OQILONALIK VA IRRATSIONALIZM UYG‘UNLIGI (Ilmiy tadqiqotda ratsionallik va irrotsionallik, Xabitus tushunchasining tahlili)

Yuklangan vaqt

2024-07-21

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

16

Faytl hajmi

50,4 KB


 
 
 
 
 
OQILONALIK VA IRRATSIONALIZM UYG‘UNLIGI 
 
 
Reja: 
7.1. Ilmiy tadqiqotda ratsionallik va irrotsionallik 
7.2. Hayotning oqilonalashuvi 
7.3. Kundalik amaliyot va takrorlashning davomiyligi 
7.4. Xabitus tushunchasining tahlili. 
 
7.1.Ilmiy tadqiqot faoliyatida ratsionallik va irratsionallik. Ob’ektiv borliqni 
biz yaratmaganmiz, shu sababli biz borliqdan va uning ob’ektiv qonunlaridan kelib 
chiqib, o‘zimizning o‘sib borayotgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarimizni 
qondirishga qodir bo‘lgan o‘z «insoniylashtirilgan» tabiatimizni yaratamiz. Shu 
ma’noda biz dunyoga o‘z sezgilarimiz va aql-idrokimizni kiritamiz, lekin bunday 
kiritishni biz tabiat va amaliy harakatni aniq maqsadga muvofiq bo‘lgan, 
o‘zlashtirilgan bilimlarni hayotga tatbiq etish imkoniyatini beradigan tarzda amalga 
oshiramiz.  
Bilish bilimsizlikdan bilimlilikka, bir bilimdan yanada chuqurroq bo‘lgan boshqa 
bilimga o‘tish sifatida amalga oshiriladi. Bu jarayon bir-biri bilan bog‘langan ko‘p 
sonli holatlar va jihatlardan tarkib topadi. Sezgilar va bilimning o‘zaro nisbati 
haqidagi masala xususida falsafa tarixida ikki nuqtai nazar – sensualizm va 
ratsionalizm mavjud bo‘lgan. Birinchi nuqtai nazarga ko‘ra, haqiqatning tagiga 
yetishning birdan-bir manbai va vositasi sezgilar hisoblanadi. J.Lokk sensualizm 
tarafdori bo‘lgan.  
Jon Lokk (1632 – 1704) –bilishning empirik nazariyasi asoschisi, liberal 
ijtimoiy-siyosiy konsepsiya muallifi. Eng muhim asarlari: «Inson bilimi haqida 
OQILONALIK VA IRRATSIONALIZM UYG‘UNLIGI Reja: 7.1. Ilmiy tadqiqotda ratsionallik va irrotsionallik 7.2. Hayotning oqilonalashuvi 7.3. Kundalik amaliyot va takrorlashning davomiyligi 7.4. Xabitus tushunchasining tahlili. 7.1.Ilmiy tadqiqot faoliyatida ratsionallik va irratsionallik. Ob’ektiv borliqni biz yaratmaganmiz, shu sababli biz borliqdan va uning ob’ektiv qonunlaridan kelib chiqib, o‘zimizning o‘sib borayotgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarimizni qondirishga qodir bo‘lgan o‘z «insoniylashtirilgan» tabiatimizni yaratamiz. Shu ma’noda biz dunyoga o‘z sezgilarimiz va aql-idrokimizni kiritamiz, lekin bunday kiritishni biz tabiat va amaliy harakatni aniq maqsadga muvofiq bo‘lgan, o‘zlashtirilgan bilimlarni hayotga tatbiq etish imkoniyatini beradigan tarzda amalga oshiramiz. Bilish bilimsizlikdan bilimlilikka, bir bilimdan yanada chuqurroq bo‘lgan boshqa bilimga o‘tish sifatida amalga oshiriladi. Bu jarayon bir-biri bilan bog‘langan ko‘p sonli holatlar va jihatlardan tarkib topadi. Sezgilar va bilimning o‘zaro nisbati haqidagi masala xususida falsafa tarixida ikki nuqtai nazar – sensualizm va ratsionalizm mavjud bo‘lgan. Birinchi nuqtai nazarga ko‘ra, haqiqatning tagiga yetishning birdan-bir manbai va vositasi sezgilar hisoblanadi. J.Lokk sensualizm tarafdori bo‘lgan. Jon Lokk (1632 – 1704) –bilishning empirik nazariyasi asoschisi, liberal ijtimoiy-siyosiy konsepsiya muallifi. Eng muhim asarlari: «Inson bilimi haqida
 
 
tajriba», «Davlatni boshqarish haqida ikki risola», «Tarbiya haqida ayrim fikrlar» 
va h.k. 
Lokk ta’limotining diqqat markazida ingliz empirizmi ruhida rivojlangan bilish 
nazariyasi turadi. Lokk ilgari surgan konsepsiya sensualizmga asoslanadi, inson 
bilimi to‘laligicha tajribadan keltirib chiqariladi. Lokk inson tafakkurida tug‘ma 
g‘oyalar mavjudligiga bo‘lgan ishonchni tanqid tig‘i ostiga oladi. Uning fikricha, 
aql toza taxta yoki oq qog‘oz (tabula rasa)ni o‘zida ifodalaydi. Bilishning birdan-
bir manbai bo‘lib tajriba xizmat qiladi. Lokk ichki va tashqi tajribani ajratadi. 
Tashqi tajribani biz sezgi organlarimiz yordamida, ichki tajribani esa – o‘z 
tafakkurimiz (refleksiya) faoliyatini idrok etish yo‘li bilan o‘zlashtiramiz.  
Lokk barcha sezgilarni ikki turkumga – birlamchi sifatlar haqidagi g‘oyalar va 
ikkilamchi sifatlar haqidagi g‘oyalarga ajratadi. Birlamchi sifatlar – bu jismlarga 
xos sifatlar. Ular jismlarning o‘zida mavjud. Birlamchi sifatlarga ko‘lam, shakl, 
harakat va hokazolar kiradi. Ikkilamchi sifatlar sezgi organlari ta’sirida paydo 
bo‘ladi, ular jismlarda mavjud emas. Ikkilamchi sifatlarga rang, ta’m, hid va 
hokazolar kiradi.  
Sezgilar va refleksiya yordamida olingan g‘oyalar bilish jarayoniga zamin 
yaratadi. Aql biriktirish, taqqoslash va mavhumlashtirish yo‘li bilan sodda 
g‘oyalardan murakkab g‘oyalarni yasaydi. /oyalar aniq va mavhum, haqiqiy va 
xayoliy, adekvat va noadekvat bo‘lishi mumkin. Bunda haqiqat g‘oyalarning 
voqelikka muvofiqligi sifatida tushuniladi. 
O‘z ijtimoiy-siyosiy ta’limotida Lokk, xuddi Gobbs kabi, jamiyatning tabiiy 
holatidan kelib chiqadi. Ammo u jamiyatni hammaning hammaga qarshi urushi 
deb hisoblamaydi, balki erkinlik va tenglik saltanati sifatida tasvirlaydi. Insonning 
tabiiy huquqlariga Lokk yashash huquqi, erkinlik va o‘z peshona teri bilan 
topilgan mulkka egalik qilish huquqini kiritadi. O‘zini o‘zi asrashga intilish inson 
uchun tabiiydir, ayni shu sababli u xususiy mulkka egalik qilishi lozim, aks holda 
u o‘zining asosiy ehtiyojlarini qondira olmaydi. Boshqa tomondan, mulkdorlik 
mehnat va mehnatkashlik bilan, demakki, ijtimoiy boylikning ko‘payishi bilan 
ham uzviy bog‘liq.  
tajriba», «Davlatni boshqarish haqida ikki risola», «Tarbiya haqida ayrim fikrlar» va h.k. Lokk ta’limotining diqqat markazida ingliz empirizmi ruhida rivojlangan bilish nazariyasi turadi. Lokk ilgari surgan konsepsiya sensualizmga asoslanadi, inson bilimi to‘laligicha tajribadan keltirib chiqariladi. Lokk inson tafakkurida tug‘ma g‘oyalar mavjudligiga bo‘lgan ishonchni tanqid tig‘i ostiga oladi. Uning fikricha, aql toza taxta yoki oq qog‘oz (tabula rasa)ni o‘zida ifodalaydi. Bilishning birdan- bir manbai bo‘lib tajriba xizmat qiladi. Lokk ichki va tashqi tajribani ajratadi. Tashqi tajribani biz sezgi organlarimiz yordamida, ichki tajribani esa – o‘z tafakkurimiz (refleksiya) faoliyatini idrok etish yo‘li bilan o‘zlashtiramiz. Lokk barcha sezgilarni ikki turkumga – birlamchi sifatlar haqidagi g‘oyalar va ikkilamchi sifatlar haqidagi g‘oyalarga ajratadi. Birlamchi sifatlar – bu jismlarga xos sifatlar. Ular jismlarning o‘zida mavjud. Birlamchi sifatlarga ko‘lam, shakl, harakat va hokazolar kiradi. Ikkilamchi sifatlar sezgi organlari ta’sirida paydo bo‘ladi, ular jismlarda mavjud emas. Ikkilamchi sifatlarga rang, ta’m, hid va hokazolar kiradi. Sezgilar va refleksiya yordamida olingan g‘oyalar bilish jarayoniga zamin yaratadi. Aql biriktirish, taqqoslash va mavhumlashtirish yo‘li bilan sodda g‘oyalardan murakkab g‘oyalarni yasaydi. /oyalar aniq va mavhum, haqiqiy va xayoliy, adekvat va noadekvat bo‘lishi mumkin. Bunda haqiqat g‘oyalarning voqelikka muvofiqligi sifatida tushuniladi. O‘z ijtimoiy-siyosiy ta’limotida Lokk, xuddi Gobbs kabi, jamiyatning tabiiy holatidan kelib chiqadi. Ammo u jamiyatni hammaning hammaga qarshi urushi deb hisoblamaydi, balki erkinlik va tenglik saltanati sifatida tasvirlaydi. Insonning tabiiy huquqlariga Lokk yashash huquqi, erkinlik va o‘z peshona teri bilan topilgan mulkka egalik qilish huquqini kiritadi. O‘zini o‘zi asrashga intilish inson uchun tabiiydir, ayni shu sababli u xususiy mulkka egalik qilishi lozim, aks holda u o‘zining asosiy ehtiyojlarini qondira olmaydi. Boshqa tomondan, mulkdorlik mehnat va mehnatkashlik bilan, demakki, ijtimoiy boylikning ko‘payishi bilan ham uzviy bog‘liq.
 
 
Odamlarning davlat boshqaruviga o‘tishi va ijtimoiy shartnomaning tuzilishi, 
Lokk fikriga ko‘ra, tabiiy holatda huquqlarning mustahkam emasligi tufayli yuz 
beradi. Shu sababli bunda tabiiy huquqlar va tabiiy erkinlikdan butunlay voz 
kechish yuz bermaydi. Inson faqat ularni o‘z shaxsi va mol-mulkini himoya qilish 
uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklaydi. Binobarin, oliy hokimiyat 
cheklanmagan bo‘lishi mumkin emas.  
Mutlaq hokimiyatni cheklash uchun uni qonunchilik, ijro va federativ 
tarmoqlarga ajratish talab etiladi. Bu holda ular bir-biriga qaram bo‘lmaydi va 
shaxs huquqlarini ta’minlay oladi. Bunda qonunchilik hokimiyati birinchi darajali 
ahamiyat kasb etadi. Cherkov davlat ishlariga aralashmasligi kerak, xuddi 
shuningdek davlat ham cherkov ishlariga aralashmasligi lozim.  
Lokk tarbiya konsepsiyasini ham ilgari surdi. Uning fikricha, jismonan kuchli va 
ma’naviy yetuk insonni shakllantirish uchun tegishli ijtimoiy sharoitlar mavjud 
bo‘lishi kerak.  
Lokk ta’limoti g‘arb ma’naviy hayotiga ulkan ta’sir ko‘rsatdi. Uning ta’sirida 
Yevropada Ma’rifat davrining ijtimoiy-siyosiy tafakkuri shakllandi.  
 
Ikkinchi nuqtai nazar tarafdorlari (Dekart, Leybnis, Gegel) fikriga ko‘ra, umumiy 
va zaruriy haqiqatlar faqat tafakkurning o‘zidan olinishi mumkin.  
    Ikkala nuqtai nazar ham tor, bir yoqlamadir. Bilish faoliyatining rivojlanish 
jarayoni hissiylik va ratsionallik bir-biri bilan bog‘langan va bir-birini taqozo 
etishini, o‘z faoliyat va rivojlanish jarayonida ular bir-biriga o‘tishini ko‘rsatdi.  
Ammo hissiy va ratsional bilishning yagonaligi ularning har birini o‘zining alohida 
ichki xususiyatlaridan mahrum etmaydi. Inson o‘zini qurshagan dunyo bilan o‘zaro 
aloqaga kirishganida uning sezgi organlari faoliyati hissiy bilish deb ataladi. Hissiy 
bilishning o‘ziga xos xususiyati uning konkretligi va predmetli xususiyatida 
namoyon bo‘ladi. Hayot faoliyati jarayonida insonning sezgi organlari signal 
sistemasi sifatida amal qiladi. Uning yordamida inson mazkur mehnat jarayoni 
amalda mavjud bo‘lgan qaysi narsalar majmui bilan o‘zaro aloqada yuz berayotgan 
bo‘lsa, ayni shu narsalar majmuiga nisbatan konkret vaziyatga qarab mo‘ljal oladi. 
Odamlarning davlat boshqaruviga o‘tishi va ijtimoiy shartnomaning tuzilishi, Lokk fikriga ko‘ra, tabiiy holatda huquqlarning mustahkam emasligi tufayli yuz beradi. Shu sababli bunda tabiiy huquqlar va tabiiy erkinlikdan butunlay voz kechish yuz bermaydi. Inson faqat ularni o‘z shaxsi va mol-mulkini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklaydi. Binobarin, oliy hokimiyat cheklanmagan bo‘lishi mumkin emas. Mutlaq hokimiyatni cheklash uchun uni qonunchilik, ijro va federativ tarmoqlarga ajratish talab etiladi. Bu holda ular bir-biriga qaram bo‘lmaydi va shaxs huquqlarini ta’minlay oladi. Bunda qonunchilik hokimiyati birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Cherkov davlat ishlariga aralashmasligi kerak, xuddi shuningdek davlat ham cherkov ishlariga aralashmasligi lozim. Lokk tarbiya konsepsiyasini ham ilgari surdi. Uning fikricha, jismonan kuchli va ma’naviy yetuk insonni shakllantirish uchun tegishli ijtimoiy sharoitlar mavjud bo‘lishi kerak. Lokk ta’limoti g‘arb ma’naviy hayotiga ulkan ta’sir ko‘rsatdi. Uning ta’sirida Yevropada Ma’rifat davrining ijtimoiy-siyosiy tafakkuri shakllandi. Ikkinchi nuqtai nazar tarafdorlari (Dekart, Leybnis, Gegel) fikriga ko‘ra, umumiy va zaruriy haqiqatlar faqat tafakkurning o‘zidan olinishi mumkin. Ikkala nuqtai nazar ham tor, bir yoqlamadir. Bilish faoliyatining rivojlanish jarayoni hissiylik va ratsionallik bir-biri bilan bog‘langan va bir-birini taqozo etishini, o‘z faoliyat va rivojlanish jarayonida ular bir-biriga o‘tishini ko‘rsatdi. Ammo hissiy va ratsional bilishning yagonaligi ularning har birini o‘zining alohida ichki xususiyatlaridan mahrum etmaydi. Inson o‘zini qurshagan dunyo bilan o‘zaro aloqaga kirishganida uning sezgi organlari faoliyati hissiy bilish deb ataladi. Hissiy bilishning o‘ziga xos xususiyati uning konkretligi va predmetli xususiyatida namoyon bo‘ladi. Hayot faoliyati jarayonida insonning sezgi organlari signal sistemasi sifatida amal qiladi. Uning yordamida inson mazkur mehnat jarayoni amalda mavjud bo‘lgan qaysi narsalar majmui bilan o‘zaro aloqada yuz berayotgan bo‘lsa, ayni shu narsalar majmuiga nisbatan konkret vaziyatga qarab mo‘ljal oladi.
 
 
Bunda hissiy bilish biron-bir umumiy bilim bermaydi, lekin konkret amaliy 
vazifalarni yechishda kishilar maqsadga muvofiq ish ko‘rishlari uchun imkoniyat 
yaratadi. Hissiy bilishning asosiy shakllari – sezish, idrok etish va tasavvur qilish. 
Hissiy bilish bizni o‘zimizni qurshagan dunyo bilan bevosita bog‘laydi. U 
ko‘rgazmali xususiyat kasb etadi. Hissiy bilish hodisalar yuzasida nimalar yotishini, 
narsalarning, odatda, o‘zgaruvchan va tasodifiy bo‘lgan yuzaki tomonlarini aks 
ettiradi. Ammo inson samarali faoliyat ko‘rsatish uchun barqaror, zaruriy tomonlar 
va aloqalarni aks ettiruvchi bilimlarga muhtoj bo‘ladi. Hissiy bilish bunday 
bilimlarni bermaydi. Shunda inson tashqi dunyoni aks ettirishning oliy turi – nazariy 
yoki oqilona bilishga kirishadi.  
Oqilona bilishda inson abstraksiya yordamida hodisalar va jarayonlarning 
ikkinchi darajali jihatlarini mavhumlashtiradi, ya’ni tashqi dunyoni va insonning 
o‘zini belgilovchi aloqalar, bog‘lanishlar va o‘zaro aloqani anglab yetadi. Hissiy 
bilishdan farqli o‘laroq, oqilona bilish bilvosita, umumiy xususiyat kasb etadi. 
Ratsional bilish shakllari tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardir. Ratsional 
bilish dunyoni bilishning tomonlaridan biri sifatida aql va tafakkur ko‘rinishida 
mavjud bo‘ladi.  
Aqliy faoliyat – bu fikr shakllari bilan aniq belgilangan sxema, andozaga muvofiq 
ish ko‘rish. Aql yaxlit bir butun narsalarni bir-birini istisno qiluvchi qarama-
qarshiliklarga ajratadi. Aql faoliyati nazariy fikrlash uchun zarur. Aql-idroksiz fikr 
mujmal va nomuayyan bo‘ladi. Aql nazariyani formallashtirilgan tizimga 
aylantirishga harakat qiladi va fikrlash jarayoniga tizimli, izchil tus beradi.  
Aql-idrokdan farqli o‘laroq, tafakkur tushunchalar bilan ularning mazmuni va 
tabiatini anglagan holda ish ko‘radi. Tafakkur yordamida hodisalar, jarayonlar ijodiy 
faol, izchil aks ettiriladi. U – bunyodkorlik faoliyati, inson ehtiyojlari va mohiyatiga 
muvofiq keladigan dunyoni yaratish quroli. 
Inson bilimi – hissiy va ratsional faoliyatning birligi. Ushbu bilim cho‘qqilaridan 
turib ob’ektiv borliq anglab yetiladi, uni oqilona o‘zgartirish yo‘llari belgilanadi. 
Shu bilan bir vaqtda bilim ba’zan tafakkurning yaratilgan shakllari chegarasidan 
Bunda hissiy bilish biron-bir umumiy bilim bermaydi, lekin konkret amaliy vazifalarni yechishda kishilar maqsadga muvofiq ish ko‘rishlari uchun imkoniyat yaratadi. Hissiy bilishning asosiy shakllari – sezish, idrok etish va tasavvur qilish. Hissiy bilish bizni o‘zimizni qurshagan dunyo bilan bevosita bog‘laydi. U ko‘rgazmali xususiyat kasb etadi. Hissiy bilish hodisalar yuzasida nimalar yotishini, narsalarning, odatda, o‘zgaruvchan va tasodifiy bo‘lgan yuzaki tomonlarini aks ettiradi. Ammo inson samarali faoliyat ko‘rsatish uchun barqaror, zaruriy tomonlar va aloqalarni aks ettiruvchi bilimlarga muhtoj bo‘ladi. Hissiy bilish bunday bilimlarni bermaydi. Shunda inson tashqi dunyoni aks ettirishning oliy turi – nazariy yoki oqilona bilishga kirishadi. Oqilona bilishda inson abstraksiya yordamida hodisalar va jarayonlarning ikkinchi darajali jihatlarini mavhumlashtiradi, ya’ni tashqi dunyoni va insonning o‘zini belgilovchi aloqalar, bog‘lanishlar va o‘zaro aloqani anglab yetadi. Hissiy bilishdan farqli o‘laroq, oqilona bilish bilvosita, umumiy xususiyat kasb etadi. Ratsional bilish shakllari tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardir. Ratsional bilish dunyoni bilishning tomonlaridan biri sifatida aql va tafakkur ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Aqliy faoliyat – bu fikr shakllari bilan aniq belgilangan sxema, andozaga muvofiq ish ko‘rish. Aql yaxlit bir butun narsalarni bir-birini istisno qiluvchi qarama- qarshiliklarga ajratadi. Aql faoliyati nazariy fikrlash uchun zarur. Aql-idroksiz fikr mujmal va nomuayyan bo‘ladi. Aql nazariyani formallashtirilgan tizimga aylantirishga harakat qiladi va fikrlash jarayoniga tizimli, izchil tus beradi. Aql-idrokdan farqli o‘laroq, tafakkur tushunchalar bilan ularning mazmuni va tabiatini anglagan holda ish ko‘radi. Tafakkur yordamida hodisalar, jarayonlar ijodiy faol, izchil aks ettiriladi. U – bunyodkorlik faoliyati, inson ehtiyojlari va mohiyatiga muvofiq keladigan dunyoni yaratish quroli. Inson bilimi – hissiy va ratsional faoliyatning birligi. Ushbu bilim cho‘qqilaridan turib ob’ektiv borliq anglab yetiladi, uni oqilona o‘zgartirish yo‘llari belgilanadi. Shu bilan bir vaqtda bilim ba’zan tafakkurning yaratilgan shakllari chegarasidan
 
 
chetga chiqadi, uni ma’lum tushunchalar yordamida tushuntirishning iloji 
bo‘lmaydi, ya’ni u irratsional unsurlarni o‘z ichiga oladi.  
Irratsionallik – aql bilan bilish mumkin bo‘lmagan, mantiqiy fikrlashga muvofiq 
kelmaydigan narsalar va hodisalar. Unga mantiqni o‘zgartirish, uni fikrlashning 
yangicha shakllari bilan boyitish yo‘li bilan barham beriladi. Ammo irratsional 
bilimni oqilona bilimga aylantirish jarayoni hech qachon tugamaydi. Irratsional 
qoldiq hamisha mavjud bo‘ladi va bir irratsional narsa yoki hodisa oqilona tus olsa, 
albatta boshqa bir irratsional narsa yoki hodisa paydo bo‘ladi, inson fikri uning 
tafakkuriga ma’lum bo‘lmagan yangi tushunarsiz narsa yoki hodisa bilan 
to‘qnashadi. Ayni shu sababli oqilona narsalar va hodisalargina o‘zgaradi, katta aql 
esa o‘zi kabi katta qarama-qarshilik bilan to‘qnashadi va uni yaratadi. 
Irratsionallikning mavjudligini inkor etish yaramaydi. Tabiat va ijtimoiy hayot 
dunyoning oqilona yaratilgan manzaralaridan birortasining ham doirasiga sig‘maydi 
va har qanday aql tarixan cheklangan xususiyat kasb etadi.  
 
7.2.Hayotning oqilonalashuvi.  
 
O.Kont davridan boshlab hozirgi zamon jamiyati nazariyasida olamshumul 
o‘zgarishlar yuz berdi, lekin bosh g‘oya – ilmiy bilimning alohida roli o‘zgarishsiz 
qoldi. S.Xantington hozirgi davr jamiyatlarini urbanistik, industrial, savodli 
jamiyatlar sifatida tavsiflaydi. U bunday jamiyatlar qatoriga G‘arbiy Yevropa va 
Shimoliy Amerika jamiyatlarini kiritadi. «Hozirgi zamon» bu yerda g‘arb 
jamiyatlari bilan metafizik jihatdan emas, balki faqat tarixan bog‘langan bixevioral 
tizimi sifatida tavsiflanadi. Siyosiy va ijtimoiy faollikka qodir bo‘lgan, har kimning 
boylik va yuksak mavqega mustaqil erishishga bo‘lgan huquqini tan oladigan 
mustaqil fikrlovchi individualist hozirgi davr mahsuli hisoblanadi. U o‘zgarishlarga 
va yangilikni idrok etishga ruhiy moslashuvchanlik, tafakkurning oqilonaligi, fan va 
tibbiyot kuchiga bo‘lgan ishonch, yo‘l tanlash qobiliyati – o‘z taqdiri xususida 
mustaqil qarorlar qabul qilishga qodirlik, individualizm, o‘z shaxsiyatini namoyon 
etishga intilish, siyosiy masalalarga qiziqishning kuchliligi, siyosiy qarashlarni 
chetga chiqadi, uni ma’lum tushunchalar yordamida tushuntirishning iloji bo‘lmaydi, ya’ni u irratsional unsurlarni o‘z ichiga oladi. Irratsionallik – aql bilan bilish mumkin bo‘lmagan, mantiqiy fikrlashga muvofiq kelmaydigan narsalar va hodisalar. Unga mantiqni o‘zgartirish, uni fikrlashning yangicha shakllari bilan boyitish yo‘li bilan barham beriladi. Ammo irratsional bilimni oqilona bilimga aylantirish jarayoni hech qachon tugamaydi. Irratsional qoldiq hamisha mavjud bo‘ladi va bir irratsional narsa yoki hodisa oqilona tus olsa, albatta boshqa bir irratsional narsa yoki hodisa paydo bo‘ladi, inson fikri uning tafakkuriga ma’lum bo‘lmagan yangi tushunarsiz narsa yoki hodisa bilan to‘qnashadi. Ayni shu sababli oqilona narsalar va hodisalargina o‘zgaradi, katta aql esa o‘zi kabi katta qarama-qarshilik bilan to‘qnashadi va uni yaratadi. Irratsionallikning mavjudligini inkor etish yaramaydi. Tabiat va ijtimoiy hayot dunyoning oqilona yaratilgan manzaralaridan birortasining ham doirasiga sig‘maydi va har qanday aql tarixan cheklangan xususiyat kasb etadi. 7.2.Hayotning oqilonalashuvi. O.Kont davridan boshlab hozirgi zamon jamiyati nazariyasida olamshumul o‘zgarishlar yuz berdi, lekin bosh g‘oya – ilmiy bilimning alohida roli o‘zgarishsiz qoldi. S.Xantington hozirgi davr jamiyatlarini urbanistik, industrial, savodli jamiyatlar sifatida tavsiflaydi. U bunday jamiyatlar qatoriga G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika jamiyatlarini kiritadi. «Hozirgi zamon» bu yerda g‘arb jamiyatlari bilan metafizik jihatdan emas, balki faqat tarixan bog‘langan bixevioral tizimi sifatida tavsiflanadi. Siyosiy va ijtimoiy faollikka qodir bo‘lgan, har kimning boylik va yuksak mavqega mustaqil erishishga bo‘lgan huquqini tan oladigan mustaqil fikrlovchi individualist hozirgi davr mahsuli hisoblanadi. U o‘zgarishlarga va yangilikni idrok etishga ruhiy moslashuvchanlik, tafakkurning oqilonaligi, fan va tibbiyot kuchiga bo‘lgan ishonch, yo‘l tanlash qobiliyati – o‘z taqdiri xususida mustaqil qarorlar qabul qilishga qodirlik, individualizm, o‘z shaxsiyatini namoyon etishga intilish, siyosiy masalalarga qiziqishning kuchliligi, siyosiy qarashlarni
 
 
shakllantirish va himoya qilishga moyillik bilan tavsiflanadi. Hozirgi davrning bosh 
omillari sifatida ijtimoiy hayotning oqilonalashuvi va formallashuvi amal qiladi. 
Ushbu jarayonlar huquqning alohida rolida va demokratik o‘zini o‘zi boshqarishda 
namoyon bo‘ladi. Ilmiy fikrlash hamda fanning alohida roli siyosiy institutlarni 
qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashadi. Ma’rifat davri ideallari shuni nazarda tutadi. 
Ma’rifatchilar fuqarolarni fanning eng yangi yutuqlariga oshno etishni siyosiy, 
huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotning bosh omili deb 
hisoblaganlar. O‘sha davrda ilk ensiklopediyalarni nashr etish yo‘li bilan barcha 
ilmiy bilimlarni birlashtirishga katta e’tibor berilgani tasodifiy bir hol emas.  
Shunday qilib, tilda o‘z ifodasini topgan noaniq bilim bilan bir qatorda jamiyatni 
shakllantiruvchi, ijtimoiy voqelikni yaratuvchi va belgilovchi aniq bilimning alohida 
turi ham mavjud, degan xulosaga kelish mumkin. Nazariy va empirik, nazariy va 
kundalik, ilmiy va taxminiy, chuqur va yuzakiga ajratish mumkin bo‘lgan inson 
bilimlari majmuida alohida epistemik fenomen – ijtimoiy relevant konstruktiv bilim 
farqlanadi. Ushbu bilim nazariya va amaliyot, fan va dunyoqarash elementlarini, 
tushuntirish va mentallik me’yorlarini o‘zida birlashtiradi. Mazkur epistemiologik 
fenomen ijtimoiy amaliyotni belgilovchi diskursiv birlikni o‘zida ifodalaydi.  
    XXI asrda eng yangi nazariyalariga muvofiq, odamlarning harakatlari tobora 
ratsionallashib boradi. Ammo o‘zgacha nuqtai nazar ham mavjud bo‘lib, uning 
mohiyati hozirgi davr inson xulq-atvorining yanada ko‘proq andozalarini taklif 
qiladi, vaholanki, an’anaviy jamiyat har bir individga uning ijtimoiy maqomiga 
muvofiq keladigan bitta xulq-atvor andozasinigina taklif qilgan, degan gipotezada 
o‘z ifodasini topadi.  
Ushbu yo‘l tanlash qay darajada ratsional? Bu juda murakkab savol. Mazkur yo‘l 
tanlash erkin, binobarin, ma’lum darajada oqilona ekanligiga Xantingtonning 
ishonchi komil. Xantington fikricha, tanlangan yo‘l hech bo‘lmasa individ istagan 
darajada oqilona bo‘lishi lozim. Agar individ yo‘l tanlashdan bo‘yin tovlagan 
bo‘lsa, bo‘yin tovlash dalilining o‘zi ham erkin yo‘l tanlash natijasidir. Ammo Erix 
Fromm o‘rgangan erkinlikdan o‘zini olib qochish fenomenini eslaylik. Bu yerda gap 
chindan ham erkinlik haqida va tafakkur erkinligi haqida boradimi? Yo‘q, bizning 
shakllantirish va himoya qilishga moyillik bilan tavsiflanadi. Hozirgi davrning bosh omillari sifatida ijtimoiy hayotning oqilonalashuvi va formallashuvi amal qiladi. Ushbu jarayonlar huquqning alohida rolida va demokratik o‘zini o‘zi boshqarishda namoyon bo‘ladi. Ilmiy fikrlash hamda fanning alohida roli siyosiy institutlarni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashadi. Ma’rifat davri ideallari shuni nazarda tutadi. Ma’rifatchilar fuqarolarni fanning eng yangi yutuqlariga oshno etishni siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotning bosh omili deb hisoblaganlar. O‘sha davrda ilk ensiklopediyalarni nashr etish yo‘li bilan barcha ilmiy bilimlarni birlashtirishga katta e’tibor berilgani tasodifiy bir hol emas. Shunday qilib, tilda o‘z ifodasini topgan noaniq bilim bilan bir qatorda jamiyatni shakllantiruvchi, ijtimoiy voqelikni yaratuvchi va belgilovchi aniq bilimning alohida turi ham mavjud, degan xulosaga kelish mumkin. Nazariy va empirik, nazariy va kundalik, ilmiy va taxminiy, chuqur va yuzakiga ajratish mumkin bo‘lgan inson bilimlari majmuida alohida epistemik fenomen – ijtimoiy relevant konstruktiv bilim farqlanadi. Ushbu bilim nazariya va amaliyot, fan va dunyoqarash elementlarini, tushuntirish va mentallik me’yorlarini o‘zida birlashtiradi. Mazkur epistemiologik fenomen ijtimoiy amaliyotni belgilovchi diskursiv birlikni o‘zida ifodalaydi. XXI asrda eng yangi nazariyalariga muvofiq, odamlarning harakatlari tobora ratsionallashib boradi. Ammo o‘zgacha nuqtai nazar ham mavjud bo‘lib, uning mohiyati hozirgi davr inson xulq-atvorining yanada ko‘proq andozalarini taklif qiladi, vaholanki, an’anaviy jamiyat har bir individga uning ijtimoiy maqomiga muvofiq keladigan bitta xulq-atvor andozasinigina taklif qilgan, degan gipotezada o‘z ifodasini topadi. Ushbu yo‘l tanlash qay darajada ratsional? Bu juda murakkab savol. Mazkur yo‘l tanlash erkin, binobarin, ma’lum darajada oqilona ekanligiga Xantingtonning ishonchi komil. Xantington fikricha, tanlangan yo‘l hech bo‘lmasa individ istagan darajada oqilona bo‘lishi lozim. Agar individ yo‘l tanlashdan bo‘yin tovlagan bo‘lsa, bo‘yin tovlash dalilining o‘zi ham erkin yo‘l tanlash natijasidir. Ammo Erix Fromm o‘rgangan erkinlikdan o‘zini olib qochish fenomenini eslaylik. Bu yerda gap chindan ham erkinlik haqida va tafakkur erkinligi haqida boradimi? Yo‘q, bizning
 
 
nazarimizda, biz bu yerda individ irodasini bo‘ysundirishning kuch ishlatishga 
asoslangan odatdagi usullarining yo‘qligi fenomeniga duch kelamiz. Ammo hozirgi 
zamon jamiyatida erkin irodani uzurpatsiya qilishning odatdagi usullari o‘rnini kuch 
ishlatishga asoslanmagan, yanada o‘tkirroq zamonaviy usullari egallamoqda. Ular 
tafakkurni bo‘ysundirish bilan bog‘liq.  
Hozirgi vaqtda tadqiqotchilar texnika yutuqlari va ularning kundalik hayotga joriy 
etilishi madaniyatning alohida bir turi – ekran madaniyatini shakllantirgani haqida 
ko‘p gapirmoqdalar. «Kitob bilan taqqoslaganda, hozirgi ekran mediumlarining 
kuchi shundaki, u obraz va tovushga tayanadi. U g‘oyalardan, haqiqatlardan yoki 
mohiyatlardan kelib chiqmaydi, u refleksiyani, ya’ni e’tiborni belgining shaklidan 
uning mazmuniga qaratishni nazarda tutmaydi»1. B.V.Markov erkin yo‘l tanlashga 
ta’sir ko‘rsatishning yangi vositalari ko‘pchilik o‘ylaganidek yangi emasligini 
ta’kidlaydi. 
    Ekran madaniyatida ibtidoiy jamoani shakllantirgan va qadimgi sivilizatsiyalar 
hayotida ulkan rol o‘ynagan ijtimoiy-madaniy fenomenlarning tiklanishiga olib 
kelgan yangi fenomenlar paydo bo‘ldi. Bu yerda gap idolokratiya, ikonofiliya, 
fetishizm hamda magik va magnetopatik texnikaning odamlarning xatti-
harakatlariga irratsionallashtiruvchi ta’sir ko‘rsatgan va aql bilan tushunib 
bo‘lmaydigan samaradorlik bilan tavsiflanadigan boshqa turlari haqida boradi. 
Texnika yutuqlari ta’sirida inson tafakkuri so‘nggi o‘n yilliklar mobaynida sezilarli 
darajada o‘zgardi. Hozirgi davr odami vizual axborot (reklama, teledasturlar, 
Internet va o‘zgacha «tasvirlar»)ning doimiy ta’siri ostida yashaydi. Ayni hol uning 
tafakkuri «blokli» yoki uzuq-yuluq tus olishini belgilaydi. Muayyan bloklar 
majmuiga kiruvchi elementlardan birining qabul qilinishi muqarrar tarzda butun 
majmuaning qabul qilinishiga olib kelaji. Obrazni tanlar ekan, individ shu tariqa 
oqilona tanlash imkoniyatisiz g‘oyani, g‘oya ketidan esa harakatlarni ham tanlaydi. 
So‘zning asl ma’nosida erkinlikka ega bo‘lmagan holda javobgarlikni o‘z 
zimmasiga oladi. 
                                                 
1 Марков Б.В. В поисках другого. Хабермас Ю. Вовлечение другого // Очерки политической теории. – М., 
1999. – 42-б.  
nazarimizda, biz bu yerda individ irodasini bo‘ysundirishning kuch ishlatishga asoslangan odatdagi usullarining yo‘qligi fenomeniga duch kelamiz. Ammo hozirgi zamon jamiyatida erkin irodani uzurpatsiya qilishning odatdagi usullari o‘rnini kuch ishlatishga asoslanmagan, yanada o‘tkirroq zamonaviy usullari egallamoqda. Ular tafakkurni bo‘ysundirish bilan bog‘liq. Hozirgi vaqtda tadqiqotchilar texnika yutuqlari va ularning kundalik hayotga joriy etilishi madaniyatning alohida bir turi – ekran madaniyatini shakllantirgani haqida ko‘p gapirmoqdalar. «Kitob bilan taqqoslaganda, hozirgi ekran mediumlarining kuchi shundaki, u obraz va tovushga tayanadi. U g‘oyalardan, haqiqatlardan yoki mohiyatlardan kelib chiqmaydi, u refleksiyani, ya’ni e’tiborni belgining shaklidan uning mazmuniga qaratishni nazarda tutmaydi»1. B.V.Markov erkin yo‘l tanlashga ta’sir ko‘rsatishning yangi vositalari ko‘pchilik o‘ylaganidek yangi emasligini ta’kidlaydi. Ekran madaniyatida ibtidoiy jamoani shakllantirgan va qadimgi sivilizatsiyalar hayotida ulkan rol o‘ynagan ijtimoiy-madaniy fenomenlarning tiklanishiga olib kelgan yangi fenomenlar paydo bo‘ldi. Bu yerda gap idolokratiya, ikonofiliya, fetishizm hamda magik va magnetopatik texnikaning odamlarning xatti- harakatlariga irratsionallashtiruvchi ta’sir ko‘rsatgan va aql bilan tushunib bo‘lmaydigan samaradorlik bilan tavsiflanadigan boshqa turlari haqida boradi. Texnika yutuqlari ta’sirida inson tafakkuri so‘nggi o‘n yilliklar mobaynida sezilarli darajada o‘zgardi. Hozirgi davr odami vizual axborot (reklama, teledasturlar, Internet va o‘zgacha «tasvirlar»)ning doimiy ta’siri ostida yashaydi. Ayni hol uning tafakkuri «blokli» yoki uzuq-yuluq tus olishini belgilaydi. Muayyan bloklar majmuiga kiruvchi elementlardan birining qabul qilinishi muqarrar tarzda butun majmuaning qabul qilinishiga olib kelaji. Obrazni tanlar ekan, individ shu tariqa oqilona tanlash imkoniyatisiz g‘oyani, g‘oya ketidan esa harakatlarni ham tanlaydi. So‘zning asl ma’nosida erkinlikka ega bo‘lmagan holda javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. 1 Марков Б.В. В поисках другого. Хабермас Ю. Вовлечение другого // Очерки политической теории. – М., 1999. – 42-б.
 
 
    Siyosiy hayotda bu u yoki bu lavozimga nomzodlar o‘rtasida tanlashni amalga 
oshirish bilan bog‘liq. Mazkur tanlash dasturlar va saylov oldidan berilgan 
va’dalarni qiyosiy tahlil qilish yo‘li bilan emas, balki siyosiy televizion reklamaning, 
ong osti sohasiga ta’sir ko‘rsatuvchi jumlalarning turli xil ta’siri ostida amalga 
oshiriladi.  
Bularning barchasi hozirgi davr aniq maqsadga va qadriyatga qaratilgan oqilona 
harakatning roli kuchayishiga olib kelmaganini, balki yangi turdagi harakatni 
vujudga keltirganini anglatadi. Bu harakatni ruhiy harakatlarning tur xillari qatoriga 
kiritish mumkin. Madaniyat sotsiologiyasi tanlangan uslub bilan belgilanadigan 
harakatni o‘rganadi. Uslub estetik mayllarga muvofiq tanlanadi. An’ana va qonun 
ijtimoiy arbob yoki ijtimoiy guruhdan yo‘l tanlash imkoniyatini tortib oladi, individ 
yoki guruhda yo‘l tanlash imkoniyati paydo bo‘lganida esa, uslub haqida gapirish 
mumkin bo‘ladi.  
    An’ana va qonun muayyan harakatlarni qat’iy belgilaydi va individ yoki 
guruhning xatti-harakatlariga amalda anonim tus beradi. Hozirgi turmush tarzi esa, 
aksincha, harakat va xulq-atvorning butunlay har xil, ba’zan hatto muqobil 
andozalarini tanlash imkoniyatini beradi. Ularni qonunlar bilan emas, balki uslublar 
bilan solishtirish o‘rinliroq bo‘ladi, zero mazkur madaniyat yoki din qabul qilgan 
qonun doimo bitta bo‘ladi va u boshqa qonunlarni inkor etadi. Uslub esa mohiyat 
e’tibori bilan ko‘p sonli uslublardan biri hisoblanadi.  
    Simvolik interaksionizm konsepsiyasiga muvofiq, bajaruvchining maqsadi – 
vaziyatning ayrim, konkret tavsifini quvvatlash va shu tariqa voqelikka o‘z 
munosabatini ifodalash. Tomas va Znaneskiy teoremasiga muvofiq, «agar biz ayrim 
vaziyatni real deb belgilasak, u o‘z oqibatlariga ko‘ra ham real bo‘ladi». Ijtimoiy 
dunyo – bu taxminiy ifodalar dunyosi. Odamlarning harakatlari ijtimoiy o‘zaro 
aloqaning u yoki bu ishtirokchisi nimani ifodalamoqchi bo‘lganligi haqidagi 
muayyan tasavvurga asoslanadi. Ammo bu ifodalar qay darajada aniq 
tushunilganiga yuz foiz ishonish mumkin emas. Kundalik hayotda biz o‘z 
ishlarimizni deyarli yuritmasligimiz, qarorlar qabul qilmasligimiz va maqsadlarga 
erishmasligimizni statistik yoki ilmiy jihatdan tushunib yetishimiz ham juda 
Siyosiy hayotda bu u yoki bu lavozimga nomzodlar o‘rtasida tanlashni amalga oshirish bilan bog‘liq. Mazkur tanlash dasturlar va saylov oldidan berilgan va’dalarni qiyosiy tahlil qilish yo‘li bilan emas, balki siyosiy televizion reklamaning, ong osti sohasiga ta’sir ko‘rsatuvchi jumlalarning turli xil ta’siri ostida amalga oshiriladi. Bularning barchasi hozirgi davr aniq maqsadga va qadriyatga qaratilgan oqilona harakatning roli kuchayishiga olib kelmaganini, balki yangi turdagi harakatni vujudga keltirganini anglatadi. Bu harakatni ruhiy harakatlarning tur xillari qatoriga kiritish mumkin. Madaniyat sotsiologiyasi tanlangan uslub bilan belgilanadigan harakatni o‘rganadi. Uslub estetik mayllarga muvofiq tanlanadi. An’ana va qonun ijtimoiy arbob yoki ijtimoiy guruhdan yo‘l tanlash imkoniyatini tortib oladi, individ yoki guruhda yo‘l tanlash imkoniyati paydo bo‘lganida esa, uslub haqida gapirish mumkin bo‘ladi. An’ana va qonun muayyan harakatlarni qat’iy belgilaydi va individ yoki guruhning xatti-harakatlariga amalda anonim tus beradi. Hozirgi turmush tarzi esa, aksincha, harakat va xulq-atvorning butunlay har xil, ba’zan hatto muqobil andozalarini tanlash imkoniyatini beradi. Ularni qonunlar bilan emas, balki uslublar bilan solishtirish o‘rinliroq bo‘ladi, zero mazkur madaniyat yoki din qabul qilgan qonun doimo bitta bo‘ladi va u boshqa qonunlarni inkor etadi. Uslub esa mohiyat e’tibori bilan ko‘p sonli uslublardan biri hisoblanadi. Simvolik interaksionizm konsepsiyasiga muvofiq, bajaruvchining maqsadi – vaziyatning ayrim, konkret tavsifini quvvatlash va shu tariqa voqelikka o‘z munosabatini ifodalash. Tomas va Znaneskiy teoremasiga muvofiq, «agar biz ayrim vaziyatni real deb belgilasak, u o‘z oqibatlariga ko‘ra ham real bo‘ladi». Ijtimoiy dunyo – bu taxminiy ifodalar dunyosi. Odamlarning harakatlari ijtimoiy o‘zaro aloqaning u yoki bu ishtirokchisi nimani ifodalamoqchi bo‘lganligi haqidagi muayyan tasavvurga asoslanadi. Ammo bu ifodalar qay darajada aniq tushunilganiga yuz foiz ishonish mumkin emas. Kundalik hayotda biz o‘z ishlarimizni deyarli yuritmasligimiz, qarorlar qabul qilmasligimiz va maqsadlarga erishmasligimizni statistik yoki ilmiy jihatdan tushunib yetishimiz ham juda
 
 
muhimdir. Biz doim taxminlar bilan yashaymiz. Natijada o‘zgalar niyatini aniq 
taxmin qilish muammosi yuzaga keladi. Bu o‘z mohiyatiga ko‘ra cheksiz 
muammodir. Niyatlari tushunarli bo‘lishi uchun ijtimoiy arbob o‘z harakatlarini 
simvollashtirishni amalga oshiradi.  
      Shu narsa diqqatga sazovorki, U.Tomas o‘z maqsadlarini statistik belgilash 
haqida gapiradi. Fizika, biologiya va iqtisodiyotda dinamik qonunlar o‘rnini statistik 
qonunlar egallashi determinizmning yangi, murakkablashtirilgan ko‘rinishi paydo 
bo‘lishiga olib keldi. Tomas ehtimollikni statistik belgilash ham bashorat 
ob’ektining xususiyatiga ko‘ra bizga to‘g‘ri kelmasligini qayd etadi. Ammo bu 
fikrga qo‘shilish qiyin. 
    Taxminiy mo‘ljallar imkoniyatlar, ya’ni ehtimolliklar bilan ish ko‘radi va inson 
u yoki bu voqeaning yuz berish ehtimoliga hech bo‘lmasa taxminiy baho berishga 
moyil. Agar biron-bir odamning xulq-atvoriga ko‘p narsa bog‘liq bo‘lsa, bashorat 
muallifi uni mumkin qadar aniqroq qilishga intiladi. Buning uchun u bo‘lg‘usi 
sherigi haqida mumkin qadar ko‘proq ma’lumot olishga, uning oldingi xulq-atvorini 
tahlil qilishga, shuningdek uning fikrlash jarayoniga mavjud barcha vositalar bilan 
ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladi. Ayni shu omil ilmiy induksiyani ommaviy 
induksiyadan ajratish imkoniyatini beradi. Bu yerda aynan ilmiy induksiyaga xos 
bo‘lgan turli vositalar: qarama-qarshi holatni izlash, sababiy bog‘lanishlarni izlash, 
kuzatish va hatto eksperiment mavjud bo‘lishi mumkin. Agar ilmiy induksiya uchun 
sharoitlar yetarli bo‘lmasa, o‘zaro aloqa ham cheklangan bo‘ladi. Sharoitlar 
umuman mavjud bo‘lmagan taqdirda esa ijtimoiy arbob har qanday turdagi o‘zaro 
aloqadan o‘zini tiyadi. «Birinchi uchragan» odamga ishonib chuv tushgan 
individlarga jamoatchilik tanbehi beriladi.  
     Bizning bilimimiz eng avvalo taxminiy xususiyat kasb etadi va taxminiy 
xulosalarimiz lozim darajada apodiktik emas, degan tezisning ilgari surilishi 
tasodifiy bir hol emas. Uning ildizlari pragmatistlarning falsafiy ta’limotiga borib 
taqaladi, pragmatistlar esa, o‘z navbatida, induktiv mantiq va taxminiy xulosalar 
bilan uzviy bog‘langan nominalizm va empirizm an’anasiga tayanadi.  
muhimdir. Biz doim taxminlar bilan yashaymiz. Natijada o‘zgalar niyatini aniq taxmin qilish muammosi yuzaga keladi. Bu o‘z mohiyatiga ko‘ra cheksiz muammodir. Niyatlari tushunarli bo‘lishi uchun ijtimoiy arbob o‘z harakatlarini simvollashtirishni amalga oshiradi. Shu narsa diqqatga sazovorki, U.Tomas o‘z maqsadlarini statistik belgilash haqida gapiradi. Fizika, biologiya va iqtisodiyotda dinamik qonunlar o‘rnini statistik qonunlar egallashi determinizmning yangi, murakkablashtirilgan ko‘rinishi paydo bo‘lishiga olib keldi. Tomas ehtimollikni statistik belgilash ham bashorat ob’ektining xususiyatiga ko‘ra bizga to‘g‘ri kelmasligini qayd etadi. Ammo bu fikrga qo‘shilish qiyin. Taxminiy mo‘ljallar imkoniyatlar, ya’ni ehtimolliklar bilan ish ko‘radi va inson u yoki bu voqeaning yuz berish ehtimoliga hech bo‘lmasa taxminiy baho berishga moyil. Agar biron-bir odamning xulq-atvoriga ko‘p narsa bog‘liq bo‘lsa, bashorat muallifi uni mumkin qadar aniqroq qilishga intiladi. Buning uchun u bo‘lg‘usi sherigi haqida mumkin qadar ko‘proq ma’lumot olishga, uning oldingi xulq-atvorini tahlil qilishga, shuningdek uning fikrlash jarayoniga mavjud barcha vositalar bilan ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladi. Ayni shu omil ilmiy induksiyani ommaviy induksiyadan ajratish imkoniyatini beradi. Bu yerda aynan ilmiy induksiyaga xos bo‘lgan turli vositalar: qarama-qarshi holatni izlash, sababiy bog‘lanishlarni izlash, kuzatish va hatto eksperiment mavjud bo‘lishi mumkin. Agar ilmiy induksiya uchun sharoitlar yetarli bo‘lmasa, o‘zaro aloqa ham cheklangan bo‘ladi. Sharoitlar umuman mavjud bo‘lmagan taqdirda esa ijtimoiy arbob har qanday turdagi o‘zaro aloqadan o‘zini tiyadi. «Birinchi uchragan» odamga ishonib chuv tushgan individlarga jamoatchilik tanbehi beriladi. Bizning bilimimiz eng avvalo taxminiy xususiyat kasb etadi va taxminiy xulosalarimiz lozim darajada apodiktik emas, degan tezisning ilgari surilishi tasodifiy bir hol emas. Uning ildizlari pragmatistlarning falsafiy ta’limotiga borib taqaladi, pragmatistlar esa, o‘z navbatida, induktiv mantiq va taxminiy xulosalar bilan uzviy bog‘langan nominalizm va empirizm an’anasiga tayanadi.
 
 
  U.Tomasning fikrlariga deduksiya va induksiyani abduksiya bilan almashtirishni 
taklif qilgan Pirs va Jeyms ta’limoti hech shubhasiz, kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 
Pragmatizm ko‘pincha amerikacha yo‘nalish sifatida tavsiflanadi. Uning asoschisi 
Charlz Pirs inson harakatini «atrofida barcha falsafiy tushunchalar va konsepsiyalar 
aylanadigan va shakllanadigan o‘q»qa aylantirgan. Ayni shu sababli bilish 
faoliyatining tashqi borliqqa bo‘lgan munosabati haqidagi klassik masalalarni 
o‘rganishdan voz kechilgan.  
Pirs bilim haqida emas, balki ishonch haqida gapirishni taklif qiladi. Bunda u 
ishonch deganda muayyan tarzda harakat qilish odatini tushunadi. U bilim va 
bilmaslikni, haqiqat va ishtibohni emas, balki ishonch va shubhani bilish jarayonini 
tavsiflovchi asosiy kategoriyalar deb hisoblaydi. Haqiqat umum ahamiyatiga molik 
bo‘lgan, ya’ni tadqiqotchilarning cheksiz hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan 
ishonchdir. Tushuncha o‘tmish nuqtai nazaridan emas, balki yuz berishi mumkin 
bo‘lgan oqibatlari, ya’ni kelajak nuqtai nazaridan qaralishi lozim.  
 
Yangi davrda mexanik sababiyat foydasiga voz kechgan maqsad tushunchasi 
unga yana inson faoliyati tushunchasi sifatida qayta boshladi. Fallibilizm (xatolilik) 
tamoyili: inson bilimlari voqelik bilan mutlaqo muvofiqlik holatiga, ya’ni mutlaq 
haqiqatga hech qachon erishmaydi. Mutlaq haqiqat bilish jarayoniga yo‘l 
ko‘rsatuvchi va unga tuzatishlar kirituvchi yetakchi g‘oyadir. 
 
 
 
7.3.Kundalik amaliyotning takroriyligi va davomiyligi.  
 
Jamiyatning rivojlanish jarayoni chiziqli xususiyat kasb etgan taqdirda, kelajak 
o‘tmishning davomi bo‘lishi ham mumkin. Biz o‘tmish, hozirgi zamon va kelajakni 
o‘z mulohazamizda, ya’ni diskursda birlashtiramiz. M.Fuko diskurslarni geterogen, 
ya’ni birlashtirib bo‘lmaydigan narsalar va hodisalarni birlashtirish usullari 
sifatida o‘rganadi. Diskursni tahlil qilishning tartibga solish tamoyillari orasida 
Fuko quyidagilarni ajratadi: voqea tushunchasi, seriya tushunchasi, muntazamlik 
tushunchasi va imkoniyat sharoitlari tushunchasi. Voqea ijodga qarama-qarshi 
U.Tomasning fikrlariga deduksiya va induksiyani abduksiya bilan almashtirishni taklif qilgan Pirs va Jeyms ta’limoti hech shubhasiz, kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Pragmatizm ko‘pincha amerikacha yo‘nalish sifatida tavsiflanadi. Uning asoschisi Charlz Pirs inson harakatini «atrofida barcha falsafiy tushunchalar va konsepsiyalar aylanadigan va shakllanadigan o‘q»qa aylantirgan. Ayni shu sababli bilish faoliyatining tashqi borliqqa bo‘lgan munosabati haqidagi klassik masalalarni o‘rganishdan voz kechilgan. Pirs bilim haqida emas, balki ishonch haqida gapirishni taklif qiladi. Bunda u ishonch deganda muayyan tarzda harakat qilish odatini tushunadi. U bilim va bilmaslikni, haqiqat va ishtibohni emas, balki ishonch va shubhani bilish jarayonini tavsiflovchi asosiy kategoriyalar deb hisoblaydi. Haqiqat umum ahamiyatiga molik bo‘lgan, ya’ni tadqiqotchilarning cheksiz hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan ishonchdir. Tushuncha o‘tmish nuqtai nazaridan emas, balki yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, ya’ni kelajak nuqtai nazaridan qaralishi lozim. Yangi davrda mexanik sababiyat foydasiga voz kechgan maqsad tushunchasi unga yana inson faoliyati tushunchasi sifatida qayta boshladi. Fallibilizm (xatolilik) tamoyili: inson bilimlari voqelik bilan mutlaqo muvofiqlik holatiga, ya’ni mutlaq haqiqatga hech qachon erishmaydi. Mutlaq haqiqat bilish jarayoniga yo‘l ko‘rsatuvchi va unga tuzatishlar kirituvchi yetakchi g‘oyadir. 7.3.Kundalik amaliyotning takroriyligi va davomiyligi. Jamiyatning rivojlanish jarayoni chiziqli xususiyat kasb etgan taqdirda, kelajak o‘tmishning davomi bo‘lishi ham mumkin. Biz o‘tmish, hozirgi zamon va kelajakni o‘z mulohazamizda, ya’ni diskursda birlashtiramiz. M.Fuko diskurslarni geterogen, ya’ni birlashtirib bo‘lmaydigan narsalar va hodisalarni birlashtirish usullari sifatida o‘rganadi. Diskursni tahlil qilishning tartibga solish tamoyillari orasida Fuko quyidagilarni ajratadi: voqea tushunchasi, seriya tushunchasi, muntazamlik tushunchasi va imkoniyat sharoitlari tushunchasi. Voqea ijodga qarama-qarshi
 
 
qo‘yiladi, seriya yagonalikka qarama-qarshi qo‘yiladi, originallik o‘rniga 
muntazamlik, ifoda o‘rniga – imkoniyat sharoiti paydo bo‘ladi.  
   Shu tariqa odatdagi tushunchalar g‘ayritabiiy narsalar va hodisalarni 
tushuntirishga asos bo‘ladi. Avval tarixda shaxsning roli haqida va inson 
imkoniyatlari doirasini kengaytirgan buyuk allomalar haqida mulohaza yuritgan 
bo‘lsalar, keyinchalik tarix va jamiyatni, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy institutlarni, 
madaniy qadriyatlarni yaratuvchi xalq ommasining roli haqida ko‘proq gapira 
boshladilar. Fuko g‘oyalar tarixi misolida madaniyatda mazmunning amal qilish 
jarayoniga yangicha nuqtai nazarni taklif qildi. Ammo ayni shu mantiqni ijtimoiy 
munosabatlarning shakllanishiga tatbiq etish ham o‘rinli bo‘ladi. Diskurs so‘zlar va 
narsalarni alohida yo‘l bilan bog‘laydi, belgilar va ularning ifodalari o‘rtasidagi 
munosabatlarning andozalarini belgilaydi.  
 
Mishel Fuko (1926 – 1984) –fransuz strukturalizmi namoyandalaridan biri. 
Asosiy asarlari: «So‘zlar va narsalar», «Bilim arxeologiyasi», «Nazorat qilish va 
jazolash», «Seksuallik tarixi».  
Fuko ijodida uch davr: 60-yillar – «arxeologik» (bilim arxeologiyasini 
o‘rganish); 70-yillar – «genealogik» (hokimiyat genealogiyasini o‘rganish); 80-
yillar – «estetik» (mavjudlik estetikasini o‘rganish) davrlari farqlanadi.  
Fuko o‘z ijodi markaziga tilni qo‘yadi va uni so‘zlashuvchi odamlarga bog‘liq 
bo‘lmagan, ontologik nuqtai nazardan bazis xususiyatini kasb etadigan muayyan 
borliq sifatida o‘rganadi. Tilni o‘rganishda mazkur darajaga ko‘tarilish uchun 
tushunchalarning 
konkret 
mazmunini 
«qavsdan 
tashqari»da 
qoldirib, 
«reduksiyalash»ni amalga oshirish talab etiladi. Natijada tildan materialdagi 
farqlar bilangina bog‘liq bo‘lgan va nutqda borliqning mutlaq sharti 
hisoblanadigan «sof struktura»gina qoladi. Shundan kelib chiqib, Fuko 
madaniyatning tarkibiy tuzilishi va asosiy qatlamlarini aniqlash maqsadida uning 
rivojlanishi tarixiy jarayonini tiklashga qo‘l urdi.  
Ijodning birinchi davrida uning bosh maqsadi – bilish va madaniyatning tarixan 
o‘zgaruvchan asoslarini o‘rganuvchi fan – bilim arxeologiyasini tuzish. Mazkur 
qo‘yiladi, seriya yagonalikka qarama-qarshi qo‘yiladi, originallik o‘rniga muntazamlik, ifoda o‘rniga – imkoniyat sharoiti paydo bo‘ladi. Shu tariqa odatdagi tushunchalar g‘ayritabiiy narsalar va hodisalarni tushuntirishga asos bo‘ladi. Avval tarixda shaxsning roli haqida va inson imkoniyatlari doirasini kengaytirgan buyuk allomalar haqida mulohaza yuritgan bo‘lsalar, keyinchalik tarix va jamiyatni, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy institutlarni, madaniy qadriyatlarni yaratuvchi xalq ommasining roli haqida ko‘proq gapira boshladilar. Fuko g‘oyalar tarixi misolida madaniyatda mazmunning amal qilish jarayoniga yangicha nuqtai nazarni taklif qildi. Ammo ayni shu mantiqni ijtimoiy munosabatlarning shakllanishiga tatbiq etish ham o‘rinli bo‘ladi. Diskurs so‘zlar va narsalarni alohida yo‘l bilan bog‘laydi, belgilar va ularning ifodalari o‘rtasidagi munosabatlarning andozalarini belgilaydi. Mishel Fuko (1926 – 1984) –fransuz strukturalizmi namoyandalaridan biri. Asosiy asarlari: «So‘zlar va narsalar», «Bilim arxeologiyasi», «Nazorat qilish va jazolash», «Seksuallik tarixi». Fuko ijodida uch davr: 60-yillar – «arxeologik» (bilim arxeologiyasini o‘rganish); 70-yillar – «genealogik» (hokimiyat genealogiyasini o‘rganish); 80- yillar – «estetik» (mavjudlik estetikasini o‘rganish) davrlari farqlanadi. Fuko o‘z ijodi markaziga tilni qo‘yadi va uni so‘zlashuvchi odamlarga bog‘liq bo‘lmagan, ontologik nuqtai nazardan bazis xususiyatini kasb etadigan muayyan borliq sifatida o‘rganadi. Tilni o‘rganishda mazkur darajaga ko‘tarilish uchun tushunchalarning konkret mazmunini «qavsdan tashqari»da qoldirib, «reduksiyalash»ni amalga oshirish talab etiladi. Natijada tildan materialdagi farqlar bilangina bog‘liq bo‘lgan va nutqda borliqning mutlaq sharti hisoblanadigan «sof struktura»gina qoladi. Shundan kelib chiqib, Fuko madaniyatning tarkibiy tuzilishi va asosiy qatlamlarini aniqlash maqsadida uning rivojlanishi tarixiy jarayonini tiklashga qo‘l urdi. Ijodning birinchi davrida uning bosh maqsadi – bilish va madaniyatning tarixan o‘zgaruvchan asoslarini o‘rganuvchi fan – bilim arxeologiyasini tuzish. Mazkur