OQILONALIK VA ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI UYG‘UNLIGI (Ilmiy oqilonalikning shakllanish tarixi)

Yuklangan vaqt

2024-07-21

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

85,0 KB


 
 
 
 
OQILONALIK VA ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI 
UYG‘UNLIGI 
 
6.1. Ilmiy oqilonalikning shakllanish tarixi 
6.2. Oqilonalikning noklassik va postnoklassik qiyofasi. 
6.3. Yangi oqilonalikning cheksizligi 
 
6.1.Ilmiy oqilonalikning  shakllanish tarixi.  
 
Insoniyat sivilizatsiyasi azaldan oqilona sivilizatsiya bo‘lib,  unga borliqqa 
nisbatan oqilona yondashish, muammolarni yechishning amaliy-pragmatik 
usullarini topish ruhi xos. Aql, idrok, logos oqilonalikning aniq-ravshan ko‘rinib 
turuvchi tarkibiy elementlaridir. Biroq aql («sof» aqldan farqli o‘laroq) «sof 
bo‘lmasligi» ham mumkin. Idrok amalda oqilona bo‘lmagan narsaga ishora qilishi, 
logos-so‘zi birdan Xudo, tuyg‘ular va muhabbatni madh eta boshlashi mumkin. Bu 
holda oqilonalik qayoqqa yo‘qoladi? U qaerda? Ayni holda oqilonalik transsendent 
tushuncha sifatida namoyon bo‘ladi.  
Hozirgi olimlar fan rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida 
mushohada yuritar ekanlar, u avvalo o‘zining oqilonaligi bilan ajralib turishini, 
dunyoni o‘zlashtirish oqilona usulining keng tarqalishi tarzida gavdalanishini qayd 
etadilar. Fan oqilonalikning kognitiv-metodologik tizimini qadam-baqadam 
yaratmoqda, degan dabdabali fikrlarga ham duch kelish mumkin. Bunda oqilonalik 
tushunchasining hajmi noaniqligicha qoladi va buni qanday tushunish kerak, degan 
navbatdagi savolni o‘rtaga tashlaydi. Bu savolga javob topish yo‘lidagi 
izlanishlarda murakkab ilmiy muammolarni sog‘lom fikr nuqtai nazaridan 
yoritishga da’vogar ta’riflar yaxshi samara berdi. Shu nuqtai nazardan oqilonalik – 
bu avvalo insonni dunyoga bog‘lashning muayyan usuli. Inson dunyo bilan 
tabiatga, Xudoga, hayotga muhabbat orqali bog‘lanishi mumkin.  
OQILONALIK VA ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI UYG‘UNLIGI 6.1. Ilmiy oqilonalikning shakllanish tarixi 6.2. Oqilonalikning noklassik va postnoklassik qiyofasi. 6.3. Yangi oqilonalikning cheksizligi 6.1.Ilmiy oqilonalikning shakllanish tarixi. Insoniyat sivilizatsiyasi azaldan oqilona sivilizatsiya bo‘lib, unga borliqqa nisbatan oqilona yondashish, muammolarni yechishning amaliy-pragmatik usullarini topish ruhi xos. Aql, idrok, logos oqilonalikning aniq-ravshan ko‘rinib turuvchi tarkibiy elementlaridir. Biroq aql («sof» aqldan farqli o‘laroq) «sof bo‘lmasligi» ham mumkin. Idrok amalda oqilona bo‘lmagan narsaga ishora qilishi, logos-so‘zi birdan Xudo, tuyg‘ular va muhabbatni madh eta boshlashi mumkin. Bu holda oqilonalik qayoqqa yo‘qoladi? U qaerda? Ayni holda oqilonalik transsendent tushuncha sifatida namoyon bo‘ladi. Hozirgi olimlar fan rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida mushohada yuritar ekanlar, u avvalo o‘zining oqilonaligi bilan ajralib turishini, dunyoni o‘zlashtirish oqilona usulining keng tarqalishi tarzida gavdalanishini qayd etadilar. Fan oqilonalikning kognitiv-metodologik tizimini qadam-baqadam yaratmoqda, degan dabdabali fikrlarga ham duch kelish mumkin. Bunda oqilonalik tushunchasining hajmi noaniqligicha qoladi va buni qanday tushunish kerak, degan navbatdagi savolni o‘rtaga tashlaydi. Bu savolga javob topish yo‘lidagi izlanishlarda murakkab ilmiy muammolarni sog‘lom fikr nuqtai nazaridan yoritishga da’vogar ta’riflar yaxshi samara berdi. Shu nuqtai nazardan oqilonalik – bu avvalo insonni dunyoga bog‘lashning muayyan usuli. Inson dunyo bilan tabiatga, Xudoga, hayotga muhabbat orqali bog‘lanishi mumkin.  
 
Oqilonalikning yagona universal talqini mavjud emas. Hozirgi zamon 
metodologlari oqilonalikning har xil turlari, chunonchi: «ochiq», «yopiq», 
«universal», «maxsus», «yumshoq», «o‘ta» oqilonalik, ijtimoiy, kommunikativ va 
institutsiyaviy oqilonalikning o‘ziga xos xususiyatlarini qayd etib, «oqilonalik» 
tushunchasi ko‘p ma’noli tushuncha ekanligini e’tirof etadilar. Oqilonalikning 
mazmuni: 
1) aqlda aks etgan tabiiy uyushqoqlik sohalariga; 
2) dunyoni konseptual-diskursiv tushunish usullariga; 
3) ilmiy tadqiqot va faoliyat normalari va metodlari majmuiga bog‘lanishi 
mumkin.  
      O‘z-o‘zidan ayonki, bu oqilonalik bilan fan metodologiyasini tenglashtirish 
uchun imkoniyat yaratadi. N.Moiseev fikriga ko‘ra, «borliq (aniqrog‘i – insonning 
o‘zini qurshagan muhitni idrok etishi) oqilona sxemalarni vujudga keltirgan. Ular 
o‘z navbatida metodlarni yaratgan, metodologiyani shakllantirgan. Metodologiya 
esa dunyo – Olam (universum)ning manzarasini oqilona tarzda chizish imkonini 
beruvchi vositaga aylangan»1. V.Shvirev «Hozirgi zamon madaniyatida 
oqilonalik» deb nomlangan maqolasida «oqilonalik tushunchasini talqin qilishda 
konseptual inqiroz yuzaga kelgan. Bu hozirda mazkur muammo yuzasidan 
ketayotgan munozaralarda o‘z aksini topadi va oqilonalikning muayyan tarixiy 
shakli – Yangi davr va Ma’rifat davridagi oqilonalik haqidagi klassik qarashlar 
bilan bog‘liq. Oqilonalikning hozirgi inqirozi – bu, tabiiyki, oqilonalik 
to‘g‘risidagi klassik qarashlarning inqirozidir»,2 deb qayd etadi. Mazkur inqiroz 
aniq g‘oyaviy-konseptual mo‘ljallarning yo‘qolishi bilan bog‘liq. Klassik 
oqilonalik nuqtai nazaridan, dunyo qonunga muvofiq, strukturaviy uyushgan, 
tartibga solingan, o‘zini o‘zi rivojlantiruvchi hodisa deb tushunilgan.  
     Dunyoning hozirgi  ilmiy manzarasida oqilonalikka ong va tafakkurning oliy 
hamda qonuniylik talablariga eng muvofiq tipi, madaniyatning barcha sohalari 
uchun namuna deb qaraladi. U maqsadga muvofiqlik bilan tenglashtiriladi. 
                                                 
1 Моисеев Н. Современный рационализм. – М., 1995. – 41-б.  
2 Швырев В.С. Рациональность в современной культуре. Общественные науки и современность. 1997. №1. 
С. 105-106.  
Oqilonalikning yagona universal talqini mavjud emas. Hozirgi zamon metodologlari oqilonalikning har xil turlari, chunonchi: «ochiq», «yopiq», «universal», «maxsus», «yumshoq», «o‘ta» oqilonalik, ijtimoiy, kommunikativ va institutsiyaviy oqilonalikning o‘ziga xos xususiyatlarini qayd etib, «oqilonalik» tushunchasi ko‘p ma’noli tushuncha ekanligini e’tirof etadilar. Oqilonalikning mazmuni: 1) aqlda aks etgan tabiiy uyushqoqlik sohalariga; 2) dunyoni konseptual-diskursiv tushunish usullariga; 3) ilmiy tadqiqot va faoliyat normalari va metodlari majmuiga bog‘lanishi mumkin. O‘z-o‘zidan ayonki, bu oqilonalik bilan fan metodologiyasini tenglashtirish uchun imkoniyat yaratadi. N.Moiseev fikriga ko‘ra, «borliq (aniqrog‘i – insonning o‘zini qurshagan muhitni idrok etishi) oqilona sxemalarni vujudga keltirgan. Ular o‘z navbatida metodlarni yaratgan, metodologiyani shakllantirgan. Metodologiya esa dunyo – Olam (universum)ning manzarasini oqilona tarzda chizish imkonini beruvchi vositaga aylangan»1. V.Shvirev «Hozirgi zamon madaniyatida oqilonalik» deb nomlangan maqolasida «oqilonalik tushunchasini talqin qilishda konseptual inqiroz yuzaga kelgan. Bu hozirda mazkur muammo yuzasidan ketayotgan munozaralarda o‘z aksini topadi va oqilonalikning muayyan tarixiy shakli – Yangi davr va Ma’rifat davridagi oqilonalik haqidagi klassik qarashlar bilan bog‘liq. Oqilonalikning hozirgi inqirozi – bu, tabiiyki, oqilonalik to‘g‘risidagi klassik qarashlarning inqirozidir»,2 deb qayd etadi. Mazkur inqiroz aniq g‘oyaviy-konseptual mo‘ljallarning yo‘qolishi bilan bog‘liq. Klassik oqilonalik nuqtai nazaridan, dunyo qonunga muvofiq, strukturaviy uyushgan, tartibga solingan, o‘zini o‘zi rivojlantiruvchi hodisa deb tushunilgan. Dunyoning hozirgi ilmiy manzarasida oqilonalikka ong va tafakkurning oliy hamda qonuniylik talablariga eng muvofiq tipi, madaniyatning barcha sohalari uchun namuna deb qaraladi. U maqsadga muvofiqlik bilan tenglashtiriladi. 1 Моисеев Н. Современный рационализм. – М., 1995. – 41-б. 2 Швырев В.С. Рациональность в современной культуре. Общественные науки и современность. 1997. №1. С. 105-106.  
 
Oqilonalikning kashf etilishi to‘g‘risida so‘z yuritilganida, tafakkurning ideal 
ob’ektlar bilan ishlash qobiliyati, so‘zning dunyoni aqlga muvofiq tarzda va 
tushunarli qilib aks ettirish qobiliyati nazarda tutiladi. Bu ma’noda oqilonalikning 
kashf etilishi qadimiyatga borib taqaladi. Insonning dunyoda o‘z o‘rnini 
topishining oqilona usuli ideal ma’nodagi faoliyat bilan bog‘liq, shuning uchun 
ham oqilonalik real ob’ektlarning faqat xayolda mavjud bo‘lgan ideal ob’ektlarga 
aylanishining maxsus tartib-taomillari uchun javobgardir. Ammo, ideal 
ob’ektlarni tuzish faoliyati xayolning cheksiz parvoziga imkon bersa, ilmiy 
oqilonalik, ya’ni fan e’tirof etuvchi ideal ob’ektlarni tafakkurda tuzish xayolning 
erkinligini cheklaydi. Unga amalda qo‘llash uchun yaroqli bilimlar kerak, 
binobarin, u faqat odamlarning hayoti va faoliyatida bevosita yoki bilvosita, 
dolzarb yoki potensial tarzda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ideal ob’ektlar va 
tartib-taomillarnigina e’tirof etadi.  
     Bir tomondan, ilmiy oqilonalikni fan va tabiatshunoslikning rivojlanish tarixi, 
bilish tizimlarining takomillashtirilishi va metodologiya bilan bog‘laydilar. Bunda 
oqilonalik mantiqiy-metodologik standartlar bilan «qoplanadi». Boshqa tomondan, 
oqilonalik aqlga muvofiqlik, haqiqiylik bilan tenglashtiriladi. Bu yerda ham 
haqiqiy bilimning mezonlari, asoslari va dalillarini aniqlash, bilish tilini 
takomillashtirish muammolari birinchi o‘ringa chiqadi. B.S.Gryaznov fikriga 
ko‘ra, ilmiy bilimning oqilona tizimi, birinchidan, gomogen, ikkinchidan, berk 
bo‘lishi va nihoyat, uchinchidan, sababiy bog‘langan tuzilishga ega bo‘lishi lozim.  
Oqilonalik faoliyatni tashkil etishning sub’ektga xos bo‘lgan universal vositasi 
sifatida ham tushuniladi. M.Veber fikriga ko‘ra, oqilonalik – ko‘zlangan maqsadga 
erishish vositalarining aniq mo‘ljali. L.Vitgenshteyn ta’biri bilan aytganda, 
sharoitga eng yaxshi moslashganlik. S.Tulmin fikricha – faoliyat qoidalarining 
tadrijiyligi. Kanadalik faylasuf U.Drey insonning e’tiqodlari, motivlari va 
qilmishlari o‘rtasida aloqa o‘rnatishga harakat qiluvchi har qanday tushuntirishni 
oqilona deb ataydi.  
A.Nikiforov oqilonalik uch xil: «aql-idrok qonunlari»ga muvofiqlik sifatida, 
«maqsadga muvofiqlik» sifatida va fanning maqsadi sifatida qaralishi 
Oqilonalikning kashf etilishi to‘g‘risida so‘z yuritilganida, tafakkurning ideal ob’ektlar bilan ishlash qobiliyati, so‘zning dunyoni aqlga muvofiq tarzda va tushunarli qilib aks ettirish qobiliyati nazarda tutiladi. Bu ma’noda oqilonalikning kashf etilishi qadimiyatga borib taqaladi. Insonning dunyoda o‘z o‘rnini topishining oqilona usuli ideal ma’nodagi faoliyat bilan bog‘liq, shuning uchun ham oqilonalik real ob’ektlarning faqat xayolda mavjud bo‘lgan ideal ob’ektlarga aylanishining maxsus tartib-taomillari uchun javobgardir. Ammo, ideal ob’ektlarni tuzish faoliyati xayolning cheksiz parvoziga imkon bersa, ilmiy oqilonalik, ya’ni fan e’tirof etuvchi ideal ob’ektlarni tafakkurda tuzish xayolning erkinligini cheklaydi. Unga amalda qo‘llash uchun yaroqli bilimlar kerak, binobarin, u faqat odamlarning hayoti va faoliyatida bevosita yoki bilvosita, dolzarb yoki potensial tarzda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ideal ob’ektlar va tartib-taomillarnigina e’tirof etadi. Bir tomondan, ilmiy oqilonalikni fan va tabiatshunoslikning rivojlanish tarixi, bilish tizimlarining takomillashtirilishi va metodologiya bilan bog‘laydilar. Bunda oqilonalik mantiqiy-metodologik standartlar bilan «qoplanadi». Boshqa tomondan, oqilonalik aqlga muvofiqlik, haqiqiylik bilan tenglashtiriladi. Bu yerda ham haqiqiy bilimning mezonlari, asoslari va dalillarini aniqlash, bilish tilini takomillashtirish muammolari birinchi o‘ringa chiqadi. B.S.Gryaznov fikriga ko‘ra, ilmiy bilimning oqilona tizimi, birinchidan, gomogen, ikkinchidan, berk bo‘lishi va nihoyat, uchinchidan, sababiy bog‘langan tuzilishga ega bo‘lishi lozim. Oqilonalik faoliyatni tashkil etishning sub’ektga xos bo‘lgan universal vositasi sifatida ham tushuniladi. M.Veber fikriga ko‘ra, oqilonalik – ko‘zlangan maqsadga erishish vositalarining aniq mo‘ljali. L.Vitgenshteyn ta’biri bilan aytganda, sharoitga eng yaxshi moslashganlik. S.Tulmin fikricha – faoliyat qoidalarining tadrijiyligi. Kanadalik faylasuf U.Drey insonning e’tiqodlari, motivlari va qilmishlari o‘rtasida aloqa o‘rnatishga harakat qiluvchi har qanday tushuntirishni oqilona deb ataydi. A.Nikiforov oqilonalik uch xil: «aql-idrok qonunlari»ga muvofiqlik sifatida, «maqsadga muvofiqlik» sifatida va fanning maqsadi sifatida qaralishi  
 
mumkinligiga e’tiborni qaratadi. Birinchi holda oqilonalik tushunchasining 
o‘zagini mantiq qonunlari tashkil etadi. Metodologlar oqilonalik haqida so‘z 
yuritar ekanlar, avvalo ilmiy yoki mantiqiy-metodologik oqilonalikni nazarda 
tutadilar. Biroq oqilonalik qoidalar majmui bilan bog‘lansa, fanshunoslikka doir 
tarixiy tahlil u yoki bu metodologik qoida buzilgan, olim esa bunda ilmiy 
natijalarga erishmagan ko‘p sonli ziddiyatlar haqida «shivirlay» boshlaydi. 
Shunday qilib, oqilonalikning yagona universal tushunchasini topish mumkin 
emas. Bu g‘oyani metodologlar ham qayd etadilar. Ular oqilonalikning har xil 
modellari, binobarin, metodologiyaning ham har xil modellari mavjudligini 
ta’kidlaydilar. Bular: 
1) induktivistik model (Karnap, Xesse); 
2) deduktivistik model (Gempel, Popper); 
3) evolyusionistik model;  
4) to‘rsimon model (Laudan); 
5) realistik model (Nyuton-Smit).  
Bunga paradigmal modelni ham, tanqidiy ratsionalizm tamoyilini qabul qilishga 
asoslangan modelni ham, ilmiy tadqiqot dasturiga asoslanuvchi modelni ham, fanni 
tematik tahlil qilish modelini ham qo‘shimcha qilish mumkin. Bu modellarning 
barchasi o‘zlarining u yoki bu vakillari fanning haqiqiy tarixini qabul qilingan 
algoritmga 
muvofiq 
oqilona 
rekonstruksiya 
qilib, shu 
yo‘l 
bilan 
fan 
rivojlanishining yagona yo‘nalishini olishlarini nazarda tutadi.  
Ilmiy oqilonalikning noklassik va postnoklassik qiyofasi. Noklassik ilmiy 
oqilonalik ob’ektning tabiati bilan uni tadqiq qilish vositalari va usullarining 
o‘zaro nisbatini e’tiborga oladi. Barcha ta’sirlarni, bilishga ko‘maklashuvchi 
omillar va vositalarni istisno etish emas, balki ularning roli va ta’sirini aniqlash 
haqiqatning tagiga yetishning muhim shartiga aylanadi.  
   Oqilona ongning barcha shakllariga borliqqa mumkin qadar ko‘proq e’tibor 
berish xos. Agar dunyoning klassik manzarasi nuqtai nazaridan oqilonalikning 
predmetliligi deganda avvalambor ob’ektning predmetliligi tushunilsa, noklassik 
oqilonalikning predmetliligi deganda insonning o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan 
mumkinligiga e’tiborni qaratadi. Birinchi holda oqilonalik tushunchasining o‘zagini mantiq qonunlari tashkil etadi. Metodologlar oqilonalik haqida so‘z yuritar ekanlar, avvalo ilmiy yoki mantiqiy-metodologik oqilonalikni nazarda tutadilar. Biroq oqilonalik qoidalar majmui bilan bog‘lansa, fanshunoslikka doir tarixiy tahlil u yoki bu metodologik qoida buzilgan, olim esa bunda ilmiy natijalarga erishmagan ko‘p sonli ziddiyatlar haqida «shivirlay» boshlaydi. Shunday qilib, oqilonalikning yagona universal tushunchasini topish mumkin emas. Bu g‘oyani metodologlar ham qayd etadilar. Ular oqilonalikning har xil modellari, binobarin, metodologiyaning ham har xil modellari mavjudligini ta’kidlaydilar. Bular: 1) induktivistik model (Karnap, Xesse); 2) deduktivistik model (Gempel, Popper); 3) evolyusionistik model; 4) to‘rsimon model (Laudan); 5) realistik model (Nyuton-Smit). Bunga paradigmal modelni ham, tanqidiy ratsionalizm tamoyilini qabul qilishga asoslangan modelni ham, ilmiy tadqiqot dasturiga asoslanuvchi modelni ham, fanni tematik tahlil qilish modelini ham qo‘shimcha qilish mumkin. Bu modellarning barchasi o‘zlarining u yoki bu vakillari fanning haqiqiy tarixini qabul qilingan algoritmga muvofiq oqilona rekonstruksiya qilib, shu yo‘l bilan fan rivojlanishining yagona yo‘nalishini olishlarini nazarda tutadi. Ilmiy oqilonalikning noklassik va postnoklassik qiyofasi. Noklassik ilmiy oqilonalik ob’ektning tabiati bilan uni tadqiq qilish vositalari va usullarining o‘zaro nisbatini e’tiborga oladi. Barcha ta’sirlarni, bilishga ko‘maklashuvchi omillar va vositalarni istisno etish emas, balki ularning roli va ta’sirini aniqlash haqiqatning tagiga yetishning muhim shartiga aylanadi. Oqilona ongning barcha shakllariga borliqqa mumkin qadar ko‘proq e’tibor berish xos. Agar dunyoning klassik manzarasi nuqtai nazaridan oqilonalikning predmetliligi deganda avvalambor ob’ektning predmetliligi tushunilsa, noklassik oqilonalikning predmetliligi deganda insonning o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan  
 
borliqqa nisbatan plastik, jo‘shqin munosabati tushuniladi. Birinchi holda biz 
borliqning predmetliligiga, ikkinchi holda esa – shakllanishning predmetliligiga 
duch kelamiz. Vazifa – ularni birlashtirish.  
    Oqilonalikning postnoklassik qiyofasida, oqilonalik nafaqat mantiqiy-
metodologik standartlarni, balki insonning oqilona, izchil harakatlari va xulq-
atvorini tahlildan o‘tkazishni ham o‘z ichiga oladi. Fanda yuzaga kelgan 
plyuralizm g‘oyasi oqilonalikni alohida paradigmalarning texnologiyalariga 
singdirib yuboradi. P.Gaydenko ta’biri bilan aytganda, bir tafakkur o‘rnida 
oqilonalikning ko‘plab turlari vujudga keladi. Bir qancha mualliflarning fikriga 
ko‘ra, oqilonalik rivojlanishining postnoklassik bosqichi bilim nafaqat bilish 
vositalari, balki faoliyatning qadriyat va maqsadlari bilan ham o‘zaro 
nisbatlashganligi bilan tavsiflanadi.  
Oqilonalikning yangi postnoklassik tipi yangi tushunchalar: chiziqsizlik, 
qaytmaslik, nomuvoziylik, tartibsizlik va boshqa tushunchalardan faol foydalanadi. 
Bu metodologik mo‘ljallarni asrning yangi imperativlari deb nomlash ham 
mumkin.  
 
   6.2.Yangi oqilonalikning cheksizligi.  
 
monologizmdan voz kechilishi va polifundamentalizm, inversiyalilik, tizimlarning 
ochiqligi, ularni tavsiflashning tarmoqli grafigini tasdiqlovchi ko‘p sonli 
raqobatdosh yondashuvlarning tan olinishi reduksionizm, elementarizm, chiziqlilik 
tamoyillarining inkor etilishi bilan bir vaqtda yuz beradi. Bularning barchasi 
hozirgi ilmiy oqilonalikni cheksiz va sertarmoq qilib qo‘yadi. «Oqilonalik» 
tushunchasining yangi, kengaytirilgan hajmiga intuitsiya, noaniqlik, evristika 
hamda klassik ratsionalizm uchun an’anaviy bo‘lmagan boshqa pragmatik 
xususiyatlar, masalan, foyda, qulaylik, samaradorlik kiritilgan. Yangi oqilonalikda 
ob’ekt sohasi unga «sun’iy intellekt», «virtual voqelik», «kiborg-munosabatlar» 
singari tizimlar kiritilishi hisobiga kengayadi. Ob’ekt sohasining tubdan 
kengayishi uning tubdan «insoniylashuvi» bilan muvoziy tarzda kechadi. Inson 
borliqqa nisbatan plastik, jo‘shqin munosabati tushuniladi. Birinchi holda biz borliqning predmetliligiga, ikkinchi holda esa – shakllanishning predmetliligiga duch kelamiz. Vazifa – ularni birlashtirish. Oqilonalikning postnoklassik qiyofasida, oqilonalik nafaqat mantiqiy- metodologik standartlarni, balki insonning oqilona, izchil harakatlari va xulq- atvorini tahlildan o‘tkazishni ham o‘z ichiga oladi. Fanda yuzaga kelgan plyuralizm g‘oyasi oqilonalikni alohida paradigmalarning texnologiyalariga singdirib yuboradi. P.Gaydenko ta’biri bilan aytganda, bir tafakkur o‘rnida oqilonalikning ko‘plab turlari vujudga keladi. Bir qancha mualliflarning fikriga ko‘ra, oqilonalik rivojlanishining postnoklassik bosqichi bilim nafaqat bilish vositalari, balki faoliyatning qadriyat va maqsadlari bilan ham o‘zaro nisbatlashganligi bilan tavsiflanadi. Oqilonalikning yangi postnoklassik tipi yangi tushunchalar: chiziqsizlik, qaytmaslik, nomuvoziylik, tartibsizlik va boshqa tushunchalardan faol foydalanadi. Bu metodologik mo‘ljallarni asrning yangi imperativlari deb nomlash ham mumkin. 6.2.Yangi oqilonalikning cheksizligi. monologizmdan voz kechilishi va polifundamentalizm, inversiyalilik, tizimlarning ochiqligi, ularni tavsiflashning tarmoqli grafigini tasdiqlovchi ko‘p sonli raqobatdosh yondashuvlarning tan olinishi reduksionizm, elementarizm, chiziqlilik tamoyillarining inkor etilishi bilan bir vaqtda yuz beradi. Bularning barchasi hozirgi ilmiy oqilonalikni cheksiz va sertarmoq qilib qo‘yadi. «Oqilonalik» tushunchasining yangi, kengaytirilgan hajmiga intuitsiya, noaniqlik, evristika hamda klassik ratsionalizm uchun an’anaviy bo‘lmagan boshqa pragmatik xususiyatlar, masalan, foyda, qulaylik, samaradorlik kiritilgan. Yangi oqilonalikda ob’ekt sohasi unga «sun’iy intellekt», «virtual voqelik», «kiborg-munosabatlar» singari tizimlar kiritilishi hisobiga kengayadi. Ob’ekt sohasining tubdan kengayishi uning tubdan «insoniylashuvi» bilan muvoziy tarzda kechadi. Inson  
 
dunyoning manzarasiga uning faol ishtirokchisi sifatidagina emas, balki tizim hosil 
qiluvchi tamoyil sifatida ham kiradi. Bu insonning tafakkuri ob’ektning predmetli 
mazmuni bilan qo‘shilib ketishini bildiradi. Shuning uchun ham postnoklassik 
oqilonalik – sub’ektivlik va ob’ektivlikning birligi demak. U ijtimoiy-madaniy 
mazmun ham kasb etadi. Sub’ekt va ob’ekt tushunchalari elementlari faqat bir-biri 
va butun tizim bilan bog‘liqlikda ma’noga ega bo‘ladigan tizimni hosil qiladi. 
Mazkur tizimda qadimiyat davridayoq ilgari surilgan inson va dunyoning ma’naviy 
birligi g‘oyasini ko‘rish mumkin.  
     Hozirgi zamon olimi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlaridan qat’iy nazar olingan 
natijalarni qayd etish va tahlil qilishga, shu jumladan bu natijalar dastlabki 
maqsadga qaraganda boyroq bo‘lishi mumkinligiga ham tayyor turishi lozim.  
Borliqning hozirgi qiyofasi fan paradigmasida yuz bergan o‘zgarishlarni 
tasdiqlaydi, olamni ko‘rishning yangicha usulini belgilaydi va dunyoning hozirgi 
postnoklassik manzarasining muhim elementi hisoblanadi.   
«Ochiq» va «yopiq» oqilonalik. Oqilonalik g‘oyasi reflekssiz nazorat va 
ob’ektivlashtiruvchi 
modellashtirish 
tarzida 
«yopiq 
oqilonalik» 
rejimida 
shakllangan izchil mo‘ljallar asosida ayniqsa ko‘p ro‘yobga chiqariladi. Shuning 
uchun ham ba’zan oqilonalik muvaffaqiyatli maqsadga muvofiq yoki izchil 
faoliyat bilan bog‘liq deb ko‘rsatiladi. Tadqiqotchilar «yopiq» oqilonalikka 
tanqidiy yondashadilar. Alohida paradigmalarning «yopiq» oqilonalik rejimida 
faoliyat ko‘rsatuvchi asoslarni mutlaqlashtirish va dogmalashtirish hozirgi ongda 
oqilonalik 
g‘oyasini 
uning 
ma’naviy 
mezonlaridan, 
inson 
va 
dunyo 
munosabatlarini uyg‘unlashtirish bilan bog‘liq istiqbollardan mahrum etadi.  
Ammo «yopiq» oqilonalikda oqilona bo‘lgan narsalar «ochiq» oqilonalikda 
o‘zining bu xususiyatini yo‘qotadi. Masalan, ishlab chiqarish muammolarining 
yechimlari 
ekologik 
muammolar 
nuqtai 
nazaridan 
doim 
ham 
oqilona 
bo‘lavermaydi. Yoki fan nuqtai nazaridan oqilona bo‘lmagan faoliyat boshqa 
nuqtai nazardan, masalan, ilmiy daraja olish nuqtai nazaridan oqilona bo‘lishi 
mumkin.  
dunyoning manzarasiga uning faol ishtirokchisi sifatidagina emas, balki tizim hosil qiluvchi tamoyil sifatida ham kiradi. Bu insonning tafakkuri ob’ektning predmetli mazmuni bilan qo‘shilib ketishini bildiradi. Shuning uchun ham postnoklassik oqilonalik – sub’ektivlik va ob’ektivlikning birligi demak. U ijtimoiy-madaniy mazmun ham kasb etadi. Sub’ekt va ob’ekt tushunchalari elementlari faqat bir-biri va butun tizim bilan bog‘liqlikda ma’noga ega bo‘ladigan tizimni hosil qiladi. Mazkur tizimda qadimiyat davridayoq ilgari surilgan inson va dunyoning ma’naviy birligi g‘oyasini ko‘rish mumkin. Hozirgi zamon olimi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlaridan qat’iy nazar olingan natijalarni qayd etish va tahlil qilishga, shu jumladan bu natijalar dastlabki maqsadga qaraganda boyroq bo‘lishi mumkinligiga ham tayyor turishi lozim. Borliqning hozirgi qiyofasi fan paradigmasida yuz bergan o‘zgarishlarni tasdiqlaydi, olamni ko‘rishning yangicha usulini belgilaydi va dunyoning hozirgi postnoklassik manzarasining muhim elementi hisoblanadi. «Ochiq» va «yopiq» oqilonalik. Oqilonalik g‘oyasi reflekssiz nazorat va ob’ektivlashtiruvchi modellashtirish tarzida «yopiq oqilonalik» rejimida shakllangan izchil mo‘ljallar asosida ayniqsa ko‘p ro‘yobga chiqariladi. Shuning uchun ham ba’zan oqilonalik muvaffaqiyatli maqsadga muvofiq yoki izchil faoliyat bilan bog‘liq deb ko‘rsatiladi. Tadqiqotchilar «yopiq» oqilonalikka tanqidiy yondashadilar. Alohida paradigmalarning «yopiq» oqilonalik rejimida faoliyat ko‘rsatuvchi asoslarni mutlaqlashtirish va dogmalashtirish hozirgi ongda oqilonalik g‘oyasini uning ma’naviy mezonlaridan, inson va dunyo munosabatlarini uyg‘unlashtirish bilan bog‘liq istiqbollardan mahrum etadi. Ammo «yopiq» oqilonalikda oqilona bo‘lgan narsalar «ochiq» oqilonalikda o‘zining bu xususiyatini yo‘qotadi. Masalan, ishlab chiqarish muammolarining yechimlari ekologik muammolar nuqtai nazaridan doim ham oqilona bo‘lavermaydi. Yoki fan nuqtai nazaridan oqilona bo‘lmagan faoliyat boshqa nuqtai nazardan, masalan, ilmiy daraja olish nuqtai nazaridan oqilona bo‘lishi mumkin.  
 
Ochiq oqilonalikning evristik g‘oyasi fanning tadrijiy rivojlanishini, tahlil 
apparati, haqiqatni izlash jarayonini tushuntirish va asoslash usullari muttasil 
takomillashib borganligini aks ettiradi. Shu bilan birga, hozirgi fanlar dunyoning 
ilmiy manzarasini yaratishda jiddiy yutuqlarga erishganiga qaramay, uchinchi 
mingyillik bo‘sag‘asida fan gravitatsiya, hayotning vujudga kelishi, ongning paydo 
bo‘lishini muvofiq tarzda tushuntirishga, maydon yagona nazariyasini yaratishga 
va bugungi kunda soxta deb qaralmayotgan parapsixologik yoki bioenergetik-
axborot o‘zaro ta’sirlarini qoniqarli tarzda asoslashga muvaffaq bo‘lmadi, degan 
ovozlar ham yangramoqda. Hayot va tafakkurning paydo bo‘lishini hodisalar, 
o‘zaro ta’sirlar va elementlarning tasodifiy uyg‘unligi bilan tushuntirish mumkin 
emasligi ayon bo‘lib qoldi, mazkur farazni ehtimolliklar nazariyasi ham taqiqlaydi. 
Yerning mavjudlik davri variantlarini ko‘rib chiqish darajasi yetishmaydi. 
 
6.3.Ong strukturasida oqilonalik.  
 
Klassik fan kontekstida oqilonalik ongning oliy qobiliyati sifatida tushuniladi, 
tushunchalar va mantiqiy apparat bilan bog‘liq oqilona fikrlash esa ongning 
barcha strukturaviy xususiyatlaridan ustun qo‘yiladi. Bu holda oqilonalik boshqa 
tushunchalar olamiga tushib qoladi va ong, bilish, bilim bilan bir qatorda turib, 
ularning umumiy va uzviy belgisi deb hisoblanishga da’vogar bo‘ladi.  
Ong strukturasining oqilonaligi muammosi so‘nggi yillarda bilimning turli 
sohalariga sistemali-strukturaviy metod faol kirib kelishi munosabati bilan yuzaga 
keldi. Garchi XX asrda ongni «bevosita idrok etuvchi», tushunuvchi, «o‘zini va o‘z 
negizini biluvchi» deb ta’riflash odat tusini olgan bo‘lsa-da, ayni shu XX asr 
sistemali-strukturaviy tahlilni tilshunoslik, madaniyatshunoslik, etnografiya va 
sotsiologiyaga nisbatan tatbiq etdi. U tadqiqotchilik faoliyatining murakkab sohasi 
– inson ongiga ham kirib keldi va uni mumkin qadar oqilonalashtirdi. Ma’lumki, 
har qanday struktura elementlarning mavjudligini, ularning o‘zaro ta’siri, bir-birini 
bo‘ysundirishi va ierarxiyasini nazarda tutadi. Struktura (lotincha – tuzilish, 
joylashish, tartib) ob’ektning yaxlitligini va har xil tashqi va ichki o‘zgarishlar 
Ochiq oqilonalikning evristik g‘oyasi fanning tadrijiy rivojlanishini, tahlil apparati, haqiqatni izlash jarayonini tushuntirish va asoslash usullari muttasil takomillashib borganligini aks ettiradi. Shu bilan birga, hozirgi fanlar dunyoning ilmiy manzarasini yaratishda jiddiy yutuqlarga erishganiga qaramay, uchinchi mingyillik bo‘sag‘asida fan gravitatsiya, hayotning vujudga kelishi, ongning paydo bo‘lishini muvofiq tarzda tushuntirishga, maydon yagona nazariyasini yaratishga va bugungi kunda soxta deb qaralmayotgan parapsixologik yoki bioenergetik- axborot o‘zaro ta’sirlarini qoniqarli tarzda asoslashga muvaffaq bo‘lmadi, degan ovozlar ham yangramoqda. Hayot va tafakkurning paydo bo‘lishini hodisalar, o‘zaro ta’sirlar va elementlarning tasodifiy uyg‘unligi bilan tushuntirish mumkin emasligi ayon bo‘lib qoldi, mazkur farazni ehtimolliklar nazariyasi ham taqiqlaydi. Yerning mavjudlik davri variantlarini ko‘rib chiqish darajasi yetishmaydi. 6.3.Ong strukturasida oqilonalik. Klassik fan kontekstida oqilonalik ongning oliy qobiliyati sifatida tushuniladi, tushunchalar va mantiqiy apparat bilan bog‘liq oqilona fikrlash esa ongning barcha strukturaviy xususiyatlaridan ustun qo‘yiladi. Bu holda oqilonalik boshqa tushunchalar olamiga tushib qoladi va ong, bilish, bilim bilan bir qatorda turib, ularning umumiy va uzviy belgisi deb hisoblanishga da’vogar bo‘ladi. Ong strukturasining oqilonaligi muammosi so‘nggi yillarda bilimning turli sohalariga sistemali-strukturaviy metod faol kirib kelishi munosabati bilan yuzaga keldi. Garchi XX asrda ongni «bevosita idrok etuvchi», tushunuvchi, «o‘zini va o‘z negizini biluvchi» deb ta’riflash odat tusini olgan bo‘lsa-da, ayni shu XX asr sistemali-strukturaviy tahlilni tilshunoslik, madaniyatshunoslik, etnografiya va sotsiologiyaga nisbatan tatbiq etdi. U tadqiqotchilik faoliyatining murakkab sohasi – inson ongiga ham kirib keldi va uni mumkin qadar oqilonalashtirdi. Ma’lumki, har qanday struktura elementlarning mavjudligini, ularning o‘zaro ta’siri, bir-birini bo‘ysundirishi va ierarxiyasini nazarda tutadi. Struktura (lotincha – tuzilish, joylashish, tartib) ob’ektning yaxlitligini va har xil tashqi va ichki o‘zgarishlar  
 
sharoitida o‘ziga o‘zi muvofiqligini ta’minlovchi uning barqaror aloqalari 
majmuini ifodalaydi.  
Oqilonalikning haqiqiy maqomini aniqlash va uning tuzilishini o‘rganish uchun 
ongni tahlil qilishga nisbatan sistemali-strukturaviy metoddan foydalanish ong 
«g‘isht va sement»dan iborat qurilma sifatida talqin qilinishini anglatmaydi. 
Empirik jihatdan ong hissiy va aqliy obrazlarning uzluksiz o‘zgaruvchi majmui 
sifatida namoyon bo‘ladi.  
Tadqiqotchilar ong tuzilishini o‘rganishga kirishar ekanlar, ular doim ajabtovur 
bir vaziyatga duch keladilar. Ong hissiy va o‘ta ta’sirchan ob’ekt sifatida o‘zini 
aniq-ravshan namoyon etadi, biroq, shunga qaramay, o‘zini bevosita tahlil qilish 
imkonini bermaydi. Bir tomondan, ongni uning moddiy substrati – bosh miyasiz va 
ongning mazmunini aks ettiruvchi materiyasiz tasavvur qilish mumkin emas. 
Boshqa tomondan, ongni substratning o‘zi – bosh miyaga ham, materiyaga ham 
bog‘lab bo‘lmaydi. Hatto eng mohir anatom ham nervni miyagacha kuzatib, 
tuyg‘ular va fikrga yo‘l ochuvchi dastlabki asosga yaqinlasha olmaydi. 
Ong tabiatini tushuntiruvchi kamida ikkita yondashuv mavjud. Birinchi 
yondashuv fransuz ratsionalist faylasufi Rene Dekart nomi bilan bog‘liq. U ongni 
insonning sezgilar, idrok, xotira, emotsiyalar, iroda, fikrlar, mulohazalar, tilni, 
shuningdek narsalarning obrazlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi berk ichki 
dunyosi deb tushunishni taklif qilgan. Aytib o‘tilgan elementlar ong strukturasini 
tashkil etadi. Fikrlash jarayonining tadrijiyligi ong faoliyatining bosh shakli deb 
e’tirof etiladi. Dekartning «cogito ergo sum» (men fikrlayapman, demak, 
mavjudman» iborasi insonning barcha harakatlarini to uning mavjudligiga qadar 
ongga bo‘ysundiradi.  
Bu yondashuvga tayanib, fan ong ichiga «safar qilish»ni, ya’ni miya 
mexanizmlarini o‘rganishni taklif qiladi. Biroq neyrofiziologlar miya strukturalari 
va faoliyatini o‘rganish yo‘li bilan ong haqida to‘la axborot olish mumkinligiga 
shubha bilan qaraydilar. Ongning ijtimoiy tabiati, uning muayyan tarixiy va ijodiy 
xususiyati bilan bog‘liq ko‘p sonli muammolar yuzaga keladi.  
sharoitida o‘ziga o‘zi muvofiqligini ta’minlovchi uning barqaror aloqalari majmuini ifodalaydi. Oqilonalikning haqiqiy maqomini aniqlash va uning tuzilishini o‘rganish uchun ongni tahlil qilishga nisbatan sistemali-strukturaviy metoddan foydalanish ong «g‘isht va sement»dan iborat qurilma sifatida talqin qilinishini anglatmaydi. Empirik jihatdan ong hissiy va aqliy obrazlarning uzluksiz o‘zgaruvchi majmui sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotchilar ong tuzilishini o‘rganishga kirishar ekanlar, ular doim ajabtovur bir vaziyatga duch keladilar. Ong hissiy va o‘ta ta’sirchan ob’ekt sifatida o‘zini aniq-ravshan namoyon etadi, biroq, shunga qaramay, o‘zini bevosita tahlil qilish imkonini bermaydi. Bir tomondan, ongni uning moddiy substrati – bosh miyasiz va ongning mazmunini aks ettiruvchi materiyasiz tasavvur qilish mumkin emas. Boshqa tomondan, ongni substratning o‘zi – bosh miyaga ham, materiyaga ham bog‘lab bo‘lmaydi. Hatto eng mohir anatom ham nervni miyagacha kuzatib, tuyg‘ular va fikrga yo‘l ochuvchi dastlabki asosga yaqinlasha olmaydi. Ong tabiatini tushuntiruvchi kamida ikkita yondashuv mavjud. Birinchi yondashuv fransuz ratsionalist faylasufi Rene Dekart nomi bilan bog‘liq. U ongni insonning sezgilar, idrok, xotira, emotsiyalar, iroda, fikrlar, mulohazalar, tilni, shuningdek narsalarning obrazlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi berk ichki dunyosi deb tushunishni taklif qilgan. Aytib o‘tilgan elementlar ong strukturasini tashkil etadi. Fikrlash jarayonining tadrijiyligi ong faoliyatining bosh shakli deb e’tirof etiladi. Dekartning «cogito ergo sum» (men fikrlayapman, demak, mavjudman» iborasi insonning barcha harakatlarini to uning mavjudligiga qadar ongga bo‘ysundiradi. Bu yondashuvga tayanib, fan ong ichiga «safar qilish»ni, ya’ni miya mexanizmlarini o‘rganishni taklif qiladi. Biroq neyrofiziologlar miya strukturalari va faoliyatini o‘rganish yo‘li bilan ong haqida to‘la axborot olish mumkinligiga shubha bilan qaraydilar. Ongning ijtimoiy tabiati, uning muayyan tarixiy va ijodiy xususiyati bilan bog‘liq ko‘p sonli muammolar yuzaga keladi.  
 
Ikkinchi yondashuv ongning mohiyatini uning o‘zidan emas, balki tashqi dunyo, 
ijtimoiy amaliyotdan qidirishni nazarda tutadi. Bu yondashuvga binoan ong 
obrazlari faoliyat jarayonida, insonga atrof borliqning ta’siri natijasida yuzaga 
keladi. Inson o‘zaro ta’sirga kirishuvchi narsalar doirasi qancha keng, sub’ektning 
o‘zi qancha faol bo‘lsa, tafakkur va ong shuncha barkamol bo‘ladi. Bu yondashuv 
xulosalari: «ongni borliq belgilaydi», «ong – moddiy dunyoning sub’ektiv obrazi», 
«ong – borliqning in’ikosi», «ong – kollektiv olingan bilim» - ong tashqi borliqqa 
bog‘liqligini, ongning ijtimoiy tabiatini tasdiqlaydi. Shu nuqtai nazardan ong 
shaxsiy va individual xossa, sir va jumboq sifatida emas, balki butun insoniyat 
qavmining universal va shakllanuvchi xususiyati sifatida namoyon bo‘ladi. Ong 
hodisasi oqilona anglab yetiluvchi va oqilona belgilanuvchi hodisa sifatida talqin 
qilinadi. Zero o‘z borlig‘i usuliga ko‘ra ong miya xossasidir, bosh miyaning nerv 
jarayonlari ongning moddiy ifodachilari bo‘lib xizmat qiladi.  
Mazmun jihatidan ong ob’ektiv borliqning in’ikosi, tashqi dunyo va o‘zi haqidagi 
axborotning ifodachisi, harakatlarni oldindan fikran tuzuvchi va ularning 
natijalarini bashorat qiluvchidir.  
Yuzaga kelish usuliga ko‘ra ong materiya harakati biologik va ijtimoiy 
shakllarining mahsulidir; insonning ijtimoiy-moddiy faoliyati ongning tarixiy 
shakllanish omilidir.  
Vazifasiga ko‘ra ong – inson xulq-atvori va faoliyatini boshqarish omili, 
borliqning nisbiy-izchil in’ikosi va uni asosli-ijodiy o‘zgartirish vositasi, mantiqiy 
fikrlash shakllarining shakllanish omilidir.  
 
 
Nazorat uchun savollar 
 
1. Nima sababdan insoniyat sivilizatsiyasi azaldan oqilona sivilizatsiya sifatida 
qaraladi? 
2. Nimalar oqilonalikning aniq-ravshan ko‘rinib turuvchi tarkibiy elementlaridir?  
3. Oqilonalikning yagona universal talqini ?  
4. Hozirgi zamon metodologlari oqilonalikning qanday turlarini e’tirof e’tadilar? 
Ikkinchi yondashuv ongning mohiyatini uning o‘zidan emas, balki tashqi dunyo, ijtimoiy amaliyotdan qidirishni nazarda tutadi. Bu yondashuvga binoan ong obrazlari faoliyat jarayonida, insonga atrof borliqning ta’siri natijasida yuzaga keladi. Inson o‘zaro ta’sirga kirishuvchi narsalar doirasi qancha keng, sub’ektning o‘zi qancha faol bo‘lsa, tafakkur va ong shuncha barkamol bo‘ladi. Bu yondashuv xulosalari: «ongni borliq belgilaydi», «ong – moddiy dunyoning sub’ektiv obrazi», «ong – borliqning in’ikosi», «ong – kollektiv olingan bilim» - ong tashqi borliqqa bog‘liqligini, ongning ijtimoiy tabiatini tasdiqlaydi. Shu nuqtai nazardan ong shaxsiy va individual xossa, sir va jumboq sifatida emas, balki butun insoniyat qavmining universal va shakllanuvchi xususiyati sifatida namoyon bo‘ladi. Ong hodisasi oqilona anglab yetiluvchi va oqilona belgilanuvchi hodisa sifatida talqin qilinadi. Zero o‘z borlig‘i usuliga ko‘ra ong miya xossasidir, bosh miyaning nerv jarayonlari ongning moddiy ifodachilari bo‘lib xizmat qiladi. Mazmun jihatidan ong ob’ektiv borliqning in’ikosi, tashqi dunyo va o‘zi haqidagi axborotning ifodachisi, harakatlarni oldindan fikran tuzuvchi va ularning natijalarini bashorat qiluvchidir. Yuzaga kelish usuliga ko‘ra ong materiya harakati biologik va ijtimoiy shakllarining mahsulidir; insonning ijtimoiy-moddiy faoliyati ongning tarixiy shakllanish omilidir. Vazifasiga ko‘ra ong – inson xulq-atvori va faoliyatini boshqarish omili, borliqning nisbiy-izchil in’ikosi va uni asosli-ijodiy o‘zgartirish vositasi, mantiqiy fikrlash shakllarining shakllanish omilidir. Nazorat uchun savollar 1. Nima sababdan insoniyat sivilizatsiyasi azaldan oqilona sivilizatsiya sifatida qaraladi? 2. Nimalar oqilonalikning aniq-ravshan ko‘rinib turuvchi tarkibiy elementlaridir? 3. Oqilonalikning yagona universal talqini ? 4. Hozirgi zamon metodologlari oqilonalikning qanday turlarini e’tirof e’tadilar?  
 
5. A.Nikiforov oqilonalik haqida qanday fikrlarni ilgari surgan? 
6. Hozirgi zamon olimlari metodologiyaning qanday modellari mavjudligini 
ta’kidlaydilar? 
7. Qaysi ilmiy oqilonalikda ob’ektning tabiati bilan uni tadqiq qilish vositalari va 
usullarining o‘zaro nisbatini e’tiborga oladi.? 
8. «Oqilonalik» 
tushunchasining 
yangi, 
kengaytirilgan 
hajmiga 
qanday 
xususiyatlar kiritilgan.? 
9. Klassik falsafa kontekstida oqilonalik qanday tushuniladi? 
 
 
 
5. A.Nikiforov oqilonalik haqida qanday fikrlarni ilgari surgan? 6. Hozirgi zamon olimlari metodologiyaning qanday modellari mavjudligini ta’kidlaydilar? 7. Qaysi ilmiy oqilonalikda ob’ektning tabiati bilan uni tadqiq qilish vositalari va usullarining o‘zaro nisbatini e’tiborga oladi.? 8. «Oqilonalik» tushunchasining yangi, kengaytirilgan hajmiga qanday xususiyatlar kiritilgan.? 9. Klassik falsafa kontekstida oqilonalik qanday tushuniladi?