ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI FANIDAN KECHALAR, UCHRASHUVLAR, ERTALIKLARNI TASHKIL ETISH ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI FANIDAN UCHRASHUVLARNI TASHKIL ETISH.ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI FANIDAN KECHALAR TASHKIL ETISH
ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI FANIDAN KECHALAR,
UCHRASHUVLAR, ERTALIKLARNI TASHKIL ETISH ONA TILI VA
O‘QISH SAVODXONLIGI FANIDAN UCHRASHUVLARNI TASHKIL
ETISH.ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI FANIDAN KECHALAR
TASHKIL ETISH.ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI FANIDAN
UCHRASHUVLARNI TASHKIL ETISH.ONA TILI VA O‘QISH
SAVODXONLIGI FANIDAN ERTALIKLARNI TASHKIL ETISH.
Reja:
1. Umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi,
oʻquvchilarning boʻsh vaqtini tashkil etish shakllari.
2. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari.
3. Ona tili va o‘qish savodxonligi fanidan uchrashuvlar
Adabiy kechalar oʻtkazish, ekskursiyalar, fan olimpiadalari, turli bayram va
tadbirlar, koʻrik tanlovlar, toʻgaraklar tashkil etish, shoir va yozuvchilar bilan
uchrashuvlar.
Bevosita maktabning oʻzida darsdan tashqari oʻtiladigan mashgʻulotlar sinfdan
tashqari ishlar deb ataladi. Bevosita maktabdan tashqarida tashkil etiladigan
tadbirlar esa maktabdan tashqari tadbirlar deyiladi. Demak, bundan bilishimiz
mumkinki, darslardan tashqarida mashgʻulotlar olib borilishi oʻquvchilarning bilim
saviyasini oshirishda dasturilamal boʻlib xizmat qiladi. Qolaversa, sinfdan tashqari
ishlarning ahamiyatini biz oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil
etishda koʻrishimiz mumkin, ya’nikim har bir tashkil qilingan sinfdan tashqari
ishlarda oʻquvchilar qoʻshimcha bilimga va malakaga ega boʻladilar. Yuqorida
aytilganidek, sinfdan tashqari ishlar turlarga boʻlingan holda turli fanlardan va
sinflardan turli shakllarda olib borilishi mumkin.
Sinfdan tashqari ishlarning turlariga toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak, adabiy
kechalar har bir fandan oʻtkazilishi mumkin. Koʻpincha bunda yuqori sinflarda fan
oyliklar doirasida oʻtkaziladi. Ona tili va adabiyotdan esa Alisher Navoiyga
bagʻishlangan, Zahiriddin Muhammad Boburga atab tashkillashtirilgan adabiy
kechalarni kiritsak boʻladi.
Bayram va tadbirlarga esa har bir mavsumdagi mavsumiy tadbirlarni
kiritishimiz mumkin. Bayramlar va tadbirlar ssenariylar asosida tashkil etiladi.
Ekskursiyalarda turli xil muzeylar va metro bekatlari boʻylab sayohatni
kiritishimiz mumkin ekan. Shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar jonli muloqot
tarzida tashkil qilinib, bunda oʻquvchilarga tanish boʻlgan shoir va yozuvchilar
taklif etish maqsadga muvofiq boʻladi. Mehmon bolalar adabiyoti vakili boʻlishi
lozim.
Sinfdan tashqari ishlar oʻquvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va
ularni hayotga tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlariga
oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan
turli xil mashgʻulotlar tizimi kiradi. Bunday mashgʻulotlar pedagogik jamoa, sinf
rahbari, yoshlar tashkilotlari rahbarligi va bolalarning oʻz-oʻzini boshqarish
tashkilotlari tomonidan darsdan tashqari vaqtda uyushtiriladi. Oʻquvchilarning
sinfdan tashqari ishlarini tashkil etishda oʻquvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh
tabiatshunoslar, yosh sayyoxlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar
katta yordam beradi.
Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktab
klublaridagi tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar oʻtkazish, viktorina va
koʻrgazmalar uyushtirish, tabiat qoʻyniga, maktab va muzeylarga ekskursiyalarga
chiqish), toʻgarak ishlari (oʻquvchilarning turli toʻgaraklar, sport seksiyalari,
ansambllardagi qatnashishlari), mustaqil ishlar (oʻquvchilarning sinfdan tashqari
oʻqishi, kolleksiya toʻplashi, texnika, musiqa, tasviriy sanʼat, chizmachilik va sh.k.
bilan mustaqil shugʻullanishi)ni koʻrsatish mumkin.Sinfdan tashqarida, ammo
maktab territoriyasida o’quvchilar bilan birgalikda amalga oshiriladigan ishlar
sinfdan tashqari ishlar deb aytiladi. O’qituvchilarning deyarli hamma qismi sinfdan
tashqari ishlarga jalb etiladi va undan o’quvchini har tomonlama rivojlantirishning
muhim vositasi sifatida foydalanadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar o’ziga xos
xususiyatlari bilan mashg’ulotlardan farq qiladi. Bu ish ixtiyoriy xarakterga ega
bo’lib, o’quvchilar o’z qiziqishlariga va layoqatlariga qarab turli xil to’garaklarga
qatnashadilar, darsdan tashqari vaqtda o’tkaziladigan oilaviy va individual ishlarga
ham o’z istaklari bilan ishtirok etadilar. Sinfdan tashqari ishlarning turlari va
shakllari xilma-xil bo’lib, har bir maktab bu ishga istesnosiz, hamma o’quvchilarni
tortishi talab etiladi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning mazmuni va formasi
asosan o’quvchilarning qiziqishlariga, talablariga hamda ularning shaxsiy
xohishlariga va mahalliy sharoitlariga bog’liq holda amalga oshiriladi. O’zbekiston
xalq ta’limi vazirligining 1994 yilda chiqargan “Sinfdan va maktabdan tashqari
tarbiyaviy ishlar konsepsiyalari”da ko’rsatib o’tilgan talablarga muvofiq tarbiyaviy
ishlarni tashkil etishda ayniqsa, o’quvchilarga mustaqillik berish alohida
ta’kidlangan. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning asosiy vazifasidan biri -
o’quvchilar hayotini zavqli, sermazmun va madaniy qilish, ularni jamoa bo’lib
yashashga va ishlashga o’rgatishdan iborat.Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning
shakllari: a) og’zaki ish usullari (siyosiy axborotlar, majlislar, sborlar, ma’ruzalar,
dokladlar, munozaralar, uchrashuvlar, savoljavob kechalari, bahslar va x.o.); b)
amaliy ish usullari: kultpoxodlar, ekskursiyalar, spartakiadalar, olimpiadalar,
konkurslar va o’quvchilar faollari bilan olib boriladigan ishlar, yashil patrullar,
texnika ijodi, yosh texniklar to’garaklari, shanbaliklar va boshqalar; v) ko’rgazmali
ish usullari: maktab muzeylari, urush va mehnat qahramonlari galereyasi, badiiy ijod
vositalari, tashkiliy stendlar va boshqalar. Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi
turlari bo’lib, ular quyidagilarga bo’linadi:
-Ommaviy ishlar-o’quvchilar orasida olib boriladigan siyosiy- oqartuv ishlari
bilan bog’liq bo’lgan, ichki va tashqi siyosatning aktual masalalari, siyosiy
axborotlar, suhbatlar, dokladlar, ma’ruzalar: (1-sentyabr, 8-mart, 9-may, 1-oktyabr,
21- mart va boshqalarga) bag’ishlangan adabiy-badiiy yig’ilishlar.
-Madaniy-ommaviy tadbirlar: –adabiy kechalar, spektakllar, badiiy havaskorlik
kechalari, o’tkir zehnlilar tortishuvlari va boshqalar.
-Guruxiy ishlar: Bunda o’qituvchi sinfdan tashqari o’quvchilarning ma’lum bir
guruxi bilan tarbiyaviy ishlar va tadbirlarni o’tkazishi mumkin.
-Individual ishlar: bunda o’qituvchi yoki tarbiyachi o’quvchining individual
yosh xususiyatlariga qarab ish tutadi. Masalan: tortinchoq, passiv o’quvchilar har bir
sinfda ham uchraydi.
Sinfdan, maktabdan tashqari ishlarda quyidagi tarbiyaviy tadbirlar muhim o’rinni
egallaydi: a) siyosiy axborotlar; b) o’quvchilarning ishlab chiqarish ilg’orlari, atoqli
kishilar bilan uchrashuvlari; v) fan to’garaklari; g) klublar, o’lkani o’rganish
to’garaklari, maxsus to’garaklar jismoniy, madaniy sport to’garaklari, maktab
mashg’uloti, sinfdan tashqari kitobxonlik va boshqalar. Sinfdan tashqari ishlarning
maqsadi – ona tili darslarida olgan bilim, ko’nikma va malakalarini takomillashtirish,
ona tilining fonetika, grammatika, morfemika, sintaksiz, so’z birikmasi, so’z, gap kabi
tushunchalari bilan yaqindan tanishish, muntazam ravishda ona tiliga muhabbatni
uyg’otish va uni amalda to’g’ri qo’llay oladigan ongli komil insonni tarbiyalashdir.
Sinfdan tashqari ishlar o’quv dasturi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, unda ko’zda
tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning
uchun o’quvchilarda izlanuvchanlik va ijodkorlik darajasiga ko’tarish talab qilinadi.
Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus sinfdan tashqari ishlar darslari tashkil
etilgan. Sinfdan tashqari ishlar 1-2-sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinfda 2 haftada 1 marta
o’tkaziladi. Savod o’rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20
daqiqasi ajratiladi. Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni asosiy maqsadi
o’quvchilarda fanga qiziqishni rivojlantirish, darsda olingan bilimlarni to’ldiruvchi va
chuqurlashtiruvchi ona tilidan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Boshlang’ich sinflarda ona tilidan “sinfdan tashqari ish” deyilganda o’quvchilarning
o’qituvchi rahbarligida darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog’liq
bo’lgan material asosida ixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan mashg’ulotlar tushuniladi.
Sinfdan tashqari ishlarni ikki turini farqlash mumkin. Uning birinchi turiga rejadagi
materiallarni o’zlashtirishda orqada qoladigan bolalar bilan ishlash tushunilsa, ikkinchi
turi esa ona tilini o’rganishga qiziquvchi bolalar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar
kiradi. Ma’lumki birinchi turdagi mashg’ulotlar hozirgi kunda mamlakatimizning
barcha mamlakatlarida mavjud. Bunday mashg’ulotlarni bilimlar darajasi bir-biriga
yaqin 3-4 o’quvchidan iborat kichik guruhlarda haftada 1-2 marta o’tkazish mumkin.
Odatda sinfdan tashqari ishlar deyilganda ko’proq ikkinchi turdagi mashg’ulotlar
nazarda tutiladi va ular asosan o’z oldiga quyidagi maqsadlarni qo’yadi: o’quvchilarda
ona tiliga va uning tadbiqlariga qiziqish uyg’otish, o’quvchilarning ona tilidan reja
bo’yicha olgan bilimlarini kengaytirish, o’quvchilarda ilmiy tekshirish xarakteridagi
malakalarini oshirish, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ishlashga o’rgatish,
o’quvchilarda tilshunos olimlar va tarixiy materiallar haqida tasavvurlarini
kengaytirishdan iborat. Bu maqsadlarni bir qismi darsda amalga oshiriladi, ammo dars
vaqti chegaralanganligi tufayli qolgan qismini sinfdan tashqari ishlarda amalga
oshiriladi.
1. Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi.
Unga darsning bir qismi 17-20 daqiqasi ajratilgani uchun “STI mashg’uloti” deb
yuritiladi.
2. Boshlang’ich bosqich. Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to’g’ri keladi. Bu
bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi.
3. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2-4-sinflarga to’g’ri keladi. Bu davrda
o’quvchilaming o’qish malakalari mustahkamlanadi. Bunda o’quvchilarning
sinfdan tashqari o’qiganlari baholanadi.
Sinfdan tashqari ishlar darslarining xususiyatlari, birinchidan, sinfdan tashqari
ishlar tizimining bosqichlari bilan, ikkinchidan, o’quv vazifalari va dastur bilan,
uchinchidan, oldinga qo’yilgan tarbiyaviy vazifalar bilan, to’rtinchidan,
o’quvchilaming qiziqishlari bilan belgilanadi. Ona tilidan sinfdan tashqari olib
boiladigan ishlar ham ta`limiy, ham tarbiyaviy maqsadlarni ko`zlaydi. Uning
ta`limiy ahamiyati shundaki, o`quvchi bu jarayonda qo`shimcha bilim, malaka va
ko`nikmalarga ega bo`ladi. Tarbiyaviy ahamiyati esa nutq odobini tarbiyalash,
zukkolik, tezkorlik va hozirjavoblik singari fazilatlarni shakllantirish, mustaqil
fikrlash, ijodiy faoliyat ko`rsatish, nutq odobini tarbiyalash singarilarda o`z
ifodasini topadi.
Doimiy tadbirlarga to`garak mashg`ulotlari kiritilsa, qolganlari vaqt-vaqti bilan
o`tkaziladigan tadbirlarga kiradi. Sinfdan tashqari ishlar ayniqsa boshlang’ich sinf
o’quvchilari uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ularga nutqini o’stirish, olingan
bilim va malakalarni mustahkamlash uchun yordam beradi. Yangi qo’shimcha
ma’lumotlar manbai hisoblanadi.
Sinfdan tashqari ishlarning ta’limiy ahamiyati – o’quvchilarga qo’shimcha
bilim, malaka va ko’nikmalar berish.
Tarbiyaviy ahamiyati – o’quvchilarning ijodiy faoliyat ko’rsatishiga, nutq
odobiga, mustaqil fikrlashiga zamin hozirlash.
Adabiy kechalarga misollar:
•“Navoiyxonlik”, “Boburning tavallud kuniga bag’ishlangan kecha” va h.k
Adabiy kechalar.
•Eskursiya ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi va ekskursiyadan oldin
o’quvchilarga topshiriqlar beriladi
•Muzeylarga ekskursiyaga borish; Metro bekatlari bo’ylab sayohat;
•Davlat kutubxonalariga tashrif; Teatr va kino va h.k Ekskursiya
•Bunga mavsumiy bayramlarni kiritishimiz mumkin
•Bayram va tabrirlar ssenary asosida tashkil etiladi.
Bayram va tadbirlar Sinfdan tashqari ishlarning turlari. To’garaklar tashkil
etish. Shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish. Fan olimpiadalari.
Ko’rik tanlovlar. Adabiy kechalar o’tkazish. Ekskursiyalar, Turli bayramlar va
tadbirlar o’tkazish.