Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning shakllari va ularning mazmuni
Reja:
1.Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning shakllari
2. Konsepsiyasi “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi”
3. Maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1993-yili tasdiqlangan edi. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni, ular asosida ishlab chiqilgan
hukumat va vazirlik qarorlarini hayotga tatbiq etish, ta’lim sohasini tubdan isloh
qilish maqsadida mazkur Konsepsiyani qayta ishlashga to‘g‘ri keldi. Yangi
tahrirdagi Konsepsiya Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFiTl olimlari guruhi,
Respublika Ta’lim markazi mutaxassislari va Xalq ta’limi vazirligi xodimlari
tomonidan ishlab chiqildi. Shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga
yo‘naltirilgan ushbu Konsepsiyani tayyorlashda Xalq ta’limi xodimlari va keng
jamoatchilik fikrlari inobatga olindi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy
ishlar Konsepsiyasining zaruriyati.
O‘zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o‘z mustaqil siyosiy,
iqtisodiy va ijtimoiy yo‘liga ega boTishi xalq xo‘jaligining turli sohalarida,
jumladan xalq ta’limi tizimida ham o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi
bilan bog‘liq jarayonni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Hozirgi paytda fan
va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida yosh avlodni hayotga
tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. Ayniqsa
o‘smirlar orasida axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlami kuchaytirish
muhimdir. Zero, axloq yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs boTa olmaydi.
Shuning uchun ham axloqiy tarbiya shaxsning har tomonlama va erkin
shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi.
Maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tarbiyachilari (o‘qituvchilar,
sinf rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari.
bolalar yetakchilari va boshqalar) jamoasi oldida o‘quvchilarga umuminsoniy
axloq qoidalari asosida hayot kechirishni oTgatishdek muliim vazifa turadi. Fanni
o‘tganishga muhabbat uyg‘otish, bilimga tashnalik fazilatlari axloqiy tarbiyaning
ajralmas tarkibiy qismidir.
Bolalaming o‘qishdagi muvaffaqiyatidan uning guruhdagi o‘rni aniqlanadi,
atrofdagilaraing u bilan munosabati belgilanadi, o‘qishdagi muvaffaqiyat bolaning
axloqiy tarbiyasini yuqori daraj aga ко‘taradi. O‘quvchilar qalbida yuksak
ma’naviyatlilikni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosligini
tushuntirish kerak. Kitob yoshlar uchun hayot maktabidir. Bilim manbai bo‘lgan
kitobni sevish, uni o‘qish va ko‘z qorachig‘idek saqlay bilish lozim, o‘qish uchun
uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bilish kerak. Bu ishda ustoz-u murabbiylar
va kutubxona xodimlari yordam berishlari lozim.
Tarbiya - bu insonni ijtimoiy tajribalar bilan, uning barcha shakllarida bilim, his-
hayajon, estetika, odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish va individning ichki
o‘ziga hos jihatlarini, imkoniyatlari va layoqatlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat
hisoblanadi. Mana 8 shu tarbiyaning asosiy manbai - shaxslar bo‘lib qoladi - bu
jamiyat va individning o‘zidir. Tarbiyalanayotgan shaxs maqsadlari va qadriyatlari
tizimida individual va ijtimoiylik nisbatlari muammosi tarbiya nazariyasida
markaziy niuanirao hisoblanadi.
Jamiyat va shaxs bir-biri bilan qanday munosabatda bo‘ladi ? Shaxs jamiyatdan
tashqarida yuzaga kelmaydigan jonzot hisoblanadi, jamiyat esa o‘z navbatida
shaxslardan tashkil topadi. U shaxslar o‘zaro munosabatlari jarayoni natijasi va
jarayonining o‘zidan iborat. Shaxssiz jamiyat yo‘q va demak, jamiyat ularga
bog‘liq bo‘ladi. Ba’zida, shaxsni mikrosotsitsi, jamiyatni esa makrosotsitsi, deb
ataydilar. Bu bilan materiya harakatlanishining ijtimoiy shakli, ikki asosiy tarkibiy
qismi to‘g‘risida gap borayotganligini ta’kidlaydilar. Shaxs va jamiyatning yaqin
bir-biriga bog‘liqligi turli tomonlardan qaralishi mumkin. Biroq, shaxs va jamiyat
bir narsa va bir xilda o‘xshash bo‘lishi nmiasi bilan farq qiladi? Uning farqi
hajmiga aloqador bo‘ladimi (kichik shaxs kaila jamiyat qabilida) yoki yana boshqa
muhim farqi bormi, degan savollarga javob berish uchun o‘zaro bog‘liqlik mana
shu doiradan chiqishi muhim. Mana shu ijtimoiy subyektlar funksiyalarining o‘ziga
xosligi nimalardan iborat? Shaxs jamiyat emas. U jamiyatda paydo bo‘lib, o‘zini
amalga oshirish jarayonida madaniyatini o‘zgartiradi, ba’zan madaniyati
rivojlanishida shunchalik ilgarilab ketadiki o‘n yillar, ba’zida hatto asrlar davomida
jamiyat xotirasida qoladi. O‘zida jamiyat madaniyatining in’omlarini mujassam
etganligi sababli, shaxs ijtimoiy tajribani yangicha talqin qilishda, ma’naviy va
moddiy qimmatliklarni yaratishda, qayta anglashda mustaqil avtonom bo‘lib
qoladi. Bunday shaxs o‘zining zamondoshlari uchun ma’lum bo‘lgan yoki begona
tajribani olib kiradi, faqat vaqt o‘tishi bilan asta-sekin jamiyatga kirib boradi.
Bunday shaxs o‘zini jamiyatga qarshi qo‘yishi, unga qarshi chiqishi va u bilan
kurashishga kirishishi mumkin.
Jamiyat bu shaxs yoki shaxslar to‘plami emas. Jamiyat - bu qadriyatlar o‘z
maktabini yaratadigan, har qanday subyektni xizmat qilishga majbur etishga
intiluvchi, o‘zining mavjudligini saqlab qolish uchun shaxsni yutib yuborishga
qodir, o‘zini harakatlantiruvchi ijtimoiy birlikdir. Shu bilan bir vaqtda, jamiyat
insonlar to‘pkigan madaniyatni saqlab qolish va odamga yetkazish usuli demakdir.
Shaxs va jamiyat ijtimoiy hayotning ikki asosiy subyekti sifatida ishtirok etadilar.
Hatto eng qulay ijtimoiy sharoitlarda ham (hatto eng noqulay ijtimoiy sharoitlarda
ham) ular birlashmaydilar va ular o‘rtasidagi farq kamaymaydi. Ma’Ium
sharoitlarda ular birbirlariga qarama-qarshi turishlari mumkin. Tarbiya,
jamiyatdagi hodisa sifatida, о‘sib kelayotgan avlodning jamiyat hayotida, turmushi,
ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati, ijodi va ma’naviyligida ishtirok etishi murakkab
qaramaqarshi ijtimoiy-tarixiy jarayon hisoblanadi.
Ularning odam bo‘lishlari, rivojlanishlari va individualliklari, jamiyatning ishlab
chiqarish kuchlari muhim elementlari, shaxsiy baxtlarini yaratuvchilari bo‘lib
ishtirok etadi. U ijtimoiy taraqqiyot va avlodlar ketma-ketligini ta’minlaydi.
Tarbiya, ijtimoiy hodisa sifatida, uning mohiyatini ifoda etuvchi quyidagi asosiy
belgilari bilan ifodalanadi:
1. Tarbiya o‘sib kelayotgan avlodni ijtimoiy hayot va ishlab chiqarish
sharoitlariga jalb etish, ular bilan eskirayotgan va hayotdan chiqayotganlarini
almashtirishning amaliy ehtiyojidan kelib chiqqan. Natijada, bolalar katta
bo‘ladilar, o‘z hayotlari va mehnat qobiliyatini yo‘qotayotgan katta avlod hayotini
ta’minlaydilar.
2. Tarbiya - doimiy, zarur va umumiy kategoriya. U insoniyat jamiyati yuzaga
kelishi bilan birga paydo boTadi va jamiyatning o‘zi yashar ekan, u ham mavjud
bo‘ladi. U jamiyatning mavjudligi va doimiyligi, uning ishlab chiqarish kuchlarini
tayyorlash va insonni rivojlantirishni ta’minlashning muhim vositasi
hisoblanganligi uchun ham zarurdir. Bunda qonuniy o‘zaro bog‘liqliklar va bu
hodisaning boshqa ijtimoiy hodisalar bilan o‘zaro bog‘liqliklari aks ettiriladi.
Tarbiya, o‘qitishning bir qismi sifatida, ta’limni ham o‘z ichiga oladi.
3. Tarbiya -ijtimoiy-tarixiy rivojlanishning har bir bosqichida o‘zining vazifasi,
mazmuni va shakllari bo‘yicha aniq tarixiy xususiyatga ega bo‘ladi. U jamiyat
hayoti xususiyati va tashkil 10 etilishi bilan bog‘liq bo‘lgar.ligi uchun o‘z
davrining ijtimoiy qarama-qarshiliklarini aks ettiradi. Sinfli jamiyatda turli sinflar,
qatlamlar va guruhlarda bolalami tarbiyalashning asosiy tendensiyalari ba’zan
qarama-qarshi bo‘ladi.
4. O‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash - ulaming ijtimoiy tajriba asosiy
elementlarini o‘zlashlinshlari hisobiga, ulami katta avlod ijtimoiy munosabatlariga,
munosabatlar tizimiga va ijtimoiy zarur faoliyatiga jalb etishlari jarayoni va natijasi
asosida amalga oshiriladi. Kattalar va bolalar o‘zaro ijtimoiy munosabatlari va
o‘zaro aloqalari, ta’sirlari har doim ulami bolalar yoki kattalar anglab yetishlaridan
qat’iy nazar, tarbiyaviy yoki tarbiyalovchi hisoblanadi. Eng umumiy shakllarida bu
o‘zaro munosabatlar, bolalar hayoti, sog‘ligi va ozuqalanishlarini ta’minlashga,
jamiyatda ulaming o‘rnini va ularning mhiy holatini aniqiashga qaratilgan.
Kattalar bolalar bilan o‘zlarining tarbiyaviy munosabatlarini anglab yetishlari va
bolalarda u yoki bu sifatlarini shakllantirish maqsadlarini o‘z oldilariga qo‘yar
ekanlar, ularning munosabatlari yanada pedagogik, anglab yetilgan maqsadga
yo‘naltirilgan tus oladi. Kattalaming ijtimoiy hodisa sifatida tarbiya xususiyatlarini
anglab etishlari asosida jamiyatda bolalar va jamiyat manfaatlari yo‘lida
tarbiyalash qonunlaridan tushunilgan va maqsadga muvofiq foydalanishga intilish
yuzaga keladi.
Katta avlod tarbiyalash munosabatlari tajribalarini umumlashtirishga, ularda
namoyon bo‘ladigan tendensiyalar, aloqalar, qonunlarni o‘rganishga, ulardan
shaxsni shakllantirish maqsadlarida foydalanishga ongli ravishda murojaat etadi.
Mana shu asosda pedagogika - tarbiya qonunlari to‘g‘risidagi va bolalar hayoti va
faoliyatini ongli ravishda hamda maqsadga muvofiq boshqarish maqsadlarida,
ulardan foydalanish to‘g‘risidagi fan yuzaga keladi. Shunday qilib, tarbiya -
ijtimoiy hodisa - jamiyat va individning hayotini ta’minlash usuli sifatida zamrdir.
U ma’lum tarzda shakllangan ijtimoiy munosabatlar va jamiyat hayot tarzi
natijasidagi aniq tarixiy sharoitlarda amalga oshiriladi. Uni amalga oshirishning
asosiy mezonlari shaxsning xususiyatlari va sifatlari hayot talablariga mos kelish
darajasi hisoblanadi.
Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida butun ijtimoiy hayotning tabiiy bir qismidir.
Shuning uchun uning qarama-qarshiliklari ijtimoiy hayotning eng umumiy qarama-
qarshiliklarining ifodasi hisoblanadi. Tarbiya aks ettiradigan bunday qarama-
qarshiliklar qatoriga qotib va eskirib qolgan ishlab chiqarish munosabatlarining
ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishini ortga surishi natijasida yuzaga keluvchi
qarama-qarshiliklar kiradi. Bu qarama-qarshiliklar ijtimoiy tarbiyada о‘sib
kelayotgan avlodni tayyorlashga konservativ yondashishlar mustahkam o‘mashib
olishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bizning jamiyatimizda mustaqillik davrigacha
ijtimoiy hayot va ishlab chiqarish kuchlarining faqat davlat mulkchiligi asosida
tashkil etilishi ishlab chiqarish o‘sishini ortga surishga olib keldi. Davlat
mulkchiligi va rejalashtirilishi ustunligi ijodiy shaxs faolligi va tashabbuskorligiga
ko‘pincha to‘sqinlik qiladi. Xalq ta’limi tizimida bu o‘zining mazmum, shakli va
metodlari qandaydir rasmiylashish hamda bir xilligi bilan ifodalanadi.
Tarbiyadagi boshqa bir qarama-qarshilik hayot talablari va shaxsning ijtimoiy
hayotga va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorgarligi darajasi o‘rtasida yuzaga
keladi. Hayot talablarini anglab yetish, mana shu talablar asosida tarbiya
mazmimini va tashkil etilishini ko‘ra bilish ilmiy-texnik taraqqiyot keskin
rivojlanishidan ortda qoladi. Ushbu qarama-qarshilik chuqurlashib borgan sari
o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy tayyorlashga xalaqit qiluvchi “qalpoq” va
konservativ holatlami o‘z vaqtida aniqlash hamda yo‘qotish zarur bo‘ladi. Uni hal
etish ta’lim va tarbiya mazmunini muntazam va mos ravishda hal etishni, ta’lim va
tarbiya metodlarini hayot talablariga javob bera oladigan qilishni talab etadi. Mana
shu holat ijtimoiy hayot yangi sharoitlari va unga bolalami tayyorlash bilan uning
eskirib qolgan usullari o‘rtasidagi qarama-qarshilik hisoblanadi.
Tarbiyadagi uchinchi qarama-qarshilik - insondagi mavjud tabiat kuchlari, inson
tabiati rivojlanishi, uning cheklanmagan imkoniyatlari bilan jamiyat ijtimoiy
hayotidagi bu rivojlanish cheklovi sabab bo‘luvchi, dasturlashtiruvchi sharoitlar
o‘rtasida yuzaga keladi. Erkinlikni cheklovchi, avtoritar jamiyat iste’dodlarni
so‘ndiradi, odamlarni buzadi, iltifotli mansabdorlarga va befarq rasmiyatchilarga,
ishlab chiqarish jarayoning bir ortiqcha qismiga, ijtimoiy hayotda to‘siqqa
aylantiradi. Demokratik jamiyat esa moddiy-texnik bazasini rivojlantira borib, lurli
ijtimoiy munosabatlami takomillashtirib, har bir inson shaxsining ijtimoiy hayot
talablariga mos va o‘zida mavjud tabiiy kuch, iste’dod va qobiliyatlarga nisbatan
rivojlanishiga haqiqiy sharoit yaratadi.
Tarbiyaning to‘rtinchi qarama-qarshiligi - bolaning faol tabiati, uning ijtimoiy
hayotda, turh munosabatlarda, muomalalarda ishtirok etishga intilishi bilan hayot
jarayonida amaliy, haqiqiy ishtirok etish uchun tajriba, bilimlari, malaka va
ko‘ntkmalari yetishmasligi va uning tabiiy hamda ijtimoiy yetuk emasligi o‘rtasida
kuzatiladi. Ushbu qarama-qarshilik bolalar uchun idrok etishga, tarbiya jarayonida
faol ishtirok etishga haqiqiy harakatlantiruvchi kuch, rag‘bat hisoblanadi. U bolani
faqat tarbiyaviy o‘zaro munosabatlar obyekti sifatida etnas, balki subyekti sifatida
ham ijtimoiy hayotda ishtirok etishga ta’limtarbiyaviy tayyorlashga sabab bodadi.
1.4. Tarbiya tizimini ijtimoiylashtirish Tarbiya tizimining rivojlanishi uchta
jarayonning rivojlanishida aks ettiriladi - ijtimoiylashtirish, o‘zini tarbiyalash va
kasbiy ta’sir ko‘rsatish. Bu jarayonlar uchta asosiy subyektlar shaxsi bilan
shakllanuvchi - jamiyat, individning o‘zi va pedagogning bir obyekt bilan o‘zaro
munosabatlari davomida amalga oshiriladi. Jamiyat to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.
“Ijtimoiylashtirish” tushimchasi tarbiya nazariyasida juda keng foydalaniladi.
Tadqiqotchilar uni qadriyatli ko‘rsatmalari va tarbiyalash tamoyillariga qarab
tushuntiradilar. Hatto bu borada ma’lum an’analar yuzaga kelgan, katta ilmiy
material ham to‘plangan. Sotsialogik va psixologik adabiyotlarda ijtimoiylashtirish
juda faol tahlil qilinadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayotda jamiyat va shaxs rolini
talqin qilish albatta, qarama-qarshi bo‘lgan ijtimoiyiashtirish konsepsiyasining
shakllanishiga olib keladi.
Qattiq ijtimoiyiashtirish deb ataluvchi konsepsiya tarafdorlari, funksional maktab
vakillari bu jarayonni shaxsni ijtimoiy tizimga to‘la jalb etish sifatida belgilaydi.
Sotsiologiya ijtimoiylashtirishni tahlil qilishda, "moslashish”. “qulaylik”, “tenglik”
kabi muvozanat tushunchalariga tayanadi. Ularning tadqiqotlaridagi asosiy vazifa -
individlami ijtimoiy muhitga moslashtirish hisoblanadi. Bu konsepsiyaga “yangi
insonparvarlashtirish” tarafdorlari qarshi! chiqadi. Ular ijtimoiylashtirishda o‘z
qobiliyatlari va layoqatlarini yaratuvchi shaxsni hamda shaxsning o‘zini amalga
oshirishi va o‘zini namoyon etishiga to‘sqinlik qilayotgan elementlami tanqidiy
yengishni ko‘radilar. Biroq, birinchi holatda, ma’lum tarzda ishlab chiqilgan
muhitga ta’sir koTsatish to‘g‘risida gap yuritilayotgan bo‘Isa. ikkinchi holatda,
“ijtimoiyiashtirish va shaxs” tushunchalarini to‘la adashtirish sodir bo‘lmoqda.
Ta’lim tizimidagi ijtimoiyiashtirish deyarli chiqarib tashlashga, uning o‘zini
tarbiyalash bilan almashtirishga, tarbiyachi kasbiyligiga esa shakllanayotgan
shaxsning mustaqilligini ta’minlash vazifasini yuklatishga harakat qilinmoqda.
Birinchi nuqtai nazar ijtimoiy hayot taraqqiy etgan asoslarini qayta ishlab chiqish
muammosiga e'tiborni kuchaytiradi, ikkinchisi esa madaniy ijodkorlik shaxsi ijodiy
qobiliyatlariga erkinlik berishga qaratilgan. Ma’lumki, bu ikki qarama-qarshi
nuqtai nazarlardan birortasi ham amaliy hollarda tarbiya amaliyotini
takoniillashtirishga olib kelmaydi. Ijtimoiyiashtirish - muhit, jamiyatning shaxsga
ta’siri demakdir. Shu bilan birga ta’sir ko‘rsatish shaxsning tashkil topishida juda
zarur hisoblanadi. Jamiyat - urauman alohida kuch - o‘ziga xos insoniy
munosabatlar va o‘zaro aloqalardir. Bu narsalar boTmasa, odam ham baribir
muhitga juda moslasha oladigan hayvonligicha qoladi. Muomalalar davomida
yuzaga keladigan insonlar munosabatlari - mana shu jamiyat demakdir.
Biz ijtimoiylashtirish to‘g‘risida gapirar ekanmiz, odam ham, guruh ham,
biomuhit, kosmos ham inson ko‘ziga ko‘rinib va uning qalbida aks etib, maqsadga
muvofiq bo‘lmasa ham, insonga maxsus emas, faqat tasodifiy (ko‘rinishi bo‘yicha,
mohiyati bo‘yicha esa muqarrar va qonuniy) ta’sir ko‘rsatib shaxsni shakllantiradi.
Haqiqatda ko‘zga ko‘rinmas ta’sir ko‘rsatish - nazorat qilib bo‘lmaydigan jarayon.
Muhitning u yoki bu elementlari qachon, qanday ketma-ketlikda, qanday