quvchilarni yozdirishga boshlashdan oldin to’g’ri o’tirish qoidalarini tushuntirib beradi, ammo dars o’rtalariga borib, bu narsa ularning esidan chiqib qoladi, natijada o’quvchilar qanday noto’g’ri o’tirgan bo’lsalar darsning oxirigacha shunday o’tiradilar. Shuning uchun o’qituvchi butun dars davomida o’quvchilarga to’g’ri o’tirish qoidalarini eslatib turishi, maqsadga muvofiqdir. Bu masalani oson hal etishning yana bir yo’li sinfga to’g’ri o’tirish va ruchkani to’g’ri ushlash qoidalari ko’rsatilgan ko’rgazmali qurollar osib qo’yishdir. O’quvchilarda chiroyli aniq va toza yozishga qiziqish va muhabbat uyg’otish uchun birinchi navbatda o’qituvchining o’zi chiroyli yozishi lozim, bu sohada o’quvchilarning taqlidchanligini unutmaslik kerak.
Boshlang’ich sinf dasturining so’nggi bosqichida yozuvga o’rgatish o’qish
darsi  bilan  yozuv  darsini  bog’lab  o’tishni  maqsad  qilib  qo’yadi.  O’qish
darslarida o’quvchi tovush hamda bosma harflar bilan tanishtirilsa, tovush va
harflarni tahlil va taqlid qilish orqali ularning nutqi o’stiriladi. Shu kabi ayrim
yozuv darsi ham o’zining ayrim maxsus xususiyatiga ega. Masalan, o’;quvchilar
o’qish darsida alifbe kitobidagi tayyor bosma harflardan foydalansalar, yozuv
darsida bu narsa ko’rinmaydi. Har bir harf va uning elementlarini o’quvchining
o’zi namunaga qarab bajarishlari shart. Harf va uning elementlari orasidagi
masofalarni to’g’ri saqlash hamda daftarga bir tekis yozish endigina yozishga
o’rganayotgan o’quvchi uchun qiyinchilik tug’dirishi mumkin.
Shuning uchun ham bu sinfda yozuvga o’rgatish o’z navbatida quyidagi
qator  tushunchalarni  bilishi talab etiladi. Masalan  “baland- past”, “bir xil”,
“keng- tor”, “yaqin-uzoq”, “yuqoriga”, “pastga”, “o’rta”, “oraliq”, “uzunroq-
kaltaroq”, “teng”, “to’g’ri chiziq”, “qiya chiziq”, “o’ngga- chapga” va h.k
O’qituvchi yozuvga o’rgatishdan oldin o’quvchilar bilan yuqorida q ayd
etilgan tushunchalar ustida ish olib borishi lozim. Bu o‘quvchilarga harflarning
shaklini uning harakatini yaxshi tushuntirishlariga katta yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda , yozish malakasi o’qish malakasiga nisbatan ancha
murakkabdir. Shuning uchun birinchi sinfda yozuv mashqlari uchun berilgan
alifbegacha bo’lgan davrni birmuncha uzaytirish mumkin.
Ammo bu davrda yozuv darsi bilan o’qish darsi o’rtasida birmuncha farq
bo’lishi mumkin, bundan cho’chimaslik kerak, chunki bu vaqtda o’quvchilar
so’z va harflarni otilgan materialllar asosida yozib o’rganadilar.
Keyinchalik esa o’qish bilan yozuv darsi bir- biri bilan, uzviy bog’langan
holda davom etadi. Yozuv darsiga taaluqli bo’lgan ayrim xususiyatlar hisobga
olingan holda tayyorgarlik mashqlari beriladi.
O’qishning birinchi haftalaridagi tayyorgarlik mashqlari, asosan, og’zaki
nutqni o’stirishga qaratiladi. Ammo butun bir soatlik dars davomida og’zaki
nutq bilan shug’ullanish bolalarni zeriktirib qo’yishi mumkin. Shuning uchun bu
darslarning yarmini og’zaki nutq o’stirishga , ikkinchi yarmini esa yozuv darsiga
taalluqli  bo’lgan  tayyorgarlik  mashqlarini  bajarishga  qaratish  lozim.  Bu
mashqlarni qiziqarli chiqishi uchun rangli qalam yoki flomasterdan foydalanish
Logotip
Boshlang’ich sinf dasturining so’nggi bosqichida yozuvga o’rgatish o’qish darsi bilan yozuv darsini bog’lab o’tishni maqsad qilib qo’yadi. O’qish darslarida o’quvchi tovush hamda bosma harflar bilan tanishtirilsa, tovush va harflarni tahlil va taqlid qilish orqali ularning nutqi o’stiriladi. Shu kabi ayrim yozuv darsi ham o’zining ayrim maxsus xususiyatiga ega. Masalan, o’;quvchilar o’qish darsida alifbe kitobidagi tayyor bosma harflardan foydalansalar, yozuv darsida bu narsa ko’rinmaydi. Har bir harf va uning elementlarini o’quvchining o’zi namunaga qarab bajarishlari shart. Harf va uning elementlari orasidagi masofalarni to’g’ri saqlash hamda daftarga bir tekis yozish endigina yozishga o’rganayotgan o’quvchi uchun qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Shuning uchun ham bu sinfda yozuvga o’rgatish o’z navbatida quyidagi qator tushunchalarni bilishi talab etiladi. Masalan “baland- past”, “bir xil”, “keng- tor”, “yaqin-uzoq”, “yuqoriga”, “pastga”, “o’rta”, “oraliq”, “uzunroq- kaltaroq”, “teng”, “to’g’ri chiziq”, “qiya chiziq”, “o’ngga- chapga” va h.k O’qituvchi yozuvga o’rgatishdan oldin o’quvchilar bilan yuqorida q ayd etilgan tushunchalar ustida ish olib borishi lozim. Bu o‘quvchilarga harflarning shaklini uning harakatini yaxshi tushuntirishlariga katta yordam beradi. Xulosa qilib aytganda , yozish malakasi o’qish malakasiga nisbatan ancha murakkabdir. Shuning uchun birinchi sinfda yozuv mashqlari uchun berilgan alifbegacha bo’lgan davrni birmuncha uzaytirish mumkin. Ammo bu davrda yozuv darsi bilan o’qish darsi o’rtasida birmuncha farq bo’lishi mumkin, bundan cho’chimaslik kerak, chunki bu vaqtda o’quvchilar so’z va harflarni otilgan materialllar asosida yozib o’rganadilar. Keyinchalik esa o’qish bilan yozuv darsi bir- biri bilan, uzviy bog’langan holda davom etadi. Yozuv darsiga taaluqli bo’lgan ayrim xususiyatlar hisobga olingan holda tayyorgarlik mashqlari beriladi. O’qishning birinchi haftalaridagi tayyorgarlik mashqlari, asosan, og’zaki nutqni o’stirishga qaratiladi. Ammo butun bir soatlik dars davomida og’zaki nutq bilan shug’ullanish bolalarni zeriktirib qo’yishi mumkin. Shuning uchun bu darslarning yarmini og’zaki nutq o’stirishga , ikkinchi yarmini esa yozuv darsiga taalluqli bo’lgan tayyorgarlik mashqlarini bajarishga qaratish lozim. Bu mashqlarni qiziqarli chiqishi uchun rangli qalam yoki flomasterdan foydalanish
mumkin. Bu davrda husnixatga oid tayyorgarlik mashqlarini tashkil etish muhim
ahamiyatga ega.
Kichik  yoshdagi  o’quvchilarning  barmoq  va  qo’l  muskullari  yaxshi
rivojlanmaganligini hisobga olib, oddiy katak daftarga (5*5mm) yozdirish talab
etiladi.  Bunday  kataklar  ichida  raqamlarni  yozishga  o’rgatish  va  boshqa
matematik yozuvlarni bajarish ancha oson.
O’quvchilarni  raqamlarni  yozishga  o’rgatish  jarayonida  ko’zlangan
maqsadga  erishish  uchun  yozuv  mashqlarini  to’g’ri  tashkil  etish  va  uning
uslublaridan to’g’ri foydalanish lozim. Bolalarni raqamlarni to’g’ri yozishga
o’rgatishda  mustaqil  va  amaliy  ishlarga  ham  alohida  e’tibor  berish  lozim.
Chunki o’quvchilar harflarni bo’yash , kataklarga joylashtirish orqali ham yozuv
malakasini egallashga o’rganadilar.
Tayyorgarlik  mashqlari  tugagandan  so’ng  o’quvchilarni  raqamlarni
yozishga o’rgatiladi.
Raqamlarni to’g’ri yozish uchun quyidagi talablarga amal qilish kerak:
1. Hamma raqamlar kataklar ichida to’ldirib bir tomonga qiya qilib yoziladi.
2. Raqamlarning eni balandligining 2/3 qismida yoziladi.
3. Har bir raqamni yozdirishdan oldin u qanday elemantlardan tuzilganligini va
yozilish harakatlarini doskada amaliy ko’rsatiladi.
4. Namuna tarzida yozib ko’rsatilayotgan raqam doskada katta hajmda bo’lib,
har bir o’quvchiga ko’rinib turishi lozim.
2. O’quvchining  o’qituvchining  ko’rsatmasi  asosida  havoda  mashq
qilganlaridan so’ng yozishga ruxsat etiladi.
3. O’quvchilarning yozgan raqamlarini o’qituvchi muntazam kuzatib , tegishli 
yordam berib borishi zarur.
Ayrim o’qituvchilar raqamlarni yozish qoidalarini o’zlari ham bilmasliklari 
mumkin, shuning uchun biz quyida raqamlarni qanday yozilish qoidalarini 
ko’rsatib o’tamiz.
  
 Raqami ikki  tayoqchadan iborat bo’lib, uzun tayoqcha daftar katagining yuqori
burchagidan pastki ko’ndalang chiziqning o’rtasigacha qiya qilib tushiriladi.
Kichik tayoqcha bilan uzun tayoqcha , qo’l harakatini uzmasdan bir butun
shaklda yoziladi. 
Logotip
mumkin. Bu davrda husnixatga oid tayyorgarlik mashqlarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Kichik yoshdagi o’quvchilarning barmoq va qo’l muskullari yaxshi rivojlanmaganligini hisobga olib, oddiy katak daftarga (5*5mm) yozdirish talab etiladi. Bunday kataklar ichida raqamlarni yozishga o’rgatish va boshqa matematik yozuvlarni bajarish ancha oson. O’quvchilarni raqamlarni yozishga o’rgatish jarayonida ko’zlangan maqsadga erishish uchun yozuv mashqlarini to’g’ri tashkil etish va uning uslublaridan to’g’ri foydalanish lozim. Bolalarni raqamlarni to’g’ri yozishga o’rgatishda mustaqil va amaliy ishlarga ham alohida e’tibor berish lozim. Chunki o’quvchilar harflarni bo’yash , kataklarga joylashtirish orqali ham yozuv malakasini egallashga o’rganadilar. Tayyorgarlik mashqlari tugagandan so’ng o’quvchilarni raqamlarni yozishga o’rgatiladi. Raqamlarni to’g’ri yozish uchun quyidagi talablarga amal qilish kerak: 1. Hamma raqamlar kataklar ichida to’ldirib bir tomonga qiya qilib yoziladi. 2. Raqamlarning eni balandligining 2/3 qismida yoziladi. 3. Har bir raqamni yozdirishdan oldin u qanday elemantlardan tuzilganligini va yozilish harakatlarini doskada amaliy ko’rsatiladi. 4. Namuna tarzida yozib ko’rsatilayotgan raqam doskada katta hajmda bo’lib, har bir o’quvchiga ko’rinib turishi lozim. 2. O’quvchining o’qituvchining ko’rsatmasi asosida havoda mashq qilganlaridan so’ng yozishga ruxsat etiladi. 3. O’quvchilarning yozgan raqamlarini o’qituvchi muntazam kuzatib , tegishli yordam berib borishi zarur. Ayrim o’qituvchilar raqamlarni yozish qoidalarini o’zlari ham bilmasliklari mumkin, shuning uchun biz quyida raqamlarni qanday yozilish qoidalarini ko’rsatib o’tamiz. Raqami ikki tayoqchadan iborat bo’lib, uzun tayoqcha daftar katagining yuqori burchagidan pastki ko’ndalang chiziqning o’rtasigacha qiya qilib tushiriladi. Kichik tayoqcha bilan uzun tayoqcha , qo’l harakatini uzmasdan bir butun shaklda yoziladi.
  
Raqami  yozuvdagi  so’roq  belgisiga  o’xshash  bo’lib,  bir  butun  shaklda
yoziladi, pastki to’lqinsimon chizig’i daftar pastki chizig’ining ustida joylashadi.
Uni tuguncha yoki to’g’ri shaklida yozish mumkin emas. 
  
Raqami ikki elementdan, ustki va pastki yarim chiziqlar hamda doiralarda iborat
bo’lib, qo’l harakati uzilmay bir- biriga bog’lab yoziladi. Bu raqamni yozishda
uning qiyaligiga e’tibor berish lozim. #69
Raqami uch element “tayoqcha” lardan iborat bo’lib, uchinchi tayoqchani
yozishda qo’l harkati uziladi. Uning birinchi tayoqchasi daftar katagining yuqori
chizig’iga o’rtasidan boshlanib, bir tomonga qiya holatda katakning o’rtasidan
bir oz pastroqqa tushiriladi va o’ng tomoga qo’l harakatini uzmasdan ko’ndalang
chiziq chiziladi. 
  
Raqami  uch  elementdan  iborat  bo’lib,  birinchi  kichik  yoy  shaklidagi
elementi  yoziladi,  so’ngra  kichik  tayoqcha  va  o’ng  yarim  doira  shaklidagi
elementlari qo’l harakatini uzmasdan bog’lab yoziladi. 
Raqami bir butun shaklda yoziladi u chap yarim cho’zinchoq doiaradan
iborat
  Raqami uch elementdan iborat bo’lib, kichik to’lqinsimon chiziqdan iborat.
Kichik ko’ndalang tayoqcha, uzun tayoqchaning teng o’rtasida bo’lishi shart
   Raqami, kichik va katta cho’zinchoq doiralardan iborat bo’lib, butun shaklda qo’l
harakatini uzmay yoziladi. 
Raqami kichik cho’zinchoq doira va o’ng yarim cho’zinchoq doiradan iborat
bolib, bir butun shaklda yoziladi. 
  0-nol alifbodagi “o” harfi shaklida quyidagicha yoziladi. 
  Yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha qoidalarni o’qituvchi koundalik dars jarayonida
o’quvchilarga eslatib ko’rsatib borish lozim.
Har  bir  o’quvchi  raqamlarni  qayerdan  boshlashni  katak  ichida  qanday
joylashtirish, qayerda tugashini yaxshi o’rganib olgan taqdirdagina xatoga yo’l
qo’ymaydilar.
O’quvchilar  oddiy  katak  daftarga  o’tganlaridan  so’ng  raqamlarning
o’lchami maydalashib boradi, chunki misol va masalalarni yechishda raqamlar
bir-  biri  bilan  qo’shilib  ketmasligi  kerak.  Shuning  uchun  raqamlarni  katak
daftarning ko’ndalang chizig’I ustida yozish mashq qildiriladi. 
Logotip
Raqami yozuvdagi so’roq belgisiga o’xshash bo’lib, bir butun shaklda yoziladi, pastki to’lqinsimon chizig’i daftar pastki chizig’ining ustida joylashadi. Uni tuguncha yoki to’g’ri shaklida yozish mumkin emas. Raqami ikki elementdan, ustki va pastki yarim chiziqlar hamda doiralarda iborat bo’lib, qo’l harakati uzilmay bir- biriga bog’lab yoziladi. Bu raqamni yozishda uning qiyaligiga e’tibor berish lozim. #69 Raqami uch element “tayoqcha” lardan iborat bo’lib, uchinchi tayoqchani yozishda qo’l harkati uziladi. Uning birinchi tayoqchasi daftar katagining yuqori chizig’iga o’rtasidan boshlanib, bir tomonga qiya holatda katakning o’rtasidan bir oz pastroqqa tushiriladi va o’ng tomoga qo’l harakatini uzmasdan ko’ndalang chiziq chiziladi. Raqami uch elementdan iborat bo’lib, birinchi kichik yoy shaklidagi elementi yoziladi, so’ngra kichik tayoqcha va o’ng yarim doira shaklidagi elementlari qo’l harakatini uzmasdan bog’lab yoziladi. Raqami bir butun shaklda yoziladi u chap yarim cho’zinchoq doiaradan iborat Raqami uch elementdan iborat bo’lib, kichik to’lqinsimon chiziqdan iborat. Kichik ko’ndalang tayoqcha, uzun tayoqchaning teng o’rtasida bo’lishi shart Raqami, kichik va katta cho’zinchoq doiralardan iborat bo’lib, butun shaklda qo’l harakatini uzmay yoziladi. Raqami kichik cho’zinchoq doira va o’ng yarim cho’zinchoq doiradan iborat bolib, bir butun shaklda yoziladi. 0-nol alifbodagi “o” harfi shaklida quyidagicha yoziladi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha qoidalarni o’qituvchi koundalik dars jarayonida o’quvchilarga eslatib ko’rsatib borish lozim. Har bir o’quvchi raqamlarni qayerdan boshlashni katak ichida qanday joylashtirish, qayerda tugashini yaxshi o’rganib olgan taqdirdagina xatoga yo’l qo’ymaydilar. O’quvchilar oddiy katak daftarga o’tganlaridan so’ng raqamlarning o’lchami maydalashib boradi, chunki misol va masalalarni yechishda raqamlar bir- biri bilan qo’shilib ketmasligi kerak. Shuning uchun raqamlarni katak daftarning ko’ndalang chizig’I ustida yozish mashq qildiriladi.
Matematika darslarida ham yozuvning sifat va samaradorligini oshirish
uchun umumiy metodik, gigiyenik va kallografik talablar qo’yiladi.
Maktab  dasturida  ko’rsatilganidek,  bolalarning  yozuvlari  toza,  aniq  va
chiroyli bo’lishi kerak.
Bu talabni har bir o’quvchi yaxshi bilishi va sedan chiqarmasligi kerak,
shundagina “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunni bajargan bo’lamiz.
Alifbodagi barcha harflarni to’g’ri yozishga o’rgatib mashq qildirilgandan
so’ng  ham  ayrim  o’quvchilar  harf  va  uning  elementlarini  buzib  yozadilar.
Bunday  xatolarni  bo’lmasligi  uchun  o’quvchilar  bilan  turli  mashqlarni
bajarishlozim.
Bir chiziqli daftrada harflarning balandligi va qiyaligini chamalab yozishga
o’rgatish asosiy maqsad qilib qo’yilishi kerak. Harflarning qiyaligini to’g’ri
saqlash daftarning parta ustidagi holatiga ham bog’liq. Bu haqida biz daftra
tutish qoidalari bo’limida batafsil to’xtalganmiz.
Harflarning  balandligini  chamalab  yozishga  o’rgatilgandan  so’ng,
harflarning qiyaligini to’g’ri saqlashga yordam beruvchi hamda tekshiruvchi
qo’shimcha qiya chiziqlar orqali mashq qildirish mumkin:
Bunda  o’quvchilar  harflar  yonidagi  tayoqchalarga  qarab  harflarning
qiyaligini to’g’rilab , o’zlarining yozuvlarini tekshirib boradilar.
Katta va kichik harflarning yozilishi qoidalari birinchi yarim yilda aniq
ko’rsatib  o’tilgan,  shuning  uchun  har  bir  harfning  yozilish  vositasi  ustida
to’xtalib o’tmay, bir chiziqli daftrada harflarning joylashishi, tezligi, murakkab
bog’lanishlar  qiyalikni  saqlash  qoidalari  ,  qo’l  uzmay  yozish,  chamalashga
o’rgatish, xatolar ustida mashq qilish kabilar ustida to’xtalib o’tamiz.
O’quvchining bu davrdagi eng asosiy  vazifalaridan biri chiroyli yozuv
uchun qo’yilgan talablarni yanada mustahkamlashdan iborat. Har bir chiroyli
yozuv darsida o’quvchilarning partada o’tirishlari, daftarning to’g’ri turishga
ruchkadan  foydalanish,  sinfdagi  yorug’likni  qaysi  tomondan  tushayotganligi
o’quvchining  diqqat  markazida  bo’lisghi  kerak.  Ammo  yozuv  gigiyenasi
talablari bo’yicha uzluksiz yozuv mashg’uloti 8-10 minutdan oshmasligi zarur. 
Masalan kichik “u” harfining yozilish qoidalari o’quvchilarga tanish bo’lsa
ham, bir chiziqli daftraga uning yozilish qoidalarini qayta ko’rsatib berish zarur:
Logotip
Matematika darslarida ham yozuvning sifat va samaradorligini oshirish uchun umumiy metodik, gigiyenik va kallografik talablar qo’yiladi. Maktab dasturida ko’rsatilganidek, bolalarning yozuvlari toza, aniq va chiroyli bo’lishi kerak. Bu talabni har bir o’quvchi yaxshi bilishi va sedan chiqarmasligi kerak, shundagina “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunni bajargan bo’lamiz. Alifbodagi barcha harflarni to’g’ri yozishga o’rgatib mashq qildirilgandan so’ng ham ayrim o’quvchilar harf va uning elementlarini buzib yozadilar. Bunday xatolarni bo’lmasligi uchun o’quvchilar bilan turli mashqlarni bajarishlozim. Bir chiziqli daftrada harflarning balandligi va qiyaligini chamalab yozishga o’rgatish asosiy maqsad qilib qo’yilishi kerak. Harflarning qiyaligini to’g’ri saqlash daftarning parta ustidagi holatiga ham bog’liq. Bu haqida biz daftra tutish qoidalari bo’limida batafsil to’xtalganmiz. Harflarning balandligini chamalab yozishga o’rgatilgandan so’ng, harflarning qiyaligini to’g’ri saqlashga yordam beruvchi hamda tekshiruvchi qo’shimcha qiya chiziqlar orqali mashq qildirish mumkin: Bunda o’quvchilar harflar yonidagi tayoqchalarga qarab harflarning qiyaligini to’g’rilab , o’zlarining yozuvlarini tekshirib boradilar. Katta va kichik harflarning yozilishi qoidalari birinchi yarim yilda aniq ko’rsatib o’tilgan, shuning uchun har bir harfning yozilish vositasi ustida to’xtalib o’tmay, bir chiziqli daftrada harflarning joylashishi, tezligi, murakkab bog’lanishlar qiyalikni saqlash qoidalari , qo’l uzmay yozish, chamalashga o’rgatish, xatolar ustida mashq qilish kabilar ustida to’xtalib o’tamiz. O’quvchining bu davrdagi eng asosiy vazifalaridan biri chiroyli yozuv uchun qo’yilgan talablarni yanada mustahkamlashdan iborat. Har bir chiroyli yozuv darsida o’quvchilarning partada o’tirishlari, daftarning to’g’ri turishga ruchkadan foydalanish, sinfdagi yorug’likni qaysi tomondan tushayotganligi o’quvchining diqqat markazida bo’lisghi kerak. Ammo yozuv gigiyenasi talablari bo’yicha uzluksiz yozuv mashg’uloti 8-10 minutdan oshmasligi zarur. Masalan kichik “u” harfining yozilish qoidalari o’quvchilarga tanish bo’lsa ham, bir chiziqli daftraga uning yozilish qoidalarini qayta ko’rsatib berish zarur: