Ona tili, o’qish, matematika darslarida о‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish
Yuklangan vaqt
2024-03-08
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
825,0 KB
Metodik tavsiya
Ona tili, o’qish, matematika
darslarida о‘quvchilar
bilimidagi bo‘shliqlarni
to‘ldirish yuzasidan metodik
tavsiya
Mavzu: Ona tili, o’qish, matematika darslarida
о‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish
yuzasidan metodik tavsiya.
maqsadi:
o‘quvchilar
egallagan
bilim,
ko‘nikma
va
malakalarda
aniqlangan
bo‘shliqlarni
to‘ldirish,
dars
mashg‘uloti
jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni
hal
qilish,
o’quvchilar
o’rtasida
o’zaro
yordam, tengdoshlari fikrini hurmat qilishga
o’rgatish.
vazifasi:
oraliq
nazoratlar
yakunida
aniqlangan
bo’shliqlarni
bartaraf
etish,
keyingi oraliq nazorat ishlarida bo’shliqlarni
kamaytirish.
Tavsiyani
amaliyotda
qo‘llashga
oid
vositalar:
innovatsion texnologiyalar, test
topshiriqlari, amaliy ko’rsatmalar.
Tavsiyadan kutilayotgan
natijalar:
O`qituvchi:
O’quvchilar
bilimidagi
bo’shliqni yo’qotish, faol o’quvchilar sonini
ko’paytirish va dars samaradorligini oshirish.
O`quvchi:
o’zlashtira olmagan bilimlarini
o’rganish,
faol
o’quvchilar
yordamidan
foydalanish,
takrorlash
bilimning
onasi
ekanligini chuqur his qilish.
O’quvchilar
bilimidagi
bo’shliqlarni
aniqlashga katta e`tibor berish
O’quvchida bo’shliq bo’lish
sabablari 2 xil:
1) ichki sabab:
– o’quvchining axloqi, oiladagi mehnat tarbiyasidagi
kamchiliklari, ruhiy rivojlanishdagi kamchiliklar (ichki
qiziqish, irodasizlik), biologik rivojlanishdagi kamchiliklar;
2) tashqi sabab:
– maktab ta`siridagi (o’qitishdagi individual, o’qituvchilar,
o’quvchilar)
– maktabdan tashqaridagi muhitning ta`siridagi kamchilik
(oila, sinf, tengdoshlari, turar-joy va kattalar)
Sabablarni o’rganib olganimdan so’ng o’quvchi oilasi bilan
hamkorlikda ish olib borish. Sinfda har bir o’quvchining
xarakter-xususiyatini e`tiborga olgan holda muomila qilish,
sinfda o’zaro hurmat, do’stlik, ahil jamoani tarkib toptirish.
BO’SH O’ZLASHTIRUVCHI O’QUVCHILAR
QANDAY PAYDO BO’LADI?
Xatolar ustida ishlashni uyga vazifa qilib berilmasligi;
Uy vazifasini individuallashtirib berilmasa;
O’zlashtirish
zarur
bo’lgan
ma`lumot
(bilim)
takrorlanmasa;
Darsga
javob
berish
uchun
mustaqil
fikr
tuzishni
o’rgatilmasa;
Mustaqil ishlashga e`tibor berilmasa;
Kuchli
bilimga
ega
bo’lgan
o’quvchilarga
murakkab
topshiriqlar berilmasa;
Har chorak yakunida har bir fandan test sinovini o’tkazish.
O’tkazilgan test savollaridan
namunalar:
Ona tili fanidan:
Tutuq belgisi to’g’ri qo’yilgan so’z qatorini toping?
a) ra`sm, Bar`no
b) Ma`ruf, Jur`at
d) Sana`t, qala`
e) mash`al, qati`y
To’g’ri yozilgan so’z qatorini toping?
a) xandalak, xo’roz
b) xokandoz, ho’tik
d) paxta, handalak
e) pahta, tahta
Bo’g’in ko’chirish qoidasi noto’g’ri amalga oshirilgan qatorni toping?
a) si-ngil, ko’-ngil
b) tar-vuz, yash-nar
d) ko’n-gil, den-giz
e) ko’ng-lim, ba-hor
O’qish fanidan:
“Vatanjonim, vatanim” she`ri muallifi kim?
a) Abdulla Oripov
b) Normurod Narzullayev
d) Anvar Obidjon
e) Po’lat Mo’min
“Shu Vatan menikidir
Yuksalguvchi samoga.
Tanitgayman men endi
Yurtim nomin dunyoga”. Ushbu misralar kimning,
qaysi she`ridan olingan?
a) N.Narzullayev “Ozod vatan–obod vatan”
b) M.Qodir “Biz – Vatanning ertasi”
d) M.A`zam “Bolajon hayajoni”
e) P.Mo’min “Vatanjonim, vatanim”
“Oltin kuz” she`ri muallifi kim?
a) Abdulla Oripov
b) Tursunboy Adashboyev
d) Anvar Obidjon
e) Po’lat Mo’min
Matematika fanidan:
Ko’paytirish hadlari berilgan qatorni toping?
a) ko’paytuvchi, ko’paytuvchi, bo’linma
b) ko’paytuvchi, ko’paytuvchi, yig`indi
d) ko’paytuvchi, ko’paytuvchi, ko’paytma
e) bo’linuvchi, bo’luvchi, bo’linma
Kartoshka – 28 kg
Sabzi - ?, 6 kg ortiq
Hammasi bo’lib - ? kg
a) 34 kg
b) 22 kg
d) 62 kg
e) 56 kg
Birinchi hunarmand 19 ta beshik, ikkinchi
hunarmand undan 6 ta ko’p beshik yasadi. Ikkala
hunarmand nechta beshik yasashgan?
a) 25 ta
b) 13 ta
d) 46 ta
e) 44 ta