Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning maqsadi, vazifalari
Reja:
1. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish.
2. Sinfdan tashqari ishlarning bosqichlari.
3. Sinfdan tashqari ishlarning ta’limiy ahamiyati
Tayanch tushunchalar: fonetika, grammatika, morfemika, sintaksiz, so‘z
birikmasi, so‘z, ta’lim jarayoni, didaktik o‘yinlar, olimpiadalar, kecha, viktorina,
ertalik.
Sinfdan tashqari ishlarning maqsadi – ona tili darslarida olgan bilim, ko‘nikma va
malakalarini takomillashtirish, ona tilining fonetika, grammatika, morfemika,
sintaksiz, so‘z birikmasi, so‘z, gap kabi tushunchalari bilan yaqindan tanishish,
muntazam ravishda ona tiliga muhabbatni uyg‘otish va uni amalda to‘g‘ri qo‘llay
oladigan ongli komil insonni tarbiyalashdir.
Sinfdan tashqari ishlar o‘quv dasturi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, unda
ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi.
Buning uchun o‘quvchilarda izlanuvchanlik va ijodkorlik darajasiga ko‘tarish talab
qilinadi. Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus sinfdan tashqari ishlar darslari
tashkil etilgan. Sinfdan tashqari ishlar 1-2 -sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinfda 2
haftada 1 marta o‘tkaziladi. Savod o‘rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe
darsining 17 -20 daqiqasi ajratiladi.
Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni asosiy maqsadi-o‘quvchilarda
fanga qiziqishni rivojlantirish, darsda olingan bilimlarni to‘ldiruvchi va
chuqurlashtiruvchi ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan
iborat.Boshlang‘ich sinflarda ona tilidan “sinfdan tashqari ish” deyilganda
o‘quvchilarning o‘qituvchi rahbarligida darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan,
dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan
mashg‘ulotlar tushuniladi.
Sinfdan tashqari ishlarni ikki turini farqlash mumkin. Uning birinchi turiga
rejadagi materiallarni o‘zlashtirishda orqada qoladigan bolalar bilan ishlash
tushunilsa, ikkinchi turi esa ona tilini o‘rganishga qiziquvchi bolalar bilan
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar kiradi.
Ma’lumki birinchi turdagi mashg‘ulotlar hozirgi kunda mamlakatimizning barcha
mamlakatlarida mavjud. Bunday mashg‘ulotlarni bilimlar darajasi bir-biriga yaqin
3-4 o‘quvchidan iborat kichik guruhlarda haftada 1-2 marta o‘tkazish mumkin.
Odatda sinfdan tashqari ishlar deyilganda ko‘proq ikkinchi turdagi mashg‘ulotlar
nazarda tutiladi va ular asosan o‘z oldiga quyidagi maqsadlarni qo‘yadi:
O‘quvchilarda ona tiliga va uning tadbiqlariga qiziqish uyg‘otish, o‘quvchilarning
ona tilidan reja bo‘yicha olgan bilimlarini kengaytirish, o‘quvchilarda ilmiy
tekshirish xarakteridagi malakalarini oshirish, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan
ishlashga o‘rgatish, o‘quvchilarda tilshunos olimlar va tarixiy materiallar haqida
tasavvurlarini kengaytirishdan iborat. Bu maqsadlarni bir qismi darsda amalga
oshiriladi, ammo dars vaqti chegaralanganligi tufayli qolgan qismini sinfdan
tashqari ishlarda amalga oshiriladi.
Sinfdan tashqari ishlar bosqichlari:
1. Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Unga
darsning bir qismi 17-20 daqiqasi ajratilgani uchun ,,STI mashg‘uloti" deb
yuritiladi.
2. Boshlang‘ich bosqich. Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to‘g‘ri
keladi. Bu bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi.
3. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2-4-sinflarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda
o‘quvchilaming o‘qish malakalari mustahkamlanadi. Bunda o‘quvchilarning
sinfdan tashqari o‘qiganlari baholanadi.
Sinfdan tashqari ishlar darslarining xususiyatlari, birinchidan, sinfdan tashqari
ishlar tizimining bosqichlari bilan, ikkinchidan, o‘quv vazifalari va dastur bilan,